Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining
buyrugʻi
“Oʻzbekiston Respublikasi budjet hisobining standarti (3-sonli BHS) “Budjet hisoboti”ni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyruqqa qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2023-yil 11-yanvarda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3124-5]
1. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2018-yil 18-dekabrdagi 157-son “Oʻzbekiston Respublikasi budjet hisobining standarti (3-sonli BHS) “Budjet hisoboti”ni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3124, 2019-yil 18-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2019-y., 3-son, 57-modda) ilovaga muvofiq qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir T. IShMETOV
Toshkent sh.,
2022-yil 27-dekabr,
70-son
Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2022-yil 27-dekabrdagi 70-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
“Oʻzbekiston Respublikasi budjet hisobining standarti (3-sonli BHS) “Budjet hisoboti”ni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyruqqa kiritilayotgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar
1. Buyruq quyidagi mazmundagi 11-band bilan toʻldirilsin:
“11. Belgilab qoʻyilsinki, 2022-yil uchun yillik moliyaviy hisobot 2022-yilda amal qilgan tartib va shakllar asosida taqdim etiladi.”.
2. Oʻzbekiston Respublikasi budjet hisobining standarti (3-sonli BHS) “Budjet hisoboti”da:
a) 15-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“15. Budjet mablagʻlarini oluvchilar Davlat budjeti mablagʻlari boʻyicha Moliya vazirligiga (tegishli hududiy moliya organlariga) chorak (yil) uchun Balans (1-son shakl)ni, Xarajatlar smetasining ijrosi haqidagi hisobot (2-son shakl)ni, Debitorlik va kreditorlik qarzlar toʻgʻrisidagi maʼlumotni hamda Tovar-moddiy zaxiralar va nomoliyaviy aktivlar harakati toʻgʻrisidagi hisobotni mazkur Standartning talablariga muvofiq holda taqdim etadi.”;
b) 30-bandning toʻrtinchi xatboshisidagi “kasb-hunar taʼlimi muassasalarida” degan soʻzlar “professional taʼlim tashkilotlarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
v) 52-bandning ikkinchi va toʻrtinchi xatboshilaridagi, 67-bandning ikkinchi va toʻrtinchi xatboshilaridagi hamda 114-bandning toʻrtinchi xatboshisidagi “muassasalarida” degan soʻz “tashkilotlarida” degan soʻz bilan almashtirilsin;
g) 160-bandning toʻqqizinchi xatboshisidagi “Moliyaviy holat toʻgʻrisida balans hisobot” degan soʻzlar “Davlat budjeti ijrosining balansi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
d) 2-ilovaning “Koʻrsatgichlar” ustunidagi “kasb-hunar taʼlimi muassasalarida” degan soʻzlar “professional taʼlim tashkilotlarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
e) 8-ilovaning “Tushumlarning nomi” ustunidagi “Maktabgacha taʼlim muassasalarida” degan soʻzlar “Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
j) 13-ilovada:
nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Davlat budjeti ijrosining balansi”;
031-qatori chiqarib tashlansin;
032-qatorning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzurida yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan budjetdan tashqari Davlat aktivlarini boshqarish, transformatsiya va xususiylashtirish jamgʻarmasining hisoblangan daromadlari (510 300)”;
034 va 035-qatorlar chiqarib tashlansin;
051-qatordagi “kasb-hunar taʼlimi muassasalarida” degan soʻzlar “professional taʼlim tashkilotlarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.01.2023-y., 10/23/3124-5/0016-son)