26.01.2023 yildagi 29-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konsert-tomosha faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslardan davlat bojini undirish hamda ularni soliqqa tortish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisida yagona nizomga oʻzgartirish kiritish haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakatimizda konsert-tomosha sohasini yanada rivojlantirish, shu sohada faoliyat olib borayotgan shaxslarga qulayliklar yaratish, milliy estrada sanʼatini yanada ommalashtirish, madaniyat va sanʼat sohasini innovatsion rivojlantirishga qaratilgan tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirish litsenziyasi uchun davlat bojini undirish va ushbu litsenziyaga ega shaxslarni soliqqa tortish tizimi yanada takomillashtirilganligi munosabati bilan qonun osti hujjatlarini muvofiqlashtirish talab etilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Madaniyat va sanʼat sohasini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni muvofiqlashtirish, “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Konsert-tomosha faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslardan davlat bojini undirish hamda ularni soliqqa tortish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2022-yil 13-iyuldagi PF-168-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-son qarori bilan tasdiqlangan Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisida yagona nizomga 4-ilovaning matni ilovaga muvofiq tahrirda bayon etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish madaniyat va turizm vaziri O.A. Nazarbekov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 26-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 26-yanvardagi 29-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Konsert-tomosha faoliyatini litsenziyalash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PASPORTI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1.

Litsenziya nomi:

Litsenziya nomi:

2.

Litsenziyalanadigan faoliyatning kichik turlari:

a) yakkaxon ijrochi konserti (bir yakkaxon ijrochining konsert dasturi), bitta janrning ikki yoki undan koʻp ijrochisi ishtirokidagi konsert dasturi, turli janrlarning bir nechta ijrochisi ishtirokidagi konsert dasturi (yakkaxon xonanda, sozanda, raqqosa, boshlovchi, qiziqchi va boshqalar), ommaviy axborot vositalarida qoʻshiqlar va videokliplarni taqdim etish;

b) restoranlar, barlar, qahvaxonalar, xususiy uylarda yubiley tantanalarida xizmat koʻrsatish, restoranlar, barlar, qahvaxonalar va xususiy uylarda toʻylarda (FHDYdagi marosim, “osh berish” marosimi, kechqurungi nikoh tuzish — “nikoh toʻyi” marosimi, “kelin salom” marosimi), “sunnat toʻyi” marosimiga xizmat koʻrsatish, koʻngilochar tashkilotlarda — klublar, diskotekalar, restoranlar, barlar va qahvaxonalarda xizmat koʻrsatish (yakkaxon xonanda, sozanda, raqqosa, boshlovchi, qiziqchi, didjey-ovoz operatori, maʼmur va boshqalar).

3.

Ariza beruvchilar toifasi:

Ijrochilar — jismoniy shaxslar va ijodiy jamoalar — yuridik shaxslar

4.

Litsenziyalovchi organ:

Madaniyat va turizm vazirligi huzuridagi “Oʻzbekkonsert” davlat muassasasi

5.

Litsenziyani olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:

Yuridik shaxs litsenziyalovchi organga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

a) ariza;

arizada quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi:

yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning pochta manzili, bank nomi va bankdagi hisobvaragʻi, telefon raqami, elektron pochta manzili (agar mavjud boʻlsa), STIR, yuridik shaxs amalga oshirishni moʻljallayotgan litsenziyalanadigan faoliyat turi (uning qismi), ijodiy jamoa aʼzolarida imtiyozga ega boʻlgan shaxslar mavjud boʻlsa (nogironligi boʻlgan shaxslar, taʼlim muassasalarida oʻqiydiganlar, pensionerlar) imtiyozi toʻgʻrisidagi maʼlumot, ariza toʻldirish sababi (yangi litsenziya olish, qayta rasmiylashtirish), arizani taqdim etish joyi.

b) ijrochilarda musiqa maʼlumoti mavjudligini tasdiqlaydigan hujjatlarning (guvohnomalar, attestatlar, diplomlar) elektron nusxalari — ular mavjud boʻlganda;

v) davlat mukofotlari, mukofotlar, sovrinlar va shu kabilar olganligini tasdiqlovchi hujjatlar elektron nusxalari — ular mavjud boʻlganda;

g) litsenziya talabgori tomonidan tuzilgan ijrochilarning repertuari toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma;

d) litsenziya talabgorining malakasi toʻgʻrisidagi qoʻshimcha maʼlumotlar (asarning matni, mualliflarining ismi-sharifi asarlarning nomi, mahalliy, respublika, xalqaro festivallar ishtirokchisi, respublika koʻrik-tanlovlar ishtirokchisi ekanligini tasdiqlovchi hujjat (diplom, sertifikat kabilar) — mavjud boʻlganda;

e) faqat birinchi marta ariza topshiruvchi xonanda uchun kamida 1 ta qoʻshiq va uning matni (agarda mavjud boʻlsa asarga olingan videoklip) Milliy estrada sanʼatini rivojlantirish va muvofiqlashtirish kengashi huzuridagi Ijodiy koʻmaklashuvchi vakillar guruhiga (keyingi oʻrinlarda — Ijodiy koʻmaklashuvchi vakillar guruhi) shaxsan topshiradi yoki jonli ijroda yozib olingan ijrosi Internet jahon axborot tarmogʻiga yuklangan havolasini taqdim etadi.

Jismoniy shaxs litsenziya olish uchun quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

a) ariza;

arizada quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi:

jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, pasport seriyasi va raqami yoki ID-karta raqami, JSHSHIR, telefon raqami, jismoniy shaxs amalga oshirishni moʻljallayotgan litsenziyalanadigan faoliyat turi (uning qismi) ijrochi imtiyozga ega boʻlsa (nogironligi boʻlgan shaxs, taʼlim muassasasida oʻqiydigan, pensioner) imtiyozi toʻgʻrisidagi maʼlumot, ariza toʻldirish sababi (yangi litsenziya olish, qayta rasmiylashtirish), arizani taqdim etish joyi, litsenziya talabgorining litsenziya talablari va shartlariga rioya qilishiga roziligi.

b) ijrochida musiqa maʼlumot mavjudligini tasdiqlaydigan hujjatlarning (guvohnomalar, attestatlar, diplomlar) elektron nusxalari — ular mavjud boʻlganda;

v) davlat mukofotlari, mukofotlar, sovrinlar va shu kabilar olganligini tasdiqlovchi hujjatlarning elektron nusxalari — ular mavjud boʻlganda;

g) litsenziya talabgori tomonidan tuzilgan ijrochining repertuari toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma;

d) litsenziya talabgorining malakasi toʻgʻrisidagi qoʻshimcha maʼlumotlar (asarning matni, mualliflarining familiyasi, ismi va otasining ismi, asarlarning nomi, mahalliy, respublika, xalqaro festivallar ishtirokchisi, respublika koʻrik-tanlovlar ishtirokisi ekanligini tasdiqlovchi hujjat (diplom, sertifikat kabilar) — mavjud boʻlganda;

e) faqat birinchi marta ariza topshiruvchi xonanda uchun kamida 1 ta qoʻshiq va uning matni (agarda mavjud boʻlsa asarga olingan videoklip) Ijodiy koʻmaklashuvchi vakillar guruhiga shaxsan topshiradi yoki jonli ijroda yozib olingan ijrosi Internet jahon axborot tarmogʻiga yuklangan havolasini taqdim etadi.

6.

Arizani koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan yigʻim miqdori:

bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari

7.

Litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdori:

a) yakkaxon ijrochi konserti (bir yakkaxon ijrochining konsert dasturi), bitta janrning ikki yoki undan koʻp ijrochisi ishtirokidagi konsert dasturi, turli janrlarning bir nechta ijrochisi ishtirokidagi konsert dasturi (yakkaxon xonanda, sozanda, raqqosa, boshlovchi, qiziqchi va boshqalar), ommaviy axborot vositalarida qoʻshiqlar va videokliplarni taqdim etish:

I reyting guruhi ijrochilari — bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravari;

II reyting guruhi ijrochilari — bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari;

b) restoranlar, barlar, qahvaxonalar, xususiy uylarda yubiley tantanalarida xizmat koʻrsatish, restoranlar, barlar, qahvaxonalar va xususiy uylarda toʻylar (nikohni qayd etish, osh berish, kechqurungi nikoh toʻyi, “kelin salom”), “sunnat toʻyi” tadbirlariga xizmat koʻrsatish, hordiq chiqarish muassasalari, klublar, diskotekalar, restoranlar, barlar va qahvaxonalarda xizmat koʻrsatish (yakkaxon xonanda, sozanda, raqqosa, boshlovchi, qiziqchi, didjey-ovoz operatori, maʼmur va boshqalar):

III reyting guruhi ijrochilari — bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravari.

Davlat boji quyidagi tartibda taqsimlanadi:

30 foizi — Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetiga;

0,5 foizi — Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasining elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish boʻyicha maxsus hisobvaragʻiga;

qolgan mablagʻlar — litsenziyalovchi vakolatli organ hisobvaragʻiga.

Konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun faoliyat turiga qarab davlat boji bir jismoniy shaxsga bir yil hisobidan toʻlanadi.

Yuridik shaxs tashkil etgan ijodiy jamoalardan davlat boji yagona litsenziya boʻyicha undiriladi.

Bunda, litsenziyada ijodiy jamoa aʼzolari toʻliq koʻrsatiladi va ulardan litsenziya uchun davlat boji qoʻshimcha ravishda undirilmaydi, ijodiy jamoa aʼzosi mustaqil ijrochi sifatida ijod qilgan hollar bundan mustasno.

Ijodiy jamoa uning barcha aʼzolari davlat bojini toʻlashdan ozod qilingan shaxslardan tarkib topgan taqdirdagina davlat boji toʻlashdan ozod qilinadi.

Konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun davlat boji toʻlashdan ozod etiladigan shaxslar guruhi Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonunida belgilanadi.

8.

Arizani koʻrib chiqish muddatlari:

15 kun

9.

Litsenziya talablari va shartlari:

a) litsenziatlar tomonidan aholiga konsert-tomosha xizmatlarini qatʼiy ravishda ushbu pasportda koʻrsatilgan aholiga konsert-tomosha xizmatlari koʻrsatish huquqi boʻyicha amalga oshirish;

I reyting guruhlarining mezonlari:

kamida 3 yil mobaynida muntazam ravishda yakkaxon ijrochi konsertlari oʻtkazish;

ijodiy faoliyat davomida kamida 3 ta albom chiqarish; “Oʻzbekiston Respublikasi xalq artisti”, “Oʻzbekiston Respublikasi xalq hofizi”, “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan artist” va boshqa faxriy unvonlari mavjudligi;

respublika va xalqaro darajadagi tanlovlar, koʻriklar gʻolibi diplomlari, ular mavjud boʻlganda;

konsert-tomosha faoliyati sohasida ijrochilar yoki ijodiy jamoalarga talab darajasi.

Litsenziatlarning aholiga konsert-tomosha xizmatlari koʻrsatishga huquqlari:

Oʻzbekiston Respublikasi hududida va uning tashqarisida yakkaxon ijrochi konsertini tashkil etish;

bitta janrning ikki va undan koʻp ijrochilari ishtirokidagi konsert dasturida, turli janrlar yoʻnalishlarining bir nechta ijrochilari ishtirokidagi konsert dasturida qatnashish;

ommaviy axborot vositalarida qoʻshiqlar va videokliplarni taqdim etish.

II reyting guruhlarining mezonlari:

kamida 1 ta qoʻshigʻining mavjudligi;

konsert-tomosha faoliyati sohasida ijrochilar yoki ijodiy jamoalarga talab darajasi.

Litsenziatlarning aholiga konsert-tomosha xizmatlari koʻrsatishga huquqlari:

bitta janrning ikki va undan koʻp ijrochilari ishtirokidagi konsert dasturida, turli janrlar yoʻnalishlarining bir nechta ijrochilari ishtirokidagi konsert dasturida qatnashish;

ommaviy axborot vositalarida qoʻshiqlar va videokliplarni taqdim etish.

III reyting guruhlarining mezonlari:

oʻziga xos isteʼdodi, talantining mavjudligi.

Litsenziatlarning aholiga konsert-tomosha xizmatlari koʻrsatishga huquqlari:

toʻylarda, yubileylarda va boshqa tantanalarda konsert xizmati koʻrsatish (restoranlarda, barlarda, qahvaxonalarda va xususiy uylarda toʻylar, yubileylar va boshqa tantanalarga konsert xizmatlari koʻrsatish), jumladan, hordiq chiqarish tashkilotlarida (klublarda, diskotekalarda, restoranlarda, barlarda va qahvaxonalarda) konsert xizmatlari koʻrsatish, shuningdek, sozanda, raqqos(a), bek-vokal, (xonandalardan tashqari) bitta janrning ikki va undan koʻp ijrochilari ishtirokidagi konsert dasturida qatnashish va ularda qatnashish;

b) konsert-tomosha tadbirlarida, toʻylar va boshqa tantanalarda artistning odob-axloq qoidalariga, sahna madaniyati, tashqi koʻrinish madaniyatiga zid boʻlgan xatti-harakatlar qilishini hamda maʼnaviyatga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi va tomoshabinlarning his-tuygʻularini haqorat qiluvchi, axloqsizlik gʻoyalarini targʻib qilishni istisno etgan holda qoʻshiqlarni va ular boʻyicha yaratilgan videokliplarni ijro etish;

v) litsenziya olish uchun birinchi marta ariza topshirgan, III reyting guruhiga kirmaydigan, ijrochi hamda ijodiy jamoalar litsenziyalovchi organning taklifiga asosan ijro mahoratini jonli eshitish uchun Ijodiy koʻmaklashuvchi vakillar guruhining yigʻilishiga shaxsan yoki masofaviy ishtirok etish yoxud jonli ijroda yozib olingan ijrosi Internet jahon axborot tarmogʻiga yuklangan havolasini taqdim etish;

g) koʻrsatilgan konsert-tomosha xizmatlarini qatʼiy ravishda shartnoma asosida amalga oshirish;*

d) jismoniy shaxslar yillik faoliyati yakunidan kelib chiqib, soliq qonunchiligida belgilangan tartibda daromadlar toʻgʻrisida deklaratsiyani toʻldirish;*

e) Oʻzbekiston Respublikasi tashqarisida konsert-tomosha tadbirlarini amalga oshirish toʻgʻrisida litsenziyalovchi organning hududiy boʻlimlarini xabardor qilish;*

j) Konsert-tomosha faoliyatida u yoki bu dinni targʻib etmaslik;

z) Litsenziyalovchi organning hududiy boʻlimlari litsenziya talablari hamda shartlariga rioya etilishini belgilangan tartibda nazorat tadbirlari oʻtkazilganda turli nooʻrin xatti-harakatlar qilmaslik.

10.

Litsenziya berishda kelishiladigan organlar:

mavjud emas

11.

Litsenziyaning amal qilish muddati:

cheklanmagan

12.

Izoh.

Ushbu pasportning 2-bandi “a” kichik bandida belgilangan litsenziyalanadigan faoliyat turining kichik turi uchun litsenziyaga ega boʻlgan shaxslarda “b” kichik bandda belgilangan litsenziyalanadigai faoliyat turining kichik turi bilan ham shugʻullanish huquqi mavjud.

Litsenziya berish yoki uni berishni rad qilish haqidagi qaror talabgorning ijro mahoratini jonli eshitish yakuni boʻyicha Ijodiy koʻmaklashuvchi vakillar guruhining xulosalari asosida qabul qilinadi. Ijodiy koʻmaklashuvchi vakillar guruhining majlisi oʻn kunda kamida bir marta oʻtkaziladi.

Ijodiy koʻmaklashuvchi vakillar guruhi litsenziya talabgorlari tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqish jarayonida malaka (professional) sifatlarni baholaydi va har bir ijrochini ushbu pasportning 9-bandiga muvofiq malaka talablariga binoan aniq reyting guruhiga kiritadi.

* Qoʻpol ravishda buzish deb hisoblanadigan talab va shartlar.

.

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.01.2023-y., 09/23/29/0056-son)