Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining
buyrugʻi
Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2022-yil 22-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3404]
Oʻzbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 8-avgustdagi PF-5505-son “Norma ijodkorligi faoliyatini takomillashtirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi, 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son “2022 — 2026-yillarga moʻljallangan yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi toʻgʻrisida”gi farmonlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 9-oktabrdagi 469-son “Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar meʼyoriy hujjatlarining qonuniyligini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori hamda Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish qoidalariga (roʻyxat raqami 2565, 2014-yil 28-fevral) muvofiq buyuraman:
1. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Qonunining 46-moddasiga asosan ilgari qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarga yangi normativ-huquqiy hujjat qabul qilinganligi munosabati bilan zarur oʻzgartishlar va (yoki) qoʻshimchalar kiritilishi hamda ilgari qabul qilingan barcha normativ-huquqiy hujjatlar yoki ularning qismlari, agar ular yangi huquqiy normalarga zid boʻlsa yoxud yangi normativ-huquqiy hujjat bilan toʻlaligicha qamrab olingan yoki amalda oʻz huquqiy ahamiyatini yoʻqotgan boʻlsa, lekin rasman oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilmagan boʻlsa, oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilishi lozimligi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 8-avgustdagi PF-5505-son Farmoni bilan tasdiqlangan Norma ijodkorligi faoliyatini takomillashtirish konsepsiyasida idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni imkon qadar qisqartirish, umumiy tusdagi, harakatsiz va huquqni qoʻllashga taʼsir etmaydigan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish belgilanganligi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2022 — 2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasida idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar sonini maqbullashtirish ishlarini davom ettirish vazifasi belgilanganligi;
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish qoidalarining (roʻyxat raqami 2565, 2014-yil 28-fevral) 111-bandiga muvofiq qonunchilik hujjatlariga muvofiqlashtirilmagan idoraviy normativ-huquqiy hujjatning Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarilishi natijasida yuzaga keladigan “huquqiy boʻshliqlar” oqibatlari uchun ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni qabul qilgan vazirlik va idoralar rahbarlari javobgar boʻlishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan ilovaga muvofiq chiqarilsin.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir A. TAShKULOV
Toshkent sh.,
2022-yil 21-dekabr,
31-mh-son
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 21-dekabrdagi 31-mh-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarilayotgan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar
ROʻYXATI
1. Oʻzbekiston Respublikasi Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat agentligi bosh direktorining 2002-yil 10-sentabrdagi 433-son “Energetika ishlab chiqarish korxonalarida xodimlar bilan ishlashni tashkil etish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1178, 2002-yil 4-oktabr) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2002-y., 19-son).
2. Oʻzbekiston Respublikasi Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi boshligʻining 2008-yil 30-apreldagi 84-son “Energetika ishlab chiqarish korxonalarida xodimlar bilan ishlashni tashkil etish qoidalariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1178-1, 2008-yil 28-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 22-23-son, 208-modda).
3. Oʻzbekiston Respublikasi Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi boshligʻining 2011-yil 2-iyundagi 9-son “Energetika ishlab chiqarish korxonalarida xodimlar bilan ishlashni tashkil etish qoidalariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1178-2, 2011-yil 29-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 26-son, 276-modda).
4. Oʻzbekiston Respublikasi Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi boshligʻining 2017-yil 4-dekabrdagi 7-son “Energetik ishlab chiqarish korxonalarida xodimlar bilan ishlashni tashkil etish qoidalariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1178-3, 2018-yil 5-yanvar) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 2011-y., 08.01.2018-y., 10/18/1178-3/0514).
5. Oʻzbekiston Respublikasi Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi boshligʻining 2004-yil 2-sentabrdagi 295-son “Oʻzbekiston Respublikasi elektr stansiyalari va tarmoqlarini texnikaviy ekspluatatsiya qilish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1405, 2004-yil 10-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 36-son, 405-modda).
6. Oʻzbekiston Respublikasi Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi boshligʻining 2010-yil 13-oktabrdagi 194-son “Oʻzbekiston Respublikasi elektr stansiyalari va tarmoqlarini texnikaviy ekspluatatsiya qilish qoidalari (I boʻlim)ga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1405-1, 2010-yil 15-noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 46-son, 419-modda).
7. Oʻzbekiston Respublikasi Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi boshligʻining 2013-yil 8-noyabrdagi 9-son “Oʻzbekiston Respublikasi elektr stansiyalari va tarmoqlarini texnikaviy ekspluatatsiya qilish qoidalarining I boʻlimiga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1405-2, 2013-yil 15-noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 46-son, 614-modda).
8. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2011-yil 7-noyabrdagi 246-mh-son “Tekshirishlarni roʻyxatga olish kitobining shakli va uni toʻldirish tartibini tasdiqlash haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2280, 2011-yil 7-noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 45-46-son, 480-modda).
9. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2014-yil 26-dekabrdagi 306-mh-son “Tekshirishlarni roʻyxatga olish kitobini toʻldirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2280-1, 2014-yil 26-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 52-son, 638-modda).
10. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2016-yil 9-sentabrdagi 226-mh-son “Tekshirishlarni roʻyxatga olish kitobining shakli va uni toʻldirish tartibini tasdiqlash haqida”gi buyruqqa oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2280-2, 2016-yil 9-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 36-son, 425-modda).
11. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2017-yil 6-iyundagi 116-mh-son “Tekshirishlarni roʻyxatga olish kitobini toʻldirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 13-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2280-3, 2017-yil 6-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 23-son, 481-modda).
12. Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2018-yil 13-fevraldagi 35-son “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasining kunduzgi taʼlim shakliga nomzodlar tanlovini oʻtkazish boʻyicha metodikalarni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2987, 2018-yil 29-mart) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.03.2018-y., 10/18/2987/0961-son).
13. Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2020-yil 26-fevraldagi 86-son “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasining kunduzgi taʼlim shakliga nomzodlar tanlovini oʻtkazish boʻyicha metodikalarga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2987-1, 2020-yil 18-mart) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.03.2020-y., 10/20/2987-1/0334-son).
14. Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2020-yil 17-sentabrdagi 260-son “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasining kunduzgi taʼlim shakliga nomzodlar tanlovini oʻtkazish boʻyicha metodikalarga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2987-2, 2020-yil 16-oktabr) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.10.2020-y., 10/20/2987-2/1393-son).
15. Oʻzbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vazirining 2018-yil 4-iyundagi 14/4-son “Ilmiy laboratoriyalarni yaratish va qoʻshimcha jihozlash boʻyicha tanlovlarni oʻtkazish, shuningdek zarur sarflash materiallari va butlovchi qismlar bilan taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 3035, 2018-yil 5-iyul) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.07.2018-y., 10/18/3035/1473-son).
16. Oʻzbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vazirining 2022-yil 6-iyundagi 176-son “Ilmiy laboratoriyalarni yaratish va qoʻshimcha jihozlash boʻyicha tanlovlarni oʻtkazish, shuningdek zarur sarflash materiallari va butlovchi qismlar bilan taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 3-bandiga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 3035-1, 2022-yil 4-iyul) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2022-y., 10/22/3035-1/0586-son).
17. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuraturasi va Davlat xavfsizlik xizmatining 2018-yil 24-avgustdagi 58, 50-qq, 7-son “Avtotransport vositalari oynalarining tusini oʻzgartirishga (qoraytirishga) ruxsatnoma berish, uni roʻyxatga olish va ruxsatnomaning amal qilishini bekor qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 3059, 2018-yil 25-avgust) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.08.2018-y., 10/18/3059/1801-son).
18. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuraturasi va Davlat xavfsizlik xizmatining 2019-yil 3-sentabrdagi 69, 41, 21-son “Yengil avtotransport vositalari oynalarining tusini oʻzgartirishga (qoraytirishga) ruxsatnoma berish, uni roʻyxatga olish va ruxsatnomaning amal qilishini bekor qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 3059-1, 2019-yil 4-oktabr) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.10.2019-y., 10/19/3059-1/3865-son).
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.12.2022-y., 10/22/3404/1108-son)