Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Qatar Davlati Hukumati oʻrtasida
Bitim
Havo qatnovi toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Qatar Davlati Hukumati, keyingi oʻrinlarda “Ahdlashuvchi Tomonlar” deb ataluvchilar,
1944-yilning 7-dekabrida Chikago shahrida imzolash uchun ochilgan Xalqaro fuqaro aviatsiyasi toʻgʻrisidagi Konvensiyaning ishtirokchilari boʻlgani holda,
oʻz davlatlari hududlari va undan tashqari hududlar oʻrtasida havo qatnovlarini oʻrnatish maqsadida yuqorida koʻrsatilgan Konvensiyaga qoʻshimcha ravishda Bitim tuzish istagida,
quyidagilar toʻgʻrisida kelishib oldilar:
1-modda
Atamalar
Atamalar
Mazkur Bitimning maqsadlari yoʻlida, basharti matn boshqa izoh talab qilmasa, quyida keltirilgan atamalar shunday maʼnolarni anglatadi:
a) “Konvensiya” atamasi 1944-yilning 7-dekabrida Chikago shahrida imzolash uchun ochiq Xalqaro fuqaro aviatsiyasi toʻgʻrisidagi Konvensiyani anglatadi va Ahdlashuvchi Tomonlar tarafidan ratifikatsiya etilgani hamda kuchga kirganiga qarab, Konvensiyaning 90-moddasiga binoan qabul qilingan Ilovalarni, shuningdek, Konvensiyaning 90 va 94-moddalariga binoan, Konvensiyaga yoki uning Ilovalariga kiritilgan har bir tuzatishni oʻz ichiga oladi;
b) “Aviatsiya maʼmuriyatlari” atamasi Oʻzbekiston Respublikasiga nisbatan — Transport vazirligini va Qatar Davlatiga nisbatan — Transport va aloqa vazirini anglatadi yoki yuqorida qayd etilgan maʼmuriyatlar tomonidan hozirgi vaqtda bajarilayotgan vazifalarni amalga oshirish vakolati berilgan tashkilot yoki shaxsni anglatadi;
s) “kelishilgan qatnovlar” atamasi yoʻlovchi, yuk va pochta tashuvlarini alohida yoki uygʻunlikda bajarish uchun mazkur Bitimning Ilovasida belgilangan yoʻnalishlar boʻyicha amalga oshiriladigan muntazam havo qatnovlarini anglatadi;
e) “tayinlangan aviakorxona” atamasi — mazkur Bitimning 3-moddasiga binoan tayinlangan va vakolatga ega boʻlgan aviakorxonani anglatadi;
f) “hudud”, “havo qatnovi”, “xalqaro havo qatnovi”, “aviakorxona” va “notijoriy maqsadlarda toʻxtash” atamalari Konvensiyaning 2 va 96-moddalarida mazkur atamalar uchun koʻrsatilgan maʼnolarni anglatadi;
g) “tarif” atamasi agentlik xizmati uchun toʻlanadigan haqni va shartlarni oʻz ichiga olgani holda yoʻlovchilar, yoʻlovchilarning yuki va yuklarni tashish uchun toʻlanadigan qiymatni hamda ushbu qiymatlarni qoʻllash shartlarini, jumladan, ushbu havo tashuvlarini amalga oshirish chogʻida tashuvchi tomonidan koʻrsatiladigan barcha boshqa yordamchi xizmatlar uchun belgilangan qiymatni va shartlarni anglatadi; pochtani tashish shartlari va unga toʻlanadigan vositachilik haqlari bundan mustasno;
h) “yigʻimlar” atamasi aeroport yoki aeronavigatsiya jihozlari, havo kemalariga, ularning ekipaj aʼzolariga, yoʻlovchilarga va ularning yuklariga xizmat koʻrsatish vositalaridan foydalanish uchun aviakorxonalarga nisbatan masʼul maʼmuriyatlar tomonidan qoʻllaniladigan toʻlovlarni anglatadi;
i) “hajm” atamasi havo kemasiga nisbatan mazkur havo kemasining butun yoʻnalish boʻylab yoki yoʻnalishning maʼlum bir qismidagi tijoriy yuk olish quvvatini anglatadi va “kelishilgan qatnovga” nisbatan belgilangan yoʻnalish yoki uning maʼlum bir qismi boʻyicha belgilangan vaqt mobaynida amalga oshirgan parvozlar soniga koʻpaytirilgan ushbu qatnovda foydalanilayotgan havo kemasi hajmini anglatadi;
j) “toʻgʻri tranzit” atamasi yagona aviachipta yoki yuk tashish hujjati asosida uzluksiz tashuvning oraliq manzilida toʻxtaydigan yoki u erdan joʻnab ketadigan qatnovni anglatadi. Ushbu qatnov uzluksiz qatnovning bir qismi boʻlib yoʻlda atayin toʻxtash (stopover) hollarini istisno etgan holda aviakompaniya belgilagan bitta qatnov bilan oʻsha yoki boshqa havo kemasi tomonidan amalga oshiriladi;
k) “Mazkur Bitimning Ilovasi” atamasi mazkur Bitimga ilova qilingan yoki mazkur Bitimning 22-moddasiga asosan oʻzgartirilgan “Yoʻnalishlar jadvalini” anglatadi. “Mazkur Bitimning Ilovasi” uning ajralmas qismini tashkil qiladi va boshqa maxsus kelishuv boʻlmasa, mazkur Bitimga murojaat etilgan barcha hollarda Ilova ham nazarda tutiladi.
2-modda
Huquqlarni berish
Huquqlarni berish
1. Har bir Ahdlashuvchi Tomon boshqa Ahdlashuvchi Tomonga mazkur Bitimning Yoʻnalishlar jadvalida belgilangan yoʻnalishlar boʻyicha muntazam xalqaro havo qatnovlarini belgilash va amalga oshirish maqsadida mazkur Bitimda koʻrsatib oʻtilgan huquqlarni beradi hamda bunday qatnovlar va yoʻnalishlar bundan buyon matnda “kelishilgan qatnovlar” va “belgilangan yoʻnalishlar” deb ataladi.
2. Mazkur Bitimning qoidalariga asosan har bir Ahdlashuvchi Tomondan tayinlangan aviakorxona quyida keltirilgan huquqlardan foydalanadi:
a) boshqa Ahdlashuvchi Tomonning davlat hududidan qoʻnmasdan uchib oʻtish;
b) boshqa Ahdlashuvchi Tomonning davlat hududida notijoriy maqsadlarda toʻxtash;
s) Ahdlashuvchi Tomonlar davlat hududlari oraligʻida qatnayotgan yoʻlovchilar, pochta va yukni tushirish va (yoki) olish maqsadida boshqa Ahdlashuvchi Tomon davlati hududida mazkur Bitimga ilova qilingan Yoʻnalishlar jadvalida koʻrsatilgan manzillarda toʻxtash.
3. Ushbu moddaning 2-bandidagi hech qaysi qoida bir Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonasiga haq evaziga yoki yollanish yoʻli bilan boshqa Ahdlashuvchi Tomon davlati hududidagi bir manzildan ikkinchi manzilga boruvchi yoʻlovchilar, yuk va pochtani havo kemasiga olish huquqini beradi deb qaralmaydi.
3-modda
Avikorxonani tayinlash
Avikorxonani tayinlash
1. Ahdlashuvchi Tomonlarning har biri belgilangan yoʻnalishlar boʻyicha kelishilgan qatnovlarni amalga oshirish maqsadida, bu haqda boshqa Ahdlashuvchi Tomonni diplomatik kanallar orqali yozma ravishda xabardor qilgan holda bir yoki bir necha aviakorxonani tayinlash huquqiga ega.
2. Boshqa Ahdlashuvchi Tomon bunday xabarnomani olganidan soʻng ushbu moddaning 3 va 4-bandlari qoidalariga muvofiq tayinlangan aviakorxonaga parvozlar uchun darhol tegishli ruxsatnomalarni beradi.
3. Bir Ahdlashuvchi Tomonning aviatsiya maʼmuriyatlari parvozlar uchun ruxsatnoma berishdan oldin boshqa Ahdlashuvchi Tomon tayinlangan aviakorxonadan u xalqaro havo qatnovini amalga oshirish chogʻida Konvensiya qoidalariga muvofiq qoʻllaniladigan Ahdlashuvchi Tomon davlat milliy qonunchiligida belgilangan shartlarni bajarishga qodir ekanligini isbotlovchi dalillarni talab qilishga haqli.
4. Ahdlashuvchi Tomonlarning har biri tayinlangan aviakorxonani eʼtirof etishni rad etish hamda ushbu tayinlangan aviakorxonaga mazkur Bitimning 2-moddasi 2-bandida koʻrsatilgan parvozlarni bajarishga ruxsatnoma berishni rad etish yoki eslatib oʻtilgan Ahdlashuvchi Tomon ushbu aviakorxona ustidan ustun egalik va haqiqiy nazorat qilish ushbu aviakorxonani tayinlagan Ahdlashuvchi Tomonga yoki uning fuqarolariga tegishli ekanligini isbotlovchi dalillarga ega boʻlmagan har qanday holda tayinlangan aviakorxona tomonidan ushbu huquqlardan foydalanishda zarur deb hisoblangan shu kabi shartlarning bajarilishini talab etish huquqiga ega boʻladi.
5. Bunday tarzda tayinlangan va ruxsatnoma olgan aviakorxona mazkur Bitimning 13-moddasiga muvofiq oʻrnatilgan tariflar ushbu qatnovga nisbatan joriy etilganligi sharti bilan kelishilgan qatnovlardan foydalanishni boshlashi mumkin.
4-modda
Ruxsatnomadan foydalanishni bekor qilish va toʻxtatib qoʻyish
Ruxsatnomadan foydalanishni bekor qilish va toʻxtatib qoʻyish
1. Ahdlashuvchi Tomonlarning har biri parvozlarga ruxsat berishni bekor qilish yoki mazkur Bitimning 2-moddasida koʻrsatilgan, boshqa Ahdlashuvchi Tomon tayinlangan aviakorxonasiga berilgan huquqlardan foydalanishni toʻxtatish yoki quyida koʻrsatilgan huquqlardan foydalanishda oʻzi zarur deb bilgan shartlarning bajarilishini talab qilish huquqiga ega boʻladi:
a) mazkur aviakorxonaga ustun darajada egalik qilish yoki uning ustidan haqiqiy nazorat oʻrnatish aviakorxonani tayinlagan Ahdlashuvchi Tomonga yoki uning fuqarolariga tegishli ekanligiga ishonch hosil qilmagan har qanday holda, yoxud
b) mazkur aviakorxona ushbu huquqlarni bergan Ahdlashuvchi Tomonning davlat milliy qonunchiligiga rioya qilishga imkoniyati yoʻq boʻlgan holda yoki uni rad etgan taqdirda, yoxud
s) mazkur aviakorxona mazkur Bitimda belgilangan shartlarga qandaydir boshqacha bir tarzda rioya qilishga imkoniyati yoʻq boʻlgan holda yoki ularni rad etgan taqdirda.
2. Basharti ruxsatnomaning darhol bekor qilinishi, mazkur moddaning 1-bandida koʻrsatilgan shartlarni bajarish huquqi yoki talabining toʻxtatilishi milliy qonunchilikning yoki mazkur Bitim nizomlarining kelgusida buzilishni oldini olish uchun zarur boʻlmasa, mazkur bandda aytib oʻtilgan huquqdan boshqa Ahdlashuvchi Tomon aviatsiya maʼmuriyatlari bilan maslahatlashilgandan soʻng foydalanish mumkin.
5-modda
Kelishilgan havo qatnovlaridan foydalanishni tartibga solish prinsiplari
Kelishilgan havo qatnovlaridan foydalanishni tartibga solish prinsiplari
1. Ahdlashuvchi Tomonlar tayinlangan aviakorxonalariga kelishilgan havo qatnovlaridan foydalanishda bir xil imkoniyatlardan foydalanishlari uchun, shuningdek, kelishilgan havo qatnovlaridan foydalanish chogʻida ularning tegishli qatnovlariga isbotsiz ziyon yetkazmaslik uchun oʻzaro manfaatlarni eʼtiborga olishlari uchun adolatli va teng huquqli shart-sharoitlar yaratib beriladi. Ahdlashuvchi Tomonlardan birining davlat hududida boshqa Ahdlashuvchi Tomon tayinlangan aviakorxonasining havo kemalari tomonidan aeroport hamda boshqa aviatsiya vositalaridan foydalanishi uchun joriy etilgan aeroport yigʻimlari shu kabi xalqaro aviaqatnovlarda band boʻlgan boshqa xorijiy tashuvchilardan olinadigan xuddi shunday yigʻimlardan oshmasligi lozim.
2. Ahdlashuvchi Tomonlarning tayinlangan aviakorxonalari tomonidan foydalanilayotgan kelishilgan havo qatnovlari jamoat talabiga toʻgʻri kelishi lozim, hamda har bir aviakorxonaning birinchi darajali vazifasi havo kemasining oqilona yuklanishida Ahdlashuvchi Tomonlarning davlat hududlaridan (hududlariga) joʻnatilayotgan yoʻlovchilar, yuk va pochtani tashish talabiga javob beruvchi tashuv hajmlarini taʼminlash boʻlishi lozim. Sahnga olingan hamda aviakorxonani tayinlamagan davlatlar hududlarida belgilangan yoʻnalishlar boʻyicha joylarda tushirilgan yoʻlovchilar, yuk va pochta tashuvini amalga oshirish rivojlanishning umumiy prinsiplariga muvofiq boʻlishi lozim va shular asosida ushbu hajmlar quyidagi zaruratlarga bogʻliq:
a) aviakorxonani tayinlagan Ahdlashuvchi Tomon davlat hududiga (hududlaridan) tashuvlarga zarurat;
b) mintaqa davlatlari aviakorxonalari tomonidan foydalanilayotgan boshqa havo qatnovlaridagi tashuvlarni inobatga olgan holda, kelishilgan havo qatnovlari utadigan tumanning tashuvlarga zarurati;
s) aviakorxonaning tranzit tashuvlariga zarurati.
3. Tayinlangan aviakorxona havo kemalari hajmi, parvozlarning takroriyligi hamda turi bilan bogʻliq savollar Ahdlashuvchi Tomonlar aviatsiya maʼmuriyatlari oʻrtasida kelishiladi.
6-modda
Qonun va qoidalarga amal qilish
Qonun va qoidalarga amal qilish
1. Bir Ahdlashuvchi Tomon xalqaro qatnovlarni amalga oshirayotgan havo kemalari oʻz davlat hududiga uchib kelishi va u erdan uchib ketishi, oʻzining davlat hududi doirasida bunday havo kemalaridan foydalanish va ularning navigatsiyasini tartibga soluvchi davlat milliy qonunchiligi boshqa Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonalariga nisbatan qoʻllaniladi hamda ushbu havo kemasi tomonidan birinchi Ahdlashuvchi Tomon davlat hududiga uchib kelganda, uchib ketganda yoki u erda boʻlganida amal qilinadi.
2. Bir Ahdlashuvchi Tomonning oʻz davlat hududiga yoʻlovchilar, ekipaj aʼzolari, yukning kirib kelishini, u erda boʻlishini hamda u erdan joʻnatilishini tartibga soluvchi davlat milliy qonunchiligi, xususan, kirish, viza yigʻimlari, immigratsiya, pasport, bojxona hamda karantin rasmiyatchiliklariga oid qoidalar boshqa Ahdlashuvchi Tomondan tayinlangan aviakorxonaga tegishli havo kemalaridagi yoʻlovchilar, ekipaj aʼzolari, yuk va pochtaga nisbatan birinchi Ahdlashuvchi Tomon davlat hududiga kelishi, ketishi yoki u erda boʻlishi chogʻida qoʻllaniladi.
7-modda
Toʻgʻri tranzit
Toʻgʻri tranzit
Ahdlashuvchi Tomonlardan birining davlat hududidan toʻgʻri tranzit orqali utuvchi hamda aeroportning ushbu maqsad uchun belgilangan hududini tark etmagan boshqa Ahdlashuvchi Tomon tayinlangan aviakorxonasining yoʻlovchilari, yoʻlovchilar yuki va yuklariga nisbatan soddalashtirilgan nazorat qoʻllaniladi. Ahdlashuvchi Tomonlarning davlat hududlari orqali oʻtuvchi toʻgʻri tranzitdagi yoʻlovchilar yuki va yuklar bojxona bojlari, soliqlar va boshqa yigʻimlardan ozod etiladi. Toʻgʻri tranzit orqali oʻtuvchi yoʻlovchilar yuki va yuklarga tegishli bojxona jarayonlari Ahdlashuvchi Tomonlarning davlat milliy qonunchiligiga asosan amalga oshiriladi.
8-modda
Bojxona bojlari, soliqlar va yigʻimlardan ozod qilish
Bojxona bojlari, soliqlar va yigʻimlardan ozod qilish
1. Ahdlashuvchi Tomonlardan birining tayinlangan aviakorxonasi tomonidan kelishilgan qatnovlarda foydalanilayotgan havo kemalari, sahn jihozi, yonilgʻi zaxirasi, moylash xomashyolari hamda bunday havo kemalari sahnidagi sahn zaxiralari (oziq-ovqat, ichimlik va tamaki mahsulotlarini oʻz ichiga olgan holda) boshqa Ahdlashuvchi Tomon davlati hududiga kirgach, bojxona bojlari, soliqlar va yigʻimlardan ushbu mulk, xomashyolar va zaxiralar ular qaytib olib chiqilguniga yoki ushbu hudud ustidan parvoz mobaynida ishlatilguniga qadar havo kemasi sahnida saqlanib qolishi sharti bilan ozod etiladi.
2. Shuningdek, bojxona bojlari, soliqlar va yigʻimlardan, koʻrsatilgan xizmatlar uchun yigʻimlar bundan mustasno, quyidagilar ozod etiladi:
a) bir Ahdlashuvchi Tomon davlat hududida ushbu Ahdlashuvchi Tomon maʼmuriyatlari tomonidan belgilangan miqdor doirasida va boshqa Ahdlashuvchi Tomon tayinlangan aviakorxonasi tomonidan kelishilgan qatnovlarda foydalaniladigan havo kemasining sahniga olingan va unda foydalanish uchun moʻljallangan sahn zaxiralari;
b) bir Ahdlashuvchi Tomon davlat hududida boshqa Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonasi tomonidan kelishilgan qatnovlarda foydalaniladigan havo kemasiga texnik xizmat koʻrsatish va uni taʼmirlash uchun olib kirilgan ehtiyot qismlar, dvigatellar ham buning ichiga kiradi;
s) bir Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonasi tomonidan kelishilgan qatnovlarda foydalaniladigan havo kemasida ishlatish uchun moʻljallangan yonilgʻi va moylash ashyolari, hatto ushbu zaxiralar boshqa Ahdlashuvchi Tomon davlat hududi doirasida havo kemasining sahniga olinib ushbu yoʻnalish qismida foydalanish uchun boʻlsa ham.
d) Koʻrsatilgan xizmatlar, saqlash va bojxona tartibotlari uchun yigʻimlar Ahdlashuvchi Tomon davlatlarining milliy qonunchiligiga asosan olinadi.
3. Mazkur moddaning 1 va 2-bandlarida koʻrsatilgan materiallar va buyumlar bojxona organlarining talablari boʻyicha bojxona tekshiruviga olinishi mumkin.
4. Ahdlashuvchi Tomonlardan birining tayinlangan aviakorxonasi tomonidan kelishilgan qatnovlarda foydalaniladigan havo kemasi sahnida mavjud boʻlgan sahn jihozi, shuningdek, materiallar va sahn zaxirasi boshqa Ahdlashuvchi Tomon davlat hududida bojxona organlari roziligiga koʻra tushirilishi mumkin. Bunday hollarda, ular bojxona qoidalariga asosan qayta olib chiqib ketilgunga qadar yoki boshqa koʻrsatmaga muvofiq qayd etib oʻtilgan organlar nazoratiga olinadi.
5. Bir Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonasi tomonidan oʻz faoliyati ehtiyojlari uchun boshqa Ahdlashuvchi Tomon davlat hududiga olib kirilgan yoki olib kiriladigan yonilgʻi, moylash ashyolari, ehtiyot qismlar, sahn jihozi, sahn zaxiralari, shu jumladan, oziq-ovqat, ichimlik va tamaki mahsulotlari, maxsus kiyim va uning ashyolari, reklama materiallari, avtotransport, bronlashtirish va aloqa uchun elektron jihozlar va uning ehtiyot qismlari, vakolatxona faoliyati va jihozi uchun mebel va buyumlar, tashuv hujjatlari va blankalari boshqa Ahdlashuvchi Tomon davlat hududiga olib kirishda, undan olib chiqishda va u erda boʻlishi mobaynida bojxona bojlari, soliqlar va yigʻimlardan ozod etiladi.
9-modda
Sertifikat va litsenziyalarni tan olish
Sertifikat va litsenziyalarni tan olish
1. Ahdlashuvchi Tomonlardan biri tarafidan berilgan yoki yaroqli deb topilgan hamda amal qilish muddati tugamagan parvozga yaroqlilik sertifikatlari, ekspluatant sertifikatlari va litsenziyalar kelishilgan qatnovlardan foydalanish maqsadida ushbu sertifikatlar hamda litsenziyalar berilishi yoki yaroqli deb topilishiga asos boʻlgan talablar Xalqaro fuqaro aviatsiyasi toʻgʻrisidagi Konvensiyada ular uchun belgilangan minimal standartlarga muvofiq kelishi yoki ulardan ustun kelishi sharti bilan boshqa Ahdlashuvchi Tomon tarafidan yaroqli deb topiladi.
2. Har bir Ahdlashuvchi Tomon boshqa Ahdlashuvchi Tomon yoki boshqa davlat tarafidan yaroqli deb topilgan yoki oʻzining fuqarolariga oʻz davlati hududiga uchish yoki uning hududidan uchib oʻtish maqsadida berilgan ekspluatant sertifikatlari va litsenziyalarni yaroqli deb topmaslik huquqiga ega.
3. Basharti ushbu moddaning 1-bandida eslatib oʻtilgan, bir Ahdlashuvchi Tomonning aviatsiya maʼmuriyatlari tomonidan har qanday shaxsga yoki tayinlangan aviakorxonaga yoki belgilangan yoʻnalishlar boʻyicha kelishilgan qatnovlarda foydalanilayotgan havo kemalariga nisbatan berilgan litsenziya va sertifikatlarning imtiyozlari va shartlari Konvensiyaga binoan belgilangan standartlardan farq qilsa va bu farqlardan Fuqaro aviatsiyasi xalqaro tashkiloti xabardor qilingan boʻlsa, boshqa Ahdlashuvchi Tomonning aviatsiya maʼmuriyatlari mazkur Bitimning 18-moddasiga binoan oʻsha Ahdlashuvchi Tomonning aviatsiya maʼmuriyatlari bilan bunday tajribaning ularga mosligiga qoniqish hosil qilish maqsadida maslahatlashuvlar oʻtkazishni talab qilishi mumkin. Ushbu masala boʻyicha kelishuvga erishilmagan holatlar mazkur Bitimning 4-moddasi qoidalarini qoʻllash uchun asos boʻladi.
10-modda
Parvozlar jadvalini tasdiqlash
Parvozlar jadvalini tasdiqlash
Har bir Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonasi parvozlar boshlanishidan kamida oʻttiz (30) kun oldin foydalaniladigan havo kemasi turi haqida maʼlumot koʻrsatilgan holda, moʻljallangan jadvalni tasdiqlash uchun boshqa Ahdlashuvchi Tomonning aviatsiya maʼmuriyatlariga taqdim etishi lozim. Bu kelgusidagi oʻzgarishlarga ham tegishli hisoblanadi. Alohida hollarda mazkur muddat yuqorida aytib oʻtilgan maʼmuriyatlar roziligi bilan qisqartirilishi mumkin.
11-modda
Aviatsiya xavfsizligi
Aviatsiya xavfsizligi
1. Ahdlashuvchi Tomonlar xalqaro huquqlardan kelib chiqadigan oʻz huquqlari va majburiyatlariga muvofiq gʻayri-qonuniy aralashuv xatti-harakatlaridan fuqaro aviatsiyasining xavfsizligini taʼminlashga doir zimmaga oladigan oʻzaro majburiyatlari mazkur Bitimning ajralmas qismi ekanligini yana bir bor tasdiqlaydilar. Chunonchi, Ahdlashuvchi Tomonlar 1963-yil 14-sentabrda Tokioda imzolangan Havo kemalarida sodir etiladigan jinoyatchilik va boshqa harakatlar toʻgʻrisidagi Konvensiya, 1970-yil 16-dekabrda Gaagada imzolangan Havo kemalarini gʻayriqonuniy ravishda egallab olishga qarshi kurash toʻgʻrisidagi Konvensiya, 1971-yil 23-sentabrda Monrealda imzolangan Fuqaro aviatsiyasi xavfsizligiga qarshi noqonuniy harakatlarga qarshi kurash haqidagi Konvensiya, 1988-yil 24-fevralda Monrealda imzolangan Fuqaro aviatsiyasi xavfsizligiga qarshi noqonuniy harakatlarga qarshi kurash toʻgʻrisidagi 1971-yil 23-sentabrda Monrealda tuzilgan Konvensiyaga qoʻshimcha kiritilgan Xalqaro fuqaro aviatsiyasiga xizmat koʻrsatayotgan aeroportlarda gʻayriqonuniy kuch ishlatish harakatlariga qarshi kurash toʻgʻrisidagi Bayonnoma qoidalariga, 1991-yilning 1-martida Monrealda imzolangan Plastik bombalarga ularni topish maqsadida belgi qoʻyish toʻgʻrisidagi Konvensiya, hamda har ikki Ahdlashuvchi Tomon uchun kuchga kirgan mazkur faoliyatga doir boʻlgan boshqa koʻp tomonlama bitimlar qoidalariga asosan ish olib boradilar.
2. Ahdlashuvchi Tomonlar bir-birlarining iltimosiga koʻra havo kemasini gʻayriqonuniy tutqun qilib olishning hamda havo kemasiga, undagi yoʻlovchilar va ekipaj aʼzolariga, aeroportlar va qatnovni taʼminlash vositalariga, shuningdek, fuqaro aviatsiyasi xavfsizligiga tahdid soluvchi har qanday boshqa gʻayriqonuniy xatti-harakatlarning oldini olishda bir-birlariga barcha zaruriy yordamni koʻrsatadilar.
3. Ahdlashuvchi Tomonlar oʻzaro munosabatlarida Fuqaro aviatsiyasi xalqaro tashkiloti tomonidan belgilangan va Konvensiyaning Ilovalarida tavsiflangan aviatsiya xavfsizligi qoidalariga muvofiq va bunday xavfsizlik qoidalari ikkala Ahdlashuvchi Tomonga qay darajada mosligi yuzasidan ish koʻradilar. Ular asosiy faoliyat joyi yoki doimiy turar joyi oʻz davlat hududlarida joylashgan havo kemalarining foydalanuvchilari va Xalqaro fuqaro aviatsiyasiga xizmat koʻrsatayotgan aeroportlarning maʼmurlaridan bunday aviatsiya xavfsizligi talablariga va qoidalariga muvofiq ish koʻrishlarini talab qiladilar.
4. Ahdlashuvchi Tomonlarning har biri havo kemasidan foydalanuvchilarga nisbatan ushbu moddaning 3-bandida eslatib oʻtilgan aviatsiya xavfsizligi qoidalariga boshqa Ahdlashuvchi Tomon shu mazkur Ahdlashuvchi Tomonning davlat hududiga kirish, chiqish va mazkur hududda boʻlish davrida rioya etilishi zarur boʻlgan talablarni quyishi mumkin. Har bir Ahdlashuvchi Tomon havo kemalarini himoya qilish va yoʻlovchilarni, ekipaj aʼzolarini, yoʻlovchilarning yuklari, yuklar, sahn zaxiralari va pochtani parvozga xizmat koʻrsatish vaqtida tekshirish uchun oʻz davlatining hududi doirasida samarali chora-tadbirlar koʻrilishini taʼminlaydi. Har bir Ahdlashuvchi Tomon boshqa Ahdlashuvchi Tomonning, basharti aniq, tahdid mavjud boʻlsa, oqilona meʼyorda xavfsizlikni taʼminlash yuzasidan maxsus chora-tadbirlar koʻrishga doir iltimoslarini xam xayrixohlik bilan koʻrib chiqadi.
5. Basharti fuqaro havo kemasini tutqun qilish hodisasi yoki uni tutqun qilish tahdidi mavjud boʻlsa yoki havo kemasi, undagi yoʻlovchilar va ekipaj aʼzolariga aeroportlar va qatnovni taʼminlash vositalariga boshqa gʻayriqonuniy xatti-harakatlar bilan tahdid qilinsa, Ahdlashuvchi Tomonlar oʻzaro maslahatlashuvlar doirasida aloqani yengillatish orqali bir-birlariga koʻmak va bunday hodisa yoki tahdidga jadal ravishda barham berish uchun barcha zarur chora-tadbirlarini koʻradilar.
6. Har bir Ahdlashuvchi Tomon noqonuniy ravishda egallab olingan va boshqa gʻayri qonuniy aralashuv xatti-harakatlariga yoʻliqqan va hududda qoʻngan havo kemasini erda ushlab turish uchun, agar uning uchib ketishi insonlar hayotini saqlab qolish bilan bogʻliq boʻlmasa, oʻzi lozim deb topgan barcha chora-tadbirlarni koʻradi. Bu kabi chora-tadbirlarning amaliy jihatdan qoʻllanilishi oʻzaro maslahatlashuvlar orqali hal etiladi.
7. Basharti Ahdlashuvchi Tomonlardan biri boshqa Ahdlashuvchi Tomonning ushbu moddadagi aviatsiya xavfsizligi qoidalariga rioya qilmayotganligi toʻgʻrisida yetarli asosga ega boʻlsa, ushbu Ahdlashuvchi Tomonning aviatsiya maʼmuriyatlari boshqa Ahdlashuvchi Tomonning aviatsiya maʼmuriyatlaridan kechiktirib boʻlmaydigan maslahatlashuvlar oʻtkazilishini talab qilishlari mumkin. Bunday talab tushgan kundan eʼtiboran oʻn besh (15) kun mobaynida qoniqarli kelishuvga erishilmagan taqdirda, majburiyatlarni bajarmayotgan boshqa Ahdlashuvchi Tomonning aviakorxonasiga yoki aviakorxonalariga berilgan parvozga doir ruxsatnomalardan va texnik ruxsatnomadan foydalanishni bekor qilish, toʻxtatib qoʻyish, cheklash yoki ulardan foydalanishda bajarilishi zarur deb topilgan shartlarning bajarilishini talab qilish qaroriga asos yuzaga keladi. Kechiktirib boʻlmaydigan hollarda ushbu Ahdlashuvchi Tomon un besh (15) kunlik muddat tugamasdan oldin vaqtinchalik choralarni koʻrishi mumkin.
12-modda
Parvozlar xavfsizligi
Parvozlar xavfsizligi
1. Har bir Ahdlashuvchi Tomon istagan vaqtda ekipaj aʼzolari, havo kemasi va havo kemasidan foydalanishga taalluqli har qanday sohalarda boshqa Ahdlashuvchi Tomon qabul qilgan parvozlar xavfsizligi boʻyicha standartlarga tegishli boʻlgan masalalar yuzasidan maslahatlar oʻtkazishni talab qilishi mumkin. Bunday maslahatlashuvlar murojaat etilgan kundan eʼtiboran oʻttiz (30) kun davomida oʻtkaziladi.
2. Basharti bunday maslahatlashuvlar oʻtkazilganidan soʻng bir Ahdlashuvchi Tomon boshqa bir Ahdlashuvchi Tomonni Konvensiyaga muvofiq belgilangan minimal standartlarga parvozlar xavfsizligi meʼyorlariga samarali rioya qilmayapti va boshqarmayapti deb topgan taqdirda, birinchi Ahdlashuvchi Tomon boshqa Ahdlashuvchi Tomonni bunday kamchiliklardan va minimal standartlarga muvofiq chora-tadbirlarni koʻrishi kerakligi toʻgʻrisida xabardor etishi shart, boshqa Ahdlashuvchi Tomon esa xatolarni toʻgʻrilovchi tegishli chora-tadbirlarni koʻrishi shart. Boshqa Ahdlashuvchi Tomonning xatolarni toʻgʻrilovchi tegishli chora-tadbirlarni oʻn besh (15) kun davomida yoki kelishilgan muddat davomida koʻrmasligi, unga nisbatan mazkur Bitimning 4-moddasi qoidalarini qoʻllash uchun asos boʻladi.
3. Konvensiyaning 33-moddasida aytib oʻtilgan majburiyatlarga qaramay, bir Ahdlashuvchi Tomon aviakorxonasi tomonidan boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududidagi yoki hududidan havo qatnovini amalga oshirayotgan har qanday havo kemasi boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududida uning vakolatli vakili tomonidan havo kemasi sahnidagi va tashqarisidagi hujjatlarning muddatlari, ekipaj aʼzolarining hujjatlarining haqiqiyligi va havo kemasi va uning jihozlaring holati, basharti bu nomaʼqul toʻxtashlarga olib kelmasa, tekshirilishi (ushbu moddada “qatnov tekshiruvi” deb ataladi) mumkin.
4. Basharti qatnov tekshiruvi yoki bir qancha qatnov tekshiruvlari natijasida:
a) havo kemasining yoki undan foydalanishning Konvensiyada belgilangan minimal standartlarga mos emasligi toʻgʻrisida jiddiy xavotir boʻlsa, yoki
b) Konvensiyaga binoan parvozlar xavfsizligi meʼyorlariga samarali rioya qilinmayotganligi va boshqarilmayotganligi toʻgʻrisida jiddiy xavotir boʻlsa,
bunday holda tekshiruv oʻtkazayotgan Ahdlashuvchi Tomon Konvensiyaning 33-moddasining maqsadlari yoʻlida havo kemalariga yoki ularning ekipajiga berilgan yoki haqiqiy deb eʼtirof etilgan sertifikatlar yoki litsenziyalarning talablari, yoki havo kemasidan foydalanish boʻyicha bunday talablar teng emas yoki Konvensiyada belgilangan minimal standartlardan yuqori deb xulosa qilishi shart.
5. Basharti bir Ahdlashuvchi Tomon aviakorxonasining havo qatnovida foydalanilayotgan havo kemasiga nisbatan qatnov tekshiruvini yuqoridagi 3-bandga binoan olib borish ushbu aviakorxona vakili tomonidan rad etilsa, u holda boshqa Ahdlashuvchi Tomon jiddiy qoidabuzarliklar yuqoridagi 4-bandga koʻra sodir etilganligi toʻgʻrisida xulosa qilish va ushbu band boʻyicha qaror qabul qilishga haqli.
6. Basharti bunda birinchi Ahdlashuvchi Tomon qatnov tekshiruvi, maslahatlashuvlar natijalari yoki boshqa sabablar yuzasidan aviakorxona parvozlari xavfsizligini taʼminlash maqsadida kechiktirib boʻlmaydigan choralar koʻrilishi lozim deb xulosa qilsa. Har bir Ahdlashuvchi Tomon boshqa Ahdlashuvchi Tomon aviakorxonasiga berilgan parvozlarni amalga oshirish ruxsatnomasini vaqtincha toʻxtatishi yoki oʻzgartirishi mumkin.
7. Bir Ahdlashuvchi Tomonning yuqoridagi 2 va 6-bandlariga muvofiq amalga oshiradigan har qanday xatti-harakati, mazkur chora-tadbirlarni koʻrishga asos yoʻq qilingan vaqtdan eʼtiboran davom ettirilishi mumkin emas.
13-modda
Tariflar
Tariflar
1. Har bir Ahdlashuvchi Tomon har bir tayinlangan aviakorxonaga bozordagi tijoriy holatdan kelib chiqqan holda havo qatnovlari uchun tariflarni belgilashga ruxsat beradi. Hech bir Ahdlashuvchi Tomon oʻz tayinlagan aviakorxonasidan boshqa aviakorxonalar bilan tariflar toʻgʻrisida maslahatlashishni yoki mazkur Bitimda koʻrsatilgan xizmatlar uchun haq olishni yoki haq olish uchun taklif qilishni talab qilmaydi.
2. Har bir Ahdlashuvchi Tomon oʻz tayinlagan aviakorxonasidan har qanday tariflar toʻgʻrisida xabarnoma yoki olinadigan tarif boʻyicha soʻrovnoma taqdim etishni talab qilishi mumkin. Hech bir Ahdlashuvchi Tomon boshqa Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonasidan har qanday tariflar toʻgʻrisida xabarnoma yoki olinadigan tarif boʻyicha soʻrovnoma taqdim etishni talab qilmaydi. Mazkur moddaning 5-bandiga muvofiq keyinchalik ular rad etilmasa, tariflar amal qilishi mumkin.
3. Ahdlashuvchi Tomonlarning aralashuvi quyidagilar bilan cheklanadi:
a) isteʼmolchilarni bozordagi ustun mavqeyini suiisteʼmol qilish bilan bogʻliq yuqori tariflardan himoya qilish; va
b) bozorda raqobatni toʻxtatadigan yoki uni sezilarli darajada zaiflashtiradigan harakatlar natijasida yuzaga keladigan tariflarni oldini olish.
4. Har bir Ahdlashuvchi Tomon oʻz tayinlagan aviakorxonasi tomonidan taqdim etilgan yoki olinadigan har qanday tariflarni qoʻllashni bir tomonlama taqiqlashi mumkin. Biroq bunday aralashuv faqat ushbu Ahdlashuvchi Tomonning aviatsiya maʼmuriyati qoʻllaniladigan yoki qoʻllanilishi taklif qilingan tarif mazkur moddaning 3-bandida koʻrsatilgan har qanday mezonlarga javob beradi deb topgan taqdirda amalga oshiriladi.
5. Ahdlashuvchi Tomonlarning hech biri boshqa Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonasi tomonidan qoʻllanilishi yoki qoʻllanilishi taklif qilinadigan tarifning kuchga kirishi yoki qoʻllanilishini davom ettirishga toʻsqinlik qiladigan bir tomonlama harakatlarni amalga oshirmaydi. Basharti Ahdlashuvchi Tomonlardan biri har qanday bunday tarif mazkur moddaning 3-bandida koʻrsatilgan shartlarga javob bermaydi deb hisoblasa, maslahatlashuvlar oʻtkazish soʻrovi bilan boshqa Ahdlashuvchi Tomonga tarif toʻgʻrisida oʻz noroziligi haqida murojaat etishi mumkin. Ushbu maslahatlashuvlar soʻrov olinganidan keyin oʻn toʻrt (14) kundan kechiktirmasdan oʻtkaziladi. Oʻzaro kelishuvsiz, tarif kuchga kiradi yoki amal qilishda davom etadi.
14-modda
Statistika maʼlumotlari hamda boshqa axborotlar bilan taʼminlash
Statistika maʼlumotlari hamda boshqa axborotlar bilan taʼminlash
Har bir Ahdlashuvchi Tomon oʻzining tayinlangan aviakorxonasidan boshqa Ahdlashuvchi Tomon aviatsiya maʼmuriyatlariga kelishilgan qatnovlarda amalga oshirilayotgan tashuvlar toʻgʻrisida statistik maʼlumotlarni yuklash va tushirish manzillarini koʻrsatgan holda berishni talab qiladi.
15-modda
Daromadlarni oʻtkazish
Daromadlarni oʻtkazish
1. Har bir Ahdlashuvchi Tomon boshqa Ahdlashuvchi Tomon tayinlangan aviakorxonasiga oʻz davlat hududida toʻgʻridan toʻgʻri yoki aviakorxonaning xohishiga koʻra agentlar orqali tashuvlarni sotish bilan shugʻullanish huquqini faoliyat amalga oshirilayotgan joydagi davlat milliy qonunchiligiga muvofiq beradi. Har bir tayinlangan aviakorxona bu kabi tashuvlarni sotish huquqiga ega hamda har qanday shaxs bunday xizmatlarni Ahdlashuvchi Tomonlar davlat hududida amal qilayotgan valyuta ayirboshlovini tartibga soluvchi davlat milliy qonunchiligiga muvofiq ushbu mamlakat valyutasida yoki boshqa mamlakatlarning erkin almashtiriladigan valyutasida erkin sotib olish huquqiga ega buladi.
2. Har bir tayinlangan aviakorxona talabga koʻra mahalliy daromadlarni oʻz mamlakatiga mahalliy xarajatlardan ortiq boʻlgan qiymatini konvertatsiya qilish va oʻtkazish huquqiga ega. Pul mablagʻlarini ayirboshlash va oʻtkazishni amaldagi operatsiyalarga va pul oʻtkazmalariga nisbatan cheklovlarsiz va soliqqa tortmasdan tashuvchi pul mablagʻlarini oʻtkazish uchun dastlabki arizani topshirgan sanada qoʻllaniladigan valyuta kursi boʻyicha amalga oshirishga darhol ruxsat etiladi.
16-modda
Tijoriy faoliyat
Tijoriy faoliyat
1. Ahdlashuvchi Tomonlardan birining tayinlangan aviakorxonasiga boshqa Ahdlashuvchi Tomonning davlat hududida, millatidan qatʼiy nazar, vakillar hamda kelishilgan parvozlarni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan xodimlari bilan oʻz vakolatxonasi (vakolatxonalari)ni ochish huquqi beriladi. Ushbu vakillar va xodimlar har ikki Ahdlashuvchi Tomon tegishli idoralaridan tasdiqdan oʻtkazish bilan tayinlanishlari lozim. Ular boshqa Ahdlashuvchi Tomon davlat hududida amal qilayotgan milliy qonunchiligiga rioya qilishlari zarur.
2. Har bir Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonasiga boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududida mahalliy xarajatlarni, shu jumladan, yoqilgʻi sotib olishni mahalliy valyutada toʻlashga ruxsat beriladi. Oʻz xohishiga koʻra har bir Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonasi boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududida bunday xarajatlarni mahalliy valyuta qoidalariga muvofiq erkin konvertatsiya qilinadigan valyutalarda toʻlashi mumkin.
3. Har bir tayinlangan aviakorxona boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududida oʻzining yer usti xizmatini amalga oshirish huquqiga ega (oʻz oʻziga xizmat koʻrsatish) yoki oʻz tanloviga binoan raqobatdosh agentlar orasidan bunday xizmatlarni toʻliq yoki qisman taqdim etish uchun tanlab olishi mumkin. Ushbu huquqlarga faqat aeroport xavfsizligi nuqtai nazaridan kelib chiqqan holda cheklovlar qoʻllaniladi. Basharti bunday fikrlar oʻz-oʻziga xizmat koʻrsatish imkoniyatini istisno qilsa, yer usti xizmatlari barcha tayinlangan aviakorxonalarga teng ravishda taqdim etiladi; toʻlovlar koʻrsatilgan xizmatlarning narxiga asoslanadi; va bunday xizmatlar oʻz-oʻziga xizmat koʻrsatish imkoni boʻlsa, mavjud boʻlgan xizmatlarning turi va sifati bilan taqqoslanishi lozim.
17-modda
Yigʻimlar
Yigʻimlar
Bir Ahdlashuvchi Tomon havo kemalari tomonidan aeroportdan va aeronavigatsiya vositalaridan foydalanishdagi ikkinchi Ahdlashuvchi Tomon tarafidan olinishi mumkin boʻlgan yoki olinishga ruxsat etilgan har qanday yigʻimlar muntazam xalqaro qatnovlarda band boʻlgan oʻz milliy havo kemalaridan olinadigan yigʻimlardan koʻp boʻlmasligi kerak.
18-modda
Maslahatlashuvlar
Maslahatlashuvlar
1. Yaqin hamkorlik ruhida mazkur Bitim va ilova qilingan jadvallarning nizomlarini toʻgʻri bajarish hamda toʻgʻri amal qilish uchun Ahdlashuvchi Tomonlar aviatsiya maʼmuriyatlari oʻrtasida maslahatlashuvlar olib boriladi hamda zarur boʻlgan paytda ularga oʻzgartirishlar kiritish masalalari boʻyicha bir-biriga maslahatlar beradilar.
2. Har bir Ahdlashuvchi Tomon xat yozishma yoʻli bilan maslahatlashuvlar oʻtkazishni soʻrashi mumkin, agar har ikki Ahdlashuvchi Tomon muddatni choʻzishga kelishib olmasalar maslahatlashuvlar soʻrov olingan sanadan boshlab oltmish (60) kun ichida boshlanishi lozim.
19-modda
Nizolarni hal qilish
Nizolarni hal qilish
1. Mazkur Bitimni sharhlash yoki qoʻllash bilan bogʻliq holda kelib chiqadigan har qanday bahs har ikki Ahdlashuvchi Tomon aviatsiya maʼmuriyatlari oʻrtasida toʻgʻridan toʻgʻri muzokaralar oʻtkazish yoʻli bilan hal qilinadi. Bunday muzokaralar bir Ahdlashuvchi Tomon boshqasidan ariza olgandan soʻng oltmish (60) kun ichida boshlanishi lozim.
2. Basharti Ahdlashuvchi Tomonlar ushbu moddaning 1-bandiga muvofiq kelishuvga kela olmasalar, ular ushbu bahsni koʻrib chiqish uchun maʼlum bir shaxs yoki tashkilotga berishi mumkin; agarda ular mazkur yoʻl bilan ham kelisha olmasalar, ushbu bahsni hal qilish uchun har bir Ahdlashuvchi Tomonning istagi bilan har bir Ahdlashuvchi Tomondan tayinlangan bittadan hakam va ushbu ikki hakam tomonidan tayinlangan yana bir hakamdan iborat, jami uchta hakamdan tashkil topgan hakamlar sudiga beriladi. Ahdlashuvchi Tomonlarning har biri hakamni har bir Ahdlashuvchi Tomon boshqasidan diplomatik kanallar boʻyicha ushbu hakamlar masalani hal qilishi haqidagi arizani olgandan soʻng 60 (oltmish) kundan kech boʻlmagan muddat ichida tayinlaydi, uchinchi hakam esa keyingi 60 (oltmish) kun ichida tayinlanadi. Basharti Ahdlashuvchi Tomonlardan biri hakamni koʻrsatilgan muddat ichida tayinlay olmasa yoki uchinchi hakam nomzodi koʻrsatilgan muddat ichida tasdiqlanmasa, Fuqaro aviatsiyasi xalqaro tashkiloti Kengashi Raisi Ahdlashuvchi Tomonlar xohlagan birining iltimosi bilan zaruriyatga qarab hakamni yoki hakamlarni tayinlashi mumkin. Basharti Rais Ahdlashuvchi Tomonlardan birining millatiga mansub boʻlsa, ushbu asosda diskvalifikatsiya qilinmagan eng katta Rais oʻrinbosari tayinlashni amalga oshiradi. Bu kabi hollarda uchinchi hakam uchinchi davlat fuqarosi boʻlishi hamda Hakamlar Sudi Raisi sifatida amal qilishi lozim.
3. Ahdlashuvchi Tomonlar ushbu moddaning 2-bandidagi barcha shartlarni bajarish majburiyatini oladilar.
4. Har bir Ahdlashuvchi Tomon oʻzi tayinlagan hakamning xarajatlarini oʻz zimmasiga oladi va har ikki Ahdlashuvchi Tomon Hakamlar sudi va uning raisi faoliyati bilan bogʻliq boshqa xarajatlarni oʻzaro teng boʻlib oladilar.
5. Basharti Ahdlashuvchi Tomonlardan biri yoki uning tayinlangan aviakorxonasi ushbu moddaga muvofiq qoʻyilgan shartlarni bajarishdan bosh tortsa, boshqa Ahdlashuvchi Tomon majburiyatlarni bajara olmayotgan Ahdlashuvchi Tomon yoki tayinlangan aviakorxonasiga mazkur Bitimga koʻra berilgan huquqlar yoki imtiyozlarni cheklashi, toʻxtatib qoʻyishi yoki bekor qilishi mumkin.
20-modda
Koʻp tomonlama Konvensiyaga muvofiqlik
Koʻp tomonlama Konvensiyaga muvofiqlik
Ikki Ahdlashuvchi Tomon ishtirokida havo transporti toʻgʻrisida koʻp tomonlama Konvensiya yoki Bitim tuzilsa, mazkur Bitim ushbu Konvensiya yoki Bitimning nizomlariga muvofiq kelishi uchun oʻzgartiriladi.
21-modda
IKAOda roʻyxatdan oʻtish
IKAOda roʻyxatdan oʻtish
Mazkur Bitim va unga kiritiladigan barcha oʻzgarishlar Fuqaro aviatsiyasi xalqaro tashkilotida (IKAO) roʻyxatdan oʻtkazilishi lozim.
22-modda
Oʻzgartirishlar
Oʻzgartirishlar
1. Basharti Ahdlashuvchi Tomonlardan biri Bitimning qismini tashkil etuvchi yoʻnalishlar va hajm bilan bir qatorda ushbu Bitimning xohlagan qoidalarini oʻzgartirishni lozim topsa, u mazkur Bitimning 18-moddasiga muvofiq taklif qilingan oʻzgartirishlar boʻyicha maslahatlashuvlar oʻtkazishni soʻrashi mumkin. Bu kabi maslahatlashuvlar maʼlumotlar almashinuvi yoʻli bilan amalga oshirilishi mumkin.
2. Basharti oʻzgartirish yoʻnalishlar va hajmga emas, balki faqat Bitimning qoidalariga kiritilsa, bunday oʻzgartirish har bir Ahdlashuvchi Tomon tarafidan tasdiqlanadi va mazkur Bitimning 24-moddasiga muvofiq kuchga kiradi. Ushbu oʻzgartirish mazkur Bitimning ajralmas qismi hisoblanadi.
3. Basharti oʻzgartirish Ilovaga kiritilsa, bunday oʻzgartirish har ikki Ahdlashuvchi Tomon aviatsiya maʼmuriyatlari oʻrtasida kelishib olinishi lozim.
23-modda
Bitim amal qilishini tugatish
Bitim amal qilishini tugatish
Ahdlashuvchi Tomonlarning har biri istalgan vaqtda boshqa Ahdlashuvchi Tomonni mazkur Bitimning amal qilishini tugatish istagida ekanligi toʻgʻrisida xabardor qilishi mumkin. Bunday xabarnoma bir vaqtning oʻzida Fuqaro aviatsiyasi xalqaro tashkiloti (IKAO)ga xam yuboriladi. Bunday holda, boshqa Ahdlashuvchi Tomon bunday xabarnomani olgan kundan eʼtiboran un ikki (12) oy oʻtganidan soʻng, basharti Bitimning amal qilishini toʻxtatish toʻgʻrisidagi xabarnoma ushbu muddat tugaguniga qadar Ahdlashuvchi Tomonlarning oʻzaro roziligiga binoan orqaga qaytarib olinmasa, Bitimning amal qilishi tugatiladi. Basharti boshqa Ahdlashuvchi Tomon xabarnoma olganligining tasdigʻi boʻlmasa, Fuqaro aviatsiyasi xalqaro tashkiloti xabarnoma olganidan soʻng oʻn toʻrt (14) kun oʻtgach boshqa Ahdlashuvchi Tomonning tasdigʻi olingan deb hisoblanadi.
24-modda
Bitimning kuchga kirishi
Bitimning kuchga kirishi
Mazkur Bitim Ahdlashuvchi Tomonlar tarafidan mazkur Bitimning kuchga kirishiga zarur boʻlgan huquqiy protseduralar milliy qonunchiligiga muvofiq yakunlanganligi toʻgʻrisida diplomatik kanallar orqali oxirgi yozma xabarnoma olingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Tegishli tartibda oʻz hukumatlaridan vakolat olgan quyida imzo chekuvchilar shunga guvohlik berib, mazkur Bitimni imzoladilar.
Toshkent shahrida 2021-yil 9-iyunda, ikki asl nusxada, har biri oʻzbek, arab va ingliz tillarida tuzildi, barcha matnlar bir xil kuchga ega. Talqin qilishda kelishmovchiliklar yuzaga kelgan taqdirda, ingliz tilidagi matn ustuvor hisoblanadi.
(imzolar)
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Qatar Davlati Hukumati oʻrtasida havo qatnovi toʻgʻrisida Bitimga
ILOVA
ILOVA
“Yoʻnalishlar jadvali”
a) Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan tayinlangan aviakorxonaga quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha har ikki tomonga muntazam havo qatnovlarini amalga oshirish huquqi beriladi:
|
Oʻzbekistondagi manzillar |
Oralik manzillar |
Qatardagi manzillar |
Tashqaridagi manzillar |
|
Istalgan manzillar |
Istalgan manzillar |
Istalgan manzillar |
Istalgan manzillar |
b) Qatar Davlati Hukumati tomonidan tayinlangan aviakorxonaga quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha har ikki tomonga muntazam havo qatnovlarini amalga oshirish huquqi beriladi:
|
Qatardagi manzillar |
Oraliq manzillar |
Oʻzbekistondagi manzillar |
Tashqaridagi manzillar |
|
Istalgan manzillar |
Istalgan manzillar |
Istalgan manzillar |
Istalgan manzillar |
Eslatma:
1. Bir Ahdlashuvchi Tomon tayinlangan aviakorxonasining boshqa Ahdlashuvchi Tomon davlat hududidagi manzillar va uchinchi mamlakatlar oʻrtasidagi manzillar oʻrtasida yoʻlovchilar, bagaj, yuk va pochta tashish uchun boʻlgan huquqi Ahdlashuvchi Tomonlarning aviatsiya maʼmuriyatlari oʻrtasida maxsus kelishuvga asosdir.
2. Ahdlashuvchi Tomonlarning davlat hududlaridagi joʻnash va belgilangan manzillarni mustasno etganda, har bir Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonasi parvozlarni kelishilgan qatnovlar boʻyicha amalga oshirish chogʻida yuqorida koʻrsatilgan oraliq yoki tashqaridagi manzillarda toʻxtamasdan oʻtishi mumkin.