Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING DAVLAT SUV KADASTRINI ISHLAB CHIQISH VA YURITISH TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 22-iyundagi 317-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
“Suv va suvdan foydalanish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat kadastrlari yagona tizimining tashkil etilishini va amal qilishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasining Davlat suv kadastrini ishlab chiqish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi ilova qilinayotgan Nizom tasdiqlansin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari I.H. Joʻrabekov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1998-yil 7-yanvar,
11-son
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat suv kadastrini ishlab chiqish va yuritish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
Umumiy qoidalar
1. Davlat suv kadastri (keyingi oʻrinlarda matnda DSK deb ataladi) “Suv va suvdan foydalanish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, suv resurslaridan oqilona foydalanishni tashkil etish, suv xoʻjaligi munosabatlarini tartibga solish, xoʻjalik faoliyatini, ekologik vaziyatni baholash maqsadida ishlab chiqiladi va yuritiladi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat kadastrlari yagona tizimining tarkibiy qismi hisoblanadi.
2. Davlat suv kadastri yagona davlat suv fondini tashkil etuvchi suv obyektlari, suv resurslari, suv rejimi, sifati va undan foydalanish haqidagi, shuningdek, suvdan foydalanuvchilar toʻgʻrisidagi tartibga solingan, doimiy toʻldirib boriladigan va zarurat boʻlganda aniqlashtiriladigan maʼlumotlar toʻplamini ifodalaydi.
3. Yer usti va yer osti suv obyektlari va ularning resurslari Davlat suv kadastrining obyektlari hisoblanadi.
4. Tabiiy suv resurslarini, ulardan miqdor va sifat koʻrsatkichlari boʻyicha foydalanishni har tomonlama oʻrganish va baholash, suvdan foydalanish huquqini va suvdan xoʻjalik maqsadlarida foydalanishni roʻyxatdan oʻtkazish Davlat suv kadastrining predmeti hisoblanadi.
Suv resurslarini baholash deganda ham yil davomida, ham koʻp yillar davomida standart gidrometrik asboblar bilan oʻlchash orqali ularni miqdor va sifat koʻrsatkichlari boʻyicha muntazam hisobga olish, olingan maʼlumotlarning ishonchliligi tahlili, ularni standart usullar bilan qayta ishlash va turli hududiy va vaqt birliklari boʻyicha umumlashtirish tushuniladi.
5. Davlat suv kadastri davlat hokimiyati organlarini, yuridik va jismoniy shaxslarni suv obyektlari, suv resurslari, suv rejimi, sifati va undan foydalanish, shuningdek, suvdan foydalanuvchilar toʻgʻrisidagi zarur maʼlumotlar bilan taʼminlash uchun moʻljallangan.
6. Eng kam chiqimlar bilan zamonaviy darajada axborotlarni toʻplash, umumlashtirish, saqlash va taqdim etish texnologiyasini doimiy ravishda takomillashtirib borish yoʻli bilan suv resurslari va suv obyektlari haqida ishonchli axborotni olish va saqlash Davlat suv kadastrining asosiy vazifasi hisoblanadi.
7. Suv obyektlari va suvdan foydalanuvchilarni roʻyxatdan oʻtkazish, suv miqdori va sifatini hisobga olish, suv resurslarini va ulardan foydalanishni baholash Davlat suv kadastrining tarkibiy qismlari hisoblanadi.
8. Quyidagilar Davlat suv kadastrini yuritishning asosiy prinsiplari hisoblanadi:
respublikaning barcha suv obyektlarini qamrab olish;
suv resurslarini va ulardan foydalanishni hisobga olishning yagona tizimini qoʻllash;
boshlangʻich kadastr axborotini qayta ishlash usulining yagonaligi;
Davlat kadastrlari yagona tizimi talablarini hisobga olish;
Davlat suv kadastrini yuritish boʻyicha ishlarga markazlashtirilgan tartibda rahbarlik qilish;
suv-kadastr axborotining ishonchliligi, koʻrgazmaliligi va hujjatlarga asoslanganligi;
Davlat suv kadastrini yuritish boʻyicha ishlarning uzluksizligi;
kadastrni yuritishning avtomatlashtirilgan axborot tizimi faoliyat koʻrsatishi;
suv kadastrini yuritish boʻyicha ishlarning tejamliligi;
foydalanuvchilar doirasi cheklangan maʼlumotlarning maxfiyligi.
9. Davlat suv kadastri respublika suv obyektlari toʻgʻrisidagi axborotni qayta tiklashning toʻliq turkumini tashkil etuvchi asosiy va joriy turlarni oʻz ichiga oladi.
10. Davlat suv kadastri Davlat kadastrlari yagona tizimining asosiy tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi.
11. Belgilangan tartibda qabul qilingan suv-kadastr axboroti suv va suv xoʻjaligi munosabatlarini tartibga solishda, suvdan foydalanish bilan bogʻliq ijtimoiy, iqtisodiy va ekologik vazifalarni hal etishda majburiy yuridik kuchga egadir.
Oldingi tahrirga qarang.
12. Quyidagilar Davlat suv kadastrini yuritadilar: Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati markazi — yer usti suvlari boʻlimi boʻyicha, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi — yer osti suvlari boʻlimi boʻyicha, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi — suvdan foydalanish boʻlimi boʻyicha.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 18-avgustdagi 644-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 34-son, 889-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
I. Davlat suv kadastrining mazmuni
13. Respublika hududida suv obyektlarini roʻyxatdan oʻtkazish, suv resurslari, ularning rejimi, foydalanish, shuningdek suvdan foydalanuvchilar toʻgʻrisidagi miqdor va sifat baho koʻrsatkichlari haqida ishonchli, zamonaviy va tejamli axborotlarni olish, tartibga solish, saqlash va ularni foydalanuvchilarga berishning texnologik jarayoni Davlat suv kadastrining mazmuni hisoblanadi.
14. DSK maʼlumotlari quyidagilarda foydalanish uchun moʻljallanadi:
suvdan foydalanishni joriy va istiqbolli rejalashtirish hamda suvni muhofaza qilish tadbirlarini amalga oshirish;
mamlakat hududida ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish;
suvdan kompleks foydalanish va uni muhofaza qilish sxemalarini hamda suv xoʻjaligi balanslarini tuzish;
suvdan foydalanish bilan bogʻliq boʻlgan suv xoʻjaligi, transport, sanoat korxonalari hamda boshqa korxonalar va inshootlarni loyihalashtirish;
gidrologik va gidrogeologik sharoitlar, daryolarda suv hajmi va suv sifati oʻzgarishlarini prognozlash;
suv xoʻjaligi tizimlari ishi samaradorligini oshirish tadbirlarini ishlab chiqish;
suvni isteʼmol qilish va chiqarib yuborishni, shuningdek, suv sifati koʻrsatkichlarini normalashtirish;
suvning zararli taʼsirining oldini olish va uni bartaraf etish tadbirlarini ishlab chiqish;
suvdan oqilona foydalanish va uni muhofaza qilish tadbirlari oʻtkazilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish;
suvdan foydalanuvchilar oʻrtasidagi, shuningdek, suvdan foydalanuvchilar bilan boshqa manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslar oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlarni tartibga solish;
suvdan foydalanish va uni muhofaza qilish bilan bogʻliq boshqa masalalarni hal etish.
15. Davlat suv kadastri suv va suv xoʻjaligi obyektlarining quyidagi turlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga oladi:
Suv obyektlari
Daryolar; turli suv tizimlarini birlashtiruvchi, oqar suvni hududiy qayta taqsimlashga yoki sugʻorishga xizmat qiluvchi kanallar; koʻllar va suv omborlari; muzliklar; yer osti suvlari (havzalar, suvli gorizontlar, konlar).
Suv xoʻjaligi obyektlari (inshootlari)
Gidrouzellar va suv omborlari; suv obyektlaridan suv olishga moʻljallangan inshootlar (kanallar, nasos qurilmalari, foydalanish quduqlari va boshqalar); oqar suvni hududiy qayta taqsimlashga xizmat qiluvchi kanallar; foydalanilgan va shaxta suvlarini suv obyektlariga tashlash inshootlari (kollektorlar, drenaj va suv toʻplanadigan kanallar, quvursimon suv chiqargichlar va boshqalar); foydalanilgan suvlarni tozalash inshootlari.
16. DSK maʼlumotlari quyidagilarga boʻlinadi: arxiv materiallari (daftarchalar, jadvallar, oʻzi yozadigan texnikaning lentalari va boshqalar); uzoq muddatli texnik manbalardagi maʼlumotlar; eʼlon qilinadigan materiallar (suv va suv xoʻjaligi obyektlari kataloglari, har yilgi va koʻp yillik maʼlumotlar va boshqalar).
Oldingi tahrirga qarang.
17. DSK maʼlumotlari tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzgidromet” markazi, Davlat geologiya qoʻmitasi hamda Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi tomonidan tasdiqlangan “Suv kadastri maʼlumotlari tarkibi” nomli normativ-texnik hujjat bilan belgilanadi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 14-apreldagi 183-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 15-son, 179-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
18. DSK nashrlari tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzgidromet” markazi, Davlat geologiya qoʻmitasi hamda Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan Suv kadastrining eʼlon qilinadigan qismi tuzilmasi bilan belgilanadi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 14-apreldagi 183-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 15-son, 179-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
19. DSK maʼlumotlari foydalanuvchilarga pulli nashrlar tarzida va soʻrov boʻyicha (belgilangan tartibda) taqdim etiladi.
DSKning chop etilayotgan nashrlari, soʻrov boʻyicha beriladigan maʼlumotlar turlari hamda ularni berish tartibi toʻgʻrisida foydalanuvchilarga axborot berish uchun “Oʻzgidromet” markazi tomonidan Davlat geologiya qoʻmitasi hamda Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda “Suv kadastri axborotnomasi” nashr etiladi.
(19-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 14-apreldagi 183-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 15-son, 179-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
20. Suv obyektlari turlariga hamda suvni va undan foydalanishni oʻrganish boʻyicha vazifalar taqsimotiga muvofiq DSK quyidagi boʻlimlarga boʻlinadi:
Yer usti suvlari;
Yer osti suvlari;
Suvdan foydalanish.
21. Suv obyektlari sonini va holatini hisobga olish obyektlarning hajmi, holati, oʻrganilganlik darajasi va muhimligiga qarab kartografiya, gidrogeologiya va geodeziya usullari bilan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
22. Suv obyektlari rejimini oʻrganish tegishli idoralar tomonidan tasdiqlangan hamda “Oʻzgidromet” markazi bilan kelishilgan standart usullar boʻyicha standart asboblar vositasida olib boriladi.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 14-apreldagi 183-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 15-son, 179-modda)
II. Davlat suv kadastrini ishlab chiqish va yuritishni tashkil etish.
Davlat suv kadastrini tashkil etish va yuritishning umumiy masalalari
Oldingi tahrirga qarang.
23. Davlat suv kadastri maʼlumotlari respublika, viloyatlar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududlari, daryo havzalari, havza irrigatsiya tizimlari boʻyicha, yer osti suvlari boʻlimi boʻyicha esa gidrogeologiya mintaqalari boʻyicha ham tizimlashtiriladi va nashr etiladi.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 24-sentabrdagi 411-sonli qarori tahririda— OʻR QHT, 2003-y., 17-18-son, 156-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
24. Yer usti suv resurslari, ularning sifati va xoʻjalik faoliyati taʼsiridagi oʻzgarishlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar suv obyektlari va ularning maydonlari, davlat va davlatlararo ahamiyatga ega boʻlgan daryo havzalari, havza irrigatsiya tizimlari, viloyatlar va umuman respublika boʻyicha umumlashtiriladi.
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 24-sentabrdagi 411-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 17-18-son, 156-modda)
25. Yer osti suv resurslari, ularning sifati va xoʻjalik faoliyati taʼsiridagi oʻzgarishlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar konlar, daryo havzalari va ularning maydonlari, suvli gorizontlar va yer osti suvlari havzalari, viloyatlar hamda umuman respublika boʻyicha umumlashtiriladi.
26. Yer osti suvlari resurslarini baholash ularning yer usti suvlari bilan oʻzaro bogʻliqligini hisobga olgan holda amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
27. Suvdan foydalanish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar davlat ahamiyatiga ega boʻlgan daryo havzalari, havza irrigatsiya tizimlari, alohida muhim suv xoʻjaligi obyektlari, viloyatlar va umuman respublika boʻyicha, shuningdek, suvdan foydalanish turlari va iqtisodiyot tarmoqlari boʻyicha umumlashtiriladi.
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 24-sentabrdagi 411-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 17-18-son, 156-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
28. Davlat suv kadastrini yuritish tizimining yagonaligini taʼminlash uchun Davlat geologiya qoʻmitasi hamda Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi tomonidan (Davlat suv kadastrining tegishli boʻlimlari boʻyicha) ishlab chiqiladigan Davlat suv kadastrini yuritishga oid uslubiy koʻrsatmalar, Davlat suv kadastri nashrlari maketlari va Davlat suv kadastri boʻyicha boshqa normativ-texnik hujjatlar “Oʻzgidromet” markazi bilan kelishib olinishi kerak.
(28-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 14-apreldagi 183-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 15-son, 179-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
29. Suvdan foydalanuvchilarni suv resurslari va ulardan foydalanish toʻgʻrisidagi zarur maʼlumotlar bilan taʼminlashda tezkorlikni oshirish, shuningdek, isteʼmolchilarning talablarini hisobga olgan holda maʼlumotlarni qayta ishlash va umumlashtirish darajasini oshirish uchun “Oʻzgidromet” markazi, Davlat geologiya qoʻmitasi hamda Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi tomonidan suv kadastrining avtomatlashtirilgan axborot tizimi tashkil etiladi.
(29-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 14-apreldagi 183-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 15-son, 179-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
30. Davlat suv kadastrining avtomatlashtirilgan axborot tizimi “Oʻzgidromet” markazi, Davlat geologiya qoʻmitasi hamda Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan yagona texnik topshiriq asosida “Oʻzgidromet” markazi, Davlat geologiya qoʻmitasi hamda Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining tarmoq axborot tizimlari negizida loyihalashtiriladi va tashkil etiladi.
(30-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 14-apreldagi 183-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 15-son, 179-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
31. Davlat suv kadastrini yuritish uchun yer usti suvlari, yer osti suvlari va suvdan foydalanish boʻlimlari boʻyicha Davlat suv kadastrining idoralararo bosh markazi, Davlat suv kadastri idoralarga qarashli bosh markazlari tashkil etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
32. Davlat suv kadastri idoralararo bosh markazi funksiyasini “Oʻzgidromet” markazining gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot instituti bajaradi.
(32-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 18-avgustdagi 644-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 34-son, 889-modda)
33. Davlat suv kadastrining idoralararo bosh markazlarining, Davlat suv kadastrining hududiy markazlari va mahalliy organlarining funksiyasi (“Yer usti suvlari”, “Yer osti suvlari” va “Suvdan foydalanish” boʻlimlari boʻyicha) tegishli normativ hujjatlar bilan belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati markazining Davlat suv kadastrini yuritish boʻyicha funksiyalari
(boʻlim nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 18-avgustdagi 644-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 34-son, 889-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
34. Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati markazi:
(34-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 18-avgustdagi 644-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 34-son, 889-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
a) Davlat geologiya qoʻmitasi hamda Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda Davlat suv kadastrining umumiy prinsiplarini va ilmiy-uslubiy asoslarini, Davlat suv kadastrini yuritish, Davlat suv kadastrining avtomatlashtirilgan axborot tizimini loyihalash va tashkil etish tartibini ishlab chiqadi;
Keyingi tahrirga qarang.
b) Davlat suv kadastrini tashkil etish va yuritishga oid barcha ishlarni muvofiqlashtiradi, yoʻnaltiradi va birlashtiradi;
v) Davlat geologiya qoʻmitasi hamda Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda Davlat suv kadastrining idoralararo normativ-texnik hujjatlarini (shu jumladan Davlat suv kadastrining qoʻshma nashrlari maketini), shuningdek, Davlat suv kadastrining avtomatlashtirilgan axborot tizimi uchun idoralararo loyiha hujjatlarini ishlab chiqadi;
Keyingi tahrirga qarang.
g) Davlat geologiya qoʻmitasi hamda Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi tomonidan ishlab chiqiladigan Suv kadastrini yuritishga oid uslubiy koʻrsatmalarni, DSK nashrlari maketini va DSKga oid boshqa normativ-texnik hujjatlarni, shuningdek, DSKning avtomatlashtirilgan axborot tizimi uchun loyiha hujjatlarini kelishib oladi;
Keyingi tahrirga qarang.
d) Davlat geologiya qoʻmitasi hamda Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi mutaxassislarini jalb qilgan holda yer usti suvlari va yer osti suvlari hamda ulardan foydalanish toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni yigʻma tahlil qilishni, bogʻlashni va umumlashtirishni bajaradi, Davlat suv kadastrining qoʻshma nashrlarini chiqarishga tayyorlaydi va nashr qiladi;
Keyingi tahrirga qarang.
e) Davlat geologiya qoʻmitasi hamda Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda Davlat suv kadastri axborotnomasini nashr etishga tayyorlaydi;
Keyingi tahrirga qarang.
j) “Yer usti suvlari” boʻlimi boʻyicha Davlat suv kadastrini ishlab chiqishni va yuritishni, shu jumladan:
boʻlim boʻyicha Davlat suv kadastrini (jumladan, Davlat suv kadastrining avtomatlashtirilgan axborot tizimini) yuritish tizimini ishlab chiqish va takomillashtirishni;
yer usti suvlarining klassifikatorlarini ishlab chiqishni;
yer usti suvlari toʻgʻrisidagi axborotlarni toʻplash, nazorat qilish, qayta ishlash va umumlashtirishga oid usullarni, algoritmlarni va mashinalashtirilgan dasturlarni ishlab chiqishni;
axborotlarni kodlashtirish va saqlash usullarini ishlab chiqishni;
boʻlim boʻyicha Davlat suv kadastrining avtomatlashtirilgan axborot tizimi funksional va idoraviy kichik tizimlarni loyihalash, sinash, joriy etish va takomillashtirishni;
Suv kadastri hududiy markazlari va mahalliy organlari uchun Davlat suv kadastrini yuritishga oid uslubiy koʻrsatmalarni, boʻlim boʻyicha Suv kadastri nashrlari maketlarini va boshqa normativ-texnik hujjatlarni ishlab chiqishni;
yer usti suvlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni yigʻish, nazorat qilish, qayta ishlash, saqlash va ularni foydalanuvchilar soʻroviga koʻra berishni;
yer usti suvlari resurslarini joriy va istiqbol uchun hamda ularning xoʻjalik faoliyati taʼsiridagi oʻzgarishlarini baholashni;
Davlat suv kadastri nashrlarini chiqarishga va eʼlon qilishga tayyorlashni;
oʻziga qarashli muassasalar hamda tashkilotlar tomonidan bajariladigan Davlat suv kadastrini ishlab chiqish va yuritishga oid ishlarga rahbarlik qilish, rejalashtirish va ularning bajarilishini nazorat qilishni amalga oshiradi.
35. “Yer osti suvlari” va “Suvdan foydalanish” boʻlimlari boʻyicha Davlat suv kadastrini yuritish uchun zarur boʻlgan yer usti suvlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Davlat geologiya qoʻmitasiga hamda Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligiga berilishini taʼminlaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
(boʻlim nomi va 34-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 14-apreldagi 183-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 15-son, 179-modda)
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasining Davlat suv kadastrini yuritish boʻyicha funksiyalari
36. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi:
“Yer osti suvlari” boʻlimi boʻyicha Davlat kadastrini ishlab chiqishni va uni yuritishni, shu jumladan:
boʻlim boʻyicha Davlat suv kadastrini (jumladan, Davlat suv kadastrining avtomatlashtirilgan axborot tizimini) yuritish tizimini ishlab chiqish va takomillashtirishni;
yer osti suvlarining klassifikatorlarini ishlab chiqishni;
yer osti suvlari toʻgʻrisidagi axborotlarni toʻplash, nazorat qilish, qayta ishlash va umumlashtirishga oid usullarni, algoritmlarni va mashinalashtirilgan dasturlarni ishlab chiqishni;
axborotlarni kodlashtirish va saqlash usullarini ishlab chiqishni;
boʻlim boʻyicha Davlat suv kadastrining avtomatlashtirilgan axborot tizimi funksional kichik tizimlarni loyihalash, sinash, joriy etish va takomillashtirishni;
Suv kadastri hududiy markazlari va mahalliy organlari uchun Davlat suv kadastrini yuritishga oid uslubiy koʻrsatmalarni, boʻlim boʻyicha Suv kadastri nashrlari maketlarini va boshqa normativ-texnik hujjatlarni ishlab chiqishni;
yer osti suvlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni yigʻish, nazorat qilish, qayta ishlash, saqlash va ularni foydalanuvchilar soʻroviga koʻra berishni;
yer osti suvlari resurslarini joriy va istiqbol uchun hamda ularning xoʻjalik faoliyati taʼsiridagi oʻzgarishlarini baholashni;
“Yer osti suvlari” boʻlimi boʻyicha Davlat suv kadastri nashrlarini chiqarishga va eʼlon qilishga tayyorlashni;
oʻziga qarashli muassasalar hamda tashkilotlar tomonidan bajariladigan Davlat suv kadastrini ishlab chiqish va yuritishga oid ishlarga rahbarlik qilish, rejalashtirish va ularning bajarilishini nazorat qilishni amalga oshiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
37. Davlat suv kadastrini yuritish boʻyicha uslubiy koʻrsatmalar loyihalarini, Davlat suv kadastri nashrlari maketlarini va Davlat suv kadastrining boshqa normativ-texnik hujjatlarini, shuningdek, “Yer osti suvlari” boʻlimi boʻyicha Davlat suv kadastrining avtomatlashtirilgan axborot tizimiga loyiha hujjatlarini kelishib olish uchun Gidrometeorologiya xizmati markaziga taqdim etadi.
(37-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 14-apreldagi 183-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 15-son, 179-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
38. “Yer usti suvlari” boʻlimi boʻyicha Davlat suv kadastrining idoralararo qoʻshma nashrlarini tayyorlash va Davlat suv kadastrini yuritish uchun zarur boʻlgan yer osti suvlariga oid materiallarning Gidrometeorologiya xizmati markaziga berilishini taʼminlaydi.
(38-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 14-apreldagi 183-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 15-son, 179-modda)
39. “Suvdan foydalanish” boʻlimi boʻyicha Davlat suv kadastrini yuritish uchun zarur boʻlgan maʼlumotlarning Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligiga berilishini taʼminlaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining Davlat suv kadastrini yuritish boʻyicha funksiyalari
Keyingi tahrirga qarang.
40. Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi:
Keyingi tahrirga qarang.
“Suvdan foydalanish” boʻlimi boʻyicha Davlat suv kadastrini ishlab chiqishni va uni yuritishni, shu jumladan:
Davlat suv kadastrini (jumladan, Davlat suv kadastrining avtomatlashtirilgan axborot tizimini) yuritish tizimini ishlab chiqishni va takomillashtirishni;
suvdan foydalanish toʻgʻrisidagi axborotlarni nazorat qilish, qayta ishlash va umumlashtirishga oid usullar, algoritmlarni hamda mashinalashtirilgan dasturlarni ishlab chiqishni;
axborotlarni kodlashtirish va saqlash usullarini ishlab chiqishni;
Suv kadastri avtomatlashtirilgan axborot tizimining funksional kichik tizimlarini loyihalashni, sinashni, joriy etishni va takomillashtirishni;
Oldingi tahrirga qarang.
irrigatsiya tizimlarining havza boshqarmalari, magistral kanallar (tizimlar) boshqarmalari va irrigatsiya tizimlari boshqarmalari uchun Davlat suv kadastrini yuritish boʻyicha uslubiy koʻrsatmalarni, Davlat suv kadastri nashrlari maketlarini va Davlat suv kadastrining boshqa normativ-texnik hujjatlarini ishlab chiqishni;
(40-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 24-sentabrdagi 411-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 17-18-son, 156-modda)
suvdan foydalanuvchilar, yer usti va yer osti suvlaridan foydalanish toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni yigʻish, nazorat qilish, qayta ishlash, saqlash va berishni;
suvdan foydalanishni joriy va istiqbol uchun baholashni hamda suv xoʻjaligi hisobot balanslarini tuzishni;
“Suvdan foydalanish” boʻlimi boʻyicha Davlat suv kadastri nashrlarini chiqarishga va eʼlon qilishga tayyorlashni;
oʻziga qarashli muassasa hamda tashkilotlar tomonidan bajariladigan Davlat suv kadastrini ishlab chiqish va yuritishga oid ishlarga rahbarlik qilish, rejalashtirish va ularning bajarilishini nazorat qilishni amalga oshiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
41. Davlat suv kadastrini yuritish boʻyicha uslubiy koʻrsatmalar loyihalarini, Davlat suv kadastri nashrlari maketlarini va Davlat suv kadastrining boshqa normativ-texnik hujjatlarini, shuningdek, “Suvdan foydalanish” boʻlimi boʻyicha Davlat suv kadastrining avtomatlashtirilgan axborot tizimiga oid loyiha hujjatlarini kelishib olish uchun Gidrometeorologiya xizmati markaziga taqdim etadi.
(41-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 14-apreldagi 183-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 15-son, 179-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
42. “Yer usti suvlari” boʻlimi boʻyicha Davlat suv kadastrining idoralararo qoʻshma nashrlarini tayyorlash va Davlat suv kadastrini yuritish uchun zarur boʻlgan suvdan foydalanishga oid materiallarning Gidrometeorologiya xizmati markaziga berilishini taʼminlaydi.
(42-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 14-apreldagi 183-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 15-son, 179-modda)
43. “Yer osti suvlari” boʻlimi boʻyicha Davlat suv kadastrini yuritish uchun zarur boʻlgan maʼlumotlarning Davlat geologiya qoʻmitasiga berilishini taʼminlaydi.
Keyingi tahrirga qarang.