26.01.2023 yildagi PQ-22-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 18.02.2025 01 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oziq-ovqat texnologiyasi va muhandisligi xalqaro institutini tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakatimizda “Yangi Oʻzbekiston — yangicha dunyoqarash” gʻoyasi asosida iqtisodiyotni faol rivojlantirish, shu jumladan taʼlim va qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalarni, oziq-ovqat sanoatida yangi mexanizmlarni keng joriy etish, sohada xalqaro talablar asosida yuqori malakali kadrlar tayyorlash hamda Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga moʻljallangan strategiyasi ijrosini samarali tashkil etish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Qishloq xoʻjaligi vazirligi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining Qishloq xoʻjaligi vazirligi taʼsischiligida hamda Ummon Sultonligining Atyab International Services kompaniyasi ishtirokida Oziq-ovqat texnologiyasi va muhandisligi xalqaro institutini (keyingi oʻrinlarda — Institut) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar Institutning asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari sifatida belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro tendensiyalarni aks ettirishga moslashgan “ilmga asoslangan, amaliyot va biznesga yoʻnaltirilgan (science-based, practice-business-oriented) taʼlim” tamoyili asosida xalqaro tan olingan sifat standartlarini (Global G.A.P, Organic, NACCP va boshqalar) joriy eta oladigan yuqori malakali kadrlarni tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sohada ishlab chiqarish va qayta ishlash texnologiyalari, bozor tendensiyalari, xavfsizlik va sifat standartlari (kodeksi), tarmoqni boshqarish usullari va mahsulot boʻyicha maʼlumotlar kabi yoʻnalishlarda taʼlimni rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquv jarayoniga malakali chet ellik hamda xorijiy taʼlim muassasalarida tahsil olgan, malakasini oshirgan xalqaro tajribaga ega mahalliy mutaxassislarni jalb qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash sohasida kichik va oʻrta biznes uchun raqobatbardosh texnologiyalar, jarayonlar va tarmoqlarni rivojlantiradigan mukammal texnologlar, yetuk kadrlar va biznes rahbarlarini tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
meva-sabzavot, sut, goʻsht, non va qandolat mahsulotlarini, moyli urugʻlar, asal va ziravorlarni qayta ishlash hamda don mahsulotlari boʻyicha zamonaviy biznes inkubatsiya xizmatlarini koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oziq-ovqat texnologiyasi sohasida amaliy va innovatsion tadqiqotlar hamda zamonaviy talablar asosida ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qishloq xoʻjaligi vazirligi va Ummon Sultonligining Atyab International Services kompaniyasi (keyingi oʻrinlarda — Kompaniya) oʻrtasida oziq-ovqat xavfsizligi, sifat nazorati va xalqaro sertifikatlash tizimlarini joriy etish boʻyicha Kelishuv bitimi imzolanganligi hamda Kompaniya tomonidan quyidagilar amalga oshirilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institut faoliyatiga oid normativ-huquqiy hujjatlar, akademik reglamentlar, moliyaviy nizom, yoʻriqnomalar, maʼmuriy tartib va qoidalarni ishlab chiqishda yordam koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oziq-ovqat xavfsizligi, sifat nazorati, xalqaro sertifikatsiyalash tizimlarini oʻz ichiga olgan va akkreditatsiyadan oʻtgan laboratoriyalar tashkil etishga koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarmoqda mavjud muammolar yechimini topish va maxsus tadqiqotlar uchun sanoat akademik interfeysini yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institut huzurida xalqaro sifat va nazorat standartlariga javob beradigan meva-sabzavot, sut, goʻsht, non va qandolat mahsulotlarini ishlab chiqarish, qayta ishlash liniyalari boʻyicha 12 ta inkubatsiya markazlarini tashkil etishga koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oziq-ovqatni qayta ishlash sanoati vakillari va sohaga aloqador manfaatdor tomonlar ehtiyojidan kelib chiqib, qisqa muddatli oʻquv dasturlari boʻyicha oʻquv rejalarini ishlab chiqish, treninglar oʻtkazish, “ustoz-shogird” anʼanalarini joriy etish uchun tarmoqda sanoat hamkorligini yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yirik taʼlim va ilmiy muassasalar bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, xususan Xalqaro oziq-ovqat sifat nazorati uyushmasi, Chikago oziq-ovqat texnologiyalari instituti, Kanada oziq-ovqat texnologiyalari va fanlari instituti, Turkiyaning oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi uyushmasi hamda boshqa xalqaro va xorijiy muassasalar bilan bilim va inson resurslarini almashish uchun institutsional hamkorlikni rivojlantirish.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-dekabrdagi PQ-420-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.12.2024-y., 07/24/420/1009-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-dekabrdagi PQ-420-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.12.2024-y., 07/24/420/1009-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Belgilansinki, Institutni tashkil etish uchun nazarda tutilgan xarajatlarni moliyalashtirish Jahon bankining “Fargʻona vodiysida qishloq tadbirkorligini rivojlantirish” loyihasi doirasidagi 19,5 mln AQSH dollari miqdoridagi mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Andijon qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti huzuridagi Qoʻqon qishloq xoʻjaligi va texnologiyalar texnikumi negizida Oziq-ovqat texnologiyasi va muhandisligi xalqaro instituti huzuridagi Qoʻqon oziq-ovqat sanoati va xizmat koʻrsatish texnikumi (keyingi oʻrinlarda — Texnikum) tashkil etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Qishloq xoʻjaligi vazirligi (A. Voitov) 2024-yil yakuniga qadar Texnikumni Jahon bankining “Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligini modernizatsiya qilish” loyihasi doirasidagi 2 mln AQSH dollari miqdoridagi mablagʻlar hisobidan modernizatsiya qilish, namoyish uchastkalarini qurish hamda binoda taʼmirlash-qurilish ishlarini tashkil etish choralarini koʻrsin. Texnikum Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-iyuldagi “Agrar taʼlim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida“gi PQ-4795-son qaroriga asosan moliyalashtirilishi belgilab qoʻyilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Belgilansinki, Texnikumni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar Institutga sohaga mos boʻlgan bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha kirish imtihonlarisiz yakka tartibdagi suhbat orqali 2-kursdan toʻlov-kontrakt asosida qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligi vazirligi Texnikumni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni imtihonlarsiz yakka tartibdagi suhbat orqali qabul qilish tartibini ishlab chiqib, belgilangan tartibda tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Texnikum Fargʻona viloyati, Qoʻqon shahri, Movarounnahr koʻchasi 92-uy manziliga doimiy foydalanish huquqi asosida joylashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institut toʻliq akademik va moliyaviy mustaqil boʻlgan davlat oliy taʼlim muassasasi hisoblanadi hamda bitiruvchilarga davlat namunasidagi diplom beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institutda oʻqitish davlat taʼlim standartlarini hisobga olgan holda ingliz, rus va oʻzbek tillarida hamda kunduzgi, sirtqi hamda masofaviy taʼlim shakllarida amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institut jalb etilgan xorijiy mutaxassislar va mahalliy xodimlarning mehnatiga haq toʻlash miqdorlarini bozor konyunkturasidan kelib chiqib, mustaqil belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institutda taʼlim oluvchilarni qabul qilish kvotalari manfaatdor vazirlik, idora va boshqa tashkilotlarning tegishli kadrlarga boʻlgan ehtiyojini hisobga olgan holda Boshqaruv kengashi qarori bilan tasdiqlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kadrlarga boʻlgan ehtiyojdan kelib chiqib, Boshqaruv kengashiga yangi istiqbolli bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklarini ochish huquqi beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institut Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri va davlat tilida nomi tushirilgan muhr, bank hisobvaraqlari, shtamp va boshqa rekvizitlarga ega boʻladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institut Fargʻona viloyati, Fargʻona shahri, Al-Fargʻoniy koʻchasi, 204-uy manziliga operativ boshqaruv huquqi asosida joylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda Savdo-sanoat palatasining 2024/2025 oʻquv yilidan boshlab Institutda bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha dual taʼlim tizimini joriy qilish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin. Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Germaniya va Vengriya tajribasini oʻrgangan holda oziq-ovqat sanoati korxonalarida mahsulotlarni saqlash, qayta ishlash yoʻnalishlari boʻyicha dual taʼlim tizimini joriy etish orqali nazariy bilimlar — taʼlim muassasasida, amaliy bilimlar — ishlab chiqarish korxonalarida “ustoz-shogird” anʼanalari asosida tashkil etilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dual taʼlim asosida taʼlim olayotgan talabalarning “startap” loyihalari hamda dual taʼlim rivojlangan xorijiy davlatlardan mutaxassislarni taklif etish bilan bogʻliq xarajatlar Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi huzuridagi Yosh tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish va oziq-ovqat taʼminoti jamgʻarmasi hamda Savdo-sanoat palatasining mablagʻlari hisobidan moliyalashtirilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi 2024-yil 1-yanvardan boshlab Institutning ilmiy salohiyatini oshirish uchun oziq-ovqat sanoati va uni qayta ishlash boʻyicha ilmiy pedagogik kadrlar (tayanch doktorantura (PhD) va doktorantura (DSc) tayyorlash tizimini yoʻlga qoʻysin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oziq-ovqat texnologiyasi va muhandisligi xalqaro instituti Boshqaruv kengashining (keyingi oʻrinlarda — Boshqaruv kengashi) tarkibi 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institutda 2023/2024 oʻquv yilida toʻlov-kontrakt asosida tashkil etiladigan bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari roʻyxati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Boshqaruv kengashi (J. Xodjayev, A. Voitov):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Institutning asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlarini oʻz ichiga olgan uzoq va oʻrta muddatli strategik rivojlantirish dasturini, xalqaro eʼtirof etilgan tashkilotlar reytinglarida ishtirok etish boʻyicha maqsadli chora-tadbirlarni belgilash va uni amalga oshirish boʻyicha “yoʻl xaritasi”ni ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) quyidagi choralarni koʻrsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim yoʻnalishlari, mutaxassisliklar hamda ixtisosliklar boʻyicha toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga qabul parametrlarini belgilash toʻgʻrisida qaror qabul qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy va mahalliy yetakchi oliy taʼlim muassasalari bilan talabalarning akademik mobilligini taʼminlash hamda qoʻshma taʼlim dasturlarini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institutning moliyaviy yil uchun moʻljallangan biznes-rejasini, daromad va xarajatlar parametrlarini tasdiqlash hamda ularning ijrosini muhokama qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim va tadqiqot jarayonlariga investitsiyalarni jalb etish, Institut faoliyatini tashkil etishda xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va xalqaro moliya institutlaridan grant mablagʻlarini jalb etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Institut faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib quyidagilar belgilansin:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlari, bunda 2024-yilda Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan Qishloq xoʻjaligi vazirligiga ajratilgan budjet mablagʻlari, 2025-yildan boshlab esa Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti parametrlarida koʻzda tutilgan mablagʻlar;
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-iyundagi PQ-233-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.06.2024-y., 07/24/233/0450-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro moliya tashkilotlarining grantlari, muassislar mablagʻlari, toʻlov-kontrakt asosida oʻqitishdan tushadigan mablagʻlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xoʻjalik, ilmiy faoliyat va shartnoma asosida xizmatlar koʻrsatishdan tushadigan mablagʻlar, yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari hamda qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi har yili Davlat buyurtmasi asosida taqsimlanadigan kvotalar doirasida Institutga davlat granti asosida kvotalar ajratish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Qishloq xoʻjaligi vazirligi (A. Voitov):
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 2025-yil yakuniga qadar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institutning bino va inshootlari qurilishi, shuningdek, Institutning moddiy-texnik vositalar bilan jihozlanishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro moliya institutlari mablagʻlari hisobidan Institut uchun oʻquv auditoriyalari jihozlari xarid qilinishi, binolar kompleksi hududida oshxona va yordamchi xonalar tashkil etilishini taʼminlasin;
(18-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PF-22-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2025-y., 06/25/22/0156-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-dekabrdagi PQ-455-sonli qaroriga asosan 18-band “b” kichik bandining chiqarilish sanasi 2025-yil 1-yanvar — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 07/24/455/1092-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) 2025-yil yakuniga qadar yetakchi loyiha va pudratchi tashkilotlarni jalb etgan holda Institutning yangi oʻquv kampusi xalqaro standartlar asosida qurilishini taʼminlasin;
(18-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PF-22-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2025-y., 06/25/22/0156-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) uch oy muddatda taʼsis hujjatlari ishlab chiqilishi va kelishilishini, shuningdek, Institutning belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Tashqi ishlar vazirligi Qishloq xoʻjaligi vazirligining viza talabnomalariga binoan Institutga taklif qilinadigan chet ellik professor-oʻqituvchilar, mutaxassislar hamda ularning oila aʼzolari uchun kirish vizalari konsullik yigʻimlari va haqiqiy xarajatlarning oʻrnini qoplash hisobidan yigʻimlar undirilmasdan rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Fargʻona viloyati hokimligi (X. Bozorov) Institutning ilmiy salohiyatini oshirish maqsadida xorijdan va respublikaning boshqa hududlaridan taklif etilgan olim va mutaxassislarni turar joy bilan taʼminlash maqsadida Fargʻona shahrida qurilayotgan arzon uy-joylarni imtiyozli shartlar asosida ajratish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Qishloq xoʻjaligi vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib qishloq xoʻjaligi vaziri A.B. Voitov belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur qaror ijrosini har chorakda muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 26-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-22-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-yanvardagi PQ-22-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oziq-ovqat texnologiyasi va muhandisligi xalqaro instituti boshqaruv kengashining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

J. Xodjayev

Bosh vazir oʻrinbosari, Boshqaruv kengashi raisi

A. Voitov

qishloq xoʻjaligi vaziri, Boshqaruv kengashi raisi oʻrinbosari

A. Shukurov

qishloq xoʻjaligi vaziri maslahatchisi, Boshqaruv kengashi raisi oʻrinbosari

D. Vaxabov

Savdo-sanoat palatasi raisi

A. Toʻrayev

qishloq xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari

F. Qosimov

Fargʻona viloyati hokimi oʻrinbosari

S. Islamov

Toshkent davlat agrar universitetining birinchi prorektori

K. Komilov

Andijon qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti rektori

Moxib Axmedxon

Ummon Sultonligining “Atyab International Services” kompaniyasi rahbari

Moxsinuddin Suyed

Ummon Sultonligining “Atyab International Services” kompaniyasi loyihasi rahbari

Lavozim boʻyicha

Oziq-ovqat texnologiyasi va muhandisligi xalqaro instituti rektori, Boshqaruv kengashi kotibi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: Boshqaruv kengashi tarkibiga qishloq xoʻjaligi vaziri tomonidan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-yanvardagi PQ-22-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oziq-ovqat texnologiyasi va muhandisligi xalqaro institutida 2023/2024 oʻquv yilida toʻlov-kontrakt asosida tashkil etiladigan bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari nomi

I. Bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari

1.

Oziq-ovqat texnologiyasi B.tech. (Food technology)

2.

Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti

3.

Iqtisodiyot: Oziq-ovqat va resurslar iqtisodiyoti

4.

Aholi va turistlarning ovqatlanishini tashkil etish servisi

II. Magistratura mutaxassisliklari

5.

Oziq-ovqat texnologiyasi M.tech. (Food technology)

6.

Master of Business Administration (MBA)

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.01.2023-y., 07/23/22/0058-son; 10.07.2023-y., 07/23/216/0457-son; 26.06.2024-y., 07/24/233/0450-son; 06.12.2024-y., 07/24/420/1009-son; 30.12.2024-y., 07/24/455/1092-son; 18.02.2025-y., 06/25/22/0156-son)