1-ILOVA
ILOVA
|
Bosqichlar |
Subyektlar |
Tadbirlar |
Ijro muddatlar | |||
|
1-bosqich |
Maxsus vakolatli organ |
Qonun buzilishi holati boʻyicha jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari boʻlganda, nazorat qiluvchi organ tomonidan oʻtkazilgan “Xavfni tahlil etish” tizimi natijalari asosida Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil bilan kelishilgan holda yoki xabardor etish tartibida tekshirishlar oʻtkaziladi. |
1 kundan 10 kungacha | |||
|
2-bosqich |
Davlat ekologiya qoʻmitasi |
Inson salomatligiga yoki hayotiga, tabiiy resurslarga, muhofaza etiladigan tabiiy hududlarga zararli taʼsir etgan yoki bunday taʼsir etish xavfi tugʻilgan taqdirda, korxonalar, tashkilotlarning faoliyatini oʻn ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatga cheklash, toʻxtatib turish haqida qaror qabul qiladi. |
Holat aniqlanganda | |||
|
3-bosqich |
Maxsus vakolatli organ |
1. Zaruratdan kelib chiqib yetkazilgan zararni aniqlashda ixtisoslashgan korxona va tashkilotlarni, ilmiy-tadqiqot muassasalarini, qonunchilikda belgilangan tartibda akkreditatsiyadan oʻtgan yoki texnik jihatdan muvofiqligi maʼqullangan yoxud malakalanganligi rasman tasdiqlangan laboratoriyalarni, shuningdek, malakali ekpertlarni jalb etadi. |
5 ish kunida | |||
|
2. Toʻplangan maʼlumotlar asosida tabiiy obyektlarga yetkazilgan zarar miqdorini hisoblaydi. |
2 ish kunida | |||||
|
4-bosqich |
Maxsus vakolatli organ |
1. Tekshirishlar natijalarini dalolatnoma bilan rasmiylashtiradi va tegishli koʻrsatmalar beradi. |
Tekshirish yakunlangan kun | |||
|
2. Tekshirish dalolatnomasining bir nusxasini tadbirkorlik subyektiga pochta orqali buyurtma xat bilan yuboradi. |
Dalolatnoma tuzilgan kundan keyingi ish kuni | |||||
|
5-bosqich |
Maxsus vakolatli organ |
Tabiiy obyektlarga zarar yetkazish natijasida jinoyat alomatlari aniqlansa, toʻplangan hujjatlarni huquqni muhofaza qiluvchi organga yuboradi. |
3 ish kunida | |||
2-ILOVA
|
“ |
|||
|
2. |
Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish jamgʻarmasi (Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi) |
Tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilishida aybdor boʻlgan jismoniy va yuridik shaxslardan maʼmuriy va sud tartibida undiriladigan jarimalar va pul mablagʻlari, hayvonot va oʻsimlik dunyosi obyektlaridan foydalanish bilan bogʻliq qonun buzilishlari uchun undiriladigan jarimalar va pul mablagʻlari bundan mustasno |
74 |
|
Tabiatni muhofaza qilish qonunchiligini buzganlik va atrof muhit obyektlariga yetkazilgan zararni qoplash uchun chet el fuqarolari, shuningdek, boshqa davlatlarning yuridik shaxslaridan maʼmuriy va sud tartibida undiriladigan jarimalar va pul mablagʻlari, hayvonot va oʻsimlik dunyosi obyektlaridan foydalanish bilan bogʻliq qonun buzilishlari uchun undiriladigan jarimalar va pul mablagʻlari bundan mustasno |
74 | ||
|
Atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun kompensatsiya toʻlovlari |
74 | ||
|
Ifloslantiruvchi moddalar avariya tufayli koʻplab chiqarib tashlanishi (oqova oqizish, chiqindilarni joylashtirish) tufayli atrof muhitga yetkazilgan zarar uchun tabiatdan foydalanuvchilardan undiriladigan mablagʻlar va jarimalar |
74 | ||
|
davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan daraxt va butalarni kesganlik uchun toʻlov |
74 | ||
|
tabiiy resurslardan hamda ulardan olinadigan xom ashyodan meʼyoridan ortiqcha va nokompleks foydalanganlik (nobud qilganlik) uchun tabiatdan foydalanuvchilar toʻlovlari |
40 | ||
|
xoʻjalik faoliyati va boshqa faoliyat natijasida atrof tabiiy muhit obyektlariga yetkazilgan zararni qoplash uchun tabiatdan foydalanuvchilardan undiriladigan mablagʻlar |
40 | ||
|
”. |
|
“ |
|||
|
47. |
Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi huzuridagi Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspeksiyasi rivojlantirish jamgʻarmasi |
yer qaʼridan foydalanish sohasida belgilangan talablarni buzganlik uchun undiriladigan jarimalar |
80 |
|
yer qaʼri foydali qazilmalaridan noqonuniy foydalanish holatlari boʻyicha aniqlangan zarar summasi foizi miqdoridagi ajratmalar; |
20 | ||
|
”. |