1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.12.00 Hududlarni rivojlantirish]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ijtimoiy sugʻurta, ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy himoya]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasida aholi uchun munosib turmush sharoitlarini yaratish va mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Orolboʻyi mintaqasini barqaror rivojlantirish boʻyicha ishlarning samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 1-noyabrdagi PF-241-son Farmoniga asosan Qoraqalpogʻiston Respublikasida oʻtkazilgan oʻrganishlar natijasida aniqlangan sharoiti ogʻir oilalar va fuqarolarni qoʻllab-quvvatlash hamda ovul va mahallalar infratuzilmasini rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Tashqi savdo, investitsiyalar, mahalliy sanoatni rivojlantirish va texnik jihatdan tartibga solish masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi yigʻilishining bayoniga asosan viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Qoraqalpogʻiston Respublikasining Nukus shahri va Boʻzatov, Qoraoʻzak, Kegeyli, Qoʻngʻirot, Qonlikoʻl, Moʻynoq, Nukus, Taxiatosh, Taxtakoʻpir, Xoʻjayli, Chimboy, Shumanay tumanlariga (keyingi oʻrinlarda — shimoliy tumanlar) biriktirilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi barcha ovul va qishloqlardagi aholi turar joylari hamda ichki yoʻllar holati boʻyicha oʻtkazilgan xatlovda ogʻir turmush sharoitidagi oilalarga tegishli 21 094 ta uy-joylarning tom qismini taʼmirlash (yopish) hamda 709 ta yashash uchun yaroqsiz va avariya holatidagi uy-joylarni yangidan qurish, shuningdek, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga biriktirilmagan Amudaryo, Beruniy, Ellikqalʼa va Toʻrtkoʻl tumanlaridagi (keyingi oʻrinlarda — janubiy tumanlar) 2 ming kilometr tuproq yoʻllarga qum-shagʻal yotqizish talab etilishi aniqlanganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) Vazirlar Mahkamasining “Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, qulay biznes muhitini yaratish, innovatsion texnologiyalarni joriy etish va infratuzilmalar bilan taʼminlanganlik darajasini yanada yaxshilash orqali aholi farovonligini oshirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 6-sentabrdagi 500-son qarorida janubiy tumanlardagi 123 km tuproq yoʻllarga qum-shagʻal yotqizish uchun 2023-yilda 15 mlrd soʻm mablagʻ ajratish koʻzda tutilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining “2023-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi Qonuni ijrosini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 30-dekabrdagi PQ-471-son qarorida janubiy tumanlardagi ichki xoʻjalik yoʻllarini taʼmirlash uchun 2023-yilda 12 mlrd soʻm mablagʻ ajratish nazarda tutilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Moliya va iqtisodiyot vazirligi hamda Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligining xatlov jarayonida aniqlangan ogʻir turmush sharoitidagi oilalarga tegishli 21 094 ta uyning tom qismini taʼmirlash (yopish) va 709 ta yashash uchun yaroqsiz va avariya holatidagi uylarni yangidan qurish, shuningdek, janubiy tumanlardagi 2 ming kilometr tuproq yoʻllarga qum-shagʻal yotqizish ishlarini markazlashtirilgan tartibda amalga oshirish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasining Nukus shahri va shimoliy tumanlaridagi ogʻir turmush sharoitidagi oilalarga tegishli uylarning tom qismini taʼmirlash (yopish) hamda yashash uchun yaroqsiz va avariya holatidagi uylarni yangidan qurish ishlarining yigʻma parametrlari 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasining janubiy tumanlaridagi ogʻir turmush sharoitidagi oilalarga tegishli uylarning tom qismini taʼmirlash (yopish) hamda yashash uchun yaroqsiz va avariya holatidagi uylarni yangidan qurish ishlarining yigʻma parametrlari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qaror doirasida amalga oshiriladigan qurilish-taʼmirlash va obodonlashtirish ishlari boʻyicha buyurtmachi etib:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nukus shahri va shimoliy tumanlardagi ogʻir turmush sharoitidagi oilalarga tegishli uylarning tom qismini taʼmirlash (yopish) va avariya holatidagi uylarni yangidan qurish ishlari boʻyicha — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” IK DUK;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
janubiy tumanlardagi ogʻir turmush sharoitidagi oilalarga tegishli uy-joylarning tom qismini taʼmirlash (yopish) va avariya holatidagi uy-joylarni yangidan qurish ishlari boʻyicha — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” IK DUK;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
janubiy tumanlardagi 2 ming kilometr tuproq yoʻllarga qum-shagʻal yotqizish ishlari boʻyicha — Amudaryo, Beruniy, Toʻrtkoʻl va Ellikqalʼa tumanlari hokimliklarining Obodonlashtirish boshqarmalari belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ushbu qarorda belgilangan chora-tadbirlarni qisqa muddatlarda yakunlash maqsadida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” IK DUKga pudratchi va loyiha tashkilotlarini, shuningdek, tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) yetkazib beruvchilarni maxsus axborot portalida tanlov oʻtkazish toʻgʻrisida eʼlon joylashtirmasdan, xarid qilish tartib-taomillarini elektron shaklda oʻtkazmasdan eng yaxshi takliflarni tanlash orqali aniqlash vakolati berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur qarorga 1-ilovada nazarda tutilgan ogʻir turmush sharoitidagi oilalarga tegishli uy-joylarning tom qismini taʼmirlash (yopish) hamda yashash uchun yaroqsiz va avariya holatidagi uy-joylarni yangidan qurish ishlari — Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining qoʻshimcha manbalari, homiylik xayriyalari mablagʻlari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu qarorga 2-ilovada nazarda tutilgan ogʻir turmush sharoitidagi oilalarga tegishli uy-joylarning tom qismini taʼmirlash (yopish) hamda yashash uchun yaroqsiz va avariya holatidagi uy-joylarni yangidan qurish ishlari — 2023-yil uchun Davlat budjeti parametrlarida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti topshiriqlariga asosan hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish xarajatlari uchun nazarda tutilgan mablagʻlar hisobidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
janubiy tumanlardagi 2 ming kilometr tuproq yoʻllarga qum-shagʻal yotqizish ishlari — Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bir oy muddatda mazkur qarorga 1-ilova bilan tasdiqlangan yigʻma parametrlarga muvofiq mablagʻlar ajratilishini hamda qurilish materiallari zaxirasi yaratilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi mazkur qarorga 1-ilovada nazarda tutilgan uy-joylarning manzilli roʻyxatini shakllantirilib, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga taqdim etilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Iqtisodiyot va moliya vazirligi oʻn besh kun muddatda janubiy tumanlardagi 2 ming kilometr tuproq yoʻllarga qum-shagʻal yotqizish ishlari uchun Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasi hisobidan 20 mlrd soʻm mablagʻ ajratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi mazkur qarorda nazarda tutilgan uy-joylarning tom qismini taʼmirlash (yopish) hamda yashash uchun yaroqsiz va avariya holatidagi uy-joylarni yangidan qurish hamda tuproq yoʻllarga qum-shagʻal yotqizish ishlari boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarining belgilangan tartibda davlat ekspertizasidan oʻtkazilishini va qurilish-montaj ishlari sifatli bajarilishi ustidan tizimli davlat nazorati amalga oshirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi va xalq deputatlari tumanlar va shaharlar Kengashlariga mahalliy hokimliklar hamda masʼul davlat idoralar bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tom qismi taʼmirlanadigan (yopiladigan) va yashash uchun yaroqsiz uy-joylarning roʻyxatini shakllantirish faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini oʻrnatish hamda mazkur sohada byurokratiya, sansalorlik va boshqa maʼmuriy toʻsiqlarning oldini olishga qaratilgan aniq choralarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uy-joylarning tom qismini taʼmirlash (yopish) hamda yashash uchun yaroqsiz va avariya holatidagi uy-joylarni yangidan qurish, shuningdek, tuproq yoʻllarga qum-shagʻal yotqizish ishlari oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishi ustidan jamoatchilik nazoratini oʻrnatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur qaror doirasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning samaradorligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni keng jamoatchilikka yetkazib borish, shuningdek, dolzarb muammolar hal etilayotganligi yuzasidan aholiga batafsil tushuntirish va tashviqot ishlarini tashkil etish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.J. Ramatov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 2-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 2-fevraldagi 52-son qaroriga 1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasining Nukus shahri va shimoliy tumanlaridagi ogʻir turmush sharoitidagi oilalarga tegishli uy-joylarning tom qismini taʼmirlash (yopish) hamda yashash uchun yaroqsiz va avariya holatidagi uy-joylarni yangidan qurish ishlarining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
YIGʻMA PARAMETRLARI

Izoh:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Loyiha-smeta hujjatlari va nuqson dalolatnomalari asosida aniqlashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
** Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjetining qoʻshimcha manbalari hisobidan moliyalashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 2-fevraldagi 52-son qaroriga 2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasining janubiy tumanlaridagi ogʻir turmush sharoitidagi oilalarga tegishli uylarning tom qismini taʼmirlash (yopish) hamda yashash uchun yaroqsiz va avariya holatidagi uylarni yangidan qurish ishlarining