16.01.2023 yildagi PF-12-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Odil sudlov faoliyatini amalga oshirishni samarali tashkil etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-yanvardagi “Odil sudlovga erishish imkoniyatlarini yanada kengaytirish va sudlar faoliyati samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-11-son Farmoni ijrosini samarali ta’minlash maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Bosh prokuror (N. Yo‘ldoshev):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan Odil sudlovni amalga oshirishga ko‘maklashish bo‘yicha ixtisoslashgan prokurorlar korpusi (keyingi o‘rinlarda — Ixtisoslashgan prokurorlar korpusi) faoliyatida 2023-yil 1-sentabrga qadar “Sudlarda prokuror ishtiroki” axborot tizimini yaratib, dastlab sinov tarzida ishga tushirsin hamda 2024-yildan amaliyotga to‘liq joriy etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy sud bilan birgalikda 2023-yil 1-iyuldan Bosh prokuratura va Oliy sud axborot tizimlarini integratsiya qilish yo‘li bilan o‘zaro hujjat almashinuvini to‘liq yo‘lga qo‘ysin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining emblemasi namunasi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, emblemani tayyorlash va saqlash hamda undan foydalanish tartibi Oliy sud raisi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Odil sudlov faoliyatini amalga oshirish uchun jalb etilgan resurslardan samarali foydalanilishini ta’minlash maqsadida Oliy sud Sudyalar oliy kengashi, Bosh prokuratura va Adliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilg‘or xorijiy tajribadan kelib chiqqan holda ayrim toifadagi fuqarolik, iqtisodiy va ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rish vakolatini tegishliligi bo‘yicha ma’muriy organlarga o‘tkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ayrim toifadagi jinoyat, fuqarolik, iqtisodiy va ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni quyi instansiya sudlarining o‘zida yakunlash tartibini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolik va iqtisodiy ishlar bo‘yicha taraflarni kelishtirish va mediatsiya institutini keng joriy etish bo‘yicha asoslantirilgan takliflarni ishlab chiqsin va belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritilishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy sud Sudyalar oliy kengashi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda 2023-yil 1-iyulga qadar ushbu bandda nazarda tutilgan yangi mexanizmlar joriy etilishi natijasida ish yuklamasi maqbullashtirilgan sudlarning shtat birliklarini samarali taqsimlash bo‘yicha asoslantirilgan takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritilishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Bosh prokuror (N. Yo‘ldoshev) Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda ilg‘or xorijiy tajribani hamda sudlarda ko‘riladigan ish hajmini inobatga olib, ayrim yo‘nalishlarda prokuror nazoratini qisqartirish, shuningdek, Bosh prokuratura huzuridagi tashkilotlar shtat birliklarini maqbullashtirish hisobidan Ixtisoslashgan prokurorlar korpusi shtat birliklari sonini ko‘paytirish bo‘yicha takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ixtisoslashgan prokurorlar korpusi xodimlari o‘z faoliyatini samarali amalga oshirishlari uchun Oliy sud (B. Islamov) sud binolarida alohida xizmat xonalari ajratilishini, Bosh prokuror (N. Yo‘ldoshev) mazkur xonalarning jihozlanishini ta’minlash choralarini ko‘rsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Raqamli texnologiyalar vazirligi (Sh. Shermatov):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
doimiy ravishda sud hokimiyati organlari faoliyatini raqamlashtirish bo‘yicha belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli ijro etilishiga ko‘maklashib borsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy sud (B. Islamov) bilan birgalikda har chorakda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-sentabrdagi “Sud hokimiyati organlari faoliyatini raqamlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4818-son qarori ijrosini monitoring qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 2-ilovaga muvofiq o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oliy sud manfaatdor idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur Farmon ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib Oliy sud raisi B. Islamov hamda Bosh prokuror N. Yo‘ldoshev belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmon ijrosini nazorat qilish va ijro uchun mas’ul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari S.U. Umurzakov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 16-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-12-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-yanvardagi PF-12-son Farmoniga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining emblemasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TAVSIFI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining emblemasi (keyingi o‘rinlarda — emblema) quyidagi ko‘rinishga ega: uning markazida O‘zbekiston Respublikasi xaritasi, adolat tarozisi, kitob tasvirlangan bo‘lib, o‘ng va chap tomonlarida sudyalarning maxsus kiyimidagi nishon ramzlari va naqshlari aks ettirilgan. Emblema sakkizburchak shaklda bo‘lib, ichki qismi esa doirasimon shaklda tasvirlangan. Doiraning ustki qismida aylanasi bo‘ylab “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI” so‘zlari, pastki qismida aylanasi bo‘ylab “OLIY SUDI” so‘zlari yozilgan. Yozuvlar nishonlar va naqsh bezaklari bilan ajratilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Emblema donolik, ulug‘vorlik va yuksaklikni ifoda etuvchi oltin, oq, to‘q ko‘k, och yashil va och ko‘k ranglar ko‘rinishida aks ettirilgan. Sakkizburchak, doiraning naqshlari, undagi so‘zlar, adolat tarozisi — oltin rangida, kitob — oltin zarhal bilan hoshiyalangan holda oq rangda, O‘zbekiston Respublikasi xaritasi och yashil va och ko‘k rangda, doiraning ichki qismi oltin zarhal bilan hoshiyalangan holda och yashil va och ko‘k rangda, doiraning aylana yon qismlari — oltin zarhal bilan hoshiyalangan holda to‘q ko‘k rangda tasvirlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Doiraning markazidagi xarita — O‘zbekiston Respublikasini hududini anglatadi. Markazdagi tarozi odillik mezonini anglatib turuvchi ramz ma’nosida, kitob esa, sudyalar odil sudlovni faqat Konstitutsiya va qonunlarga qat’iy rioya qilgan holda amalga oshirishini ifodalaydi. Doiraning ikki yon chetining o‘rtasida sudyalarning maxsus kiyimida aks ettirilgan nishon ramzi tushirilgan. Nishon — O‘zbekiston Respublikasi gerbida tasvirlangan sakkizburchak bilan boyitilgan doiradan iborat. Ikki tomon nishonning orqa va pastki qismlarida milliylikni ifodalovchi aylanasi bo‘ylab naqsh bezaklari tasvirlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-yanvardagi PF-12-son Farmoniga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 21-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi sud tizimi tuzilmasini tubdan takomillashtirish va faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-4966-son Farmoni 9-bandida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) uchinchi xatboshidagi “200” raqami “208” raqami bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) beshinchi xatboshidagi “216” raqami “207” raqami bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-iyuldagi “Sudlar faoliyatini yanada takomillashtirish va odil sudlov samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6034-son Farmonida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 4-band “a” kichik bandining uchinchi va to‘rtinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Odil sudlov sohasidagi qonunchilikni tahlil qilish departamenti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamoatchilik bilan hamkorlik markazi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 5-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Sud-huquq sohasidagi qonunchilikni tahlil qilish boshqarmasini” so‘zlari “Odil sudlov sohasidagi qonunchilikni tahlil qilish departamentini” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) 6-bandning birinchi xatboshisi “apparati rahbari,” so‘zlaridan keyin “Departament direktori va” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) 1-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-iyuldagi PF-6034-son Farmoniga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TUZILMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Rais

Rais kotibiyati

(maslahatchi, bosh konsultant, katta konsultant)

3

Raisning birinchi o‘rinbosari — ma’muriy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati raisi

Rais o‘rinbosari — fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati raisi

Rais o‘rinbosari — jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati raisi

Rais o‘rinbosari — iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati raisi

Plenum kotibi

Odil sudlov sohasidagi qonunchilikni tahlil qilish departamenti

16

Ma’muriy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati

12

Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati

20

Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati

22

Iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati

14

Oliy sud huzuridagi Sudlar faoliyatini ta’minlash departamenti va uning hududiy bo‘limlari

68

Hay’at kotibiyati

6

Hay’at kotibiyati

12

Hay’at kotibiyati

15

Hay’at kotibiyati

7

“O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Axborotnomasi” hamda “Kuch adolatda” gazetasining birlashgan tahririyati

Ijro apparati

Apparat rahbari

Kadrlar boshqarmasi

10

Murojaatlar bilan ishlash boshqarmasi

14

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish va axborot xavfsizligini ta’minlash boshqarmasi

10

Jamoatchilik bilan hamkorlik markazi

6

Birinchi bo‘lim

1

Ishlar boshqarmasi

11

Tashkiliy-nazorat boshqarmasi

15

Buxgalteriya

4

Xalqaro-huquqiy bo‘lim

4

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jami boshqaruv xodimlari shtat birliklari soni — 208 ta, shu jumladan sudyalar — 73 ta.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: yordamchi xodimlar shtat birliklari soni o‘rnatilgan me’yorlarga muvofiq aniqlanadi.”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) 3-ilovadagi “216” raqami “207” raqami bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-yanvardagi “Sud organlari faoliyatini moliyalashtirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6134-son Farmoniga 3-ilovaning “Lavozimlar nomi” ustunida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) “Sud apparati rahbari” so‘zlaridan keyin “, Departament direktori” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) “Boshqarma boshlig‘i” so‘zlaridan keyin “, Departament direktorining o‘rinbosari” so‘zlari bilan to‘ldirilsin.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.01.2023-y., 06/23/12/0034-son)