Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2022-yil 26-oktabrdagi OʻRQ-796-son Qonuni hamda “Oʻzbekiston Respublikasining referendumi toʻgʻrisida”gi Qonunning 18-moddasi va Oʻzbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 16-moddasiga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinsin.
3. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisining oʻrinbosari B. Kuchkarov zimmasiga yuklansin.
Rais Z. NIZAMXODJAYEV
Toshkent sh.,
2023-yil 27-fevral,
1205-son
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2023-yil 27-fevraldagi 1205-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Markaziy saylov komissiyasining 2022-yil 28-iyundagi 1172-son qarori bilan tasdiqlangan Referendum uchastkalari hamda referendum oʻtkazuvchi uchastka komissiyalari toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 47-bandning oʻn sakkizinchi xatboshisi birinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ovoz berish binosida yoki bevosita uning oldida uchastka komissiyasi stend jihozlaydi, unga ovoz berish byulletenining namunasi va uni toʻldirish tartibi joylashtiriladi, agar referendumga qonun loyihasi qoʻyilgan boʻlsa, stendga shu loyihaning matni ham joylashtiriladi”;
b) 67-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Bunda fuqaro oʻzi ovoz berayotgan variant roʻparasida, oʻng tomonda joylashgan boʻsh kvadratga “+” yoki “
” yoxud “x” belgisini qoʻyadi”;
v) 91-bandda:
quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Bunda fuqaro oʻzi ovoz berayotgan variant roʻparasida, oʻng tomonda joylashgan boʻsh kvadratga “+” yoki “
” yoxud “x” belgisini qoʻyadi”;
ikkinchi xatboshi tegishincha uchinchi xatboshi deb hisoblansin;
g) 92-bandning ikkinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
d) 108-bandda:
quyidagi mazmundagi yigirmanchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“ovoz berish chogʻida bittadan ortiq kvadratga “+” yoki “
” yoxud “x” belgisi qoʻyilgan yoki bitta ham kvadratga bunday belgi qoʻyilmagan byulletenlar”;
yigirmanchi-yigirma birinchi xatboshilar tegishincha yigirma birinchi-yigirma ikkinchi xatboshilar deb hisoblansin;
yigirma birinchi xatboshidan “yoki belgilar” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
2. Markaziy saylov komissiyasining 2022-yil 13-iyuldagi 1178-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida referendum uchastkalari hamda referendum oʻtkazuvchi uchastka komissiyalarini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 37-bandda:
ikkinchi va uchinchi xatboshilar quyidagi mazmundagi ikkinchi — toʻrtinchi xatboshilar bilan almashtirilsin:
“Byulleten fuqaro tomonidan yashirin ovoz berish kabinasi (koʻchma ovoz berish kabinasi) yoki xonasida toʻldiriladi.
Bunda fuqaro oʻzi ovoz berayotgan variant roʻparasida, oʻng tomonda joylashgan boʻsh kvadratga “+” yoki “
” yoxud “x” belgisini qoʻyadi.
Byulletenni toʻldirish vaqtida ovoz beruvchidan boshqa shaxslarning hozir boʻlishi taqiqlanadi”;
toʻrtinchi — oltinchi xatboshilar tegishincha beshinchi — yettinchi xatboshilar deb hisoblansin;
b) 44-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“44. Byulleten fuqaro tomonidan yashirin ovoz berish kabinasi yoki xonasida toʻldiriladi.
Bunda fuqaro oʻzi ovoz berayotgan variant roʻparasida, oʻng tomonda joylashgan boʻsh kvadratga “+” yoki “
” yoxud “x” belgisini qoʻyadi.
Byulletenni toʻldirish vaqtida fuqarodan boshqa shaxslarning hozir boʻlishi taqiqlanadi”.