1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.06.00.00 Bojxona ishi / 10.06.03.00 Bojxona rejimlari / 10.06.03.05 Tranzit]
[TSZ:
1.Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Bojxonaga oid qonun hujjatlari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarlarni bojxona tranziti bojxona rejimiga joylashtirish bilan bogʻliq operatsiyalarni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksiga muvofiq, shuningdek, tovarlarni elektron shaklda deklaratsiyalash tartibini yanada takomillashtirish va tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilariga qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 118 va 261-moddalariga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarni bojxona tranziti bojxona rejimiga joylashtirish uchun bojxona organiga tranzit deklaratsiyasi va tovarning kuzatuv hujjatlari taqdim etilishi belgilanganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tranzit deklaratsiyasi bojxona hududiga kirib kelayotgan tovarlar va transport vositalari bojxona chegarasini kesib oʻtguniga qadar yoki kesib oʻtish vaqtida berilishi belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona organlariga dastlabki axborot taqdim etilgan hollarda Yuklarni xalqaro yoʻllarda tashish daftarchasini qoʻllagan holda yuklarni xalqaro tashish toʻgʻrisidagi Bojxona konvensiyasiga (1975-yil 14-noyabr, Jeneva) muvofiq toʻldirilgan xalqaro yoʻllarda tashish daftarchasi hamda Vaqtincha olib kirish toʻgʻrisidagi konvensiyaga (1990-yil 26-iyun, Istanbul) muvofiq toʻldirilgan ATA karneti tranzit deklaratsiyasi sifatida qabul qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona organiga tranzit deklaratsiyasi tovarlar va transport vositalari bojxona chegarasini kesib oʻtguniga qadar taqdim etilganda, qonunchilikda belgilangan dastlabki elektron shakldagi axborotni taqdim etish talab etilmaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tranzit deklaratsiyasini bojxona organiga taqdim etish va rasmiylashtirish bilan bogʻliq boʻlgan operatsiyalar Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasining “E-Tranzit” avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Tovar va transport vositalari bilan tranzit operatsiyalarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-noyabrdagi 700-son qarori bilan tasdiqlangan Bojxona yigʻimlari stavkalariga2-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur qaror 2023-yil 1-yanvardan eʼtiboran kuchga kiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur qarorga 2-ilovaning 2-bandi 2023-yil 1-iyuldan kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vaziri Sh.D. Kudbiyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 31-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
737-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 31-dekabrdagi 737-son qaroriga 1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovar va transport vositalari bilan tranzit operatsiyalarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom tovar va transport vositalari bilan tranzit operatsiyalarini amalga oshirish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat nazorati organlari — shaxslar, tovarlar va transport vositalarini ushbu Nizomga muvofiq Davlat chegarasi orqali oʻtkazishda ishtirok etadigan chegara, bojxona, sanitariya-karantin, fitosanitariya, ekologiya va veterinariya nazorati organlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
deklaratsiyalovchi shaxs — bojxona organlariga tranzit deklaratsiyasini oʻz nomidan taqdim etayotgan deklarant yoki tranzit deklaratsiyasini toʻldirish, imzolash va bojxona organlariga deklarant nomidan taqdim etishga vakolatli bojxona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaxassis yoxud boshqa shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tranzit deklaratsiyasi — tovarlar va (yoki) transport vositalari haqidagi maʼlumotlar koʻrsatilgan holda bojxona organiga taqdim etiladigan hamda Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududiga olib kiriladigan va Oʻzbekiston Respublikasining hududi orqali tranzit olib oʻtiladigan tovarlarni joʻnatuvchi bojxona organidan tovar kelib tushadigan bojxona organigacha nazorat qilish uchun foydalaniladigan hujjat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“E-tranzit” avtomatlashtirilgan axborot tizimi (keyingi oʻrinlarda — “E-tranzit” AAT) — bojxona tranziti bojxona rejimiga joylashtiriladigan tovar va (yoki) transport vositalari toʻgʻrisidagi hujjat va maʼlumotlarni taqdim etish, qabul qilish, roʻyxatdan oʻtkazish, rasmiylashtirish, hisobga olish hamda monitoring qilishni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasining avtomatlashtirilgan axborot tizimi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“E-arxiv” interaktiv xizmati — tovarlarni elektron shaklda deklaratsiyalashni shakllantirishga asos hisoblangan elektron hujjatlarni taqdim etish hamda saqlash uchun moʻljallangan va deklaratsiyalash jarayoni va bojxona rasmiylashtiruvi davomida bojxona organlari bilan axborot almashinuviga qaratilgan bir martalik elektron arxivni yaratish imkonini beruvchi xizmat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
joʻnatuvchi bojxona organi — bojxona nazorati ostidagi tovarlar tashuvi boshlanadigan bojxona posti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tranzit operatsiyalari — tovar va transport vositalarining bojxona rasmiylashtiruvida tovarlarga va transport vositalariga nisbatan davlat nazorat organlari va (yoki) vakolatli shaxs tomonidan amalga oshiriladigan harakat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tovar va transport vositalarini bojxona tranziti bojxona rejimiga joylashtirish “E-tranzit” AATda tranzit deklaratsiyasini bojxona organiga elektron tarzda taqdim etish va uni rasmiylashtirish orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tranzit deklaratsiyasi bir yoki bir nechta tovarning kuzatuv hujjatlari boʻyicha tashiladigan tovarning har bir turkumi yoki tovarlarning bir nechta turkumi uchun rasmiylashtiriladi. Bunda tovarning bir nechta turkumi boʻyicha bitta tranzit deklaratsiyasini rasmiylashtirish uchun ular bir transport vositasida bitta transport hujjati bilan bitta joʻnatuvchidan bitta qabul qiluvchining manziliga tashilayotgan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tranzit deklaratsiyasining bojxona rasmiylashtiruvi quyidagi ikki bosqichda ushbu Nizomga ilovada keltirilgan sxema boʻyicha amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi bosqichda deklaratsiyalovchi shaxs tovarlar boʻyicha tranzit deklaratsiyasini joʻnatuvchi bojxona organlariga elektron shaklda taqdim etadi. Taqdim etilgan tranzit deklaratsiyasi bojxona organlarida roʻyxatga olinib, unga davlat nazorat organlari tomonidan munosabat belgisi qayd etiladi va tranzit operatsiyasi boshlanadi. Bunda, bojxona, veterinariya va fitosanitariya organlarining nazorat tartibotlari xavfni boshqarish tizimining topshirigʻiga asosan amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi bosqichda bojxona tranziti bojxona rejimiga rasmiylashtirilgan tovar va transport vositalari belgilangan joylarga yetkazib beriladi, tovar va transport vositasi yetkazib berilganligi fakti tasdiqlanadi va kuzatuv hujjatlari taqdim etilgandan soʻng tovar kelib tushadigan bojxona organi tomonidan tranzit operatsiyalari yakunlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Tranzit deklaratsiyasi va tovarning kuzatuv hujjatlarini taqdim etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Tranzit deklaratsiyasi quyidagi hollarda taqdim etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlarni bojxona hududiga olib kirishda yoki bojxona hududi orqali tranzit olib oʻtishda — tovar va transport vositasi bojxona chegarasini kesib oʻtgunga qadar yoki kesib oʻtish vaqtida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona hududida turgan tovarlarni bojxona nazorati ostida yetkazib berishni nazorat qilishda — tovarlar transport vositasiga yuklanishidan avval taqdim etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona hududida turgan bojxona nazorati ostidagi transport vositasini tovar sifatida yetkazib berishni nazorat qilishda — yuk operatsiyalarini amalga oshirishdan oldin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar tranzit deklaratsiyasi joʻnatuvchi bojxona organi tomonidan roʻyxatga olingan kundan eʼtiboran oʻttiz kalendar kun ichida unda koʻrsatilgan tovarlar deklaratsiya roʻyxatga olingan bojxona organiga taqdim etilmagan boʻlsa, tranzit deklaratsiyasi berilmagan deb hisoblanadi va avtomatik tarzda bekor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Bojxona organiga tranzit deklaratsiyasini taqdim etish quyidagi holatlarda talab etilmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovar va transport vositalari respublika hududidan olib chiqilayotganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy shaxslar tomonidan qoʻl yuki yoki kuzatib boriladigan bagajida tovarlar olib oʻtilayotganda, bundan tijorat maqsadida olib oʻtilayotgan tovarlar mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuksiz transport vositalari oʻtganda hamda yoʻlovchilar tashilganda, transport vositasini Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududiga tovar sifatida olib kirish va Oʻzbekiston Respublikasining hududi orqali tovar sifatida tranzit olib oʻtish holatlari bundan mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuklarni xalqaro yoʻllarda tashish daftarchasini qoʻllagan holda Yuklarni xalqaro tashish toʻgʻrisidagi bojxona Konvensiyasiga (1975-yil 14-noyabr, Jeneva,) muvofiq tovarlar Yuklarni xalqaro yoʻllarda tashish daftarchasi asosida dastlabki axborotni taqdim etish orqali tashilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vaqtincha olib kirish toʻgʻrisidagi konvensiyaga (1990-yil 26-iyun, Istanbul) muvofiq tovarlar ATA karneti asosida bojxona organlariga dastlabki axborotni taqdim etish orqali tashilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat sirlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar mavjud boʻlgan tashqi savdo kontraktlari boʻyicha olib kelinayotgan tovarlar tashilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa hollarda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Tranzit deklaratsiyasi joʻnatuvchi bojxona organiga elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan holda elektron shaklda “E-Tranzit” AAT orqali deklaratsiyalovchi shaxs tomonidan taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tranzit deklaratsiyasi “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyati tomonidan taqdim etilganda, deklaratsiyalovchi shaxs tomonidan taqdim etilgan tranzit deklaratsiyasi jamiyatning masʼul xodimi tomonidan umumlashtiriladi va bitta temir yoʻl transporti tarkibi doirasida bojxona organiga oʻziga biriktirilgan elektron raqamli imzosi orqali taqdim etiladi. Bunda mazkur Nizomning 11-bandida qayd etilgan talablar boʻyicha tranzit deklaratsiyasidagi maʼlumotlarning toʻgʻriligi va unga ilova qilingan hujjatlarga muvofiqligi uchun javobgarlik deklaratsiyalovchi shaxsda qoladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Tovar va transport vositalarining kuzatuv hujjatlari “E-Tranzit” AATga “E-arxiv” interaktiv xizmati orqali ilova qilinadi. Bunda “E-Tranzit” AATning tegishli maydoniga “E-arxiv” interaktiv xizmati orqali hujjatlarga berilgan maxsus raqam qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deklarant tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchisi kabinetidagi “E-arxiv” interaktiv xizmatidan foydalangan holda elektron arxivni shakllantirib, unga oʻzining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlagan bojxona rasmiylashtiruvi uchun taqdim etiladigan hujjatlarning elektron shakllarini joylashtiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektron arxivga joylashtirilgan hujjatlarga avtomatik tarzda maxsus raqam beriladi va bu haqda deklarantga tasdiqlangan elektron xabarnoma yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Tovar va transport vositalarining kuzatuv hujjatlari “E-Tranzit” AATga “E-arxiv” interaktiv xizmati orqali ilova qilinganda, ushbu hujjatlarni bojxona va boshqa rasmiylashtiruv jarayonlarida davlat nazorat organlariga qaytadan taqdim etish talab etilmaydi, sifatsiz (xira, boʻyalgan, tushunarsiz va hokazo) hujjatlar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Deklaratsiyalovchi shaxs tranzit deklaratsiyasidagi maʼlumotlarning toʻgʻriligi va unga ilova qilingan hujjatlarga muvofiqligi uchun javobgar hisoblanadi, deklaratsiyani toʻldirish uchun taqdim etilgan hujjatlardagi maʼlumotlarning notoʻgʻriligi bilan bogʻliq holatlar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Deklarant taqdim etilgan hujjatlardagi (tranzit deklaratsiyasi bundan mustasno) maʼlumotlarning toʻgʻriligi va amalda olib oʻtilayotgan tovarlar va transport vositalariga oʻzaro muvofiqligi uchun javobgar hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Tranzit deklaratsiyasini rasmiylashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-§. Tranzit deklaratsiyasini rasmiylashtirishning birinchi bosqichi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Tranzit deklaratsiyasi quyidagi hujjatlarning elektron nusxasi bilan birga joʻnatuvchi bojxona organiga taqdim etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) avtotransport vositasida tashilganda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoʻl harakati toʻgʻrisida Konvensiyaga (Vena, 1968-yil 8-noyabr) muvofiq avtotransport vositasini roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisida guvohnoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida nazarda tutilgan hollarda xorijiy avtotransport vositalarining Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirishi, chiqishi va tranzit oʻtishi uchun vakolatli organning ruxsatnomasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuklarni xalqaro yoʻllarda tashish shartnomasi toʻgʻrisidagi Konvensiya (Jeneva, 1956-yil 19-may) talablariga muvofiq tovar-transport yukxati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tijorat hujjatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlar bojxona chegarasi orqali olib oʻtilishi bilan bogʻliq taqiq va cheklovlarga rioya etilishini tasdiqlovchi hujjatlar, agar bunday hujjatlar mavjud boʻlganda olib oʻtishga yoʻl qoʻyilsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) temir yoʻl transportida xalqaro tashuvlarda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro temir yoʻl yuk yoʻnalishlari toʻgʻrisidagi bitimga (1951-yil 1-noyabr) muvofiq hujjatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tijorat hujjatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
temir yoʻlning harakatdagi tarkibiga doir topshirish qaydnomasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlarning bojxona chegarasi orqali harakatlanishida taqiqlar va cheklovlarga rioya qilinganligini tasdiqlovchi hujjatlar, agar bunday harakatlanish ushbu hujjatlar mavjudligida ruxsat berilgan taqdirda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Tranzit deklaratsiyasi bojxona organiga taqdim qilinib, “E-Tranzit” AATda roʻyxatga olingandan soʻng tizim orqali avtomatik tarzda identifikatsiya kodi beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tranzit deklaratsiyasi roʻyxatga olinganligi toʻgʻrisida deklaratsiyalovchi shaxsga elektron tarzda maʼlumot yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Tranzit deklaratsiyasi “E-Tranzit” AATda roʻyxatga olingan paytdan boshlab yuridik ahamiyatga molik faktlardan dalolat beruvchi hujjatga aylanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Tovar va transport vositalari joʻnatuvchi bojxona organiga yetib kelgandan soʻng tashuvchi tovar va transport vositalarining kuzatuv hujjatlari bilan birga identifikatsiya kodini bojxona organiga taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taqdim etilgan identifikatsiya kodi asosida tranzit deklaratsiyasi bojxona organi tomonidan qabul qilinadi va bu haqda deklaratsiyalovchi shaxsga elektron xabarnoma yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Bojxona organlari xodimi bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirishda bojxona qonunchiligida belgilangan harakatlarni bajaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Tovar va transport vositalarini bojxona tranziti bojxona rejimiga rasmiylashtirishda toʻlanishi lozim boʻlgan barcha turdagi toʻlovlar va yigʻimlarni toʻlash tranzit deklaratsiyasi rasmiylashtirilgunga qadar amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur toʻlovlar va yigʻimlar tranzit deklaratsiyasi bojxona organlarida roʻyxatdan oʻtgan kunda amalda boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan valyutalarning rasmiy ayirboshlash kursi yoki bazaviy hisoblash miqdoridan kelib chiqib hisoblanadi hamda shu maqsadda ochilgan bank hisob raqamiga oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻtkazilgan toʻlov va yigʻimlar tranzit deklaratsiya rasmiylashtirilgandan soʻng besh ish kuni mobaynida avtomatik tarzda davlat nazorati organlarining Moliya vazirligi huzuridagi shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Joʻnatuvchi bojxona postida faoliyat olib boruvchi davlat nazorati organlari toʻlanishi lozim boʻlgan tegishli toʻlovlar va yigʻimlar toʻgʻri hisoblanganligini tegishliligi boʻyicha nazorat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Joʻnatuvchi bojxona organida faoliyat olib boruvchi davlat nazorat organlari oʻziga yuklatilgan vazifalaridan kelib chiqib, taqdim etilgan hujjatlar hamda tranzit deklaratsiyasidagi maʼlumotlar bilan tanishib, oʻzining munosabat belgisini qayd etgandan soʻng tranzit operatsiyalari boshlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tranzit operatsiyalari boshlanganligi haqida deklarant yoki deklaratsiyalovchi shaxsga elektron xabarnoma yuboriladi. Bunda joʻnatuvchi bojxona postida tranzit deklaratsiyasi rasmiylashtirilganligi va tovarni yetkazib berish muddati bilan bogʻliq maʼlumotlar xabarnomada aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-§. Tranzit deklaratsiyasini rasmiylashtirishning ikkinchi bosqichi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Tashuvchi tomonidan tovar va transport vositasi belgilangan manzilga yetkazib berilgandan soʻng bojxona organi axborot tizimida tovar va transport vositasi yetkazib berilganligi fakti tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Axborot tizimida tovar va transport vositasi yetkazib berilganligi fakti tasdiqlangandan soʻng bojxona tranziti bojxona rejimini yakunlash uchun tashuvchi kuzatuv hujjatlarini tovarlar kelib tushadigan bojxona organiga taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Kuzatuv hujjatlari taqdim etilgandan soʻng tovar kelib tushadigan bojxona organi “E-tranzit” AATda tranzit deklaratsiyasining tegishli grafasiga va kuzatuv hujjatlariga belgi qoʻyish orqali bojxona tranziti bojxona rejimini yakunlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Bojxona tranziti bojxona rejimi yakunlangan paytdan eʼtiboran tranzit deklaratsiyasidagi bojxona hududida turgan tovar “vaqtincha saqlash” bojxona rejimida turgan tovar maqomini oladi. Bunda “vaqtincha saqlash” bojxona rejimiga joylashtirish uchun bojxona yuk deklaratsiyasini taqdim etish talab etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Tranzit deklaratsiyasini oʻzgartirish, unga qoʻshimcha kiritish, uni qayta rasmiylashtirish yoxud bekor qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Tranzit deklaratsiyasida koʻrsatilgan maʼlumotlarga deklarant tomonidan oʻzgartirishlar yoki qoʻshimchalar kiritilishi, topshirilgan tranzit deklaratsiyasi esa qaytarib olinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tranzit deklaratsiyasini oʻzgartirish, unga qoʻshimcha kiritish va (yoki) uni qaytarib olish tranzit deklaratsiyasi bojxona organi tomonidan qabul qilinguniga qadar amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Tranzit deklaratsiyasi qabul qilinganidan soʻng uni oʻzgartirish, qoʻshimcha kiritish, qayta rasmiylashtirish, qaytarib olish va (yoki) bekor qilish deklarant bojxona organiga murojaat etganidan keyin amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Bojxona rasmiylashtiruvi tugallanganidan keyin tranzit deklaratsiyasi bojxona organi tomonidan roʻyxatga olingan kundan eʼtiboran uch yil ichida tranzit deklaratsiyasiga bojxona organining talabi bilan yoki bojxona organi deklarant tomonidan koʻrsatilgan sabablarni asosli deb topsa, uning arizasiga koʻra oʻzgartirish, unga qoʻshimcha kiritish, uni qayta rasmiylashtirish yoxud bekor qilish mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Deklarantning murojaatiga asosan tranzit deklaratsiyasiga bojxona organlari tomonidan ham oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin. Bunda tranzit deklaratsiyasiga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan stavkalar boʻyicha yigʻim undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Tranzit deklaratsiyasini toʻldirish, bojxona organlariga taqdim etish, rasmiylashtirish, oʻzgartirish, unga qoʻshimcha kiritish, uni bekor qilish va qaytarib olish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Deklarant yoki deklaratsiyalovchi shaxs bojxona rasmiylashtiruvi jarayonida va undan soʻng bojxona xizmati organlari tomonidan bojxona yuk deklaratsiyasida qoidabuzarliklar aniqlangunga qadar bojxona toʻlovlarini hisoblashga yoki taqiq, cheklovlar qoʻllanilishiga taʼsir etmaydigan qoidabuzarliklarni ixtiyoriy ravishda bojxona organi ruxsati bilan tuzatish huquqiga ega, bundan qonunchilikda deklarant yoki deklaratsiyalovchi shaxsning murojaatiga asosan tranzit deklaratsiyasini oʻzgartirish, unga qoʻshimcha kiritish, uni qaytarib olish va bekor qilish taqiqlangan holatlar mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu holatlarda deklarant va deklaratsiyalovchi shaxsga nisbatan maʼmuriy huquqbuzarlikka oid protsessual hujjatlar rasmiylashtirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Deklarantning nomidan u ishonch bildirgan shaxs bojxona organlariga bojxona rasmiylashtiruvi uchun hujjatlarning elektron shakllarini taqdim etishi, tranzit deklaratsiyasini oʻzgartirish, unga qoʻshimcha kiritish, uni qayta rasmiylashtirish yoxud bekor qilish boʻyicha murojaat etishi mumkin. Bunda u qonunchilik hujjatlarida belgilangan deklarantning huquq va majburiyatlariga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Chegara bojxona postlarida veterinariya va fitosanitariya organlarining nazorat tartibotlarini xavfni boshqarish tamoyili asosida tashkil etishda veterinariya, fitosanitariya va bojxona organlari oʻrtasida oʻzaro maʼlumot almashinuvi joriy etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Ushbu Nizomni qoʻllashda yuzaga keladigan nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilikka muvofiq javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovar va transport vositalari bilan tranzit operatsiyalarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovar va transport vositalari bilan tranzit operatsiyalarini amalga oshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosqichlar
Ishtirokchilar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Deklaratsiyalovchi shaxs
Tranzit deklaratsiyasi hamda taqdim etiladigan hujjatlarni tayyorlaydi, elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlaydi va “E-tranzit” AAT orqali bojxona organlariga yuboradi.
1. Tranzit deklaratsiyasini roʻyxatga oladi va identifikatsiya kodini beradi.
2. Tranzit deklaratsiyasi roʻyxatga olinganligi toʻgʻrisida deklaratsiyalovchi shaxsga elektron xabarnoma yuboradi.
Real vaqt rejimida
Deklarant
1. Tovar va transport vositalarining kuzatuv hujjatlari bilan birga identifikatsiya kodni bojxona organiga taqdim etadi.
Bojxona hududiga kirib kelayotganda — tovarlar va transport vositalari joʻnatuvchi bojxona organiga kelgandan soʻng.
Ichki hududda — tayyor boʻlishga koʻra.
2. Tegishli bojxona toʻlovlari va yigʻimlarni toʻlaydi.
Tranzit deklaratsiyasi rasmiylashtirilgunga qadar
Davlat nazorati organlari
Taqdim etilgan hujjatlar hamda tranzit deklaratsiyasidagi maʼlumotlar bilan tanishib, oʻzining munosabat belgisini qayd etadi.
Chegara bojxona postida — uch soat ichida Ichki hududda — bir ish kunida
“E-Tranzit” AAT
Vakolatli organlarning munosabat belgilari qayd etilgandan soʻng tranzit operatsiyalari boshlanganligi haqida deklarant yoki deklaratsiyalovchi shaxsga elektron xabarnoma yuboradi.
Real vaqt rejimida
2-bosqich
Bojxona organi axborot tizimi
Tashuvchi tomonidan tovar va transport vositasi kelib tushadigan manzilga yetkazib berilgandan soʻng ularning yetkazib berilganligi faktini tasdiqlaydi.
Ish vaqtida oʻttiz daqiqa ichida
Tashuvchi
Yetkazib berilganligi fakti tasdiqlangandan soʻng kuzatuv hujjatlarni tovarlar kelib tushadigan bojxona organiga taqdim etadi.
Ish vaqtida bir soat ichida
Tovarlar kelib tushadigan bojxona organi
Kuzatuv hujjatlari taqdim etilgandan soʻng tranzit deklaratsiyasi va kuzatuv hujjatlariga belgi qoʻyish orqali bojxona tranziti bojxona rejimini yakunlaydi.
Uch soat ichida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. Tovar va transport vositalari bilan tranzit operatsiyalarini amalga oshirish sxemasida belgilangan muddatlarni istisno etadigan holatlar Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 31-dekabrdagi 737-son qaroriga 2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-noyabrdagi 700-son qarori bilan tasdiqlangan Bojxona yigʻimlari stavkalariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimcha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 1-bandning “e” kichik bandi chiqarib tashlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagi mazmundagi 10-band bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“
10.
Deklarantning murojaatiga asosan bojxona organi tomonidan tranzit deklaratsiyasiga oʻzgartirish va (yoki) qoʻshimcha kiritishda tranzit deklaratsiyasining asosiy varagʻi uchun, axborot tizimida deklaratsiyalovchi shaxs tomonidan oʻzgartirish va (yoki) qoʻshimcha kiritish bundan mustasno;