Oʻzbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining
qarori
Umumtaʼlim maktablarida taʼlim sharoitlari va tashkil etilishiga qoʻyiladigan sanitariya-epidemiologik talablar (0341-16-son SanQvaN)ga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2022-yil 29-dekabrda hisobga olindi, hisob raqami 130]
Oʻzbekiston Respublikasining “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 25-iyuldagi “Koronavirus pandemiyasini yumshatish, aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va salomatligini saqlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PF-6035-son Farmoniga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati qaror qiladi:
1. Umumtaʼlim maktablarida taʼlim sharoitlari va tashkil etilishiga qoʻyiladigan sanitariya-epidemiologik talablari (0341-16-son SanQvaN)ga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Boshliq B. YuSUPALIYEV
Toshkent sh.,
2022-yil 25-noyabr,
35-son
Kelishildi:
Xalq taʼlimi vaziri B. SAIDOV
2022-yil 23-noyabr
Oʻzbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining 2022-yil 25-noyabrdagi 35-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Umumtaʼlim maktablarida taʼlim sharoitlari va tashkil etilishiga qoʻyiladigan sanitariya-epidemiologik talablari (0341-16-son SanQvaN)ga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
1. 10.5-bandning 5-son jadvali quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Haftalik oʻquv yuklamasining maksimal darajasiga boʻlgan gigiyenik talablar
|
Sinflar |
Ruxsat etilgan maksimal haftalik yuklamasi (akademik soatlarda) | |
|
haftada 6 kunlik taʼlim |
haftada 5 kunlik taʼlim | |
|
1 |
- |
22 |
|
2 — 4 |
- |
24 |
|
5 |
32 |
- |
|
6 |
33 |
- |
|
7 |
35 |
- |
|
8-9 |
36 |
- |
|
10-11 |
36 |
- |
”
2. 10.6-bandda:
ikkinchi — beshinchi xatboshilar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1-sinflar uchun — darslar kuniga 4 soatdan va haftada 2 kun 5 soatdan koʻp boʻlmasligi kerak (5 soatlik oʻquv kunida jismoniy tarbiya yoki yengil fanlar — texnologiya, tasviriy sanʼat, musiqa madaniyati, tarbiya fanlari oʻqitiladi);
2 — 4-sinflar uchun — darslar kuniga 4 soatdan va haftada 4 kun 5 soatdan koʻp boʻlmasligi kerak (5 soatlik oʻquv kunida jismoniy tarbiya yoki yengil fanlar — texnologiya, tasviriy sanʼat, musiqa madaniyati, tarbiya fanlari oʻqitiladi);
5 — 9-sinflar uchun — darslar kuniga 6 soatdan koʻp boʻlmasligi kerak;
10 — 11-sinflar uchun — darslar kuniga 6 soatdan koʻp boʻlmasligi kerak.”;
quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Bir yil davomida oʻquv haftaligi 1-sinflar uchun — 33 hafta, 2 — 11-sinflar uchun 34 haftadan oshmasligi lozim.”;
oltinchi xatboshi yettinchi xatboshi deb hisoblansin.
3. 10.10-bandda:
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“oʻquv mashgʻulotlari 5 kunlik oʻquv haftasida va faqat birinchi smenada oʻtkaziladi;”;
uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
toʻrtinchi — yettinchi xatboshilar tegishli ravishda uchinchi — oltinchi xatboshilar deb hisoblansin.
4. 10.16-banddan ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin.