Hujjat kuchini yo‘qotgan 23.12.2022 12.01.1998 yildagi 14-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 23.12.2022
Hujjat 13.03.2000 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASI FAOLIYATINI TAShKIL ETISh MASALALARI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-dekabrdagi 717-sonli “Yaratilgan yangi ish oʻrinlarini hisobga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq hamda davlat soliq xizmati organlari tomonidan ularga yuklangan vazifalarning samarali bajarilishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 13-martdagi 87-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Davlat soliq xizmati organlari uchastka soliq inspektorlari lavozimi joriy etilishi munosabati bilan uchastka soliq inspektorlari soni 1659 nafar etib belgilansin, shu jumladan, 1419 nafari qishloq va shaharchalar fuqarolar yigʻinlarining hisobchi-kassir lavozimlarini tegishli ravishda qisqartirish hisobiga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari 1419 qishloq va shaharchalar fuqarolar yigʻinlarining hisobchi-kassir shtatlarining davlat soliq xizmati organlariga berilishini taʼminlasinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 13-martdagi 87-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizom 7-ilovaga muvofiq;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Ekspert kengashi toʻgʻrisidagi nizom 8-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Belgilansinki, Davlat soliq xizmati organlarini ijtimoiy rivojlantirish va ularni moddiy-texnik taʼminlash jamgʻarmasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat soliq organlari tomonidan oʻtkazilgan tekshirishlar natijasida qoʻshimcha undirib olingan summalar (shu jumladan penyalar) hamda soliq haqidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun solingan moliyaviy jazo choralari summalarining 35 foizi miqdoridagi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat soliq organlariga tegishli maʼmuriy huquqbuzarlik uchun solingan jarimalar summasining 35 foizi miqdoridagi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat soliq xizmati organlari tomonidan musodara qilingan tovarlarni sotishdan olingan summaning 20 foizi miqdoridagi ajratmalar hisobiga shakllanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi Moliya vazirligi ishtirokida Davlat soliq xizmati organlarini ijtimoiy rivojlantirish va moddiy-texnik taʼminlash jamgʻarmasini tuzish va undan foydalanish toʻgʻrisidagi nizomni bir oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Moliya vazirligi har yilgi investitsiya dasturlarini tuzishda ularga Davlat soliq qoʻmitasi obyektlarini qurish, kengaytirish va rekonstruksiya qilish kiritilishini nazarda tutsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi respublika budjetini shakllantirishda Davlat soliq qoʻmitasining joriy xarajatlariga va uning moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga har yili zarur mablagʻlar ajratishni nazarda tutsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Ichki ishlar vazirligi akademiyasi bazasida 1998-yildan boshlab davlat soliq xizmati organlarining surishtiruv ishlarini amalga oshiruvchi mansabdor shaxslarini tayyorlash va qayta tayyorlash boʻyicha maxsus kurslar tashkil etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari uchastka soliq inspektorlarini funksiyalariga tegishli faoliyatni amalga oshirishlari uchun joylar bilan taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasini tashkil etish va uning faoliyati masalalari toʻgʻrisida”gi 1994-yil 4-martdagi 114-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1998-yil 12-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 13-martdagi 87-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 13-martdagi 87-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 13-martdagi 87-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(3a-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 13-martdagi 87-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 13-martdagi 87-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(4a-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 13-martdagi 87-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 13-martdagi 87-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(5a-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 13-martdagi 87-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 13-martdagi 87-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 1998-yil
12-yanvardagi 14-son qaroriga
7-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. UMUMIY QOIDALAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga va Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish masalalari toʻgʻrisida”gi 1998-yil 12-yanvardagi 14-son qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan. Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining maqomi, vazifalari, funksiyalari, vakolatlarini va faoliyatining tashkiliy asoslarini belgilab beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi soliq haqidagi qonun hujjatlariga rioya qilinishini taʼminlash, davlatning iqtisodiy manfaatlari va mulkiy huquqlarini himoya qilish sohasida nazorat qilish boʻyicha davlat soliq xizmati markaziy organi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga, boshqa qonunlar va qonun hujjatlariga hamda Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan uning oʻz vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlar davlat organlari, yuridik va jismoniy shaxslar uchun majburiy hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Davlat soliq qoʻmitasining tasarrufida boʻlgan organlar quyidagilar hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Toshkent shahar davlat soliq bosh boshqarmalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
viloyatlar davlat soliq boshqarmalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tumanlar, shaharlar va shaharlardagi tumanlar davlat soliq inspeksiyalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va unga qarashli muassasalarning mansabdor shaxslari huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni bilan tartibga solinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING VAZIFALARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Quyidagilar Davlat soliq qoʻmitasining vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Oʻzbekiston Respublikasida oʻtkazilayotgan soliq siyosatini amalga oshirishda bevosita qatnashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) nazorat qiluvchi organlar tomonidan olib borilayotgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar moliya-xoʻjalik faoliyatini barcha tekshirishlar va taftishlarni muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) quyidagilar boʻyicha ishni tashkil etish va ular ustidan nazorat qilish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq haqidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi, soliqlar, yigʻimlar va boshqa majburiy toʻlovlar (keyingi oʻrinlarda soliqlar deb yuritiladi) toʻgʻri hisoblab chiqarilishi, toʻliq va oʻz vaqtida toʻlanishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq haqidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi uchun zarur shart-sharoitlarni taʼminlash, soliq toʻlovchilarga soliqlar boʻyicha majburiyatlarni bajarishlarida yordam koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq solinadigan subyektlar va obyektlarning toʻliq va oʻz vaqtida hisobga olinishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliqlar boʻyicha huquqbuzarliklarni aniqlash, ularning oldini olish va ularga barham berish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi oʻziga yuklatilgan vazifalarni boshqa davlat boshqaruv organlari, davlat hokimiyati mahalliy organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, huquqni muhofaza qilish, statistika va moliya organlari, banklar va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlikda bajaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING FUNKSIYALARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Davlat soliq qoʻmitasi zimmasiga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni bajaradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) qonun hujjatlariga rioya etilishi, soliqlar toʻgʻri hisoblanishi, toʻliq va oʻz vaqtida toʻlanishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi, mana shu maqsadda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— soliq solinadigan subyektlar va obyektlar, hisoblab chiqilgan va toʻlangan soliqlarning toʻliq va oʻz vaqtida hisobga olinishini, jismoniy shaxslar tomonidan tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanish tartibiga rioya etilishi ustidan nazoratni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— soliq haqidagi qonun hujjatlarini buzish faktlarini toʻplash, tahlil etish va baholash hamda soliqlar boʻyicha huquqbuzarliklarga yoʻl ochib berayotgan sabablar va sharoitlarni bartaraf etish toʻgʻrisida tegishli organlarga takliflar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— yuridik va jismoniy shaxslarga ular soliq toʻlovchi sifatida roʻyxatga olinganliklari toʻgʻrisidagi hujjatlarni, roʻyxatdan oʻtkazish (identifikatsiyalash) tartib raqamlarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— soliq tushumlarini taʼminlash vazifalarini bajarish natijalarini tahlil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— jismoniy shaxslarning daromadlari yalpi deklaratsiya qilinishini bosqichma-bosqich joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— xorijiy investorlarning investitsiya faoliyatini soliq bilan tartibga solish chora-tadbirlarini ishlab chiqish, soliq siyosatini muvofiqlashtirish boʻyicha hukumatlararo bitimlar va shartnomalarni, shuningdek, ikki tomonlama soliq solishni bartaraf etish boʻyicha bitimlarni tayyorlash va tuzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— muddatida toʻlanmagan soliqlarni undirish, musodara qilingan, egasiz mol-mulkni, xazinalarni, shuningdek meros qilib qoldirish huquqi bilan davlatga yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga oʻtgan mol-mulkni hisobga olish, baholash va sotish ustidan nazoratni yuritish boʻyicha ishlarni tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) yagona umumdavlat soliq siyosati amalga oshirilishida qatnashadi, shu maqsadda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— soliq haqidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish boʻyicha uslubiy va metodologik ishlarni olib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— Moliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasining boshqa vazirliklari va idoralari bilan birgalikda soliq toʻgʻrisidagi qonunlarni va boshqa qonun hujjatlarini qoʻllash masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi hududida bajarish majburiy boʻlgan yoʻriqnomalar va boshqa normativ hujjatlarni belgilangan tartibda chiqaradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— budjetga soliqlar tushumi prognozini ishlab chiqishda qatnashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— soliqlarni hisoblash va toʻlash bilan bogʻliq hisob-kitoblar, deklaratsiyalar va boshqa hujjatlar shakllarini ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— soliq haqidagi qonun hujjatlari boʻyicha normativ hujjatlar toʻplamlarini tayyorlaydi va nashr etadi, oʻziga qarashli organlarni qonun hujjatlari va yoʻriqnoma materiallar, soliq toʻlovchilarni hisobga olish shakllari bilan taʼminlash chora-tadbirlarini koʻradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) yuridik va jismoniy shaxslarning huquqlarini va qonun bilan muhofaza qilinadigan manfaatlarini himoya qiladi, soliq solish va soliq haqidagi qonun hujjatlari buzilishi masalalari boʻyicha shikoyatlar va arizalarni belgilangan tartibda koʻrib chiqadi, shu maqsadda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— soliq haqidagi qonun hujjatlari masalalari boʻyicha normativ hujjatlar soliq toʻlovchilarga oʻz vaqtida yetkazilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— soliq haqidagi qonun hujjatlari toʻgʻrisidagi axborot nashr etilishi, koʻpaytirilishi va oʻziga qarashli tashkilotlarga yetkazilishi uchun servis-markazlar faoliyatini, soliq toʻlovchilarni soliqlarni toʻgʻri hisoblashga oʻrgatish, hisobotlar va deklaratsiyalar takdim etish, shuningdek, maslahat xizmatlari koʻrsatish boʻyicha ishlarni tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) Oʻzbekiston Respublikasini iqtisodiy rivojlantirish yoʻnalishlaridan kelib chiqib va davlat soliq xizmati organlari tomonidan soliq haqidagi qonun hujjatlari qoʻllanilishi amaliyotini hisobga olib davlat soliq xizmati organlari ishining ustuvor yoʻnalishlarini belgilaydi, ular faoliyatini takomillashtirishning kompleks dasturlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi, davlat soliq xizmati organlarining faoliyatini tartibga soluvchi qonun hujjatlari va boshqa normativ hujjatlar loyihalarini belgilangan tartibda ishlab chiqadi va kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan birgalikda soliqlar boʻyicha huquqbuzarliklarga qarshi kurashning uzoq muddatli va joriy dasturlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) soliq haqidagi qonun hujjatlari buzilishi toʻgʻrisidagi arizalar, xabarlar va boshqa axborotni tekshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) davlat soliq xizmati organlari mansabdor shaxslari xizmat vazifalarini bajarayotganda ular faoliyatining xavfsizligini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8) qonun hujjatlariga muvofiq soliq toʻlovchi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar sir saqlanishi boʻyicha ishlarni tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9) oʻziga qarashli boʻlinmalar faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10) kadrlar tanlash, ularni joy-joyiga qoʻyish boʻyicha davlat soliq xizmati organlari ishini tashkil etadi, kadrlar tayyorlash, ularni qayta tayyorlash va malakasini oshirishni amalga oshiradi, shu maqsadda davlat soliq xizmati organlari kadrlarini tayyorlash, ularni qayta tayyorlash va malakasini oshirish boʻyicha maxsus oʻquv yurtlari va markazlar tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11) davlat soliq xizmati organlari xodimlarining lavozimlari malaka tavsifnomalarini ishlab chiqadi, rahbarlar va mutaxassislarni attestatsiyadan oʻtkazadi, ularga belgilangan tartibda maxsus unvonlar beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12) davlat soliq xizmati organlarining samarali ishlashi maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— koʻp mehnat talab qiladigan jarayonlarni avtomatlashtirish, soliq axborotini qabul qilish, qayta ishlash, oʻtkazish va saqlash maqsadida soliq tushumlari, barcha soliq toʻlovchilar — yuridik va jismoniy shaxslar haqidagi maʼlumotlarni ishlab chiqish boʻyicha yagona kompyuter tizimini barpo etadi va undan foydalanadi, soliq toʻlovchilar — yuridik va jismoniy shaxslarning Yagona reyestrini shakllantiradi va yuritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— davlat soliq xizmati organlarini moddiy-texnik taʼminlaydi, materiallar va asbob-uskunalarga ajratilgan fondlar foydalanilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— Davlat soliq xizmati organlarini ijtimoiy rivojlantirish va ularni moddiy-texnik taʼminlash maxsus jamgʻarmasining shakllantirilishi, taqsimlanishi va undan foydalanish toʻgʻriligini nazorat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— xorijiy soliq organlari bilan hamkorlikni rivojlantirish, soliqlar va soliq toʻlovchilarni hisobga olishning yagona kompyuter tizimini yaratish, davlat soliq xizmati organlarini moddiy-texnik jihatdan taʼminlash, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash maqsadida tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13) yuridik va jismoniy shaxslarning moliya-xoʻjalik faoliyatini tekshirishlar va taftish qilishlarni belgilangan tartibda muvofiqlashtiradi, nazorat qiluvchi organlar tomonidan oʻtkazilayotgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar moliya-xoʻjalik faoliyatini tekshirish va taftish qilishni toʻxtatish haqida taklif kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat soliq qoʻmitasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham bajaradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14) bank tomonidan ularning hisobvaraqlari yopilganligi toʻgʻrisidagi axborot taqdim etilgan taqdirda bank hisobvaraqlari boʻyicha pul operatsiyalari oʻtkazgan holda moliya-xoʻjalik faoliyatini olti oy mobaynida (savdo va savdo-vositachilik korxonalari uchun — uch oy mobaynida) amalga oshirmayotgan korxonalarni aniqlaydi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 14-sentabrdagi 427-sonli qaroriga muvofiq 14-kichik band bilan toʻldirilgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING IShINI TAShKIL QILISh
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasiga Rais boshchilik qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat soliq qoʻmitasining Raisi Davlat soliq qoʻmitasiga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun javob beradi, u oʻz oʻrinbosarlarining, qoʻmitaning mustaqil tarkibiy boʻlinmalari, oʻziga boʻysunuvchi davlat soliq xizmati organlari rahbarlarining javobgarlik darajasini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Davlat soliq qoʻmitasining Raisi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Davlat soliq qoʻmitasining faoliyatiga rahbarlik qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) oʻz vakolatlari doirasida Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oliy Majlis qarorlari va boshqa hujjatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga asoslanib va ularni bajarish yuzasidan tasarrufidagi barcha organlar tomonidan bajarilishi shart boʻlgan buyruqlar, yoʻriqnomalar, qoidalar, nizomlar chiqaradi va koʻrsatmalar beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan soliq organlari xodimlari soni va ular mehnatiga haq toʻlash fondi doirasida Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Toshkent shahar davlat soliq bosh boshqarmalari, viloyatlar davlat soliq boshqarmalarining shtat jadvallari va nizomlarini tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) davlat soliq xizmati xodimlarini belgilangan tartibda lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) alohida oʻrnak koʻrsatgan xodimlarni faxriy unvonlarga va respublika mukofotlariga belgilangan tartibda taqdim etadi, davlat soliq xizmati organlarining mansabdor shaxslari uchun Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan belgilangan maxsus unvonlarni beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) Oʻzbekiston Respublikasi davlat organlari, muassasalari va tashkilotlarida, shuningdek boshqa davlatlarning soliq organlari bilan munosabatlarda davlat soliq xizmatini ifodalaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) Davlat soliq qoʻmitasi tuzilmasiga oʻzgartirishlar kiritadi va xodimlarning belgilangan soni va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida davlat soliq xizmatining oʻziga qarashli organlari tuzilmasini tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat soliq qoʻmitasi Raisi oʻziga berilgan vakolatlar doirasida boshqa huquqlarga ham egadir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Davlat soliq xizmatining mansabdor shaxslari uzoq vaqt va benuqson xizmat qilganliklari uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi Raisi tomonidan “Oʻzbekiston Respublikasi soliq xizmatining faxriy xodimi” koʻkrak nishoni bilan mukofotlanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Davlat soliq qoʻmitasida Rais va lavozimi boʻyicha Rais oʻrinbosari, shuningdek, Davlat soliq qoʻmitasi Raisining taqdimnomasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan boshqa xodimlardan iborat tarkibda hayʼat tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Davlat soliq qoʻmitasida soliq haqidagi qonun hujjatlarini qoʻllashning murakkab va munozarali masalalari boʻyicha qarorlar tayyorlash uchun Ekspert kengashi tuziladi. Ekspert kengashi toʻgʻrisidagi nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Davlat soliq qoʻmitasida va davlat soliq xizmatining unga qarashli organlarida Davlat soliq xizmati organlarini ijtimoiy rivojlantirish va ularni moddiy-texnik taʼminlash maxsus jamgʻarmasi tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Davlat soliq qoʻmitasi ilmiy tadqiqotlar, kadrlar tayyorlash va soliq xizmati xodimlari malakasini oshirish uchun belgilangan tartibda idoraviy ilmiy va oʻquv markazlari tashkil etilishi, matbaa korxonalariga, shuningdek, xoʻjalik hisobidagi maslahat va axborot markazlariga ega boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Davlat soliq qoʻmitasi oʻzining matbuot organlarini taʼsis etish va nashr qilish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Davlat soliq qoʻmitasida ajratilgan mablagʻlar doirasida davlat soliq xizmati organlari faoliyatini taʼminlash uchun zarur boʻlgan qurilish, avtotransport, tibbiy boʻlinmalar va boshqa boʻlinmalar tashkil etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. DAVLAT SOLIQ QOʻMITASI HAYʼATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Davlat soliq qoʻmitasi hayʼati qonunlarga rioya etish holatining, soliq xizmati faoliyatining eng muhim masalalarini, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi Raisining buyruqlari va farmoyishlari bajarilishini, kadrlar masalalarini koʻrib chiqadi, davlat soliq xizmati organlarining oʻziga boʻysunuvchi xodimlari hisobotlarini eshitadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Hayʼat majlislarida vazirliklar, idoralar, davlat boshqaruvi, nazorat va tekshirish organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning rahbarlari va boshqa mansabdor shaxslarning soliq haqidagi qonun hujjatlariga va boshqa qonun hujjatlariga rioya etilishi masalalari boʻyicha axborotlari va tushuntirishlari eshitilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Hayʼat qarorlari Davlat soliq qoʻmitasi Raisining tegishli qarorlari va buyruqlari bilan hayotga tatbiq etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. DAVLAT SOLIQ BOShQARMALARI VA SOLIQ INSPEKSIYALARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Toshkent shahar davlat soliq bosh boshqarmalariga, viloyatlar davlat soliq boshqarmalariga va tumanlar, shaharlar va shaharlardagi tumanlar davlat soliq inspeksiyalariga ularning boshliqlari boshchilik qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hududiy soliq boshqarmalari va soliq inspeksiyalari boshliqlari tegishli hududlarda ularga yuklatilgan vazifalar amalga oshirilishini taʼminlaydi, oʻzlariga boʻysunuvchi boʻlinmalar faoliyatini tashkil etadi, muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Toshkent shahar davlat soliq bosh boshqarmalarida, viloyatlar davlat soliq boshqarmalarida kengash tashkil etiladi. Kengashning shaxsiy tarkibi tegishli boshliqning taqdimnomasiga koʻra Davlat soliq qoʻmitasi Raisi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Soliq haqidagi qonun hujjatlarini qoʻllashning eng murakkab va munozarali masalalari boʻyicha qarorlar tayyorlash, yuqori malakali maslahatlar berish uchun davlat soliq boshqarmalarida Maslahat-ekspert kengashi tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Hududiy soliq boshqarmalari toʻgʻrisidagi nizom Davlat soliq qoʻmitasi Raisi, soliq inspeksiyalari toʻgʻrisidagi nizom esa — hududiy soliq boshqarmalari boshliqlari tomonidan tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 1998-yil
12-yanvardagi 14-son qaroriga
8-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Ekspert kengashi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tarkibidagi Ekspert kengashi (keyingi oʻrinlarda — Kengash) ning maqsadi, vazifalari, funksiyalari, huquq va majburiyatlarini belgilab beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Kengash Davlat soliq qoʻmitasi, Moliya vazirligi va Adliya vazirligining, shuningdek, boshqa idoralar, xoʻjalik yurituvchi subyektlar hamda ilmiy-tadqiqot institutlarining yuqori malakali mutaxassislaridan iborat tarkibda tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Kengash tarkibi Kengash raisi, Kengash raisining oʻrinbosari, Kengash aʼzolari va kotibdan iborat boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Kengashning shaxsiy tarkibi, keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisi tasdiqlagan holda, Kengash raisining va tegishli vazirliklar hamda idoralarning taqdimnomalari asosida shakllanadi va oʻzgartiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Quyidagilar Kengashning vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq solish sohasida yangidan joriy etiladigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ekspertizadan oʻtkazish va ularning qonun hujjatlariga muvofiqligi toʻgʻrisida xulosalar tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq haqidagi qonun hujjatlari boʻyicha normativ hujjatlarni amalda qoʻllash jarayonida soliq toʻlovchilar bilan soliq organlari oʻrtasida paydo boʻladigan oʻta murakkab va munozarali masalalarni koʻrib chiqish, ular yuzasidan xolis qarorlar qabul qilish.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Kengash vazifalaridan kelib chiqib unga quyidagi funksiyalar yuklanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq solish sohasida tayyorlangan normativ-huquqiy hujjatlar loyihasini koʻrib chiqish va ularning soliq haqidagi qonun hujjatlariga muvofiqligi toʻgʻrisida xulosa berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq solish masalalarini tartibga soluvchi qonun hujjatlari va normativ hujjatlarni qoʻllashning eng murakkab va munozarali masalalari boʻyicha xulosalar chiqarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq haqidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun moliyaviy jazo choralari va maʼmuriy jarimalar qoʻllanganda paydo boʻluvchi ziddiyatlarni koʻrib chiqish, davlat soliq xizmati quyi soliq organlarining moliyaviy jazo choralari va maʼmuriy jarimalar qoʻllash toʻgʻrisidagi qarorlarini oʻzgartirish, bekor qilish yoki ularni oʻz kuchida qoldirish haqida takliflar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq organlari va soliq toʻlovchilar oʻrtasidagi munozarali masalalarni koʻrib chiqish jarayonida aniqlangan joylardagi soliq xizmati organlari rahbarlari va mansabdor shaxslarining gʻayriqonuniy xatti-harakatlari yuzasidan qonuniylikni buzishga yoʻl qoʻygan aybdor shaxslarni intizomiy, moddiy yoki boshqa xil javobgarlikka tortish toʻgʻrisida keyinchalik talab qoʻygan holda tegishli taqdimnomalar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq haqidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish va soliqqa oid nizolarni koʻrib chiqishda qonun hujjatlari va normativ hujjatlarning aniqlangan kamchiliklarini bartaraf etish yuzasidan tegishli takliflar kiritish.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Kengashga quyidagi huquqlar beriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq haqidagi qonun hujjatlarini qoʻllash va talqin qilish jarayonida paydo boʻluvchi qarama-qarshiliklarni bartaraf etish va soliq tizimini takomillashtirish yuzasidan Moliya vazirligiga va Davlat soliq qoʻmitasiga takliflar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq organlari mutaxassislarini, shuningdek, boshqa muassasalar va tashkilotlarning moliya, soliq va huquq masalalari bilan shugʻullanadigan mutaxassislarini, ular bilan kelishgan holda, ekspertiza oʻtkazishda va ekspertlar sifatida xulosalar berishda ishtirok etish uchun jalb qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq solish sohasida yangidan joriy etilgan normativ hujjatlar loyihalarini koʻrib chiqish va ular yuzasidan xolis xulosa berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻllanilgan moliyaviy jazo choralarini undirish muddatlarini korxonalar va tashkilotlarning moliya-xoʻjalik ahvolini va faoliyatini hisobga olgan holda uzaytirish, lekin bu muddat koʻpi bilan bir yildan oshib ketmasligi kerak;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash aʼzolari va jalb qilingan ekspertlarning Kengashni tayyorlash, uni oʻtkazish va taqdim etilgan materiallarni ekspertiza qilish bilan bogʻliq qoʻshimcha mehnatiga haq toʻlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Kengash faoliyatini tashkil etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengashda koʻrib chiqish uchun masalalar Moliya vazirligining yoki Davlat soliq qoʻmitasi markaziy apparati boshqarmalarining taqdimnomalari boʻyicha kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash majlisi bir oyda kamida bir marta oʻtkaziladi. Kengash majlisida uning tarkibining kamida uchdan ikki qismi qatnashgandagina Kengash qarori qonuniy hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash qarori ochiq ovoz berish yoʻli bilan qabul qilinadi va keyinchalik Kengash raisi tomonidan tasdiqlanadigan bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ovozlar teng boʻlib qolgan hollarda, soliq toʻlovchi foydasiga qaror chiqarishga ustunlik beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengashning koʻrib chiqishiga masalalar kiritish uchun masala kiritayotgan boʻlinmalar Kengash raisi nomiga masalaning mohiyati bayon qilingan maʼlumotnoma taqdim etadilar. Kengash raisining roziligi olingandan soʻng Kengashning koʻrib chiqishi uchun masala kiritayotgan boʻlinma tomonidan masalaga tegishli barcha materiallar, ushbu ish boʻyicha qaror loyihasi va masalani koʻrib chiqishda ishtirok etish uchun tavsiya etilgan shaxslar roʻyxati taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Barcha hujjatlar tayyorlangandan soʻng masala kengash kotibining taqdimnomasiga koʻra Kengashning navbatdagi majlisi kun tartibiga kiritiladi, Kengashning navbatdagi majlisi kun tartibi tasdiqlangandan keyin kamida 10 kundan soʻng oʻtkazilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash majlisida koʻrib chiqiladigan masalalarga taalluqli materiallar kun tartibi tasdiqlangandan soʻng uch kun mobaynida kotib tomonidan Kengash aʼzolariga yetkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash majlisi bayonnomasi Kengash kotibi tomonidan tuziladi, majlisda qatnashgan Kengash aʼzolari tomonidan imzolanadi, Kengash raisi tomonidan tasdiqlanadi va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining muhri bosiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Manfaatdor shaxslarga kotib tomonidan muhrlangan va Kengash raisi tomonidan tasdiqlangan bayonnomadan koʻchirma joʻnatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Lavozimi boʻyicha Davlat soliq qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari Kengash raisi hisoblanadi. Kengash raisi kun tartibini tasdiqlaydi, majlisni olib boradi va bayonnomani tasdiqlaydi, Kengash qarorlari bajarilishini nazorat qiladi. Kengash raisi yoʻqligida uning vazifalarini oʻrinbosar bajaradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Kengash kotibi Kengash aʼzolarini koʻrib chiqiladigan masalalarga taalluqli materiallar bilan taʼminlaydi, majlis bayonnomasini yuritadi va Kengash hujjatlari aylanishini taʼminlaydi, qarorlarning bajarilishini nazorat qiladi va navbatdagi majlislarda ularning qanday bajarilayotganligi toʻgʻrisida Kengash raisini xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash kotibi maslahat ovoziga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Kengash qarori ustidan u olingan paytdan boshlab oʻn kun muddatda Davlat soliq qoʻmitasi raisi nomiga yoki sudga ariza berish orqali belgilangan tartibda shikoyat qilinishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.