20.02.2023 yildagi 71-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilariga ipoteka krediti taqdim etish orqali uy-joy bilan taʼminlash tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning tub mazmunini “Davlat — inson uchun” degan ezgu gʻoya tashkil etadi. Xususan, 2022 — 2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi mazmun-mohiyatiga asosan harbiy xizmatchilarga munosib turmush sharoiti va zamonaviy infratuzilma tashkil etish, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, haqiqiy harbiy xizmatni oʻtash uchun munosib va xavfsiz shart-sharoitlarni yaratish, Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilarining qonuniy manfaatlarini taʼminlashning huquqiy kafolatlarini mustahkamlash sohasida keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, bugungi kunda harbiy xizmatning jozibadorligi va Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilarini ijtimoiy himoya qilish kafolatlari taʼminlanmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu islohotlarni davom ettirish, Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilari, harbiy xizmatdan rezervga boʻshatilgan (isteʼfoga chiqarilgan) fuqarolar va ularning oila aʼzolarining ijtimoiy taʼminoti masalalarini oqilona hal etishga qaratilgan tadbirlar koʻlamini kengaytirish, shuningdek, ularni imtiyozli ipoteka krediti asosida uy-joy bilan taʼminlash tartibini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turar joy sotib olish (qurish) uchun ipoteka krediti boʻyicha dastlabki badal oʻtkazilgan harbiy xizmatchiga uy-joyni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun pul kompensatsiyasi toʻlashning amaldagi 12 oy muddatini turar joyni belgilangan tartibda foydalanishga topshirish muddatiga qadar uzaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harbiy xizmatchi va uning turmush oʻrtogʻi (eri, xotini) nomida shaxsiy turar joy borligiga aniqlik kiritishni soddalashtirish hamda uy-joy bilan taʼminlanganlar hisobini yuritish tartibini takomillashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralar rahbarlari zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 20-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
71-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-fevraldagi 71-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 25-iyuldagi 169-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 6-7-son, 37-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy xizmatchilariga turar joyni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun har oylik pul kompensatsiyasi toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“harbiy xizmatchiga belgilangan tartibda turar joy maydoni berilgan kundan boshlab (shu jumladan belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan uy-joy maydonining oldi-sotdi dalolatnomalari asosida), shuningdek, oldi-sotdi shartnomalari imzolangan kundan, lekin uzoq muddatli ipoteka krediti boʻyicha dastlabki badal toʻlangan harbiy xizmatchilarga quruvchi tomonidan qabul qilish va topshirish dalolatnomalari asosida sotib olinayotgan (qurilayotgan) turar joy foydalanishga topshirilgan kundan kechiktirmay”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
beshinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oltinchi — sakkizinchi xatboshilar tegishincha beshinchi — yettinchi xatboshilar deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 3-bandning oltinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“harbiy xizmatchi va uning turmush oʻrtogʻi (eri, xotini) nomida shaxsiy turar joy mavjud yoki mavjud emasligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-avgustdagi 619-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 8-son, 170-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy xizmatchilariga turar joy sotib olish (qurish) uchun uzoq muddatli imtiyozli ipoteka kreditlari berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 4-bandning birinchi xatboshisi “krediti olinishida” soʻzlaridan keyin “ularning oila tarkibidan qatʼi nazar” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 10-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“10. Harbiy xizmatchi turar joy sotib olish (qurish) uchun tegishli idoradan dastlabki badalni olish uchun turar joy komissiyasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dastlabki badalni olish uchun harbiy qism komandiri (boshligʻi) nomiga bildirgi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harbiy xizmatchining turar joy bilan taʼminlanishga boʻlgan huquqini tasdiqlaydigan hujjat hisoblanadigan turar joy attestati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harbiy xizmatchining pul taʼminoti va doimiy ish joyidan (mavjud boʻlganda) berilgan oxirgi 12 oyda ushlab qolingan miqdorlarda u bilan birga yashaydigan oila aʼzolarining ish haqi toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma yoki yashash joyi boʻyicha davlat soliq xizmati organi tomonidan tasdiqlangan oila aʼzolarining ushbu davrdagi daromadlari (mavjud boʻlganda) toʻgʻrisidagi deklaratsiyalarning nusxalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kalendar boʻyicha hisoblab chiqilgan uzoq muddatli xizmat toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harbiy xizmatni oʻtashga kontrakt tuzilganligi toʻgʻrisida harbiy qism komandiri (boshligʻi)ning buyrugʻidan koʻchirma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harbiy xizmatchi va uning turmush oʻrtogʻi (eri, xotini) nomida shaxsiy turar joy mavjud yoki mavjud emasligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagi hujjatlar tegishli idoralar (markaziy turar joy komissiyasi yoki turar joy komissiyasi yoxud kvartira-foydalanish organi) tomonidan masʼul davlat organlari va tashkilotlaridan mustaqil ravishda, shu jumladan, “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali soʻrab olinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nikoh tuzilganligi (mavjud boʻlganda) toʻgʻrisida guvohnoma nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tugʻilganlik haqida guvohnoma nusxasi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) 15-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“15. Ular uchun tegishli idoralar tomonidan uy-joy sotib olish (qurish) uchun dastlabki badal kiritilgan harbiy xizmatchilar quruvchi tomonidan qabul qilish va topshirish dalolatnomalari asosida turar joy harbiy xizmatchilarga foydalanishga topshirilgan kundan boshlab davlat hisobiga turar joy bilan taʼminlanmaganlar roʻyxatidan chiqariladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) 16-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“ipoteka krediti boʻyicha dastlabki badal kiritilgan harbiy xizmatchilar — harbiy xizmatchilarning ushbu toifasiga va ularning oila aʼzolariga xizmat turar joyidan (mavjud boʻlganda) foydalanish huquqi yoxud belgilangan tartibda oldi-sotdi shartnomalari imzolangan kungacha, lekin harbiy xizmatchilarga quruvchi tomonidan qabul qilish va topshirish dalolatnomalari asosida sotib olinayotgan (qurilayotgan) turar joy foydalanishga topshirilgan kundan koʻp boʻlmagan muddat uchun har oylik pul kompensatsiyasi olish huquqi”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.02.2023-y., 09/23/71/0097-son)