1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.01.00 Umumiy qoidalar;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.01.00 Umumiy qoidalar;
3.21.00.00.00 O‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.01.00.00 O‘zbekiston Respublikasining qonunlari]
[TSZ:
1.Moliya / Budjet. Budjetdan tashqari jamg‘armalar;
2.Moliya / Soliqlar (yig‘imlar, bojlar)]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Qonuni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq va budjet siyosatining 2023-yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasi tomonidan 2022-yil 27-dekabrda qabul qilingan Senat tomonidan 2022-yil 28-dekabrda ma’qullangan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan jadal rivojlantirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash hamda buning teng raqobat sharoitlarini yaratish maqsadida soliq yukini pasaytirish va soliq to‘g‘risidagi qonunchilikni yanada takomillashtirish bo‘yicha choralar ko‘rilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Qonunda 2023-yil uchun soliq siyosatining asosiy yo‘nalishlari belgilanib, ularda qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha soliq stavkasining pasaytirilishi, ayrim toifadagi soliq to‘lovchilar uchun foyda solig‘idan va ijtimoiy soliqdan imtiyozlar berilishi, aylanmadan olinadigan soliq bo‘yicha soliq stavkalarining unifikatsiya qilinishi, mutlaq summada belgilangan soliq stavkalarining kutilayotgan inflatsiya darajasidan kelib chiqqan holda indeksatsiya qilinishi, shuningdek budjetga to‘lanishi lozim bo‘lgan soliqlarning to‘liq yig‘ilishiga qaratilgan soliq ma’muriyatchiligiga oid choralar nazarda tutilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bundan tashqari, foydalanilmayotgan obyektlarga, shuningdek mazkur obyektlar bilan band bo‘lgan yer uchastkalariga nisbatan mol-mulk solig‘ining va yer solig‘ining oshirilgan stavkalarini qo‘llash tartibi bekor qilinmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonun 2023-yil va keyingi yillar uchun Davlat budjetini tayyorlashda nazarda tutilgan soliq siyosati choralarini amalga oshirish uchun zarur huquqiy sharoitlar yaratilishiga xizmat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 20-yanvarda qabul qilingan O‘RQ-400-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2016-yil, 1-songa ilova; 2017-yil, № 9, 510-modda; 2018-yil, № 4, 224-modda, № 7, 433-modda, № 10, 670-modda; 2019-yil, № 1, 5-modda, № 2, 47-modda, № 5, 267-modda, № 9, 589-modda, № 10, 671-modda, № 12, 880-modda; 2020-yil, № 10, 593-modda; 2021-yil, 4-songa ilova, № 10, 969-modda; 2022-yil, № 2, 75-modda, № 7, 666-modda) 297-moddasi ikkinchi qismining 9-bandi chiqarib tashlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 25-dekabrda qabul qilingan “Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi O‘RQ-598-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-yil, № 12, 892-modda; 2021-yil, 4-songa ilova; 2022-yil, № 6, 570-modda) 54-moddasining oltinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Chet ellik investorlarning, chet davlatlar fuqarolarining va O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida doimiy yashovchi, chet ellik investorlar bilan tuzilgan mehnat shartnomalariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi hududida bo‘lib turgan fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning shaxsiy ehtiyojlari uchun olib kiriladigan mol-mulkdan bojxona boji undirilmaydi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-dekabrda qabul qilingan O‘RQ-599-sonli Qonuni bilan yangi tahrirda tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-yil, 12-songa 1-ilova; 2020-yil, № 3, 198-modda, № 10, 593-modda, № 11, 652-modda, № 12, 690, 691-moddalar; 2021-yil, № 1, 6-modda, № 4, 294-modda, 4-songa ilova, № 8, 800-modda, № 9, 901-modda, № 10, 968, 969, 972, 973-moddalar, № 12, 1199-modda; 2022-yil, № 2, 79-modda, № 3, 215, 216-moddalar, № 5, 461, 464, 467-moddalar, № 6, 570-modda, № 7, 664, 666-moddalar) quyidagi qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) 56-moddaning to‘rtinchi qismi “ixtiyoriy tartibda” degan so‘zlardan keyin “(bundan yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar mustasno)” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) 75-moddaning beshinchi qismidagi “va yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqdan” degan so‘zlar “yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqdan va foydali qazilmalarni qazib olganlik uchun maxsus renta solig‘idan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) 81-modda quyidagi mazmundagi beshinchi qism bilan to‘ldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Soliq to‘lovchining soliq hisoboti uning tanloviga ko‘ra soliq organlari tomonidan tuzilishi mumkin. Bunda soliq hisobotini tuzish va taqdim etish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) 91-moddaning oltinchi qismi quyidagi mazmundagi jumla bilan to‘ldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Soliq to‘lovchi tomonidan ariza taqdim etilmagan taqdirda, ortiqcha to‘langan yoki ortiqcha undirilgan soliqlar (penyalar, jarimalar) summasi O‘zbekiston Respublikasi soliq to‘lovchilarining yagona reyestridan chiqarilgan soliq to‘lovchining shaxsiy hisobvarag‘idan hisobdan chiqariladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi qismi quyidagi mazmundagi 33-band bilan to‘ldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“33) agar o‘tgan yil yakunlari bo‘yicha jami daromadi o‘n milliard so‘mdan oshmagan shaxs soliq qarzi yuzaga kelgan sanadan e’tiboran bir oy ichida soliq organlariga soliqlarni bo‘lib-bo‘lib to‘lash huquqi to‘g‘risida xabarnoma yuborgan bo‘lsa. Mazkur tartib qo‘shilgan qiymat solig‘i va foyda solig‘i to‘lovchilariga nisbatan qo‘llaniladi (ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ko‘proq bo‘lgan yuridik shaxslar, yer qa’ridan foydalanuvchilar va aksiz to‘lanadigan tovarlarni ishlab chiqaruvchilar bundan mustasno)”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Agar soliqlarni bo‘lib-bo‘lib to‘lash ushbu modda ikkinchi qismining 33-bandida ko‘rsatilgan asoslar bo‘yicha taqdim etilgan va soliq qarzi bo‘yicha bo‘lib-bo‘lib to‘lash kalendar yil davomida bir marta foydalanilgan bo‘lsa, foizlar olti oy davomida ham hisoblanmaydi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) 119-moddaning matnidagi “o‘ttiz” degan so‘z “oltmish” degan so‘z bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organlar berilgan, uzaytirilgan, to‘xtatib turilgan, qayta tiklangan, tugatilgan, bekor qilingan, qayta rasmiylashtirilgan va chaqirib olingan litsenziyalar, ruxsat berish xususiyatiga ega hujjatlar, shuningdek jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan vakolatli organlarga yuborilgan xabarnomalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ko‘rsatilgan tartib-taomillardan o‘tgan shaxslar joylashgan erdagi soliq organlariga elektron shaklda real vaqt rejimida taqdim etishi shart”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi o‘n to‘qqizinchi qism bilan to‘ldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Muassasalar va tashkilotlar tomonidan soliq organlariga ma’lumotlar taqdim etish majburiyati qonunchilikda belgilanadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi qismining 1-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“1) davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari — o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish doirasida. Bunda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lovchilar deb e’tirof etilishi mumkin”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
to‘rtinchi qismidagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi beshinchi qism bilan to‘ldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan quyidagilarning tartibi belgilanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq organlarida soliq to‘lovchi sifatida maxsus ro‘yxatga olish hisobiga qo‘yilganlik to‘g‘risidagi guvohnomani (bundan buyon ushbu bo‘limda guvohnoma deb yuritiladi) berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
guvohnomaning amal qilishini to‘xtatib turish, qayta tiklash, tugatish yoki uni bekor qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
guvohnoma o‘z vaqtida berilmaganligi yoki uni berish rad etilganligi yoxud guvohnomaning amal qilishi to‘xtatib turilganligi, tugatilganligi yoki uning bekor qilinganligi, shuningdek o‘z vaqtida qayta tiklanmaganligi munosabati bilan soliq organining qarori ustidan shikoyat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq to‘lovchi sifatida maxsus ro‘yxatga olish hisobidan chiqarish”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Agar ushbu Kodeksning 4701-moddasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, soliq to‘lovchi bo‘lmagan shaxs soliq to‘lovchi sifatida ushbu Kodeksning 237-moddasiga muvofiq maxsus ro‘yxatga olish hisobiga qo‘yilganda, shuningdek soliq to‘lashdan ozod etish bekor qilingan taqdirda soliq to‘lovchi maxsus ro‘yxatga olish hisobiga qo‘yish (ozod qilishni bekor qilish) sanasida o‘z balansida mavjud bo‘lgan tovar-moddiy zaxiralar qoldiqlarining va uzoq muddatli aktivlarning balans qiymatida hisobga olingan soliq summasini ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan shartlarga rioya etilgan taqdirda, hisobga olish huquqiga ega”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
to‘qqizinchi qismining birinchi xatboshisidagi “beshinchi qismiga” degan so‘zlar “sakkizinchi qismiga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14) quyidagi mazmundagi 2661-modda bilan to‘ldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“2661-modda. Soliq summalarini hisobga olishning ayrim o‘ziga xos xususiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Guvohnomasining amal qilishi to‘xtatib turilgan yoki tugatilgan yoxud bekor qilingan soliq to‘lovchi tomonidan haqiqatda olingan tovarlar (xizmatlar) bo‘yicha to‘langan (to‘lanishi lozim bo‘lgan) soliq summasi hisobga olinmaydi. Mazkur hodisalar yuzaga kelganda, bunday soliq to‘lovchiga undan haqiqatda olingan tovarlar (xizmatlar) bo‘yicha to‘langan (to‘lanishi lozim bo‘lgan) soliq summasi uning xaridorlarida ham hisobga olinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Guvohnomaning amal qilishi to‘xtatib turilganligi munosabati bilan hisobga olish uchun qabul qilinmagan, haqiqatda olingan tovarlar (xizmatlar) bo‘yicha to‘langan (to‘lanishi lozim bo‘lgan) soliq summasi guvohnomaning amal qilishi qayta tiklangan taqdirda, guvohnomaning amal qilishi to‘xtatib turilgan sanadan e’tiboran soliq to‘lovchida va uning xaridorlarida hisobga olinadi (tuzatiladi)”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15) 269-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Agar ushbu Kodeksning 4701-moddasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, sotib olingan tovarlar (xizmatlar) bo‘yicha ushbu Kodeks 267-moddasi birinchi qismining 1 — 4-bandlariga muvofiq ilgari hisobga olish uchun qabul qilinmagan soliq summasi kelgusida ulardan soliq solinadigan aylanma uchun foydalanilgan hollarda tuzatiladi (hisobga olinadi)”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16) 274-moddaning uchinchi qismidagi “oltmish” degan so‘z “o‘ttiz” degan so‘z bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17) 2891-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Tamaki mahsulotlariga nisbatan soliq stavkalari quyidagi miqdorlarda belgilanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chaynaladigan, hidlanadigan va shimiladigan tamaki
341 000 so‘m/kg
6.
Qizdiriladigan tamaki tayoqchasi, qizdiriladigan tamakili kapsula va tarkibida tamaki bo‘lgan o‘xshash tamoyil bilan foydalaniladigan boshqa mahsulotlar
341 000 so‘m/kg
7.
Nikotinli tamakisiz snyus
137 500 so‘m/kg
8.
Tarkibida nikotin mavjud bo‘lgan suyuqlik (kartrijlarda, rezervuarlarda va elektron sigaretlarda foydalanish uchun boshqa konteynerlarda)**
605 so‘m/ml
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Belgilangan soliq stavkasi bo‘yicha soliq chilim uchun tamakisiz aralashmani olib kirishda ham to‘lanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
** Tarkibida nikotin mavjud bo‘lgan suyuqlikni (nikotinni) uni iste’mol qilish (elektron va boshqalar) tizimlarida olib kirishda soliq tarkibida nikotin mavjud bo‘lgan suyuqlik hajmidan kelib chiqqan holda to‘lanadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18) 2892-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Alkogol mahsulotlariga nisbatan soliq stavkalari quyidagi miqdorlarda belgilanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
T/r
Alkogol mahsulotlari turlari
Soliq stavkalari(1 litr uchun)
import qilinganda
ishlab chiqariladigan
2023-yil 1-yanvardan
2023-yil 1-fevraldan
1.
Oziq-ovqat xomashyosidan rektifikatsiyalangan etil spirti, rektifikatsiyalangan va efiroaldegidli fraksiyadan texnik etil spirti va etil spirtining boshlang‘ich fraksiyasi
70%
7 450 so‘m
2.
Aroq, konyak va boshqa alkogol mahsulotlari(aksiz to‘lanadigan tovar tarkibidagi suvsiz etil spirtining 1 litri uchun, bundan 3 va 4-bandlar mustasno)
106 800 so‘m
34 500 so‘m
38 000 so‘m
3.
Vino:
tabiiy ravishda achitilgan tabiiy vinolar (etil spirti qo‘shilmagan holda)
30 000 so‘m
1 so‘m
boshqa vinolar, shu jumladan vermut
42 750 so‘m
1 980 so‘m
2 200 so‘m
4.
Pivo
50%, biroq 12 800 so‘mdan kam bo‘lmagan
1 380 so‘m
1 550 so‘m
”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19) 2893-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Neft mahsulotlari va boshqa aksiz to‘lanadigan tovarlar va xizmatlarga nisbatan soliq stavkalari quyidagi miqdorlarda belgilanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
T/r
Tovarlar (xizmatlar) nomi
Soliq stavkalari
2023-yil 1-yanvardan
2023-yil 1-fevraldan
1.
Neft mahsulotlari:
benzin
275 000 so‘m/tonna
303 000 so‘m/tonna
aviakerosin (sintetikdan tashqari)
220 000 so‘m/tonna
242 000 so‘m/tonna
dizel yoqilg‘isi (sintetikdan tashqari)
264 000 so‘m/tonna
291 000 so‘m/tonna
EKO dizel yoqilg‘isi (sintetikdan tashqari)
237 600 so‘m/tonna
262 000 so‘m/tonna
dizel yoki karbyurator (injektor) dvigatellari uchun motor moyi
374 000 so‘m/tonna
412 000 so‘m/tonna
2.
Polietilen granulalar
10%
3.
Tabiiy gaz, bundan O‘zbekiston Respublikasiga olib kirilgan gaz mustasno
20%
4.
Yakuniy iste’molchiga realizatsiya qilinadigan:
benzin
1 litr uchun 385 so‘m/1 tonna uchun 512 000 so‘m
1 litr uchun 425 so‘m/1 tonna uchun 565 000 so‘m
dizel yoqilg‘isi
1 litr uchun 385 so‘m/1 tonna uchun 468 000 so‘m
1 litr uchun 425 so‘m/1 tonna uchun 516 000 so‘m
suyultirilgan gaz
1 litr uchun 385 so‘m/1 tonna uchun 730 000 so‘m
1 litr uchun 425 so‘m/1 tonna uchun 807 500 so‘m
siqilgan gaz
1 kub metr uchun 550 so‘m
1 kub metr uchun 605 so‘m
5.
Mobil aloqa xizmatlari
10%
6.
Xushbo‘ylashtiruvchi yoki rang beruvchi qo‘shimchalarsiz oq shakar
20%
”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi va uchinchi qismlari quyidagi mazmundagi ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi qismlar bilan almashtirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Konda foydali qazilmalarni qazib olish davrida xuddi shu konda ustki qatlamni ochish ishlari bo‘yicha qilingan xarajatlar loyihaning texnik-iqtisodiy asosnomasiga va soliq to‘lovchining soliq solish maqsadlaridagi hisob siyosatiga muvofiq ruda jismlarining bosqichlari yoki tarkibiy qismlari kesimidagi hajmlarga mutanosib ravishda hisoblangan amortizatsiya qilinadigan aktivning alohida guruhini hosil qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida ko‘rsatilgan xarajatlar foydali qazilmalarni qazib olish boshlangan yoki ustki qatlamni ochish ishlari yakunlangan paytdan e’tiboran soliq to‘lovchining jami daromadidan amortizatsiya ajratmalari tarzida chegirib tashlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Amortizatsiya ajratmalarining har yilgi summasi, soliq to‘lovchining xohishiga ko‘ra belgilanadigan amortizatsiya normasini qo‘llash yo‘li bilan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
biroq ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan amortizatsiya qilinadigan aktiv guruhi bo‘yicha to‘plangan xarajatlar summasining 15 foizidan ortiq bo‘lmagan miqdorda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
biroq ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan amortizatsiya qilinadigan aktiv guruhi bo‘yicha to‘plangan xarajatlar summasining 33 foizidan ortiq bo‘lmagan miqdorda hisoblab chiqariladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ushbu modda birinchi qismining 6-bandida nazarda tutilgan 0 darajali foiz miqdoridagi soliq stavkasini soliq to‘lovchilar tovarlarni (xizmatlarni) eksport qilishdan olinadigan daromadlar qismida qo‘llaydi, bundan faoliyatni doimiy muassasalar orqali amalga oshiruvchi norezidentlarga ko‘rsatiladigan xizmatlar mustasno”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi o‘n birinchi, o‘n ikkinchi va o‘n uchinchi qismlar bilan to‘ldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Quyidagilar ushbu modda birinchi qismining 12-bandida belgilangan soliq stavkasini 50 foizga pasaytirishga haqli:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 1-sentabrdan keyin ilk marotaba soliq to‘lashga o‘tgan aylanmadan olinadigan soliq to‘lovchilar — soliq to‘lovchi soliq to‘lashga o‘tgan yildan keyingi bir soliq davri mobaynida, basharti pasaytirilgan soliq stavkasi qo‘llaniladigan soliq davrida soliq to‘lovchining jami daromadi o‘n milliard so‘mdan oshmasa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 1-sentabrdan keyin jami daromadi joriy soliq davri mobaynida ilk marta o‘n milliard so‘mdan oshgan soliq to‘lovchilar — joriy soliq davri va keyingi soliq davri mobaynida, basharti pasaytirilgan soliq stavkasi qo‘llaniladigan soliq davrlarida jami daromadi yuz milliard so‘mdan oshmasa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda ushbu modda o‘n birinchi qismining ikkinchi xatboshisida ko‘rsatilgan soliq to‘lovchilar soliq bazasini jami daromadning 25 foizi miqdorida soddalashtirilgan tartibda aniqlashga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu moddaning o‘n birinchi qismida nazarda tutilgan pasaytirilgan soliq stavkasi yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqni va aksiz solig‘ini to‘lovchilarga nisbatan, shuningdek soliq to‘lovchi tugatilgan hollarda va (yoki) berilgan pasaytirilgan soliq stavkasini qo‘llash uchun ikki va undan ortiq tadbirkorlik subyekti o‘rtasida soliq to‘lovchining tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadlarini ajratish (bo‘lish) faktlari aniqlangan taqdirda, tatbiq etilmaydi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘n to‘rtinchi qismidagi “Ushbu moddaning sakkizinchi qismi” degan so‘zlar “Ushbu modda birinchi qismining 6-bandi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22) 340-moddaning o‘n birinchi qismidagi “10 sanasiga qadar” degan so‘zlar “15 sanasidan kechiktirmay” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23) 343-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Agar ushbu Kodeksning 4701-moddasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, yuridik shaxs tomonidan O‘zbekiston Respublikasining soliq rezidentiga to‘lanadigan dividendlarga ushbu Kodeksning 345-moddasida nazarda tutilgan tartibda to‘lov manbaida soliq solinadi va bunday daromadlarni oluvchi tomonidan soliq bazasini aniqlashda chegirib tashlanadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi o‘ninchi qism bilan to‘ldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ushbu modda to‘qqizinchi qismining qoidalarini qo‘llash maqsadlarida doimiy muassasa orqali faoliyatini amalga oshiruvchi norezident dividendlar tarzidagi daromadlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida nazarda tutilgan pasaytirilgan soliq stavkasini ushbu Kodeksning 357-moddasida ko‘rsatilgan tartibda qo‘llashga haqli. Agar O‘zbekiston Respublikasining soliq solish masalalari bo‘yicha xalqaro shartnomasida dividendlar tarzidagi daromadlar bo‘yicha bir nechta pasaytirilgan soliq stavkalari nazarda tutilgan bo‘lsa, ularning eng kami qo‘llaniladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25) 351-modda uchinchi qismi 1-bandi “b” kichik bandining uchinchi xatboshisidagi “bunday asbob-uskunalar (qurilmalar, mexanizmlar, butlovchi va ehtiyot qismlar) qiymatining 20 foiziga teng deb qabul qilinadi” degan so‘zlar “bunday xizmatlarning bozor qiymatidan kelib chiqqan holda aniqlanadi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“olingan ipoteka kreditlarini va ular bo‘yicha hisoblangan foizlarni soliq davri davomida jami mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining sakson baravarigacha bo‘lgan miqdorda qoplashga, basharti uy-joy fondining ko‘chmas mulk obyektlarini sotib olish, qurish yoki rekonstruksiya qilish dastlabki badalning va (yoki) ipoteka krediti bo‘yicha foizlarning bir qismini qoplash uchun budjetdan ajratilgan subsidiyalar hisobga olingan holda amalga oshirilgan bo‘lsa. Mazkur soliq imtiyozi qarz oluvchiga va (yoki) birga qarz oluvchilarga nisbatan, basharti ularning soliq solinmaydigan daromadlari jami summasi belgilangan miqdordan oshmasa, tatbiq etiladi. Bunda yosh oila bo‘lgan er-xotinning olgan ipoteka kreditlarini hamda ular bo‘yicha hisoblangan foizlarni to‘lashga yo‘naltirilgan ish haqiga va boshqa daromadlariga nisbatan soliq imtiyozi er-xotin yoki ulardan biri belgilangan yoshga to‘lguniga qadar, ushbu xatboshida budjetdan ajratilgan subsidiyalar bo‘yicha belgilangan shartlar inobatga olinmagan holda qo‘llaniladi. Agar 2023-yil 1-yanvardan keyin ipoteka krediti hisobiga sotib olingan, qurilgan yoki rekonstruksiya qilingan uy-joy fondining ko‘chmas mulk obyektlari ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan sanadan e’tiboran o‘ttiz olti oy ichida boshqa shaxsga o‘tkazilgan bo‘lsa, soliq imtiyozining amal qilishi soliq imtiyozini qo‘llashning butun davri uchun soliqni to‘lash majburiyati tiklangan holda bekor qilinadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27) 383-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Soliqni qat’iy belgilangan miqdorlarda to‘lovchi soliq to‘lovchilar uchun soliq stavkasi quyidagi miqdorlarda belgilanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
T/r
Faoliyat turi
Bir oylik soliq stavkalari (so‘mda)
Toshkent shahri
Nukus shahri va viloyat markazlari bo‘lgan shaharlar
boshqa shaharlar
boshqa aholi punktlari
1.
Chakana savdo:
oziq-ovqat tovarlari va nooziq-ovqat tovarlari bilan
825 000
660 000
330 000
220 000
dehqon bozorlarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan
275 000
165 000
110 000
55 000
gazetalar, jurnallar va kitob mahsulotlari bilan
275 000
165 000
110 000
55 000
2.
Maishiy xizmatlar
275 000
165 000
110 000
55 000
3.
Boshqa faoliyat turlari
250 000
165 000
110 000
55 000
4.
Avtomobil transportida yuk tashish xizmatlari:
3 tonnagacha yuk ko‘tarish quvvatiga ega yuk avtomobillari uchun
165 000
3 tonnadan ortiq yuk ko‘tarish quvvatiga ega yuk avtomobillari uchun
250 000
”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28) 389-modda birinchi qismining 2-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“2) har oyda, hisobot davridan keyingi oyning o‘n beshinchi kunidan kechiktirmay, yil yakunlari bo‘yicha esa — keyingi yilning 15-fevralidan kechiktirmay”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Soliq hisoboti soliq to‘lovchi tomonidan soliq bo‘yicha hisobga olish joyidagi soliq organlariga har oyda hisobot davridan keyingi oyning o‘n beshinchi kunidan kechiktirmay, yil yakunlari bo‘yicha esa — keyingi yilning 15-fevralidan kechiktirmay taqdim etiladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Soliq hisoboti soliq bo‘yicha hisobga olish joyidagi soliq organiga yilda bir marta, soliq hisoboti davridan keyingi yilning 1-martidan kechiktirmay taqdim etiladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
beshinchi qismidagi “10-yanvarigacha” degan so‘zlar “20-yanvaridan kechiktirmay” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Soliq stavkalari quyidagi miqdorlarda belgilanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
T/r
Soliq solish obyektlari
Soliq stavkalari, foizlarda
1.
Uy-joylar va kvartiralar, dala hovli imoratlari (umumiy maydoni 200 kv.m gacha bo‘lganlarini qo‘shib hisoblaganda), ko‘p kvartirali uylarga uzviy bog‘liq bo‘lgan avtomashina turar joylari, shuningdek boshqa imoratlar, binolar va inshootlar
0,28
2.
Shaharlarda joylashgan uy-joylar va kvartiralar, umumiy maydoni:
200 kv.m dan ortiq va 500 kv.m gacha bo‘lgan
0,37
500 kv.m dan ortiq bo‘lgan
0,49
3.
Boshqa aholi punktlarida joylashgan, umumiy maydoni 200 kv.m dan ortiq bo‘lgan uy-joylar va kvartiralar, dala hovli imoratlari
0,37
4.
Tadbirkorlik faoliyati uchun yoxud yuridik shaxsga yoki yakka tartibdagi tadbirkorga ijaraga berishda foydalaniladigan soliq solish obyektlari, shuningdek tadbirkorlik faoliyati va (yoki) daromadlar olish uchun mo‘ljallangan, yashash uchun mo‘ljallanmagan ko‘chmas mulk obyektlari
1,5
”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
beshinchi qismidagi “agar ushbu moddaning oltinchi qismida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallanmagan yerlar bo‘yicha bazaviy soliq stavkalari respublika hududlari kesimida 1 gektar uchun mutlaq o‘lchamda quyidagi miqdorlarda belgilanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika hududlari
1 gektar uchun bazaviy soliq stavkasi (mln so‘mda)
Toshkent shahri:
1 zona
242
2 zona
193
3 zona
149
4 zona
99
5 zona
50
Qoraqalpog‘iston Respublikasi
31
Andijon viloyati
39
Buxoro viloyati
32
Jizzax viloyati
32
Qashqadaryo viloyati
32
Navoiy viloyati
32
Namangan viloyati
39
Samarqand viloyati
39
Surxondaryo viloyati
29
Sirdaryo viloyati
24
Toshkent viloyati
33
Farg‘ona viloyati
33
Xorazm viloyati
32
”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi xatboshisidagi “har chorak birinchi oyining 10-kunigacha” degan so‘zlar “har chorak uchinchi oyining 20-sanasidan kechiktirmay” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“aylanmadan soliq to‘lovchi bo‘lmagan soliq to‘lovchilar uchun — yillik soliq summasining o‘n ikkidan bir qismi miqdorida, har oyning 10-sanasidan kechiktirmay. Bunda yanvar oyi uchun 20-yanvardan kechiktirmay amalga oshiriladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36) 434-modda birinchi qismining 1-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“1) jismoniy shaxslarga qishloq xo‘jaligi maqsadlari uchun, shuningdek dehqon xo‘jaligini yuritish uchun belgilangan tartibda berilgan yer uchastkalari”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37) 435-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Jismoniy shaxslarga berilgan, shuningdek dehqon xo‘jaligini yuritish uchun berilgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar bo‘yicha soliq bazasi ushbu Kodeks 428-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq soliq solinmaydigan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalari chegirib tashlangan holda, yer uchastkalarining qonunchilikka muvofiq aniqlangan normativ qiymatidir. Bunda yer uchastkalarining normativ qiymati tegishincha tumanning (shaharning) sug‘oriladigan yoki sug‘orilmaydigan yerlari uchun o‘rtacha hisobda aniqlanadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Respublika hududlari kesimida bazaviy soliq stavkalari 1 kv. m uchun mutlaq o‘lchamda quyidagi miqdorlarda belgilanadi (bundan jismoniy shaxslarga berilgan, shuningdek dehqon xo‘jaligini yuritish uchun berilgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalari mustasno):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika hududlari
1 kv. m uchun bazaviy soliq stavkasi (so‘mda)
Toshkent shahri:
1 zona
1408
2 zona
1194
3 zona
979
4 zona
770
5 zona
550
Qoraqalpog‘iston Respublikasi
286
Andijon viloyati
352
Buxoro viloyati
286
Jizzax viloyati
286
Qashqadaryo viloyati
286
Navoiy viloyati
286
Namangan viloyati
352
Samarqand viloyati
352
Surxondaryo viloyati
268
Sirdaryo viloyati
226
Toshkent viloyati
297
Farg‘ona viloyati
297
Xorazm viloyati
286
”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Jismoniy shaxslarga berilgan, shuningdek dehqon xo‘jaligini yuritish uchun berilgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarga soliq stavkasi qishloq xo‘jaligi ekinzorlarining normativ qiymatiga nisbatan 0,95 foiz miqdorda belgilanadi. Bunda qishloq xo‘jaligi yerlarining sifati yomonlashganda yoki yaxshilanganda (ball boniteti pasayganda yoki oshganda) qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarga ega bo‘lgan dehqon xo‘jaliklariga va jismoniy shaxslarga nisbatan ushbu Kodeks 429-moddasining to‘qqizinchi va o‘ninchi qismlarida nazarda tutilgan tartib tatbiq etiladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39) 439-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Soliqni hisoblab chiqarish yer uchastkasi joylashgan erdagi soliq organlari tomonidan ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organning ma’lumotlari asosida, jismoniy shaxslarga berilgan, shuningdek dehqon xo‘jaligini yuritish uchun berilgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar bo‘yicha esa qishloq xo‘jaligi ekinzorlarining normativ qiymatini aniqlovchi organning ma’lumotlariga asosan, ushbu Kodeks 435-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan tartibga muvofiq amalga oshiriladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“suvdan tadbirkorlik faoliyati uchun foydalanuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar, shuningdek tadbirkorlik faoliyati va (yoki) daromad olish uchun mo‘ljallangan, yashash uchun mo‘ljallanmagan ko‘chmas mulk obyektlariga ega bo‘lgan jismoniy shaxslar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dehqon xo‘jaliklari, shuningdek qishloq xo‘jaligi yerlariga ega bo‘lgan jismoniy shaxslar”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Suvdan foydalanish va suv iste’moli sohasidagi vakolatli organ soliq bazasini aniqlash uchun soliq organlariga, shuningdek qishloq xo‘jaligida, shu jumladan baliqchilik xo‘jaligida suv resurslaridan foydalanuvchi yuridik shaxslarga ular tomonidan foydalanilishi kutilayotgan suv resurslarining hajmini har yili joriy soliq davrining 10-dekabridan kechiktirmay, dehqon xo‘jaliklari, tadbirkorlik faoliyati va (yoki) daromad olish uchun mo‘ljallangan, yashash uchun mo‘ljallanmagan ko‘chmas mulk obyektlariga ega bo‘lgan jismoniy shaxslar bo‘yicha esa — suvdan foydalanish yoki suvni iste’mol qilish joyi bo‘yicha soliq organlariga hisobot yilidan keyingi yilning 20-yanvaridan kechiktirmay taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dehqon xo‘jaliklari, shuningdek qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarga hamda tadbirkorlik faoliyati va (yoki) daromad olish uchun mo‘ljallangan, yashash uchun mo‘ljallanmagan ko‘chmas mulk obyektlariga ega bo‘lgan jismoniy shaxslar uchun soliq bazasi suvdan foydalanish va suv iste’moli sohasidagi vakolatli organ taqdim etgan ma’lumotlarga asosan soliq organlari tomonidan aniqlanadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42) 445-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Belgilangan limit doirasida yer usti va yer osti manbalaridan olinadigan suv resurslari uchun soliq stavkalari mutlaq miqdorda bir kub metr uchun quyidagi miqdorlarda belgilanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
T/r
Soliq to‘lovchilar va soliq solish obyektlari
1 kub. metr uchun soliq stavkasi
(so‘mda)
er usti suv resurslari manbalari
yer osti suv resurslari manbalari
1.
Iqtisodiyotning barcha tarmoqlaridagi korxonalar (bundan 2 va 3-bandlarda ko‘rsatilganlari mustasno), shuningdek yakka tartibdagi tadbirkorlar va tadbirkorlik faoliyati va (yoki) daromad olish uchun mo‘ljallangan, yashash uchun mo‘ljallanmagan ko‘chmas mulk obyektlariga ega bo‘lgan jismoniy shaxslar
265
320
2.
Sanoat korxonalari
570
680
3.
Elektr stansiyalari va kommunal xizmat ko‘rsatish korxonalari
90
110
4.
Qishloq xo‘jaligi yerlarini sug‘orish va baliqlarni yetishtirish (o‘stirish) uchun foydalaniladigan suv hajmi, shu jumladan dehqon xo‘jalikla�i va qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarga ega bo‘lgan jismoniy shaxslar
45
45
5.
Avtotransport vositalarini yuvish uchun ishlatilgan suv hajmi
2 410
2 410
6.
Alkogolsiz ichimliklarni hamda pivo va vinodan tashqari alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan suv hajmi
30 500
30 500
”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Soliq organlari soliq bazasidan va belgilangan soliq stavkalaridan kelib chiqqan holda quyidagilar uchun soliq summasini aniqlaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dehqon xo‘jaliklari uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarga ega bo‘lgan jismoniy shaxslar uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik faoliyati va (yoki) daromad olish uchun mo‘ljallangan, yashash uchun mo‘ljallanmagan ko‘chmas mulk obyektlariga ega bo‘lgan jismoniy shaxslar uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-oktabrga qadar qishloq xo‘jaligi korxonalari uchun — qishloq xo‘jaligi yerlarini sug‘orish va baliqlarni yetishtirish (o‘stirish) uchun ular tomonidan avvalgi soliq davrida foydalanilgan suv hajmining 70 foizi miqdorida. Avvalgi soliq davrida qishloq xo‘jaligi korxonasi tomonidan foydalanilgan suvning hajmi to‘g‘risidagi axborot mavjud bo‘lmagan taqdirda, soliq summasi suvdan foydalanish va suv iste’moli sohasidagi vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan suv iste’moli normativlari bo‘yicha aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq hisoboti suvdan foydalanish yoki suvni iste’mol qilish joyi bo‘yicha soliq organlariga quyidagilar tomonidan yilda bir marta taqdim etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining yuridik shaxslari tomonidan, bundan qishloq xo‘jaligi korxonalari mustasno — hisobot davridan keyingi yilning 1-martidan kechiktirmay;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xo‘jaligi korxonalari tomonidan — joriy soliq davrining 15-dekabridan kechiktirmay;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasida faoliyatini doimiy muassasalar orqali amalga oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasining norezidentlari bo‘lgan yuridik shaxslar, shuningdek yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan — soliq davridan keyingi yilning 20-yanvaridan kechiktirmay.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq organlari soliq to‘lash to‘g‘risidagi to‘lov xabarnomasini dehqon xo‘jaliklariga, shuningdek qishloq xo‘jaligi yerlariga hamda tadbirkorlik faoliyati va (yoki) daromad olish uchun mo‘ljallangan, yashash uchun mo‘ljallanmagan ko‘chmas mulk obyektlariga ega bo‘lgan jismoniy shaxslarga soliq davridan keyingi yilning 1-martidan kechiktirmay topshiradi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Soliq davri mobaynida soliq to‘lovchilar soliq bo‘yicha bo‘nak to‘lovlarini to‘laydi, bundan qishloq xo‘jaligi korxonalari, O‘zbekiston Respublikasida faoliyatini doimiy muassasalar orqali amalga oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasining norezidentlari bo‘lgan yuridik shaxslar, shuningdek dehqon xo‘jaliklari va qishloq xo‘jaligi yerlariga hamda tadbirkorlik faoliyati va (yoki) daromad olish uchun mo‘ljallangan, yashash uchun mo‘ljallanmagan ko‘chmas mulk obyektlariga ega bo‘lgan jismoniy shaxslar mustasno”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi qismidagi “20-yanvarigacha” degan so‘zlar “20-yanvaridan kechiktirmay” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yettinchi qismi quyidagi mazmundagi yettinchi va sakkizinchi qismlar bilan almashtirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Qishloq xo‘jaligi korxonalari tomonidan soliq davri uchun soliqni to‘lash quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-oktabrga qadar — soliq organlari tomonidan aniqlangan yillik soliq summasining 70 foizi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-dekabrga qadar — soliqning qolgan summasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dehqon xo‘jaliklari, shuningdek qishloq xo‘jaligi yerlariga hamda tadbirkorlik faoliyati va (yoki) daromad olish uchun mo‘ljallangan, yashash uchun mo‘ljallanmagan ko‘chmas mulk obyektlariga ega bo‘lgan jismoniy shaxslar tomonidan soliqni to‘lash yilda bir marta, soliq davridan keyingi yilning 1-mayidan kechiktirmay amalga oshiriladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq (bundan buyon ushbu bo‘limda soliq deb yuritiladi) solish obyekti quyidagilardir:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar ushbu qismning uchinchi xatboshisida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, foydali qazilmani qazib olish (ajratib olish) hajmi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qazib olingan (ajratib olingan) qora, qimmatbaho, rangli va radioaktiv metallarning, shuningdek noyob elementlarning va noyob yer elementlarining haqiqatda realizatsiya qilingan hajmi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi qismidagi “texnologik yo‘qotishlarni hisobga olgan holda” degan so‘zlar “texnologik yo‘qotishlar hajmini chegirgan holda” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi qismining ikkinchi xatboshisidagi “yo‘qotishlar” degan so‘z “yo‘qotishlar (bundan normadan ortiq yo‘qotishlar mustasno)” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Quyidagilar soliq bazasidir:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar ushbu qismning uchinchi xatboshisida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, qazib olingan (ajratib olingan) foydali qazilma hajmining qiymati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qazib olingan (ajratib olingan) qora, qimmatbaho, rangli va radioaktiv metallarning, shuningdek noyob elementlarning va noyob yer elementlarining haqiqatda realizatsiya qilingan hajmi qiymati.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar ushbu moddaning to‘qqizinchi — o‘n birinchi qismlarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, soliq bazasi soliq (hisobot) davri boshlanganidan e’tiboran o‘sib boruvchi yakun bilan aniqlanadi va soliq (hisobot) davri uchun o‘rtacha olingan realizatsiya qilish bahosi bo‘yicha hisob-kitob qilinadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Soliq to‘lovchi qazib olingan tabiiy gazni, neftni va (yoki) gaz kondensatini qayta ishlashni mustaqil ravishda yoxud qaytarish sharti bilan qayta ishlashga berish asosida amalga oshirgan hollarda, soliq bazasi ushbu foydali qazilmalardan olingan mahsulotlarni realizatsiya qilish bahosidan kelib chiqqan, ularni keyinchalik qayta ishlash va transportda tashish uchun soliq to‘lovchi tomonidan qilingan xarajatlar chegirib tashlangan holda aniqlanadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘ninchi qismidagi “ularga ishlov berish (ularni boyitish), ularni qayta ishlash” degan so‘zlar “keyinchalik ularni qayta ishlash (eritish, affinaj)” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi o‘n birinchi qism bilan to‘ldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ushbu moddaning to‘qqizinchi va o‘ninchi qismlarida, shuningdek ushbu Kodeksning 4511-moddasida nazarda tutilgan foydali qazilmalarga nisbatan soliq bazasini aniqlash chog‘ida, qazib olingan foydali qazilmalarni transportda tashish va (yoki) qayta ishlash, shu jumladan ularni qaytarish sharti bilan qayta ishlashga berish asosida qayta ishlash bilan bog‘liq xarajatlar summasi soliq to‘lovchi tomonidan soliq organlari bilan birgalikda aniqlanadi. Mazkur xarajatlarning summasi kalendar yil natijalariga ko‘ra shunga o‘xshash tartibda tuzatilishi mumkin”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Metallarni qazib olish (ajratib olish) chog‘ida quyidagilar soliq bazasi bo‘ladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) agar ushbu qismning 2-bandida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, rudani (konsentratni) realizatsiya qilish chog‘ida — qazib olingan (ajratib olingan) metallning haqiqatda realizatsiya qilingan qiymati, ushbu qiymat rudaning (konsentratning) tarkibida mavjud bo‘lgan metall hajmiga nisbatan qo‘llaniladigan soliq (hisobot) davri uchun o‘rtacha arifmetik birja bahosi va o‘rtacha olingan realizatsiya qilish bahosi o‘rtasida olingan yuqoriroq narx bo‘yicha hisob-kitob qilinib, ushbu metallni keyinchalik qayta ishlash (eritish, affinaj) va (yoki) transportda tashish xarajatlari chegirib tashlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) oltin va misni realizatsiya qilish chog‘ida — qazib olingan (ajratib olingan) metallning haqiqatda realizatsiya qilingan qiymati, ushbu qiymat ruda, konsentrat va (yoki) qayta ishlashning yakuniy mahsuloti (tayyor mahsulot) tarkibida mavjud bo‘lgan metall hajmiga nisbatan qo‘llaniladigan soliq (hisobot) davri uchun o‘rtacha arifmetik birja bahosi va o‘rtacha olingan realizatsiya qilish bahosi o‘rtasida olingan yuqoriroq narx bo‘yicha hisob-kitob qilinib, ushbu metallni keyinchalik qayta ishlash (eritish, affinaj) va transportda tashish xarajatlari chegirib tashlanmaydi. Bunda soliq to‘lovchi oltin va mis bo‘yicha soliq bazasini ushbu xarajatlarni chegirib tashlagan holda belgilashga haqli;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) mustaqil ravishda yoxud qaytarish sharti bilan qayta ishlashga berish asosida ajratib olingan kumushni, platinani, palladiyni, ruxni, qo‘rg‘oshinni yoki molibdenni realizatsiya qilish chog‘ida — qazib olingan (ajratib olingan) metallning haqiqatda realizatsiya qilingan qiymati, ushbu qiymat soliq (hisobot) davrida o‘rtacha arifmetik birja bahosi va o‘rtacha olingan realizatsiya qilish bahosi o‘rtasida olingan yuqoriroq narx bo‘yicha hisob-kitob qilinib, soliq to‘lovchi tomonidan ushbu metallni keyinchalik qayta ishlash (eritish, affinaj) va (yoki) transportda tashish uchun qilingan xarajatlar chegirib tashlanadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi qismidagi “ularga ishlov berish (ularni boyitish), ularni qayta ishlash (affinaj) va transportda tashish” degan so‘zlar “ularni keyinchalik qayta ishlash (eritish, affinaj) va transportda tashish” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
to‘rtinchi qismidagi “ularga ishlov berish (ularni boyitish), ularni qayta ishlash (affinaj) va transportda tashish” degan so‘zlar “ularni keyinchalik qayta ishlash (eritish, affinaj) va transportda tashish” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
beshinchi qismidagi “ularga ishlov berish (ularni boyitish), ularni qayta ishlash (affinaj) va transportda tashish” degan so‘zlar “ularni keyinchalik qayta ishlash (eritish, affinaj) va transportda tashish” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oltinchi qismidagi “ularga ishlov berish (ularni boyitish), ularni qayta ishlash (affinaj) va transportda tashish” degan so‘zlar “ularni keyinchalik qayta ishlash (eritish, affinaj) va transportda tashish” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Soliq davri davomida jami daromadi bir milliard so‘mdan oshgan soliq to‘lovchilar, shu jumladan yangi tashkil etilgan yuridik shaxslar va yangi ro‘yxatdan o‘tgan yakka tartibdagi tadbirkorlar jami daromadi ko‘rsatilgan miqdorga yetgan kundan e’tiboran qo‘shilgan qiymat solig‘ini va foyda solig‘ini to‘lashga o‘tadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50) 464-modda birinchi qismining 6-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“6) tovarlarni (xizmatlarni) eksportga realizatsiya qilishdan olingan daromadlar”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51) 467-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Soliq stavkalari quyidagi miqdorlarda belgilanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
T/r
Soliq to‘lovchilar
Soliq stavkalari, foizlarda
1.
Iqtisodiyotning barcha tarmoqlaridagi soliq to‘lovchilar, bundan 2 — 6-bandlarda nazarda tutilganlar mustasno
4
2.
Chakana savdo sohasidagi soliq to‘lovchilar
2.1.
joylashgan joyiga qarab:
aholisi soni yuz ming nafar va undan ko‘p kishidan iborat shaharlarda
4
boshqa aholi punktlarida
2
borish qiyin bo‘lgan va tog‘li tumanlarda
1
2.2.
joylashgan joyidan qat’i nazar, tamaki mahsulotlarini realizatsiya qilishdan tovar aylanmasi bo‘yicha
4
3.
Quyidagi joylarda joylashgan ulgurji va chakana dorixona tashkilotlari:
aholisi soni yuz ming nafar va undan ko‘p kishidan iborat shaharlarda
3
boshqa aholi punktlarida
2
borish qiyin bo‘lgan va tog‘li tumanlarda
1
4.
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sotib oluvchi, saralovchi, saqlovchi va qadoqlovchi tayyorlov tashkilotlari hamda yakka tartibdagi tadbirkorlar
tovar aylanmasining 4 yoki yalpi daromadning 25
5.
Tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) elektron savdosini amalga oshiruvchi soliq to‘lovchilar (ushbu Kodeks 337-moddasining beshinchi qismida belgilangan qoidalarni inobatga olgan holda)
2
6.
Yagona ishtirokchisi nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamoat birlashmalari, “Nuroniy” jamg‘armasi va “O‘zbekiston Chernobilchilari” assotsiatsiyasi bo‘lgan, umumiy sonida nogironligi bo‘lgan shaxslar, urush va 1941 — 1945-yillardagi mehnat fronti veteranlari 50 foizdan kam bo‘lmagan va nogironligi bo‘lgan shaxslar, urush va 1941 — 1945-yillardagi mehnat fronti veteranlarining mehnatiga haq to‘lash fondi umumiy mehnatga haq to‘lash fondining 50 foizidan kam bo‘lmagan soliq to‘lovchilar
0
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq to‘lovchilar qat’iy belgilangan summada soliq to‘lashni tanlashga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliqni qat’iy belgilangan summada to‘lovchi soliq to‘lovchilar uchun soliq stavkasi quyidagi miqdorlarda belgilanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
T/r
Soliq to‘lovchilar
Bir yillik soliq stavkalari
(mln so‘mda)
1.
Jami daromadi besh yuz million so‘mdan oshmagan soliq to‘lovchilar
20
2.
Jami daromadi besh yuz million so‘mdan yuqori bo‘lgan soliq to‘lovchilar
30
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qat’iy belgilangan summadagi soliq stavkasi bo‘yicha soliq to‘lash tartibi ushbu Kodeksning 4701-moddasida belgilangan”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52) 470-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Agar ushbu Kodeksning 4701-moddasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, hisobot (soliq) davri yakunlari bo‘yicha soliq summasi soliq to‘lovchi tomonidan mustaqil ravishda aniqlanadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
53) 66-bob quyidagi mazmundagi 4701-modda bilan to‘ldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“4701-modda. Qat’iy belgilangan summadagi soliq stavkasi bo‘yicha soliq to‘lashning o‘ziga xos xususiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq to‘lovchilar qat’iy belgilangan summada soliq to‘lashga o‘tish to‘g‘risida o‘zi soliq hisobida turgan joydagi soliq organini O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan belgilangan shaklda keyingi oy boshlanguniga qadar o‘n kundan kechiktirmay xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yangi tashkil etilgan soliq to‘lovchilar davlat ro‘yxatidan o‘tish chog‘ida qat’iy belgilangan summada soliq to‘lashni tanlashga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qat’iy belgilangan summada soliq to‘lashga soliq davri mobaynida o‘tilgan taqdirda, soliq miqdori qat’iy belgilangan summani o‘n ikkiga bo‘lish va olingan natijani joriy soliq davrining yakuniga qadar qolgan oylar soniga ko‘paytirish yo‘li bilan aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar soliq davri davomida qat’iy belgilangan summadagi soliq to‘lovchining jami daromadi besh yuz million so‘mdan oshsa, u holda qat’iy belgilangan summadagi soliq summasi bunday oshish ro‘y bergan oydan boshlab joriy soliq davrining oxiriga qadar jami daromadi besh yuz million so‘mdan ortiq bo‘lgan soliq to‘lovchilar uchun belgilangan soliq stavkasidan kelib chiqqan holda qayta hisoblab chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq davri davomida qat’iy belgilangan summada soliq to‘lashdan qo‘shilgan qiymat solig‘i va foyda solig‘ini to‘lashga o‘tishda qat’iy belgilangan summadagi soliq summasi ushbu soliqlarni to‘lashga o‘tish amalga oshirilgan oxirgi kalendar oy hisobga olingan holda to‘lanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq to‘lovchilar navbatdagi soliq davridan boshlab qat’iy belgilangan summada soliq to‘lashni rad etishga va o‘zi soliq hisobida turgan joydagi soliq organlarini O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan belgilangan shaklda, navbatdagi soliq davri boshlanishiga qadar o‘n kundan kechiktirmay xabardor qilgan holda, soliqni ushbu Kodeks 467-moddasining birinchi qismida ko‘rsatilgan soliq stavkalari bo‘yicha to‘lashga o‘tishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qat’iy belgilangan summadagi soliqning soliq to‘lovchisidan dividendlar tarzida olinadigan daromadlarga soliq solinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qat’iy belgilangan summadagi soliqning soliq to‘lovchisi mazkur soliq bo‘yicha va dividendlar tarzidagi daromadlarga taalluqli qism bo‘yicha soliq hisobotlarini taqdim etish majburiyatidan ozod qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qat’iy belgilangan summadagi soliqning soliq to‘lovchisi qo‘shilgan qiymat solig‘ini va foyda solig‘ini to‘lashga o‘tishda tovar-moddiy zaxiralarning qoldiqlari hamda uzoq muddatli aktivlar bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘i summalarini hisobga olishni amalga oshirmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qat’iy belgilangan summadagi soliqning soliq to‘lovchilari soliqni kalendar oyidan keyingi oyning o‘n beshinchi sanasidan kechiktirmay har oyda teng ulushlarda to‘laydi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
54) 483-modda quyidagi mazmundagi o‘ttiz yettinchi va o‘ttiz sakkizinchi qismlar bilan to‘ldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Chiqindilarni to‘plash, olib chiqish, saralash va qayta ishlash faoliyatidan olgan daromadlari hisobot (soliq) davri yakunlari bo‘yicha jami daromadining kamida 90 foizini tashkil etgan soliq to‘lovchilar 2023-yil 1-yanvardan e’tiboran 2026-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan davrda mazkur faoliyat turi bo‘yicha foyda solig‘ini (bundan foizlar tarzidagi daromadlar mustasno) va ijtimoiy soliqni 1 foiz miqdordagi soliq stavkasi bo‘yicha to‘laydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Budjet tashkilotlari tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadlar bo‘yicha barcha turdagi soliqlarni to‘lashdan 2024-yil 1-yanvarga qadar ozod qilinadi, bundan ijtimoiy soliq mustasno”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda. Ushbu Qonun 2023-yil 1-yanvardan e’tiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonunning 1 va 2-moddalari, agar chet ellik investor hamda investitsiyalarni va investitsiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish sohasidagi vakolatli davlat organi o‘rtasida 2023-yil 1-yanvarga qadar tuzilgan investitsiya shartnomalarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, 2023-yil 1-apreldan e’tiboran amalga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonun 3-moddasi 11-bandining uchinchi xatboshisi 2023-yil 1-iyuldan e’tiboran amalga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonun 3-moddasining 21-bandi uchinchi va to‘rtinchi xatboshilari hamda 50-bandi qoidalari 2022-yil 1-noyabrdan e’tiboran yuzaga kelgan munosabatlarga nisbatan ham tatbiq etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш