17.11.2022 yildagi PQ-425-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qurilish loyihalarini amalga oshirishda nazorat mexanizmlarini takomillashtirish, jarayonning ochiqligi va shaffofligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat budjetidan ajratilayotgan mablagʻlarning maqsadli va samarali sarflanishini taʼminlash, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish orqali qurilish ustidan davlat va jamoatchilik nazorati mexanizmlarini takomillashtirish, ochiqlik va shaffoflikni taʼminlash maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 2023-yil 1-yanvardan boshlab Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturiga va Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladigan dasturlarga (keyingi oʻrinlarda — Dasturlar) kiritilgan loyihalar, shuningdek, tashabbusli budjetlashtirish jarayonlari asosida moliyalashtiriladigan qurilish-taʼmirlash ishlari boʻyicha loyihalar (keyingi oʻrinlarda — Loyihalar) doirasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
obyektlarning bosh loyiha-qidiruv va bosh qurilish-pudrat tashkilotlari Qurilish vazirligining “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimida inson omilisiz oʻtkaziladigan elektron tender (tanlov) savdolari orqali aniqlanishi taʼminlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Shaffof qurilish” milliy axborot tizimida oʻtkazilgan tender (tanlov) savdolari yakuni, shuningdek, qonunchilik hujjatlariga muvofiq toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar boʻyicha buyurtmachi bilan loyiha-qidiruv va qurilish-pudrat tashkilotlari oʻrtasidagi loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va pudrat ishlarini bajarish toʻgʻrisidagi shartnomalar mazkur tizimda elektron raqamli imzo orqali tuzilsin hamda roʻyxatdan oʻtkazish yoki hisobga olish uchun Moliya vazirligining Davlat moliyasini boshqarish axborot tizimiga elektron shaklda yuborilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tasdiqlangan manzilli roʻyxatlarga kiritilgan har bir obyekt identifikatsiya raqami berilgan holda, “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimiga kiritilsin hamda ular boʻyicha har qanday oʻzgartirish yoki qoʻshimchalar mazkur axborot tizimida aks ettirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xavf-xatar toifasidan qatʼi nazar, barcha obyektlar qurilish-montaj ishlarini boshlash uchun vakolatli organda roʻyxatdan oʻtkazilishi va nazoratga olinishi taʼminlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha hokim yordamchisi, mahalla faollari va yoshlar yetakchilari, ommaviy axborot vositalari va boshqa jamoat tashkilotlari tegishli hududda Dasturlar va Loyihalar doirasida amalga oshirilayotgan ishlarning holati, sifati hamda koʻlami ustidan jamoatchilik nazoratini oʻrnatsin, unda aniqlangan kamchiliklar haqida Davlat dasturlari ijro etilishini nazorat qilish va muvofiqlashtirish boʻyicha tuman (shahar) shtablariga maʼlumot taqdim etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Shaffof qurilish” milliy axborot tizimida obyektlar boʻyicha aniqlangan bosh pudrat tashkiloti tomonidan ishlar bajarilganligini (tovarlar yetkazib berilganligini) tasdiqlovchi dalolatnoma uning mazkur tizimdagi shaxsiy kabinetida elektron tarzda shakllantirilib, buyurtmachi tashkilot bilan elektron tarzda kelishilsin. Bunda, buyurtmachi tomonidan hisobvaraq-fakturalar Davlat moliyasini boshqarish axborot tizimiga moliyalashtirish uchun elektron shaklda yuboriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Shaffof qurilish” milliy axborot tizimidagi loyiha-qidiruv va qurilish-pudrat tashkilotlarining reytingida mavjud boʻlgan korxonalar, ularning reytingini hisoblash mezonlari kesimidagi ballari, Dasturlar hamda Loyihalardagi har bir obyektning shaharsozlik hujjatlari, obyektda bajarilgan ish hajmlari va moliyalashtirilgan mablagʻlar haqidagi maʼlumotlar tizimda real vaqt rejimida jamoatchilik uchun ochiq eʼlon qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Bosh prokuratura (N. Yoʻldoshev):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Dasturlar va Loyihalar doirasida quyidagi yoʻnalishlarda nazoratni kuchaytirsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dasturlarning manzilli roʻyxatini shakllantirish, obyektlarni moliyalashtirish va qurilish-taʼmirlash ishlarini olib borish tadbirlarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi hamda boshqa davlat dasturlari ijrosi ustidan nazoratni kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-43-son qarori bilan belgilangan talablar asosida amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har bir obyekt boʻyicha yer maydoni ajratish, loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va ekspertiza qilish, tender (tanlov) savdolarini oʻtkazish va moliyalashtirish tadbirlarini qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddatlarda bajarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
obyektda qurilish-taʼmirlash ishlarini amalga oshirishda arxitektura, shaharsozlik va boshqa qonunchilik hujjatlariga qatʼiy rioya etilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyiha-smeta hujjatlarida ortiqcha ish hajmlari koʻrsatilishi va mahsulotlar narxlari asossiz oshirilgan holda kiritilishining oldini olish choralarini koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilishi tugallangan obyektlarni foydalanishga topshirish va qabul qilish talablariga rioya etilishini taʼminlash, ushbu jarayonda ortiqcha byurokratiyaga yoʻl qoʻyilmaslik choralarini koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy va yuridik shaxslarning Dastur va Loyihalar doirasidagi qurilishlar bilan bogʻliq murojaatlarini oʻrganish, ularning buzilgan huquqlarini tiklash, qonun buzilishiga yoʻl qoʻygan shaxslarga nisbatan qonun ustuvorligi va jazo muqarrarligini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) har chorakda viloyat, tuman (shahar) prokurorlari va ularga tenglashtirilgan prokurorlar tomonidan qurilish sohasida korrupsiya va qonun buzilishi holatlarining oldini olish yuzasidan koʻrilayotgan chora-tadbirlar haqida keng jamoatchilikka axborot berib borilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tashabbusli budjetlashtirish jarayonlari doirasida amalga oshiriladigan qurilish-taʼmirlash ishlari boʻyicha buyurtmachilar etib:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichki avtomobil yoʻllari boʻyicha — Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi tizimidagi buyurtmachi tashkilotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichimlik suv taʼminoti va oqova suv tizimi obyektlari boʻyicha — “Suv taʼminoti va oqova suv obyektlari qurilishi boʻyicha injiniring kompaniyasi” unitar korxonasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektr energiyasi va gaz taʼminoti obyektlari hamda aloqa tarmoqlari boʻyicha — tegishincha “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, “Hududgaztaʼminot” AJ va “Oʻzbektelekom” AK;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy soha obyektlari, mahalla fuqarolar yigʻinlari idoralari, obodonlashtirish, tungi yoritish uskunalarini oʻrnatish ishlari va boshqa obyektlar boʻyicha — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyalari hamda ushbu obyektlarni saqlash bilan bogʻliq taʼmirlash ishlari boʻyicha — tegishli tarmoq korxonalari belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Qurilish vazirligi (B. Zakirov):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Transport vazirligi (I. Maxkamov) va Bosh prokuratura (N. Yoʻldoshev) bilan birgalikda 2023-yil 1-yanvarga qadar Qurilish vazirligi huzuridagi Qurilish sohasida nazorat inspeksiyasi va Transport vazirligi huzuridagi Yoʻl-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish inspeksiyasi ish uslublarini toʻliq qayta koʻrib chiqib, qurilish obyektlarini roʻyxatga olishdan boshlab, foydalanishga qabul qilishgacha boʻlgan barcha jarayonlarni raqamlashtirsin hamda “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimining vazirlik va idoralarning avtomatlashtirilgan real vaqt rejimida ishlovchi monitoring tizimlari bilan integratsiya qilinishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (A. Boboyev), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimida 2023-yil 1-yanvarga qadar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dasturlar va Loyihalarning roʻyxatlarini yuritish, ularga kiritiladigan barcha oʻzgartirish va qoʻshimchalarni aks ettirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bosh pudrat tashkiloti tomonidan ishlar bajarilganligini (tovarlar yetkazib berilganligini) tasdiqlovchi dalolatnomalarni uning shaxsiy kabinetida elektron shaklda rasmiylashtirish, buyurtmachi bilan elektron tarzda kelishish va buyurtmachi tomonidan hisobvaraq-fakturani Davlat moliyasini boshqarish axborot tizimiga moliyalashtirish uchun elektron shaklda yuborish imkoniyatini yaratsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Shermatov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov) bilan birgalikda bir oy muddatda “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimidagi loyiha-qidiruv va qurilish-pudrat tashkilotlarining reytingida mavjud boʻlgan korxonalar hamda ularning reytingini hisoblash mezonlari kesimidagi ballari, Dasturlar va Loyihalardagi har bir obyektning shaharsozlik hujjatlari, obyektda bajarilgan ish hajmlari va moliyalashtirilgan mablagʻlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tizimda real vaqt rejimida jamoatchilik uchun ochiq eʼlon qilinishini taʼminlash choralarini koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) ikki oy muddatda qurilishi tugallangan obyektlarni qabul qilish va foydalanishga topshirish boʻyicha tuziladigan komissiyalarning tarkibini shakllantirish boʻyicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) uch oy muddatda Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan qurilish-taʼmirlash ishlari amalga oshiriladigan obyektlarda jamoatchilik nazoratini amalga oshirishda loyiha-qidiruv va qurilish-pudrat tashkilotlari reytingi va elektron tender (tanlov) savdolari bilan bogʻliq jarayonlarni hamda qurilish obyektlaridagi kamchiliklar va qonun buzilish holatlarini aks ettiruvchi foto va video materiallarni yuklash imkonini beruvchi “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimining mobil ilovasini yaratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Moliya vazirligi (T. Ishmetov) ikki oy muddatda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (A. Burxanov), Qurilish vazirligi (B. Zakirov) bilan birgalikda Insofsiz ijrochilarning yagona reyestrini shakllantirish tartibini tasdiqlasin hamda ushbu reyestrning “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi bilan integratsiya qilinishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (A. Boboyev) Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Qurilish vazirligi (B. Zakirov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2023-yil 1-aprelga qadar Dasturlarga kiritiladigan obyektlarning manzilli roʻyxatini “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi orqali shakllantirish imkoniyatini yaratish boʻyicha texnik topshiriqni ishlab chiqsin hamda kelgusida Dasturlar ushbu tizimda shakllantirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Hisob palatasi (B. Turabov) Dasturlar va Loyihalar asosida moliyalashtiriladigan obyektlarga ajratilgan mablagʻlarning maqsadli hamda samarali ishlatilishini nazorat qilib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Bosh prokuratura (N. Yoʻldoshev) ikki oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu qaror bilan joriy etilayotgan tartibning mazmun-mohiyatini tushuntirish boʻyicha masʼul vazirlik va idoralar, loyiha-qidiruv va qurilish-pudrat tashkilotlari vakillari ishtirokida oʻquv seminarlari oʻtkazilishini, ular oʻrtasida targʻibot ishlari olib borilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi R.A. Gulyamov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining oʻrinbosari D.B. Kadirov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 17-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-425-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.11.2022-y., 07/22/425/1024-son)