Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.12.2022 20.11.2008 yildagi PF-4054-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.12.2022
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
FUQAROLARNING OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QUROLLI KUChLARIDA MUDDATLI HARBIY XIZMATNI OʻTASh ShART-ShAROITLARINI TAKOMILLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 14-dekabrdagi PF-263-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirishga yoʻnaltirilgan oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi yillarda mamlakatda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining muddatli harbiy xizmatni oʻtash tizimini isloh qilish boʻyicha miqyosi va teranligi jihatidan muhim ahamiyatga ega boʻlgan ishlar amalga oshirildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida”gi Qonunga muvofiq fuqarolarning muddatli harbiy xizmatni oʻtash muddati oʻn ikki oy etib belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolarni tanlov asosida muddatli harbiy xizmatga olish tizimi yaratilgan, chaqiruv komissiyalarining ishida oshkoralikni va samarali jamoatchilik nazoratini taʼminlash uchun ular tarkibiga mahalliy davlat hokimiyati organlari, jamoatchilik, Oʻzbekiston “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, Xotin-qizlar qoʻmitasi, “Nuroniy” va “Mahalla” jamgʻarmalarining vakillari kiritilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muddatli harbiy xizmatni oʻtayotgan harbiy xizmatchilarga beriladigan imtiyozlar tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari amalga oshirilmoqda. Muddatli harbiy xizmatdagi harbiy xizmatchilarning lavozim maoshi miqdorlari ikki baravar koʻpaytirildi, ular zaxiraga boʻshatilganda beriladigan nafaqa miqdori eng kam ish haqining oʻn olti baravarigacha oshirildi. Hozirgi vaqtda mamlakatimiz oliy oʻquv yurtlarida armiyaning mardlik va matonat maktabini oʻtagan hamda jangovar va ijtimoiy-siyosiy tayyorgarlik boʻyicha aʼlo natijalarga erishgan 22 mingdan ziyod yoshlar taʼlim olmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolarning muddatli harbiy xizmatni oʻtash tizimini takomillashtirish borasida koʻrilgan chora-tadbirlar Qurolli Kuchlarni chaqiriluvchilar bilan toʻldirishni sifat jihatidan yaxshilash imkonini berdi, ularning jismoniy va intellektual rivojlanish darajasi jiddiy ravishda oshdi, aholi orasida harbiy xizmatning obroʻ-eʼtibori tubdan oʻzgardi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, fuqarolarni muddatli harbiy xizmatga yiliga ikki marta (bahorda va kuzda) chaqirishning asosan eskicha, armiyaga chaqirishning sovet tizimidan qolgan odatiga tayangan mavjud amaliyoti (oʻshanda Qurolli Kuchlarda xizmat qilish muddati 24 oy va undan koʻproqni tashkil etar edi) muddatli xizmatni oʻtayotgan harbiy xizmatchilarning oʻquv-jangovar tayyorgarligi tizimida katta muammolarni keltirib chiqarib, ularning xizmatni sifatli oʻtashiga va harbiy mutaxassislikka oʻqitish boʻyicha zamonaviy murakkab dasturlarni toʻliq oʻzlashtirib olishlariga imkon bermayapti.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolarning Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida muddatli harbiy xizmatni oʻtash shart-sharoitlarini, qoʻshinlarning jangovar va ijtimoiy-siyosiy tayyorgarligi hamda safarbarlik jihatdan tayyorligini yanada takomillashtirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Qurolli Kuchlar Birlashgan shtabi hamda Oʻzbekiston Aloqa va axborotlashtirish agentligining takliflariga rozilik berilsin va 2009-yildan boshlab quyidagilar belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini Qurolli Kuchlarda muddatli harbiy xizmatga yiliga bir marta — fevral-mart oylarida chaqirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan muddatli harbiy xizmatni oʻtab boʻlgan fuqarolarni Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari zaxirasiga mart-aprel oylarida boʻshatish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-yilda belgilangan xizmat muddatlarini oʻtab boʻlgan harbiy xizmatchilarni zaxiraga boʻshatish davrida 2008-yil kuzida muddatli harbiy xizmatga chaqirilgan fuqarolar ham, istisno tariqasida, zaxiraga boʻshatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 22-fevralda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 99-son qarorida belgilangan fuqarolarni safarbarlik chaqiruvi zaxirasidagi xizmatga qabul qilish va ular tomonidan har oylik harbiy yigʻinlarni oʻtashning amaldagi tartibi saqlab qolinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mudofaa vazirligi (Q. Berdiyev):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yiliga bir marta belgilangan muddatlarda fuqarolarni muddatli harbiy xizmatga chaqirishni tashkil qilish va oʻtkazish hamda muddatli harbiy xizmatning belgilangan muddatlarini oʻtab boʻlgan harbiy xizmatchilarni zaxiraga boʻshatish borasidagi zarur tadbirlar kompleksini amalga oshirishni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muddatli harbiy xizmatni oʻtash davrida harbiy xizmatchilarning jangovar tayyorgarlik dasturlarini, harbiy ixtisoslarni sifatli oʻzlashtirib olishini, shuningdek, axborot-kompyuter texnologiyalariga asoslangan taʼlimning zamonaviy shakl va uslublarini keng joriy etishni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muddatli harbiy xizmatdagi harbiy xizmatchilarni, safarbarlik chaqiruvi zaxirasi xizmatchilarini jismoniy va maʼnaviy kamol toptirishga, ularda Vatanga muhabbat va uning himoyasiga shay turish ruhiga asoslangan mukammal xarakterni, qatʼiy hayotiy dunyoqarashni shakllantirishga yoʻnaltirilgan maʼnaviy-axloqiy hamda vatanparvarlik tarbiyasi tizimining samaradorligini yanada oshirishni taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlar Mahkamasi (Sh. Mirziyoyev) Mudofaa vazirligi (Q. Berdiyev), Ichki ishlar vazirligi (B. Matlyubov) va Milliy xavfsizlik xizmati (R. Inoyatov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hamda Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda mudofaa ishlari boshqarmalari chaqiruv punktlari, chegara qoʻshinlari va MXX harbiy qismlari, IIV Qorovul qoʻshinlari oʻquv punktlari infratuzilmasini takomillashtirishga, ularni moddiy-texnik ashyolar, tibbiyot uskunalari bilan jihozlashga, Qurolli Kuchlarni zamonaviy talablarga mos kiyim-kechak va oziq-ovqat bilan taʼminlash masalalarini hal etishga yoʻnaltirilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Moliya vazirligi (R. Azimov), Iqtisodiyot vazirligi (B. Xoʻjayev) fuqarolarni yiliga bir marta muddatli harbiy xizmatga chaqirishni tashkil etish va taʼminlashning maqsadli vazifalarini amalga oshirish uchun hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida xizmatni oʻtashda mudofaa, ichki ishlar vazirliklari va Milliy xavfsizlik xizmatini budjetdan moliyalash tartibi va parametrlariga ularning asoslangan hisob-kitoblari boʻyicha aniqlik kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (A. Xadjayev), Oʻzbekiston Milliy axborot agentligiga (M. Hazratqulov) Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, ayniqsa, yoshlar oʻrtasida fuqarolarni xizmatga chaqirish va ularning muddatli harbiy xizmatni oʻtash tartibi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini keng tushuntirish ishlarini tashkil etish hamda oʻtkazish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Adliya vazirligi (R. Muhitdinov) Mudofaa vazirligi (Q. Berdiyev) bilan birgalikda 2009-yilning 1-yanvarigacha muddatda amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarga ushbu Farmon talablariga muvofiq oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. Mirziyoyev va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Milliy xavfsizlik kengashi Kotibi M. Atayev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2008-yil 20-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-4054-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 47-son, 462-modda)