08.11.2022 yildagi 653-son
O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xizmatlar sohasini rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2022-yil 27-yanvardagi PQ-104-son hamda “Aholini xalqaro brendlarning sifatli mahsulotlari bilan ta’minlash va mahalliy korxonalarning global qo‘shilgan qiymat zanjirlariga kirishi uchun qo‘shimcha sharoit yaratishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2022-yil 12-oktabrdagi PQ-393-son qarorlariga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-maydagi 255-son qarori bilan tasdiqlangan Sotib olingan tovarlar (xizmatlar) qiymatining bir qismini jismoniy shaxslarga qaytarish tartibi to‘g‘risidagi nizom bilan fiskal belgili cheklar mobil ilovada ro‘yxatdan o‘tkazilmaydigan hamda tovarlar (xizmatlar) qiymatining bir qismini qaytarib berish to‘liq yoki qisman rad etilgan holatlarda ular bo‘yicha chet el fuqarolariga QQS qaytarilmaydi.

Bosqichlar

Subyektlar

Chora-tadbirlar

Muddatlar

I. “Soliq servis” DUK “tax-free” tizimi operatoriga tovarlar xaridida to‘langan qo‘shilgan qiymat solig‘ini qaytarish (“tax-free” tizimi) huquqi to‘g‘risida xabar berish

1-bosqich

Tovar xaridori — chet el fuqarolari

Chakana savdo tashkilotlari tomonidan taqdim etilgan onlayn nazorat-kassa mashinalari cheklari soliq organlarining maxsus mobil ilovasida ro‘yxatdan o‘tkaziladi

Chek olingan kundan boshlab 10 kalendar kundan kechiktirmasdan

2-bosqich

“Soliq servis” DUK “tax-free” tizimi operatori

O‘tgan kalendar oyda chet el fuqarolari tomonidan soliq organlarining maxsus mobil ilovasida ro‘yxatdan o‘tkazilgan fiskal belgili cheklar to‘g‘risidagi axborot va ular bo‘yicha qaytariladigan QQS summalar bo‘yicha buyurtmalar haqqoniyligini tekshiradi.

Chet davlat fuqarosi tomonidan tovarlar xarid qilingan oydan keyingi oyning 25-kuniga qadar

II. Tovarlarni xarid qilishda to‘langan qo‘shilgan qiymat solig‘ini qaytarish (Tax-free)

3-bosqich

“Soliq servis” DUK “tax-free” tizimi operatori

Chet davlat fuqarolari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirib kelish va hududdan chiqib ketish holati tasdiqlanganligi hamda mobil ilovada ro‘yxatdan o‘tkazilgan fiskal belgili cheklar to‘g‘risidagi axborot bo‘yicha chet davlat fuqarolariga qaytariladigan QQS summalari bo‘yicha buyurtmani Davlat soliq qo‘mitasining xulosasi asosida Moliya vazirligiga taqdim etadi.

Chet davlat fuqarosi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududidan chiqib ketish holati tasdiqlangan oydan keyingi oyning 25-kuniga qadar

4-bosqich

Moliya vazirligi

Operatorining maxsus hisobraqamiga chet el fuqarolarining soliq organlarining maxsus mobil ilovasida ro‘yxatdan o‘tkazilgan fiskal belgili cheklar asosida QQS summasini qaytarib berish uchun mablag‘larni o‘tkazadi.

Buyurtma olgan kundan so‘ng bir ish kunidan kechiktirmasdan

5-bosqich

“Soliq servis” DUK “tax-free” tizimi operatori

Qabul qilingan mablag‘larni vakolatli bankda ochilgan hisob hisobvarag‘iga o‘tkazadi.

Bir kundan kechiktirmasdan

6-bosqich

“Soliq servis” DUK “tax-free” tizimi operatori

Vakolatli bankka tovarlarning QQS summasini qaytarish huquqiga ega bo‘lgan chet el fuqarolari reyestrini taqdim etadi.

Chet davlat fuq�rolari tomonidan xarid qilingan tovarlar faqat kuzatuv bagaji va/yoki qo‘l yukida o‘zi bilan birga O‘zbekiston Respublikasi hududidan olib chiqib ketilganda amalga oshiriladi.

7-bosqich

Bank

Soliq organlarining maxsus mobil ilovasida fiskal belgisi qo‘yilgan ro‘yxatdan o‘tgan cheklar asosida xarid qilingan tovarlarning QQS summasini qaytarish huquqiga ega bo‘lgan chet el fuqarolarining xalqaro bank kartalariga pul mablag‘larini o‘tkazadi.

Har oyda keyingi oyning 25-kunidan boshlab

Guruh

Guruh tavsifi

Sinf

Sinf tavsifi

008

Mevalar va yong‘oqlar

00801

Yong‘oq

00811

Quritilgan mevalar va yong‘oqlar

033

Parfyumeriya, kosmetika yoki go‘zallik mahsulotlari

03303

Atir yoki parfyumeriya suvi

03304

Kosmetika vositalari

03305

Soch uchun mahsulotlar

03307

Boshqa parfyumeriya, kosmetika yoki hojatxona vositalari

042

Teri mahsulotlari

04202

Sandiqlar va boshqa sumkalar

04203

Kiyim uchun teri aksessuarlar

04205

Tabiiy yoki kompozit teridan tayyorlangan boshqa mahsulotlar

043

Mo‘yna va mo‘ynali mahsulotlar

04303

Tabiiy mo‘ynadan tayyorlangan aksessuarlar

04304

Sun’iy mo‘yna va undan tayyorlangan mahsulotlar

044

Yog‘och va uning mahsulotlari

04419

Yog‘och vilkalar va pichoqlar

04420

Yog‘ochdan koshinkor va naqshin mahsulotlar, yuvelir yoki pichoq va boshqa shu kabi buyumlar uchun yog‘och quticha va idishlar, yog‘och haykalcha va boshqa dekorativ buyumlar

046

Savat

04601

To‘qimachilik mahsulotlari

050

Ipak

05007

Ipak matolar

057

Gilamlar

05701

Gilamlar

061

Kiyim va kiyim aksessuarlari

06101 — 06117

Kiyim va kiyim aksessuarlari

062

06201 — 06217

064

Poyabzal

06401

Poyabzal

06403

Bolalar poyabzali

069

Keramik mahsulotlar

06911

Farfordan yasalgan boshqa buyumlar

06912

Dasturxon, oshxona idishlari va boshqa keramikadan yasalgan xo‘jalik va hojatxona buyumlari, farfordan tashqari

082

Qurilmalar va moslamalar, ularning qismlari

08211

Pichoqlar

08213

Qaychi

08214

Boshqa kesish mahsulotlari (masalan, soch kesish uchun mashinkalar, qassoblar uchun maxsus pichoqlar yoki maxsus oshxona pichoqlari va kesimlar)

08215

Oshxona anjomlari

085

Elektr mashinalar, apparat, asbob-uskunalar va ularning qismlari

08508

Changyutgichlar

08509

Elektr motorli maishiy texnika

08510

Elektr soch va soqol olish mashinalari

08517

Telefonlar

08518

Mikrofonlar, naushniklar va boshqalar

08519

Ovoz va video yozuvlar uchun uskunalar

08523

Disklar, lentalar va boshqa saqlash moslamalari

08525

Tele-video-raqamli kameralar

08527

Radio qoldiqlari

08543

Shaxsiy funksiyalarga ega elektr mashinalari va jihozlari

091

Soatlar

09101

Qo‘l soatlari

09103

Qo‘l soati bo‘lmagan soatlar

095

O‘yinchoqlar va sport asbob-uskunalari

09503

Velosipedlar, samokatlar, pedalli mashinalar, milliy va boshqa o‘yinchoqlar

09504

Video o‘yinlar, stol o‘yinlari, billiard va boshqa o‘yinlar

09505

Bayramlar uchun mahsulotlar