28.12.2022 yildagi PQ-460-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasining 2022-yilgi tahririni joriy etish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasini jahon amaliyotida qoʻllanilayotgan Tovarlarni tavsiflash va kodlashning uygʻunlashtirilgan tizimi (2022-yilgi tahriri) bilan unifikatsiyalash maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1998-yil 29-avgustdagi “Tovarlarni tavsiflash va kodlashtirishning uygʻunlashtirilgan tizimi toʻgʻrisidagi xalqaro konvensiyaga qoʻshilish haqida”gi 687-I-son qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Tovarlarni tavsiflash va kodlashtirishning uygʻunlashtirilgan tizimi toʻgʻrisidagi xalqaro konvensiyaga (Bryussel, 1983-yil 14-iyun) qoʻshilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligining Yagona tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi toʻgʻrisida 1995-yil 3-noyabrdagi bitimga muvofiq davlatlar Jahon bojxona tashkiloti tomonidan ishlab chiqilgan Tovarlarni tavsiflash va kodlashtirishning uygʻunlashtirilgan tizimiga asoslangan holda yagona Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasidan foydalanishi boʻyicha oʻzaro kelishuvga erishilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jahon bojxona tashkiloti tomonidan jahon savdosida muomalada boʻlgan tovarlarning xalqaro tasnifini uygʻunlashtirish maqsadida Tovarlarni tavsiflash va kodlashning uygʻunlashtirilgan tizimiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligining Yagona tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasining 7-tahriri 2022-yil 1-yanvardan boshlab amaliyotga tatbiq etilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tovarlarni tavsiflash va kodlashning uygʻunlashtirilgan yangi tizimi negizida ishlab chiqilgan Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasining 2022-yilgi tahriri 2023-yil 1-yanvardan boshlab amalga kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlar Mahkamasi 2023-yil 1-yanvarga qadar Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasining 2022-yilgi tahriri amalga kiritilishi munosabati bilan tasniflash kodlari oʻzgargan mahsulotlar roʻyxatini tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Davlat bojxona qoʻmitasi 2023-yil 1-yanvarga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasining 2022-yilgi tahriri chop etilishini va manfaatdor tashkilotlarga yetkazilishini, shuningdek, oʻz rasmiy veb-saytlarida joylashtirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 28-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasining 2017-yilgi versiyasini joriy etish toʻgʻrisida”gi PQ-3448-son qarori 2023-yil 1-yanvardan eʼtiboran oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Xodjayev hamda Davlat bojxona qoʻmitasi raisi A.Yu. Mavlonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 28-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-460-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2022-y., 07/22/460/1131-son)