ILOVA
1-ILOVA
| Bosqichlar | Subyektlar | Amalga oshiriladigan tadbirlar | Muddatlar | |||
| 1-bosqich | Davlat buyurtmachisi | 1. Moliya vazirligining G‘aznachiligi tizimida ro‘yxatdan o‘tadi. | Belgilangan muddatda | |||
| 2-bosqich | Davlat buyurtmachisi | 1. Tender predmetining nomi va G‘aznachilik tizimidagi shaxsiy hisobvarag‘ini kiritadi. 2. Obyektning identifikatsiya raqamini kiritadi. | 30 daqiqa | |||
| 3-bosqich | Davlat buyurtmachisi | 1. Platformada tender tashkilotchisini tanlaydi hamda shartnoma imzolaydi. 2. Elektron tender hujjatlarini tender tashkilotchisiga taqdim etadi. | 2 ish kuni | |||
| 4-bosqich | Tender tashkilotchisi | 1. Elektron platformada ro‘yxatdan o‘tadi. 2. Elektron tender hujjatlarining to‘liqligi va to‘g‘riligini o‘rganib chiqadi. 3. Platformaga tender predmeti to‘g‘risidagi e’lonni joylashtiradi. | 3 ish kuni mobaynida | |||
| 5-bosqich | Talabgor | 1. Elektron platformada ro‘yxatdan o‘tadi. 2. E’longa muvofiq qurilish-montaj ishlari bajariladigan hududga (joyning o‘ziga) chiqqan holda obyektni o‘rganib chiqadi. 3. 24 soat davomida xabardor qilish imkonini beradigan mobil telefon raqami va elektron manzilini platformaga kiritadi hamda shaxsiy kabinetini ochadi. | 10 ish kuni mobaynida | |||
| 6-bosqich | Talabgor | Shaxsiy kabineti orqali xarid predmeti bo‘yicha tenderda qatnashish uchun platformaga STIR xos raqamini kiritadi. | 5 daqiqa ichida | |||
| 7-bosqich | Platforma | Kiritilgan oferentning STIRi bo‘yicha platforma vazirlik, tashkilot va tizimlarning ma’lumotlar bazasidan avtomatik tarzda quyidagilarni: a) “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimidan sohaviy elektron reytingda mavjudligi hamda xarid predmetining qiymati va xavf-xatar toifasiga mosligini; b) Davlat soliq qo‘mitasining elektron ma’lumotlar bazasidan soliqlardan muddati o‘tgan qarzdorligining mavjud emasligini hamda joriy yil uchun moliyaviy majburiyatlari hajmi oferent tomonidan so‘nggi uch yillik hisobot davrining bir yilida bajarilgan eng yirik ishlar hajmi 2 baravardan oshmaganligini; v) Markaziy bankning elektron ma’lumotlar bazasidan oferentning xizmat ko‘rsatuvchi bankdagi asosiy va ikkilamchi hisobraqamida 2-son kartoteka qarzdorligi hamda bank kreditlari bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorligi mavjud emasligini; g) Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosining elektron ma’lumotlar bazasidan oferentning o‘z balansidagi asosiy fondlariga va mulkiga taqiq qo‘yilmaganligini; d) Davlat statistika qo‘mitasi va Soliq qo‘mitasining elektron ma’lumotlar bazasidan joriy yil uchun moliyaviy majburiyatlari hajmi oferent tomonidan so‘nggi uch yillik hisobot davrining bir yilida bajarilgan eng yirik ishlar hajmi 2 baravardan oshmaganligini; e) Qurilish vazirligi huzuridagi Qurilish sohasida nazorat inspeksiyasining elektron ma’lumotlar bazasidan qurilish sohasidagi hududiy nazorat inspeksiyalarida ro‘yxatga olingan obyektlar bo‘yicha qurilishni yakunlash muddatidan o‘tib ketmaganligini; j) Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining elektron ma’lumotlar bazasidan platformada o‘z taklifini biriktirgan oferentlar va davlat buyurtmachisi o‘rtasida affillanganlik xususiyati mavjud emasligini; z) ushbu bosqichdan ijobiy natijalar bilan o‘tgan oferentlar Nizomga 2, 3, 4 va 5-ilovalarni to‘ldirgan holda platformaga yuklaydi. Platforma tizimda yuklangan QQS bilan taklif narxining QQS bilan boshlang‘ich narxidan baland va 95 foizidan past emasligini, shuningdek, taklif etilgan qurilish muddati obyekt bo‘yicha belgilangan qurilish muddatidan ortiq yoki kam emasligini. Ushbu bosqichning yuqoridagi ko‘rsatkichlaridan o‘tgan talabgor oferent hisoblanadi hamda shundan so‘ng platforma tender predmetining boshlang‘ich QQS bilan narxidan 2 foizdan ortiq bo‘lmagan tender taklifini ta’minlash kafolati operator tomonidan ochilgan hisobraqamga pul o‘tkazish yo‘li orqali amalga oshirilganligini tekshiradi. | 10 daqiqa ichida | |||
| 8-bosqich | Platforma | 1. Oferentlar takliflarini tegishli formula yordamida avtomatik ravishda baholaydi. 2. G‘olib va zaxiradagi g‘olib tashkilotlarni aniqlaydi. | Avtomatik ravishda | |||
| 9-bosqich | Platforma | Baholash natijalari bo‘yicha elektron hisobotni shakllantiradi va ochiq ko‘rinishda joylashtiradi | 5 daqiqa | |||
| 10-bosqich | Platforma | Elektron tenderda g‘olib bo‘lgan qurilish-pudrat tashkilotiga aksept yuboradi. | 10 daqiqa | |||
| 11-bosqich | G‘olib qurilish-pudrat tashkiloti | Akseptni tasdiqlagandan so‘ng 1 kundan keyin tender predmeti bo‘yicha pudrat shartnomasi elektron shaklda imzolangan hisoblanadi. Agar aksept yuborilgan kundan boshlab 1 kuni ichida g‘olib tashkilot tomonidan tasdiqlanmasa, aksept zaxiradagi g‘olibga yuboriladi va zaxiradagi g‘olibga qo‘shimcha 1 kuni ichida akseptni tasdiqlashga muddat beriladi. | 1 kun ichida | |||
| 12-bosqich | Davlat buyurtmachisi | Tender predmeti bo‘yicha elektron imzolangan pudrat shartnomasi shartlari bajarilishini nazoratga oladi. | shartnoma shartlariga muvofiq | |||
| 13-bosqich | Platforma | Obyektning boshlang‘ich QQS bilan narxidan 2 foizdan ortiq bo‘lmagan tender taklifini ta’minlash kafolati summasini g‘olib va zaxiradagi g‘olib tashkilotlar va oferentlarning bank hisobraqamiga bank xarajatlari hamda g‘olib/zaxira g‘olibining (aksept tasdiqlangan taqdirda) kafolat summasidan tanlov tashkilotchisi xarajatlarini avtomatik to‘lash uchun tegishli summa ushlangan holda avtomatik ravishda qaytariladi. | 3 ish kuni mobaynida |
2-ILOVA
|
________________________________________________________________________________________ |
|
(oferent nomi) |
|
TENDER PREDMETI BO‘YIChA IShLARNI BAJARIShGA NARX TAKLIFI |
|
________________________________________________________________________________________ |
|
(tender predmetining nomi) |
|
1. Biz, oferent sifatida quyida imzo chekuvchilar: tender predmeti bo‘yicha e’londa biriktirilgan loyiha asosida tender predmeti joylashgan manzilga chiqib o‘rganganimizni; pudrat shartnomasini imzolashdan yoki imzolangandan so‘ng obyektni qurishdan bosh tortganimizda, platforma tomonidan 24 oy davomida elektron tenderga avtomatik ravishda qo‘yilmasligimiz to‘g‘risida xabardorligimizni; elektron tender shartlariga va loyiha hujjatlariga muvofiq akseptni tasdiqlashimiz natijasida avtomatik ravishda imzolangan pudrat sha�tnomamizga asosan barcha ishlarni so‘m (QQS ni hisobga olgan holda) sifatli bajarishimizni va taklif muddatimizda tugatishimizni tasdiqlaymiz. 2. Bizning taklifimiz tender takliflarini baholash kunidan boshlab 60 kalendar kun mobaynida haqiqiy hisoblanadi. 3. Biz, g‘olib/zaxira g‘olibi — oferent platforma tomonidan yuborilgan akseptni tasdiqlashimiz, biz (oferent) siz (buyurtmachi) bilan avtomatik ravishda pudrat shartnomasini elektron imzolaganligimiz hamda ushbu shartnoma bo‘yicha majburiyatni olishimizni va uning ijrosini ta’minlashimizni tasdiqlaymiz. 4. Qurilish jarayoniga jalb qilingan yollanma ishchilarning ijtimoiy himoyasi va xavfsizligini ta’minlaymiz. 5. Buyurtmachi bilan o‘zaro hisob-kitoblarni birinchi moliya yili mobaynida o‘zgartirilmaydigan shartnomaviy narxda amalga oshirish majburiyatini olamiz. |
|
Tashkilot rahbarining imzosi: Tuzilgan sanasi: 20___ yil “___” ______________” |
3a-ILOVA
|
_________________________________________________________ | |||||||
|
(obyekt nomi) | |||||||
|
_________________________________________________________ | |||||||
|
(oferent nomi) | |||||||
|
| |||||||
|
1.1. Jamlanma jadval | |||||||
|
| |||||||
|
T/r |
Xarajatlar nomi |
Joriy narxlardagi umumiy summa | |||||
|
1. |
Mehnatga haq to‘lash fondi |
| |||||
|
2. |
Kichik mexanizatsiya vositalari |
| |||||
|
3. |
Mashina va mexanizmlar |
| |||||
|
4. |
Qurilish materiallari va konstruksiyalari |
| |||||
|
5. |
Uskuna va jihozlar |
| |||||
|
|
Jami |
| |||||
|
6. |
Pudrat tashkilotining boshqa xarajatlari |
| |||||
|
|
Jami qurilish-montaj ishlari qiymati (QQS bilan) |
| |||||
|
| |||||||
|
Izoh. Mazkur jamlanma jadval elektron xarid g‘olibi tomonidan aksept tasdiqlanishi natijasida elektron shaklda imzolanadigan shartnomaga ilova hisoblanadi. | |||||||
|
| |||||||
|
Ishlarning fizik hajmlari va obyektga resurslar qaydnomasi | |||||||
|
| |||||||
|
T/r |
Me’yorlar shifri va raqami |
Ishlar turi |
O‘lchov birligi |
Loyiha ko‘rsatkichlari bo‘yicha ishlar hajmi |
Hajmi | ||
|
birlikka |
summa | ||||||
|
1. |
|
|
|
|
|
| |
|
2. |
|
|
|
|
|
| |
|
... |
|
|
|
|
|
| |
|
|
Jami: |
|
|
|
|
| |
|
| |||||||
|
Izoh. Mazkur jadvalda oferent har bir ish turi uchun bir birlik ish hajmlari bo‘yicha tanlov taklifida resurslarni aks ettirmasdan taqdim etadi hamda ushbu jadval elektron xarid g‘olibi tomonidan aksept tasdiqlanishi natijasida elektron shaklda imzolanadigan shartnomaga 2-ilova hisoblanadi. | |||||||
|
| |||||||
|
Tashkilot rahbari imzosi / muhri: |
_______________ | ||||||
|
|
|
| |||||
|
Tuzilgan sanasi: |
20___ yil “___” _____________” | ||||||
4-ILOVA
|
TENDER PREDMETI BO‘YIChA MOLIYALAShTIRISh JADVALI | ||||||||||||
|
____________________________________________________________________________________________ | ||||||||||||
|
(tender predmetining nomi) | ||||||||||||
|
Moliyalashtirish shartlari |
Tender predmeti bo‘yicha kalendar yil ichida moliyalashtirishning oyma-oy taqsimoti | |||||||||||
|
yanvar |
fevral |
mart |
aprel |
may |
iyun |
iyul |
avgust |
sentyabr |
oktyabr |
noyabr |
dekabr | |
|
15 foiz miqdorida birinchi avans |
||||||||||||
|
15 foiz miqdorida ikkinchi avans |
||||||||||||
|
60 foiz miqdorida joriy moliyalashtirish |
||||||||||||
|
5 foiz miqdorida kafolat muddatidan so‘ng to‘lanadigan mablag‘ |
||||||||||||
|
Izoh. Jadvaldagi avans mablag‘laridan tashqari oyma-oy taqsimlanadigan moliyaviy mablag‘lar miqdori ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq taqsimlanadi. Bunda agar, tender predmeti bo‘yicha ishlarni yakunlash muddati bir kalendar yildan oshgan taqdirda, ushbu moliyalashtirish jadvali faqat birinchi yilda bajariladigan ishlar qiymatidan kelib chiqib taqsimlanadi. | ||||||||||||
|
Tashkilot rahbarining imzosi: Tuzilgan sanasi: 20__ yil “___” ____________” | ||||||||||||
2-ILOVA
1-ILOVA
| Bosqichlar | Subyektlar | Amalga oshiriladigan tadbirlar | Muddatlar | |||
| 1-bosqich | Davlat buyurtmachisi | 1. Moliya vazirligining G‘aznachiligi tizimida ro‘yxatdan o‘tadi. | Belgilangan muddatda | |||
| 2-bosqich | Davlat buyurtmachisi | 1. Elektron platformada ro‘yxatdan o‘tadi. 2. Tender predmetining nomi va g‘aznachilik tizimidagi shaxsiy g‘azna hisobvarag‘ini kiritadi. | 30 daqiqa | |||
| 3-bosqich | Davlat buyurtmachisi | 1. Platformada tender tashkilotchisini tanlaydi hamda xizmat ko‘rsatish shartnomasini imzolaydi. 2. Elektron tender hujjatlarini tender tashkilotchisiga taqdim etadi. | 2 ish kuni | |||
| 4-bosqich | Tender tashkilotchisi | 1. Elektron platformada ro‘yxatdan o‘tadi. 2. Elektron tender hujjatlarining to‘liqligi va to‘g‘riligini o‘rganib chiqadi. 3. Platformaga tender predmeti to‘g‘risidagi e’lonni joylashtiradi. | 3 ish kuni mobaynida | |||
| 5-bosqich | Talabgor | 1. Elektron platformada ro‘yxatdan o‘tadi. 2. E’longa muvofiq loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqiladigan qurilish, rekonstruksiya va mukammal ta’mirlanadigan obyekt joylashgan hududga (joyning o‘ziga) chiqqan holda joyni o‘rganib chiqadi. 3. 24 soat davomida xabardor qilish imkonini beradigan mobil telefon raqami va elektron manzilni platformaga kiritadi hamda shaxsiy kabinetini ochadi. | 10 ish kuni mobaynida | |||
| 6-bosqich | Oferent | Shaxsiy kabineti orqali xarid predmeti bo‘yicha tenderda qatnashish uchun platformaga STIR xos raqamini kiritadi. | 5 daqiqa ichida | |||
| 7-bosqich | Platforma | Kiritilgan oferentning STIR bo‘yicha platforma vazirlik, tashkilot va tizimlarning ma’lumotlar bazasidan avtomatik tarzda quyidagilarni: a) “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimidan loyiha-qidiruv tashkilotlari elektron reytingida mavjudligi hamda xarid predmetining qiymati va xavf-xatar toifasiga mosligini; b) Davlat soliq qo‘mitasining elektron ma’lumotlar bazasidan soliqlardan muddati o‘tgan qarzdorligining mavjud emasligini hamda joriy yil uchun moliyaviy majburiyatlari hajmi oferent tomonidan so‘nggi uch yillik hisobot davrining bir yilida bajarilgan eng yirik ishlar hajmini 2 baravardan oshmaganligini; v) Markaziy bankning elektron ma’lumotlar bazasidan oferentning xizmat ko‘rsatuvchi bankdagi asosiy va ikkilamchi bank hisobraqamida 2-son kartoteka qarzdorligi hamda bank kreditlari bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorligi mavjud emasligini; g) Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosining elektron ma’lumotlar bazasidan oferentning o‘z balansidagi asosiy fondlariga va mulkiga taqiq qo‘yilmaganligini; d) Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining elektron ma’lumotlar bazasidan platformada o‘z taklifini biriktirgan oferentlar va davlat buyurtmachisi o‘rtasida affillanganlik xususiyati mavjud emasligini; e) ushbu bosqichdan ijobiy natijalar bilan o‘tgan oferentlar Nizomga 3 — 5 ilovalarni to‘ldirgan holda platformaga yuklaydi. Platforma tizimda yuklangan QQS bilan taklif narxining QQS bilan boshlang‘ich narxidan baland va ushbu Nizom 9-bandining “d” kichik bandiga muvofiq 95, 90, 80 va 75 foizidan past emasligini, shuningdek, taklif etilgan qurilish muddati obyekt bo‘yicha belgilangan qurilish muddatidan kam yoki ko‘p emasligini; j) platformaning o‘z tizimidan obyektning QQS bilan boshlang‘ich narxidan 2 foizdan ortiq bo‘lmagan tender taklifini ta’minlash kafolati operator tomonidan ochilgan hisobraqamga pul o‘tkazish yo‘li orqali amalga oshirilganligini tekshiradi. | 10 daqiqa ichida | |||
| 8-bosqich | Platforma | 1. Oferentlar takliflarini tegishli formula yordamida avtomatik ravishda baholaydi. 2. G‘olib va zaxiradagi g‘olib tashkilotlarni aniqlaydi. | 2 ish kuni ichida | |||
| 9-bosqich | Platforma | Baholash natijalari bo‘yicha elektron hisobotni shakllantiradi va ochiq ko‘rinishda joylashtiradi. | 5 daqiqa | |||
| 10-bosqich | Platforma | Elektron tenderda g‘olib bo‘lgan loyiha-qidiruv tashkilotiga aksept yuboradi. | 10 daqiqa | |||
| 11-bosqich | G‘olib loyiha tashkiloti | Akseptni tasdiqlaydi, 1 ish kunidan keyin tender predmeti bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish shartnomasi avtomatik ravishda elektron imzolangan hisoblanadi. Agar aksept yuborilgan kundan boshlab 1 ish kuni ichida g‘olib tashkilot tomonidan tasdiqlanmasa, aksept zaxiradagi g‘olibga yuboriladi va zaxiradagi g‘olibga qo‘shimcha 1 ish kuni ichida akseptni tasdiqlashga muddat beriladi. | 1 ish kuni ichida | |||
| 12-bosqich | Davlat buyurtmachisi | Aksept tasdiqlanishi natijasida avtomatik ravishda elektron imzolangan loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish shartnomasi bo‘yicha belgilangan tartibda birinchi avansni moliyalashtirilishini ta’minlaydi. | loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish shartnomasi shartlari asosida | |||
| 13-bosqich | Platforma | Obyektning boshlang‘ich QQS bilan narxidan 2 foizdan ortiq bo‘lmagan tender taklifini ta’minlash kafolati summasini g‘olib va zaxiradagi g‘olib tashkilotlar va oferentlarning bank hisobraqamiga bank xarajatlari hamda g‘olib/zaxira g‘olibining (aksept tasdiqlangan taqdirda) kafolat summasidan tanlov tashkilotchisi xarajatlarini avtomatik to‘lash uchun tegishli summa ushlangan holda avtomatik ravishda qaytariladi. | 1 ish kuni mobaynida |
2-ILOVA
|
“TASDIQLAYMAN” Buyurtmachi tashkilot rahbari | ||
|
Foydalanuvchi vazirlik va idoralar rahbarlari (F.I.O.) |
____________________________ ____________________________ ____________________________ | |
|
____________________________ 20___ y. “___” _______________ |
____________________________ 20___ y. “___” _______________ | |
|
__________________________________________________________________________________________________________________________________ __________________________________________________________________________________________________________________________________ ______________________________________________________________________________________________________________________ obyektining | ||
|
(obyekt nomi, manzili) | ||
|
Loyiha hujjatlarini ishlab chiqish uchun | ||
|
TOPShIRIQ | ||
|
T/r |
Asosiy ma’lumotlar va talablar nomi |
Asosiy ma’lumotlar va talablar mazmuni |
|
1. |
Obyektning nomi. |
Obyektning nomi to‘liq kiritiladi (qisqartmalarsiz). |
|
2. |
Qurilish joyi. |
Obyektning yuridik manzili (shahar, tuman. ko‘cha) |
|
3. |
Buyurtmachi. |
Buyurtmachining nomi va uning rekviziti, manzili, telefon raqamlari, elektron pochta manzili, mas’ul shaxs. |
|
4. |
Ishlab chiqish uchun asoslar. |
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni, qarori, farmoyishi. Vazirlar Mahkamasi qarori, farmoyishi. |
|
5. |
Loyiha bosqichi. |
Namunaviy loyiha (NR raqami, Qurilish vazirligi buyrug‘i asosida texnik kengash bayoni) |
|
6. |
Qurilish turi. |
Yangi qurilish, qayta qurish (zamonaviylashtirish, kengaytirish, texnik qayta jihozlash bilan bog‘liq). |
|
7. |
Obyektning loyihaviy quvvati. |
Binoning: maktabda (o‘quvchi soni); maktabgacha ta’lim muassasasida (tarbiyalanuvchilar soni); tibbiyot muassasasida (shifoxonada — to‘shak o‘rinlari; poliklinika — kunlik qatnovchilar soni); turar-joy binolarida (xonadon soni) va boshqalar. |
|
8. |
Moliyalashtirish manbai. |
Respublika budjeti va ularga tenglashtirilgan, davlat tomonidan kafolatlangan kreditlar, xususiy mablag‘lar, homiylar va grant quyilmalari mablag‘lari, to‘plangan mablag‘lar va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar. |
|
9. |
Qurilishning taxminiy bahosi (mln so‘m). |
O‘xshash obyektlar yoki yiriklashtirilgan ko‘rsatkichlar asosida aniqlanadigan qurilishni umumiy qiymati. |
|
10. |
Obyektning asosiy texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari, unumdorligi, ishlab chiqarish dasturi, shuningdek, turar joy yoki umumiy binolar. |
Loyihalashtirish jarayonida olinishi zarur bo‘lgan loyihalashtirish obyektini to‘liq tasnifi, uni asosiy sifati. |
|
11. |
Umumiy xizmat ko‘rsatish korxonalari orasida qurilgan turar joy uylarni vazifasi va turi, ularning quvvati, sig‘imi, qabul qilish qobiliyati, tarkibi va xonalar maydoni, qurilish hajmi. |
Ushbu shartlar turar joy binolari uchun ko‘rsatiladi. Loyihalashtirish obyekti tarkibida shunday obyektlar bo‘lgan holatlarda to‘ldiriladi. Loyihalashning barcha ko‘rsatkichlari nazarda tutiladi. |
|
12. |
Mahsulotlarning raqobatbardoshlik sifatiga va ekologik parametrlariga talablar. Korxonaning texnologiyasi va rejimiga bo‘lgan talablar. |
Ishlab chiqarish texnologiyasi bo‘yicha talablarni ko‘rsatish-texnologik topshiriq, ishlab chiqarish texnologiyasini batafsil tariflash, texnologik asbob-uskunalar ta’siridan hosil bo‘ladigan yuklamalar, talab qilingan maydonlar, texnologik uskunalarning o‘ziga xos shartlari, ishlab chiqarish jarayoni va shu kabilarni ta’riflash va boshqalar. Texnologik topshiriq tayyorlanishining muhimligiga alohida e’tibor qaratish,uning sifati loyihalashtirish obyektini funksionalliligi va buyurtmachi ehtiyoji uchun kerakliligiga bog‘liq. Ko‘plab yirik tashkilotlar, ayniqsa, tarmoqli kompaniyalar texnologik jarayonlar talablarini to‘la tavsiflash lozim. |
|
13. |
Obyektni texnologik jihozlash. |
Buyurtmachi tomonidan taqdim etiladi. |
|
14. |
Arxitektura-qurilish, hajmli-rejalashtirish va konstruktiv yechimlar, blokirovkalash shartlari, binolarni pardozlashga talablar. |
Qurilish vazirligining (mc.uz/namunaviy-loyihalar-11/) rasmiy-veb saytiga joylashtirilgan obyektlarning namunaviy loyihalariga qo‘llanilgan loyihaviy yechimlardan, tugunlardan foydalanish. Binolar, xonalar va ularning maydonlarini joylashishi bo‘yicha tavsiyalar keltiriladi. Binolarda qurilish materiallarini ularning alohida konstruksiyalarini qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar beriladi. |
|
15. |
Xonalar tarkibi, foydalanish maqsadi. |
Buxgalteriya — aniq mutaxassisligi bo‘yicha ishchi o‘rni. |
|
16. |
Xodimlarni aniq mutaxassisligi bo‘yicha xonalarga taqsimlanishi. |
1 odam uchun mo‘ljallangan maydon (m kv). |
|
17. |
Bino qavatlarining balandligi. |
Tasdiqlangan me’yor bo‘yicha. |
|
18. |
Yerto‘ladan foydalanish maqsadi. |
Yerto‘la va yarim yerto‘lalarning maydoni, balandligi va foydalanish maqsadi ko‘rsatiladi. |
|
19. |
Pol qoplamalarining materiallari (aniq ko‘rsatilishi shart). |
Pol qoplamalarini to‘liq qatlam xomashyosini ketma-ketligini ko‘rsatib o‘tiladi. |
|
20. |
Shiftlarni pardozlash turlari. |
Normativ hujjatlarga asoslanib (sanitariya va yong‘in xavfsizligi me’yorlarini hisobga olgan holda). |
|
21. |
Tashqi devorning issiqlik himoyasi. |
Energiya tejamkor materiallardan foydalanish. |
|
22. |
Derazaga bo‘lgan talab. |
“Yog‘ochsozlik materiallari katalogi” — 90 (KSI-90); ShNQ 2.01.02-04 “Binolar va insh�otlarning yongin xavfsizligi”; ShNQ 2.08.01-05 “Turar-joy binolari”; ShNQ 2.08.02-09 “Jamoat binolari va inshootlari” talablaridan chiqmagan holda; Darchasiz og‘ma derazalar o‘rnatish ko‘zda tutiladi. |
|
23. |
Eshikka bo‘lgan talab. |
“Yog‘ochsozlik materiallari katalogi” — 90 (KSI-90); ShNQ 2.01.02-04 “Binolar va inshootlarning yongin xavfsizligi”; ShNQ 2.08.01-05 “Turar-joy binolari”; ShNQ 2.08.02-09 “Jamoat binolari va inshootlari” talablaridan chiqmagan holda; eshiklar ostonasiz o‘rnatilishi ko‘zda tutiladi. |
|
24. |
Liftning o‘lchami va quvvati. |
ShNQ 2.08.01-2019-yilgi “Turar-joy binolari” 13-ilovaga muvofiq (majburiy). |
|
25. |
Tom qismining turi. |
Me’moriy yechimidan kelib chiqqan holda namunaviy tugunlardan foydalanish. |
|
26. |
Tashqi fasad materiali va rang namunasi. |
Qurilish boshqarmasi va tegishli tashkilotlar bilan kelishilgan holda. |
|
27. |
Hovli devorlari bo‘yicha talablar. |
Kam xarajatli, ixcham va me’yor doirasida namunaviy tugunlardan foydalanish. |
|
28. |
Obodonlashtirish va kichik arxitektura shakllariga talablar. |
Tutash maydonlarni, daraxtlar o‘tkazish, shoxobcha yo‘llarni, piyodalar yo‘lakchalari yotqizish, avtoturargoxlar, bolalar o‘yin maydonchalarini obodonlashtirish, irrigatsiya tizimlarini o‘rnatish va boshqarish bo‘yicha talablarning ta’rifi hududlarning tasdiqlangan batafsil rejalashtirish loyihasiga (PDP) asosan bayon etiladi. Namunaviy yechimlar ishlab chiqish talab etiladi. |
|
29. |
Obodonlashtirishdagi ish turlari va daraxtlar soni. |
Daraxtlarning iqlimga va hududga mosligi, suvsizlikka chidamliligi, ko‘p yillikligi. Bino va inshootlarni joylashtirishda mavjud daraxtlarga zarar yetkazmagan holda loyihalash. Namunaviy yechimlar ishlab chiqish talab etiladi. |
|
30. |
Piyoda yo‘laklarining o‘lchovlari va turlari. |
Sifatli, kam xarj, ixcham va arzon materiallarni qo‘llash. ShNQ 2.05.02-07 “Avtomobil yo‘llari” 4.41-bandi 22-jadvalga asosan. Namunaviy yechimlar ishlab chiqish talab etiladi. |
|
31. |
Konstruktiv yechimlarga, yuk ko‘tarib turuvchi va tashqi himoya konstruksiyalarga va ularning materiallarga qo‘yiladigan asosiy talablar. |
Devorlar, qoplamalar (tomlar), bostirmalar, fermalar, to‘sinlar va shu kabi boshqa talablarni to‘liq ko‘rsatish. Yuk ko‘tarib turuvchi va tashqi himoya konstruksiyalarga va ularning materiallariga qo‘yiladigan asosiy talablarni yoritish. Zilzilabardoshlik bo‘yicha talablar (texnik pasport). |
|
32. |
Muhandislik va texnologik asbob-uskunalarga, texnologik jihozlarga qo‘yiladigan talablar. Texnologik asbob-uskunalarning ro‘yxati. |
Isitish, sovitish, ventilatsiya, ichimlik suvi, kanalizatsiya, elektr tarmoqlari va texnologik asbob-uskunalar tavsifi va ularni qo‘llash bo‘yicha ko‘rsatmalar berish. Sensorli yoritish vositalaridan foydalanish. Dastgohlarning aniqligi va tayyorlanishi bo‘yicha klassi, shuningdek, ularning bajarilish sifati va bardoshliligi talablari. |
|
33. |
Quyosh batareyalari va quyoshli suv isitish kollektorlarining quvvatlari. |
ShNQ 2.04.16-18 “Quyoshli issiq suv ta’minoti qurilmalari” talablariga asosan ishlab chiqilganligi. |
|
34. |
Issiqlik ta’minoti. |
QMQ 2.04.07-99 “Issiqlik tarmoqlari” talablariga asosan ishlab chiqilganligi. Texnik xulosalarni taqdim etish. |
|
35. |
Avtomatlashtirish, TJ BAT va boshqaruvni markazlashtirish bo‘yicha asosiy talablar. |
Avtomatlashtirish, TJ BAT va boshqaruvni markazlashtirish tizimlari bo‘yicha tavsifi va qo‘llanilishi bo‘yicha ko‘rsatmalar berish. Jihozlar ro‘yxati. |
|
36. |
Mehnat gigiyenasi va xavfsizlik rejimi talablari. |
Loyiha hujjatlari tarkibida “Ishchilar mehnatini tashkil etish va sharoitlar” bo‘limi ishlab chiqilgan hollarda ushbu bo‘limga talablar ko‘rsatilsin. Sanoat obyektlari uchun qo‘llaniladi. |
|
37. |
Loyihalashtirish uchun buyurtmachi tomonidan taqdim etiladigan dastlabki ma’lumotlar tarkibi. |
Loyihalashtirish uchun buyurtmachi tomonidan taqdim etiladigan dastlabki ma’lumotlar tarkibi keltiriladi. Loyiha-qidiruv tashkiloti bilan kelishilgan holda, ularning o‘zlari tomonidan yig‘iladigan dastlabki ma’lumotlar (hujjatlar) ro‘yxati bayon etiladi. ShNQ-1.03.01-16ga muvofiq injener-geologik va topografik materiallar buyurtmachi tomonidan taqdim etiladi. Topografik xaritada mavjud bino va inshootlar hamda yer osti va yer usti tarmoqlari ko‘rsatilishi talab etiladi. |
|
38. |
Atrof muhitni muhofaza qilish va saqlash bo‘yicha talablar. |
Amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar talablari asosida Atrof muhitga ta’siri bayonoti (AMTB) loyihasi ixtisoslashtirilgan tashkilot bilan alohida shartnoma asosida buyurtmachi tomonidan tayyorlanadi. Talab etilgan holatlarda ekologik toza qurilish materiallaridan foydalanish, yashil qurilish elementlarini qo‘llash yoki tashqi energiya resurslarning iste’molisiz (kamaytirilgan) talablar va shartlar qo‘llanishi zarurati ko‘rsatiladi. |
|
39. |
Smeta hujjatlarini tuzish usuliga talablar. |
Qurilish materiallari va mehnat resurslari, shuningdek, mashina-mexanizmlarni hisoblash bo‘yicha tuziladigan smetalar tarkibiga quyiladigan talablar aks ettiriladi. Narxlar joriy qiymatlarda, ShNQ 4.01.16-09 “Qurilish bahosini shartnomaviy joriy narxlarda aniqlash qoidalari” talablari asosida belgilanadi. Qurilishning joriy narxlardagi dastlabki qiymati buyurtmachi tomonidan shakllantiriladi yoki uning topshirig‘iga asosan loyiha tashkiloti tomonidan aniqlanadi. |
|
40. |
Loyihalashtirilayotgan obyekt tarkibi. |
Barpo etilayotgan obyektning butun asosiy hamda yordamchi bino va inshootlari ro‘yxati ko‘rsatiladi. |
|
41. |
Qabul qilinadigan loyiha yechimlarida Energiya samaradorlikni ta’minlash bo‘yicha talablar. |
Loyiha hujjatlarini ishlab chiqishda 2-darajali energiya samaradorlikni ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlarni nazarda tutish va obyektlar energiya resurslarini o‘lchash moslamalari bilan jihozlanishi bo‘yicha talablar majburiydir. Bino va iishootlarda qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish talablari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 9-sentabrdagi PF-220-son Farmoni talablariga muvofiq amalga oshiriladi. |
|
42. |
Favqulodda vaziyatlarda ogohlantirish va fuqaro muhofazasi bo‘yicha ishlab chiqiladigan texnik-muhandislik chora-tadbirlarga qo‘yiladigan talablar. |
Agar obyekt favqulodda vaziyat bo‘yicha toifalangan bo‘lsa, FVV bo‘yicha texnik shartlarga dalil keltiriladi xamda ushbu bo‘limni ishlab chiqishni zarurligi to‘g‘risida ko‘rsatma beriladi. |
|
43. |
Sanoat xavfsizligi bo‘yicha texnik-muhandislik chora-tadbirlarni ishlab chiqish bo‘yicha talablar. |
“Sanoat xavfsizligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni talablariga muvofiq ko‘rsatiladi yoki amaldagi normativ-huquqiy va shaharsozlik hujjatlariga muvofiq bayon etiladi. |
|
44. |
Aholining nogironligi bo‘lgan va kam harakatlanuvchi guruhlari hayoti va faoliyati sharoitlarini ta’minlash bo‘yicha talablar. |
ShNQ 2.07.02 talablarida ko‘rsatilmagan, nogironligi bo‘lgan shaxslarning va harakatlanishi cheklangan insonlar obyektga kirish-chiqishlarini ta’minlash va binoda bo‘lishlari vaqtida harakatlanishi bo‘yicha yaratiladigan sharoitlar bo‘yicha qo‘shimcha talablarni ko‘rsatish. |
|
45. |
Yonginga qarshi kurash va xavfsizlik bo‘limini ishlab chiqish bo‘yicha talablar. |
Bo‘lim normativ-huquqiy hujjatlar talablari asosida ishlab chiqiladi. Zarur hollarda ushbu bo‘limni ishlab chiqish uchun bo‘yicha qo‘shimcha talablar va yonginga qarshi kurash moslamalari va avtomatikasi turlari ko‘rsatib o‘tilsin. FVVning Yongin xavfsizlik boshqarmasi bilan kelishilishi talab etiladi. |
|
46. |
Ko‘rgazmali materiallarni tayyorlash bo‘yicha talablar. |
Zarur hollarda, obyekt maketi, 3D-taqdimot, namoyish albomlarini tayyorlash zarurligi, shuningdek, taqdimot materiallariga talablarni ko‘rsatish (slayd, video rolik va boshqalar) va ularning o‘lchamlari ko‘rsatiladi. Bunday materiallarni Arxitektura-shaharsozlik kengashida hamda mutasaddi idoralar va tashkilotlar bilan kelishish holati va zarurligi yoritiladi. |
|
47. |
Korxonaning ishlash rejimi. |
Obyektning yil davomida ishlashi yuklanganligi va korxonaning ish smenaligi ko‘rsatiladi. |
|
48. |
Ishlab chiqarish kooperatsiyasi. Korxona infratuzilmasi. |
Korxonaning sheriklar va hamkorlar bilan birgalikdagi ishlashi, shuningdek, uni infratuzilmasi tarkibi ko‘rsatiladi |
|
49. |
Tashqi transport aloqalari va ta’minot sxemasi. |
Xom ashyo, materiallar, asbob-uskunalarni korxonaga olib kelish va undan olib ketishni tashkil etish sxemasi ko‘rsatiladi. |
|
50. |
Qurilish mo‘ljallangan muddatlar (yil). |
Qurilishning boshlanish va tugatilish muddatlari ko‘rsatiladi (hisobiy yoki ko‘rsatma bo‘yicha). |
|
51. |
Loyihalashtirish va qurilishni o‘ziga xos shartlari. |
Loyihalashtirishni qiyinlashtiruvchi shart-sharoitlar (qurilish maydonining torligi va qiyinchiligi, obyektni tarixiy qurilish zonasida joylashtirish, madaniy meros obyektlari mavjudligi, daraxtlar mavjudligi, qurilish obyektining noyobligi, loyihalashtirish va qurilishni ishlayotgan korxona sharoitida amalga oshirish, qurilishni iqlimi sharoitlari og‘ir, tog‘li, yetib borish qiyin bo‘lgan hududlarda amalga oshirish va boshqalar yoritiladi. Obyektning murakkablik toifasi ko‘rsatiladi. |
|
52. |
Loyiha hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritish (loyiha tashkiloti tomonidan yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etishni hisobga olmaganda). |
Loyiha hujjatlariga o‘zgartirish kiritish alohida imzolangan shartnoma va loyihalash uchun topshiriq asosida amalga oshiriladi. Topshiriqda loyiha hujjatlariga kiritiladigan o‘zgartirishlar bayon etiladi. |
|
53. |
Metall konstruksiyalarning va korxona sharoitida ishlab chiqariladigan muhandislik tarmoqlarining detallashtirilgan (KMD) chizmalarini ishlab chiqish. |
Ishlab chiqaruvchi korxona tomonidan yoki buyurtmachining talabi asosida qo‘shimcha to‘lov evaziga loyiha tashkiloti tomonidan ishlab chiqiladi. Topshiriqda bunday hujjatlar ishlab chiqarilishi zarurati ko‘rsatiladi. |
|
54. |
Qurilishni tashkil etish loyihasini (QTEL) ishlab chiqish. |
Qurilishni tashkil etish loyihasi (QTEL) — to‘liq hajmda ShNQ 3.01.01-03 ga muvofiq ishlab chiqiladi. |
|
55. |
Qurilishning (qurilish-montaj ishlari) ishlab chiqarish loyihasini (QIChL) tayyorlash, qurilish tashkilotlarining ehtiyojlari uchun vaqtincha bino va inshootlar qurilishi uchun loyiha hujjatlarini ishlab chiqishga talablar . |
Bunday hujjatlar alohida shartnoma shartlari asosida tayyorlanadi. Topshiriqda bunday hujjatlarni ishlab chiqish zarurati ko‘rsatiladi. |
|
56. |
Qurilishda mualliflik nazorati. |
Mualliflik nazoratini olib borish tartibi talablaridan kelib chiqqan holda shartlar kiritiladi. Loyiha tashkiloti tomonidan mualliflik nazoratini olib boruvchi mutaxassislarni biriktirish, ularni turar joy va xizmat xonalari, zarur jihozlar va asbob-uskunalar, ovqatlanishi hamda ish joyidan qurilish maydonigacha transport vositalari bilan ta’minlash talablari bayon etiladi. Mualliflik nazoratini olib borish uchun o‘zaro hisob-kitoblar va xarajatlarni qoplash shartlari ko‘rsatiladi. |
|
57. |
Korxonaning istiqboldagi kengayishi, foydalanishga topshirish navbatlari va qabul qilish komplekslarini ko‘rsatish. |
Korxonaning istiqboldagi kengayishi bo‘yicha chora-tadbirlar, foydalanishga topshirish navbatlari va qabul qilish komplekslarga bo‘lish shartlari ko‘rsatiladi. |
|
58. |
Loyiha-smeta hujjatlarini kelishish bo‘yicha talablar. |
Loyiha-smeta hujjatlarining bo‘limlarini kelishish zarur bo‘lgan mutasaddi idoralar va xizmatlarning to‘liq ro‘yxati ko‘rsatiladi. Buyurtmachi va loyihachining ishtiroki darajasi bayon etiladi. |
|
59. |
Taqdim etiladigan loyiha-smeta hujjatlarining nusxalari soni, bo‘limlarining tarkibi va mazmuniga bo‘lgan talablar. |
Ishlab chiqilgan loyiha-smeta hujjatlari ekspertizaga taqdim etish uchun buyurtmachiga bir nusxada (qog‘oz yoki elektron shaklda) taqdim etiladi. To‘g‘rilangan hujjatlarning buyurtmachiga taqdim etiladigan nusxalari soni ushbu ShNK-1.03.01-16 ning 13.7 bandi talablariga mos ravishda bo‘lishi shart. Buyurtmachi tomonidan qo‘shimcha nusxalar olish bo‘yicha, loyiha tashkiloti bilan kelishgan holda, shartlar qo‘yilishi mumkin (shu jumladan, ularning elektron nusxalari). Bunda elektron hujjatlarning formatlari va ularni tashish vositalari ham kelishib olinadi. |
|
60. |
Qo‘shimcha talablar. |
Buyurtmachi tomonidan loyiha tashkilotiga yuklanadigan hamda uning malakasi va tajribasiga qo‘yiladigan qo‘shimcha talablar kiritiladi. |
|
Buyurtmachi: ______________ Kelishildi: ______________ | ||
|
Loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish topshirig‘iga buyurtmachi tomonidan ilova etiladigan hujjatlar RO‘YXATI | ||
|
1. Yangidan qurish rejalashtirilgan obyekt uchun yer maydonini ajratish to‘g‘risidagi qaror (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining qaroriga muvofiq davlat organlari, muassasalari, korxonalari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga doimiy foydalanish huquqi asosida ajratiladi). 2. Topografik ma’lumotlar (obyektni mavjud muhandislik tarmoqlariga ulanish joylari ko‘rsatilgan holda vaziyatli reja hamda muhandislik-geologiyasi, gidrogeologiya materiallari). 3. Arxitektura-rejalashtirish topshirig‘i. 4. Obyektni joylashtirish rejalashtirilgan hudud bo‘yicha epidemiologik va ekologik xulosa (shu jumladan, qurilish maydonchasida saqlab qolinishi lozim bo‘lgan dov-daraxtlar bo‘yicha xulosa), madaniy meros va tarixiy obidalar muhofaza hududida emasligi to‘g‘risida xulosa. 5. Qurilish rejalashtirilgan hududda buziladigan bino va inshootlarni buzish yoki o‘rnini qoplash xususiyati haqida mahalliy hokimiyat idoralari yoki buyurtmachi xizmat kafolatlari. 6. Qurilishni tashkillashtirish loyihasini tuzish uchun dastlabki ma’lumotlar. Izoh. Ushbu Nizomga 2-ilova hamda loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish topshirig‘iga buyurtmachi tomonidan ilova qilinadigan hujjatlar tarkibiga qurilish vazirining buyrug‘i bilan o‘zgartirish kiritish mumkin. | ||
3-ILOVA
| (oferent nomi) |
| TENDER PREDMETI BO‘YIChA IShLARII BAJARIShGA NARX TAKLIFI |
| (tender predmetining nomi) |
| 1. Biz, oferent sifatida quyida imzo chekuvchilar: |
| tender predmeti bo‘yicha e’londa biriktirilgan ma’lumotlar asosida tender predmeti joylashgan manzilga chiqib o‘rganganimizni; |
| akseptni tasdiqlashimiz natijasida loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish shartnomasi avtomatik elektron imzolanishidan hamda imzolangandan so‘ng obyektning loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqishdan bosh tortganimizda, bosh tortgan kunimizdan boshlab 24 oy davomida elektron tenderga avtomatik ravishda qo‘yilmasligimiz to‘g‘risida xabardorligimizni; |
| elektron tender shartlariga va loyihalashtirish topshirig‘iga muvofiq tasdiqlangan aksept natijasida avtomatik ravishda elektron imzolangan loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish to‘g‘risidagi shartnomamizga asosan barcha ishlarni ____________ so‘m (QQSni hisobga olgan holda) sifatli bajarishimizni tasdiqlaymiz. |
| 2. Akseptni tasdiqlashimiz natijasida avtomatik ravishda elektron imzolangan loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish shartnomasida nazarda tutilgan kundan e’tiboran ishlarni boshlash hamda _________ kun ichida loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va buyurtmachiga topshirish majburiyatini olamiz. |
| 3. Bizning taklifimiz tender takliflarini baholash kunidan boshlab 60 kalendar kun mobaynida haqiqiy hisoblanadi. |
| 4. Akseptni tasdiqlashimiz bilan loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish shartnomasi biz tomondan elektron imzolangan hisoblanadi va ushbu shartnoma bo‘yicha majburiyatlarni to‘liq o‘z zimmamizga olamiz. |
| 5. Loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish jarayonida jalb qilingan barcha, shu jumladan, yollanma ishchilarning ijtimoiy himoyasi va xavfsizligini ta’minlaymiz. |
| 6. Buyurtmachi bilan o‘zaro hisob-kitoblarni birinchi moliya yili mobaynida o‘zgartirilmaydigan shartnomaviy narxda amalga oshirish majburiyatini olamiz. |
| Tashkilot rahbarining imzosi: |
| Tuzilgan sanasi: 20___ yil “___” ___________ |
4-ILOVA
|
Obyektning nomi: “___________________________________________________” | ||||
|
Loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va moliyalashtirish KALENDAR ISh JADVALI | ||||
|
T/r |
Ishning nomlanishi |
Ishning muddati (boshlanishi va yakunlanishi) |
Ishning narx qiymati (so‘m) va moliyalashtirish sanasi | |
|
1. |
Boshlanishi: Yakunlanishi: |
|||
|
Jami: QQS bilan ______________ (____________________). | ||||
|
Buyurtmachi: |
Bosh loyihachi: | |||
|
“____________________” |
“____________________” | |||
|
Direktor ______________ |
Direktor ______________ | |||
5-ILOVA
|
Obyektning nomi: “________________________________________” | |||||
|
Loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish bo‘yicha SMETA HISOBI | |||||
|
T/r |
Ish turlari |
Asos |
|
Narxning kelib chiqishi |
Qiymat (ming so‘m) |
|
1. |
|||||
|
Jami QQSii hisobga olmaganda: |
|||||
|
Jami QQS bilan: |
|||||
|
Jami: KKS bilan _______________ (______________________), | |||||
|
Direktor __________________ | |||||
|
Loyihaning bosh muhandisi ___________________”. | |||||