14.12.2022 yildagi PF-263-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 16.12.2022 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirishga yoʻnaltirilgan oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakatni har tomonlama rivojlantirish boʻyicha tub islohotlarni amalga oshirish barobarida Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining tuzilishi ham zamon talablari asosida qayta koʻrib chiqildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, ushbu yoʻnalishda amalga oshirilayotgan ishlarning huquqiy asosini tashkil etuvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tizimlashtirish va bir-birini takrorlovchi normalarni bartaraf etish zarurati yuzaga kelmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy qonunchilik bazasini ortiqcha normativ-huquqiy hujjatlardan xoli etish, uning tizimliligini taʼminlash, huquqni qoʻllash amaliyotida yuridik taʼsir kuchiga ega boʻlmagan hujjatlarni bekor qilish maqsadida, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi “Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6218-son Farmoniga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlariga 1-ilovaga muvofiq quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar kiritilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
amaldagi normativ-huquqiy hujjatlardan eskirgan, oʻz ahamiyatini yoʻqotgan va bir-birini takrorlovchi normalarni chiqarib tashlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mudofaa vazirligida amalga oshirilgan tashkiliy-shtat tadbirlariga muvofiq intizomiy qismga joʻnatish tariqasidagi jazoni ijro etish tartibini qayta koʻrib chiqish va intizomiy qismning tarkibiy tuzilishini maqbullashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan va bir-birini takrorlovchi ayrim hujjatlari 2-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V. Maxmudov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 14-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-263-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 14-dekabrdagi PF-263-son Farmoniga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1992-yil 18-maydagi “Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan havo-desant qoʻshinlari, harbiy-transport aviatsiyasi, razvedka va taʼminot qismlari toʻgʻrisida”gi PF-402-son Farmonining rus tilidagi matnida 2-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“2. Vozlojit rukovodstvo vozdushno-desantnimi voyskami, voyenno-transportnoy aviatsiyey, razvedivatelnimi chastyami i chastyami obespecheniya, vzyatimi pod yurisdiksiyu Respubliki Uzbekistan, na Ministerstvo oboroni Respubliki Uzbekistan”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1992-yil 12-noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan havo hujumidan mudofaa harbiy qismlari toʻgʻrisida”gi PF-495-son Farmonining rus tilidagi matnida 2-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“2. Vozlojit rukovodstvo voinskimi chastyami protivovozdushnoy oboroni, vzyatimi pod yurisdiksiyu Respubliki Uzbekistan, na Ministerstvo oboroni Respubliki Uzbekistan”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1996-yil 9-oktabrdagi PF-1572-son Farmoni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida intizomiy qism toʻgʻrisidagi nizomda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“1. Ushbu Nizom sodir etgan jinoyatlari uchun sud tomonidan intizomiy qismga joʻnatish jazosiga hukm qilingan muddatli harbiy xizmat harbiy xizmatchilari tomonidan jazoni oʻtash va intizomiy qism faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bandda “harbiy nizomlarning” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari umumharbiy nizomlarining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bandning birinchi xatboshisidagi “ijtimoiy-siyosiy” soʻzlari “maʼnaviy-maʼrifiy” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bandda “garnizon harbiy sudining” va “Mudofaa vazirligining Bosh shtabiga” soʻzlari tegishlicha “hududiy harbiy sudning” va “Mudofaa vazirligiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-bandda “ijtimoiy-siyosiy” soʻzlari “maʼnaviy-maʼrifiy” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“10. Intizomiy qismning kontrakt boʻyicha harbiy xizmatchi lavozimlari qoʻl ostidagilarni tarbiyalash va oʻqitishda zarur tajribaga ega boʻlgan, mahkumlar orasida tegishli tartib va mustahkam harbiy intizomni saqlab tura oladigan, eng intizomli, irodali, harbiy jihatdan yaxshi tayyorgarlik koʻrgan ofitserlar va serjantlar tarkibidan boʻlgan kontrakt boʻyicha harbiy xizmatchilar bilan belgilangan tartibda butlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Intizomiy qism komandiri va uning oʻrinbosarlari hamda guruh komandirlari lavozimlariga tayinlanadigan ofitserlar qoʻshinlarda komandirlik lavozimlari yoki shaxsiy tarkib bilan ishlash boʻyicha komandir oʻrinbosari lavozimida kamida ikki yillik xizmat stajiga ega boʻlishi kerak”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11, 12 va 13-bandlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-bandning ikkinchi xatboshisidagi “rota” soʻzi “guruh” soʻzi bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-bandda “joʻnatishga” soʻzi “joʻnatish jazosiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“b” kichik banddan “kassatsiya” soʻzi chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“g” kichik bandda “harbiy bilet” soʻzlari “harbiy guvohnoma” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21-bandning “v” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“v) shaxsiy hujjatlar yigʻmajildi (ilova hujjati, sud hukmining bir nusxasi va qonuniy kuchga kirgan hukmni ijro etish toʻgʻrisidagi farmoyish, hukm oʻzgartirilgan hollarda esa sud ajrimining nusxasi ham, xizmat roʻyxatiga oid va xizmat varaqlari, tibbiy daftarcha, harbiy guvohnoma, taʼrifnoma va boshqalar)”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“24. Soqchilik, xizmat koʻrsatish boʻlinmalarini, intizomiy qismning kontrakt boʻyicha xizmatchilarini joylashtirish uchun moʻljallangan barcha xizmat xonalari, turar joy binolari va yashash xonadonlari, shuningdek oʻqotar qurollar va oʻq-dori omborlari mahkumlarni joylashtirish, ularga xizmat koʻrsatish uchun moʻljallangan hududdan (zonadan) tashqarida boʻladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“30. Mahkumlarning nomiga keladigan posilka, yoʻqlov va banderollar tekshirib chiqiladi. Ularni tekshirib chiqish va mahkumlarga topshirish tartibi intizomiy qism komandiri tomonidan belgilanadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31-bandning birinchi xatboshisidagi “Posilkada, peredachada” soʻzlari “Mahkumlarning nomiga keladigan posilkada, yoʻqlovda” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33 — 35-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“33. Mahkumlar tomonidan joʻnatiladigan xatlar intizomiy qism saf boʻlimiga yopiq holda topshiriladi. Xatlarni ochib koʻrish man etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Mahkumlarning qarindoshlari va boshqa shaxslar bilan uchrashuvlari Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksining 151-moddasida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashrifchilar olib kelgan oziq-ovqat mahsulotlari hamda mahkumlar tomonidan foydalanish uchun ruxsat berilgan buyumlar va predmetlar mahkumlarga olib borib berish uchun intizomiy qism komandiri tomonidan tayinlangan shaxsga topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Mahkumlarga taʼtillar Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksining 154-moddasida belgilangan tartibda beriladi va bu haqida intizomiy qism komandiri tomonidan tegishli prokuror xabardor qilinadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37-banddagi “ijtimoiy-siyosiy” soʻzlari “maʼnaviy-maʼrifiy” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“38. Mahkumlarning murojaatlari Oʻzbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-ijroiya kodeksi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Intizom nizomida belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi va hal etiladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40-bandning ikkinchi xatboshisidagi “ijtimoiy-siyosiy” soʻzlari “maʼnaviy-maʼrifiy” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41-bandning birinchi xatboshisidagi “rotalarda” soʻzi “guruhlarda” soʻzi bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42-banddagi “ijtimoiy-siyosiy” soʻzlari “maʼnaviy-maʼrifiy” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“44. Mahkumlarga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksining 157-moddasida koʻrsatilgan ragʻbatlantirish choralari qoʻllaniladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“46. Yaxshi xulq-atvori, mehnatga va harbiy xizmatga halol munosabati uchun intizomiy qism komandirining buyrugʻi bilan axloqi tuzalayotganlar qatoriga kiritilgan mahkumlar belgilangan jazo muddatining kamida yarmini oʻtab boʻlganlaridan keyin intizomiy qism komandiri tomonidan qonunda belgilangan tartibda jazodan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilishga taqdim etiladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47 — 57-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“47. Intizomiy qism guruh komandirining oʻrinbosari va vzvod komandirining moddiy taʼminot boʻyicha yordamchisi oʻz vakolati doirasida quyidagi ragʻbatlantirish choralarini qoʻllash huquqiga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) tashakkur eʼlon qilish;

b) ilgari qoʻllanilgan intizomiy jazo chorasini olib tashlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. Intizomiy qism komandirining oʻrinbosari va guruh komandiri oʻz vakolati doirasida quyidagi ragʻbatlantirish choralarini qoʻllash huquqiga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) tashakkur eʼlon qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) ilgari qoʻllanilgan intizomiy jazo chorasini olib tashlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) qoʻshimcha ravishda bir marta uchrashuvga ruxsat berish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. Intizomiy qism komandiri Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksining 157-moddasida koʻrsatilgan ragʻbatlantirish choralarini toʻla hajmda qoʻllash huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50. Mahkumlarga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksining 158-moddasida koʻrsatilgan intizomiy jazo choralari qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51. Intizomiy qism guruh komandirining oʻrinbosari va vzvod komandirining moddiy taʼminot boʻyicha yordamchisi oʻz vakolati doirasida quyidagi intizomiy jazo choralarini qoʻllash huquqiga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) hayfsan va qattiq hayfsan eʼlon qilish;

b) navbatdan tashqari uchtagacha naryad tayinlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52. Guruh komandiri oʻz vakolati doirasida quyidagi intizomiy jazo choralarini qoʻllash huquqiga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) hayfsan va qattiq hayfsan eʼlon qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) navbatdan tashqari uchtagacha naryad tayinlash;

v) uch sutkagacha gauptvaxtaga joylashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
53. Intizomiy qism komandirining oʻrinbosari oʻz vakolati doirasida quyidagi intizomiy jazo choralarini qoʻllash huquqiga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) hayfsan va qattiq hayfsan eʼlon qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) navbatdan tashqari uchtagacha naryad tayinlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) besh sutkagacha gauptvaxtaga joylashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
54. Intizomiy qism komandiri Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksining 158-moddasida koʻrsatilgan intizomiy jazo choralarini toʻla hajmda qoʻllash huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
55. Gauptvaxtaga joylashtirish intizomiy jazo chorasi qoʻllanilgan mahkumlar Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Garnizon va qorovullik xizmatlari nizomi talablariga muvofiq jazoni intizomiy qism gauptvaxtasida bir kishilik kameralarda oʻtaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
56. Gauptvaxtaga joylashtirilgan mahkumlarga uchrashishga, shuningdek, posilka, yoʻqlov, banderol va xatlarni olishga ruxsat berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
57. Intizomiy qismda jazoni oʻtash davrida sodir etilgan jinoyatlar uchun aybdorlar jinoyat qonunchiligida belgilangan tartibda javobgar boʻladilar”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
59-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“59. Mahkumlar uchun maishiy-yashash sharoitlarini yaratish, ularning oziq ovqat, ust-bosh va boshqa narsalar bilan taʼminlanishi hamda tibbiy taʼminoti muddatli harbiy xizmat harbiy xizmatchilari uchun belgilangan normalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Ichki xizmat nizomiga muvofiq amalga oshiriladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
60-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
61 va 62-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“61. Mahkumlarga hammom-kirxona xizmatlari muddatli harbiy xizmat harbiy xizmatchilari uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
62. Barcha mahkumlarning pul taʼminoti muddatli harbiy xizmatdagi oddiy askarlar uchun belgilangan 1,0 tarif razryadi boʻyicha lavozim maoshi hisobidan har oyda ularning shaxsiy hisobvaraqlariga qoʻshib boriladi va ular intizomiy qismdan ozod etilganlarida toʻliq toʻlab beriladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
64-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
67-banddan “Bosh shtabi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi xatboshidagi “Mudofaa vazirligining Bosh shtabiga” soʻzlari “Mudofaa vazirligiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi xatboshidagi “Mudofaa vazirligining Bosh shtabi” soʻzlari “Mudofaa vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
71-bandning birinchi xatboshisidagi “harbiy bilet” soʻzlari “harbiy guvohnoma” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 14-dekabrdagi PF-263-son Farmoniga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan ayrim hujjatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1993-yil 19-martdagi “Mehnat rezervlari” oʻquv-sport kompleksini Oʻzbekiston Respublikasining Mudofaa vazirligi ixtiyoriga oʻtkazish toʻgʻrisida”gi PF-581-son Farmoni.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 20-noyabrdagi “Fuqarolarning Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida muddatli harbiy xizmatni oʻtash shart-sharoitlarini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-4054-son Farmoni.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari pensionerlarini ijtimoiy himoya qilishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-4960-son Farmoni.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 6-iyuldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari pensionerlarini ijtimoiy himoya qilishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 17-fevraldagi PF-4960-son Farmoniga qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”gi PF-5110-son Farmoni.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi PF-5454-son Farmoniga ilovaning 3-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-martdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining harbiy xizmatchilari uchun uy-joylar qurish dasturi toʻgʻrisida”gi PQ-2858-son qarori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-sentabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi PQ-4435-son qaroriga ilovaning 3-bandi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2022-y., 06/22/263/1092-son)