Hujjat kuchini yo‘qotgan 29.01.2025 29.12.2017 yildagi 1398-III-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekicton Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining qoʻshma qarori, 29.12.2017 yildagi 1398-III-son
Кучга кириш санаси
29.12.2017
Hujjat kuchini yo‘qotgan 29.01.2025
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va
Oʻzbekicton Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) faoliyatining tashkiliy-huquqiy asoslarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 29-yanvardagi 402-V/KQ-56-V-sonli “Insonning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklariga rioya etilishi boʻyicha komissiyani tuzish toʻgʻrisida”gi Qoʻshma qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonunini amalga oshirish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) faoliyatining tashkiliy-huquqiy asoslarini yanada takomillashtirish, uning inson huquqlari va erkinliklari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari ijrosi ustidan parlament va jamoatchilik nazoratini amalga oshirishdagi rolini kuchaytirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) huzuridagi Insonning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklariga rioya etilishi boʻyicha komissiyasi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman)ning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi mintaqaviy vakili toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2011-yil 15-iyundagi “Insonning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklariga rioya etilishi boʻyicha komissiya toʻgʻrisida”gi 300-II/191-II-sonli Qoʻshma qarorining 2-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2011-yil, № 6, 159-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu Qoʻshma qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 29-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1398-III-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi N. YOʻLDOSHEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 29-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KQ-282-III-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2017-yil 29-dekabrdagi 1398-III/KQ-282-III-sonli Qoʻshma qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha Vakili (ombudsman) huzuridagi Insonning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklariga rioya etilishi boʻyicha komissiya toʻgʻrisida nizom
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha Vakili (ombudsman) huzuridagi Insonning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklariga rioya etilishi boʻyicha komissiya toʻgʻrisidagi nizom “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha Vakili (ombudsman) toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq komissiyaning asosiy vazifalari, huquqlari, majburiyatlari va faoliyatining tashkiliy-huquqiy asoslarini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha Vakili (ombudsman) huzuridagi Insonning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklariga rioya etilishi boʻyicha komissiya (bundan buyon matnda Komissiya deb yuritiladi) maslahat organi boʻlib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha Vakili (ombudsman) (bundan buyon matnda Vakil deb yuritiladi) huzurida jamoatchilik asosida faoliyat yuritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Komissiya oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, boshqa qonun hujjatlariga va Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga, xalqaro huquqning umumeʼtirof etilgan prinsiplari va normalariga, mazkur Nizomga, shuningdek Vakilning farmoyish va topshiriqlariga amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Komissiya faoliyatining asosiy prinsiplari qonuniylik, adolatparvarlik, demokratizm, insonparvarlik, oshkoralik va ochiqlik hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Komissiya faoliyatining tashkiliy va moddiy-texnik taʼminoti Vakil Kotibiyati tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Komissiyaning asosiy vazifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Komissiyaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakilga inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini taʼminlash borasidagi davlat siyosatini izchil amalga oshirishda koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
inson huquqlari va erkinliklari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari hamda mazkur sohadagi davlat dasturlarining bajarilishi, shuningdek tegishli davlat organlari, korxonalar, tashkilotlar, muassasalar (bundan buyon matnda organlar, tashkilotlar deb yuritiladi) va ular mansabdor shaxslarining huquqni qoʻllash amaliyotida qonuniylikka rioya qilishi ustidan jamoatchilik nazoratini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish, xalqaro huquq normalarini implementatsiya qilish hamda inson huquqlari va erkinliklari sohasidagi xalqaro shartnomalarga Oʻzbekiston Respublikasining qoʻshilishi boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamiyatda aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyati darajasini tahlil qilish hamda yuksaltirish, aholi oʻrtasida inson huquqlari va erkinliklariga hurmat bilan munosabatda boʻlish, qonunga itoatkorlik koʻnikmalarini shakllantirish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
inson huquqlari va erkinliklari himoya qilinishini taʼminlashda nodavlat notijorat tashkilotlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari rolini oshirishga, bu sohada jamoatchilik nazoratini amalga oshirishga, fuqarolik jamiyati institutlari hamda tegishli davlat organlari oʻrtasida ijtimoiy hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan chora-tadbirlarni tashkil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rivojlangan demokratik davlatlarning inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish sohasidagi tajribasini, ushbu jarayonlarni taʼminlash va monitoring qilish boʻyicha maxsus milliy institutlar faoliyatini chuqur oʻrganish va umumlashtirish, ilgʻor xorijiy tajribadan Oʻzbekiston Respublikasi sharoitida foydalanish imkoniyati haqida takliflar tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakilning inson huquqlarini himoya qilish boʻyicha xalqaro tashkilotlar va xorijiy institutlar bilan hamkorligini mustahkamlashga, ularni inson huquqlari va erkinliklari sohasidagi xalqaro shartnomalarning Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan qanday bajarilayotgani haqida xabardorligini oshirishga qaratilgan faoliyatiga koʻmaklashish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Komissiyaning huquq va majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Komissiya quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
organlar, tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslari tomonidan inson huquqlari va erkinliklari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari hamda Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga rioya etilishini tekshirish va monitoring yuritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlib turgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning inson huquqlari va erkinliklarini buzayotgan organlar, tashkilotlar va ular mansabdor shaxslarining qarorlari, harakatlari yoki harakatsizligi ustidan shikoyatlarini koʻrib chiqish, mazkur shikoyatlarni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha xulosalar ishlab chiqish va qabul qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakilning taklifiga muvofiq inson huquqlari va erkinliklarining, shuningdek davlat va jamiyat manfaatlarining buzilishiga sabab boʻlgan holatlar yuzasidan tekshirishlar olib borish va monitoring yuritish haqida qaror qabul qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻrib chiqilayotgan masalalar yuzasidan axborot va tushuntirish berish uchun mansabdor shaxslar, mutaxassislar va boshqa shaxslarni oʻz majlislariga taklif etish, organlar va tashkilotlardan idoraviy hujjatlar, statistik va boshqa maʼlumotlar, xulosalar hamda boshqa maʼlumotlarni soʻrash, talab qilib olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakilga uning Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qoʻmitalariga davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari rahbarlari axborotlarini eshitish toʻgʻrisida murojaat etish haqidagi takliflarni kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakilga u tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudiga qonun doirasidagi masalalarni koʻrib chiqish uchun kiritish huquqidan foydalanish, shuningdek sudlarga davlat bojini toʻlamagan holda fuqarolar manfaatlariga doir ariza va daʼvolar bilan murojaat qilish toʻgʻrisida takliflarni kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakilga u tomonidan, harakatlarida (harakatsizligida) inson huquqlari va erkinliklari buzilganligi aniqlangan shaxslarni javobgarlikka tortish toʻgʻrisida tegishli organlarga iltimosnoma kiritish, shuningdek inson huquqlari va erkinliklari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining aniqlangan buzilishlarini, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish toʻgʻrisida organlar va tashkilotlar rahbarlariga belgilangan muddatlarda koʻrib chiqilishi majburiy boʻlgan taqdimnomalar kiritish yuzasidan takliflar berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakilga qonun hujjatlarini va huquqni qoʻllash amaliyotini takomillashtirish, Oʻzbekiston Respublikasining inson huquqlari sohasidagi xalqaro shartnomalarga qoʻshilishi masalalari boʻyicha taklif kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun belgilangan tartibda vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, ilmiy va taʼlim muassasalari, nodavlat notijorat tashkilotlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining vakillarini jalb etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
inson huquq va erkinliklarini himoya qilish hamda jamoatchilik nazoratini amalga oshirishda fuqarolik jamiyati institutlarining rolini oshirish boʻyicha, shuningdek taʼlim, sogʻliqni saqlash, aholining ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlarini qoʻllab-quvvatlash, atrof-muhit muhofazasi va boshqa sohalardagi davlat dasturlarini bajarishda nodavlat notijorat tashkilotlari bilan tegishli davlat organlari oʻrtasida ijtimoiy hamkorlikni mustahkamlash yuzasidan takliflar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakilning yillik hisoboti, uning inson huquqlari va erkinliklarini taʼminlashga oid alohida masalalar boʻyicha maʼruzalarini, shuningdek Komissiyaning kelgusi hisobot davri uchun ish rejasini tayyorlashda ishtirok etish, uning mintaqaviy vakillari faoliyati toʻgʻrisidagi axborotini eshitish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
inson huquq va erkinliklariga taalluqli normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va ekspertizadan oʻtkazish, qonun hujjatlari ijrosi yuzasidan monitoring yuritish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish, rivojlangan demokratik davlatlarning inson huquqlarini himoya qilish sohasidagi tajribasini oʻrganish va umumlashtirish kabi masalalar boʻyicha seksiyalar hamda ishchi guruhlarini shakllantirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Komissiyaning majburiyatlari quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, Vakil tomonidan qabul qilingan inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini taʼminlashga qaratilgan qarorlar ijrosini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, Vakil va Komissiya tomonidan qabul qilingan qarorlarning oʻz vaqtida sifatli bajarilishi ustidan nazorat olib borish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya zimmasida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Komissiyani shakllantirish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Komissiya rais (Vakil), rais oʻrinbosari (Vakil oʻrinbosari), masʼul kotib (Vakil Kotibiyati mudiri) va boshqa aʼzolardan iborat tarkibda tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Masʼul kotib Komissiyaning kundalik faoliyatini olib boradi va Komissiya qarorlarining bajarilishini nazorat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya inson huquq va erkinliklari sohasida kasbiy va amaliy koʻnikmalarga ega boʻlgan nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalarining vakillari hamda olimlardan iborat tarkibda shakllantiriladi. Komissiya tarkibiga ijro hokimiyati organlarining vakillari ham maslahat ovoziga ega boʻlgan holda kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Komissiya aʼzolari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashi va Senati Kengashining Qoʻshma qarori bilan Vakil taqdimiga asosan uning vakolat muddatiga tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya aʼzolari oʻz vakolat muddatlari tugagach, yangi Vakil saylanguniga qadar oʻz vakolatlarini bajarishni davom ettirib turadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Komissiya raisi va aʼzolarining vakolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Komissiya raisi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya faoliyati ustidan rahbarlikni amalga oshiradi va uning aʼzolari funksional vazifalarini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya majlislarini chaqiradi, ularda raislik qiladi, kun tartibini va taklif etiladigan ishtirokchilar roʻyxatini shakllantiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya aʼzolari orasidan Vakilning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi mintaqaviy vakillarini, shuningdek ijtimoiy ehtiyojga koʻra, aholining ayrim toifalari huquqlarini taʼminlash boʻyicha vakillarini tayinlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiyaning kelgusi hisobot davri uchun moʻljallangan ish rejasini, joriy nazorat, monitoring, tadqiqot va tahliliy ishlari dasturlarini, shuningdek ularni bajarishga masʼul boʻlgan, Komissiya tomonidan tashkil qilingan seksiya va ishchi guruhlar tarkiblarini tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiyaning qarorlari va boshqa hujjatlarini imzolaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya raisi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Komissiya aʼzolari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya majlislarida, kun tartibidagi masalalarni muhokama qilishda, Komissiyaning ish rejasida belgilangan tadbirlarni amalga oshirishda, uning qarorlarini ijro etishda ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
inson huquq va erkinliklarini taʼminlash sohasidagi ishlarni yanada takomillashtirish, Komissiya faoliyatini rejalashtirish boʻyicha takliflar kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya aʼzolari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. Komissiya majlislarini tashkil qilish va oʻtkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Komissiya ishining tashkiliy shakli uning majlislari boʻlib, yiliga kamida ikki marta oʻtkaziladi. Zarur hollarda Komissiya raisining yoki aʼzolarining uchdan bir qismi tashabbusi bilan navbatdan tashqari majlis oʻtkazilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya majlislari Vakil Kotibiyati joylashgan yerda oʻtkaziladi. Komissiya sayyor majlis oʻtkazish haqida ham qaror qabul qilishga haqli. Majlisning oʻtkazilish vaqti va joyi haqida Komissiya aʼzolari kamida oʻn kun oldin xabardor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Komissiya majlislari ochiq va oshkora tarzda oʻtkaziladi. Majlisga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati aʼzolari, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining, nodavlat notijorat tashkilotlarining, fuqarolar yigʻinlarining va ommaviy axborot vositalarining vakillari, taʼlim va ilmiy muassasalarning olimlari, shuningdek Vakil yoki Komissiya tomonidan tuzilgan seksiyalar va ishchi guruhlar aʼzolari taklif etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Komissiya majlisi unda aʼzolarining kamida yarmi qatnashganda vakolatlidir. Komissiya aʼzosi, agarda Komissiya majlisida qatnasha olmaydigan boʻlsa, koʻrilayotgan masalalar boʻyicha oʻz fikrini yozma ravishda taqdim etishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Komissiya aʼzolari teng ovozga egadir, ijro hokimiyati organlarining vakillari bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiyaning qarorlari majlis ishtirokchilarining koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng boʻlib qolgan taqdirda, raislik qiluvchining ovozi hal qiluvchi boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Komissiya majlislari davlat tilida oʻtkaziladi. Zarur hollarda majlis ishtirokchilarining chiqishlari boshqa tillarga tarjima qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Vakil yoki uning topshirigʻiga koʻra Komissiya aʼzolaridan biri:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya majlisini olib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya majlisi kun tartibidagi masalalarning muhokamasini tashkil etadi va ularni ovozga qoʻyadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya aʼzolarining takliflarini ular kiritilgan tartibda ovozga qoʻyadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya aʼzolari va taklif etilgan shaxslar tomonidan ushbu Nizom qoidalariga rioya qilinishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Komissiya aʼzolari Komissiya majlisida soʻzga chiqadi, uning vakolatiga tegishli masalalar yuzasidan ogʻzaki va yozma takliflar kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Komissiya majlisi bayonnoma bilan rasmiylashtirilib, uni masʼul kotib imzolaydi va rais tasdiqlaydi. Bayonnomada kun tartibiga kiritilgan masalalar, Komissiya aʼzolarining va majlisda qatnashgan taklif etilgan shaxslarning familiyasi, ismi va otasining ismi, koʻrib chiqilgan har bir masala yuzasidan ovoz berish natijalari, qabul qilingan qarorlar koʻrsatiladi. Bayonnomaga kun tartibiga kiritilgan tegishli materiallar ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya oʻz vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan qarorlar qabul qiladi. Komissiya qabul qilgan qarorlar uning aʼzolari tomonidan bajarilishi majburiydir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Komissiya tomonidan muhokama etilgan ijtimoiy ahamiyatga molik masalalar va qabul qilingan qarorlar belgilangan tartibda keng jamoatchilikka ommaviy axborot vositalari orqali maʼlum qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII. Komissiya majlislariga masalalarni tayyorlash va ularni koʻrib chiqish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Komissiya majlisida koʻrib chiqiladigan masalalar Vakil tomonidan kun tartibi loyihasiga kiritiladi, bunda muhokama qilish navbati, har bir masala uchun masʼul boʻlgan Komissiya aʼzolari, Vakil Kotibiyati xodimlari, maʼruzachilar (qoʻshimcha maʼruza qiluvchilar) va boshqa maʼlumotlar koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya aʼzolari majlisdan kamida oʻn besh kun oldin kun tartibiga kiritilgan masalalar haqida xabardor qilinadi, ular kun tartibini toʻldirish haqida taklif kiritishi ham mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya aʼzolaridan kelib tushgan takliflarni umumlashtirish natijasida kun tartibi Vakil tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlib turgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning organlar, tashkilotlar yoki ularning mansabdor shaxslari tomonidan ularning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilayotgani haqida yoʻllagan shikoyatlarini Vakil amaliy ahamiyatiga qarab hayʼat tartibida koʻrib chiqishi uchun Komissiya muhokamasiga kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya tomonidan koʻrib chiqiladigan barcha shikoyatlar yuzasidan Vakil Kotibiyati Vakilning xulosasini tayyorlaydi, unda quyidagi tavsiyalar nazarda tutiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish organ, tashkilot yoki ularning mansabdor shaxsi tomonidan oxiriga yetkazilgan boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
organ, tashkilot yoki ularning mansabdor shaxsi qabul qilgan qaror oʻzgartirilishi yoki bekor qilinishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
organ, tashkilot yoki ularning mansabdor shaxsi qabul qilgan qaror asoslangan boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
organ, tashkilot yoki ularning mansabdor shaxsi qoʻshimcha qaror qabul qilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
organ, tashkilot yoki ularning mansabdor shaxsi qabul qilgan qaror inson huquq va erkinliklariga tegishli qonun hujjatlari doirasida boʻlishi lozimligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakilning xulosasida boshqa tavsiyalar ham boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shikoyatlarni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha Komissiya qarori rasmiylashtiriladi. Komissiya qarori organ, tashkilot va ularning mansabdor shaxslari tomonidan koʻrib chiqilishi uchun majburiydir, ular oʻn kun muddatda Vakilga qarorni koʻrib chiqqanligi haqida xabar berishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VIII. Komissiya aʼzolari huquqlarining kafolati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Komissiya aʼzolari uning faoliyatida ishtirok etgani, Vakil topshirigʻiga koʻra maʼlumot va ekspert xulosalarini yigʻgani va tahlil qilgani uchun taʼqib qilinishi yoki boshqacha tarzda huquqlari cheklanishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IX. Komissiya aʼzosining muddatidan ilgari oʻz vazifasidan ozod etilishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Komissiya aʼzosi quyidagi hollarda muddatidan ilgari oʻz vazifasidan ozod etilishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz vakolatlarini zimmasidan soqit qilish haqida ariza berganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sogʻligʻi doimiy ravishda yomonlashgani tibbiy xulosa bilan tasdiqlanganda yoki vafot etganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
unga nisbatan sudning ayblov hukmi qonuniy kuchga kirganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
u Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini yoʻqotganda yoki doimiy yashash uchun Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga chiqib ketganida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻziga yuklatilgan majburiyatlarni muntazam ravishda bajarmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya aʼzosi sifatida ish olib borish uchun toʻgʻri kelmaydigan lavozimga saylanganda yoki tayinlanganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Komissiya aʼzosining muddatidan ilgari oʻz vazifasidan ozod etilishi haqidagi qaror Vakil tomonidan qabul qilinadi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashi va Senati Kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
X. Vakilning mintaqaviy vakili
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha Vakili (ombudsman) toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 20-moddasiga muvofiq, Vakil Komissiya aʼzosini oʻzining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi mintaqaviy vakili, shuningdek, aholining ayrim qatlamlari huquq va erkinliklarini himoya qilish boʻyicha oʻz vakili etib tayinlashi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Vakilning mintaqaviy vakillari oʻz faoliyatini Vakil nomidan va uning bevosita rahbarligida, oʻziga Vakil tomonidan berilgan vakolatlar doirasida amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakilning mintaqaviy vakillari faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashi va Senati Kengashining Qoʻshma qarori bilan tasdiqlanadigan Nizom asosida tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XI. Yakuniy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Mazkur Nizomga oʻzgartish va qoʻshimchalar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashi va Senati Kengashining Qoʻshma qarori bilan kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2017-yil 29-dekabrdagi 1398-III/KQ-282-III-sonli Qoʻshma qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman)ning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi mintaqaviy vakili toʻgʻrisida nizom
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. UMUMIY QOIDALAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman)ning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi mintaqaviy vakili toʻgʻrisidagi nizom “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman)ning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi mintaqaviy vakilining (bundan buyon matnda Vakilning Mintaqaviy vakili deb yuritiladi) asosiy vazifalari, huquqlari, majburiyatlarini hamda faoliyatining tashkiliy-huquqiy asoslarini belgilab beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vakilning Mintaqaviy vakili mansabdor shaxs boʻlib, u Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakiliga (ombudsmanga) (bundan buyon matnda Vakil deb yuritiladi) tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida davlat organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar (bundan buyon matnda organlar, tashkilotlar deb yuritiladi) va mansabdor shaxslar tomonidan inson huquqlari va erkinliklari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya qilinishi ustidan parlament va jamoatchilik nazoratini amalga oshirish ishlarida koʻmaklashadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vakilning Mintaqaviy vakili Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlariga, boshqa qonun hujjatlariga, shuningdek ushbu Nizomga amal qiladi, oʻz faoliyatini Vakil nomidan va bevosita uning rahbarligi ostida, Vakil tomonidan unga berilgan vakolatlar doirasida amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakilning Mintaqaviy vakili muayyan hududning oʻziga xos jihatlarini hisobga olgan holda, inson huquqlari va erkinliklari sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar va davlat dasturlarini ishlab chiqishga, huquqni qoʻllash amaliyotini monitoring qilishga koʻmaklashadi, fuqarolarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirishda ishtirok etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Vakilning Mintaqaviy vakili faoliyatining asosiy prinsiplari qonuniylik, adolatparvarlik, demokratizm, insonparvarlik, oshkoralik va har bir inson uchun ochiqlikdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mahalliy davlat hokimiyati organlari Vakilning Mintaqaviy vakili faoliyatiga koʻmaklashadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Vakilning mintaqaviy vakilini tayinlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Vakilning Mintaqaviy vakili Vakil tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) huzuridagi Insonning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklariga rioya etilishi boʻyicha komissiya aʼzolari orasidan tayinlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Vakilning Mintaqaviy vakili Vakilning tegishli formoyishi qabul qilingan vaqtdan boshlab oʻz vazifalarini amalga oshirishga kirishadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakil oʻzining Mintaqaviy vakilini tayinlagani toʻgʻrisida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashini xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Vakil mintaqaviy vakilining asosiy vazifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Vakilning Mintaqaviy vakilining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mintaqada inson huquqlari va erkinliklarini taʼminlash borasidagi davlat siyosatini izchil amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
inson huquqlari va erkinliklarini taʼminlash sohasidagi qonun hujjatlari va davlat dasturlari ijrosi, organlar, tashkilotlar va ular mansabdor shaxslarining faoliyati qonuniyligini taʼminlash ustidan parlament va jamoatchilik nazoratini amalga oshirishga koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
inson huquqlari va erkinliklari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish, mintaqada huquqni qoʻllash amaliyoti tajribasini chuqur oʻrganish va umumlashtirishga doir tadbirlar tashkil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mintaqada aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyati holatini tahlil qilish hamda fuqarolarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, aholida inson huquqlari va erkinliklariga nisbatan hurmat munosabatini, qonunga rioya etish odobini shakllantirishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har yili tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar xalq deputatlari Kengashlarini inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish borasidagi faoliyatdan xabardor qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
inson huquq va erkinliklarini himoya qilish hamda jamoatchilik nazoratini amalga oshirishda nodavlat notijorat tashkilotlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari rolini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni tashkil qilish, shuningdek, fuqarolik jamiyati institutlari va tegishli davlat organlari oʻrtasida mazkur sohada ijtimoiy hamkorlikni mustahkamlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Vakilning mintaqaviy vakilining huquq va majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Vakilning Mintaqaviy vakili quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli mintaqada istiqomat qiladigan jismoniy shaxslar yoki tegishli mintaqada joylashgan nodavlat notijorat tashkilotlarining murojaatlarini qabul qilish va koʻrib chiqish, ularning buzilgan huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini tiklashga koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mintaqadagi organlar, tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslariga aniqlik kiritilishi lozim boʻlgan holatlarni tekshirishga koʻmaklashish maqsadida murojaat qilish, shuningdek kelayotgan murojaatlarni toʻliq, xolisona va oʻz vaqtida koʻrib chiqish uchun ulardan hujjatlar, maʼlumotnomalar, materiallar va boshqa axborotlarni soʻrash va olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mintaqada joylashgan organlarga, tashkilotlarga moneliksiz kirish va ularning mansabdor shaxslari tomonidan zudlik bilan qabul qilinishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz tashabbusi bilan yoki murojaat muallifining iltimosiga koʻra murojaatni ekspertlar, mutaxassislar va hududning manfaatdor organlar, tashkilotlar vakillarining ishtirokida koʻrib chiqilishini tashkil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya qilish va ularni himoya qilish sohasidagi axborot-maʼrifiy ishlarni mahalliy davlat hokimiyati organlari, ommaviy axborot vositalari vakillari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan birgalikda amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakilga uning Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qoʻmitalariga davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari rahbarlari axborotlarini eshitish toʻgʻrisida murojaat etish haqidagi takliflarni kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakilga u tomonidan, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi koʻrib chiqishi uchun qonunga muvofiq masalalarni kiritish huquqidan foydalanish, shuningdek fuqarolar manfaatlarini koʻzlab arizalar va daʼvolar bilan sudlarga davlat bojini toʻlamasdan murojaat etish toʻgʻrisida takliflar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakilga u tomonidan harakatlarida inson huquqlari va erkinliklari buzilganligi aniqlangan shaxslarni javobgarlikka tortish toʻgʻrisida tegishli davlat organlariga iltimosnoma kiritish, shuningdek inson huquqlari va erkinliklari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining aniqlangan buzilishlarini, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish toʻgʻrisida organlar va tashkilotlar rahbarlariga belgilangan muddatlarda koʻrib chiqilishi majburiy boʻlgan taqdimnomalar kiritish yuzasidan takliflar berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakilga qonun hujjatlarini va huquqni qoʻllash amaliyotini takomillashtirish, Oʻzbekiston Respublikasining inson huquqlari sohasidagi xalqaro shartnomalarga qoʻshilishi masalalari boʻyicha taklif kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakilning topshirigʻiga binoan belgilangan tartibda sud majlislarida ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakilning topshirigʻiga binoan ushlab turilgan, qamoqqa olingan, maʼmuriy jazo oʻtayotgan va ozodlikdan mahrum qilingan shaxslar bilan uchrashuv va suhbatlar tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining sessiyalarida ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
normativ-huquqiy hujjatlar ishlab chiqilishi, inson huquqlari va erkinliklari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari ijrosining monitoringi, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari koʻrib chiqilishi boʻyicha ekspert va ishchi guruhlarni shakllantirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakilning Mintaqaviy vakili qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Vakil Mintaqaviy vakilining majburiyatlari quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻliq, xolisona va oʻz vaqtida koʻrib chiqilishini taʼminlash, oʻz vakolatlari doirasida insonning buzilgan huquq va erkinliklari tiklanishini taʼminlashga doir chora-tadbirlar koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
arz qiluvchining shaxsiy hayoti toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni ularning roziligisiz, shuningdek shikoyatlarni tekshirishga doir axborotlarni, davlat siri yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirlarni Vakilning ruxsatisiz va roziligisiz oshkor etmasligi shart;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
arz qiluvchini uning huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor hujjatlar, qarorlar va boshqa materiallar bilan qonunda belgilangan tartibda tanishtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
noqonuniy harakat (harakatsizlik)ni bartaraf qilish boʻyicha tezkor chora-tadbirlarni koʻrish, oʻz vakolatlari doirasida inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining buzilishiga olib keluvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolar huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirishga, aholi oʻrtasida inson huquqlari va erkinliklariga hurmat munosabatini, qonunga itoatkorlik odobini shakllantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yilning har choragida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarning statistik hisobini yuritish, ushbu murojaatlarni umumlashtirib, tahlil qilish, Vakilga taqdim etish va jamoatchilikni xabardor etish uchun maʼlumotnomalar (obzorlar) tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) huzuridagi Insonning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklariga rioya etilishi boʻyicha komissiyasiga har yili oʻz faoliyati haqidagi hisobotni taqdim etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har yili tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarini inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish borasidagi faoliyatidan xabardor qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakil tomonidan qabul qilingan qarorlarning oʻz vaqtida va sifatli ijro etilishini taʼminlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakilning Mintaqaviy vakili zimmasida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Mintaqaviy vakilning mahalliy davlat hokimiyati organlari va fuqarolik jamiyati institutlari bilan oʻzaro hamkorligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Vakilning Mintaqaviy vakili mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish, sotsial-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy rivojlantirish boʻyicha hududiy dasturlarni ishlab chiqish, tasdiqlash va amalga oshirishda hamkorlik qiladi. Mahalliy davlat hokimiyati organlari Vakilning mintaqaviy vakillariga bino, mebel jihozlari, kerakli aloqa va texnika vositalari ajratilishida, xodimlar shtatini shakllantirishda koʻmaklashadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Vakilning Mintaqaviy vakili inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilishda, parlament va jamoatchilik nazoratini amalga oshirishga koʻmaklashishda va bu sohadagi ijtimoiy hamkorlikni mustahkamlashda nodavlat notijorat tashkilotlar, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan hamkorlik qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Vakilning Mintaqaviy vakili Vakil bilan davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, inson huquqlari boʻyicha milliy institutlar, nodavlat notijorat tashkilotlar va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari oʻrtasida tuzilgan memorandum hamda bitimlarning joylarda ijro etilishiga koʻmaklashadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. Vakil mintaqaviy vakilining muddatidan ilgari oʻz vazifasidan ozod etilishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Vakilning Mintaqaviy vakili quyidagi hollarda muddatidan ilgari oʻz vazifasidan ozod etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz vakolatlarini zimmasidan soqit qilish haqida ariza berganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sogʻligʻi doimiy ravishda yomonlashgani tibbiy xulosa bilan tasdiqlanganda yoki vafot etganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
unga nisbatan sudning ayblov hukmi qonuniy kuchga kirganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
u Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini yoʻqotganda yoki doimiy yashash uchun Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga chiqib ketganida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni muntazam ravishda bajarmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
u qonunga koʻra Vakilning Mintaqaviy vakili faoliyatiga nomuvofiq boʻlgan lavozimga saylangan yoki tayinlangan taqdirda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Vakilning Mintaqaviy vakilini muddatidan ilgari oʻz vazifasidan ozod etish haqidagi qaror Vakil tomonidan qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII. Yakuniy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Vakilning Mintaqaviy vakillari gerbli muhr, burchak shtampi hamda Vakil tomonidan tasdiqlangan blankka ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakilning Mintaqaviy vakillariga Vakil tomonidan imzolanadigan tegishli shakldagi xizmat guvohnomasi beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Mazkur Nizomga oʻzgartish va qoʻshimchalar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Senati Kengashining Qoʻshma qarori bilan kiritiladi.