ILOVA
|
Chora-tadbirlar nomi |
Amalga oshirish shakli |
Ijro muddati |
Masʼul ijrochilar | |
|
1. |
Quyidagi majburiy talablarni bekor qilishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish: a) quyidagi tashkilotlarga nisbatan ichki audit xizmatlarini tashkil etish: masʼuliyati cheklangan jamiyat, bundan aktivlarining balans qiymati bazaviy hisoblash miqdorining yuz ming barobaridan koʻp boʻlgan, davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan masʼuliyati cheklangan jamiyat, shuningdek, kredit tashkiloti mustasno; aktivlarining balans qiymati bazaviy hisoblash miqdorining yuz ming barobaridan kam boʻlgan, davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan aksiyadorlik jamiyati va davlat unitar korxonasi; b) masʼuliyati cheklangan jamiyatning taʼsis shartnomasini davlat roʻyxatidan oʻtkazish; v) masʼuliyati cheklangan jamiyatning yuridik shaxs hisoblangan ishtirokchilari vakillariga umumiy yigʻilishda ishtirok etish uchun beriladigan ishonchnomani notarial tartibda tasdiqlash; g) masʼuliyati cheklangan jamiyatda zaxira jamgʻarmasi tashkil etilganda, uning miqdorini ustav fondining (ustav kapitalining) kamida 15 foizi etib belgilash. |
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari |
2023-yil yanvar |
Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi |
|
2. |
Fond birjasining listingiga kiritilgan va kiritilmagan xoʻjalik jamiyatlari uchun hisobot va axborotni oshkor etish talabini takomillashtirish boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari |
2023-yil iyul |
Moliya vazirligi, Adliya vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi |
|
3. |
Unitar korxona yoki qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyat tashkiliy-huquqiy shakllarini bosqichma-bosqich yuridik shaxsning boshqa tashkiliy-huquqiy shakllariga oʻzgartirish choralarini koʻrish. |
Chora-tadbirlar |
2023-yil fevral |
Adliya vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Moliya vazirligi |
|
4. |
Xoʻjalik jamiyatlarining filiallari, vakolatxonalari va uning ustav kapitali shakllantirilganligi hamda toʻlovga qobiliyatsizligi yuzasidan ish qoʻzgʻatilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida eʼlon qilib borish choralarini koʻrish. |
Chora-tadbirlar |
2023-yil yanvar |
Axborot texnologiyalari vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Adliya vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Oliy sud |
|
5. |
Xoʻjalik jamiyatlari ishtirokchilarining korporativ shartnoma tuzish huquqini va huquqiy asoslarini belgilash. |
Amaliy chora-tadbirlar, normativ huquqiy hujjatlar loyihalari |
2023-yil fevral |
Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi |
|
6. |
Yuridik shaxslarning yagona taʼsischisi, shuningdek, yakka tartibdagi tadbirkor vafot etgandan soʻng meros mulkidan foydalanish, unga egalik qilish va uni tasarruf etishga oid munosabatlarni takomillashtirish. Loyihada, jumladan, quyidagilar nazarda tutiladi: meros mulkini ishonchli boshqaruvga berish; mulkdorning vafoti munosabati bilan tadbirkorlik faoliyati toʻxtab qolmasligini taʼminlash mexanizmlari. |
Qonun loyihasi |
2023-yil mart |
Adliya vazirligi, Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha vakil, Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi, Savdo-sanoat palatasi |
|
8. |
Xoʻjalik jamiyatlarining ijro organi, kuzatuv kengashi hamda majoritar aksiyadorlarining (ishtirokchilarining) fidutsiar majburiyatlari va ular boʻyicha javobgarligini aniqlashtirishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2023-yil dekabr |
Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi |
|
9. |
Tijorat tashkilotlari tomonidan konsorsium shartnomasiga muvofiq vaqtinchalik birlashma tuzishning huquqiy asoslarini belgilash. Bunda: konsorsium shartnomasi faqat tijoratchi tashkilot boʻlgan yuridik shaxslar oʻrtasida aniq bir tijorat faoliyatini amalga oshirish va ishtirokchilar faoliyatini muvofiqlashtirish uchun tuzilishi; konsorsium oʻz maqsadiga resurslarni birlashtirish va muayyan harakatlarni birgalikda bajarish orqali erishishi; konsorsium ishtirokchilari uning faoliyati bilan bogʻliq majburiyatlar boʻyicha solidar javobgar boʻlishi; vaqtinchalik birlashma yuridik shaxs hisoblanmasligi nazarda tutiladi. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2023-yil fevral |
Adliya vazirligi, Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi |
|
10. |
Aksiyadorlik jamiyatlarining minoritar aksiyadorlar huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish vakolatini tanlov asosida nodavlat notijorat tashkilotlari yoki boshqa yuridik shaxslarga berish boʻyicha takliflar kiritish. Bunda, mazkur tashkilotlarga xalqaro moliya institutlari yoki Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan mablagʻ ajratish nazarda tutiladi. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2025-yil dekabr |
Moliya vazirligi, Adliya vazirligi |
|
12. |
“Sherikchilik toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish, vazirlik va idoralar bilan kelishish hamda belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
Qonun loyihasi |
2025-yil dekabr |
Moliya vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
13. |
Qonunchilikka quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish: jamiyat ustav fondini jalb qilingan investitsiyalar hisobiga koʻpaytirish toʻgʻrisida qarorni aksiyadorlar umumiy yigʻilishi tomonidan aksiyadorlarning umumiy yigʻilishida ishtirok etayotgan ovoz beruvchi aksiyalarning egalari boʻlgan aksiyadorlarning toʻrtdan uch qismidan iborat koʻpchilik (malakali koʻpchilik) ovozi yoki jamiyat kuzatuv kengashi majlisida ishtirok etayotgan aʼzolar tomonidan bir ovozdan qabul qilish; xoʻjalik jamiyatlarida kuzatuv kengashi aʼzolari sonini toq etib belgilash; aksiyadorlik jamiyatlari ustav fondini (ustav kapitalini) oʻz kapitali va hisoblangan dividendlar hisobidan koʻpaytirishda qoʻshimcha aksiyalar olish huquqiga ega boʻlgan aksiyadorlar reyestrini yopish sanasini aksiyalar chiqarilishi davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan sanadan boshlab oʻttizinchi kun deb hisoblash va mazkur sanani ikki ish kuni ichida eʼlon qilish; jamiyatning ustav kapitalini oʻz kapitali hisobidan koʻpaytirishda qoʻshimcha aksiyalarni faqat oddiy aksiya egalari oʻrtasida taqsimlash. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2023-yil iyun |
Moliya vazirligi, Adliya vazirligi |
|
14. |
Quyidagilarni nazarda tutuvchi “Masʼuliyati cheklangan jamiyatlar toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish: yuridik shaxsning qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyat tashkiliy-huquqiy shaklini bekor qilish; boshqaruv organlarining faoliyat yuritish mexanizmlarini takomillashtirish; ijro etuvchi organlarning javobgarligini aniq belgilash; “kvorum”, “malakali koʻpchilik ovoz” va boshqa tushunchalarni kiritish. |
Qonun loyihasi |
2023-yil iyul |
Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Savdo-sanoat palatasi |
|
15. |
Korporativ nizolarni koʻrish natijalari boʻyicha sud qarorlarini egasizlantirgan holda Oliy sudning rasmiy veb-sayti, Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi va ijtimoiy tarmoqlarda har oyda joylashtirib borish. |
Chora-tadbirlar |
Doimiy ravishda |
Oliy sud, Adliya vazirligi, Moliya vazirligi |