Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2023-yil 13-yanvarda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3415]
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi va “Nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyalashtirish faoliyati toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Rais M. NURMURATOV
Toshkent sh.,
2022-yil 30-dekabr,
30/24-son
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2022-yil 30-dekabrdagi 30/24-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar
ROʻYXATI
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2018-yil 24-fevraldagi 7/11-son “Tijorat banklari va ularning filiallari rahbarlari, bosh buxgalterlari, boshqaruv aʼzolari, mikromoliya tashkilotlari hamda kredit byurolarining ijro organlari rahbarlariga nisbatan malaka talablarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 2989, 2018-yil 30-mart) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.03.2018-y., 10/18/2989/0968-son).
2. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2019-yil 23-fevraldagi 4/1-son “Tijorat banklari va ularning filiallari rahbarlari, bosh buxgalterlari, boshqaruv aʼzolari, mikrokredit tashkilotlari hamda kredit byurolarining ijro organlari rahbarlariga nisbatan malaka talablariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 2989-1, 2019-yil 11-mart) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.03.2019-y., 10/19/2989-1/2734-son).
3. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2022-yil 8-iyuldagi 14/8-son “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 3377, 2022-yil 1-avgust) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.08.2022-y., 10/22/3377/0696-son) ilovasining 1-bandi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.01.2023-y., 10/23/3415/0028-son)