Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 30.09.1993 yildagi 478-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1993—1995 YILLARDA “OʻZBEKREZINOTEXNIKA” IShLAB ChIQARISh BIRLAShMASIDA YuK AVTOMOBILLARI UChUN ShINALAR ChIQARISh BOʻYIChA IShLAB ChIQARISh QUVVATLARI BARPO ETISh TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kimyo sanoati korxonalarini rivojlantirish Konsepsiyasiga muvofiq hamda Oʻzbekiston Respublikasining KamAZ, ZIL, GAZ markali yuk avtomobillari, avtobus va trolleybuslar uchun shinalarga boʻlgan ehtiyojini yanada toʻlaroq taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Oʻzdavkimyokonsern”ning 5000 mln. soʻm miqdoridagi davlat kredit resurslari va 13,3 mln. AQSh dollari miqdoridagi markazlashgan valyuta mablagʻlari hisobiga har yili yuk avtomobillari uchun 200 ming shina chiqaradigan “Oʻzbekrezinotexnika” IBni tashkil etish va 1995-yilda ishga tushirish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy banki 1993—1995-yillarda investitsiya dasturida yuk avtomobillari uchun shinalar ishlab chiqaradigan obyektlar qurish uchun zarur boʻlgan uzoq muddatli imtiyozli resurslar ajratishni 1-ilovaga* muvofiq koʻzda tutsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1-ilova matni rus tilida berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki 1994-1995-yillarda “Oʻzbekrezinotexnika” IB uchun Respublika jamgʻarmasidan 2-ilovaga* muvofiq import boʻyicha texnologik asbob-uskunalar xarid qilish uchun zarur boʻlgan valyuta mablagʻlari ajratsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 2-ilova matni rus tilida berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekrezinotexnika” IBga ayni vaqtda obyektlarni loyihalash va qurishga hamda qurilish-montaj ishlari uchun haqiqiy bajarilgan ish hajmlari boʻyicha haq toʻlashni amalga oshirishga ruxsat etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Oʻzsanoatxoʻjalikqurilish” korporatsiyasi yuk avtomobillari uchun shinalar chiqaradigan korxona qurilishi boʻyicha bosh pudratchi etib belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi yuk avtomobillari uchun shinalar chiqaradigan korxona loyihalarini tezkorlik bilan va oʻz vaqtida ekspertizadan oʻtkazishni taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. 1994-yildan boshlab “Oʻzshartnomasavdo” va respublikaning boshqa taʼminot-sotish tashkilotlari qurilishda qatnashuvchi tashkilotlarga birkitilgan nomenklatura boʻyicha kvotalangan mahsulotlar ajratishni nazarda tutsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. “Oʻzdavkimyokonsern” va “Oʻzsanoatxoʻjalikqurilish” korporatsiyasi 1995-yilda yuk avtomobillari uchun shinalar chiqarish korxonasini qurish va ishga tushirishni taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasining tegishli majmuilariga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1993-yil 30-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
478-son