Hujjat kuchini yo‘qotgan 13.01.2023 30.03.2018 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2989
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 13.01.2023
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tijorat banklari va ularning filiallari rahbarlari, bosh buxgalterlari, boshqaruv aʼzolari, mikromoliya tashkilotlari hamda kredit byurolarining ijro organlari rahbarlariga nisbatan malaka talablarini tasdiqlash toʻgʻrisida
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2022-yil 8-iyuldagi 14/8-sonli qarori (roʻyxat raqami 3377, 01.08.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.08.2022-y., 10/22/3377/0696-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 30-martda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2989]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2022-yil 30-dekabrdagi 30/24-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 3415, 13.01.2023-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tijorat banklari va ularning filiallari rahbarlari, bosh buxgalterlari, boshqaruv aʼzolari, mikromoliya tashkilotlari hamda kredit byurolarining ijro organlari rahbarlariga nisbatan malaka talablari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2022-yil 8-iyuldagi 14/8-sonli qarori (roʻyxat raqami 3377, 01.08.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.08.2022-y., 10/22/3377/0696-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy bank raisi M. NURMURATOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 24-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7/11-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 24-fevraldagi 7/11-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tijorat banklari va ularning filiallari rahbarlari, bosh buxgalterlari, boshqaruv aʼzolari, mikromoliya tashkilotlari hamda kredit byurolarining ijro organlari rahbarlariga nisbatan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MALAKA TALABLARI
(ilova nomi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2022-yil 8-iyuldagi 14/8-sonli qarori (roʻyxat raqami 3377, 01.08.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.08.2022-y., 10/22/3377/0696-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur malaka talablari Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq tijorat banklari va ularning filiallari rahbarlari, bosh buxgalterlari, boshqaruv aʼzolari, mikromoliya tashkilotlari hamda kredit byurolarining ijro organlari rahbarlari lavozimlariga tavsiya etilayotgan nomzodlarga qoʻyiladigan malaka talablarini belgilaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2022-yil 8-iyuldagi 14/8-sonli qarori (roʻyxat raqami 3377, 01.08.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.08.2022-y., 10/22/3377/0696-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur malaka talablari tijorat banklari va ularning filiallari rahbarlari, bosh buxgalterlari, boshqaruv aʼzolari, mikromoliya tashkilotlari hamda kredit byurolarining ijro organlari rahbarlari lavozimlariga yuqori malaka va salohiyatga ega boʻlgan mutaxassislarni tanlash maqsadida joriy etiladi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2022-yil 8-iyuldagi 14/8-sonli qarori (roʻyxat raqami 3377, 01.08.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.08.2022-y., 10/22/3377/0696-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tijorat banklari va ularning filiallari rahbarlari, bosh buxgalterlari, boshqaruv aʼzolari, mikromoliya tashkilotlari hamda kredit byurolarining ijro organlari rahbarlari lavozimiga tavsiya etilayotgan nomzodlar mazkur malaka talablariga javob berishi lozim.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2022-yil 8-iyuldagi 14/8-sonli qarori (roʻyxat raqami 3377, 01.08.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.08.2022-y., 10/22/3377/0696-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tijorat banklari va ularning filiallari rahbarlari, bosh buxgalterlari, boshqaruv aʼzolari, mikromoliya tashkilotlari hamda kredit byurolarining ijro organlari rahbarlari lavozimlarga tavsiya etilayotgan nomzodlar quyidagilarni bilishi kerak:
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2022-yil 8-iyuldagi 14/8-sonli qarori (roʻyxat raqami 3377, 01.08.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.08.2022-y., 10/22/3377/0696-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va bank faoliyatiga oid qonunlar, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining hamda boshqa vazirlik va idoralarning idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarini, shu jumladan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolik, xoʻjalik va mehnat qonunchiligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kreditlashning asosiy tamoyillari va tartibini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bank hisobotlarini tuzish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hisob-kitoblar va toʻlovlarni amalga oshirish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moliyaviy hisobotlar, buxgalteriya hisobining milliy va xalqaro standartlari bank ichki kredit siyosati va kreditlash tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kichik biznesni kreditlash tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
omonatlarni qabul qilish va ularni berish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bankni korporativ boshqarish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichki audit vazifalari va faoliyati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pul muomalasini tashkil etish va kassa operatsiyalarini amalga oshirish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chet el valyutasi bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshirish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bazel qoʻmitasining bank faoliyatiga oid asosiy tavsiyanomalarini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalari;
(3-bandning oʻn beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 23-fevraldagi 4/1-sonli qarori (roʻyxat raqami 2989-1, 11.03.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.03.2019-y., 10/19/2989-1/2734-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bankka aloqador boʻlgan shaxslar bilan bitimlar tuzish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiy normativlarni va talablarni, shu jumladan kapital monandligiga, bank likvidliligiga, bir qarz oluvchi yoki bir-biriga daxldor qarz oluvchilar guruhiga toʻgʻri keluvchi tavakkalchiliklar boʻyicha iqtisodiy normativlarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ehtimoliy yoʻqotishlarni qoplash uchun zaxiralar shakllantirish tartibini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kompyuter va bank faoliyatida zaruriy bank dasturlaridan foydalanishni.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Tijorat banklari rahbari lavozimiga tavsiya etilayotgan nomzodlarga qoʻyiladigan malaka talablari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tijorat banklarining Bosh banklari rahbarlari lavozimlariga quyidagi malaka talablari qoʻyiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tijorat banklari boshqaruvi raisi lavozimiga tavsiya etilayotgan nomzod (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi nomenklaturasiga kiruvchi lavozimlardan tashqari) oliy iqtisodiy maʼlumotga, bank-moliya yoʻnalishida kamida oʻn yillik ish stajiga, shu jumladan kamida besh yil bank tizimida rahbarlik lavozimlarida ish tajribasiga ega boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tijorat banklari boshqaruvi raisi oʻrinbosari lavozimiga tavsiya etilayotgan nomzod (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi nomenklaturasiga kiruvchi lavozimlardan tashqari) oliy iqtisodiy maʼlumotga, bank-moliya yoʻnalishida kamida yetti yillik ish stajiga, shu jumladan kamida uch yil bank tizimida rahbarlik lavozimlarida ish tajribasiga ega boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tijorat banklari boshqaruvi aʼzosi lavozimiga tavsiya etilayotgan nomzod oliy iqtisodiy maʼlumotga, bank-moliya yoʻnalishida kamida besh yillik ish stajiga, shu jumladan kamida ikki yil bank tizimida rahbarlik lavozimlarida ish tajribasiga ega boʻlishi lozim, Bosh bankning bosh buxgalteri lavozimiga tavsiya etilayotgan nomzod bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu bandning ikkinchi — toʻrtinchi xatboshilarida koʻrsatilgan lavozimlarga qoʻyilgan ish stajiga nomzodlarning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi hamda Markaziy bankida faoliyat koʻrsatgan davrdagi ish staji qoʻshib hisoblanadi.
(4-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 23-fevraldagi 4/1-sonli qarori (roʻyxat raqami 2989-1, 11.03.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.03.2019-y., 10/19/2989-1/2734-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tijorat banklari boshqaruvi aʼzoligiga bankning yuridik xizmati rahbari kiritilgan taqdirda, u oliy yuridik maʼlumotga hamda bank tizimida kamida uch yillik ish tajribasiga ega boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Tijorat banklarining boshqaruvi aʼzosi — bosh buxgalteri lavozimiga tavsiya etilayotgan nomzod oliy iqtisodiy maʼlumotga, bank-moliya yoʻnalishida kamida olti yillik ish stajiga, shu jumladan kamida uch yil bank buxgalteriya yoʻnalishida rahbarlik lavozimlarida ish tajribasiga ega boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Tijorat banklarining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi (mintaqaviy) filiali (bundan buyon matnda mintaqaviy filial deb yuritiladi) rahbari lavozimiga tavsiya etilayotgan nomzod oliy iqtisodiy maʼlumotga, bank-moliya yoʻnalishida kamida besh yillik ish stajiga, shu jumladan kamida ikki yil bank tizimida rahbarlik lavozimlarida ish tajribasiga ega boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mintaqaviy filial bosh buxgalteri lavozimiga tavsiya etilayotgan nomzod oliy iqtisodiy maʼlumotga, bank-moliya yoʻnalishida kamida besh yillik ish stajiga, shu jumladan kamida ikki yil bank buxgalteriya yoʻnalishi boʻyicha ish tajribasiga ega boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Tijorat banklarining tuman (shahar) filiali rahbari lavozimiga tavsiya etilayotgan nomzod oliy iqtisodiy maʼlumotga, bank-moliya yoʻnalishida kamida toʻrt yillik ish stajiga, shu jumladan kamida ikki yil bank tizimida rahbarlik lavozimlarida ish tajribasiga ega boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tijorat banklarining tuman (shahar) filiali bosh buxgalteri lavozimiga tavsiya etilayotgan nomzod oliy iqtisodiy maʼlumotga, bank-moliya yoʻnalishida kamida toʻrt yillik ish stajiga, shu jumladan kamida ikki yil bank buxgalteriya yoʻnalishi boʻyicha ish tajribasiga ega boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Tijorat banklari va ularning filiallari rahbari lavozimiga tavsiya etilayotgan nomzodlar quyidagi hollarda lavozimiga muvofiq emas deb topiladi hamda ular ushbu lavozimlarga tayinlanishi mumkin emas:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
amalga oshirgan harakatlari yuridik shaxslarni bankrotlikka yoki ularning moliyaviy ahvoli yomonlashuviga olib kelganligi toʻgʻrisida dalillar maʼlum boʻlgan taqdirda, bankrotlikka uchragan yoki moliyaviy ahvoli yomonlashgan banklar, kredit uyushmalari, mikromoliya tashkilotlari va boshqa yuridik shaxslarning sobiq rahbarlari, boshqaruv va kuzatuv kengashi aʼzolari hamda yirik ishtirokchilari (ustav kapitalida 10 foiz va undan koʻp miqdorda ovoz beruvchi aksiyalar yoxud ulushga ega boʻlgan shaxslar) boʻlgan nomzodlar;
(9-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2022-yil 8-iyuldagi 14/8-sonli qarori (roʻyxat raqami 3377, 01.08.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.08.2022-y., 10/22/3377/0696-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sud qarori bilan mazkur lavozimda ishlash huquqi cheklangan nomzodlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzaro yaqin qarindosh boʻlgan shaxslar bir bankda rahbarlik yoki moddiy javobgarlik bilan bogʻliq lavozimlarda biri ikkinchisiga bevosita boʻysunib yoxud uning nazorati ostida birga ishlovchi nomzodlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Tijorat banklarining rahbarlarini lavozimiga tayinlashda yoki ular lavozimidan ozod etilganda tijorat banklarining Bosh banki tarkibidagi, ularning mintaqaviy filiallari, tuman (shahar) filiallari rahbarlari tarkibidagi barcha oʻzgarishlar tegishli buyruq chiqqanidan keyin 3 ish kunida tijorat bankining rasmiy veb-saytida joylashtirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Mikromoliya tashkilotlari hamda kredit byurolari ijro organlari rahbarlari lavozimiga tavsiya etilayotgan nomzodlarga qoʻyiladigan malaka talablari
(3-bob nomi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2022-yil 8-iyuldagi 14/8-sonli qarori (roʻyxat raqami 3377, 01.08.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.08.2022-y., 10/22/3377/0696-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Mikromoliya tashkilotlari ijro organi rahbari lavozimiga tavsiya etilayotgan nomzod oliy iqtisodiy maʼlumotga, besh yildan kam boʻlmagan umumiy ish stajiga, shu jumladan kredit tashkilotlarida yoki bank-moliya yoʻnalishida kamida uch yillik ish tajribasiga ega boʻlishi lozim.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2022-yil 8-iyuldagi 14/8-sonli qarori (roʻyxat raqami 3377, 01.08.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.08.2022-y., 10/22/3377/0696-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Kredit byurolarining ijro organi rahbari lavozimiga tavsiya etilayotgan nomzod oliy iqtisodiy maʼlumotga, besh yildan kam boʻlmagan umumiy ish stajiga, shu jumladan kredit amaliyoti bilan bogʻliq uch yillik ish tajribasiga ega boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Mikromoliya tashkilotlari va kredit byurolarining ijro organi rahbari lavozimiga tavsiya etilayotgan nomzodlar quyidagi hollarda lavozimiga muvofiq emas deb topiladi hamda ushbu lavozimga tayinlanishi mumkin emas:
(13-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2022-yil 8-iyuldagi 14/8-sonli qarori (roʻyxat raqami 3377, 01.08.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.08.2022-y., 10/22/3377/0696-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
amalga oshirgan harakatlari yuridik shaxslarning bankrotlikka yoki moliyaviy ahvoli yomonlashuviga olib kelganligi toʻgʻrisida dalillar maʼlum boʻlgan taqdirda, bankrotlikka uchragan yoki moliyaviy ahvoli yomonlashgan banklar, kredit uyushmalari, mikromoliya tashkilotlari va yuridik shaxslarning sobiq rahbarlari, boshqaruv va kuzatuv kengashi aʼzolari hamda yirik ishtirokchilari (ustav kapitalida 10 foiz va undan koʻp miqdorda ovoz beruvchi aksiyalar yoxud ulushlarga ega boʻlgan shaxslar) boʻlgan nomzodlar;
(13-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2022-yil 8-iyuldagi 14/8-sonli qarori (roʻyxat raqami 3377, 01.08.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.08.2022-y., 10/22/3377/0696-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sud qarori bilan ushbu lavozimda ishlash huquqi cheklangan nomzodlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Yakuniy qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Mazkur malaka talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.03.2018-y., 10/18/2989/0968-son; 11.03.2019-y., 10/19/2989-1/2734-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 01.08.2022-y., 10/22/3377/0696-son)