23.12.2022 yildagi 720-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik hujjatlarida korrupsiyaviy normalarni aniqlash va bartaraf etish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Pillachilik va tutchilik tashkilotlariga tutzorlarda suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalarini joriy qilish uchun sarflangan xarajatlarning bir qismini qoplash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublikada chorvachilikning muhim tarmogʻi hisoblangan pillachilikni jadal rivojlantirish hamda ushbu sohada faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlarini qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirishga qaratilgan normativ-huquqiy baza doimiy ravishda takomillashtirib borilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, sohaga oid qonunchilik hujjatlarida korrupsiyaga sharoit yaratishi va huquqni qoʻllash amaliyotida turlicha talqin qilinishi mumkin boʻlgan normalarni aniqlash va bartaraf etish dolzarb vazifalardan biri boʻlib qolmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pillachilik tarmogʻida tadbirkorlik subyektlariga subsidiya berish tizimining shaffofligini taʼminlash, sohaga oid qonunchilik hujjatlarida aniqlangan korrupsiyaviy omillarga chek qoʻyish, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining “2022-yilda normativ-huquqiy hujjatlarni korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 26-martdagi 140-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 10-martdagi 128-son qarori bilan tasdiqlangan Pillachilik va tutchilik tashkilotlariga tutzorlarda suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalarini joriy qilish uchun sarflangan xarajatlarning bir qismini qoplash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pillachilik va tutchilik tashkilotlariga subsidiya ajratish boʻyicha tuman ishchi guruhi tarkibiga ushbu tashkilotlarda ulushga (aksiyaga) egalik qiladigan yoki ularning boshqaruv (kuzatuv) organlariga aʼzo boʻlgan shaxslarning kiritilishini taqiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
subsidiya olish uchun talabgor boʻlgan tadbirkorlik subyektlari tuman ishchi guruhining ishchi organiga arizani bevosita, pochta xizmati orqali yoki elektron shaklda taqdim etishi mumkinligini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman ishchi guruhi tomonidan talabgorlarga subsidiya ajratish mezonlarini yanada aniqlashtirish, shu jumladan, talabgorlarga tegishli yer uchastkasi joylashgan hududda yer osti va yer usti suv manbalari mavjud boʻlmagan taqdirda, ularni subsidiya ajratish boʻyicha tuman manzilli roʻyxatiga kiritilishini rad etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmitasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari Sh.M. Gʻaniyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 23-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
720-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 23-dekabrdagi 720-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pillachilik va tutchilik tashkilotlariga tutzorlarda suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalarini joriy qilish uchun sarflangan xarajatlarning bir qismini qoplash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 8-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Tuman ishchi guruhi tuman hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari, tuman irrigatsiya boʻlimi boshligʻi, tuman elektr tarmoqlari korxonasi boshligʻi, “Oʻzbekgidrogeologiya” instituti vakili hamda xizmat koʻrsatuvchi tijorat banki rahbaridan iborat tarkibda tuziladi. Tuman hokimi tuman ishchi guruhi rahbari hisoblanadi.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagi mazmundagi 81-band bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“81. Tuman ishchi guruhi tarkibiga pillachilik va tutchilik tashkilotlarining ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlarga yoki aksiyalarga egalik qiladigan yoxud boshqaruv organi va kuzatuv kengashiga oʻzi yoki yaqin qarindoshlari aʼzo boʻlgan shaxslarning kiritilishi taqiqlanadi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. 9-band “ariza bilan” soʻzlaridan keyin “bevosita, pochta xizmati orqali yoki elektron shaklda” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. 10-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“10. Tuman ishchi guruhi talabgorlardan ariza tushgan kundan boshlab uch ish kunida joyiga chiqqan holda, tegishli yer uchastkasining maydoni, tuproq bonitet balli hamda yer osti va yer usti suv manbalari mavjudligini oʻrganib chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrganish yakuni boʻyicha tuman ishchi guruhi talabgorlarni kelgusi yilda suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalarini joriy etish boʻyicha tuman manzilli roʻyxatiga (keyingi oʻrinlarda — tuman manzilli roʻyxati) kiritish toʻgʻrisida xulosa beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda tegishli yer uchastkasi joylashgan hududda yer osti va yer usti suv manbalari mavjud boʻlmagan taqdirda, talabgorlarni tuman manzilli roʻyxatiga kiritish rad etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrganish natijasi koʻra kelgusi yilda tuman manzilli roʻyxati mazkur bandning birinchi xatboshisida belgilangan mezonlarga asosan mevali va oziqa boʻladigan yangi tutzorlarning hududlar hamda talabgorlar boʻyicha yer uchastkasi maydoni, yer bonitet balli, suv manbaini koʻrsatgan holda shakllantiradi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Nizomga 1-ilova “II bosqich” pozitsiyasining “Chora-tadbirlar” ustunining 1-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“1. Talabgorlar arizasini joyiga chiqqan holda, ularga tegishli boʻlgan yer uchastkasining maydoni, tuproq bonitet balli hamda yer osti va yer usti suv manbalari mavjudligini oʻrganib chiqadi. Bunda talabgorlarni kelgusi yilda suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalarini joriy etish boʻyicha tuman manzilli roʻyxatiga kiritish toʻgʻrisida xulosa beradi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Nizomga 2-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“1. Tuman hokimi, ishchi guruh rahbari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tuman hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari, ishchi guruh rahbarining oʻrinbosari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tuman elektr tarmoqlari korxonasi boshligʻi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “Oʻzbekgidrogeologiya” instituti (DUK)ning hududiy boʻlimi rahbari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Xizmat koʻrsatuvchi tijorat banki rahbari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Tuman irrigatsiya boʻlimi boshligʻi, ishchi guruh kotibi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Nizomga 4-ilovadagi “3. Lavozimga koʻra — tuman qishloq xoʻjaligi boʻlimi boshligʻi” soʻzlari chiqarib tashlansin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2022-y., 09/22/720/1113-son)