Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining
Qarori
Notarial idoralar va advokatlik tuzilmalarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2023-yil 13-yanvarda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2020-5]
Oʻzbekiston Respublikasining “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-iyundagi 402-son “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar haqidagi” qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2009-yil 13-oktabrdagi 10-son va 39-son qarori (roʻyxat raqami 2020, 2009-yil 19-oktabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 43-son, 461-modda) bilan tasdiqlangan Notarial idoralar va advokatlik tuzilmalarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalariga ilovaga muvofiq qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi va Oʻzbekiston Notarial palatasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Adliya vaziri A. TAShKULOV
Toshkent sh.,
2023-yil 12-yanvar,
1-son
Bosh prokuratura huzuridagi Departament boshligʻi D. RAXIMOV
Toshkent sh.,
2023-yil 7-yanvar,
1-son
Kelishildi:
Notarial palata raisi D. AShUROV
2022-yil 30-dekabr
Advokatlar palatasi raisi A. ERNAZAROV
2022-yil 30-dekabr
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2023-yil 12-yanvardagi 1-son va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2023-yil 7-yanvardagi 1-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Notarial idoralar va advokatlik tuzilmalarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalariga kiritilayotgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar
1. 1-band quyidagi mazmundagi yigirmanchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“uchinchi tomon — Oʻzbekiston Respublikasi “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonunining 12-moddasida koʻrsatilgan pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar.”.
2. 13-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Hududiy adliya organi xodimi ichki nazorat qoidalariga rioya etilishi uchun javobgar shaxslarning taqdim etgan hisobotlari boʻyicha tahlil natijalari toʻgʻrisidagi hisobotni tayyorlaydi va bir yilda bir marta Adliya vazirligiga taqdim etadi.”.
3. Quyidagi mazmundagi 163-band bilan toʻldirilsin:
“163. Notarial idoralar yoki advokatlik tuzilmalari mazkur Qoidalarning 162-bandi ikkinchi — toʻrtinchi xatboshilarida nazarda tutilgan mijozlarni lozim darajada tekshirish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirgan uchinchi tomonlarning tekshirish natijalariga tayanishlari mumkin.
Mazkur hollarda mijozlarni lozim darajada tekshirish natijalari boʻyicha soʻnggi javobgarlik notarial idoralar yoki advokatlik tuzilmalarining zimmasida qoladi. Bunda notarial idoralar yoki advokatlik tuzilmalari:
mijozlarni lozim darajada tekshirish boʻyicha identifikatsiyalash maʼlumotlari va boshqa tegishli hujjatlar nusxalarini soʻrov asosida darhol olish imkoniyatiga ega boʻlishiga;
uchinchi tomon mazkur Qoidalar asosida ishlashiga ishonch hosil qilishi kerak.
Mazkur bandning uchinchi va toʻrtinchi xatboshilarida koʻrsatilgan talablaridan biriga rioya qilinmagan taqdirda, notarial idoralar yoki advokatlik tuzilmalari mijozlarni lozim darajada tekshirish boʻyicha chora-tadbirlarni mustaqil ravishda amalga oshirishlari kerak.”.
4. Quyidagi mazmundagi 171-band bilan toʻldirilsin:
“171. Agar, mavjud mijozning jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga aloqasi borligi haqida asoslantirilgan shubhalar mavjud boʻlganida va unga nisbatan mijozlarni lozim darajada tekshirish boʻyicha choralar amalga oshirayotganligi oshkor boʻlishi mumkinligini inobatga olgan holda bunday tekshirish boʻyicha choralar amalga oshirmasdan maxsus vakolatli davlat organga bir ish kundan kechiktirmay shubhali operatsiya haqida xabar yuborilishiga yoʻl qoʻyiladi.”.
5. 21-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“21. Notarial idora yoki advokatlik tuzilmasi mijoz tomonidan taqdim etilayotgan axborotni:
davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlardan mijoz haqida olingan maʼlumotlardan foydalanish;
mijozning avvalgi notarial idoralar yoki advokatlik tuzilmalari bilan oʻzaro munosabatlarini oʻrganish;
mijozning ishchanlik obroʻsi toʻgʻrisidagi axborotni toʻplash orqali tekshirish;
boshqa erkin foydalanishi mumkin boʻlgan axborot manbalari orqali tekshirishga haqlidir.”.
6. Quyidagi mazmundagi 211-band bilan toʻldirilsin:
“211. Mijozlarni lozim darajada tekshirish natijasida olingan maʼlumotlar ahamiyati va tavakkalchiliklardan kelib chiqqan holda hamda mijoz maʼlumotlarida oʻzgarishlar boʻlganda, yiliga kamida bir marotaba yangilanishi lozim.”.
7. 26-bandda:
yettinchi xatboshi “davlat organiga shubhali operatsiya toʻgʻrisida” degan soʻzlardan keyin “uch soat ichida” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
sakkizinchi xatboshidagi “(roʻyxat raqami 2833, 2016-yil 11-oktabr)” degan soʻzlar “(roʻyxat raqami 3327, 2021-yil 19-oktabr)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
8. 31-banddagi “ilovasida” degan soʻz “1-ilovasida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
9. 32-band “shu jumladan ish yozishmalarini” degan soʻzlardan keyin “, har qanday tahlil natijalarini” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
10. Ilova belgisidagi “ILOVA” degan soʻz “1-ILOVA” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
11. Mazkur qoʻshimcha va oʻzgartirishlarning ilovasiga muvofiq tahrirda 2-ilova bilan toʻldirilsin.
Notarial idoralar va advokatlik tuzilmalarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalariga kiritilayotgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlarga
ILOVA
ILOVA
“Notarial idoralar va advokatlik tuzilmalarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalariga
2-ILOVA
2-ILOVA
Mijoz — yuridik shaxsni va uning benefitsiar mulkdorini identifikatsiyalashda zarur boʻlgan
MAʼLUMOT
1. Toʻliq, shuningdek agar davlat roʻyxatidan oʻtganligi toʻgʻrisidagi guvohnomasida koʻrsatilgan boʻlsa, qisqartirilgan nomi.
2. Davlat roʻyxatidan oʻtganligi toʻgʻrisidagi maʼlumot: sana, raqam, roʻyxatga oluvchi organ nomi.
3. Soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami.
4. Joylashgan joyi (pochta manzili).
5. Davlat roʻyxatidan oʻtganligi toʻgʻrisidagi guvohnomada koʻrsatilgan boshqa maʼlumotlar.
6. Mavjud boʻlgan litsenziyalar yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar (berilgan sanasi va tartib raqami, kim tomonidan berilganligi, amal qilish muddati) yoxud xabarnoma qabul qilinganligi toʻgʻrisidagi tasdiqnoma (berilgan sanasi va tartib raqami, kim tomonidan berilganligi) haqidagi maʼlumotlar.
7. Mijoz nomidan ish koʻruvchi jismoniy shaxsning identifikatsiyasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
8. Mijozning taʼsischilari (aksiyadorlari, ishtirokchilari) haqidagi hamda ularning ustav fondi (kapitali)dagi ulushlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
9. Roʻyxatga olingan va toʻlangan ustav fondi (kapitali) miqdori toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
10. Mijozning boshqaruv organlari (yuridik shaxsning boshqaruv organlarining tuzilmasi va shaxsiy tarkibi) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
11. Bogʻlanish maʼlumotlari (telefon raqami, elektron pochta, veb-sayt (agar mavjud boʻlsa).”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.01.2023-y., 10/23/2020-5/0029-son)