07.01.2023 yildagi 7-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorijiy davlatlar fuqarolariga Oʻzbekiston Respublikasida yashash guvohnomasini olish huquqini berish bilan bogʻliq qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni roʻyxatga olish tartibini soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 28-sentabrdagi 593-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakatimizda turizm salohiyatini jadal rivojlantirish, investitsiyaviy jozibadorlikni oshirish, shuningdek, chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni roʻyxatga olish tartibini soddalashtirish borasida tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashab qolish uchun ruxsatnoma olish, ularning identifikatsiya ID-kartasini rasmiylashtirish va doimiy roʻyxatga olinishi boʻyicha taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqish uzoq muddat talab etishi va bu borada ortiqcha bosqichlar mavjudligi, shuningdek, mamlakat iqtisodiyotiga koʻchmas mulk sotib olish orqali yirik investitsiya kiritgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga yashash guvohnomasini olish huquqini taqdim etish tartibi qonunchilik hujjatlarida aniq belgilab berilmaganligi dolzarb muammo boʻlib qolmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar tomonidan ularni roʻyxatga olish boʻyicha taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqish muddatlarini qisqartirish, ortiqcha byurokratik toʻsiqlarni bartaraf etish va ushbu tartib-tamoyillarni elektron tizim yordamida amalga oshirish imkoniyatini yaratish hamda koʻchmas mulk sotib olish orqali yirik investitsiya kiritgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga yashash guvohnomasini olish huquqini berish maqsadida, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida turizmni rivojlantirishga doir chora tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 5-yanvardagi PF-5611-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni roʻyxatga olish tartibini soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 28-sentabrdagi 593-son qaroriga ilovaga muvofiq quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi va boshqa xorijiy davlatlar oʻrtasida tuzilgan xalqaro shartnomalarda nazarda tutilgan xorijiy davlatlar fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlish tartibini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashab qolish uchun ruxsatnoma olish, ularning identifikatsiya ID-kartasini rasmiylashtirish va doimiy roʻyxatga olinishi boʻyicha taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqish tartibini takomillashtirish va muddatlarini qisqartirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashab qolish uchun ruxsatnoma olish, ularning identifikatsiya ID-kartasini rasmiylashtirish va doimiy roʻyxatga olinishi boʻyicha taqdim etilgan hujjatlarni qabul qilish, kelishish va ruxsat berishni elektron tizim yordamida amalga oshirish imkoniyatini yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻchmas mulk sotib olish orqali yirik investitsiya kiritgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga yashash guvohnomasini olish huquqini berish imkoniyatini yaratish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 7-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 7-yanvardagi 7-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni roʻyxatga olish tartibini soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 28-sentabrdagi 593-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Qarorga 1-ilovaga muvofiq tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi hududida chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Respublikasi va boshqa chet davlatlar oʻrtasida tuzilgan xalqaro shartnomalarda nazarda tutilgan xorijiy davlatlar fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlish tartibi mazkur shartnomalarda qayd etilgan talablarga muvofiq belgilanadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-bandning “a” kichik bandidagi “vaqtda” soʻzi “vaqtning oʻzida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28-banddagi “paytda” soʻzi “vaqtning oʻzida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32 va 37-bandlarning ikkinchi xatboshilaridagi “vaqtda” soʻzi “vaqtning oʻzida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“33. Joylashtirish vositalari, shu jumladan, sanatoriy va pansionatlarning belgilangan tartibda sertifikatsiz va “E-mehmon” dasturisiz hamda davolash muassasalarining “E-mehmon” dasturisiz faoliyat yuritishi taqiqlanadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nizomga 3-ilovaning “Ijro muddatlari” ustuni “joylashtirish vositalari maʼmuriyati” va “davolash muassasalari maʼmuriyati” pozitsiyalaridagi “real vaqt rejimida” soʻzlari “murojaat qilgan vaqtning oʻzida” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Qarorga 2-ilovaga muvofiq tasdiqlangan Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni Qoraqalpogʻiston Respublikasida va viloyatlarda doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bandga quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi qoʻshilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“elektron tizim — “E-Chet el fuqaro” dasturi (chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashashga ruxsatnoma berishning avtomatlashtirilgan axborot tizimi)”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
beshinchi — toʻqqizinchi xatboshilar tegishincha oltinchi — oʻninchi xatboshilar deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi 181-band qoʻshilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“181. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-yanvardagi PF-5611-son Farmonining 5-bandi va mazkur Farmonga 6-ilovaga muvofiq Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarga (Toshkent viloyatidan tashqari) boshqa davlatlardan kelgan va doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olinish huquqiga ega boʻlgan hamda koʻchmas mulk sotib olgan chet el fuqarolari (Roʻyxatning 11-bandi) doimiy yashashga ruxsatnoma olish uchun viloyat yoki shahar hududidagi MvaFRBga mazkur Nizomning 8-bandida koʻrsatilgan hujjatlardan tashqari uy-joy mulkdorining (mulkdorlarining) uy-joy maydoni berish toʻgʻrisidagi arizasi (roziligi) yoxud shaxsan topshirish imkoni boʻlmaganda, notarial tasdiqlangan arizasi (roziligi)ni taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻchmas mulk davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar MvaFRB tomonidan Kadastr agentligidan “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali soʻrab olinadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi xatboshidagi “ikki hafta ichida” soʻzlari “oʻn ish kunida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“IIV Huquqiy statistika va tezkor hisob maʼlumotlar markazidan ariza beruvchiga doir maʼlumotlarni soʻrab oladi hamda hujjatlarni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasiga (keyingi oʻrinlarda — QR IIV MvaFRB) yoki viloyat ichki ishlar boshqarmasining MvaFRBga (keyingi oʻrinlarda — IIB MvaFRB) elektron tizim orqali yuboradi, ular taqdim etilgan hujjatlarni uch ish kuni ichida tekshiradi va ariza beruvchi haqidagi maʼlumotlarni tegishli vakolatli organga elektron tizim orqali yuboradi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23 — 25-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“23. Vakolatli organ yigirma ish kunida maʼlumotlarni oʻrganadi va tegishli tartibda elektron tizim orqali javob yuboradi. QR IIV MvaFRB va IIB MvaFRB tegishli vakolatli organning ijobiy fikri olingan kundan boshlab oʻn besh ish kunida Oʻzbekiston Respublikasi IIV Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasining (keyingi oʻrinlarda — IIV MvaFRBB) asoslantirilgan javob xatini olish, chet el fuqarosi va fuqaroligi boʻlmagan shaxsga doimiy yashash uchun identifikatsiya ID-kartasini rasmiylashtirish va doimiy roʻyxatga olish boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi ichki ishlar vaziri oʻrinbosari, viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari tomonidan imzolangan xulosani tayyorlaydi va tegishli hujjatlarni IIV MvaFRBBga nazorat tartibida koʻrib chiqish uchun elektron tizim orqali yuboradi, Roʻyxatning 9-bandi va Nizomning 19-bandida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IIV MvaFRBB hujjatlarni oʻrganish jarayonida ariza beruvchining shaxsini, boshqa davlat fuqaroligiga mansubligini aniqlash maqsadida xalqaro shartnoma mavjud boʻlgan xorijiy davlatning vakolatli organiga soʻrovnoma yuborishi mumkin. Xalqaro shartnoma mavjud boʻlmagan taqdirda, soʻrovnoma IIV tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi orqali yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IIV MvaFRBB tegishli hujjatlar kelib tushgan (soʻrovnomaga javob olingan) kundan boshlab oʻn besh ish kunida chet el fuqarosi va fuqaroligi boʻlmagan shaxsga doimiy yashash uchun identifikatsiya ID-kartasini rasmiylashtirish yoki rasmiylashtirishni rad etish yuzasidan asoslantirilgan javob xati IIV MvaFRBB boshligʻi yoki oʻrinbosari tomonidan imzolanadi hamda hujjatlarni QR IIV MvaFRB va IIB MvaFRBga elektron tizim orqali yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. IIV MvaFRBBning asoslantirilgan javob xati olingach, QR IIV MvaFRB va IIB MvaFRB ikki ish kunida hujjatlarni tegishli MvaFRBga chet el fuqarosi va fuqaroligi boʻlmagan shaxsga doimiy yashash uchun identifikatsiya ID-kartasini rasmiylashtirish va doimiy roʻyxatga olish uchun elektron tizim orqali yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Roʻyxatning 9-bandi va mazkur Nizomning 19-bandi boʻyicha hujjat topshirgan chet el fuqarosi va fuqaroligi boʻlmagan shaxsga nisbatan tegishli vakolatli organning ijobiy javobi olingan taqdirda, QR IIV MvaFRB va IIB MvaFRB oʻn ish kunida IIV MvaFRBBning ijobiy javobini olmasdan xulosa qabul qiladi va bu haqda IIV MvaFRBBga yozma ravishda elektron tizim orqali maʼlumot yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QR IIV MvaFRB, IIB MvaFRBning ijobiy xulosasi va IIV MvaFRBBning asoslantirilgan ijobiy javob xati boshqa davlatlardan Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarga kelgan chet el fuqarosi va fuqaroligi boʻlmagan shaxsga belgilangan tartibda doimiy yashashga ruxsatnomani rasmiylashtirish va berish uchun asos hisoblanadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“34. IIV MvaFRBB tomonidan ijobiy javob xati olingan va ayni paytda uy-joy mulkdori tomonidan yozma rad javobi berilgan taqdirda, shuningdek, ariza beruvchi yoki uy-joy mulkdori xabardor qilingan kundan boshlab olti oy muddat ichida ariza beruvchi doimiy yashashga ruxsatnomani rasmiylashtirish uchun murojaat qilmasa, MvaFRB xulosani ijro qilish imkoniyati yoʻqligini yozma ravishda maʼlum qilgan holda, uch ish kunida ariza beruvchining shaxsiy yigʻmajildini QR IIV MvaFRB va IIB MvaFRBga yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QR IIV MvaFRB, IIB MvaFRB hujjatlarni oʻrganib chiqib, avvalgi ijobiy xulosani bekor qilish yuzasidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi ichki ishlar vaziri oʻrinbosari, viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari tomonidan tasdiqlanadigan xulosani qabul qiladi va bu haqda IIV MvaFRBBga yozma ravishda maʼlumot yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xulosa ariza beruvchining shaxsiy yigʻmajildiga biriktirilgan holda, ijro uchun MvaFRBga qaytarib yuboriladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Agar chet el fuqarosi va fuqaroligi boʻlmagan shaxsning doimiy roʻyxatga olinishi uchun boshqa asoslar mavjud boʻlmasa, MvaFRB besh ish kunida doimiy yashashga ruxsatnomani bekor qilish uchun shaxsiy yigʻma ish jildini IIV MvaFRB va IIB MvaFRBga yuboradi hamda bu haqda chet el fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxsni ogohlantiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QR IIV MvaFRB va IIB MvaFRB hujjatlarni oʻrganib chiqib, doimiy yashashga ruxsatnomani bekor qilish boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi ichki ishlar vaziri oʻrinbosari, viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari tomonidan tasdiqlanadigan asoslantirilgan qaror qabul qiladi va bu haqda IIV MvaFRBBga yozma ravishda maʼlumot yuboradi. Qaror shaxsiy yigʻma ish jildiga biriktirilgan holda, ijro uchun MvaFRBga qaytarib yuboriladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni Qoraqalpogʻiston Respublikasida va viloyatlarda doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni Qoraqalpogʻiston Respublikasida va viloyatlarda doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olish tartibi toʻgʻrisida nizomga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasida va viloyatlarda boshqa davlatlardan kelgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashashga ruxsatnoma berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Ijro muddatlari

1-bosqich

Chet el fuqarosi va fuqaroligi boʻlmagan shaxs

Belgilangan shakldagi ariza-anketani toʻldiradi va tegishli hujjatlar bilan vaqtincha roʻyxatdan oʻtgan joyi boʻyicha IIO MvaFR boʻlinmasiga murojaat qiladi.

Zarurat tugʻilganda

2-bosqich

MvaFR boʻlinmasi

1. Chet el fuqarosi va fuqaroligi boʻlmagan shaxsdan hujjatlarni qabul qilib olgandan keyin rasmiylashtiradi, ariza beruvchining shaxsiga oid maʼlumotlarni mavjud maʼlumotlar toʻplamidan tekshiradi.

2. IIV Huquqiy statistika va tezkor hisob maʼlumotlar markazidan ariza beruvchiga doir maʼlumotlarni soʻrab oladi hamda hujjatlarni elektron koʻrinishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va viloyatlar ichki ishlar boshqarmalarining Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmalariga elektron tizim orqali yuboradi.

Oʻn ish kuni davomida

3-bosqich

Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIV va viloyatlar IIB MvaFR boshqarmasi

Taqdim etilgan hujjatlarni oʻrgangan holda, chet el fuqarosi va fuqaroligi boʻlmagan shaxsning doimiy yashashga qolish maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisidagi fikrini olish uchun maʼlumotlarni vakolatli organga elektron tizim orqali yuboradi.

Uch ish kuni davomida

4-bosqich

Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIV va viloyatlar Davlat xavfsizlik xizmati boshqarmasi

Chet el fuqarosi va fuqaroligi boʻlmagan shaxsning doimiy yashashga qolishi maqsadga muvofiqligi yoki muvofiq emasligi toʻgʻrisidagi fikrini elektron tizim orqali yuboradi.

Yigirma ish kuni davomida

5-bosqich

Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIV va viloyatlar IIB MvaFR boshqarmasi

Ijobiy javob olingan taqdirda, xulosa tayyorlaydi va tegishli hujjatlarni Oʻzbekiston Respublikasi IIV Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasiga nazorat tartibida koʻrib chiqish va asoslantirilgan javob xatini olish uchun elektron tizim orqali yuboradi.

Oʻn besh ish kuni davomida

6-bosqich

Oʻzbekiston Respublikasi IIV MvaFR bosh boshqarmasi

Taqdim etilgan hujjatlarni oʻrganib chiqib, chet el fuqarosi va fuqaroligi boʻlmagan shaxsga doimiy yashash uchun identifikatsiya ID-kartasini rasmiylashtirish va doimiy roʻyxatdan oʻtkazish yoki rad etish yuzasidan asoslantirilgan javob xatini hamda hujjatlarni Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIV va viloyatlar IIB MvaFRBga elektron tizim orqali yuboradi.

Oʻn besh ish kun davomida

7-bosqich

Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIV va viloyatlar IIB MvaFR boshqarmasi

IIV MvaFRBBdan asoslantirilgan javob xati olingach, hujjatlarni chet el fuqarosi va fuqaroligi boʻlmagan shaxsga doimiy yashash uchun identifikatsiya ID-kartasini rasmiylashtirish va doimiy roʻyxatga olish uchun tegishli MvaFRBga elektron tizim orqali yuboradi.

Ikki ish kuni davomida

8-bosqich

MvaFR boʻlinmasi

Hujjatlarni olgach, ariza beruvchini doimiy yashashga ruxsatnoma berilganligi toʻgʻrisida xabardor qiladi, identifikatsiya ID-kartasini rasmiylashtirib bergach, doimiy roʻyxatga olishni rasmiylashtirish yuzasidan elektron soʻrovnoma shakllantiradi.

Chet el fuqarosi va fuqaroligi boʻlmagan shaxsning soʻroviga koʻra, QR-CODE bilan himoyalangan qayd varagʻini taqdim etadi.

Bir vaqtning oʻzida chet el fuqarosi va fuqaroligi boʻlmagan shaxsga Oʻzbekiston Respublikasida boʻlish qoidalari tushuntirilib, bu haqda undan tilxat oladi.

Uch ish kuni davomida

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar hududida doimiy yashashga ruxsatnoma berish yuzasidan hujjatlarning barchasini elektron tizim orqali olish imkoniyati yaratilgunga qadar MvaFRB tomonidan qabul qilish, koʻrib chiqish hamda vakolatli organga yuborish anʼanaviy tarzda amalga oshiriladi.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qarorga 3-ilovaga muvofiq tasdiqlangan Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bandga quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi qoʻshilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“elektron tizim — “E-Chet el fuqaro” dasturi (chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashashga ruxsatnoma berishning avtomatlashtirilgan axborot tizimi)”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
beshinchi — oʻninchi xatboshilar tegishincha oltinchi — oʻn birinchi xatboshilar deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“koʻchmas mulkni bank hisobvaraqlari orqali hisob-kitoblarni amalga oshirgan holda sotib olishlari mumkin” soʻzlaridan keyin “, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 28-avgustdagi PQ-3924-son qarori bilan tasdiqlangan Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda (Toshkent viloyatidan tashqari) boshqa davlatlardan kelgan va doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olinish huquqiga ega boʻlgan shaxslar — chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar toifalari roʻyxatining 11-bandida nazarda tutilgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar bundan mustasno” soʻzlari qoʻshilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi 201-band qoʻshilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“201. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-yanvardagi PF-5611-son Farmonining 5-bandi va mazkur Farmonga 6-ilovaga muvofiq Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga boshqa davlatlardan kelgan va doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olinish huquqiga ega boʻlgan hamda koʻchmas mulk sotib olgan chet el fuqarolari (Roʻyxatning 10-bandi) doimiy yashashga ruxsatnoma olish uchun viloyat yoki shahar hududidagi MvaFRBga mazkur Nizomning 11-bandida koʻrsatilgan hujjatlardan tashqari uy-joy mulkdorining (mulkdorlarining) uy-joy maydoni berish toʻgʻrisidagi arizasi (roziligi) yoxud shaxsan topshirish imkoni boʻlmaganda, notarial tasdiqlangan arizasi (roziligi)ni taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻchmas mulk davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar MvaFRB tomonidan Kadastr agentligidan “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali soʻrab olinadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi xatboshidagi “ikki hafta ichida” soʻzlari “oʻn ish kunida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“IIV Huquqiy statistika va tezkor hisob maʼlumotlar markazidan ariza beruvchiga doir maʼlumotlarni soʻrab oladi hamda hujjatlarni Toshkent shahri va Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmalarining Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmalariga (keyingi oʻrinlarda — IIBB MvaFRB) elektron tizim orqali yuboradi, ular taqdim etilgan hujjatlarni uch ish kuni ichida tekshiradi va ariza beruvchi haqidagi maʼlumotlarni tegishli vakolatli organga elektron tizim orqali yuboradi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25 — 27-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“25. Vakolatli organ yigirma ish kunida maʼlumotlarni oʻrganadi va tegishli tartibda elektron tizim orqali javob yuboradi, IIBB MvaFRB tegishli vakolatli organning ijobiy fikri olingan kundan boshlab oʻn besh ish kunida Oʻzbekiston Respublikasi IIV Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasining (keyingi oʻrinlarda — IIV MvaFRBB) asoslantirilgan javob xatini olish, chet el fuqarosi va fuqaroligi boʻlmagan shaxsga doimiy yashash uchun identifikatsiya ID-kartasini rasmiylashtirish va doimiy roʻyxatga olish boʻyicha Toshkent shahar va Toshkent viloyati IIBB boshligʻi oʻrinbosari tomonidan imzolangan xulosani tayyorlaydi va tegishli hujjatlarni IIV MvaFRBBga nazorat tartibida koʻrib chiqish uchun elektron tizim orqali yuboradi, Roʻyxatning 8-bandi va Nizomning 21-bandi bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IIV MvaFRBB hujjatlarni oʻrganish jarayonida ariza beruvchining shaxsini, boshqa davlat fuqaroligiga mansubligini aniqlash maqsadida xalqaro shartnoma mavjud boʻlgan xorijiy davlatning vakolatli organiga soʻrovnoma yuborishi mumkin. Xalqaro shartnoma mavjud boʻlmagan taqdirda, soʻrovnoma IIV tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi orqali yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IIV MvaFRBB tegishli hujjatlar kelib tushgan (soʻrovnomaga javob olingan) kundan boshlab oʻn besh ish kunida chet el fuqarosi va fuqaroligi boʻlmagan shaxsga doimiy yashash uchun identifikatsiya ID-kartasini rasmiylashtirish yoki rasmiylashtirishni rad etish yuzasidan asoslantirilgan javob xati IIV MvaFRBB boshligʻi yoki oʻrinbosari tomonidan imzolanadi xamda hujjatlar IIBB MvaFRBga elektron tizim orqali yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. IIV MvaFRBBning asoslantirilgan javob xati olingach, IIBB MvaFRB ikki ish kunida hujjatlarni chet el fuqarosi va fuqaroligi boʻlmagan shaxsga doimiy yashash uchun identifikatsiya ID-kartasini rasmiylashtirish va doimiy roʻyxatga olish uchun tegishli MvaFRBga elektron tizim orqali yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Roʻyxatning 8-bandi va Nizomning 21-bandi boʻyicha hujjat topshirgan chet el fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxsga nisbatan tegishli vakolatli organning ijobiy javobi olingan taqdirda, IIBB MvaFRB oʻn ish kunida IIV MvaFRBBning ijobiy javobini olmasdan xulosa qabul qiladi va bu haqda IIV MvaFRBBga yozma ravishda elektron tizim orqali maʼlumot yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IIBB MvaFRBning ijobiy xulosasi va IIV MvaFRBBning asoslantirilgan ijobiy javob xati boshqa davlatlardan Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga kelgan chet el fuqarosi va fuqaroligi boʻlmagan shaxsga belgilangan tartibda doimiy yashash uchun identifikatsiya ID-kartasini rasmiylashtirish uchun asos hisoblanadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“41. IIV MvaFRBB tomonidan ijobiy javob xati olingan va ayni paytda uy-joy mulkdori tomonidan yozma rad javobi berilgan taqdirda, shuningdek, ariza beruvchi yoki uy-joy mulkdori xabardor qilingan kundan boshlab olti oy muddat ichida ariza beruvchi doimiy yashashga ruxsatnoma rasmiylashtirish uchun murojaat qilmasa, MvaFRB xulosani ijro qilish imkoniyati yoʻqligini yozma ravishda maʼlum qilgan holda, uch ish kunida ariza beruvchining shaxsiy yigʻmajildini IIBB MvaFRBga yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IIBB MvaFRB hujjatlarni oʻrganib chiqib, avvalgi ijobiy xulosani bekor qilish yuzasidan Toshkent shahar va Toshkent viloyati IIBB boshligʻi oʻrinbosari tomonidan tasdiqlanadigan xulosani qabul qiladi va bu haqda IIV MvaFRBBga yozma ravishda maʼlumot yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xulosa ariza beruvchining shaxsiy yigʻmajildiga biriktirilgan holda, ijro uchun MvaFRBga qaytarib yuboriladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42-bandga “yoxud IIV” soʻzlaridan keyin “MvaFRBB” soʻzi qoʻshilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
58-bandning oltinchi xatboshidagi “vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi yoki uning hududiy boshqarmalari” soʻzlari “Adliya vazirligi yoki Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
69-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Agar chet el fuqarosi va fuqaroligi boʻlmagan shaxsning doimiy roʻyxatga olinishi uchun boshqa asoslar mavjud boʻlmasa, MvaFRB besh ish kunida doimiy yashashga ruxsatnomani bekor qilish uchun shaxsiy yigʻmajildni IIBB MvaFRBga yuboradi hamda bu haqda chet el fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxsni ogohlantiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IIBB MvaFRB hujjatlarni oʻrganib chiqib, doimiy yashashga ruxsatnomani bekor qilish boʻyicha Toshkent shahar va Toshkent viloyati IIBB boshligʻi oʻrinbosari tomonidan tasdiqlanadigan asoslantirilgan qaror qabul qiladi va bu haqda IIV MvaFRBBga yozma ravishda maʼlumot yuboradi. Qaror shaxsiy yigʻmajildga biriktirilgan holda, ijro uchun MvaFRBga qaytarib yuboriladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida doimiy roʻyxatga olinishi huquqiga ega boʻlgan shaxslar — chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar toifalarining roʻyxatiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi 10-band bilan qoʻshilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-yanvardagi PF-5611-son Farmonining 5-bandi va mazkur Farmonga 6-ilovaga muvofiq koʻchmas mulk sotib olgan xorijiy davlatlar fuqarolari”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
izoh qismidagi “va 9” soʻzlari “, 9 va 10” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 10-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
10-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga boshqa davlatlardan kelgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashash uchun ruxsatnoma berish
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Ijro muddatlari

1-bosqich

Chet el fuqarosi va fuqaroligi boʻlmagan shaxs

Belgilangan shakldagi ariza-anketani toʻldiradi va tegishli hujjatlar bilan vaqtincha roʻyxatdan oʻtgan joyi boʻyicha MvaFRBga murojaat qiladi.

Zarurat tugʻilganda

2-bosqich

MvaFR boʻlinmasi

1. Chet el fuqarosi va fuqaroligi boʻlmagan shaxsdan hujjatlarni qabul qilib olgandan keyin rasmiylashtiradi, ariza beruvchining shaxsiga oid maʼlumotlarni bazadan tekshiradi.

2. IIV Huquqiy statistika va tezkor hisob maʼlumotlar markazidan ariza beruvchiga doir maʼlumotlarni soʻrab oladi hamda hujjatlarni elektron koʻrinishda Toshkent shahar va Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmalarining Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmalariga elektron tizim orqali yuboradi.

Oʻn ish kuni davomida

3-bosqich

Toshkent shahar va Toshkent viloyati IIBB MvaFR boshqarmasi

Taqdim etilgan hujjatlarni oʻrgangan holda, chet el fuqarosi va fuqaroligi boʻlmagan shaxsning doimiy yashashga qolishi maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisidagi fikrini olish uchun maʼlumotlarni vakolatli organga elektron tizim orqali yuboradi.

Uch ish kuni davomida

4-bosqich

Toshkent shahar va Toshkent viloyati Davlat xavfsizlik xizmati boshqarmasi

Chet el fuqarosi va fuqaroligi boʻlmagan shaxsning doimiy yashashga qolishi maqsadga muvofiqligi yoki muvofiq emasligi toʻgʻrisidagi fikrini elektron tizim orqali yuboradi.

Yigirma ish kuni davomida

5-bosqich

Toshkent shahar va Toshkent viloyati IIBB MvaFR boshqarmasi

Ijobiy javob olingan taqdirda, xulosa tayyorlaydi va tegishli hujjatlarni Oʻzbekiston Respublikasi IIV Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasiga nazorat tartibida koʻrib chiqish va asoslantirilgan javob xatini olish uchun elektron tizim orqali yuboradi.

Oʻn besh ish kuni davomida

6-bosqich

Oʻzbekiston Respublikasi IIV MvaFR bosh boshqarmasi

Taqdim etilgan hujjatlarni oʻrganib chiqib, chet el fuqarosi va fuqaroligi boʻlmagan shaxsga doimiy yashash uchun identifikatsiya ID-kartasini rasmiylashtirish va doimiy roʻyxatdan oʻtkazish yoki rad etish yuzasidan asoslantirilgan javob xatini xamda hujjatlarni Toshkent shahar va Toshkent viloyati IIBB MvaFRBga elektron tizim orqali yuboradi.

Oʻn besh ish kun davomida

7-bosqich

Toshkent shahar va Toshkent viloyati IIBB MvaFR boshqarmasi

IIV MvaFRBBdan asoslantirilgan javob xati olingach, hujjatlarni chet el fuqarosi va fuqaroligi boʻlmagan shaxsga doimiy yashash uchun identifikatsiya ID-kartasini rasmiylashtirish va doimiy roʻyxatga olish uchun tegishli MvaFRBga elektron tizim orqali yuboradi.

Ikki ish kuni davomida

8-bosqich

MvaFR boʻlinmasi

Hujjatlarni olgach, ariza beruvchini doimiy yashashga ruxsatnoma berilganligi toʻgʻrisida xabardor qiladi, identifikatsiya ID-kartasini rasmiylashtirib bergach, doimiy roʻyxatga olishni rasmiylashtirish yuzasidan elektron soʻrovnoma shakllantiradi.

Chet el fuqarosi va fuqaroligi boʻlmagan shaxsning soʻroviga koʻra, QR-CODE bilan himoyalangan qayd varagʻini taqdim etadi.

Bir vaqtning oʻzida chet el fuqarosi va fuqaroligi boʻlmagan shaxsga Oʻzbekiston Respublikasida boʻlish qoidalari tushuntirilib, bu haqda undan tilxat oladi.

Uch ish kuni davomida

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar Toshkent shahri va Toshkent viloyati hududida doimiy yashashga ruxsatnoma berish yuzasidan hujjatlarning barchasini elektron tizim orqali olish imkoniyati yaratilgunga qadar MvaFRB tomonidan qabul qilish, koʻrib chiqish hamda vakolatli organga yuborish anʼanaviy tarzda amalga oshiriladi.”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.01.2023-y., 09/23/7/0011-son)