19.01.2023 yildagi 21-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar organlarining xotin-qizlar masalalari boʻyicha boʻlinmalari huzuridagi “Toʻmaris izdoshlari” jamoaviy guruhlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xotin-qizlar orasida huquqbuzarliklar sodir etilishining oldini olish, ularning huquq va erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasida olib borilayotgan ishlarning samaradorligini oshirish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi jamoat xavfsizligi konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 29-noyabrdagi PF-27-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi jamoat xavfsizligi konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 29-noyabrdagi PF-27-son Farmoniga muvofiq ichki ishlar organlari xotin-qizlar masalalari boʻyicha boʻlinmalari huzurida yoshlar orasidan “Toʻmaris izdoshlari” jamoaviy guruhlarini tashkil etish hamda ushbu guruh aʼzolariga Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi tizimidagi Jamoat xavfsizligi universitetiga (keyingi oʻrinlarda — huquq-tartibot organlarining oliy taʼlim muassasalari) oʻqishga kirishda imtiyozlar berish belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 2023-yil 1-iyundan boshlab yoshi oʻn sakkizdan kichik va oʻttizdan katta boʻlmagan, umumiy oʻrta yoki oʻrta maxsus maʼlumotli, biriktirilgan hududda doimiy yashovchi hamda muloqotga kirishuvchan va tashkilotchilik qobiliyatiga ega xotin-qizlarni koʻngilli asosda jalb qilish orqali “Toʻmaris izdoshlari” jamoaviy guruhlari faoliyati tashkil etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar “Toʻmaris izdoshlari” jamoaviy guruhlarining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xotin-qizlarning huquq va erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilishda hamkorlikda tadbirlarda ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xotin-qizlar oʻrtasida huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirishga koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholi oʻrtasida oʻtkazilayotgan profilaktik tadbirlarda xotin-qizlar muammolarini oʻrganish hamda ularni hal etishning maqbul yoʻllarini aniqlashda yordam koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrta, oʻrta maxsus va professional taʼlim muassasalarida taʼlim olayotgan qizlarning xulq-atvoriga salbiy taʼsir koʻrsatayotgan hamda ularning huquq va manfaatlari buzilishi bilan bogʻliq masalalarni aniqlashda koʻmaklashish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Quyidagilarni nazarda tutuvchi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Ichki ishlar organlarining xotin-qizlar masalalari boʻyicha boʻlinmalari huzuridagi “Toʻmaris izdoshlari” jamoaviy guruhlari faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichki ishlar organlari xotin-qizlar masalalari boʻyicha boʻlinmalari huzurida “Toʻmaris izdoshlari” jamoaviy guruhlarini (keyingi oʻrinlarda — “Toʻmaris izdoshlari” jamoaviy guruhlari) shakllantirish, ushbu guruhga aʼzo boʻlish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Toʻmaris izdoshlari” jamoaviy guruhlari aʼzolarining asosiy vazifalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Toʻmaris izdoshlari” jamoaviy guruhlari aʼzolarining faoliyatini nazorat qilish va monitoringini olib borish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Ichki ishlar organlarining xotin-qizlar masalalari boʻyicha boʻlinmalari huzuridagi “Toʻmaris izdoshlari” jamoaviy guruhlari aʼzolariga huquq-tartibot organlarining oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishi uchun tavsiyanoma berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Toʻmaris izdoshlari” jamoaviy guruhlari aʼzolariga huquq-tartibot organlarining oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun tavsiyanomalar berishda inobatga olinadigan mezonlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
huquq-tartibot organlarining oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun kvota asosida tavsiyanomalarni berish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Toʻmaris izdoshlari” jamoaviy guruhlari aʼzolarini huquq-tartibot organlarining oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish kvotalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Toʻmaris izdoshlari” jamoaviy guruhlari respublikaning barcha tuman (shahar)larida 2 nafardan (kriminogen vaziyat ogʻir boʻlgan tuman (shahar)larda 3 nafardan) ichki ishlar organlari xotin-qizlar masalalari boʻyicha boʻlinmalari huzurida shakllantiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Toʻmaris izdoshlari” jamoaviy guruhlari aʼzolari bir yil davomida oʻqish va ish jarayoniga salbiy taʼsir etmagan holda umumiy 360 soat vaqt mobaynida faoliyat olib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xotin-qizlar oʻrtasida huquqbuzarliklar profilaktikasiga va xotin-qizlarning huquq va erkinliklarini himoya qilishga munosib hissa qoʻshgan “Toʻmaris izdoshlari” jamoaviy guruhlari aʼzolariga Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti boshligʻining tavsiyanomasiga asosan huquq-tartibot organlarining oliy taʼlim muassasalariga belgilangan tartibda saralashning barcha bosqichlaridan muvaffaqiyatli oʻtganidan soʻng yakka tartibdagi suhbatsiz (test sinovlarisiz) kvota asosida oʻqishga kirish huquqi beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tavsiyanoma berilgan nomzodlar soni belgilangan kvotadan koʻp boʻlgan taqdirda, ularni oʻqishga qabul qilish tanlov natijalari boʻyicha toʻplangan ballardan kelib chiqib, ajratilgan qabul kvotalari doirasida ketma-ketlik tartibida taqsimlangan holda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Belgilab qoʻyilsinki, “Toʻmaris izdoshlari” jamoaviy guruhlarini shakllantirish hamda guruhlarning faol aʼzolariga huquq-tartibot organlarining oliy taʼlim muassasalariga imtiyozli oʻqishga kirish uchun tavsiyanoma berish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hamda Oila va xotin-qizlar qoʻmitasining hamkorligi quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
(6-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) tuman (shahar) darajasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichki ishlar organlari — “Toʻmaris izdoshlari” jamoaviy guruhlari aʼzoligiga kirmoqchi boʻlgan yoshlar (xotin-qizlar)dan arizalarni qabul qiladi, ular orasidan oila va xotin-qizlar boʻlimlari vakillari ishtirokida oʻtkaziladigan suhbat asosida mazkur qaror talablariga javob beradiganlarini tanlab oladi, guruhlarni tashkil etish va nomzodlarni qabul qilish yoki rad etish boʻyicha oila va xotin-qizlar boʻlimlari bilan kelishgan holda tegishli qarorni qabul qiladi, nomzodlar bilan oʻtkazilgan suhbat va guruhlarga qabul qilish natijalari boʻyicha viloyat boshqarmalariga maʼlumot taqdim etadi, guruh aʼzolarining har oylik ish jadvalini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi, guruhlar tomonidan ishni tashkil etish natijadorligi boʻyicha monitoring oʻtkazadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oila va xotin-qizlar boʻlimlari — “Toʻmaris izdoshlari” jamoaviy guruhlari aʼzoligiga kirmoqchi boʻlgan yoshlar (xotin-qizlar)dan arizalarni qabul qiladi, ular orasidan belgilangan talablarga javob beradiganlari boʻyicha ichki ishlar organlari rahbarlariga yozma tavsiyanoma beradi, nomzodlar bilan ichki ishlar organlarida oʻtkaziladigan suhbat jarayonida va tegishli qaror qabul qilishda ishtirok etadi, guruh aʼzolarining har oylik ish jadvalini ishlab chiqishda hamda guruhlar tomonidan ishni tashkil etish natijadorligi boʻyicha oʻtkaziladigan monitoringda ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri darajasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichki ishlar organlari — “Toʻmaris izdoshlari” jamoaviy guruhlari aʼzolari haqidagi maʼlumotlarni jamlaydi, guruhlar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar natijadorligi boʻyicha monitoring oʻtkazadi, tuman (shahar) ichki ishlar organlari rahbarlari tomonidan taqdim etilgan hujjatlar asosida huquq-tartibot organlarining oliy taʼlim muassasalariga imtiyozli oʻqishga kirish uchun tavsiyanoma olishga nomzod boʻlgan guruh aʼzolari bilan oila va xotin-qizlar boshqarmalarining masʼul xodimlari hamda nomzodlarning ota-onalari (qonuniy vakillari) ishtirokida ochiq suhbat tashkil etadi, suhbat natijalari boʻyicha boshqarma boshliqlari tomonidan tasdiqlanadigan xulosa shakllantiriladi va Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmatiga yuboriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oila va xotin-qizlar boshqarmalari — “Toʻmaris izdoshlari” jamoaviy guruhlari aʼzolari haqidagi maʼlumotlarni jamlaydi, guruhlar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar natijadorligi boʻyicha monitoring oʻtkazadi, huquq-tartibot organlarining oliy taʼlim muassasalariga imtiyozli oʻqishga kirish uchun tavsiyanoma olishga nomzod boʻlgan guruh aʼzolari bilan ichki ishlar organlari tomonidan oʻtkaziladigan suhbatda ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) respublika darajasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmati — “Toʻmaris izdoshlari” jamoaviy guruhlari faoliyati boʻyicha maʼlumotlarni jamlaydi, guruhlarning ishchanligi va ish natijadorligi boʻyicha tizimli tahlil olib boradi, lozim darajada ularni metodik materiallar bilan taʼminlaydi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari tomonidan taqdim etilgan xulosalarni koʻrib chiqadi va Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining oʻrinbosari — Jamoat xavfsizligi departamenti boshligʻi tomonidan tasdiqlanadigan huquq-tartibot organlarining oliy taʼlim muassasalariga imtiyozli oʻqishga kirish uchun tavsiyanomalar beradi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi — “Toʻmaris izdoshlari” jamoaviy guruhlari faoliyati boʻyicha maʼlumotlarni jamlaydi, guruhlarning ishchanligi va ish natijadorligi boʻyicha tizimli tahlil olib boradi, lozim darajada ularni metodik materiallar bilan taʼminlashda ishtirok etadi, Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmati huzurida huquq-tartibot organlarining oliy taʼlim muassasalariga imtiyozli oʻqishga kirish uchun tavsiyanomalar berish boʻyicha tuziladigan ishchi guruh faoliyatida ishtirok etadi.
(6-band “v” kichik bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-dekabrdagi 958-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasining kunduzgi taʼlim shakliga nomzodlarni tanlash va oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ilovaga muvofiq qoʻshimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) bir oy muddatda ushbu qarorning mazmun-mohiyati ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) uch oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Toʻmaris izdoshlari” jamoaviy guruhlarini shakllantirsin va ularning faoliyat koʻrsatishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy gvardiya bilan birgalikda tavsiyanomalar berilgan “Toʻmaris izdoshlari” jamoaviy guruhlari aʼzolariga oʻzlarining oliy taʼlim muassasalariga qabul qilishda qabul qilishning umumiy sonidan ikki foizli kvota ajratsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Z.B. Mahkamova hamda Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 19-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 19-yanvardagi 21-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar organlarining xotin-qizlar masalalari boʻyicha boʻlinmalari huzuridagi “Toʻmaris izdoshlari” jamoaviy guruhlari faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom ichki ishlar organlari xotin-qizlar masalalari boʻyicha boʻlinmalari huzuridagi “Toʻmaris izdoshlari” jamoaviy guruhlari (keyingi oʻrinlarda — “Toʻmaris izdoshlari” jamoaviy guruhlari) faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Toʻmaris izdoshlari” jamoaviy guruhlari oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining buyruqlariga va ushbu Nizomga muvofiq amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “Toʻmaris izdoshlari” jamoaviy guruhlarining maqsadi belgilangan hududning osoyishtaligi va xavfsizligini taʼminlashdan hamda xotin-qizlar oʻrtasida huquqbuzarliklarning oldini olishda ichki ishlar organlariga koʻmaklashishdan iborat.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “Toʻmaris izdoshlari” jamoaviy guruhlarining faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi (keyingi oʻrinlarda — vazirlik) Jamoat xavfsizligi departamenti Huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmati tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin qizlar qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda — Oila va xotin qizlar qoʻmitasi) bilan hamkorlikda muvofiqlashtirilib boriladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. “Toʻmaris izdoshlari” jamoaviy guruhlari faoliyatini tashkil etish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. “Toʻmaris izdoshlari” jamoaviy guruhlarini shakllantirish mazkur Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. “Toʻmaris izdoshlari” jamoaviy guruhlari tarkibiga koʻngilli asosda bevosita xotin-qizlar oʻrtasida huquqbuzarliklarning oldini olishda oʻz hissasini qoʻshish istagini bildirgan oʻn sakkiz yoshdan oʻttiz yoshgacha boʻlgan xotin-qizlar kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Guruhga ichki ishlar organlarining profilaktik hisobida hamda ruhiy kasalliklar dispanseri, giyohvandlik, surunkali ichkilikbozlikka ruju qoʻyganligi uchun tegishli tibbiyot muassasalari hisobida turgan, sudlanganlik holati tugallanmagan yoki olib tashlanmagan, sud tomonidan muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilganlar, diniy tashkilotlarning professional xizmatchilari qabul qilinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. “Toʻmaris izdoshlari” jamoaviy guruhlari huquq-tartibot organlarining oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish niyatidagi hamda bevosita xotin-qizlar oʻrtasida huquqbuzarliklarning oldini olishga oʻz hissasini qoʻshish istagini bildirgan yoshlar (xotin-qizlar)ning tuman (shahar) ichki ishlar organlari yoki tuman (shahar) oila va xotin-qizlar boʻlimlari boshliqlari nomiga yozgan arizalari asosida shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman (shahar) oila va xotin-qizlar boʻlimi rahbari yoshlar (xotin-qizlar)ning “Toʻmaris izdoshlari” jamoaviy guruhlariga kiritish yuzasidan yozgan arizasini mazkur Nizomda belgilangan tartibda oʻrganib chiqqandan keyin tuman (shahar) ichki ishlar organlari boshliqlari nomiga yozma ravishda tavsiya kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Tuman (shahar) ichki ishlar organlari kadrlar bilan taʼminlash boʻlinmasi (guruhi) tomonidan tuman (shahar) oila va xotin-qizlar boʻlimining vakili ishtirokida nomzod haqidagi maʼlumotlar oʻrganib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman (shahar) ichki ishlar organlari huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlimi (boʻlinmasi) boshligʻi, tuman (shahar) ichki ishlar organlari huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlimi (boʻlinmasi)ning xotin-qizlar masalalari boʻyicha katta inspektori, tuman (shahar) ichki ishlar organlari kadrlar bilan taʼminlash boʻlinmasi (guruhi) hamda tuman (shahar) oila va xotin-qizlar boʻlimining masʼul xodimlari nomzodlarning muloqotga kirishuvchan va tashkilotchilik qobiliyatiga ega ekanligini, ularning shaxsiy va ishchanlik sifatlarini aniqlash maqsadida ular bilan suhbat oʻtkazadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suhbat natijalariga koʻra hamda mazkur Nizomda belgilangan talablarga asosan “Toʻmaris izdoshlari” jamoaviy guruhi aʼzoligiga qabul qilish yoki rad etish toʻgʻrisida 3 kun ichida tuman (shahar) ichki ishlar organlari rahbarining qarori qabul qilinadi va tuman (shahar) ichki ishlar organlari huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlimi (boʻlinmasi)ning xotin-qizlar masalalari boʻyicha katta inspektoriga biriktiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman (shahar) ichki ishlar organlari kadrlar bilan taʼminlash boʻlinmasi (guruhi) nomzod haqidagi maʼlumotlarni oʻrganib chiqish jarayonida mazkur Nizomda nomzodlarga qoʻyilgan talablarga javob bermaydigan holatlar aniqlanganda, bu haqida 3 kun ichida nomzodga xabar beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Tuman (shahar) ichki ishlar organlari huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlimi (boʻlinmasi) nomzodning “Toʻmaris izdoshlari” jamoaviy guruhiga qabul qilinganligi toʻgʻrisida 3 kun ichida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari va viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmalariga xabar beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari va viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmalari “Toʻmaris izdoshlari” jamoaviy guruhlari aʼzolarining tuman (shahar) ichki ishlar organlari huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlinmalari xotin-qizlar masalalari boʻyicha katta inspektorlariga biriktirilganligi boʻyicha vazirlikning Jamoat xavfsizligi departamenti Huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmati hamda Oila va xotin-qizlar qoʻmitasiga axborot beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. “Toʻmaris izdoshlari” jamoaviy guruhlari aʼzolari xizmat olib borish jarayonida ajralib turishlari uchun 9x12 hajmdagi 3x4 rasm joylashtirilgan beyjik bilan taʼminlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Tuman (shahar) ichki ishlar organlari “Toʻmaris izdoshlari” jamoaviy guruhlarining shakllantirilishi va faoliyat koʻrsatishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. “Toʻmaris izdoshlari” jamoaviy guruhlari faoliyatini samarali tashkil etish boʻyicha javobgarlik tuman (shahar) ichki ishlar organlari huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlimlari (boʻlinmalari) boshliqlari va xotin-qizlar masalalari boʻyicha katta inspektorlari zimmasiga yuklatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. “Toʻmaris izdoshlari” jamoaviy guruhlari oʻz faoliyatini ichki ishlar organlari huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlinmalarining xotin-qizlar masalalari boʻyicha katta inspektorlari bilan birgalikda olib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Toʻmaris izdoshlari” jamoaviy guruhlari faoliyatiga bevosita rahbarlik hududiy ichki ishlar organlari huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlinmalarining xotin-qizlar masalalari boʻyicha katta inspektorlari tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Toʻmaris izdoshlari” jamoaviy guruhlari oʻz faoliyati samaradorligi yuzasidan tuman (shahar) ichki ishlar organlari huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlinmalarining xotin-qizlar masalalari boʻyicha katta inspektorlari oldida hisob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Toʻmaris izdoshlari” jamoaviy guruhlari ichki ishlar organlari huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlinmalarining xotin-qizlar masalalari boʻyicha katta inspektorlari bilan huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan profilaktika tadbirlarining tashkil etilishi hamda oʻtkazilishida tuman (shahar) oila va xotin-qizlar boʻlimlari bilan birga ishtirok etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Tuman (shahar) ichki ishlar organlari huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlinmalarining xotin-qizlar masalalari boʻyicha katta inspektorlari quyidagilarni amalga oshiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Toʻmaris izdoshlari” jamoaviy guruhlarining vazifa va funksiyalari davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari, shu jumladan, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari bilan hamkorlikda amalga oshirilishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Toʻmaris izdoshlari” jamoaviy guruhlariga yuklatilgan vazifalarni bajarishga qaratilgan aniq koʻrsatmalarni, oʻzaro aloqa hamda hamkorlik qilish yoʻnalishlarini belgilab beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Toʻmaris izdoshlari” jamoaviy guruhlarining faoliyatini va yuklatilgan vazifalarni bajarish jarayonidagi xatti-harakatlarini muntazam nazorat qilib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Toʻmaris izdoshlari” jamoaviy guruhlari tomonidan maʼlum qilingan huquqbuzarlik faktlari va huquqbuzarlik bilan bogʻliq boshqa holatlarni birgalikda hal etish choralarini koʻradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Toʻmaris izdoshlari” jamoaviy guruhlari aʼzolari oʻrtasida tegishli hududda osoyishtalikni taʼminlash bilan bogʻliq vazifalarni bajarishda, birinchi navbatda, qonun ustuvorligini taʼminlash, qonunchilikka va jamiyatda yurish-turish qoidalariga rioya etish zarurligi yuzasidan tushuntirish ishlarini olib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. “Toʻmaris izdoshlari” jamoaviy guruhlari aʼzolariga qonunga xilof topshiriqlar, huquqbuzarlik alomatlari mavjud boʻlgan maʼlumotlarni hamda bevosita ichki ishlar organlari vakolati doirasiga kiruvchi topshiriq va vazifalarni berish, ularni davlat hamda xizmat siriga ega boʻlgan hujjatlar bilan tanishtirish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Tuman (shahar) ichki ishlar organlari huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlinmalarining xotin-qizlar masalalari boʻyicha katta inspektorlari bilan kelishgan holda “Toʻmaris izdoshlari” jamoaviy guruh aʼzolari faoliyati ularning sonidan kelib chiqib belgilangan yoʻnalish boʻyicha har kuni 3 soatdan koʻp boʻlmagan vaqtda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Toʻmaris izdoshlari” jamoaviy guruhlarining faoliyati ularning oʻqish va ish jarayoniga salbiy taʼsir etmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. “Toʻmaris izdoshlari” jamoaviy guruhlari aʼzolarining xizmatga chiqishi boʻyicha tuman (shahar) ichki ishlar organlari huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlinmalarining xotin-qizlar masalalari boʻyicha katta inspektori hamda tuman (shahar) oila va xotin-qizlar boʻlim boshliqlari bilan kelishgan holda oylik jadval ishlab chiqiladi va tuman (shahar) ichki ishlar organlari huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlinmalari boshliqlari tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uzrli sabablar mavjud boʻlganda (tibbiy xulosaga koʻra sogʻligʻining yomonlashuvi, yaqin qarindoshlarining vafot etishi) “Toʻmaris izdoshlari” jamoaviy guruhlari tarkibida faoliyat olib bormagan shaxslarning oldingi xizmat soatlari bir yilgacha saqlab qolinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Toʻmaris izdoshlari” jamoaviy guruhlari aʼzolarining yashash manzili oʻzgarganda, ular yangi yashash manzilidagi mahallada oldingi xizmat soatlari qoʻshilgan holda oʻz faoliyatini davom ettirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. “Toʻmaris izdoshlari” jamoaviy guruhlari aʼzolarining hujjatlari xizmatga (oʻqishga) qabul qilishda hamda ragʻbatlantirishda ularning belgilangan yoʻnalish boʻyicha bir yil davomida umumiy 360 soat vaqt mobaynida faoliyat yuritganligi uchun asos hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. “Toʻmaris izdoshlari” jamoaviy guruhlari aʼzolari quyidagi hollarda guruh safidan chiqariladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vafot etganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz xohishiga (arizasiga) koʻra;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman (shahar) ichki ishlar organlari huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlinmalarining xotin-qizlar masalalari boʻyicha katta inspektorini xabardor qilmagan holda uzluksiz uch kun davomida belgilangan vazifasini bajarmaganda hamda mazkur Nizom talablarini buzganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sogʻligʻi holati yoki boshqa uzrli sabablarga koʻra uch oy davomida oʻz vazifalarini bajara olmay qolganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi tugatilganda yoki chet davlat fuqaroligini olganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sodir etgan jinoyati uchun sudning hukmi, ajrimi, qarori qonuniy kuchga kirganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sudning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori asosida bedarak yoʻqolgan deb topilgan yoxud vafot etgan deb eʼlon qilinganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Xotin-qizlarni “Toʻmaris izdoshlari” jamoaviy guruhlari tarkibidan chiqarish tuman (shahar) ichki ishlar organlari huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlinmalarining xotin-qizlar masalalari boʻyicha katta inspektorlarining tavsiyasiga koʻra tuman (shahar) ichki ishlar organlari huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlimlari (boʻlinmalari) boshliqlari tomonidan amalga oshiriladi va bu haqida uch kun muddatda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmalari hamda viloyat oila va xotin-qizlar boshqarmalari boshliqlari xabardor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Xotin-qizlar “Toʻmaris izdoshlari” jamoaviy guruhlari aʼzoligidan chiqarilgan taqdirda, ularga tavsiyanoma berilmaydi hamda ularning “Toʻmaris izdoshlari” jamoaviy guruhida faoliyat olib borgan muddati hisobga olinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. “Toʻmaris izdoshlari” jamoaviy guruhi safidan chiqarilgan xotin-qizlar oʻz xohishiga koʻra guruhga yangidan aʼzo boʻlishni soʻrab yozgan arizasi boʻyicha bir oydan soʻng “Toʻmaris izdoshlari” jamoaviy guruhlari tarkibiga qayta qabul qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. “Toʻmaris izdoshlari” jamoaviy guruhlari aʼzolarining vazifalari, huquqlari va majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Quyidagilar “Toʻmaris izdoshlari” jamoaviy guruhi aʼzolarining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xotin-qizlarning huquq va erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilishda hamkorlikda tadbirlarda ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xotin-qizlar oʻrtasida huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirishga koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholi oʻrtasida oʻtkazilayotgan profilaktik tadbirlarda xotin-qizlar muammolarini oʻrganish hamda ularni hal etishning maqbul yoʻllarini aniqlashda yordam koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrta, oʻrta maxsus va professional taʼlim muassasalarida taʼlim olayotgan qizlarning xulq-atvoriga salbiy taʼsir koʻrsatayotgan hamda ularning huquq va manfaatlari buzilishi bilan bogʻliq masalalarni aniqlashda koʻmaklashish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Toʻmaris izdoshlari” jamoaviy guruhlari aʼzolari ushbu vazifalarni bevosita ichki ishlar organlari xodimlari ishtirokida amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Toʻmaris izdoshlari” jamoaviy guruhlari joylarda tuman (shahar) oila va xotin-qizlar boʻlimlari tomonidan xotin-qizlar orasida qonuniylik va huquq-tartibotni taʼminlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish boʻyicha oʻtkaziladigan tadbirlarda faol ishtirok etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. “Toʻmaris izdoshlari” jamoaviy guruhlari aʼzolari quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamoat tartibiga, xavfsizlikka, jamiyatda yurish-turish va odob-axloq qoidalariga xotin-qizlar tomonidan rioya qilinmagan hollarda, tegishli organlar bilan birgalikda tushuntirish ishlarini olib borish va tashkil etishda qatnashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xotin-qizlar tomonidan hamda ularga nisbatan sodir etilayotgan huquqbuzarliklarni toʻxtatishni talab qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududda istiqomat qiluvchi xotin-qizlar oʻrtasidagi turli nizolarni hal etishda, ular tomonidan sodir etilgan huquqbuzarliklarni aniqlash va ularni ushlashda, oʻzining xatti-harakatlari bilan huquqbuzarlik sodir etish ehtimoli boʻlgan xotin-qizlar bilan huquqiy-tarbiyaviy mazmundagi suhbatlarda va qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda boshqa profilaktik chora-tadbirlarda bevosita ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
huquq-tartibotni mustahkamlash va jamoat tartibini taʼminlash yuzasidan olib borilayotgan faoliyat samaradorligini oshirishga doir takliflarni ichki ishlar organlariga kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichki ishlar organlari huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlinmalarining xotin-qizlar masalalari boʻyicha katta inspektoridan oʻz xizmat vazifalarini bajarish uchun shart-sharoitlar yaratishni hamda amaliy yordam koʻrsatishni talab qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Quyidagilar “Toʻmaris izdoshlari” jamoaviy guruhlarining majburiyatlari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolar bilan muloqotda vazmin va xushmuomala boʻlish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsiy xavfsizlik qoidalariga rioya etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzining ijtimoiy-siyosiy, huquqiy bilimlarini oshirib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
huquqni muhofaza qilish organlari xodimlariga ushbu Nizomda koʻrsatilgan vazifalarni bajarishda koʻmaklashish va ularning qonuniy talablarini bajarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xotin-qizlar tomonidan jinoyat va huquqbuzarliklar sodir etilganda yoki ular bilan baxtsiz hodisalar yuz berganda bu haqida zudlik bilan ichki ishlar organlariga va boshqa tegishli tashkilotlarga xabar berish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. “Toʻmaris izdoshlari” jamoaviy guruhlari aʼzolariga oʻzlariga yuklatilgan vazifalarni bajarish vaqtida quyidagilar taqiqlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
odob-axloq qoidalariga zid xatti-harakatlar sodir etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolarga nisbatan jismoniy kuch ishlatish (zaruriy mudofaa va oxirgi zarurat bundan mustasno);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
huquq-tartibot organlari xodimlari xizmat faoliyati davomida foydalanadigan maxsus vositalar, oʻqotar qurollarni ishlatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzini huquq-tartibot organlari xodimi deb tanishtirish yoki ularning vakolatlaridan foydalanish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. “Toʻmaris izdoshlari” jamoaviy guruhlari faoliyatini monitoring qilish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. “Toʻmaris izdoshlari” jamoaviy guruhlari faoliyati tuman (shahar) ichki ishlar organlari huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlinmalarining xotin-qizlar masalalari boʻyicha katta inspektorlari hamda ichki ishlar organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlinmalari va tuman (shahar) oila va xotin-qizlar boʻlimlari tomonidan monitoring qilib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. “Toʻmaris izdoshlari” jamoaviy guruhlari faoliyatining monitoringi natijalari tuman (shahar) ichki ishlar organlari huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlinmalari boshliqlari tomonidan tuman (shahar) oila va xotin-qizlar boʻlimlari vakillari ishtirokida har yarim yil yakuni boʻyicha muhokama qilib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Vazirlik Jamoat xavfsizligi departamenti Huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmati boshligʻining oʻrinbosari “Toʻmaris izdoshlari” jamoaviy guruhlarining faoliyati ustidan umumiy rahbarlikni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. “Toʻmaris izdoshlari” jamoaviy guruhlari aʼzolari amalga oshirilgan ishlar yuzasidan oʻz hisobotlarini (keyingi oʻrinlarda — hisobotlar) har chorakning oxirgi kunida tuman (shahar) ichki ishlar organlari huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlinmalarining xotin-qizlar masalalari boʻyicha katta inspektorlari va tuman (shahar) oila va xotin-qizlar boʻlimlariga taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar organlari huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlinmalarining xotin-qizlar masalalari boʻyicha katta inspektori hisobotlarni oʻrganib, tahlil qiladi va umumlashtirib, keyingi oyning 5-kuniga qadar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari va viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmalariga taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman (shahar) ichki ishlar organlari huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlinmalarining xotin-qizlar masalalari boʻyicha katta inspektorlari hisobotlarning haqqoniyligiga shaxsan javobgar hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari va viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmalari hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlar oila va xotin-qizlar boshqarmalari ushbu hisobotlarni oʻrganib, umumlashtiradi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmati hamda Oila va xotin-qizlar qoʻmitasiga taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Mahalliy ijroiya hokimiyat organlari va yoshlar yetakchilari “Toʻmaris izdoshlari” jamoaviy guruhlari bilan hamkorlikni faqat ushbu Nizomda belgilangan vazifalar doirasida xotin-qizlar masalalari boʻyicha katta inspektor bilan kelishgan holda amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. “Toʻmaris izdoshlari” jamoaviy guruhlarini ushbu Nizomda hamda boshqa qonunchilik hujjatlarida koʻrsatilmagan vazifalarni bajarishga jalb etish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar organlarining xotin-qizlar masalalari boʻyicha boʻlinmalari huzuridagi “Toʻmaris izdoshlari” jamoaviy guruhlari faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Toʻmaris izdoshlari” jamoaviy guruhlarini shakllantirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar nomi

Bajarish muddatlari

1-bosqich

18 — 30 yoshdagi xotin-qizlar

1. Tuman (shahar) ichki ishlar organlari huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlimlari (boʻlinmalari) huzurida tashkil etilgan “Toʻmaris izdoshlari” jamoaviy guruhi aʼzoligiga qabul qilish boʻyicha tuman (shahar) ichki ishlar organlari yoki oila va xotin-qizlar boʻlimlari boshliqlari nomiga ariza bilan murojaat qiladi.

Ixtiyoriy muddatda

2. Tuman (shahar) oila va xotin-qizlar boʻlimi rahbari arizani belgilangan tartibda oʻrganish asosida, tuman (shahar) ichki ishlar organlari boshliqlari nomiga yozma ravishda tavsiya kiritadi.

10 kun ichida

2-bosqich

Tuman (shahar) ichki ishlar organlari kadrlar bilan taʼminlash guruhi (boʻlinmasi) boʻlimlari

“Toʻmaris izdoshlari” jamoaviy guruhlari aʼzoligiga qabul qilishda nomzodlarni oʻrganib chiqib, ular bilan tuman (shahar) ichki ishlar organlari huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlinmasi boshligʻi, tuman (shahar) ichki ishlar organlari huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlinmalarining xotin-qizlar masalalari boʻyicha katta inspektori hamda tuman (shahar) oila va xotin-qizlar boʻlimlari vakili ishtirokida suhbat tashkil etadi.

15 kun ichida

3-bosqich

Tuman (shahar) ichki ishlar organlari

Tuman (shahar) ichki ishlar organlari rahbarlari “Toʻmaris izdoshlari” jamoaviy guruhlari faoliyatini tashkil etish va guruh aʼzoligiga nomzodlarni qabul qilish yoki rad etish toʻgʻrisida tuman (shahar) oila va xotin-qizlar boʻlimlari rahbarlari bilan kelishilgan holda qaror qabul qiladi.

3 kun ichida

4-bosqich

Tuman (shahar) ichki ishlar organlari huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlinmalari

“Toʻmaris izdoshlari” jamoaviy guruhlari aʼzoligiga nomzodlar qabul qilinganligi haqida Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIV, Toshkent shahar va Toshkent viloyati IIBB va viloyatlar IIBlari Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmalari hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlar oila va xotin-qizlar boshqarmalariga maʼlumot taqdim etadi.

3 kun ichida

5-bosqich

Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIV, Toshkent shahar va Toshkent viloyati IIBB va viloyatlar IIBlari Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmalari

“Toʻmaris izdoshlari” jamoaviy guruhlari tashkil etilganligi va guruh aʼzolarining tuman (shahar) ichki ishlar organlari huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlinmalarining xotin-qizlar masalalari boʻyicha katta inspektorlariga biriktirilganligi boʻyicha Ichki ishlar vazirligi Huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmati hamda Oila va xotin-qizlar qoʻmitasiga axborot beradi.

10 kun ichida

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar organlarining xotin-qizlar masalalari boʻyicha boʻlinmalari huzuridagi “Toʻmaris izdoshlari” jamoaviy guruhlari faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

NAMUNA

___________________________________________
__________________________________________ga

(Ichki ishlar organi rahbarining unvoni, F.I.O.)

___________________________________________

(F.I.O., tugilgan sanasi, tugilgan joyi)

___________________________________________
________________________________________dan
___________________________________________

(telefon raqami)

20____ yil “____” ______________

ARIZA

Meni xotin-qizlar oʻrtasida huquqbuzarlik profilaktikasini tashkil etish va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida koʻmaklashish maqsadida ichki ishlar organlari xotin-qizlar masalalari boʻyicha boʻlinmalari huzurida tashkil etilgan “Toʻmaris izdoshlari” jamoatchilik guruhi aʼzoligiga qabul qilishingizni soʻrayman.

F.I.O.‎

imzo‎

sana‎

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar organlarining xotin-qizlar masalalari boʻyicha boʻlinmalari huzuridagi “Toʻmaris izdoshlari” jamoaviy guruhlari faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

NAMUNA

__________________________________ga

(yuborilayotgan tuman (shahar) ichki ishlar organi nomi)

TAVSIYANOMA

Gʻiyosova Azizaxon Shohrux qizini tumani (shahar) ichki ishlar organlari Huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlimi “Toʻmaris izdoshlari” jamoatchilik guruhiga aʼzo sifatida qabul qilish uchun tavsiya qilamiz.

Izoh. Ushbu tavsiyanoma tuman (shahar) oila va xotin-qizlar boʻlimining tashabbusi bilan “Tumaris izdoshlari” jamoatchilik guruhiga qabul qilish huquqini beradi.

Tuman (shahar) oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi

imzo‎

F.I.O.‎

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 19-yanvardagi 21-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar organlarining xotin-qizlar masalalari boʻyicha boʻlinmalari huzuridagi “Toʻmaris izdoshlari” jamoaviy guruhlari aʼzolariga huquq-tartibot organlarining oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishi uchun tavsiyanoma berish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom ichki ishlar organlari xotin-qizlar masalalari boʻyicha boʻlinmalari huzuridagi “Toʻmaris izdoshlari” jamoaviy guruhlariga (keyingi oʻrinlarda — “Toʻmaris izdoshlari” jamoaviy guruhlari) jalb qilingan xotin-qizlarning kvota asosida Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi tizimidagi Jamoat xavfsizligi universitetiga (keyingi oʻrinlarda — huquq-tartibot organlarining oliy taʼlim muassasalari) oʻqishga kirishi uchun tavsiyanoma berish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tavsiyanoma huquq-tartibot organlarining oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilishda belgilangan talablarga javob beradigan “Toʻmaris izdoshlari” jamoaviy guruhlari aʼzolariga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tavsiyanoma mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq belgilangan sxema boʻyicha bir yil muddat davomida umumiy 360 soat vaqt mobaynida belgilangan tuman (shahar)da faoliyat koʻrsatgan “Toʻmaris izdoshlari” jamoaviy guruhi aʼzosiga huquq-tartibot organlarining bitta oliy taʼlim muassasasiga oʻqishga kirishi uchun bir yildan koʻp boʻlmagan muddatga bir marta beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “Toʻmaris izdoshlari” jamoaviy guruhlari aʼzolariga huquq-tartibot organlarining oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun tavsiyanoma berishda quyidagi mezonlar inobatga olinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz faoliyati davomida huquqbuzarliklar sodir etishga moyil boʻlgan xotin-qizlarni aniqlab, oʻz vaqtida ichki ishlar organlari huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlinmalarining xotin-qizlar masalalari boʻyicha katta inspektoriga kamida 5-marta xabar berganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Toʻmaris izdoshlari” jamoaviy guruhiga aʼzoligi vaqtida oʻziga yuklatilgan vazifalarni bajarishda, huquqbuzarlik profilaktikasini tashkil etishda, shuningdek, xotin-qizlar tomonidan sodir etilgan kamida 5 ta huquqbuzarlikni aniqlashda oʻz hissasini qoʻshganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
huquqbuzarlik sodir etgan xotin-qizlarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish va ijtimoiy moslashtirishda faol ishtirok etganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholi oʻrtasida oʻtkazilayotgan profilaktik tadbirlarda xotin-qizlar oʻrtasidagi mavjud muammolarni oʻrganish hamda ularni hal etishning maqbul yoʻllarini aniqlashda faol ishtirok etganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oila-turmush va odob-axloq doirasida muntazam ravishda huquqbuzarlik sodir etuvchi hamda boshqa gʻayriijtimoiy xulq-atvorga ega boʻlgan xotin-qizlarni, farzand tarbiyasiga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi yoki ular tarbiyasi bilan shugʻullanmaydigan ota-onalar, nosogʻlom turmush tarzida hayot kechirayotgan oilalarni aniqlashga, ularning ijtimoiy moslashuvini taʼminlashga, doimiy yashash manzillaridan uzoq muddatga chiqib ketgan xotin-qizlarni yashash manzillariga qaytarishga koʻmaklashganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman (shahar) oila va xotin-qizlar boʻlimlari tomonidan oila-turmush doirasida oʻtkaziladigan tadbirlarda kamida oʻn marotaba ishtirok etganligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tavsiyanoma blankasi qatʼiy hisobda turuvchi hujjat hisoblanadi, hisob seriyasi, raqami va himoyalanganlik darajasiga ega boʻladi, “Davlat belgisi” davlat ishlab chiqarish birlashmasida tayyorlanadi va uni tayyorlash bilan bogʻliq xarajatlar vazirlikning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Tavsiyanomani berish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. “Toʻmaris izdoshlari” jamoaviy guruhlari aʼzolariga huquq-tartibot organlarining oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishga tavsiyanoma berish masalalari har yili 15-fevraldan 10-martga qadar tuman (shahar) ichki ishlar organlari huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlimlari (boʻlinmalari) tomonidan tuman (shahar) oila va xotin-qizlar boʻlimlarining vakillari ishtirokida “Toʻmaris izdoshlari” jamoaviy guruhlari aʼzolari faoliyati davomida amalga oshirilgan ishlar natijadorligi yuzasidan berilgan xulosalar asosida koʻrib chiqiladi hamda quyidagi hujjatlar bilan birga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari hamda viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmalariga taqdim etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Toʻmaris izdoshlari” jamoaviy guruhi aʼzoligiga jalb qilinganligi toʻgʻrisidagi tegishli hujjatdan va oʻrta, oʻrta maxsus yoki kasb-hunar maʼlumotga ega ekanligini tasdiqlovchi hujjatdan nusxalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman (shahar) ichki ishlar organlari huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlimlari (boʻlinmalari)ning boshliqlari tavsifnomasi va “Toʻmaris izdoshlari” jamoaviy guruh aʼzosi sifatida amalga oshirgan ishlari boʻyicha tuman (shahar) ichki ishlar organlari huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlimlari (boʻlinmalari)ning xotin-qizlar masalalari boʻyicha katta inspektorining batafsil maʼlumotnomasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman (shahar) ichki ishlar organlari huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlimlari (boʻlinmalari)ning bevosita fikrnomasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur bandda nazarda tutilmagan hujjatlarni taqdim etishni talab qilish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Tegishli hujjatlar 15-martdan 1-aprelga qadar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari hamda viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmalari tomonidan koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari hamda viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmalarida oila va xotin-qizlar boshqarmalarining masʼul xodimlari ishtirokida tavsiyanomaga nomzod boʻlgan guruh aʼzolari bilan suhbat oʻtkaziladi. Bunda suhbat jarayonining ochiqligini taʼminlash maqsadida nomzodlarning ota-onalari (qonuniy vakillar) ushbu suhbatda bevosita ishtirok etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suhbatda nomzodlarning bilimlari savol-javob oʻtkazish yoʻli bilan tekshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suhbat natijalari boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari hamda viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmalari masʼul xodimlari tomonidan xulosa tayyorlanadi va boshqarma boshliqlari tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi ichki ishlar vaziri, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari hamda viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari boshliqlarining nomzodlarga tavsiyanoma berish toʻgʻrisidagi xulosalari vazirlik Jamoat xavfsizligi departamenti Huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmatiga 25-aprelga qadar yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Xulosalar vazirlik Jamoat xavfsizligi departamenti Huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmati huzurida tuziladigan, Oila va xotin qizlar qoʻmitasi vakili kiritilgan ishchi guruh tomonidan 1-mayga qadar koʻrib chiqiladi, munosib deb topilgan nomzodlarga mazkur Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakldagi Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining oʻrinbosari — Jamoat xavfsizligi departamenti boshligʻi tomonidan tasdiqlanadigan tavsiyanoma beriladi hamda ular huquq-tartibot organlarining oliy taʼlim muassasalariga har yili 15-mayga qadar yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Tavsiyanomaga ega boʻlgan nomzodlarga belgilangan tartibda saralashning barcha bosqichlaridan muvaffaqiyatli oʻtganidan soʻng huquq-tartibot organlarining oliy taʼlim muassasalariga yakka tartibdagi suhbatsiz (test sinovlarisiz) kvota asosida oʻqishga kirish huquqi beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Tavsiyanomaga ega boʻlgan nomzodlar huquq-tartibot organlarining oliy taʼlim muassasalariga qabul qilishning umumiy sonidan ikki foizli kvotalarga muvofiq qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Tavsiyanomaga asosan oʻqishga qabul qilingan kursant oʻqishdan chetlashtirilgan taqdirda (shu jumladan, oʻz xohishi bilan oʻqishdan ketganda), ularga tavsiyanoma qayta berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. “Toʻmaris izdoshlari” jamoaviy guruhlari aʼzolariga huquq-tartibot organlarining oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun tavsiyanomalar berish bilan bogʻliq masalalar boʻyicha qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda yuqori turuvchi organga yoki sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar organlarining xotin-qizlar masalalari boʻyicha boʻlinmalari huzuridagi “Toʻmaris izdoshlari” jamoaviy guruhlari aʼzolariga huquq-tartibot organlarining oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishi uchun tavsiyanoma berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Toʻmaris izdoshlari” jamoaviy guruhlariga jalb qilingan xotin-qizlarga tavsiyanoma berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Subyektlar

Bajarish tartibi

Bajarish muddatlari


1-bosqich

Tuman (shahar) ichki ishlar organlari huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlimlari (boʻlinmalari)

“Toʻmaris izdoshlari” jamoaviy guruhlari aʼzolariga huquq-tartibot organlarining oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishda imtiyoz beradigan tavsiyanomalarni berish masalalarini tuman (shahar) oila va xotin-qizlar boʻlimlarining masʼul xodimlari ishtirokida qoʻrib chiqadi va Nizomda belgilangan hujjatlarni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari hamda viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmalariga taqdim etadi.

Har yili 15-fevraldan 10-martga qadar


2-bosqich

Qoraqalpogʻiston Respublikasi ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmalari

1. Tuman (shahar) ichki ishlar organlari rahbarlari tomonidan taqdim etilgan hujjatlar asosida tavsiyanomaga nomzod boʻlgan guruh aʼzolari bilan osha va xotin-qizlar boshqarmalarining masʼul xodimlari hamda “Toʻmaris izdoshlari” jamoaviy guruhlari aʼzolarining ota-onalari (qonuniy vakillari) ishtirokida ochiq suhbat tashkil etiladi.

2. Suhbat natijalari boʻyicha boshqarma boshliqlari tomonidan tasdiqlanadigan xulosa shakllantiriladi va Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmatiga yuboriladi.

Har yili 15-martdan 1-aprelgacha


3-bosqich

Huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmati

1. Taqdim etilgan xulosalar Huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmati huzurida tuziladigan, Oila va xotin qizlar qoʻmitasi vakili kiritilgan ishchi guruh tomonidan koʻrib chiqiladi.

2. Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining oʻrinbosari — Jamoat xavfsizligi departamenti boshligʻi tomonidan tasdiqlanadigan tavsiyanomalar beriladi.

Har yili 1-maygacha


4-bosqich

Huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmati

“Toʻmaris izdoshlari” jamoaviy guruhlariga jalb qilingan xotin-qizlarga berilgan tavsiyanomalarni Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi xamda Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Jamoat xavfsizligi universitetiga yuboradi.

Har yili 15-maygacha


5-bosqich

Taʼlim muassasalari

Tavsiyanoma berilgan “Toʻmaris izdoshlari” jamoaviy guruhlari aʼzolari belgilangan tartibda saralashning barcha bosqichlaridan muvaffaqiyatli oʻtganidan soʻng huquq-tartibot organlarining oliy taʼlim muassasalariga yakka tartibdagi suhbatsiz (test sinovlarisiz) kvota asosida oʻqishga qabul qilinadi.

Har yili 5-iyulgacha

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar organlarining xotin-qizlar masalalari boʻyicha boʻlinmalari huzuridagi “Toʻmaris izdoshlari” jamoaviy guruhlari aʼzolariga huquq-tartibot organlarining oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishi uchun tavsiyanoma berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

NAMUNA

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI ICHKI ISHLAR VAZIRLIGI

100029, Toshkent shahri, Yunus Rajabiy koʻchasi, 1-uy. web: www.iiv.uz e-mail: info@iiv.uz exat: iiv@exat.uz

____/_____

20___ yil “___” _____________

______________________________

(yuborilayotgan oʻquv muassasasi nomi)

TAVSIYANOMA

Gʻiyosova Azizaxon Shohrux qizi 2022-yil 1-sentabrdan 15-aprelga qadar 360 soat mobaynida “Toʻmaris izdoshlari” jamoatchilik guruhida aʼzo sifatida _______________ tumani (shahri) ichki ishlar organlari Huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlimi xotin-qizlar masalalari boʻyicha katta inspektori bilan hamkorlikda faoliyat koʻrsatdi.

A. Gʻiyosova oʻziga biriktirilgan hududda jamoat xavfsizligini taʼminlash, xotin-qizlar oʻrtasida huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida targʻibot tadbirlarida ichki ishlar organlariga faol koʻmaklashdi.

Yuqoridagilarni inobatga olib, “Toʻmaris izdoshlari” jamoatchilik guruhi aʼzosi Gʻiyosova Azizaxon Shohrux qizini belgilangan tartibda ragʻbatlantirish sifatida _______________ oliy taʼlim muassasasiga oʻqishga kirish boʻyicha tavsiya etamiz.

Izoh. Ushbu tavsiyanoma huquq-tartibot idoralarining oliy taʼlim muassasalariga belgilangan tartibda saralashning barcha bosqichlaridan muvaffaqiyatli oʻtganidan soʻng yakka tartibdagi suhbatsiz (test sinovlarisiz) kvota asosida oʻqishga kirish huquqini beradi.

Vazir oʻrinbosari

imzo

F.I.O.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 19-yanvardagi 21-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-dekabrdagi 958-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasining kunduzgi taʼlim shakliga nomzodlarni tanlash va oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan qoʻshimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 2-band quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Toʻmaris izdoshlari” jamoaviy guruhlari aʼzolariga Akademiyaga kirish uchun kursantlarni qabul qilishning umumiy sonidan ikki foizli kvota ajratiladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagi mazmundagi 491-band bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“491. “Toʻmaris izdoshlari” jamoaviy guruhlari aʼzolari ajratilgan ikki foizli kvotalar doirasida dastlabki va maxsus kasbiy tanlovda (yozma ish, umumjismoniy tayyorgarlik va chet tillarini oʻzlashtirganlik darajalarini baholash boʻyicha) toʻplanishi mumkin boʻlgan eng yuqori ballning 50 foizidan koʻp ball toʻplaganda tavsiyanoma asosida oʻqishga qabul qilinadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda oʻrinlar maxsus kasbiy tanlov natijalari boʻyicha toʻplangan ballardan kelib chiqib, ketma-ketlik tartibida taqsimlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ajratilgan ikki foizli kvota oʻrinlariga qabul qilinmagan nomzodlar maxsus kasbiy tanlov natijalari boʻyicha toʻplagan ballari bilan umumiy tartibda tanlovda ishtirok etadilar”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.01.2023-y., 09/23/21/0039-son; 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son))