Hujjat kuchini yo‘qotgan 23.03.2021 06.07.2005 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1487
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirli Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining Qarori, 06.07.2005 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1487
Кучга кириш санаси
16.07.2005
Hujjat kuchini yo‘qotgan 23.03.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI SOGʻLIQNI SAQLASh VAZIRLIGINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
AHOLIGA QONUN HUJJATLARIGA MUVOFIQ BEPUL TIBBIY YORDAM KOʻRSATAYOTGAN STATSIONAR DAVOLASh MUASSASALARI UChUN DORI-DARMON VOSITALARI VA TIBBIYOT BUYuMLARINI SOTIB OLISh TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2005-yil 6-iyulda 1487-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2021-yil 23-fevraldagi 11-sonli, Sogʻliqni saqlash vazirligining 2021-yil 22-fevraldagi 143-sonli ““Aholiga qonun hujjatlariga muvofiq bepul tibbiy yordam koʻrsatayotgan statsionar davolash muassasalari uchun dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlarini sotib olish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 1487-1, 23.03.2021-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 14-yanvardagi 19-sonli “Dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari sotishni tartibga solish toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining QT, 1-son, 4-modda) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Sogʻliqni saqlash vazirligi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ilova qilinayotgan Aholiga qonun hujjatlariga muvofiq bepul tibbiy yordam koʻrsatayotgan statsionar davolash muassasalari uchun dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlarini sotib olish toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya vaziri S. RAHIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2005-yil 21-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
56-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sogʻliqni saqlash vaziri F. NAZIROV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2005-yil 21-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligining
2005-yil 21-iyundagi 56, 4-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholiga qonun hujjatlariga muvofiq bepul tibbiy yordam koʻrsatayotgan statsionar davolash muassasalari uchun dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlarini xarid qilish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 14-yanvardagi 19-sonli “Dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari sotishni tartibga solish toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining QT, 1-son, 4-modda) asosan ishlab chiqilgan hamda amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq aholiga bepul tibbiy yordam koʻrsatayotgan Oʻzbekiston Respublikasining statsionar davolash muassasalari uchun dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlarini davlat budjeti mablagʻlari hisobiga sotib olish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq aholiga bepul tibbiy yordam koʻrsatayotgan statsionar (davolash-profilaktika va sanitariya-epidemiologiya) davolash muassasalari uchun davlat budjeti mablagʻlari hisobiga dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlarini sotib olish Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar sogʻliqni saqlash boshqarmalari, ularning shaharlar va tumanlardagi boʻlinmalari hamda tibbiyot-sanitariya xizmatlarining kafolatlangan hajmi doirasida aholiga bepul tibbiy yordam koʻrsatilishini taʼminlaydigan yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan davolash-profilaktika va sanitariya-epidemiologiya muassasalari (keyingi oʻrinlarda — buyurtmachilar deb yuritiladi) tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tibbiyot-sanitariya xizmatlarining kafolatlangan hajmi quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) shoshilinch, kechiktirib boʻlmaydigan tibbiy yordam koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) sogʻliqni saqlashning birlamchi boʻgʻinida va bir qator davlat davolash-profilaktika muassasalarida, eng avvalo qishloq joylarda tibbiy xizmatlar koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) bir qancha yuqumli kasalliklarga qarshi aholini immunizatsiya va vaksinatsiya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) ijtimoiy ahamiyatga molik boʻlgan kasalliklar va atrofdagilar uchun xavf tugʻdiradigan kasalliklar(sil, onkologik, psixiatrik, narkologik, endokrinologik, infeksion, tanosil kasalligi, OITS, maxov va kasb kasalligiga chalingan bemorlar) boʻyicha ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) bolalarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish va davolash (pullik kasalxonalardan tashqari);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) chaqiriq komissiyalarining yoʻllanmalari boʻyicha 15—17 yoshli oʻsmirlarni va chaqiriq yoshdagi shaxslarni (18—27 yosh) tibbiy koʻrikdan oʻtkazish va davolash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) tugʻruqqa yordam berish xizmatlari (pullik muassasalardan tashqari);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) davlat davolash-profilaktika muassasalarida imtiyozli toifaga kiruvchi mijozlarni (nogironlar, urush faxriylari, gʻirt yetimlar) davolash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi ham rezidentlari, ham norezidentlari boʻlgan yuridik shaxslar aholiga amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq bepul tibbiy xizmat koʻrsatayotgan statsionar davolash muassasalari uchun dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari yetkazib beruvchilari boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi aholiga bepul tibbiy yordam koʻrsatayotgan davolash-profilaktika va sanitariya-epidemiologiya muassasalarining buyurtmalari asosida xalqaro patentlanmagan nomlar boʻyicha dori-darmon vositalariga hamda ushbu muassasalarining ixtisosli formulyarlariga kiritilgan farmatsevtika mahsulotlariga kelgusi yil uchun davlat buyutmasini tuzadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlarga davlat buyurtmasini koʻrib chiqadi hamda buyurtma summasini kelgusi moliyaviy yil uchun Davlat budjeti loyihasiga kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Navbatdagi moliyaviy yilga Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti tasdiqlangandan keyin Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ushbu maqsadlar uchun budjetdan ajratilgan mablagʻlar hajmini belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligiga maʼlum qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlarini sotib olish va ularga boʻlgan ehtiyojni aniqlash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq aholiga bepul tibbiy xizmat koʻrsatish uchun dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlarini sotib olishga tayyorgarlik koʻrish va sotib olish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda taʼminlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan roʻyxat boʻyicha shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatish uchun dori-darmon vositalarini va tibbiyot buyumlarini sotib olish, shuningdek, ularni davlat ehtiyojlari uchun import qilish, ushbu maqsadlar uchun budjetdan ajratilgan hajmlardan kelib chiqib, ochiq tender savdolarida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Narkoz uchun vaksinalar, zardoblar, preparatlar hamda narkotik moddalarni xarid qilish yopiq tender savdolarida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlarini respublika ishlab chiqaruvchilaridan xarid qilish, qoidaga koʻra, davolash-profilaktika va sanitariya-epidemiologiya muassasalari tomonidan toʻgʻridan toʻgʻri shartnomalar boʻyicha amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitta shartnoma boʻyicha qiymati 100 ming AQSh dollari ekvivalentidan koʻp boʻlgan dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlarini xarid qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 21-noyabrdagi 456-sonli qaroriga muvofiq tender asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Shifoxonalar uchun dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari importi, odatda, chakana dorixonalarda sotiladigan dori preparatlari oʻramlaridan farq qiladigan nostandart (angro) idishlarda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlariga, shuningdek bepul tibbiy yordam koʻrsatish uchun davolash-profilaktika va sanitariya-epidemiologiya muassasalarining ixtisosli formulyarlariga kiritilgan farmatsevtika mahsulotlariga ehtiyojni aniqlash, ularni davolash-profilaktika va sanitariya-epidemiologiya muassasalarida saqlash, ulardan foydalanish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining davolash-profilaktika va sanitariya-epidemiologiya muassasalarida mazkur Nizomning ijro etilishini taʼminlashni nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining Nazorat inspeksiyasiga yuklanadi.
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 27-son, 194-modda)