Oʻzbekiston Respublikasi transport vazirining
buyrugʻi
Havo transportida yoʻlovchi va bagaj tashish qoidalariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2023-yil 13-fevralda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2238-4]
Oʻzbekiston Respublikasining “Qurol toʻgʻrisida”gi hamda 2022-yil 17-maydagi OʻRQ-770-son “Oʻzbekiston Respublikasida tibbiy-ijtimoiy xizmatlar tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2011-yil 11-apreldagi 45-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2238, 2011-yil 29-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 26-son, 275-modda) bilan tasdiqlangan Havo transportida yoʻlovchi va bagaj tashish qoidalariga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi va “Uzbekistan Airways” AJ bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir I. MAXKAMOV
Toshkent sh.,
2023-yil 27-yanvar,
1-son
Kelishildi:
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi raisi Sh. ShARAXMETOV
2023-yil 16-yanvar
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisi A. AZIZOV
2023-yil 20-yanvar
“Uzbekistan Airways” AJ boshqaruv raisi I. MAXKAMOV
2023-yil 17-yanvar
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh. ShERMATOV
2023-yil 24-yanvar
Oʻzbekiston Respublikasi transport vazirining 2023-yil 27-yanvardagi 1-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Havo transportida yoʻlovchi va bagaj tashish qoidalariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 78-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“78. Yoʻlovchiga havo kemasi salonida qoʻl yukidan tashqari oʻzining zarur ehtiyoji uchun kerak boʻladigan shaxsiy buyumlarini (masalan portfel, ayollar sumkachasi, hujjatlar uchun jild, soyabon, hassa, ustki kiyim, guldasta, parvozda oʻqish uchun bosma nashrlarni, bola uchun ozuqani va bolalar yoʻl beshigi, nogironligi boʻlgan shaxslar uchun oʻrindiqli aravacha yoki jismoniy imkoniyatlari cheklangan yoʻlovchilarning harakatlanishlari uchun moslashtirilgan anjomlar va boshqalar) tashishga ruxsat beriladi.”.
2. 93-bandning oltinchi xatboshisidagi “nogironlar aravachasi” degan soʻzlar “nogironligi boʻlgan shaxslar uchun oʻrindiqli aravacha” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3. 96-banddagi “Shaxsiy qurol, ov va sport maqsadlariga moʻljallangan qurol” degan soʻzlar “Fuqaroviy qurol, xizmat quroli, jangovar qurol” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.02.2023-y., 10/23/2238-4/0087-son)