14.03.2023 yildagi 107-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Elektron hukumat” tizimining maʼlumotlarni qayta ishlash markazi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-2023-yillarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 22-avgustdagi PQ-357-son qarori ijrosi yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 22-avgustdagi PQ-357-son qarori bilan tasdiqlangan 2022-2023-yillarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasini yanada takomillashtirish boʻyicha “yoʻl xaritasi”ning 18-bandiga muvofiq “Elektron hukumat” tizimining maʼlumotlarni qayta ishlash markazini ishga tushirish hamda davlat axborot tizimlari va resurslarini bosqichma-bosqich joylashtirish, saqlash va qayta ishlash belgilanganligi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hozirgi kunda “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasida (keyingi oʻrinlarda — Markaz) yuridik shaxs tashkil etmagan holda “Raqamli hukumat” tizimining maʼlumotlarni qayta ishlash markazi ishga tushirilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 28-dekabrdagi 688-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/688/0996-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Elektron hukumat” tizimining maʼlumotlarni qayta ishlash markazining asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manfaatdor davlat organlari va tashkilotlarining axborot tizimlarini joylashtirish va saqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Elektron hukumat” tizimi infratuzilmasiga oid davlat axborot tizimlarining uzluksiz ishlashini taʼminlash, ularni saqlash va qayta ishlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot va kiberxavfsizlikni taʼminlashga masʼul boʻlgan davlat organlari bilan hamkorlikda “Elektron hukumat” tizimining maʼlumotlarni qayta ishlash markaziga joylashtirilgan va saqlanayotgan davlat organlari va tashkilotlarining axborot tizimlari xavfsiz va barqaror ishlashini, axborot va kiberxavfsizlik talablariga muvofiq faoliyat yuritishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bulutli texnologiyalar asosida davlat organlari va tashkilotlari uchun yangi turdagi xizmatlarni joriy etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilarni nazarda tutuvchi “Elektron hukumat” tizimining maʼlumotlarni qayta ishlash markazida davlat organlari va tashkilotlarining axborot tizimlarini joylashtirish, saqlash va qayta ishlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Elektron hukumat” tizimining maʼlumotlarni qayta ishlash markazida davlat organlari va tashkilotlarining axborot tizimlarini joylashtirish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Elektron hukumat” tizimining maʼlumotlarni qayta ishlash markazida davlat organlari va tashkilotlarining axborot tizimlarini saqlash va qayta ishlash tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Elektron hukumat” tizimining maʼlumotlarni qayta ishlash markazida davlat organlari va tashkilotlarining axborot tizimini joylashtirish, saqlash va qayta ishlashda taraflarning huquq va majburiyatlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining “Elektron hukumat” tizimining maʼlumotlarni qayta ishlash markazi faoliyatini toʻliq amalga oshirishi uchun quyidagi takliflariga rozilik berilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markazning tuzilmasida qoʻshimcha 30 ta shtat birligini ajratish, shu jumladan, direktor oʻrinbosari — “Elektron hukumat” tizimining maʼlumotlarni qayta ishlash markazi boshligʻi lavozimini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Elektron hukumat” tizimining maʼlumotlarni qayta ishlash markazining faoliyatini amalga oshirish uchun qoʻshimcha ajratilgan shtat birliklari moliyalashtirilishi Markazning davlat organlari va tashkilotlari tomonidan taqdim qilingan axborot tizimlarini “Elektron hukumat” tizimining maʼlumotlarni qayta ishlash markazida joylashtirish, saqlash va qayta ishlash xizmatlarini koʻrsatishdan tushgan hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa faoliyat turlaridan olingan mablagʻlar hisobidan amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari va tashkilotlariga “Elektron hukumat” tizimi infratuzilmasi doirasida maʼlumotlarni joylashtirish, saqlash va qayta ishlash boʻyicha Markaz bilan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma tuzishga ruxsat berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vaziriga Markaz tuzilmasiga maʼlumotlarini saqlash va qayta ishlash xizmatlarini koʻrsatishdan tushgan mablagʻlar hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa faoliyat turlaridan olingan mablagʻlar hisobidan moliyalashtiriladigan qoʻshimcha shtat birliklarini kiritish huquqini berish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz “Elektron hukumat” tizimining maʼlumotlarni qayta ishlash markazining operatori va egasi hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz direktori oʻrinbosari — “Elektron hukumat” tizimining maʼlumotlarni qayta ishlash markazi boshligʻi qonunchilik hujjatlariga muvofiq Markaz direktori tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vaziri bilan kelishilgan holda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi hamda oʻz faoliyatida Raqamli texnologiyalar vazirligiga va Markaz direktoriga boʻysunadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markazda davlat organlari va tashkilotlari tomonidan taqdim qilingan axborot tizimlarini joylashtirish, saqlash va qayta ishlash xizmatlarini koʻrsatishdan tushgan mablagʻlar Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan ushbu qarorning 2-bandi uchinchi xatboshisida nazarda tutilgan yoʻnalishlar moliyalashtirilganidan keyin qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda mustaqil tasarruf etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markazda davlat organlari va tashkilotlarining axborot tizimlari ixtiyoriy ravishda, mazkur davlat organlari va tashkilotlarining buyurtmachi sifatida bergan arizasiga asosan yoki “Raqamli Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini amalga oshirish boʻyicha muvofiqlashtirish komissiyasi tomonidan tasdiqlangan reja-jadval asosida joylashtiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari va tashkilotlari tomonidan ishlab chiqilgan axborot tizimlari va maʼlumotlar bazalarini ularning texnik topshiriq va axborot xavfsizligi talablariga muvofiqligi yuzasidan Raqamli texnologiyalar vazirligi va “Kiberxavfsizlik markazi” davlat unitar korxonasining ijobiy xulosalari olinmasdan amaliyotga joriy etish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Raqamli texnologiyalar vazirligi bir oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz ustavini qayta koʻrib chiqsin va malakali mutaxassislar bilan toʻldirish choralarini koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vaziri Sh.X. Shermatov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 14-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
107-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-martdagi 107-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Elektron hukumat” tizimining maʼlumotlarni qayta ishlash markazida davlat organlari va tashkilotlarining axborot tizimlarini joylashtirish, saqlash va qayta ishlash tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom “Elektron hukumat” tizimining maʼlumotlarni qayta ishlash markazida davlat organlari va tashkilotlari, startap va sunʼiy intellekt loyihalari, xususiy sektor hamda xorijiy kompaniyalarning axborot tizimlari va resurslarini joylashtirish, saqlash va qayta ishlash tartibini belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PQ-388-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2025-y., 07/25/388/1235-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot tizimlari — buyurtmachining axborot tizimlari, resurslari, maʼlumotlar bazalari va boshqa texnik qurilmalari;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyurtmachi — “Elektron hukumat” tizimining maʼlumotlarni qayta ishlash markazida oʻzining axborot tizimlari va resurslarini joylashtirishga talabgor boʻlgan yoki joylashtirgan respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan xoʻjalik jamiyatlari, shuningdek, startap va sunʼiy intellekt loyihalarining egalari, xususiy sektor hamda xorijiy kompaniyalar;
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PQ-388-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2025-y., 07/25/388/1235-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
operator — “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasi;
(2-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 28-dekabrdagi 688-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/688/0996-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Elektron hukumat” tizimining maʼlumotlarni qayta ishlash markazi (keyingi oʻrinlarda — Markaz) — buyurtmachining “Elektron hukumat”ning axborot tizimlari va resurslari yagona reyestriga kiritilgan idoraviy va idoralararo axborot tizimlarining saqlanishini, qayta ishlanishini va integratsiyalashuvini amalga oshirishga ixtisoslashgan maʼlumotlarni qayta ishlash majmuasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz quvvatlari — Markazda oʻrnatilgan, buyurtmachi uchun shartnoma asosida ajratiluvchi texnik-dasturiy vositalar, shu jumladan, hisobni yurituvchi platformalar, kommutatsiya asbob-uskunalari hamda disk va server hajmlari jamlanmasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Markazda buyurtmachining axborot tizimlarini joylashtirish va saqlash ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxema asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Markazda buyurtmachining axborot tizimini joylashtirish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Buyurtmachining axborot tizimlarini Markazda joylashtirish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) “Raqamli Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini amalga oshirish boʻyicha muvofiqlashtirish komissiyasining qarori bilan tasdiqlanadigan reja-jadvalga asosan unda koʻrsatilgan muddatlarda. Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har yili noyabr oyiga qadar Raqamli texnologiyalar vazirligining soʻroviga muvofiq buyurtmachilarning takliflari ushbu vazirlikka taqdim etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har yili dekabr oyida “Raqamli Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini amalga oshirish boʻyicha muvofiqlashtirish komissiyasi Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan buyurtmachilarning takliflariga asosan umumlashtirilgan maʼlumotlar boʻyicha buyurtmachilarning axborot tizimlarini Markazda joylashtirish reja-jadvalini tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyurtmachi “Raqamli Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini amalga oshirish boʻyicha muvofiqlashtirish komissiyasining tasdiqlangan qarori oʻziga kelib tushgan kundan boshlab yetti ish kuni ichida mazkur qarorda belgilangan axborot tizimlarini Markazda joylashtirish boʻyicha operatorga ushbu Nizomga 2-ilovada nazarda tutilgan shaklda ariza bilan murojaat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
operator ariza tushgan kundan boshlab besh ish kuni ichida buyurtmachining ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq arizasi toʻgʻri yozilganligini va unda koʻrsatilishi zarur boʻlgan maʼlumotlar toʻliq qayd etilganligini koʻrib chiqadi, buyurtmachining arizasida nazarda tutilgan maʼlumotlar toʻgʻri va toʻliq hamda axborot tizimlarini Markazda joylashtirishning tashkiliy-texnik imkoniyatlari mavjud boʻlgan taqdirda, operator va buyurtmachi oʻrtasida buyurtmachining axborot tizimlarini Markazda joylashtirish boʻyicha shartnoma loyihasini rasmiylashtirish uchun buyurtmachiga taqdim etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taraflar oʻrtasida rasmiylashtirilgan shartnoma asosida operator yetti ish kuni ichida Markazda buyurtmachining arizasida nazarda tutilgan maʼlumotlar asosida buyurtmachining axborot tizimlarini joylashtirish uchun zarur texnik imkoniyatlarni yaratadi va bu haqda buyurtmachini xabardor qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyurtmachi taraflar oʻrtasida rasmiylashtirilgan shartnomaga muvofiq, operatorning xabari asosida oʻz axborot tizimlarining texnik imkoniyatlaridan kelib chiqib Markazda oʻzining axborot tizimlarini joylashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) buyurtmachining “Raqamli Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini amalga oshirish boʻyicha muvofiqlashtirish komissiyasining qarori bilan tasdiqlangan reja-jadvalda nazarda tutilmagan axborot tizimlarini ixtiyoriy ravishda ushbu Nizomga 2-ilovada nazarda tutilgan shaklda operatorga bergan arizasiga asosan. Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
operator ariza tushgan kundan boshlab besh ish kuni ichida buyurtmachining ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq arizasi toʻgʻri yozilganligini va unda koʻrsatilishi zarur boʻlgan maʼlumotlar toʻliq qayd etilganligini koʻrib chiqadi, buyurtmachining arizasida nazarda tutilgan maʼlumotlar toʻgʻri va toʻliq hamda axborot tizimlarini Markazda joylashtirishning tashkiliy-texnik imkoniyatlari mavjud boʻlgan taqdirda, operator va buyurtmachi oʻrtasida buyurtmachining axborot tizimlarini Markazda joylashtirish boʻyicha shartnoma loyihasini rasmiylashtirish uchun buyurtmachiga taqdim etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taraflar oʻrtasida rasmiylashtirilgan shartnoma asosida operator yetti ish kuni ichida Markazda buyurtmachining arizasida nazarda tutilgan maʼlumotlar asosida uning axborot tizimlarini joylashtirish uchun zarur texnik imkoniyatlarni yaratadi va bu haqda buyurtmachini xabardor qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyurtmachi taraflar oʻrtasida rasmiylashtirilgan shartnomaga muvofiq, operatorning xabari asosida oʻz axborot tizimlarining texnik imkoniyatlaridan kelib chiqib Markazda oʻzining axborot tizimlarini joylashtiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Buyurtmachilar ushbu Nizomga 2-ilovada nazarda tutilgan arizaning toʻliq toʻldirilishi hamda maʼlumotlarning haqqoniyligi, “Raqamli Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini amalga oshirish boʻyicha muvofiqlashtirish komissiyasining qarori bilan tasdiqlangan reja-jadvalda nazarda tutilgan muddatlarda, shuningdek, oʻzining axborot tizimlari Markazda lozim darajada joylashtirilishi hamda maʼlumotlarning qayta ishlanishi uchun javobgardirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Davlat organlari va tashkilotlari hamda operator oʻrtasida tuziladigan shartnoma summasi buyurtmachi axborot tizimlarining texnik parametrlari asosida operator tomonidan Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishgan holda tasdiqlanadigan tariflarga muvofiq belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Buyurtmachining axborot tizimlarini Markazda joylashtirish uchun zarur boʻlgan aloqa kanallarining tegishli tezligi hamda qoʻshimcha texnik imkoniyatlari operator tomonidan buyurtmachining taraflar oʻrtasida tuzilgan shartnoma asosida bergan soʻroviga muvofiq yaratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda buyurtmachining axborot tizimlari Markazda joylashtirilishi uchun zarur boʻlgan aloqa kanallarining tegishli tezligi hamda qoʻshimcha texnik imkoniyatlari yaratilishi uchun zarur boʻlgan tashkiliy-texnik tadbirlar xarajatlari buyurtmachining hisobidan moliyalashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. “Elektron hukumat” tizimining maʼlumotlarni qayta ishlash doirasida operator va buyurtmachilarning elektron hamkorligi hamda axborot almashinuvi faqat “Elektron hukumat”ning idoralararo maʼlumotlar uzatish tarmogʻi yoki himoyalangan VPN tarmogʻi (IPSec VPN) orqali tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Foydalanilishi cheklangan axborotni muhofaza qilish qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Markazda buyurtmachining axborot tizimini saqlash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Taraflar oʻrtasida tuziladigan shartnomada nazarda tutilgan muddatlarda va tartibda buyurtmachining axborot tizimlari Markazda joylashtirilgan vaqtdan boshlab mazkur axborot tizimlarining texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar hamda qonunchilik hujjatlariga muvofiq saqlanishi uchun operator javobgar hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Buyurtmachilarning axborot tizimlari Markazda quyidagi usullarda saqlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyurtmachining server qurilmalarini Markaz hududida bevosita joylashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz quvvatlaridan foydalangan holda virtual server quvvatlarini yaratish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Operator buyurtmachining axborot tizimlari Markazda lozim darajada saqlanishi uchun quyidagi tadbirlarni amalga oshirishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyurtmachining axborot tizimlari lozim darajada va uzluksiz ishlashi uchun Markazni zarur miqdorda elektr energiyasi bilan taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markazda yongʻin xavfsizligi va havo aylanishi tizimlarini yoʻlga qoʻyish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markazda saqlanayotgan buyurtmachi axborot tizimlarining xavfsizligini hamda ulardagi maʼlumotlarning axborot va kiberxavfsizlik talablariga javob berishini, shuningdek, maʼlumotlarning konfidensialligini taʼminlash choralarini koʻrish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Ushbu Nizomning 11-bandida nazarda tutilgan tadbirlarning oʻz vaqtida va lozim darajada amalga oshirilishi, Markazda saqlanayotgan buyurtmachining axborot tizimlari zarur holatda saqlanishi va lozim darajada ishlashi uchun operator javobgar hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Quyidagi holatlarda Markazda saqlash uchun berilgan buyurtmachi axborot tizimlarining shikastlanishi, ulardagi maʼlumotlar uchun axborot va kiberxavfsizlik talablarining buzilishi hamda axborot tizimlaridagi texnik kamchiliklar uchun operator javobgar boʻlmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taraflar oʻrtasida tuzilgan shartnomadagi fors-major holati yuz bersa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyurtmachi tomonidan Markazda saqlash uchun joylashtirilgan buyurtmachining axborot tizimlari uchun axborot va kiberxavfsizlik talablari buzilgan yoki axborot va kiberxavfsizlik talablarini taʼminlash boʻyicha choralar lozim darajada koʻrilmagan taqdirda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markazda saqlash uchun joylashtirilgan buyurtmachining idoralararo integratsiyalashgan axborot tizimlarining boshqa axborot tizimlari bilan integratsiyalashuvi lozim darajada yoʻlga qoʻyilmaganligi natijasida maʼlumotlarning toʻliq almashinuvi yuz bermagan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markazga buyurtmachining axborot tizimlari koʻchirilayotgan vaqtda buyurtmachining axborot tizimlarida texnik nosozliklar yuzaga kelganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markazga joylashtirilgan buyurtmachining axborot tizimlari buyurtmachi tomonidan qayta ishlanishi natijasida texnik nosozliklar yuzaga kelganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Ushbu Nizomning 13-bandida nazarda tutilgan holatlar yuz bergan taqdirda, taraflar (operator va buyurtmachi)dan biri yoʻl qoʻyilgan kamchilik boʻyicha ikkinchi tarafni yozma ravishda kamchilik aniqlangan vaqtdan boshlab uch ish kuni ichida xabardor qilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Markazda buyurtmachining axborot tizimini qayta ishlash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Markazda joylashtirilgan va saqlanayotgan axborot tizimlarini qayta ishlash buyurtmachi tomonidan joylashtirilgan axborot tizimlarining texnik imkoniyatlaridan kelib chiqib, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar va qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Markazda axborot tizimlaridagi maʼlumotlarni qayta ishlash axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlik sohasiga oid qonunchilik hujjatlari va taraflar oʻrtasida tuziladigan shartnoma shartlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Operator Markazda saqlanayotgan buyurtmachining axborot tizimlaridagi maʼlumotlarning 24/7 rejimida uzluksiz qayta ishlanishini taʼminlashi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Buyurtmachi tomonidan Markazda joylashtirilgan va saqlanayotgan axborot tizimlarining qayta ishlanishi Markazda saqlanayotgan boshqa axborot tizimlarining ish faoliyatiga taʼsir koʻrsatmasligi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Markazda buyurtmachining axborot tizimlarini joylashtirish va saqlanishini vaqtincha toʻxtatish yoki bekor qilish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Operator buyurtmachining Markaz quvvatlaridan foydalanishini quyidagi hollarda vaqtincha toʻxtatadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlari, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar va ushbu Nizom talablari buzilgan hollarda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taraflar oʻrtasida tuzilgan shartnoma boʻyicha buyurtmachi oʻz majburiyatlarini bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan hollarda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda vaqtinchalik toʻxtatish muddati mazkur bandda keltirilgan holatlar bartaraf etilib, operator tomonidan mavjud kamchilik bartaraf etilganligi aniqlangunga qadar amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Operator buyurtmachining Markaz quvvatlaridan foydalanishini quyidagi hollarda bekor qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz quvvatlaridan foydalanish yil davomida ikki yoki undan ortiq marotaba ushbu Nizomning 19-bandiga asosan vaqtincha toʻxtatilib, biroq buyurtmachi yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarni amalda bartaraf etmayotgan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlari yoki “Raqamli Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini amalga oshirish boʻyicha muvofiqlashtirish komissiyasining qarori bilan buyurtmachining Markazda saqlash uchun taqdim qilingan axborot tizimini bundan keyin saqlash imkoniyatlari chegaralangan yoki toʻxtatish belgilangan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taraflar oʻrtasida tuzilgan shartnomaga muvofiq shartnoma muddati tugagan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyurtmachining axborot va kiberxavfsizlik talablariga lozim darajada amal qilmasligi sababli Markazda saqlash uchun berilgan boshqa axborot tizimlarining ish faoliyatida texnik nosozliklar yuzaga kelgan, zararlangan yoki ish faoliyati vaqtincha yoxud toʻliq toʻxtatilishiga sabab boʻlgan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz quvvatlarida ish faoliyati vaqtincha toʻxtatilganligi toʻgʻrisidagi operatorning yozma xabari asosida buyurtmachi koʻrsatilgan kamchiliklarni uch ish kuni ichida bartaraf etmasa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Ushbu Nizomning 19 va 20-bandlarida nazarda tutilgan holatlar yuzaga kelgan taqdirda, operator mavjud kamchilik aniqlangan vaqtdan boshlab quyidagi ishlarni amalga oshiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) vaqtincha toʻxtatish boʻyicha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyurtmachini ushbu Nizom 19-bandining ikkinchi yoki (va) uchinchi xatboshisi talablari buzilganligi toʻgʻrisida yozma ravishda mavjud kamchilik aniqlangan vaqtdan boshlab uch ish kuni ichida xabardor qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mavjud kamchilik aniqlanganligi toʻgʻrisidagi yozma xabar buyurtmachiga yuborilgan vaqtdan boshlab yetti ish kuni ichida buyurtmachining tegishli axborot tizimi Markazda ish faoliyatini vaqtincha toʻxtatishi boʻyicha tegishli texnik tadbirlarni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) bekor qilish boʻyicha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyurtmachini ushbu Nizomning 20-bandi ikkinchi — beshinchi xatboshilari talablari buzilganligi toʻgʻrisida yozma ravishda mavjud kamchilik aniqlangan vaqtdan boshlab uch ish kuni ichida xabardor qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mavjud kamchilik aniqlanganligi boʻyicha yozma xabar buyurtmachiga yuborilgan vaqtdan boshlab bir ish kuni ichida buyurtmachining tegishli axborot tizimining Markaz quvvatlarida ish faoliyatini bekor qilish boʻyicha tegishli texnik tadbirlarni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Markaz quvvatlarida buyurtmachining axborot tizimlari vaqtincha toʻxtatilganligi toʻgʻrisidagi yozma xabarni olgan kundan boshlab uch ish kuni ichida buyurtmachi operator koʻrsatgan kamchiliklarni bartaraf etib, bu haqda yozma ravishda operatorni xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Operator ushbu bandning birinchi xatboshisida nazarda tutilgan muddatda buyurtmachi tomonidan ushbu Nizomning 19-bandi ikkinchi yoki (va) uchinchi xatboshisida nazarda tutilgan kamchiliklarni amalda bartaraf etganini tegishli tashkiliy-texnik tadbirlar orqali tekshirib boʻlganidan keyin mavjud kamchilik haqiqatdan bartaraf etilgan boʻlsa, shu kunning oʻzida vaqtincha toʻxtatilgan axborot tizimining ish faoliyatini tiklab, bu haqda yozma ravishda buyurtmachini xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Buyurtmachi tomonidan operator qayd etgan kamchiliklar amalda bartaraf etilmagan boʻlsa yoki haqiqatdan bartaraf etilganligi operatorning tekshiruvi jarayonida aniqlanmagan boʻlsa, operator ushbu Nizomning 21-bandi “b” kichik bandida nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Ish faoliyati vaqtincha toʻxtatilishi yoki bekor qilinishi natijasida buyurtmachining axborot tizimlari Markazda joylashtirilishi va saqlanishi boʻyicha yetkazilgan zarar buyurtmachi hisobidan qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Ish faoliyati bekor qilingan vaqtdan boshlab taraflar oʻrtasida tuzilgan Markazda buyurtmachining axborot tizimlarini joylashtirish va saqlash boʻyicha shartnoma bekor qilingan hisoblanadi va buning natijasida yuzaga kelgan zarar shartnomada belgilangan tartibda qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Markazda buyurtmachining axborot tizimini joylashtirish, saqlash va qayta ishlashda taraflarning huquq va majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Operator quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz quvvatlaridan foydalanish (joylashtirish, saqlash va qayta ishlash)ning umumiy tartibi va shartlarini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyurtmachiga Markazda axborot tizimlarini joylashtirish va saqlashda koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyurtmachiga Markaz quvvatlari yuzasidan texnologik yechimlar boʻyicha tushuntirishlar berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyurtmachi bilan tuzilgan shartnomaning soʻzsiz bajarilishini talab qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Operator qonunchilik hujjatlari va shartnomaga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Buyurtmachi quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz quvvatlaridan foydalanish (joylashtirish, saqlash va qayta ishlash) uchun operatorga belgilangan tartibda ariza yuborish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz quvvatlari yuzasidan operatordan tushuntirishlar olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz axborot tizimini Markazda joylashtirish va saqlash yuzasidan operatordan tashkiliy-texnik yordam olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
operator bilan tuzilgan shartnomaning soʻzsiz bajarilishini talab qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buyurtmachi qonunchilik hujjatlari va shartnomaga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Operator oʻz zimmasiga quyidagi majburiyatlarni oladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markazda kuzatilishi mumkin boʻlgan uzilishlar yuzasidan texnik ishlar olib borilishidan kamida uch ish kuni oldin buyurtmachini yozma ravishda xabardor qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz quvvatlaridan foydalanish (joylashtirish, saqlash va qayta ishlash) tartibi va shartlariga rioya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz quvvatlarining uzluksiz ishlashi boʻyicha tegishli choralar koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz quvvatlarida oʻzining axborot tizimlari vaqtincha toʻxtatilishi boʻyicha operatorning yozma xabarini olgan vaqtdan boshlab 3 ish kuni ichida operator tomonidan aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etib, bu haqda yozma ravishda operatorni xabardor qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur Nizom va buyurtmachi bilan tuzilgan shartnoma talablarini soʻzsiz bajarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur Nizomda yoki qonunchilik hujjatlarida yoxud texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda belgilangan qoidalar buzilgan taqdirda, buyurtmachini Markaz quvvatlaridan foydalanish (joylashtirish, saqlash va qayta ishlash)ni vaqtincha toʻxtatish yoki bekor qilish yuzasidan yozma xabardor qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Operator qonunchilik hujjatlari va shartnomaga muvofiq oʻz zimmasiga boshqa majburiyatlarni ham olishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Buyurtmachi oʻz zimmasiga quyidagi majburiyatlarni oladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz quvvatlarida axborot tizimlarini joylashtirish va saqlash tartibi va shartlariga rioya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Nizom va operator bilan tuzilgan shartnoma talablarini soʻzsiz bajarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz quvvatlarida axborot tizimlarini joylashtirish, saqlash va qayta ishlash shartlariga oid qonunchilik hujjatlari, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga amal qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buyurtmachi qonunchilik hujjatlari va shartnomaga muvofiq oʻz zimmasiga boshqa majburiyatlarni ham olishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Buyurtmachilarning Markaz quvvatlariga joylashtirilgan va saqlanayotgan axborot tizimlari toʻgʻrisidagi mavjud maʼlumotlar operator tomonidan tizimli ravishda har chorakda tahlil qilib boriladi va natijasi yuzasidan har chorak yakuni boʻyicha keyingi oyning 20-kuniga qadar “Raqamli Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini amalga oshirish boʻyicha muvofiqlashtirish komissiyasiga kiritib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Mazkur Nizomning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Qonun buzilishi yoki uning yuzaga kelishiga sabab boʻlgan shart-sharoitlar boʻyicha tizimli ravishda Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi buyurtmachi va operatorga koʻrib chiqilishi majburiy boʻlgan taqdimnomalarni kiritib boradi hamda har yilning yakuniga qadar amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida “Raqamli Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini amalga oshirish boʻyicha muvofiqlashtirish komissiyasiga zarur maʼlumotlarni taqdim qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Elektron hukumat” tizimining maʼlumotlarni qayta ishlash markazida davlat organlari va tashkilotlarining axborot tizimini joylashtirish, saqlash va qayta ishlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Elektron hukumat” tizimining maʼlumotlarni qayta ishlash markazida davlat organlari va tashkilotlarining axborot tizimlari va resurslarini joylashtirish va saqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

I. Markazda axborot tizimlari va resurslarini joylashtirish tartibi

1-bosqich

Buyurtmachi

(respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda xoʻjalik birlashmalari)

Markazda axborot tizimlari va resurslarini joylashtirish va saqlash boʻyicha arizani toʻldirib, operatorga yuboradi.

“Raqamli Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini amalga oshirish boʻyicha muvofiqlashtirish komissiyasining qarori tushgan kundan boshlab 7 ish kuni ichida

/ xohishga koʻra

2-bosqich

Operator

(“Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasi)

Arizaning belgilangan talablarga muvofiqligini koʻrib chiqadi hamda shartnoma loyihasini rasmiylashtirish uchun buyurtmachiga taqdim etadi.

5 ish kuni ichida

3-bosqich

Operator

Buyurtmachining Markaz quvvatlaridan foydalanishi choralarini koʻradi.

7 ish kuni ichida

II. Markazda axborot tizimlari va resurslarini saqlash tartibi

1-bosqich

Buyurtmachi

Shartnomada belgilangan usulga muvofiq axborot tizimlari va resurslarini joylashtirish choralarini koʻradi. Bunda operator zarur shart-sharoitlarni yaratadi.

Shartnomada belgilangan muddatlarda

2-bosqich

Operator

Axborot tizimlari va resurslari saqlanishini uzluksiz taʼminlaydi.

Shartnomaning amal qilish muddati davomida

3-bosqich

Operator/

Buyurtmachi

Axborot tizimlari va resurslari saqlanishida uzilishlar sodir etilgan taqdirda, taraflarning biri bu borada xabardor qiladi.

3 ish kuni ichida

III. Markazda buyurtmachining axborot tizimlarini joylashtirish va saqlanishni vaqtincha toʻxtatish tartibi

1-bosqich

Operator

Buyurtmachi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlari, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar va ushbu Nizom talablari buzilgan holda yoki (va) taraflar oʻrtasida tuzilgan shartnoma boʻyicha buyurtmachi oʻz majburiyatlarini bajarmagan yoxud lozim darajada bajarmagan holda mazkur talablar buzilganligi boʻyicha yozma ravishda buyurtmachini xabardor qiladi.

3 ish kuni ichida

2-bosqich

Operator

Yozma xabar buyurtmachiga yuborilgan vaqtdan boshlab buyurtmachining axborot tizimining Markaz quvvatlarida vaqtinchalik ish faoliyatini toʻxtatish boʻyicha tegishli texnik tadbirlarni amalga oshiradi.

7 ish kuni ichida

3-bosqich

Buyurtmachi

Axborot tizimlari vaqtincha toʻxtatilganligi toʻgʻrisidagi yozma xabarni olgan kundan boshlab operator koʻrsatgan kamchiliklarni bartaraf etib, bu haqda yozma ravishda operatorni xabardor qiladi.

3 ish kuni ichida

4-bosqich

Operator

Vaqtincha toʻxtatilgan axborot tizimining ish faoliyatini tiklab, bu haqda yozma ravishda buyurtmachini xabardor qiladi.

1 ish kuni ichida

IV. Markazda buyurtmachining axborot tizimlarini joylashtirish va saqlanishni bekor qilish tartibi

1-bosqich

Operator

Markaz quvvatlarida ish faoliyati vaqtincha toʻxtatilganligi toʻgʻrisida operatorning yozma xabari asosida buyurtmachi koʻrsatilgan kamchiliklarni uch ish kuni ichida bartaraf etmaganda yoki Nizomda koʻzda tutilgan boshqa holatlarda buyurtmachining axborot tizimlarini joylashtirish va saqlanishni bekor qilish haqida buyurtmachini yozma ravishda xabardor qiladi.

3 ish kuni ichida

2-bosqich

Operator

Mavjud kamchilik aniqlanganligi boʻyicha yozma xabar buyurtmachiga yuborilgan kuni buyurtmachining tegishli axborot tizimining Markazda joylashtirilishi va saqlanishini bekor qilish boʻyicha tegishli texnik tadbirlarni amalga oshiradi.

1 ish kuni ichida

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 28-dekabrdagi 688-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/688/0996-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Elektron hukumat” tizimining maʼlumotlarni qayta ishlash markazida davlat organlari va tashkilotlarining axborot tizimini joylashtirish, saqlash va qayta ishlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

“Elektron hukumat” tizimining maʼlumotlarni qayta ishlash markazida davlat organlari va tashkilotlarining axborot tizimlari va resurslarini joylashtirish va saqlash toʻgʻrisida
‎ARIZA

_________________________________________________________________________

(ariza beruvchi davlat organlari va tashkilot nomi)

“Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasida davlat organlari va tashkilotlarining axborot tizimlari va resurslarini joylashtirish va saqlashni soʻrab quyidagilarni maʼlum qiladi:

1. Axborot tizimlari va resurslarini joylashtirish usuli:
‎________________________________________________________________________
2. Axborot tizimi va resursining nomi:
‎________________________________________________________________________

3. Axborot tizimi va resursini joylashtirish bilan bogʻliq koʻrsatkichlar (Markaz quvvatlarida egallash maydoni va hajmi, elektr taʼminotining tavsifi, tashqi tarmoqqa ulash tartibi):
‎________________________________________________________________________

4. Axborot tizimi tomonidan taqdim etilayotgan veb-servislarning tavsifi (mavjud boʻlganda):
‎________________________________________________________________________

5. “Elektron hukumat”ning idoralararo maʼlumotlar uzatish tarmogʻidagi IP-manzili (mavjud boʻlganda):
‎________________________________________________________________________
6. Axborot tizimi va resursiga bir oyda eng koʻp murojaatlar soni, axborot tizimining ish rejimi (bir sutkada soat):

T/r

Maʼlumotni olish veb-servisi

Bir oyda murojaatlar soni

Veb-servis bilan ishlash rejimi

1.

2.

3.

7. Buyurtmachining rekvizitlari:
‎________________________________________________________________________

8. Buyurtmachi masʼul xodimining F.I.Sh., lavozimi hamda lavozimga tayinlash haqidagi buyruq (ilova qilinadi) toʻgʻrisida maʼlumot:
‎________________________________________________________________________

_____________________

___________________________________________

(sana)

(rahbar yoki boshqa vakolatli shaxsning imzosi va F.I.Sh.)

(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 28-dekabrdagi 688-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/688/0996-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-martdagi 107-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tizimidagi ayrim tashkilotlarning faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 25-iyundagi 409-son qarorida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) qarorning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi tizimidagi ayrim tashkilotlarning faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 2-bandning “a” kichik bandi quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Digital office” tizimini texnik jihatdan qoʻllab-quvvatlash, uzluksiz ishlashi va axborot xavfsizligini taʼminlash”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Elektron hukumat” tizimining maʼlumotlarni qayta ishlash markazi faoliyatini muvofiqlashtirish, davlat axborot tizimlari va resurslarini joylashtirish, saqlash va qayta ishlash”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) 3-bandning ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi xatboshilaridagi hamda 4-banddagi “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish” soʻzlari “Raqamli texnologiyalar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) 1-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TUZILMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Direktor

 

Direktorning birinchi oʻrinbosari

Direktor oʻrinbosari

Direktor oʻrinbosari

Direktor oʻrinbosari

Direktor oʻrinbosari

Nazorat va ijro intizomi boʻlimi

2

Axborot tizimlari va resurslarini rivojlantirish boshqarmasi

1

Tashqi iqtisodiy aloqalar, moliya, investitsiyalar va bank ishlari sohasida raqamli texnologiyalarni joriy etish boʻlimi

6

Transport, yoqilgʻi-energetika kompleksi va uy-joy, kommunal xoʻjalik sohasida raqamli texnologiyalarni joriy etish boʻlimi

8

Ijtimoiy, taʼlim va sogʻliqni saqlash tizimida raqamli texnologiyalarni joriy etish boʻlimi

8

Maʼlumotlar markazi infratuzilmasini qoʻllab-quvvatlash va ekspluatatsiya qilish boʻlimi


8

Yuridik boʻlim

3

Kadrlar boʻlimi

2

Markazlashgan maʼlumotlar bazalari va axborot tizimlarini rivojlantirish boʻlimi



5

Ilm-fan, yoshlar, oila va mahallani qoʻllab-quvvatlash tizimida raqamli iqtisodiyotni joriy etish boʻlimi

6

Maʼlumotlar markazining muhandislik infratuzilmasini qoʻllab-quvvatlash boʻlimi

10

Xaridlar, budjet, bojxona va soliq sohasida raqamli texnologiyalarni joriy etish boʻlimi

6

Buxgalteriya

2

Koʻchmas mulk, kadastr, geologiya va qurilish sohasida raqamli texnologiyalarni joriy etish boʻlimi


6

Maxsus ishlar boʻlimi

2

Maʼlumotlar markazining axborot va ichki xavfsizlik boʻlimi


4

Maʼlumotnomalar va tasniflagichlarni rivojlantirish boʻlimi


4

Davlat boshqaruvi va adliya organlarida raqamli texnologiyalarni joriy etish boʻlimi

6

Madaniyat, taʼlim sohasi va kutubxona ishlarida raqamli texnologiyalarni joriy etish boʻlimi

4

Xarid va shartnomalar boʻlimi

2

Qishloq va suv xoʻjaligi, oziq-ovqat xavfsizligi sohasida raqamli texnologiyalarni joriy etish boʻlimi

6

Maʼlumotlar markazi tizimlari monitoringi boʻlimi

7

Elektron davlat xizmatlarini rivojlantirish boshqarmasi

1

Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasida raqamli texnologiyalarni joriy etish boʻlimi

4

Elektron parlament tizimini rivojlantirish boʻlimi

4

Hududlarda raqamli texnologiyalarni joriy etishni muvofiqlashtirish boʻlimi

5

Operatsion va funksional jarayonlarni muvofiqlashtirish boʻlimi


4

Mehnat va arxiv ishi sohasida raqamli texnologiyalarni joriy etish boʻlimi

4

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalini rivojlantirish boʻlimi

4

 

Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumat loyihalarini audit va ekspertiza qilish boʻlimi

10

 

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz xodimlarining umumiy cheklangan soni (xizmat koʻrsatuvchi xodimlardan tashqari) — 150 nafar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xizmat koʻrsatuvchi xodimlar soni qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilanadi.”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) 2-ilovaning nomidagi “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish” soʻzlari “Raqamli texnologiyalar” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining “Elektron hukumat tizimini yanada rivojlantirish, shuningdek, davlat organlari va tashkilotlarining oʻz faoliyati boʻyicha jamoatchilik oldida elektron hisobot berishi tartibini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 16-iyuldagi 444-son qarorida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi uchinchi va toʻrtinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“davlat organlari va tashkilotlari tomonidan ishlab chiqilgan axborot tizimlari va maʼlumotlar bazalari Raqamli texnologiyalar vazirligi (keyingi oʻrinlarda — Vazirlik) hamda “Kiberxavfsizlik markazi” DUK tomonidan taqdim etilgan ijobiy xulosa asosidagina amaliyotga joriy etilishi mumkin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlik hamda “Kiberxavfsizlik markazi” DUKning ijobiy xulosalarini olmasdan turib davlat organlari va tashkilotlari oʻzlari tomonidan ishlab chiqilgan axborot tizimlarini va maʼlumotlar bazalarini amaliyotga joriy etishi taqiqlanadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi va toʻrtinchi xatboshilar tegishlicha beshinchi va oltinchi xatboshilar deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 5-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“5. Vazirlik va “Kiberxavfsizlik markazi” davlat unitar korxonasi bilan birgalikda:”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) 6-banddagi “Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi” soʻzlari “Vazirlik” soʻzi bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“a” kichik banddagi “Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga” soʻzlari “Vazirlikka” soʻzi bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“b” kichik banddagi “Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi” soʻzlari “Vazirlik” soʻzi bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) 8-banddagi “Oʻzbekiston Respublikasi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi” soʻzlari “Vazirlik” soʻzi bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) 9-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“9. Vazirlik hamda “Kiberxavfsizlik markazi” DUK tegishlicha davlat organlari va tashkilotlarining axborot tizimlarini yaratish va joriy etish boʻyicha loyiha-texnik hujjatlarining Yagona reyestr orqali ekspertizadan oʻtkazilishini hamda axborot xavfsizligi talablariga muvofiqligi boʻyicha ekspertizadan oʻtkazilishini taʼminlasin”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) 1-ilova (Elektron hukumatning axborot tizimlari va resurslari yagona reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom)da:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-banddagi “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish” soʻzlari “Raqamli texnologiyalar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-banddagi “axborot tizimlarini” soʻzlaridan keyin “va joriy etish boʻyicha loyiha-texnik hujjatlarini majburiy ekspertizadan oʻtkazish hamda” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20-bandning birinchi xatboshisidagi “pasportlari maʼlumotlarini oʻzgartirish (yangilash)” soʻzlaridan keyin “, shuningdek, loyiha-texnik hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazish” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi xatboshi birinchi xatboshi deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33-banddagi “Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi” soʻzlari “Raqamli texnologiyalar vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-ilovaning izoh qismidagi “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish” soʻzlari “Raqamli texnologiyalar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-ilovaning 6 va 7-bosqichlaridagi “Masʼullar” ustunidagi “Oʻzkomnazorat” soʻzi “Raqamli texnologiyalar vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) 2-ilova (Elektron hukumatning maʼlumotnomalar va klassifikatorlar registrini shakllantirish va yuritish hamda yagona identifikatorlardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizom)da:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3 va 32-bandlardagi “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish” soʻzlari “Raqamli texnologiyalar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Elektron hukumatning maʼlumotnomalar va klassifikatorlar registrini yuritishga oid maʼlumotnoma va klassifikatorlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Maʼlumotnoma/klassifikator

Maʼlumotnoma/klassifikator turi

Maʼlumotnoma/klassifikatorlar tavsifi

Markaziy bank

1.

Valyutalar klassifikatori

Xalqaro klassifikatorlar

Muomaladagi valyutalar va valyuta qiymatlari tasniflash obyekti hisoblanadi.

2.

“Oʻzbekiston Respublikasi banklari” maʼlumotnomasi

Tarmoq maʼlumotnoma/klassifikatorlari

Davlat va tijorat banklari va ularning boʻlinmalari tasniflash obyekti hisoblanadi.

3.

“Oʻzbekiston Respublikasi banklari filiallari” maʼlumotnomasi

Tarmoq maʼlumotnoma/klassifikatorlari

Oʻzbekiston Respublikasi davlat va tijorat banklarining filiallari tasniflash obyekti hisoblanadi.

4.

“Oʻzbekiston Respublikasi nobank kredit tashkilotlari” maʼlumotnomasi

Tarmoq maʼlumotnoma/klassifikatorlari

Oʻzbekiston Respublikasi nobank kredit tashkilotlari va ularning boʻlinmalari tasniflash obyekti boʻlib hisoblanadi.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi

5.

“Jahon mamlakatlari” klassifikatorlari

Xalqaro klassifikatorlar

Jahon mamlakatlari tasniflash obyekti hisoblanadi.

6.

Tashqi iqtisodiy faoliyatning tovar nomenklaturasi

Davlatlararo klassifikatorlar

Bojxona organlari va tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari tomonidan bojxona operatsiyalarini oʻtkazish maqsadidagi tovarlar tasniflash obyekti hisoblanadi.

7.

Yuk bojxona deklaratsiyasini toʻldirishda foydalaniladigan hujjatlar va axborot turlari klassifikatori

Tarmoq maʼlumotnoma/klassifikatorlari

Yuk bojxona deklaratsiyasini toʻldirishda foydalaniladigan hujjatlar va maʼlumotlar tasniflash obyekti hisoblanadi.

8.

Transport turlari klassifikatori

Tarmoq maʼlumotnoma/klassifikatorlari

Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasidagi nazorat punktiga yetkazib berish uchun tovarlar yuklanishi lozim boʻlgan transport vositalari tasniflash obyekti hisoblanadi.

9.

Tovarlar harakatining oʻziga xos xususiyatlari klassifikatori

Tarmoq maʼlumotnoma/klassifikatorlari

Tovarlar harakati turlari tasniflash obyekti hisoblanadi.

10.

Afzallik, imtiyozlar va bojxona toʻlovlarining boshqa xususiyatlari klassifikatori

Tarmoq maʼlumotnoma/klassifikatorlari

Afzallik, imtiyozlar va bojxona toʻlovlarining boshqa xususiyatlari tasniflash obyekti hisoblanadi.

11.

Bojxona toʻlovlari klassifikatori

Tarmoq maʼlumotnoma/klassifikatorlari

Bojxona toʻlovlari, shu jumladan, bojxona rasmiylashtiruvi uchun bojxona toʻlovlari tasniflash obyekti hisoblanadi.

12.

Bojxona postlari klassifikatori

Tarmoq maʼlumotnoma/klassifikatorlari

Oʻzbekiston Respublikasining bojxona postlari tasniflash obyekti hisoblanadi.

13.

Bojxona rejimlari klassifikatori

Tarmoq maʼlumotnoma/klassifikatorlari

Bojxona rejimlari tasniflash obyekti hisoblanadi.

14.

Yetkazib berish shartlari klassifikatori

Tarmoq maʼlumotnoma/klassifikatorlari

Tovarlarni yetkazib berish shartlari tasniflash obyekti hisoblanadi.

15.

Bitim tabiatining klassifikatori

Tarmoq maʼlumotnoma/klassifikatorlari

Statistik hisob va hisobotlarda qoʻllaniladigan operatsiyalar tasniflash obyekti hisoblanadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi

16.

Millatlar klassifikatori

Xalqaro klassifikatorlar

Fuqarolarning millati tasniflash obyekti hisoblanadi.

17.

Oʻzbekiston Respublikasi tashkiliy-huquqiy shakllari klassifikatori

Umumdavlat klassifikatorlar

Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi va Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonunlarida belgilangan tashkiliy-huquqiy shakllar tasniflash obyekti hisoblanadi.

18.

Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiy faoliyat turlari boʻyicha mahsulotlar (tovarlar, ishlar, xizmatlar) klassifikatori

Umumdavlat klassifikatorlar

Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiy faoliyat turlari boʻyicha mahsulotlar (tovarlar, ishlar, xizmatlar) tasniflash obyekti hisoblanadi.

19.

Umumdavlat iqtisodiy faoliyat turlari boʻyicha klassifikatori

Umumdavlat klassifikatorlar

Iqtisodiy faoliyatning birliklarini (alohida korxonalar yoki korxonalar guruhlarini) tasniflashga moʻljallangan.

20.

Umumdavlat iqtisodiy faoliyat turlari boʻyicha klassifikatori (2-tahrir)

Umumdavlat klassifikatorlar

Iqtisodiy faoliyatning birliklarini (alohida korxonalar yoki korxonalar guruhlarini) tasniflashga moʻljallangan.

21.

Davlat boshqaruvi organlari va hoʻjalik boshqaruv organlarini belgilash tizimi

Boshqa maʼlumotnoma/klassifikatorlar

Davlat boshqaruvi organlari va xoʻjalik birlashmalarini tasniflashga moʻljallangan.

22.

Maʼmuriy-hududiy tuzilma obyektlari maʼlumotlari toʻplami

Umumdavlat klassifikatorlar

Viloyatlar, shaharlar va tumanlarni tasniflash uchun moʻljallangan.

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi

23.

Oʻlchov birliklari klassifikatori

Umumdavlat klassifikatorlar

Oʻlchov birliklari tasniflash obyekti hisoblanadi.

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

24.

Oliy taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklari klassifikatori

Umumdavlat klassifikatorlar

Oliy taʼlimning bakalavriat va magistratura bosqichlarini tasniflashga moʻljallangan.

25.

Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimida tayyorlash yoʻnalishlari, kasblar va mutaxassisliklar klassifikatori

Umumdavlat klassifikatorlar

Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimida tayyorlash yoʻnalishlari, kasblari va mutaxassisliklarini tasniflashga moʻljallangan.

Adliya vazirligi

26.

Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik tarmoqlarining umumhuquqiy klassifikatori

Tarmoq maʼlumotnoma/klassifikatorlari

Qonunchilik tarmoqlarini tasniflash uchun moʻljallangan.

261.

Tovar va xizmatlarning xalqaro klassifikatori

Xalqaro klassifikatorlar

Tovar va xizmatlarni tasniflash uchun moʻljallangan.

262.

Xalqaro patent klassifikatori

Xalqaro patent klassifikatori

Xalqaro patent klassifikatori.

263.

Sanoat namunalarining xalqaro klassifikatori

Sanoat namunalarining xalqaro klassifikatori

Sanoat namunalarining xalqaro klassifikatori.

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

27.

Xodimlarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari klassifikatori

Umumdavlat klassifikatorlar

Xodimlarning asosiy lavozimlari va ishchilarning kasblarini tizimlashtirish, ishchilarning malaka toifalari va xodimlar lavozimlari toifalarini belgilash uchun moʻljallangan.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Soliq qoʻmitasi

28.

Soliq qoʻmitasining tuman inspeksiyalari kodlari

Tarmoq maʼlumotnoma/klassifikatorlari

Soliq qoʻmitasining tuman inspeksiyalari tasniflash obyekti hisoblanadi.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi

32.

Manzillar maʼlumotnomasi

Boshqa maʼlumotnoma/klassifikatorlar

Viloyatlar, tumanlar, shaharlar, koʻchalar va boshqa obyektlarni tizimlashtirishga moʻljallangan.

Raqamli texnologiyalar vazirligi

33.

Davlat axborot resurslari va axborot tizimlari klassifikatori

Boshqa maʼlumotnoma/klassifikatorlar

Davlat organlarining axborot resurslari va axborot tizimlarini tasniflashga moʻljallangan.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi mazkur roʻyxatga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish huquqiga ega”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-ilovaning izoh qismidagi “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish” soʻzlari “Raqamli texnologiyalar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) 3-ilova (“Maʼlumotlarni boshqarish” axborot tizimi orqali davlat organlari va tashkilotlari maʼlumotlarini yigʻish, qayta ishlash va tahlil qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom)da:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bandning yettinchi xatboshisidagi va 3-banddagi “Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish” soʻzlari “Iqtisodiyot va moliya” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish” soʻzlari “Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Raqamli texnologiyalar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“a” kichik bandning birinchi xatboshisidagi “Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish” soʻzlari “Iqtisodiyot va moliya” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“b” kichik bandning birinchi xatboshisidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“v” kichik bandning birinchi xatboshisidagi “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish” soʻzlari “Raqamli texnologiyalar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-banddagi “Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish” soʻzlari “Iqtisodiyot va moliya” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-banddagi “Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi Davlat statistika qoʻmitasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi” soʻzlari “Iqtisodiyot va moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15 va 16-bandlardagi “Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish” soʻzlari “Iqtisodiyot va moliya” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17-banddagi “Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va Davlat statistika qoʻmitasi” soʻzlari “Iqtisodiyot va moliya vazirligi Raqamli texnologiyalar vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19-banddagi “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish” soʻzlari hamda 20-banddagi “Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish” soʻzlari tegishlicha “Raqamli texnologiyalar” hamda “Iqtisodiyot va moliya” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
““Maʼlumotlarni boshqarish” axborot tizimi orqali davlat organlari va tashkilotlari maʼlumotlarini yigʻish, qayta ishlash va tahlil qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Masʼullar

Chora-tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Davlat organlari va tashkilotlari, Iqtisodiyot va moliya vazirligi

1. Oʻzlarining axborot tizimlari va maʼlumotlar bazalarida mavjud boʻlgan maʼlumotlar xatlovdan oʻtkazilishini taʼminlash.

Ikki hafta muddatda

2. Iqtisodiyot va moliya vazirligi soʻroviga asosan “Maʼlumotlarni boshqarish” axborot tizimida jamlanishi lozim boʻlgan maʼlumotlarni taqdim etish.

Bir oy muddatda

2-bosqich

Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi

“Maʼlumotlarni boshqarish” axborot tizimida yuritiladigan maʼlumotlar toʻplamini shakllantirish va tasdiqlash.

Bunda bir turdagi axborotlarni aniqlash va ular yagona manbadan olinishini belgilash.

Ikki oy muddatda

3-bosqich

Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, operator

1. “Maʼlumotlarni boshqarish” axborot tizimi bilan idoralararo elektron hamkorlik qilish talablarini ishlab chiqish.

Uch oy muddatda

2. “Maʼlumotlarni boshqarish” axborot tizimini ishlab chiqish.

2021-yil aprel

3. “Maʼlumotlarni boshqarish” axborot tizimining vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining axborot tizimlari va maʼlumotlar bazalari bilan elektron hamkorligini bosqichma-bosqich taʼminlash.

2021-yil iyul

4-bosqich

Iqtisodiyot va moliya vazirligi, davlat organlari va tashkilotlari

Tasdiqlangan maʼlumotlar toʻplami asosida maʼlumotlarni yigʻish va tahlil qilishni “Maʼlumotlarni boshqarish” axborot tizimida amalga oshirish.

Doimo

5-bosqich

Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi, operator

Mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini tahlil qilish borasidagi hisobotlarni “Maʼlumotlarni boshqarish” axborot tizimida shakllantirish va real vaqt rejimida olish choralarini koʻrish.

Doimo

.

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.03.2023-y., 09/23/107/0146-son; 29.12.2023-y., 09/23/688/0996-son; 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son; 29.12.2025-y., 07/25/388/1235-son)