Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining
buyrugʻi
Budjet tasnifini qoʻllash boʻyicha yoʻriqnomaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2022-yil 28-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2146-12]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-martdagi PQ-2847-son “Moliya organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2010-yil 20-avgustdagi 65-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2146, 2010-yil 11-oktabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 40-41-son, 356-modda) bilan tasdiqlangan Budjet tasnifini qoʻllash boʻyicha yoʻriqnomaga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir T. IShMETOV
Toshkent sh.,
2022-yil 9-dekabr,
67-son
Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2022-yil 9-dekabrdagi 67-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Budjet tasnifini qoʻllash boʻyicha yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. 74-banddagi “Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qoʻmitasini” degan soʻzlar “Chegara qoʻshinlarini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. 104-banddagi “tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari” degan soʻzlar “tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3. 175 va 176-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“175. 47 11 100 “Nafaqalar” elementi oʻz ichiga ishsizlik boʻyicha nafaqa (47 11 110 elementi), vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasi (47 11 120 elementi), bola tugʻilgani uchun nafaqa (47 11 130 elementi), dafn etish marosimi uchun nafaqa (47 11 140 elementi), homiladorlik va tugʻish nafaqasi (47 11 150 elementi), nogironligi boʻlgan bolasini tarbiyalayotgan ishlovchi ota-onaning biriga (vasiyga, homiyga) bola oʻn sakkiz yoshga toʻlgunga qadar oyiga qoʻshimcha bir dam olish kuni uchun nafaqa (47 11 160 elementi), bolalikdan nogironligi boʻlgan shaxslarga nafaqa (47 11 170 elementi) hamda pensiya tayinlash uchun zarur boʻlgan ish stajiga ega boʻlmagan shaxslarga va mehnatga layoqatsizlarga nafaqalar (47 11 180 elementi)ni oladi.
176. 47 11 400 “Pensiyalar” elementi davlat pensiyalari va boshqa toʻlovlarni (47 11 410 elementi) oʻz ichiga oladi.”.
4. 1-ilovada:
1) 2 005 2 2 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qatorlar bilan toʻldirilsin:
“2 007 0 0 Moliya vazirligi huzuridagi Ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasi;
2 007 1 0 Respublika mablagʻlari”;
2) 3 028 0 0 qatorning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi”;
3) 3 031 0 0 qatorning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Xalq taʼlimi vaziri jamgʻarmasi”;
4) 3 053 2 2 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qatorlar bilan toʻldirilsin:
“3 054 0 0 Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi huzuridagi Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamgʻarmasi;
3 054 1 0 Respublika mablagʻlari;
3 054 2 0 Hududiy mablagʻlar;
3 054 2 1 Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika darajasidagi, viloyatning viloyat darajasidagi va Toshkent shahrining shahar darajasidagi mablagʻlari;
3 054 2 2 Tumanlar va shaharlar darajasidagi mablagʻlar;
3 055 0 0 Toʻqimachilik sohasini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi;
3 055 1 0 Respublika mablagʻlari;
3 056 0 0 Tadbirkorlik infratuzilmasini rivojlantirish jamgʻarmasi;
3 056 1 0 Respublika mablagʻlari;
3 056 2 0 Hududiy mablagʻlar;
3 056 2 1 Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika darajasidagi, viloyatning viloyat darajasidagi va Toshkent shahrining shahar darajasidagi mablagʻlari;
3 056 2 2 Tumanlar va shaharlar darajasidagi mablagʻlar”;
5) 4 028 2 1 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qatorlar bilan toʻldirilsin:
“4 700 0 0 Vazirlik, qoʻmita va idoralar tarkibidagi unitar korxonalar mablagʻlari;
4 700 1 0 Respublika mablagʻlari;
4 700 2 0 Hududiy mablagʻlar;
4 700 2 1 Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika darajasidagi, viloyatning viloyat darajasidagi va Toshkent shahrining shahar darajasidagi mablagʻlari;
4 700 2 2 Tumanlar va shaharlar darajasidagi mablagʻlar”.
5. 2-ilovada:
1) 3 331 222 qatorning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Davlat pensiyalari va boshqa toʻlovlar”;
2) 3 331 223, 3 331 224, 3 331 229 — 3 331 237 qatorlar chiqarib tashlansin;
3) 3 422 111 qatordagi “Pasport” degan soʻz “Identifikatsiyalovchi ID-karta” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
6. 3-ilovada:
1) 10 237 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qator bilan toʻldirilsin:
“10 240 Koʻkdala tumani”;
2) 12 408 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qator bilan toʻldirilsin:
“12 412 Gʻozgʻon shahri”;
3) 35 207 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qator bilan toʻldirilsin:
“35 209 Boʻzatov tumani”.
7. 4-ilovada:
1) 7 011 312 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qator bilan toʻldirilsin:
“7 011 313 Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi”;
2) 7 017 110 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qator bilan toʻldirilsin:
“7 017 111 Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlar viloyat budjetlari va Toshkent shahri shahar budjetiga tumanlar va shaharlar budjetlaridan budjet ssudasi boʻyicha hisoblangan foiz toʻlovlari”;
3) 7 018 108 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qatorlar bilan toʻldirilsin:
“7 018 109 Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlar viloyat budjetlari va Toshkent shahri shahar budjeti hisobidan ajratiladigan oʻrta muddatli ssudalar;
7 018 110 Shaharlar va tumanlar budjetlaridan Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlar viloyat budjetlari va Toshkent shahri shahar budjetiga qaytariladigan oʻrta muddatli ssudalar”;
4) 7 018 342 qatordagi “Ishlamaydigan pensionerlarga pensiyalarni” degan soʻzlar “Davlat pensiyalari va boshqa toʻlovlarni” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
5) 7 018 343 va 7 018 344 qatorlar chiqarib tashlansin;
6) 7 035 100 qatordagi “Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qoʻmitasini” degan soʻzlar “Chegara qoʻshinlarini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
7) 7 041 907 qatordagi “Tadbirkorlikni” degan soʻz “Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni”degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
8) 7 041 910 qatordagi “Oʻzbekiston Respublikasi Strategik rivojlanish agentligini” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
9) 7 049 996 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qator bilan toʻldirilsin:
“7 049 997 Hokim yordamchilari tavsiyalari asosida mahalla infratuzilmasini yaxshilash xarajatlari”;
10) 7 065 400 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qator bilan toʻldirilsin:
“7 065 500 Yangi Oʻzbekiston bogʻi hududlarini saqlash va obodonlashtirish xarajatlari”;
11) 7 076 400 qatordagi “Tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari” degan soʻzlar “Tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
12) 7 096 529 qator chiqarib tashlansin;
13) 7 098 904 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qator bilan toʻldirilsin:
“7 098 905 Prezident taʼlim muassasalari agentligining hududiy boʻlimlarini saqlash xarajatlari”;
14) 7 102 401, 7 102 402 va 7 102 403 qatorlar chiqarib tashlansin;
15) 7 102 413 qatordagi “Davlat chegaralarini qoʻriqlash qoʻmitasi” degan soʻzlar “Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qoʻshinlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
16) 7 102 417 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qator bilan toʻldirilsin:
“7 106 330 Yuridik shaxslarda ishlayotgan ayollarga homiladorlik va tugʻish nafaqalari (budjet tashkilotlaridan tashqari)”.
8. 5-ilovada:
1) 43 55 300 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qator bilan toʻldirilsin:
“43 55 400 Davlat boshqaruvi tizimini raqamlashtirish”;
2) 47 11 160 qatordagi “olti” degan soʻz “sakkiz” degan soʻz bilan almashtirilsin;
3) 47 11 170 qatorning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Bolalikdan nogironligi boʻlgan shaxslarga nafaqa”;
4) 47 11 170 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qator bilan toʻldirilsin:
“47 11 180 Pensiya tayinlash uchun zarur boʻlgan ish stajiga ega boʻlmagan shaxslarga va mehnatga layoqatsizlarga nafaqa”;
5) 47 11 410 qatorning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Davlat pensiyalari va boshqa toʻlovlar”;
6) 47 11 420, 47 11 430 va 47 11 440 qatorlar chiqarib tashlansin.
9. 5a-ilovada:
1) 43 55 300 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qator bilan toʻldirilsin:
“43 55 400 Davlat boshqaruvi tizimini raqamlashtirish”;
2) 47 11 160 qatordagi “olti” degan soʻz “sakkiz” degan soʻz bilan almashtirilsin;
3) 47 11 170 qatorning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Bolalikdan nogironligi boʻlgan shaxslarga nafaqa”;
4) 47 11 170 qatordan keyin quyidagi mazmundagi qator bilan toʻldirilsin:
“47 11 180 Pensiya tayinlash uchun zarur boʻlgan ish stajiga ega boʻlmagan shaxslarga va mehnatga layoqatsizlarga nafaqa”;
5) 47 11 410 qatorning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Davlat pensiyalari va boshqa toʻlovlar”;
6) 47 11 420, 47 11 430 va 47 11 440 qatorlar chiqarib tashlansin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2022-y., 10/22/2146-12/1133-son)