Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.01.2023 28.12.2017 yildagi PQ-3448-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.01.2023
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasining 2017-yilgi versiyasini joriy etish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-dekabrdagi PQ-460-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasining 2022-yilgi tahririni joriy etish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2023-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasini jahon amaliyotida qoʻllanilayotgan Tovarlarni tavsiflash va kodlashning uygʻunlashtirilgan tizimi (2017-yilgi versiyasi) bilan yanada unifikatsiyalash maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, Jahon bojxona tashkiloti tomonidan jahon savdosida muomalada boʻlgan tovarlarning xalqaro tasnifini uygʻunlashtirish maqsadida Tovarlarni tavsiflash va kodlashning uygʻunlashtirilgan tizimiga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritildi, ular 2017-yilda kuchga kirdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tovarlarni tavsiflash va kodlashning uygʻunlashtirilgan yangi tizimi negizida ishlab chiqilgan 2017-yilgi versiyadagi Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi 2018-yilning 1-yanvaridan boshlab amalga kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi (J. Xodjayev), Davlat bojxona qoʻmitasi (M. Toxiriy) 2018-yilning 1-yanvariga qadar 2017-yilgi versiyadagi Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi chop etilishini va u manfaatdor tashkilotlarga yetkazilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining Tashqi iqtisodiy faoliyatini tartibga solishga doir chora-tadbirlarni davom ettirish toʻgʻrisida” 2012-yil 10-sentabrdagi PQ-1816-sonli qarori 2018-yilning 1-yanvaridan boshlab oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Adliya vazirligi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — “Oʻzagrotexsanoatxolding” AJ boshqaruvi raisi N.S. Otajonov, Oʻzbekiston Respublikasi tashqi savdo vaziri J.A. Xodjayev va Davlat bojxona qoʻmitasi raisi M.V. Toxiriy zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 28-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-3448-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2017-y., 07/18/3448/0486-son)