Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining
qarori
2022-yil dekabr oyida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi hamda Qonunchilik palatasi majlislarida koʻrib chiqiladigan masalalar toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
1. 2022-yil dekabr oyida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining majlislarida koʻrib chiqiladigan masalalar kalendar rejasi 1-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
2. 2022-yil dekabr oyida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining majlislarida koʻrib chiqiladigan masalalar kalendar rejasi 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
*1 va 2-ilovalar berilmaydi.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2022-yil 5-dekabr,
2718-IV-son