02.12.2022 yildagi 690-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Atoqli davlat arbobi, Oʻzbekiston Qahramoni Musa Yerniyazov tavalludining 75 yilligini keng nishonlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, oʻzbek va qoraqalpoq xalqlarining azaliy doʻstligi va qardoshligini mustahkamlash yoʻlida fidokorona xizmat qilgan, ijtimoiy va siyosiy faoliyati bilan mamlakatimiz taraqqiyotiga katta hissa qoʻshgan atoqli davlat arbobi, Oʻzbekiston Qahramoni Musa Tajetdinovich Yerniyazovning yorqin xotirasini ulugʻlash hamda tavalludining 75 yilligini munosib nishonlash maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi va Vazirlar Kengashi, Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi hamda jamoatchilik vakillarining 2022-yil dekabr oyida Oʻzbekiston Qahramoni Musa Tajetdinovich Yerniyazov tavalludining 75 yilligini nishonlash toʻgʻrisidagi taklifi qoʻllab-quvvatlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Qahramoni Musa Tajetdinovich Yerniyazov tavalludining 75 yilligini nishonlash boʻyicha tashkiliy qoʻmita (keyingi oʻrinlarda — Tashkiliy qoʻmita) tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tashkiliy qoʻmita (A.T. Orinbayev, T.A. Xudaybergenov) oʻn kun muddatda Musa Tajetdinovich Yerniyazov tavalludining 75 yilligini nishonlash boʻyicha quyidagi chora-tadbirlarni nazarda tutuvchi dasturni, uni moliyalashtirishning aniq manbalarini belgilagan holda ishlab chiqsin va tasdiqlasin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil dekabr oyining ikkinchi oʻn kunligida Nukus shahrida Musa Tajetdinovich Yerniyazov tavalludining 75 yilligiga bagʻishlangan xotira kechasini oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
M.T. Yerniyazovning hayoti va ijtimoiy-siyosiy faoliyati haqida hujjatli film yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
M.T. Yerniyazov hayoti va faoliyatiga bagʻishlangan kitob-albomni nashrga tayyorlash va chop etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nukus shahri “Jeke terek” mahallasidagi M.T. Yerniyazov yashagan xonadonda yodgorlik lavhasi oʻrnatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taniqli siyosatshunos va olimlar hamda nuroniylar ishtirokida xotira tadbirlari, davra suhbatlari va uchrashuvlar tashkil etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, ushbu bandning:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi xatboshidagi vazifalar Oʻzbekiston Respublikasi Kinematografiya agentligiga Davlat budjetidan filmlar ishlab chiqarish uchun ajratilgan mablagʻlar doirasida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻrtinchi xatboshidagi vazifalar Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika budjeti hisobidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
beshinchi xatboshidagi vazifalar Oʻzbekiston Respublikasi Badiiy akademiyasiga Davlat budjetidan haykaltaroshlik asarlarini yaratish uchun ajratilgan mablagʻlar doirasida qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tashkiliy qoʻmitaga (A.T. Orinbayev, T.A. Xudaybergenov) Oʻzbekiston Qahramoni Musa Tajetdinovich Yerniyazov tavalludining 75 yilligini nishonlash doirasida oʻtkaziladigan tadbirlarni yuksak saviyada tashkil etish, mazkur qaror va chora-tadbirlar dasturining oʻz vaqtida, sifatli va toʻliq amalga oshirilishini muvofiqlashtirib borish vazifasi yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasiga Oʻzbekiston Qahramoni Musa Tajetdinovich Yerniyazov tavalludining 75 yilligini nishonlash bilan bogʻliq tadbirlarni yoritish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — turizm va madaniy meros vaziri A.A. Abduhakimov va Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi Q.R. Sariyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 2-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
690-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-dekabrdagi 690-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Qahramoni Musa Tajetdinovich Yerniyazov tavalludining 75 yilligini nishonlash boʻyicha tashkiliy qoʻmita
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1.

A.T. Orinbayev

—

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi, Tashkiliy qoʻmita raisi (kelishuvga asosan)

2.

T.A. Xudaybergenov

—

Oʻzbekiston Respublikasi mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vaziri vazifasini bajaruvchi, Tashkiliy qoʻmita hamraisi

3.

Q.R. Sariyev

—

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi

4.

G.A. Annaklicheva

—

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzosi, “Qoraqalpoq adabiyoti” gazetasi bosh muharriri

5.

A. Jabbarbergenova

—

M.T. Yerniyazovning turmush oʻrtogʻi

6.

B.M. Axmedov

—

Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vazirining birinchi oʻrinbosari

7.

K.X. Karimov

—

Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining birinchi oʻrinbosari

8.

U.U. Sharifxodjayev

—

Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vazirining birinchi oʻrinbosari

9.

J.I. Abruyev

—

Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri oʻrinbosari

10.

U.A. Azamov

—

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori oʻrinbosari

11.

F.N. Joʻraqulov

—

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbarining birinchi oʻrinbosari

12.

D.S. Kattaxonova

—

Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi direktori oʻrinbosari

13.

A.M. Xadjibayev

—

Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi oʻrinbosari

14.

X.Gʻ. Xudayberdiyev

—

Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktori oʻrinbosari

15.

S.Z. Mirzayev

—

Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti

16.

F.E. Tashmuxamedov

—

Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi raisi oʻrinbosari

17.

Sh.T. Rizayev

—

Oʻzbekiston Kinematografiya agentligi bosh direktorining birinchi oʻrinbosari

18.

M.A. Safarov

—

Oʻzbekiston Milliy teleradiokompa�iyasi raisi oʻrinbosari

19.

Gʻ.A. Majidov

—

Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi oʻrinbosari

20.

S.T. Turmanov

—

Qoraqalpogʻiston Respublikasi mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vaziri

21.

N.K. Aimbetov

—

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpogʻiston boʻlimi raisi

22.

A.M. Reymov

—

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti rektori

23.

K.K. Karimov

—

Qoraqalpogʻiston Yozuvchilar uyushmasi raisi

24.

U.B. Panayev

—

Nukus shahar hokimi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. Tashkiliy qoʻmita aʼzolari boshqa ishga oʻtganda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangidan tayinlangan yoki zimmasiga tegishli vazifalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.12.2022-y., 09/22/690/1062-son)