31.01.2023 yildagi 44-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

Umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi elektron shahodatnomaning davlat namunasini tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2022 — 2026-yillarda xalq taʼlimini rivojlantirish boʻyicha milliy dasturni tasdiqlash toʻgʻrisida” 2022-yil 11-maydagi PF-134-son Farmoni ijrosini taʼminlash va umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi elektron shahodatnomaning davlat namunasini tasdiqlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tayanch oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi elektron shahodatnomaning davlat namunasi shakli 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi elektron shahodatnomaning davlat namunasi shakli 2-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Psixik rivojlanishida nuqsoni boʻlgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktabni (maktab-internat) tamomlaganlik toʻgʻrisidagi elektron sertifikat namunasi shakli 3-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisida elektron shahodatnomalarni berish tartibi haqidagi nizom 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki oy muddatda Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda “Elektron shahodatnoma” axborot tizimini ishlab chiqsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022/2023 oʻquv yili yakunidan boshlab, shuningdek tizimida umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari boʻlgan vazirliklar va idoralar bilan birgalikda davlat va nodavlat taʼlim tashkilotlarida “Elektron shahodatnoma” axborot tizimiga bitiruvchilar haqidagi maʼlumotlar kiritib borilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 20-aprelga qadar “Elektron shahodatnoma” axborot tizimini “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali Bilim va malakalarni baholash agentligining “ABITUR” maxsus elektron dasturiga integratsiyalashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilab qoʻyilsinki, Elektron shahodatnoma” axborot tizimini ishga tushirish va keyinchalik qoʻllab-quvvatlash Maktabgacha va maktab taʼlimi sohasidagi islohotlarga koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi rasmiy hujjatlarning davlat namunasini tasdiqlash haqida” 2019-yil 13-maydagi 393-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri X.U. Umarova hamda raqamli texnologiyalar vaziri Sh.X. Shermatov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 31-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44-son

Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-yanvardagi 44-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tayanch oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi elektron shahodatnomaning davlat namunasi shakli
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

REPUBLIC OF UZBEKISTAN

________________________________________________________________________________

TAYANCH OʻRTA TAʼLIM TOʻGʻRISIDA
S H A H O D A T N O M A
‎CERTIFICATE OF BASIC SECONDARY EDUCATION

TM № 00000000

‎Ushbu shahodatnoma / This is to certify that

________________________________________________

(familiyasi, ismi, otasining ismi / surname, given name(s), patronymic)

________________ yilda ___________________________________________________

(berilgan yili / year of issue)

(berilgan joyi / place of issue)

______________________________________________________________________ni

(taʼlim tashkiloti / educational organization)

bitirganligi va tayanch oʻrta taʼlim olganligini tasdiqlaydi.
‎completed and received Basic Secondary Education.
Belgilangan oʻquv fanlaridan bilimi quyidagicha baholandi:
‎The following subjects were assessed:

T/r

Oʻquv fanlari

Bahosi

Subjects

Score

Direktor / Director ______________________

Berilgan sana /
Date of issue
‎__________

(familiyasi, ismi, otasining ismi / surname, given name(s), patronymic)

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

REPUBLIC OF UZBEKISTAN

________________________________________________________________________________

TAYANCH OʻRTA TAʼLIM TOʻGʻRISIDA AʼLO DARAJALI
S H A H O D A T N O M A
CERTIFICATE OF BASIC SECONDARY EDUCATION WITH HONOURS

TM-A № 00000000

‎Ushbu shahodatnoma / This is to certify that

________________________________________________

(familiyasi, ismi, otasining ismi / surname, given name(s), patronymic)

________________ yilda ___________________________________________________

(berilgan yili / year of issue)

(berilgan joyi / place of issue)

______________________________________________________________________ni

(taʼlim tashkiloti / educational organization)

bitirganligi va tayanch oʻrta taʼlim olganligini tasdiqlaydi.
‎completed and received Basic Secondary Education.
Belgilangan oʻquv fanlaridan bilimi quyidagicha baholandi:
‎The following subjects were assessed:

T/r

Oʻquv fanlari

Bahosi

Subjects

Score

Direktor / Director ______________________

Berilgan sana /
Date of issue
‎__________

(familiyasi, ismi, otasining ismi / surname, given name(s), patronymic)

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tayanch oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi elektron shahodatnomaning tavsifi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tayanch oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi elektron shahodatnoma A4 (210x297 mm) oʻlchamli koʻrinishga ega. Uning yuqori qismiga “OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI, REPUBLIC OF UZBEKISTAN”, quyi qismiga “TAYANCH OʻRTA TAʼLIM TOʻGʻRISIDA SHAHODATNOMA, CERTIFICATE OF BASIC SECONDARY EDUCATION”, aʼlo darajali shahodatnomaga “TAYANCH OʻRTA TAʼLIM TOʻGʻRISIDA AʼLO DARAJALI SHAHODATNOMA, CERTIFICATE OF BASIC SECONDARY EDUCATION WITH HONOURS” soʻzlari yoziladi va markaziga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tayanch oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi elektron shahodatnomada “TM”, aʼlo darajali shahodatnomada “TM-A” harfi va sakkizta raqamli tartib raqami yoziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tayanch oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi elektron shahodatnomaga QR-kod tasviri tushiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan Tayanch oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi elektron shahodatnomaning davlat namunasi va tavsifiga oʻzgartirish hamda qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-yanvardagi 44-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi elektron shahodatnomaning davlat namunasi shakli
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

REPUBLIC OF UZBEKISTAN

UMUMIY OʻRTA TAʼLIM TOʻGʻRISIDA

S H A H O D A T N O M A

CERTIFICATE OF GENERAL SECONDARY EDUCATION

UM № 00000000

Ushbu shahodatnoma / This is to certify that

________________________________

(familiyasi, ismi, otasining ismi / surname, given name(s), patronymic)

___________________ yilda ___________________________________________________

(berilgan yili / year of issue)

(berilgan joyi / place of issue)

_________________________________________________________________________ ni

(taʼlim tashkiloti / educational organization)

bitirganligi va umumiy oʻrta taʼlim olganligini tasdiqlaydi.

completed and received General Secondary Education.

Belgilangan oʻquv fanlaridan bilimi quyidagicha baholandi:

The following subjects were assessed:

T/r

Oʻquv fanlari

Bahosi

No

Subjects

Score

___________ musiqa cholgʻusida kuy ijro etish koʻnikmasiga ega / has the ability to play a melody on a musical instrument

Direktor / Director

_____________________________

QR-kod

Berilgan sana / Date of issue

___________

“Oʻqishdagi muvaffaqiyatlari uchun

KUMUSH medal bilan taqdirlandi”

OLTIN medal bilan taqdirlandi”

Umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi elektron shahodatnomaning tavsifi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi elektron shahodatnoma A4 (210x297mm) oʻlchamli koʻrinishga ega. Uning yuqori qismiga “OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI, REPUBLIC OF UZBEKISTAN”, quyi qismiga “UMUMIY OʻRTA TAʼLIM TOʻGʻRISIDA SHAHODATNOMA, CERTIFICATE OF GENERAL SECONDARY EDUCATION” aʼlo darajali shahodatnomaga “UMUMIY OʻRTA TAʼLIM TOʻGʻRISIDA AʼLO DARAJALI SHAHODATNOMA, CERTIFICATE OF GENERAL SECONDARY EDUCATION WITH HONOURS” soʻzlari yoziladi va markaziga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi elektron shahodatnomada “UM”, kumush medal bilan shahodatnomada “UM-K”, aʼlo darajali oltin medal bilan shahodatnomada “UM-O” harfi va sakkizta raqamli tartib raqami yoziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi elektron shahodatnomaga QR-kod tasviri tushiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan Umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi elektron shahodatnomaning davlat namunasi va tavsifiga oʻzgartirish hamda qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-avgustdagi 456-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.08.2026-y., 09/26/456/0870-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-yanvardagi 44-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Psixik rivojlanishida nuqsoni boʻlgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktabni (maktab-internat) tamomlaganlik toʻgʻrisidagi elektron sertifikat namunasi shakli
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

REPUBLIC OF UZBEKISTAN

S E R T I F I K A T
CERTIFICATE

S № 00000000

‎Ushbu sertifikat / This is to certify that

________________________________________________

(familiyasi, ismi, otasining ismi / surname, given name(s), patronymic)

________________ yilda ___________________________________________________

(berilgan yili / year of issue)

(berilgan joyi / place of issue)

_______________________________________________________________________ni

(taʼlim tashkiloti / educational organization)

bitirganligini tasdiqlaydi.
‎sompleted.
Belgilangan oʻquv fanlaridan bilimi quyidagicha baholandi:
‎The following subjects were assessed:

T/r

Oʻquv fanlari

Bahosi

Subjects

Score

___________ musiqa cholgʻusida kuy ijro etish koʻnikmasiga ega / has the ability to play a melody on a musical instrument

‎Direktor / Director ______________________

‎‎‏‎‏‎‎‎‎Berilgan sana / Date of issue
____________

(familiyasi, ismi, otasining ismi / surname, given name(s), patronymic)

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Psixik rivojlanishida nuqsoni boʻlgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktabni (maktab-internat) tamomlaganlik toʻgʻrisidagi elektron sertifikatning tavsifi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Psixik rivojlanishida nuqsoni boʻlgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktabni (maktab-internat) tamomlaganlik toʻgʻrisidagi elektron sertifikat A4 (210x297mm) oʻlchamli koʻrinishga ega. Uning yuqori qismiga “OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI, REPUBLIC OF UZBEKISTAN”, quyi qismiga “SERTIFIKAT, CERTIFICATE” soʻzi yoziladi va markaziga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Psixik rivojlanishida nuqsoni boʻlgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktabni (maktab-internat) tamomlaganlik toʻgʻrisidagi elektron sertifikatda S harfi va sakkizta raqamli tartib raqami yoziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Psixik rivojlanishida nuqsoni boʻlgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktabni (maktab-internat) tamomlaganlik toʻgʻrisidagi elektron sertifikatga QR-kod tasviri tushiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan elektron sertifikatning davlat namunasi va tavsifiga oʻzgartirish hamda qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-yanvardagi 44-son qaroriga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi elektron shahodatnomalarni berish tartibi haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari (keyingi oʻrinlarda — taʼlim tashkiloti) tomonidan umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi elektron shahodatnomaga buyurtma berish, uni shakllantirish, saqlash va bitiruvchilarga berish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bitiruvchi — taʼlim tashkilotining 9 yoki 11-sinfini tugatgan, taʼlim dasturlarini davlat taʼlim standartlari talablari darajasida oʻzlashtirgan va oʻquv fanlaridan yil yakuni boʻyicha ijobiy baholangan, yakuniy davlat attestatsiyasini muvaffaqiyatli topshirgan oʻquvchilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyurtma — taʼlim tashkiloti tomonidan taʼlim tashkiloti bitiruvchilariga beriladigan shahodatnomalarga Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligiga (keyingi oʻrinlarda — vazirlik) “elektron shahodatnoma” axborot tizimi orqali yuboriladigan talabnoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shahodatnoma — umumiy hamda tayanch oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi rasmiy davlat hujjati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Elektron shahodatnoma” axborot tizimi (keyingi oʻrinlarda — elektron platforma) — vazirlikning taʼlim tashkiloti bitiruvchilari haqidagi maʼlumotlarni kiritish va ularga beriladigan shahodatnomaga buyurtma berish, uni shakllantirish, puxta ishlab chiqish, saqlash va bitiruvchilar tomonidan yuklab olish hamda hisobotlarni yuritish jarayonlarini amalga oshirish imkoniyatini beradigan elektron platformasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tayanch oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi shahodatnoma taʼlim tashkilotlarining 10-sinfida oʻqishni davom ettirish hamda Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi va taʼlim yoʻnalishi boʻyicha xalqaro bitim imzolagan davlatlar hududidagi akademik litseylar va kasb-hunar maktablariga, umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi shahodatnoma kollejlar, texnikumlar va oliy taʼlim tashkilotlariga kirish uchun hujjatlarni topshirish hamda tanlov natijalariga koʻra taʼlim olishni davom ettirish huquqini beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Bitiruvchilarga quyidagi turdagi shahodatnomalar beriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) tayanch oʻrta taʼlim toʻgʻrisida shahodatnoma (9-sinf);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tayanch oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi aʼlo darajali shahodatnoma (9-sinf);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi shahodatnoma (11-sinf);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisida (kumush medal bilan) shahodatnoma (11-sinf);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi aʼlo darajali (oltin medal bilan) shahodatnoma (11-sinf);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) psixik rivojlanishida nuqsoni boʻlgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktabni (maktab-internat) tamomlaganlik toʻgʻrisidagi sertifikat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Shahodatnoma belgilangan namuna boʻyicha oʻzbek va ingliz tillarida shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Bitiruvchilarga shahodatnoma mazkur Nizomga ilovadagi sxemaga muvofiq beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Buyurtmalarni berish va shahodatnomalarni shakllantirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Bitiruvchilarga shahodatnoma sinf jurnallari (elektron jurnal), yakuniy davlat attestatsiyasi natijalari va pedagogik kengash qarori asosida beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shahodatnomaga oʻquv fanlari taʼlim tashkilotlari uchun moʻljallangan oʻquv dasturi va rejadagi fanlar asosida kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Buyurtma berish va shahodatnomani shakllantirish elektron platforma orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Tizimida taʼlim tashkilotlari boʻlgan vazirliklar va idoralar, vazirlikning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda — hududiy boshqarmalar), tuman (shahar) boʻlimlari va taʼlim tashkilotlarida elektron platformadan foydalanish, shahodatnomani shakllantirish, saqlash, puxta ishlab chiqish va nazorat qilish boʻyicha masʼul xodimlar (keyingi oʻrinlarda — masʼul shaxslar) belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Masʼul shaxslar boshqa ishga oʻtganda yoki lavozimidan ozod etilganda, mazkur vazifalar boshqa shaxslarga yuklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Vazirlik, hududiy boshqarmalar hamda tuman (shahar) boʻlimlari taʼlim tashkilotlarining Yagona identifikatsiya tizimidan roʻyxatdan oʻtgan masʼul shaxslariga elektron platformadan foydalanish huquqi beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Har yili 1-dekabrga qadar taʼlim tashkilotining masʼul shaxslari tomonidan bitiruvchi haqida quyidagi maʼlumotlarni elektron platformaga kiritish orqali buyurtma shakllantiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (ID-karta, pasport yoki tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma seriyasi va raqami);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
familiyasi, ismi, otasining ismi, tugʻilgan sanasi va jinsi haqidagi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shahodatnoma turi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Har yili 25-mayga qadar taʼlim tashkilotining masʼul shaxslari tomonidan elektron platformadagi maʼlumotlar yangilab boriladi. Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquvchilar safidan chiqarilgan bitiruvchi haqidagi maʼlumotlar elektron platformadan oʻchiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquvchilar safiga qabul qilingan bitiruvchi haqidagi maʼlumotlar elektron platformaga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Taʼlim tashkiloti direktori, tuman (shahar) boʻlimi mudiri va hududiy boshqarma boshligʻi har yili 30-mayga qadar buyurtmalarning davlat statistika hisoboti koʻrsatkichiga mos kelishini tekshirib, elektron platforma orqali tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Vazirlik buyurtmalar asosida shahodatnomalarning seriyasi va tartib raqamini elektron platforma orqali ajratadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Har yili 15-iyunga qadar taʼlim tashkilotining pedagogik kengashi bitiruvchilarga shahodatnoma berish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Har yili 20-iyunga qadar yakuniy attestatsiya natijalari, pedagogik kengash qarori va sinf jurnallari (elektron jurnal) asosida masʼul shaxslar elektron platformaga oʻquv fanlaridan yakuniy baholarni kiritadi va ushbu maʼlumotlar taʼlim tashkiloti direktori tomonidan elektron platforma orqali tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Bitiruvchi haqidagi maʼlumotlar taʼlim tashkiloti direktori tomonidan elektron platforma orqali tasdiqlangandan soʻng shahodatnoma avtomatik tarzda shakllantiriladi va unga QR-kod tasviri tushiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taʼlim tashkiloti direktori tomonidan tasdiqlanmagan va QR-kod tasviri boʻlmagan shahodatnomalar haqiqiy hisoblanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taʼlim tashkiloti direktori tomonidan tasdiqlangan va QR-kod tasviri tushirilgan shahodatnomani elektron platforma orqali oʻzgartirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Yakuniy davlat attestatsiyalarini eksternat tartibida topshirgan shaxslar shahodatnomasining yuqori qismi oʻng burchagiga “ekstern” soʻzi yoziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Shahodatnomalarni bitiruvchilarga berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Shahodatnomalarni bitiruvchilarga har yili 20-iyunga qadar beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Bitiruvchilar shahodatnomani elektron platformadan shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni (ID-karta, pasport yoki tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma seriyasi va raqami) kiritish orqali bepul yuklab oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektron platformadan yuklab olingan shahodatnomalar yoʻqolgan yoki yaroqsiz holga kelgan taqdirda, bitiruvchilarga dublikat shahodatnoma berilmaydi. Bitiruvchilar shahodatnomani elektron platformadan bepul qayta yuklab oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shahodatnomasi buzilgan yoki familiyasi, ismi, otasining ismi oʻzgargan bitiruvchilar umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi rasmiy davlat hujjat dublikatini berish boʻyicha davlat xizmatidan foydalanish orqali dublikat shahodatnoma oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman (shahar) boʻlimlari Internet jahon axborot tarmogʻi yetib bormagan olis va chekka hududlarda joylashgan taʼlim tashkilotlariga shahodatnomalarni elektron platformadan yuklab olib, chop etgan holda taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Bitiruvchilar shahodatnomasini olgandan soʻng tegishli yilning 1-oktabriga qadar ularga berilgan shahodatnomada xatolik (familiyasi, ismi, otasining ismi, tugʻilgan sanasida, oʻquv fanlarida, bahosida) borligi aniqlangan taqdirda, elektron platforma orqali yoki taʼlim tashkilotiga bu haqda murojaat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Taʼlim tashkiloti bitiruvchi murojaatini koʻrib chiqib, aniqlangan xatolikni bartaraf qilgan holda, elektron platforma orqali QR-kod tasviri tushirilgan yangi shahodatnomani shakllantiriladi yoki xatolik asoslantirilmagan taqdirda, yangi shahodatnoma berishni rad etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yangi shakllantirilgan shahodatnoma dublikat hisoblanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Shahodatnomalarni shakllantirish jarayonida xatoliklarga yoʻl qoʻygan masʼul shaxslarga nisbatan intizomiy jazo choralari koʻriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buzilgan shahodatnomalar toʻgʻrisida taʼlim tashkilotida dalolatnoma tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taʼlim tashkiloti dalolatnomaga buzilgan shahodatnoma va asoslovchi hujjatlarni ilova qilgan holda, elektron platformada tuman (shahar) boʻlimi orqali hududiy boshqarmaga yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Hududiy boshqarmalar tomonidan buzilgan shahodatnomalar va ularning seriya va tartib raqami elektron platforma orqali bekor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Taʼlim tashkilotlari har yili 1-iyulga qadar bitiruvchilarga berilgan shahodatnomaning hisobotlarini elektron platformadan yuklab oladi va reyestrini yuritib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Elektron platformaga maʼlumotlarning toʻgʻri kiritilishi, jumladan, bitiruvchilarning baholari haqqoniy qoʻyilishi boʻyicha javobgarlik shaxsan taʼlim tashkiloti direktoriga yuklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Ushbu Nizomni qoʻllashda yuzaga keladigan nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisida elektron shahodatnomalarni berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektron shahodatnomalarga buyurtma berish, ularni shakllantirish hamda bitiruvchilarga berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddat

1-bosqich

Taʼlim tashkiloti

1. Bitiruvchi haqidagi maʼlumotlarni elektron platformaga kiritish orqali buyurtmani shakllantiradi.

Har yili 1-dekabrga qadar

2. Bitiruvchi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni elektron platforma orqali yangilab boradi.

Har yili 25-mayga qadar

2-bosqich

Tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimi va hududiy boshqarma

1. Buyurtmalarning davlat statistika hisoboti koʻrsatkichiga mos kelishini tekshiradi va elektron platforma orqali tasdiqlaydi.

Har yili 30-mayga qadar

2. Taʼlim tashkiloti pedagogik kengashi bitiruvchilarga shahodatnoma berish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.

Har yili 15-iyunga qadar

3-bosqich

Xalq taʼlimi vazirligi

Buyurtmalar asosida elektron shahodatnomaga seriya va tartib raqami ajratiladi.

Buyurtma kelib tushishi bilan

4-bosqich

Taʼlim tashkiloti

1. Elektron platformaga oʻquv fanlaridan yakuniy baholarni kiritadi va tasdiqlaydi.

2. Shahodatnomalarni bitiruvchilarga beradi.

Har yili 20-iyunga qadar

5-bosqich

“Elektron shahodatnoma” axborot tizimi

QR-kod tasviri tushirilgan shahodatnomalar shakllantiriladi.

Yakuniy baholar tasdiqlanishi bilan

6-bosqich

Bitiruvchi

Shahodatnomani “Elektron shahodatnoma” axborot tizimidan yuklab oladi.

Oʻz xohishiga koʻra

7-bosqich

Taʼlim tashkiloti

Taʼlim tashkilotlari bitiruvchilarga berilgan shahodatnomalarning hisobotlarini elektron platformadan yuklab oladi va reyestrini yuritib boradi.

Har yili 1-iyulga qadar

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.02.2023-y., 09/23/44/0066-son; 25.08.2026-y., 09/26/456/0870-son)