29.12.2022 yildagi 2816-IV-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekicton Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining qoʻshma qarori, 29.12.2022 yildagi 2816-IV-son
Кучга кириш санаси
29.12.2022
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekicton Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻshma qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 2022-yil 14-dekabrdagi “Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishni jadallashtirishda parlamentlar rolini kuchaytirish toʻgʻrisida”gi rezolyutsiyasini amalga oshirish choralari haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 2022-yil 14-dekabrdagi “Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishni jadallashtirishda parlamentlar rolini kuchaytirish toʻgʻrisida”gi rezolyutsiyasida belgilangan ustuvor vazifalarning amaliy ijrosini taʼminlash, Barqaror rivojlantirish sohasidagi milliy maqsadlar va vazifalarga erishishda parlament, hukumat va fuqarolik jamiyati institutlarining hamkorligini mustahkamlash, shuningdek mamlakatimizni barqaror rivojlantirishni “inson-jamiyat-davlat” prinsipi asosida olib borish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 2022-yil 14-dekabrdagi 77-sessiyasida Oʻzbekiston Respublikasi tashabbusi bilan “Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishni jadallashtirishda parlamentlar rolini kuchaytirish toʻgʻrisida”gi rezolyutsiya qabul qilinganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 2022-yil 14-dekabrdagi “Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishni jadallashtirishda parlamentlar rolini kuchaytirish toʻgʻrisida”gi rezolyutsiyasida belgilangan vazifalarni 2023-2024-yillarda amalga oshirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” (bundan buyon matnda “Yoʻl xaritasi” deb yuritiladi) ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “Yoʻl xaritasi”da belgilangan masʼul ijrochilar oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalarning har chorakdagi ijrosi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Oʻzbekiston Respublikasini barqaror rivojlantirish sohasidagi Milliy maqsadlar va vazifalarning 2030-yilgacha boʻlgan davrda amalga oshirilishini nazorat qilish boʻyicha Parlament komissiyasiga (bundan buyon matnda Parlament komissiyasi deb yuritiladi) taqdim etib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda vazirlik va idoralarning birinchi rahbarlari “Yoʻl xaritasi”da belgilangan vazifalarning oʻz vaqtida amalga oshirilishi uchun shaxsan masʼuldir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. 2030-yilgacha boʻlgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarni amalga oshirish boʻyicha muvofiqlashtiruvchi kengash:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2030-yilgacha boʻlgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarni amalga oshirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining Ixtiyoriy milliy hisobotini Parlament komissiyasiga muhokama qilish uchun har ikki yilda kiritib borsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2030-yilgacha boʻlgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarni amalga oshirishda munosib hissa qoʻshgan davlat organlari va tashkilotlar xodimlarini ragʻbatlantirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Barqaror rivojlanish maqsadlari sari” koʻkrak nishonini taʼsis etish toʻgʻrisida”gi qarori loyihasini 2023-yilning 1-mayiga qadar ishlab chiqsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi navbatdagi yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisidagi qonun loyihasini tayyorlashda milliy barqaror rivojlanish maqsadlari doimiy ravishda hisobga olinishini, shuningdek barqaror rivojlanish maqsadlari budjeti markirovkasining amalga oshirilishini taʼminlab borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Budjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi 2030-yilgacha boʻlgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalar doirasida 2023-yil uchun Davlat budjeti parametrlarida koʻzda tutilgan mablagʻlarni Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda tahlil qilib, Parlament komissiyasiga 2023-yilning 1-apreliga qadar axborot kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Barqaror rivojlanish markazi, “Yuksalish” umummilliy harakati va Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2030-yilgacha boʻlgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarni izchil amalga oshirishga fuqarolik jamiyati institutlarini keng jalb qilish, ularning faoliyatiga tashkiliy-uslubiy va axborot jihatidan doimiy ravishda koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish hamda inson qadri, huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga oid xalqaro indikatorlarning oʻzaro bogʻliqligini chuqur oʻrganish asosida Oʻzbekistonning turli xalqaro reytinglardagi oʻrnini yaxshilash borasida tegishli takliflar ishlab chiqish va Parlament komissiyasiga kiritib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2030-yilgacha boʻlgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalar doirasida amalga oshirilayotgan ishlarni chuqur tahlil qilish, mavjud muammolarni aniqlash, ularning yechimlari boʻyicha takliflar ishlab chiqish hamda 2030-yilgacha boʻlgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalar ijrosi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarning ijro etilish holati toʻgʻrisida keng jamoatchilikning xabardorlik darajasini oshirishga qaratilgan risolalar, axborotnomalar, ijtimoiy roliklarni tayyorlab borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har ikki yilda 2030-yilgacha boʻlgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarni amalga oshirish boʻyicha muvofiqlashtiruvchi kengash tomonidan tayyorlanadigan Ixtiyoriy milliy hisobotlar uchun fuqarolik jamiyati institutlarining muqobil maʼruzalarini tayyorlab borish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Xalqaro press-klub va Oʻzbekiston milliy media assotsiatsiyasiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur Qoʻshma qarorning mazmun-mohiyati, maqsad va vazifalari ommaviy axborot vositalari hamda Internet jahon axborot tarmogʻida doimiy ravishda tushuntirilishini hamda keng yoritib borilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yoʻl xaritasi” doirasida erishilgan natijalar toʻgʻrisidagi xolis va toʻliq maʼlumotlarning keng jamoatchilikka tezkor yetkazilishini taʼminlash tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur Qoʻshma qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi oʻrinbosari A. Saidov va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi oʻrinbosari S. Safoyev zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Ushbu Qoʻshma qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 29-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2816-IV-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekicton Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 29-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KQ-447-IV-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2022-yil 29-dekabrdagi 2816-IV/KQ-447-IV-sonli Qoʻshma qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 2022-yil 14-dekabrdagi “Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishni jadallashtirishda parlamentlar rolini kuchaytirish toʻgʻrisida”gi rezolyutsiyasida belgilangan vazifalarni 2023-2024-yillarda amalga oshirish boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“YOʻL XARITASI”
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Masʼullar

I. COVID-19 pandemiyasidan keyingi davrda “hech kimni unutib qoldirmaslik” prinsipini taʼminlagan holda keng koʻlamli, barqaror va izchil tiklanishni qoʻllab-quvvatlash maqsadida hamjihatlik, birdamlik va har tomonlama hamkorlikka sodiqlikni mustahkamlash

1.

Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish boʻyicha xorijiy davlatlarning ilgʻor tajribalarini qoʻllash yuzasidan mutasaddi tashkilotlar uchun BMT va uning ixtisoslashgan tuzilmalari, xalqaro tashkilotlar va xorijiy davlatlar bilan birgalikda vebinar va seminarlarni tashkil etish.

BMT va uning ixtisoslashgan tuzilmalari, xalqaro tashkilotlar va xorijiy davlatlar bilan hamkorlik doirasida Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish masalasida xorijiy davlatlarning ilgʻor tajribalarini qoʻllash boʻyicha xalqaro ekspertlarni taklif etgan holda vebinar va seminarlarni tashkil qilish.

2023-2024-yillar davomida alohida rejaga muvofiq

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qoʻmitasi, Oliy Majlis Senatining Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasi, Tashqi ishlar vazirligi, Barqaror rivojlanish markazi

2.

Davlat, tarmoq va hududiy dasturlar loyihalariga takliflarni birinchi navbatda, barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalar asosida ishlab chiqish amaliyotini yoʻlga qoʻyish.

1. Davlat, tarmoq va hududiy dasturlar loyihalariga takliflarni barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalardan kelib chiqib shakllantirish.

2. Davlat dasturi va hududiy dasturlar loyihalarini barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalar bilan oʻzaro uzviyligini taʼminlash.

2023-yil yanvar oyidan boshlab

2030-yilgacha boʻlgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarni amalga oshirish boʻyicha muvofiqlashtiruvchi kengash (bundan buyon matnda Muvofiqlashtiruvchi kengash deb yuritiladi), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

3.

Barqaror rivojlanish maqsadlari indeksi (SDG Index) boʻyicha hisobotlarni tahlil qilish va xalqaro hamkorlikni mustahkamlash.

1. “SDG Index” hisobotiga koʻra, reytingning yuqori beshligidagi xorijiy davlatlar tajribasini oʻrganish va xalqaro hamkorlikni mustahkamlash.

2023-yil I chorak

Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi, masʼul vazirlik va idoralar

2. Barqaror rivojlanish maqsadlari indeksi boʻyicha tasdiqlangan “yoʻl xaritalari”da belgilangan chora-tadbirlarning mutasaddi vazirlik va idoralar tomonidan oʻz vaqtida bajarilishini monitoring qilib borish.

doimiy

4.

Barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarni amalga oshirishga munosib hissa qoʻshgan davlat organlari va tashkilotlar xodimlarini ragʻbatlantirish.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Barqaror rivojlanish maqsadlari sari” koʻkrak nishonini taʼsis etish toʻgʻrisida”gi qarori loyihasini ishlab chiqish.

2023-yil 1-may

Muvofiqlashtiruvchi kengash

II. Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish boʻyicha milliy qonunchilik hujjatlarini baholash

5.

Qabul qilingan qonunchilik hujjatlarini Barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarga mosligi nuqtai nazaridan baholash.

1. Normativ-huquqiy hujjatlarni inventarizatsiyadan oʻtkazish va ularni Milliy barqaror rivojlanish maqsadlariga mosligi nuqtai nazaridan baholash.

2. Baholash natijalari yuzasidan takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga va Oʻzbekiston Respublikasini barqaror rivojlantirish sohasidagi milliy maqsadlar va vazifalarning 2030-yilgacha boʻlgan davrda amalga oshirilishini nazorat qilish boʻyicha Parlament komissiyasiga kiritish.

2023-2024-yillar davomida

Oliy Majlis huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti

6.

Qabul qilingan qonunchilik hujjatlarining, shuningdek normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining gender tenglik prinsiplariga muvofiqligini oʻrganish.

1. Normativ-huquqiy hujjatlarning gender tenglik prinsiplariga muvofiqligini oʻrganish, normativ-huquqiy hujjatlarda gender tenglik prinsiplariga muvofiq boʻlmagan qoidalarni aniqlash va ularni bartaraf etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.

2023-2024-yillar davomida

Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari boʻyicha respublika komissiyasi, Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi, Barqaror rivojlanish markazi

2. Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining gender tenglik prinsiplariga muvofiqligi yuzasidan jamoatchilik ekspertizasini qonunchilikda belgilangan tartibda tashkillashtirish.

2023-2024-yillar davomida

7.

2030-yilgacha Milliy koʻrsatkichlarning maqsadli koʻrsatkichlariga erishish boʻyicha amalga oshirilgan ishlarni tahlil qilish.

Oʻzbekiston Respublikasini barqaror rivojlantirish sohasidagi milliy maqsadlar va vazifalarning 2030-yilgacha boʻlgan davrda amalga oshirilishini nazorat qilish boʻyicha Parlament komissiyasi majlisida 2030-yilgacha Milliy koʻrsatkichlarning maqsadli koʻrsatkichlariga erishish boʻyicha amalga oshirilgan ishlarni muhokama etish.

2024-yil II chorak

Oʻzbekiston Respublikasini barqaror rivojlantirish sohasidagi milliy maqsadlar va vazifalarning 2030-yilgacha boʻlgan davrda amalga oshirilishini nazorat qilish boʻyicha Parlament komissiyasi (bundan buyon matnda Parlament komissiyasi deb yuritiladi)

III. Barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarning natijadorligini taʼminlash maqsadida ixtiyoriy milliy hisobotlarni tayyorlashni, bu boradagi hisobdorlikni hamda masʼuliyatni kuchaytirish

8.

Ixtiyoriy milliy hisobotlarni tayyorlash boʻyicha malaka almashish (Twinning) dasturi boʻyicha Moʻgʻuliston va Tojikiston parlamenti vakillarining Oʻzbekiston Respublikasini barqaror rivojlantirish sohasidagi milliy maqsadlar va vazifalarning 2030-yilgacha boʻlgan davrda amalga oshirilishini nazorat qilish boʻyicha Parlament komissiyasi aʼzolari bilan uchrashuvini oʻtkazish.

Ixtiyoriy milliy hisobotni tayyorlash boʻyicha malaka almashish (Twinning) dasturi boʻyicha Moʻgʻuliston va Tojikiston parlamenti vakillarini qabul qilish.

2023-yil I chorak

Muvofiqlashtiruvchi kengash, Parlament komissiyasi

9.

Ixtiyoriy milliy hisobot loyihasini Oʻzbekiston Respublikasini barqaror rivojlantirish sohasidagi milliy maqsadlar va vazifalarning 2030-yilgacha boʻlgan davrda amalga oshirilishini nazorat qilish boʻyicha Parlament komissiyasi va 2030-yilgacha boʻlgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarni amalga oshirish boʻyicha muvofiqlashtiruvchi kengashning qoʻshma majlisida koʻrib chiqish.

1. Oʻzbekiston Respublikasini barqaror rivojlantirish sohasidagi milliy maqsadlar va vazifalarning 2030-yilgacha boʻlgan davrda amalga oshirilishini nazorat qilish boʻyicha Parlament komissiyasi hamda 2030-yilgacha boʻlgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarni amalga oshirish boʻyicha muvofiqlashtiruvchi kengashning qoʻshma majlisida Ixtiyoriy milliy hisobot loyihasini muhokama qilish, bildirilgan takliflar asosida hisobot loyihasini takomillashtirish.

2. Ixtiyoriy milliy hisobot loyihasi yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqish.

2023-yil II chorak

Parlament komissiyasi, Muvofiqlashtiruvchi kengash

10.

Oʻzbekiston Respublikasi Ixtiyoriy milliy hisobotini tayyorlash va uni koʻrib chiqish.

1. Oʻzbekiston Respublikasi Ixtiyoriy milliy hisobotini tayyorlash.

2. Ixtiyoriy milliy hisobotni koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasini barqaror rivojlantirish sohasidagi milliy maqsadlar va vazifalarning 2030-yilgacha boʻlgan davrda amalga oshirilishini nazorat qilish boʻyicha Parlament komissiyasiga kiritib borish.

3. Oʻzbekiston Respublikasini barqaror rivojlantirish sohasidagi milliy maqsadlar va vazifalarning 2030-yilgacha boʻlgan davrda amalga oshirilishini nazorat qilish boʻyicha Parlament komissiyasi majlislarida Ixtiyoriy milliy hisobotni muhokama qilish.

2024-yil aprel

Muvofiqlashtiruvchi kengash, Parlament komissiyasi

11.

Hududlarni barqaror va jadal rivojlantirish uchun ul�rning kompleks va mutanosib ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini baholash.

Statistik koʻrsatkichlar va soʻrovnomalar natijalari asosida hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini reyting baholash natijalarini Oliy Majlis palatalari Kengashlarining majlislarida tanqidiy muhokama qilish.

har yarim yilda

Oliy Majlis palatalari

IV. BMTning yirik tadbirlarida, shu jumladan, barqaror rivojlanish boʻyicha oliy darajadagi siyosiy forumda parlament aʼzolarining ishtirokini taʼminlash, bunda gender tengligiga rioya etilishiga eʼtibor qaratish

12.

Ixtiyoriy milliy hisobotni yuqori darajadagi siyosiy forumda taqdim etish uchun Oʻzbekiston delegatsiyasi aʼzolarini aniqlash va kelishish.

Oʻzbekiston delegatsiyasi aʼzolarini aniqlashda gender tengligiga rioya etilishini taʼminlash.

2023-yil aprel

Muvofiqlashtiruvchi kengash, Parlament komissiyasi

13.

BMT Iqtisodiy va ijtimoiy Kengashining Yuqori darajadagi siyosiy forumi doirasida Oʻzbekistonning ikkinchi Ixtiyoriy milliy hisobotini taqdim etish.

BMT Iqtisodiy va ijtimoiy Kengashining Yuqori darajadagi siyosiy forumi doirasida Oʻzbekiston delegatsiyasi ishtirokini hamda Oʻzbekistonning ikkinchi Ixtiyoriy milliy hisobotini taqdim etilishini taʼminlash.

2023-yil iyul

Parlament komissiyasi, Muvofiqlashtiruvchi kengash, Tashqi ishlar vazirligi

14.

Oʻzbekistonning ikkinchi Ixtiyoriy milliy hisobotining taqdim etilishi boʻyicha axborot kampaniyasini tashkil etish.

Oʻzbekistonning ikkinchi Ixtiyoriy milliy hisobotining taqdim etilishi, shuningdek hisobot davrida barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish borasida mamlakatimizda amalga oshirilgan islohotlar boʻyicha mahalliy va xalqaro hamjamiyatning xabardorlik darajasini oshirishga qaratilgan milliy va xorijiy media makonda axborot kampaniyasini tashkil etish.

Hisobot taqdim etilgach

Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, “Dunyo” axborot agentligi

V. Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda fuqarolik jamiyati institutlari bilan samarali, konstruktiv munosabatlarni yoʻlga qoʻyish, barqaror rivojlanish sohasidagi milliy dasturlar va strategiyalarning bajarilishini monitoring qilish va baholashda ularning faoliyatiga koʻmaklashish

15.

2030-yilgacha boʻlgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarni amalga oshirishga fuqarolik jamiyati institutlarini jalb qilish.

2030-yilgacha boʻlgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarni amalga oshiri�ga nodavlat notijorat tashkilotlarni jalb qilish maqsadida davlat grantini ajratish hamda davlat ijtimoiy buyurtmasini berish.

2023-2024-yillar davomida

Oliy Majlis huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi, mutasaddi vazirlik va idoralar

16.

Fuqarolik jamiyati institutlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasida barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirish boʻyicha muqobil maʼruzalarni tayyorlash amaliyotini yoʻlga qoʻyish.

1. Barqaror rivojlanish maqsadlari boʻyicha Ixtiyoriy milliy hisobotlar uchun fuqarolik jamiyati institutlarining muqobil maʼruzalarini tayyorlash va Oʻzbekiston Respublikasini barqaror rivojlantirish sohasidagi milliy maqsadlar va vazifalarning 2030-yilgacha boʻlgan davrda amalga oshirilishini nazorat qilish boʻyicha Parlament komissiyasiga taqdim etish.

2024-yil aprel

Barqaror rivojlanish markazi, “Yuksalish” umummilliy harakati, Oʻzbe�iston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi

2. Barqaror rivojlanish maqsadlarini chet davlatlar konstitutsiyalarida aks ettirilishini chuqur tahlil etish, tegishli ilgʻor xorijiy tajribadan Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan konstitutsiyaviy islohotlarda foydalanish borasida tegishli takliflar ishlab chiqish, tahliliy materiallar, risola, qoʻllanma va (elektron) kitoblar nashr etish.

2023-yil

3. Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish hamda inson qadri, huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga oid xalqaro indikatorlarning oʻzaro bogʻliqligini chuqur oʻrganish asosida Oʻzbekistonning turli xalqaro reytinglardagi oʻrnini yaxshilash borasida tegishli takliflar ishlab chiqish va Parlament komissiyasiga kiritib borish.

2023-yildan boshlab

17.

Barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarni izchil amalga oshirishga fuqarolik jamiyati institutlarini keng jalb qilish.

Barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarni izchil amalga oshirishga fuqarolik jamiyati institutlarini keng jalb qilish hamda ular faoliyatiga tashkiliy-uslubiy va axborot jihatdan koʻmaklashish.

doimiy

Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi, “Yuksalish” umummilliy harakati, Barqaror rivojlanish markazi

18.

Fuqarolik jamiyati institutlari uchun barqaror rivojlanish maqsadlari boʻyicha oʻquv seminarlarini tashkil etish.

1. Oʻquv seminarlari konsepsiyasi, dasturi va rejasini ishlab chiqish.

2. Oʻquv seminarlarini mahalliy va xorijiy ekspertlarni jalb etgan holda oʻtkazish.

3. Barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirish boʻyicha fuqarolik jamiyati institutlari ishtirokini faollashtirish boʻyicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqish.

2023-yil I chorak (alohida rejaga muvofiq)

Barqaror rivojlanish markazi, “Yuksalish” umummilliy harakati, Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi

19.

Barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarning ijrosi ustidan jamoatchilik nazoratini taʼminlash.

2030-yilgacha boʻlgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalar doirasida amalga oshirilayotgan ishlarni tahlil qilish, mavjud muammolarni aniqlash va yechimlari boʻyicha taklif ishlab chiqish hamda ularning ijrosi ustidan jamoatchilik nazoratini taʼminlash.

doimiy

“Yuksalish” umummilliy harakati, Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi, Barqaror rivojlanish markazi

20.

Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining axborot jihatdan ochiqligini monitoring qilish va baholash.

Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining axborot jihatdan ochiqligini monitoring qilish va baholash maqsadida www.uz da eng koʻp tashrif buyuruvchilarga ega hamda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligidan tegishli tartibda akkreditatsiyadan oʻtgan elektron ommaviy axborot vositalari roʻyxatini shakllantirish va ularning monitoringini tahlil qilish hamda natijalarini keng jamoatchilikka eʼlon qilib borish.

yilda ikki marta

Oliy Majlis huzuridagi Axborot sohasini va ommaviy kommunikatsiyalarni rivojlantirish masalalari boʻyicha Jamoatchilik kengashi

VI. Barqaror rivojlanish maqsadlarining bajarilishi toʻgʻrisida jamoatchilikni xabardor qilib borish hamda mazkur jarayonlarda ularning ishtirokiga koʻmaklashish

21.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 2022-yil 14-dekabrdagi “Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishni jadallashtirishda parlamentlar rolini kuchaytirish toʻgʻrisida”gi rezolyutsiyasining mazmun-mohiyati, maqsad va vazifalari hamda “Yoʻl xaritasi” doirasida erishilgan natijalar haqida jamoatchilikni xabardor qilib borish.

1. Rezolyutsiyaning mazmun-mohiyatini keng yoritishga hamda targʻib qilishga qaratilgan media-rejani ishlab chiqish.

2023-yil yanvar

Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Xalqaro press-klub va Oʻzbekiston milliy media assotsiatsiyasi

2. Rezolyutsiya va ushbu “Yoʻl xaritasi” doirasida erishilgan natijalar toʻgʻrisidagi xolis va toʻliq maʼlumotlarning keng jamoatchilikka tezkor yetkazib borish.

doimiy

22.

Barqaror rivojlanish sohasida olib borilayotgan islohotlarni yorituvchi “Barqaror rivojlanish maqsadlari sari” rukni ostida maxsus teledastur tashkil etish.

1. “Barqaror rivojlanish maqsadlari sari” rukni ostida maxsus teledasturini tashkil etish.

2023-yil II chorak

Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston milliy media assotsiatsiyasi

2. “Barqaror rivojlanish maqsadlari sari” rukni ostida maxsus teledasturiga barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarga masʼul boʻlgan tashkilot vakillarini hamda mahalliy va xorijiy ekspertlarni taklif qilib borish.

doimiy

23.

Barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalar boʻyicha amalga oshirilayotgan islohotlarni xalqaro hamjamiyatga yetkazish.

Xorijiy tillardagi targʻibot materiallarini (maqolalarni) koʻpaytirib, ularning xorijiy nashrlarda chop etilishini tashkil etish.

doimiy

Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, “Dunyo” axborot agentligi, Parlament komissiyasi, Muvofiqlashtiruvchi kengash

24.

BMT agentliklari bilan hamkorlikda OAV vakillari, fuqarolik jamiyati institutlarini jalb qilgan holda aholi oʻrtasida Barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalar hamda Ixtiyoriy milliy hisobotini yoritish va targʻib qilish boʻyicha axborot kampaniyasini tashkil etish.

Barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalar hamda Ixtiyoriy milliy hisobotini yoritish va targʻib qilish boʻyicha media-reja ishlab chiqish, axborot kampaniyasini yuqori saviyada tashkil etish.

2023-2024-yillar davomida alohida media-reja asosida

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Muvofiqlashtiruvchi kengash, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

25.

Aholining barqaror rivojlanish maqsadlari haqidagi xabardorlik darajasini oʻrganishga qaratilgan ijtimoiy soʻrovlarni oʻtkazish.

1. Ijtimoiy soʻrovlarni barqaror rivojlanish sohasida�i milliy maqsad va vazifalar asosida tayyorlash.

2023-yil may

“Ijtimoiy fikr” markazi

2. Aholining barqaror rivojlanish maqsadlari haqidagi xabardorlik darajasini oʻrganish va eʼlon qilib borish.

iyul

26.

Parlament faoliyatining samaradorligini, shaffofligini va saylovchilar oldidagi hisobdorligini oshirish maqsadida uning faoliyatini raqamlashtirish.

Parlamentda axborotlarni yigʻish, ularga qayta ishlov berish va raqamlashtirish jarayonlariga sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy qilish;

qonun ijodkorligi jarayonida media-axborotni tayyorlash va tarqatishni avtomatlashtirish;

qonun ijodkorligi faoliyatining ayrim bosqichlari avtomatlashtirilishini taʼminlovchi kompyuter dasturlari majmuasini yaratish;

qonun loyihalari muhokamasini keng jamoatchilik bilan internet portalida masofaviy muhokama qilish va ularning takliflarini olish boʻyicha axborot tizimini yaratish (kraudsorsing);

mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlari, qabul qilinayotgan qonunlar toʻgʻrisidagi axborotni fuqarolarga oddiy va tushunarli tilda yetkazib beruvchi MyParliament.gov.uz Internet portalini takomillashtirish.

2023-yil aprel

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari masalalari qoʻmitasi

27.

Barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarning ijrosi holati toʻgʻrisida keng jamoatchilikni xabardorlik qilish.

Barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarning ijrosi holati toʻgʻrisida keng jamoatchilikning xabardorlik darajasini oshirishga qaratilgan risolalar, axborotnomalar, ijtimoiy roliklarni tayyorlab borish.

doimiy

Barqaror rivojlanish markazi, “Yuksalish” umummilliy harakati, Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi

VII. Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish tadbirlarini samarali moliyalashtirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti boʻyicha takliflarni va tahliliy maʼlumotlarni parlament aʼzolariga taqdim etib borish

28.

Barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarga erishish tadbirlarini samarali moliyalashtirish.

Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisidagi qonun loyihasida Barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarni hisobga olinganligiga oid tahliliy maʼlumotlarni tayyorlash hamda parlament aʼzolariga taqdim etib borish.

har yili

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

29.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan Oliy Majlis palatalariga kiritib borilayotgan tegishli yilga moʻljallangan davlat dasturi bajarilishining borishi toʻgʻrisidagi hisobotida amalga oshirilgan ishlarning barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarga muvofiqligini, shuningdek, buning uchun ajratilayotgan mablagʻlar hajmini aks ettirib borish.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli yilga moʻljallangan davlat dasturi bajarilishining borishi toʻgʻrisidagi hisobotini eshitish, hisobotda amalga oshirilgan ishlarning barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarga muvofiqligini koʻrib chiqish, tegishli qaror qabul qilish.

2023-2024-yillar

Vazirlar Mahkamasi, Oliy Majlis palatalari

30.

Barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalar boʻyicha 2023-yil uchun prognozlashtirilgan mablagʻlar manbalarini va hajmini tahlil qilish.

Barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalar boʻyicha 2023-yil uchun davlat budjeti parametrlarida koʻzda tutilgan mablagʻlar manbalarini va hajmini tahlil qilish, tahlil natijasi yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasini barqaror rivojlantirish sohasidagi milliy maqsadlar va vazifalarning 2030-yilgacha boʻlgan davrda amalga oshirilishini nazorat qilish boʻyicha Parlament komissiyasiga axborot kiritish.

2023-yil I chorak

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Budjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi, Oliy Majlis Senatining Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi

VIII. Xotin-qizlarning parlament faoliyatida va qonun ijodkorligi jarayonlarida toʻliq, teng huquqli va keng ishtirok etishiga koʻmaklashish orqali gender tenglikni taʼminlash

31.

Qonun hujjatlariga saylov, referendum va qonun ijodkorligi jarayonlarida xotin-qizlarning ishtirokini kuchaytirishgan qaratilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish.

1. Oʻzbekiston Respublikasining Saylov kodeksiga quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha qonun loyihasini ishlab chiqish:

barcha hollarda saylov komissiyalari raislarini saylashda va tayinlashda;

okrug saylov komissiyalari raisligiga nomzodlarni tavsiya etishda;

uchastka saylov komissiyalari raisligini belgilashda gender tengligi prinsiplariga rioya qilish.

2. “Oʻzbekiston Respublikasining referendumi toʻgʻrisida”gi Qonunga quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha qonun loyihasini ishlab chiqish:

referendum oʻtkazuvchi okrug komissiyasi raisligiga nomzodlarni tavsiya etishda;

referendum oʻtkazuvchi uchastka komissiyasi raisi va rais oʻrinbosarini tayinlashda gender tengligi prinsiplariga rioya qilish.

3. “Siyosiy partiyalar toʻgʻrisida”gi Qonunga quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha qonun loyihasini ishlab chiqish:

Qonunchilik palatasining qoʻmitalari va komissiyalari raisligiga nomzodlar boʻyicha takliflar kiritishda;

davlat hokimiyatining tegishli vakillik organi qoʻmitalari yoki komissiyalari raisligiga, rais oʻrinbosarligiga va aʼzoligiga nomzodlar yuzasidan takliflar kiritishda gender tengligi prinsiplariga rioya qilish.

4. Qonun loyihalarini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2023-yil II chorak

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, manfaatdor vazirlik va idoralar

32.

Davlat organlari va tashkilotlarida jamoatchilik nazorati doirasida genderga oid auditni oʻtkazish.

1. Davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining oʻziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda genderga oid auditni oʻtkazish uslubiyatini ishlab chiqish.

2. Genderga oid auditni oʻtkazish boʻyicha 3 yillik reja ishlab chiqish va oʻtkazish.

2023-yil II chorak

Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi

3. Genderga oid audit natijalariga doir axborot va takliflarni Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari boʻyicha respublika komissiyasi majlisida muhokama qilish.

2023-2024-yillar davomida rejaga muvofiq

Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari boʻyicha respublika komissiyasi

33.

Xotin-qizlarning siyosiy faolligini oshirish.

Siyosiy partiyalar tomonidan partiyaga aʼzo boʻlgan xotin-qizlarning siyosiy faolligini oshirish choralarini koʻrish, bunda tizimli ravishda debatlar, munozaralar, intervyu va chiqishlar tashkil etib borish.

2023-2024-yillar davomida

Siyosiy partiyalar, vazirlik, idora va tashkilotlar

34.

“Oʻzbekiston taraqqiyotida parlamentdagi ayollarning roli” mavzusidagi anʼanaviy forumni oʻtkazish.

“Oʻzbekiston taraqqiyotida parlamentdagi ayollarning roli” mavzusidagi anʼanaviy forumni oʻtkazish bilan bogʻliq tashkiliy masalalarni hal qilish. Bunda:

ommaviy axborot vositalarining faoliyati uchun maksimal darajada kulay sharoitlar yaratish;

gender tenglikni taʼminlashga qaratilgan islohotlarni keng jamoatchilikka namoyish etishga eʼtibor qaratish.

2023-2024-yillar dekabr

Oliy Majlis palatalari, Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari boʻyicha respublika komissiyasi

35.

Axborot makonida ayollarning ijobiy timsolini yaratish, shuningdek ularning qonun ijodkorligi faoliyatidagi salmoqli hissalarini koʻrsatib berish.

“parl.uz” saytida “Ayol soʻzi. Qonun” ruknini ishga tushirish hamda davlat va jamiyat hayotida faol ishtirok etayotgan xotin-qizlar, shu jumladan ayol deputat va senatorlar ishtirokida turkum maqola hamda intervyular eʼlon qilib borish.

2023-yilning yanvar oyidan boshlab

Oliy Majlis huzuridagi Axborot sohasini va ommaviy kommunikatsiyalarni rivojlantirish masalalari boʻyicha jamoatchilik kengashi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Parlament axborot markazi

IX. Sogʻligʻi imkoniyati cheklangan shaxslar uchun qonunlarning va ularning mexanizmlari keng qamrovli hamda tushunarli boʻlishini taʼminlash

36.

Nogironligi boʻlgan shaxslarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga oid qonunlarning ijrosi holatini oʻrganish.

1. “Nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining ijrosi holatini nazorat-tahlil tartibida oʻrganish.

2. Oʻrganish yakunlarini Qoʻmitaning kengaytirilgan majlisida muhokama qilish.

3. Oʻrganish yakunlaridan kelib chiqib qonunchilikni takomillashtirishga qaratilgan takliflar ishlab chiqish.

2023-yil II chorak

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Mehnat va ijtimoiy masalalar qoʻmitasi

37.

Nogironligi boʻlgan shaxslarning siyosiy hayotda teng va toʻliq ishtirok etishiga erishish, shu jumladan saylov huquqlaridan foydalanish imkoniyatlarini taʼminlash masalalarini oʻrganish.

Nogironligi boʻlgan shaxslarning siyosiy hayotda teng va toʻliq ishtirok etishiga erishish, shu jumladan saylov huquqlaridan foydalanish imkoniyatlarini taʼminlash masalalari boʻyicha nazorat-taxdil tadbirlarini oʻtkazish.

2023-2024-yillar davomida

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Mehnat va ijtimoiy masalalar qoʻmitasi, Oliy Majlis Senatining Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari qoʻmitasi

38.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovlari, shuningdek, referendumlar oʻtkazishda nogironligi boʻlgan shaxslarning saylov huquqlarini taʼminlash.

1. Saylov qonunchiligiga quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha qonun loyihasini ishlab chiqish:

saylov uchastkalarini barcha toifadagi nogironligi boʻlgan (eshitish, koʻrish, tayanch-harakat tizimida nuqsonlari boʻlgan) shaxslar uchun ovoz berish imkoniyatini taʼminlaydigan inshootlar bilan jihozlash hamda bunday jihozlarga qoʻyiladigan minimal talablar va standartlarni belgilash;

nogironligi boʻlgan shaxslarga saylovga oid maʼlumotlarni foydalanish mumkin boʻlgan formatda taqdim etish;

saylov komissiyalari tomonidan nogironligi boʻlgan shaxslarning saylov huquqlarini taʼminlash boʻyicha ishchi guruhlarini tuzish;

nogironligi boʻlgan shaxslarning alohida roʻyxatlarini tuzish;

nogironligi boʻlgan shaxslarning faol saylov huquqini amalga oshirishlari uchun maxsus ishlab chiqilgan nogironlarning ovoz berish qobiliyatini oshirish (ovozlarni elektron hisoblash usullari);

nogironligi boʻlgan shaxslar uchun barcha darajadagi deputatlikka nomzodlar koʻrsatishda siyosiy partiyalar uchun kvota belgilash.

2. Qonun loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2023-yil II chorak

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Markaziy saylov komissiyasi, nogironlar jamiyatlari

39.

Saylov uchastkalarida saylov davrida nogironligi boʻlgan shaxslar teng ovoz berishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish.

Saylov uchastkalarida saylov davrida nogironligi boʻlgan shaxslar teng ovoz berishi uchun shart-sharoitlar yaratish boʻyicha zarur chora-tadbirlarni koʻrish.

2024-yil davomida

mahalliy davlat hokimiyati organlari

40.

Nogironligi boʻlgan shaxslarga nisbatan har qanday kamsitishlarga barham etish.

1. Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga Oʻzbekiston Respublikasida kafolatlangan huquq va erkinliklarini taʼminlashda nogironlik belgisiga koʻra kamsitganlik, shuningdek ishga joylashishda asossiz kamsitganlik uchun maʼmuriy javobgarlik belgilashni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha qonun loyihasini ishlab chiqish.

2. Qonun loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2023-yil davomida

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, nogironlar jamiyatlari

X. 2030-yilga qadar boʻlgan davrdagi kun tartibi muvaffaqiyatli amalga oshirilishida yoshlar oʻrni va hissasi muhimligi, parlament jarayonlarida yoshlarning toʻliq, teng huquqli va taʼsirchan ishtirokini taʼminlash

41.

Barqaror rivojlanish maqsadlarini yoshlar orasida keng targʻib qilish maqsadida “Barqaror rivojlanish maqsadlari boʻyicha yoshlar elchilari” korpusini shakllantirish.

1. “Barqaror rivojlanish maqsadlari boʻyicha yoshlar elchilari toʻgʻrisida”gi nizom loyihasini ishlab chiqish.

2023-yil I chorak

Oliy Majlis Senatining Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

2. Yoshlar parlamenti va oliy taʼlim muassasalarining 2, 3-kurs talabalari orasidan har bir hududdan 3 nafardan Barqaror rivojlanish maqsadlari boʻyicha yoshlar elchilarini tanlab olish.

2023-yil II chorak

3. Barqaror rivojlanish maqsadlari boʻyicha yoshlar elchilari uchun oʻquv seminarlar tashkil qilish.

2023-yil III chorak

42.

Siyosiy partiyalarning “Yoshlar qanoti” rolini kuchaytirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish.

Siyosiy partiyalarning “Yoshlar qanoti” rolini oshirish boʻyicha ishchi guruh shakllantirilgan holda yoshlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini kuchaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish.

2023-yil II chorak

Siyosiy partiyalar, Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Adliya vazirligi

43.

“Yoshlar va qonun” koʻrik tanlovini tashkil etish.

1. Koʻrik-tanlov Nizomini ishlab chiqish.

2. Koʻrik-tanlovni oʻtkazish chora-tadbirlarini ishlab chiqish.

3. Koʻrik-tanlovni tashkil etish va oʻtkazish.

2023-yil iyun

Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Adliya vazirligi, Oliy sud, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

44.

Barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarga yoshlarni keng jalb qilish maqsadida barqaror rivojlanish maqsadlari sohasida yoshlar tashabbuslari platformasini joriy etish.

1. BMTning Barqaror rivojlanish sohasida yechimlarni ishlab chiqish tarmogʻi (UN SDSN) hamda Fransiyaning “SDSN Youth” tashkiloti bilan muloqotga kirishish hamda hamkorlik qilish masalalarini muhokama etish.

2. “SDSN Youth” tashkilotining mintaqaviy filialini (SDSN Youth Uzbekistan) ochish maqsadga muvofiqligini oʻrgangan holda takliflarni Oʻzbekiston Respublikasini barqaror rivojlantirish sohasidagi milliy maqsadlar va vazifalarning 2030-yilgacha boʻlgan davrda amalga oshirilishini nazorat qilish boʻyicha Parlament komissiyasiga kiritish.

2023-yil II chorak

Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi

45.

Ijtimoiy tarmoqlarda “#-oʻzmaqsadlaringnibil” xeshtegini yaratish va ommalashtirish.

Yoshlar, taniqli olim va siyosatchilar, sanʼatkorlar hamda masʼullar tomonidan “Facebook”, “Instagram” va boshqa ijtimoiy tarmoqlarda “#-oʻzmaqsadlaringnibil” xeshtegi ostida post, video va rasmlar qoldirish.

doimiy

Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Madaniyat va turizm vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

XI. Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda ijtimoiy, iqtisodiy va ekologik yoʻnalishlarda parlamentlarning, shu jumladan, Parlamentlararo ittifoq faoliyati doirasida yaqin hamkorligini taʼminlash

46.

Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish uchun global harakatlar kampaniyasiga (UN SDG Action Campaign) qoʻshilish masalasini oʻrganish.

1. Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish uchun global harakatlar kampaniyasi bilan muloqotga kirishish, hamkorlik masalalarni muhokama etish.

2. Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish uchun global harakatlar kampaniyasiga qoʻshilish yuzasidan takliflarni Oʻzbekiston Respublikasini barqaror rivojlantirish sohasidagi milliy maqsadlar va vazifalarning 2030-yilgacha boʻlgan davrda amalga oshirilishini nazorat qilish boʻyicha Parlament komissiyasiga kiritish.

2023-yil II chorak

Barqaror rivojlanish markazi, Tashqi ishlar vazirligi

47.

Barqaror shaharlar indeksi (Sustainable Cities Index 2022) boʻyicha hisobotlarni tahlil qilish va xalqaro hamkorlikni mustahkamlash.

1. Indeks hisobotiga koʻra, reytingnin� yuqori beshligidagi shaharlar tajribasini oʻrganish va ushbu indeksni yurituvchi tashkilot bilan hamkorlikni mustahkamlash.

2. Ushbu indeksda Toshkent shahrining oʻrnini aks ettirish choralarini koʻrish.

2023-yil davomida

Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Toshkent shahar hokimligi

48.

Oʻzbekistonda ekologik barqarorlikka erishish.

1. Butunjahon yovvoyi tabiat fondi (WWF) hamda Butunjahon ekologik izlar tarmogʻi (Global Footprint Network) bilan muloqotga kirishish, hamkorlik masalalarini muhokama etish.

2023-yil davomida

Tabiat resurslari vazirligi, Barqaror rivojlanish markazi

2. Hududlarning ekologik barqarorligini baholash, tavsiyalar ishlab chiqish.

3. Hududlarda barqaror ekologik vaziyatni saqlash va ekologik fojialarning oldini olishga qaratilgan 2024 — 2026-yillarda amalga oshiriladigan Dastur loyihasini ishlab chiqish.

2024-yil davomida

49.

Iqlim oʻzgarishi va uning oqibatlariga qarshi kurashish boʻyicha tezkor choralarni koʻrish.

1. Iqlim oʻzgarishining intensivligini baholash metodologiyasini ishlab chiqish.

2023-yil davomida

Oliy Majlis Senatining Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish masalalari va ekologiya qoʻmitasi, Energetika vazirligi, Tabiat resurslari vazirligi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati agentligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi

2. Yashil energetika tamoyillarini joriy etish maqsadida quyosh va shamol gibrid moslamadan olinadigan elektr energiyasi orqali texnik siqilgan vodorod yoqilgʻisi ishlab chiqaradigan avtonom kompleks innovatsion texnologiyasini yaratish.

2023-yil davomida

50.

Havoni uzoq masofalargacha transchegaraviy ifloslanishi toʻgʻrisidagi konvensiya (1979-yil 13-noyabr, Jeneva) va uning asosiy protokollariga qoʻshilishning maqsadga muvofiqligini oʻrganish hamda bu boʻyicha tegishli choralar koʻrish.

1. Konvensiya va uning asosiy protokollariga qoʻshilish boʻyicha xorijiy hamda milliy qonunchilikni oʻrganish.

2. Vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda takliflarni ishlab chiqish.

2023-yil davomida

Tabiat resurslari vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

3. Konvensiyaga qoʻshilishning maqsadga muvofiqligi yuzasidan asoslantirilgan takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritish.

2024-yil davomida

51.

“Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirish.

1. “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida daraxtlarni ekish va parvarishlashda kompleks yondashuv asosida ishlarni tashkil qilish orqali havoni tozalash, iqlim oʻzgarishiga moslashish va choʻllanishga qarshi kurash.

2. BMT Taraqqiyot dasturi va unga yondosh tashkilotlar, jamgʻarmalar hamda BMT dasturlari bilan hamkorlikda ish olib borish.

2023-2024-yillar davomida

Tabiat resurslari vazirligi, mutasaddi vazirlik va idoralar, Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi, Barqaror rivojlanish markazi

52.

Orolboʻyi mintaqasida joylashgan hududlarni rivojlantirishda Strategik ekologik baholash loyihasini amalga oshirish.

1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida hududlarni rivojlantirish dasturlari va konsepsiyalarining, iqtisodiy va ijtimoiy soha tarmoqlarini joylashtirish hamda rivojlantirish sxemalari, shaharsozlik hujjatlarini strategik ekologik baholash pilot loyihalari uchun maqbul obyektlar tanlash.

2. Tanlangan obyektlarni rivojlantirish dasturlari va konsepsiyalarining, iqtisodiy va ijtimoiy soha tarmoqlarini joylashtirish hamda rivojlantirish sxemalarining loyihalari, shuningdek shaharsozlik hujjatlarini xalqaro tajribadan kelib chiqib, pilot loyiha koʻrinishida strategik ekologik baholashdan oʻtkazish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqish.

3. Mazkur tavsiyalar asosida hisobotlar tayyorlash.

2023-2024-yillar davomida

Tabiat resurslari vazirligi, mutasaddi vazirlik va idoralar

XII. Barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarni amalga oshirishda parlamentning rolini targʻib qilish, bu borada parlamentning institutsional salohiyatini oshirish boʻyicha takliflarni BMTga taqdim etib borish

53.

Samarqand shahrida “Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda parlamentlararo global hamkorlik” mavzusida II xalqaro forumini oʻtkazish.

Samarqand shahrida “Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda parlamentlararo global hamkorlik” mavzusida II xalqaro forumini oʻtkazish bilan bogʻliq tashkiliy masalalarni hal qilish. Bunda:

ommaviy axborot vositalarining faoliyati uchun maksimal darajada qulay sharoitlar yaratish;

Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishga qaratilgan islohotlarni keng jamoatchilikka namoyish etishga eʼtibor qaratish.

2023-yil sentyabr

Oliy Majlis palatalari, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Samarqand viloyati hokimligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

XIII. Barqaror rivojlanish sohasiga oid hamkorlikdagi yirik harakatlar dasturlarini ishlab chiqish maqsadida Parlamentlararo ittifoq orqali parlamentlararo hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, oʻzaro tajriba almashish va taʼlim olish mexanizmlarini rivojlantirish

54.

Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish boʻyicha yetakchi xorijiy davlatlar parlamentlari bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish.

Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda parlamentlararo muloqotni olib borish, tajriba almashish, jahon jamoatchiligini Oʻzbekistonning milliy barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirish boʻyicha siyosatidan, yurtimizda olib borilayotgan islohotlardan xabardor qilish.

2023-2024-yillar davomida

Oliy Majlis palatalari, Tashqi ishlar vazirligi

55.

Milliy barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirishda parlament aʼzolari va Oliy Majlis palatalari devonlari masʼul xodimlarining malakasini oshirish.

1. BMT va uning tashkilotlari hamda boshqa tuzilmalari bilan hamkorlik doirasida Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish boʻyicha malaka oshirish, tanishtiruv tashriflari dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish.

2. Parlamentlararo hamkorlikni yanada kengaytirish orqali milliy barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda parlament aʼzolari va Oliy Majlis palatalari devonlari masʼul xodimlarini Oʻzbekiston aʼzo boʻlgan parlamentlararo tashkilotlarda (Parlamentlararo ittifoq, EXHT Parlamentlararo Assambleyasi, Osiyo parlamentlararo Assambleyasi, Turkiy tilli davlatlar Parlament assambleyasi, MDH Parlamentlararo Assambleyasi va boshqalar) malaka oshirish yoki stajirovkadan oʻtishga yuborish choralarini koʻrish.

2023-2024-yillar davomida

Parlament komissiyasi, Tashqi ishlar vazirligi, Barqaror rivojlanish markazi

56.

Barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalar yuzasidan xalq deputatlari viloyatlar hamda Toshkent shahar Kengashlari deputatlarining bilim va malakasini oshirishga qaratilgan oʻquv seminarlari tashkil etish.

1. Oʻquv seminari dasturlarini ishlab chiqish.

2. Xalq deputatlari viloyatlar hamda Toshkent shahar kengashlari deputatlari uchun barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalar yuzasidan oʻquv seminarlari tashkil etish.

2023-2024-yillar davomida alohida rejaga muvofiq

Oliy Majlis Senatining mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga koʻmaklashuvchi komissiyasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti, Barqaror rivojlanish markazi

57.

Milliy barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirishda davlat organlari xodimlarining salohiyatini va tajribasini oshirish.

1. Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda Oliy Majlis palatalari devonlari hamda mutasaddi vazirlik va idoralarning xodimlari salohiyatini va tajribasini oshirish maqsadida ularni xorijdagi yetakchi mutasaddi tashkilotlar, ilmiy markazlar, ilgʻor kompaniya hamda tashkilotlarga malaka oshirish yoki stajirovkadan oʻtishga yuborish choralarini koʻrish.

har yili

“El-yurt umidi” jamgʻarmasi, Muvofiqlashtiruvchi kengash, Tashqi ishlar vazirligi, Parlament komissiyasi

2. Malaka oshirish yoki stajirovkadan oʻtishga yuborish boʻyicha takliflarni Milliy maqsadlar va vazifalarning 2030-yilgacha boʻlgan davrda amalga oshirilishini nazorat qilish boʻyicha Parlament komissiyasiga kiritish.

2023-yil II chorak