Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 26.01.1994 yildagi 37-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XALQARO QAYTA QURISH VA TARAQQIYOT BANKI TOMONIDAN AJRATILGAN INSTITUTSIONAL KREDITDAN HAMDA YAPONIYA HUKUMATI GRANTIDAN FOYDALANISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi bilan Xalqaro qayta qurish va taraqqiyot banki oʻrtasidagi kredit (institutsional qurilish hamda texnik yordam koʻrsatish bilan bogʻliq loyiha — keyingi oʻrinlarda institutsional kredit deb yuritiladi) berish toʻgʻrisidagi Bitimga muvofiq Xalqaro qayta qurish va taraqqiyot banki (XQTB) tomonidan berilayotgan institutsional kreditdan, shuningdek, Yaponiya Hukumatining granti (keyingi oʻrinlarda “grant” deb yuritiladi)dan samarali foydalanish hamda institutsional kredit oʻz vaqtida qaytarilishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar maʼlumot uchun qabul qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20 yil muddatga, besh yillik imtiyozli davr ham shunga kiradi, 21 mln. AQSH dollari miqdorida berilayotgan institutsional kredit XQTB tomonidan Oʻzbekistonda bozor infrastrukturasini shakllantirishga texnik yordam koʻrsatishga, xususiylashtirish sohasida konsultatsiya xizmatlari koʻrsatish va kadrlarni oʻqitishga, iqtisodiy islohotlarning huquqiy negizini mustahkamlashga, moliya tizimini shakllantirishga, iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlarida tadqiqot ishlarini olib borishga, shuningdek, institutsional kreditdan foydalanish uchun masʼul boʻlgan vazirliklar va idoralarni kompyuter va axborot bilan taʼminlashga yoʻnaltiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1 mln. AQSH dollari miqdoridagi grant Oʻzbekistonda telekommunikatsiyalar tizimini takommillashtirishga yoʻnaltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki oʻn kun muddatda institutsional kredit va grant mablagʻlaridan foydalanish uchun maxsus avans schyotlari ochilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Markaziy bankka quyidagilar tavsiya etilsin hamda Davlat mulk qoʻmitasiga, “Oʻzdavjamgʻarma”ga, Mehnat vazirligiga, Aloqa vazirligiga, “Oʻzbekneftgaz” korporatsiyasiga, Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasiga, shuningdek “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasiga quyidagi vazifalar topshirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir hafta muddatda institutsional kreditdan foydalanish boʻyicha (Aloqa vazirligi — grant mablagʻlari uchun ham) vazirlik yoki idora rahbari boshchiligida ishchi guruhi tuzsinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir hafta muddatda ajratilayotgan mablagʻlardan samarali foydalanish hamda institutsional kredit doirasidagi loyihalarni amalga oshirish boʻyicha ilovaga* muvofiq zarur chora-tadbirlarni ishlab chiqsinlar (Aloqa vazirligi — grant mablagʻlari uchun ham);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yilning har choragida Vazirlar Mahkamasining tashqi iqtisodiy faoliyatini muvofiqlashtirish boʻlimiga ajratilayotgan mablagʻlardan foydalanish, shuningdek rejalashtirilayotgan chora-tadbirlarning kalendar jadvali toʻgʻrisida hisobot taqdim etib tursinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Moliya vazirligi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki hamda Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki hafta muddatda Institutsional kredit va grant doirasida konsultantlarni tanlash va asbob-uskunalarni sotib olish boʻyicha tenderlar oʻtkazish toʻgʻrisida nizomni ishlab chiqsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kredit va u boʻyicha foizlar institutsional kredit boʻyicha Bitimda nazarda tutilgan muddatlarda oʻz vaqtida qaytarilishini taʼminlovchi kreditga xizmat koʻrsatish tartibini ishlab chiqsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasining eksport-import rejasini tuzayotganda Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining buyurtmanomasiga binoan har yili institutsional kreditni va u boʻyicha foizlar qoplanishini taʼminlovchi zarur miqdordagi eksport resurslarini nazarda tutsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Davlat soliq qoʻmitasi boj hujjatlarining tezkorlik bilan rasmiylashtirilishini hamda institutsional kredit va grant hisobiga sotib olinayotgan asbob-uskunalarning boj yigʻimlari va poshlinalarsiz oʻtkazilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi, Oʻrta Osiyo Temir yoʻl boshqarmasi institutsional kredit va grant hisobiga sotib olinadigan asbob-uskunalar manzillarga betoʻxtov yetkazib berilishini taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Institutsional kredit va grantdan foydalanish va ularga xizmat koʻrsatilishi ustidan umumiy nazorat qilish Bosh vazirning oʻrinbosari Oʻ.T. Sultonovga hamda Vazirlar Mahkamasining Tashqi iqtisodiy faoliyatni muvofiqlashtirish boʻlimiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1994-yil 26-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37-son