08.11.2022 yildagi PQ-415-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Korporativ munosabatlarning huquqiy asoslarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tijorat tashkilotlari faoliyatining tashkiliy-huquqiy asoslarini yanada takomillashtirish, yuridik shaxslar tashkiliy-huquqiy shakllarining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim turlarini tugatish hamda zamonaviy korporativ boshqaruv usullarini joriy etish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 2022-yil 1-dekabrdan boshlab tijorat tashkilotlari faoliyatiga oid quyidagi talablar bekor qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) quyidagi tashkilotlarga nisbatan ichki audit xizmatlarini tashkil etish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
masʼuliyati cheklangan jamiyatlar, bundan aktivlarining balans qiymati bazaviy hisoblash miqdorining yuz ming barobaridan koʻp boʻlgan, davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan masʼuliyati cheklangan jamiyat, shuningdek, kredit tashkiloti mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aktivlarining balans qiymati bazaviy hisoblash miqdorining yuz ming barobaridan kam boʻlgan, davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan aksiyadorlik jamiyatlari va davlat unitar korxonalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) masʼuliyati cheklangan jamiyatning taʼsis shartnomasini davlat roʻyxatidan oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) masʼuliyati cheklangan jamiyatning yuridik shaxs hisoblangan ishtirokchilari vakillariga umumiy yigʻilishda ishtirok etish uchun beriladigan ishonchnomani notarial tartibda tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) masʼuliyati cheklangan jamiyatda zaxira jamgʻarmasi tashkil etilganda, uning miqdorini ustav fondining (ustav kapitalining) kamida 15 foizi etib belgilash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki, 2023-yil 1-martdan boshlab unitar korxona yoki qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyat tashkiliy-huquqiy shaklida yuridik shaxs tashkil etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Adliya vazirligi tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2023-yil 1-martga qadar amalda faoliyat yuritib kelayotgan unitar korxona yoki qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyat tashkiliy-huquqiy shaklidagi yuridik shaxslarning tashkiliy-huquqiy shaklini oʻzgartirish jarayonlarini 2025-yil 1-yanvarga qadar yakunlashni nazarda tutuvchi tashkiliy chora-tadbirlar rejasini tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Adliya vazirligi, Moliya vazirligi va Davlat aktivlarini boshqarish agentligining qimmatli qogʻozlar emitentlari tomonidan axborot va hisobotlarni oshkor etish talabini takomillashtirish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki 2023-yil 1-oktabrdan boshlab:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatli qogʻozlar fond birjasining listingiga kiritilgan xoʻjalik jamiyatlari qonunchilik hujjatlariga muvofiq oshkor etiladigan axborot va hisobotlar bilan bir qatorda pul mablagʻlarining harakati hamda aksiyalar chiqarishning bir qismi bekor qilinganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oshkor etadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatli qogʻozlar fond birjasining listingiga kiritilmagan xoʻjalik jamiyatlari roʻyxati qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi tomonidan belgilanadigan muhim faktlarni majburiy tartibda oshkor etmaydi, bundan tijorat banklari, sugʻurta tashkilotlari va ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan yuqori boʻlgan aksiyadorlik jamiyatlari, shuningdek, ustav fondida (ustav kapitalida) ushbu aksiyadorlik jamiyatlarining ulushi miqdori 50 foiz va undan yuqori boʻlgan aksiyadorlik jamiyatlari mustasno.
(3-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-apreldagi PF-67-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.04.2024-y., 06/24/67/0307-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Xoʻjalik jamiyatlarining ishtirokchisi (aksiyadori) va kreditorlari huquqlarini himoya qilish maqsadida shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq 2023-yil 1-apreldan boshlab:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
masʼuliyati cheklangan jamiyat ustav fondiga (ustav kapitaliga) qoʻshiladigan, qiymati bazaviy hisoblash miqdorining oʻn ming baravaridan koʻp boʻlgan pulsiz hissalar baholovchi tashkilot tomonidan baholanadi va baholangan qiymatdan yuqori boʻlishi mumkin emas;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxslar qoʻshib yuborish, qoʻshib olish va tashkiliy-huquqiy shaklini oʻzgartirish orqali qayta tashkil etilganda, korxonalarning huquq va majburiyatlari, topshirish hujjatida koʻrsatilgan yoki koʻrsatilmaganligidan qatʼi nazar, qayta tashkil etilgan yuridik shaxsga oʻtgan hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xoʻjalik jamiyatlari kuzatuv kengashining aksiya, korporativ obligatsiya va boshqa qimmatli qogʻozlarni chiqarish boʻyicha qarorlari qonunchilik hujjatlariga muvofiq muhim fakt sifatida oshkor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq 2023-yil 1-martdan boshlab qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi ommaviy axborot vositalari va (yoki) oʻzining rasmiy veb-sayti orqali quyidagi faktlar toʻgʻrisidagi axborotni ular yuz bergan sanadan ikki ish kuni ichida eʼlon qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatli qogʻozlar chiqarilishini davlat roʻyxatidan oʻtkazish, uni toʻxtatib turish, amalga oshmagan yoki haqiqiy emas deb topish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatli qogʻozlar bozorida professional faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziya berish, uning amal qilishini toʻxtatib turish yoki tugatish, litsenziyani bekor qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatli qogʻozlar bozorida qimmatli qogʻozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirish, xizmatlarni koʻrsatish va (yoki) ishlarni bajarish huquqini beruvchi malaka sertifikatini berish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 2023-yil 1-iyuldan boshlab xoʻjalik jamiyatining filiallari, vakolatxonalari tashkil etilganligi va uning ustav fondi (ustav kapitali) shakllantirilganligi hamda toʻlovga qobiliyatsizligi yuzasidan ish qoʻzgʻatilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida eʼlon qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, mazkur maʼlumotlar masʼul vazirlik va idoralar tomonidan “Elektron hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasiga kiritib boriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) fond birjasida qimmatli qogʻozlar bilan savdolarni amalga oshirish qoidalariga kiritiladigan birja aʼzolariga va listing kompaniyalariga taʼsir qiluvchi muhim oʻzgartirish va qoʻshimchalar ular tasdiqlanishidan kamida oʻn besh kun oldin fond birjasi saytida muhokamaga qoʻyiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) 2023-yil 1-yanvardan boshlab ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan yuqori boʻlgan xoʻjalik jamiyatlarining kuzatuv kengashi majlisi va ishtirokchilari (aksiyadorlari) umumiy yigʻilishi bayonlari ular rasmiylashtirilgandan soʻng oʻn kun muddatda Davlat aktivlarini boshqarish agentligining “Davlat mulki” axborot tizimida joylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oliy sud Adliya vazirligi va Istiqbolli loyihalar milliy agentligi bilan birgalikda:
(7-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 2-sentabrdagi PQ-291-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2023-y., 07/23/291/0667-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korporativ nizolarni koʻrish natijalari boʻyicha sud qarorlarini egasizlantirgan holda Oliy sudning rasmiy veb-sayti, Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi va ijtimoiy tarmoqlarda har oyda joylashtirib borsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korporativ munosabatlardan kelib chiqadigan nizolar hamda ularni hal etish amaliyoti boʻyicha sudyalar va xoʻjalik jamiyatlari vakillari ishtirokida har chorakda seminar va davra suhbatlarini tashkil etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Korporativ munosabatlarning huquqiy asoslarini yanada takomillashtirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Adliya vazirligi Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 1-iyulga qadar ilgʻor xorijiy tajriba asosida “Masʼuliyati cheklangan jamiyatlar toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yangicha korporativ boshqaruv mexanizmlarini, shu jumladan korporativ shartnomalar va konsorsium shartnomalarini amaliyotga keng joriy etish yuzasidan chora-tadbirlarni amalga oshirib borsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 8-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-415-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-noyabrdagi PQ-415-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Korporativ munosabatlarning huquqiy asoslarini yanada takomillashtirish boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“YOʻL XARITASI”
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish shakli

Ijro muddati

Masʼul ijrochilar

8.

Xoʻjalik jamiyatlarining ijro organi, kuzatuv kengashi hamda majoritar aksiyadorlarining (ishtirokchilarining) fidutsiar majburiyatlari va ular boʻyicha javobgarligini aniqlashtirishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil dekabr

Adliya vazirligi,

Moliya vazirligi,

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

12.

“Sherikchilik toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish, vazirlik va idoralar bilan kelishish hamda belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Qonun loyihasi

2025-yil dekabr

Moliya vazirligi,

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi,

Innovatsion rivojlanish vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

15.

Korporativ nizolarni koʻrish natijalari boʻyicha sud qarorlarini egasizlantirgan holda Oliy sudning rasmiy veb-sayti, Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi va ijtimoiy tarmoqlarda har oyda joylashtirib borish.

Chora-tadbirlar

Doimiy ravishda

Oliy sud,

Adliya vazirligi,

Moliya vazirligi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari tegishli huquqiy munosabatlarni tartibga solish predmetidan kelib chiqib, ijro muddatidan qatʼi nazar yagona hujjatga birlashtirilishi mumkin.
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 18-dekabrdagi PF-254-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.12.2025-y., 06/25/254/1195-son)
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.11.2022-y., 07/22/415/1000-son; 04.09.2023-y., 07/23/291/0667-son; 27.04.2024-y., 06/24/67/0307-son; 28.11.2024-y., 06/24/200/0981-son; 22.12.2025-y., 06/25/254/1195-son)