21.12.2022 yildagi PQ-447-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 24.12.2022 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yangi Oʻzbekiston maʼmuriy islohotlari doirasida respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yangi Oʻzbekiston maʼmuriy islohotlari doirasida mamlakatimizda natijadorlikka yoʻnaltirilgan ixcham va professional davlat boshqaruvi tizimini yaratish boʻyicha chora-tadbirlarning oʻz vaqtida va samarali amalga oshirilishini taʼminlash, shuningdek, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini yangilangan talablar va tamoyillar asosida tashkil etish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-dekabrdagi “Yangi Oʻzbekiston maʼmuriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-269-son Farmoni bilan vazirlik, qoʻmita, agentlik va inspeksiyalarni oʻz ichiga oladigan respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining yagona tizimi belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va ularning hududiy boʻlinmalari masʼuliyatini oshirish maqsadida respublika va mahalliy darajadagi boʻgʻinlarning quyidagi funksional chegarasi belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli sohada yagona davlat siyosatini ishlab chiqadi va uning amalga oshirilishini taʼminlaydi hamda bu borada mahalliy ijroiya hokimiyati organlari faoliyatini uslubiy jihatdan taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqadi, ularga davlat xizmatlarini koʻrsatadi hamda hududiy boʻlinmalarning xalq bilan ochiq muloqotni yoʻlga qoʻyish yoʻnalishidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi va umumlashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz tizimiga va tashkiliy boʻysunuviga kiradigan ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini baholashning maqsadli koʻrsatkichlarini belgilaydi hamda ularga erishish ishlarini muvofiqlashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
huquqiy tartibga solish funksiyasi doirasida idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qiladi (vazirlik tizimi yoki tashkiliy boʻysunuviga kiradigan ijro etuvchi hokimiyat organlari bundan mustasno) hamda qonunchilik hujjatlari loyihalarini ishlab chiqadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
joylardagi muammolarni aniqlash va bartaraf etish tadbirlari amalga oshirilishini muvofiqlashtiradi, oʻz vakolati doirasida huquqiy tartibga solish va nazorat funksiyalarini amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli tuzilmalarni malakali kadrlar bilan toʻldirish, ularning bilim va koʻnikmalarini uzluksiz oshirishga qaratilgan tizimli chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnat faoliyatini amalga oshirish va mehnatga haq toʻlashning munosib va adolatli shart-sharoitlarini yaratadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) ijro etuvchi hokimiyat organlarining hududiy boʻlinmalari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli hududda soha boʻyicha yagona davlat siyosatini amalga oshirish hamda belgilab berilgan maqsadli koʻrsatkichlarga erishishga qaratilgan amaliy va manzilli chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
joylarda ijtimoiy va iqtisodiy holatni tahlil qilgan holda, aholini qiynayotgan tizimli muammolarni bartaraf etish hamda hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha dasturlarni ishlab chiqishda va amalga oshirishda ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
joylarda qonunlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari va boshqa qonunchilik hujjatlarining oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqadi va ularga davlat xizmatlarini koʻrsatadi hamda oʻz vakolati doirasida tegishli hududda davlat nazorati tadbirlarini amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki, 2023-yil 1-yanvardan boshlab:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlari va ularning oʻrinbosarlari bir vaqtning oʻzida xoʻjalik boshqaruvi organlarining rahbari vazifasini bajarishi taqiqlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uyushma va boshqa xoʻjalik birlashmalariga davlat hokimiyati vakolatlarini berish va ularning rahbarlarini Vazirlar Mahkamasi qarorlari bilan lavozimga tayinlash amaliyoti bekor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining moliyaviy mustaqilligini taʼminlash maqsadida tegishli sohaga oid Davlat budjeti parametrlarini shakllantirishning quyidagi tartibi oʻrnatilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har bir respublika ijro etuvchi hokimiyat organi tomonidan tegishli sohani rivojlantirish yuzasidan oʻrta muddatli dastur (konsepsiya, strategiya) (keyingi oʻrinlarda — Dastur) ishlab chiqiladi hamda belgilangan tartibda tasdiqlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan tegishli vazirlik va idoralarga ajratilgan mablagʻlarning cheklangan miqdori doirasida kelgusi yillar uchun Dasturda belgilangan ustuvor yoʻnalishlar asosida sohani yillik moliyalashtirish hajmlari ishlab chiqiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirlik va idoralar tomonidan Dasturda belgilangan ustuvor vazifalarni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan va Iqtisodiyot va moliya vazirligiga taqdim etilgan budjet soʻrovlari bilan xarajatlarning cheklangan miqdori oʻrtasida nomutanosiblik yuzaga kelganda, unga Vazirlar Mahkamasi tomonidan tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari ishtirokida aniqlik kiritiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi vazirlik va idoralar kesimida ularga Davlat budjetidan ajratilishi koʻzda tutilayotgan mablagʻlar doirasida Dasturda belgilangan maqsadlarga erishish koʻrsatkichlari belgilanishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiyot va moliya vazirligi kelgusi moliya yilidan boshlab, Davlat budjeti parametrlari tasdiqlangandan soʻng vazirlik va idoralarning xarajatlar smetasini roʻyxatga olishda mablagʻlarni xarajatlar iqtisodiy tasnifining moddalariga ajratmasdan faqat xarajat guruhlari boʻyicha ajratilishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirlik va idoralar budjet va budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan belgilangan maqsadli koʻrsatkichlarga erishilishi hamda mablagʻlarning sarflanishi yuzasidan barcha maʼlumotlarni xarajatlar iqtisodiy tasnifining moddalari kesimida oʻzlarining rasmiy veb-saytlarida ochiq eʼlon qilib boradi va Oliy Majlis palatalari oldida hisobot beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Yangi Oʻzbekiston maʼmuriy islohotlari doirasida barcha respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining qariyb 5 ming funksiyalari xatlovdan oʻtkazilib, 500 ga yaqin takrorlanadigan, oʻz ahamiyatini yoʻqotgan hamda amalga oshirish mexanizmlari bilan taʼminlanmagan funksiyalar aniqlanganligini inobatga olgan holda respublika va hududiy ijro etuvchi hokimiyat organlari funksiyalarining ochiq reyestrini (keyingi oʻrinlarda — Funksiyalar yagona reyestri) shakllantirish va uni doimiy yuritish amaliyoti yoʻlga qoʻyilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Funksiyalar yagona reyestriga kiritilgan har bir funksiya boʻyicha ularni respublika, viloyat va tuman (shahar) kesimida amalga oshirish uchun tashkiliy-huquqiy mexanizmlar, moliyaviy-iqtisodiy va kadrlar resurslari bilan taʼminlanganlik holati aks ettirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
amalga oshirish mexanizmi boʻlmagan funksiyalarni zarur tashkiliy-huquqiy mexanizmlar, moliyaviy-iqtisodiy va kadrlar resurslari bilan taʼminlash, oʻz ahamiyatini yoʻqotgan funksiyalarni esa bekor qilish boʻyicha takliflar kiritilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlari bilan ijro organlariga yuklatiladigan funksiyalar bir vaqtning oʻzida majburiy tarzda Funksiyalar yagona reyestriga kiritilib, takrorlanuvchi funksiyalar bekor qilinsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
funksiyalarni raqamlashtirish va inson omilini qisqartirgan holda avtomatlashtirish yuzasidan takliflar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan har yili respublika budjetidan respublika davlat boshqaruvi organlariga ajratiladigan mablagʻlarning cheklangan miqdorlarini belgilashda Funksiyalar yagona reyestrida nazarda tutilgan funksiyalar mezon sifatida inobatga olinadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Adliya vazirligi tomonidan Funksiyalar yagona reyestrini elektron tarzda yuritish imkonini beradigan “Davlat funksiyalari” avtomatlashtirilgan onlayn axborot tizimi yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Adliya vazirligi manfaatdor idoralar bilan birgalikda 2023-yil 1-martga qadar Funksiyalar yagona reyestrini shakllantirish ishlarini yakunlasin hamda uni yuritish tartibi boʻyicha qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Davlat boshqaruvida ochiqlik darajasini yanada oshirish, raqamli texnologiyalarni joriy etish, raqamlashtirilgan davlat boshqaruvi modeliga oʻtish maqsadida 2023-yil 1-yanvardan boshlab, sinov tariqasida, Adliya vazirligi tizimida idoraviy buyruq, qaror va farmoyishlarni “E-qaror” elektron tizimi orqali qabul qilish va eʼlon qilish amaliyoti yoʻlga qoʻyilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Adliya vazirligi manfaatdor idoralar bilan birgalikda 2023-yil 1-iyunga qadar sinov natijalari boʻyicha 2023-yil 1-sentabrdan boshlab barcha respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarida buyruq, qaror va farmoyishlarni “E-qaror” elektron tizimi orqali qabul qilish va eʼlon qilishni joriy etishni nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Davlat boshqaruvi apparatini saqlash bilan bogʻliq xarajatlarni maqbullashtirish, korrupsiyaviy omillarni bartaraf etish hamda budjet mablagʻlarining sarflanishi ustidan taʼsirchan jamoatchilik nazoratini oʻrnatish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududlarga xizmat safarlarini qisqartirgan holda joylardagi muammolarni aniqlash uchun “onlayn qabul”, “virtual tashrif” kabi hududlar bilan ishlashning zamonaviy texnologiyalarga asoslangan masofaviy usullarini qoʻllash tizimi joriy etilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarini avtotransport vositalari bilan taʼminlash meʼyorlari rahbar kadrlarning soni qisqartirilishini inobatga olgan holda maqbullashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijro etuvchi hokimiyat organlari uchun energiya va boshqa resurslarning sarflanishini bosqichma-bosqich, shu jumladan tejamkor texnologiyalarni joriy etish hisobidan kamaytirish boʻyicha maqsadli koʻrsatkichlarni har yili belgilash hamda ajratiladigan budjet mablagʻlarini ularga qarab maqbullashtirish amaliyoti joriy etilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bino va inshootlarni qurish, taʼmirlash va jihozlash (qayta jihozlash) hamda rasmiy tadbirlarni oʻtkazish boʻyicha maksimal narxlarni ichiga oluvchi meʼyorlarni belgilash, shuningdek, ushbu maqsadlarga sarflangan mablagʻlar yuzasidan hisobotlarni xarajatlar iqtisodiy tasnifining moddalari kesimida eʼlon qilib borish tartibi joriy etilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nazorat tadbirlarini oʻtkazishning muqobil shakllari joriy etilishini va ularda jamoatchilik vakillarining ishtirokini taʼminlaydigan tizimni yoʻlga qoʻyish orqali barcha nazorat tadbirlari va obyektlari haqidagi maʼlumotlarning ochiqligi taʼminlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Yangi Oʻzbekiston maʼmuriy islohotlari doirasida amalga oshiriladigan birinchi navbatdagi chora-tadbirlar boʻyicha “yoʻl xaritasi” ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yoʻl xaritasi”da belgilangan tadbirlarning oʻz vaqtida va samarali amalga oshirilishini taʼminlash yuzasidan masʼul ijrochi boʻlgan davlat organlarining birinchi rahbarlariga shaxsiy masʼuliyat yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi ommaviy axborot vositalarida ushbu qarorning maqsad va vazifalari keng yoritilishini tashkil etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Adliya vazirligi bir oy muddatda ushbu qarordan kelib chiqib, qonunchilik hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar yuzasidan takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Qaror ijrosini nazorat qilish, ijro uchun masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari S.U. Umurzakov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 21-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-447-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-dekabrdagi PQ-447-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yangi Oʻzbekiston maʼmuriy islohotlari doirasida amalga oshiriladigan birinchi navbatdagi chora-tadbirlar boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“YOʻL XARITASI”
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Amalga oshiriladigan tadbir

Amalga oshirish shakli

Amalga oshirish muddati

Masʼul ijrochilar

1.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-dekabrdagi “Yangi Oʻzbekiston maʼmuriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-269-son Farmoni bilan qayta tashkil etilgan respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini yoʻlga qoʻyish boʻyicha chora-tadbirlar reja-grafigini tasdiqlash.

Vazirlar Mahkamasi qarori

2022-yil 25-dekabr

Vazirlar Mahkamasi

2.

Respublika ijro etuvchi hokimiyat organi rahbari va uning oʻrinbosarlari vakolat doirasi hamda respublika va hududiy darajadagi boʻlinmalarning vazifa va funksiyalarini aniq chegaralash, shuningdek, hududlar kesimida faoliyat samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari hamda ish koʻrsatkichlarini (indikatorlari) belgilash tartibini nazarda tutuvchi respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini tartibga soluvchi namunaviy nizomni tasdiqlash.

Vazirlar Mahkamasi qarori

2022-yil 25-dekabr

Vazirlar Mahkamasi

3.

“Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini ishlab chiqib, belgilangan tartibda kiritilishini taʼminlash.

Bunda, loyihada ijro etuvchi hokimiyat organlarining, shu jumladan, hududiy boʻlinmalar kesimida har birining maqomini belgilash hamda ijro etuvchi hokimiyat organlarini tashkil etish va tugatishning aniq tartibi va bir-biridan farqlovchi mezonlar nazarda tutilishi lozim.

Qonun loyihasi

2023-yil 1-fevral

Vazirlar Mahkamasi

4.

Ijro etuvchi hokimiyat organlari tuzilmasida tashkil etilishi majburiy boʻlgan boʻlinma va lavozimlar roʻyxati, ularga nisbatan qoʻllaniladigan mezonlar, rahbar va ijrochi xodimlar oʻrtasidagi nisbat boʻyicha meʼyorlarni belgilash.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi

2023-yil 1-mart

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi,

Adliya vazirligi

5.

Ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan boshqariladigan bozor iqtisodiyoti tarmoqlariga xususiy sektorni jalb qilish uchun qulay sharoitlar yaratish, shu jumladan xususiy sektorning tegishli sohada faoliyat yuritishi uchun ochiq va sodda qoidalarni oʻrnatish boʻyicha takliflarni kiritish.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi

2023-yil 1-fevral

Vazirlar Mahkamasi

6.

Ijro etuvchi hokimiyat organlari funksiyalarini xatlovdan oʻtkazish va ularning yagona reyestrini shakllantirish ishlarini yakunlab, reyestr yuritish tartibini nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini kiritish.

Bunda, reyestrga kiritilgan har bir funksiya boʻyicha ularni respublika, viloyat va tuman (shahar) kesimida amalga oshirish uchun tashkiliy-huquqiy mexanizmlar, moliyaviy-iqtisodiy va kadrlar resurslari bilan taʼminlash holati aks ettirilishi lozim.

Vazirlar Mahkamasi qarori

2023-yil 1-mart

Adliya vazirligi,

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

7.

Ijro etuvchi hokimiyat organlari funksiyalari yagona reyestridagi maʼlumotlarni elektron tarzda yuritish imkonini beradigan “Davlat funksiyalari” avtomatlashtirilgan onlayn axborot tizimini ishga tushirish.

Tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar

2023-yil 1-mart

Adliya vazirligi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi

8.

Ijro etuvchi hokimiyat organlari tashkiliy tuzilmalari shakllarining aniq roʻyxatini belgilab, ularning shtat birliklari uchun normativlarni belgilash boʻyicha uslubiyatni ishlab chiqish.

Bunda, ijro etuvchi hokimiyat organi markaziy apparati namunaviy tuzilmalari va ularning shtat birliklari uchun normativlarni belgilash hamda markaziy apparat shtat birliklarini shakllantirish uchun minimal talablar nazarda tutilishi lozim.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil 1-fevral

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi,

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

9.

Respublika ijro etuvchi hokimiyat organi rahbari (hududiy boʻlinma rahbari) tomonidan har yil boshida harakatlar dasturi (hududiy rivojlanish dasturi) va erishilishi rejalashtirilayotgan maqsadli koʻrsatkichlarni ishlab chiqish hamda yil yakunida ushbu yoʻnalishda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobotlarni jamoatchilikka taqdim qilish amaliyotini yoʻlga qoʻyish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2023-yil 1-yanvar

Vazirlar Mahkamasi

10.

Adliya vazirligi tizimida sinov tariqasida idoraviy buyruq, qaror va farmoyishlarni “E-qaror” elektron tizimi orqali qabul qilish va eʼlon qilish amaliyotini yoʻlga qoʻyish boʻyicha sinov natijalariga koʻra barcha respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarida buyruq, qaror va farmoyishlarini “E-qaror” elektron tizimi orqali qabul qilish va eʼlon qilishni joriy etish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil 1-iyun

Adliya vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

11.

Davlat boshqaruvi apparatini saqlash bilan bogʻliq xarajatlarni maqbullashtirish, korrupsiyaviy omillarni bartaraf etish, budjet mablagʻlarining sarflanishi ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish.

Bunda:

hududlarga xizmat safarlarini qisqartirgan holda joylardagi muammolarni aniqlash uchun “onlayn qabul”, “virtual tashrif” kabi hududlar bilan ishlashning zamonaviy texnologiyalarga asoslangan masofaviy usullarini qoʻllash tizimini joriy etish;

respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarini avtotransport vositalari bilan taʼminlash meʼyorlarini rahbar kadrlarning soni qisqartirilishini inobatga olgan holda maqbullashtirish;

ijro etuvchi hokimiyat organlari uchun energiya va boshqa resurslarning sarflanishini bosqichma-bosqich, shu jumladan tejamkor texnologiyalarni joriy etish hisobidan kamaytirish boʻyicha maqsadli koʻrsatkichlarni har yili belgilash hamda ajratiladigan budjet mablagʻlarini ularga qarab maqbullashtirish amaliyotini joriy etish;

bino va inshootlarni qurish, taʼmirlash va jihozlash (qayta jihozlash), rasmiy tadbirlarni oʻtkazish boʻyicha maksimal narxlarni ichiga oluvchi meʼyorlarni belgilash, ushbu maqsadlarga sarflangan mablagʻlar yuzasidan hisobotlarni eʼlon qilib borish tartibini joriy etish;

nazorat tadbirlarini oʻtkazishning muqobil shakllari joriy etilishini va ularda jamoatchilik vakillarining ishtirokini taʼminlaydigan tizimni yoʻlga qoʻyish orqali barcha nazorat tadbirlari va obyektlari haqidagi maʼlumotlarning ochiqligini taʼminlash.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari

2023-yil 1-mart

Vazirlar Mahkamasi

12.

Vazirlik va idoralar hamda ular tizimiga kiradigan tashkilotlarga tegishli boʻlgan boʻsh turgan binolar, inshootlar va yer maydonlaridan samarali foydalanish maqsadida vazirlik va idoralarning hududiy boʻlinmalarini bitta maʼmuriy binoga joylashtirish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil 1-fevral

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi,

Adliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

13.

Idoralararo kollegial organlar faoliyatini tartibga solish hamda ularning huquqiy maqomini aniq belgilash, idoralararo kollegial organlarning samarali faoliyat koʻrsatishi uchun tashkiliy-huquqiy mexanizmlarni oʻrnatish hamda oʻz ahamiyatini yoʻqotganlarini tugatish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil 1-fevral

Adliya vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

14.

Davlat ishtirokidagi xoʻjalik yurituvchi subyektlar (davlat unitar korxonasi, aksionerlik jamiyati, masʼuliyati cheklangan jamiyat va boshqa) faoliyatini yanada takomillashtirish. Bunda, quyidagilarni nazarda tutish:

xususiy sektor samarali faoliyat yuritayotgan yoki faoliyat yuritish imkoni mavjud boʻlgan ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda mavjud davlat unitar korxonalarini xatlovdan oʻtkazish;

davlat unitar korxonalari tomonidan davlat funksiyalarini amalga oshirish nuqtai nazaridan normativ-huquqiy hujjatlar va davlat unitar korxonalarining taʼsis hujjatlarini tahlil qilish;

davlat ishtirokidagi xoʻjalik yurituvchi subyektlarga (davlat unitar korxonalari, aksionerlik jamiyatlari, masʼuliyati cheklangan jamiyatlar va boshqa) davlat funksiyalari, shu jumladan davlat tekshiruvi va nazorati funksiyalarini yuklashni taqiqlash;

davlat ishtirokidagi xoʻjalik yurituvchi subyektlarning kuzatuv kengashlari aʼzoligiga ular faoliyatini tartibga soluvchi respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari (regulator) vakillarini kiritishga yoʻl qoʻymaslik;

ijro etuvchi hokimiyat organlarining masʼuliyati cheklangan jamiyatlarni tashkil qilish va ularning ulushdori boʻlishini taqiqlash.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil 1-mart

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi

15.

Ijro etuvchi hokimiyat organlarining mavjud shtat birliklari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning shaffofligini taʼminlash. Bunda, “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksida vazirlik va idoralar hamda ular tarkibiga kiradigan tashkilotlarning shtat birliklari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni barcha uchun ochiq eʼlon qilib borish imkoniyatlarini yaratish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil 1-fevral

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi

16.

Ayrim respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari hududiy boʻlinmalari faoliyatini toʻliq raqamlashtirish, shuningdek, davlat tomonidan tartibga solinadigan sohalarga xususiy sektorni yanada kengroq jalb etish orqali ularning shtat birliklarini maqbullashtirish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil 1-mart

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Adliya vazirligi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

17.

Ayrim respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari hududiy boʻlinmalarini tegishincha mahalliy hokimliklar tuzilmasiga oʻtkazish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil 1-mart

Adliya vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

18.

Ayrim respublika ijro etuvchi hokimiyati organlarining Toshkent shahridagi tuman boʻlinmalarini ularning vazifa va funksiyalarini Toshkent shahri (bosh) boshqarmalariga oʻtkazgan holda tugatish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil 1-mart

Adliya vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

19.

Statistik maʼlumotlarni olish davrini 5 kundan 1 daqiqaga qisqartirish, statistik maʼlumotlarni shakllantirish va axborot almashinuvi jarayonida qogʻoz sarfidan toʻliq voz kechish hamda yigʻma maʼlumotlarni eʼlon qilish vaqtini ikki baravarga tezlashtirish imkonini beruvchi “Statistika integrallashgan axborot tizimi”ni ishga tushirish va mavjud axborot tizimlari bilan integratsiya qilish.

Tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar

2023-yil 1-fevral

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi

20.

Davlat organlarida avtomatlashtirilgan ish joyi boʻyicha yagona platformani ishlab chiqish.

Bunda, vazirlik va idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining xodimlari oʻz faoliyatiga oid hujjatlar bilan tanishish, majlislarda va yigʻilishlarda ishtirok etish, nazorat hujjatlarini va topshiriqlarini bajarish, uchrashuvlar tashkil etishni rejalashtirish imkoniyatini yaratish nazarda tutiladi.

Axborot tizimi

2023-yil 1-mart

Raqamli texnologiyalar vazirligi

21.

Davlat organlarida masofaviy ishni tashkil etish va moslashuvchan ish tizimini takomillashtirish:

davlat xizmatchilari faoliyatini masofaviy tashkil etish boʻyicha tartib ishlab chiqish;

davlat xizmatchilarining masofadan turib amalga oshirishi mumkin boʻlgan funksiyalari roʻyxatini belgilash;

masofaviy ishni tashkil etishda axborot xavfsizligini taʼminlash boʻyicha maxsus dasturiy taʼminot (platforma) ishlab chiqish;

davlat fuqarolik xizmati lavozimlarning ayrim toifalari uchun (masalan, tahlil va hisobotlar bilan shugʻullanadigan) ish vaqtini belgilashda vaqtbaydan ishbay tizimiga oʻtkazish asoslarini belgilash;

ish beruvchi bilan kelishilgan holda ish vaqtining moslashuvchan tizimini joriy etish (yaʼni, 10.00 dan 19.00 gacha va h.k).

Tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar

2023-yil 1-fevral

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

22.

Davlat ishtirokidagi korxonalarning yil yakuni boʻyicha moliyaviy natijadorlikka erishganligi va amalga oshirgan ishlari yuzasidan jamoatchilikka hisobotini eʼlon qilish tartibini belgilash. Bunda:

korxonalar oldiga qoʻyilgan maqsadlar ijrosi boʻyicha maʼlumotlar;

korxonalar faoliyatining asosiy moliyaviy va nomoliyaviy koʻrsatkichlarga erishish darajasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;

ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan xizmatlarni koʻrsatish boʻyicha majburiyatlarning bajarilishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;

homiylik, xayriya va boshqa ijtimoiy maqsadlarga mablagʻlar ajratish toʻgʻrisidagi qarorlar hamda qaror qabul qilishdan kutilayotgan natijalar haqidagi maʼlumotlar nazarda tutiladi.

Normativ- huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil 1-mart

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi,

Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi

23.

Davlat boshqaruvida ortiqcha byurokratik toʻsiqlar, murakkablashgan tartibotlar va eskirgan yondashuvlarni bartaraf etish. Jumladan:

davlat xizmatlarini koʻrsatish bilan bogʻliq munosabatlarda shartnomani yozma shaklda tuzish boʻyicha talablarni qisqartirish;

ayrim davlat xizmatlarini koʻrsatishda ortiqcha boʻgʻin sifatida ariza berish tartibotlarini qisqartirish hamda soddalashtirilgan murojaat shakllarini joriy qilish;

fuqarolar orasida keng foydalanilayotgan xizmatlarni “yagona darcha” tamoyili asosida oʻzaro bogʻlangan holda koʻrsatish orqali ortiqcha ovoragarchiliklarning oldini olish;

davlat xizmatlarini koʻrsatishda fuqarolar uchun noqulayliklar tugʻdirayotgan mavjud tartibotlarni maqbullashtirish;

davlat organlarida onlayn navbatlar ishlashining yagona tartibini va unga amal qilinishi ustidan nazorat mexanizmini joriy qilish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil 1-aprel

Adliya vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

24.

Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatida hisobotlarni toʻldirish va taqdim etish jarayonini avtomatlashtirish.

Bunda:

mavjud topshiriq va hisobotlarni xatlovdan oʻtkazish;

aniqlangan bir xil mazmundagi topshiriq va hisobotlarni birlashtirish;

hisobot berish tizimini unifikatsiya qilish va ularni elektron koʻrinishga oʻtkazish orqali avtomatlashtirish;

bir xil mazmundagi va bir-birini takrorlovchi hamda hozirgi kunda oʻz ahamiyatini yoʻqotgan, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlar va yigʻilish bayonlarida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlashga qaratilgan doimiy nazoratdagi topshiriq va koʻrsatmalarni bekor qilish;

topshiriqlarni faqatgina markazlashgan tartibda elektron tizimda roʻyxatga olish va ularning ijrosini nazorat qilish imkoniyatini yaratish;

mavjud topshiriqlar boʻyicha hisobotlarning shakllantirilishini avtomatlashtirish hamda statistik maʼlumotlar almashinuvini raqamlashtirish choralarini koʻrishga oid tadbirlar (hisobotlarni ushbu tizimdan tashqari berishni man qilish) nazarda tutilishi lozim.

Tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar

2023-yil 1-aprel

Adliya vazirligi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.12.2022-y., 07/22/447/1118-son; 30.12.2024-y., 07/24/455/1092-son; 07.05.2026-y., 06/26/78/0454-son)