17.12.2021 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Koreya Respublikasi Hukumati oʻrtasida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitim
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sogʻliqni saqlash sohasida kasalliklarning oldini olish va ularga qarshi javob choralarini koʻrishda hamkorlik qilish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Koreya Respublikasi Hukumati (keyingi oʻrinlarda birgalikda “Tomonlar”, alohida “Tomon” deb ataluvchilar),
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sogʻliqni saqlash sohasida, shu jumladan, kasalliklarning oldini olish va ularga qarshi javob choralarini koʻrishdagi hamkorlik, ikkala davlatning umumiy manfaatlariga javob berishini inobatga olgan holda,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sogʻliqni saqlash sohasidagi xalqaro ahamiyatga ega boʻlgan favqulodda vaziyatlar (PNEIC)ga javob qaytarishda Jahon Sogʻliqni Saqlash Tashkilotining Xalqaro tibbiy-sanitariya qoidalariga (2005-yil) asoslanib transchegaraviy hamkorlik va muvofiqlashtirishni amalga oshirish muhimligini taʼkidlagan holda,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xususan, COVID-19 ga qarshi javob choralarini koʻrish va olingan saboqlar boʻyicha Tomonlar oʻrtasida ular davlatlari Hukumatlari va xususiy sektorlarining tajribalarini almashish zaruriyatini tasdiqlagan holda,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kasalliklarni oldini olish va ularga qarshi javob choralarini koʻrishda inson huquqlarining fundamental qadriyatlarini hurmat qilish zarurligini taʼkidlab,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hamjihatlik va hamkorlik ahamiyatini tasdiqlagan holda, hamda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar oʻrtasida mavjud doʻstlik munosabatlarini yanada rivojlantirish va kelajakka qaratilgan har tomonlama hamkorlikni kengaytirish istagida,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagilar toʻgʻrisida kelishib oldilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda
Taʼriflar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitim maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) “Xalqaro tibbiy-sanitariya qoidalari” Jahon Sogʻliqni Saqlash Assambleyasi tomonidan 2005-yilda qabul qilingan Xalqaro tibbiy-sanitariya qoidalarini va ularga kiritilgan barcha oʻzgartirishlarni anglatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) “kasalliklarning oldini olish va ularga qarshi javob choralarini koʻrish” bu kasalliklarning, shu jumladan, yuqumli kasalliklarning avj olishini oldini olish yoki bu kasalliklar avj olganda ularning tarqalishini oldini olish boʻyicha harakatlarni, shu jumladan kasalliklarni ilmiy jihatdan oʻrganish boʻyicha tadqiqotlarni anglatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(s) “sogʻliqni saqlashga qaratilgan chora-tadbirlar” kasalliklarning oldini olish va ularga qarshi javob choralarini koʻrishga qaratilgan qonunchilik, maʼmuriy va siyosiy choralarni anglatadi; va
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(d) “vakolatli organlar” Tomonlarning mazkur Bitim doirasidagi hamkorlik choralarini amalga oshirish uchun masʼul boʻlgan sogʻliqni saqlash yoki tashqi ishlarga javobgar boʻlgan davlat organlarini anglatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda
Maqsad
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitimning maqsadi kasalliklarning oldini olish va ularga qarshi javob choralarini koʻrish, hamda Xalqaro tibbiy-sanitariya qoidalarini bajarishda Tomonlar oʻrtasida hamkorlikni ragʻbatlantirishdan iborat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda
Boshqa qonunlar, qoidalar va xalqaro shartnomalar bilan aloqalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tomonlar kasalliklarning oldini olish va ularga qarshi javob choralarini koʻrish boʻyicha hamkorlikni mazkur Bitim qoidalari va amaldagi xalqaro shartnomalar, oʻzlarining ichki qonunlari va qoidalari hamda tegishli litsenziyalash talablariga asosan olib boradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur Bitimdagi hech narsa, Tomonlar oʻrtasidagi amaldagi xalqaro shartnomalardan kelib chiquvchi huquq va majburiyatlarga daxl qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda
Hamkorlikning asosiy tamoyillari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Bitim doirasida hamkorlik tenglik, oʻzaro manfaatdorlik va oʻzarolik tamoyillariga asoslangan holda olib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tomonlar kasalliklarning oldini olish va ularga qarshi javob choralarini koʻrishda Xalqaro tibbiy-sanitariya qoidalariga muvofiq, xalqaro tashuvlar va savdoga ortiqcha cheklovlar keltirib chiqarmasligini taʼminlash maqsadida hamkorlik qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tomonlar kasalliklarning oldini olish va ularga qarshi javob choralarini koʻrishda, Xalqaro tibbiy-sanitariya qoidalariga, amaldagi shartnomalar va oʻzlarining tegishli milliy qonunchiligi va qoidalarga muvofiq, inson huquqlarining fundamental qadriyatlarini hurmat qiladilar. Tomonlar, xususan, kasalliklarning oldini olish va ularga qarshi javob choralarini qoʻllash aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamiga nomutanosib ravishda taʼsir koʻrsatishini, shuningdek, sogʻliqni saqlash choralarini qoʻllashda irqiga, tanasining rangiga, jinsiga, tiliga, diniga, siyosiy qarashlariga, jinsiy oʻziga xosligiga, millati yoki ijtimoiy kelib chiqishiga yoki moliyaviy, ijtimoiy yoki boshqa maqomiga qarab nafrat va kamsitish bilan munosabatda boʻlmaslikni taʼminlash lozimligini hisobga oladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tomonlar kasalliklarning oldini olish va ularga qarshi javob choralarini koʻrishda ochiqlik va shaffoflik muhim omil ekanligini va shu munosabat bilan aniq axborotni toʻplash, tekshirish, tarqatish va almashishning muhimligini eʼtirof etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tomonlar kasalliklarning oldini olish va ularga qarshi javob choralarini koʻrishda ixtisoslashtirilgan muassasalarning va sogʻliqni saqlash sohasidagi ekspertlarning oʻrni oʻta muhimligini tan oladilar va shu munosabat bilan nodavlat tashkilotlar va fuqarolik jamiyati bilan hamkorlik qilish zarurligini eʼtirof etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda
Xalqaro tibbiy-sanitariya qoidalariga rioya qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar kasalliklarning oldini olish va ularga qarshi javob choralarini koʻrish boʻyicha hamkorlik qilishda Tomonlar uchun amal qiladigan Xalqaro tibbiy-sanitariya qoidalariga rioya qilish majburiyatini oladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda
Hamkorlik va yordam
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar imkon darajasida quyidagilar boʻyicha hamkorlik qiladilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) Xalqaro tibbiy-sanitariya qoidalarining 2-ilovasida keltirilgan sogʻliqni saqlash sohasidagi xalqaro ahamiyatga ega boʻlgan favqulodda vaziyatlarni keltirib chiqaruvchi hodisalarni aniqlash va baholash hamda ularga qarshi javob choralarini koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) Xalqaro tibbiy-sanitariya qoidalariga muvofiq talab etilgan Sogʻliqni saqlash salohiyatini rivojlantirish, kuchaytirish va qoʻllab-quvvatlashda texnik hamkorlik va moddiy-texnik yordam koʻrsatishni taʼminlash yoki koʻmak koʻrsatish; va
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(s) sogʻliqni saqlash sohasidagi xalqaro tashkilotlarda ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda
Axborot almashish va muloqot
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Basharti Xalqaro tibbiy-sanitariya qoidalariga asosan, sogʻliqni saqlash bilan bogʻliq xalqaro ahamiyatga ega boʻlgan favqulodda vaziyat Tomonlardan birining hududida yoki yurisdiksiyasida yuzaga kelgan boʻlsa, ushbu Tomon har qanday vosita bilan tegishli axborotni samarali almashishda hamkorlik qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur Bitimning 1-moddasida belgilab oʻtilgan axborot almashinuvi, hududida yoki yurisdiksiyasida ushbu vaziyat yuzaga kelgan Tomon Xalqaro tibbiy-sanitariya qoidalariga asosan, Jahon Sogʻliqni Saqlash Tashkilotiga berilgan axborotni mumkin qadar tez fursatlarda boshqa Tomonga taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tomonlardan biri sogʻliqni saqlashda xalqaro ahamiyatga ega boʻlgan favqulodda vaziyatga javoban xalqaro tashuvni amalga oshirishga jiddiy toʻsqinlik qiladigan yoki cheklaydigan choralarni qoʻllagan taqdirda, boshqa Tomonga tegishli maʼlumotlarni imkon qadar tez fursatlarda taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda
Zarur almashinuv va hamkorlikni taʼminlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tomonlar 7-moddada keltirilgan sogʻliqni saqlash bilan bogʻliq choralarni Xalqaro tibbiy-sanitariya qoidalari, amaldagi shartnomalar va oʻzlarining milliy qonunlari va qoidalariga muvofiq, kasalliklarni oldini olish va ularga qarshi javob choralarini koʻrishda oqilona darajada zarur boʻlgan, xususan, ikki davlat fuqarolarining iqtisodiy ehtiyojlariga javob bergan holda tatbiq etadilar va ikki davlat oʻrtasida boshqa muhim almashinuv va hamkorlik 4-moddada aks ettirilgan tamoyillarga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tomonlardan biri aholi salomatligini taʼminlashda, xorijiy fuqarolarning oʻz hududiga kirishi va (yoki) chiqib ketishini chegaralovchi choralar qoʻllagan taqdirda, Tomonlar boshqa Tomonning murojaatiga asosan, ushbu davlatlar muhim shaxslarining almashinuvini taʼminlash uchun kerakli boʻlgan tegishli choralar koʻrilishi boʻyicha maslahatlashuvni amalga oshiradilar. Bunday choralar Tomonlarning milliy qonunchiligi va qoidalariga asosan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tomonlar kasalliklarning oldini olish va ularga javob choralarini koʻrishda ikki davlat fuqarolarining va tadbirkorlik korxonalarining iqtisodiy hamkorligiga, shu jumladan, tegishli ruxsatnomalar berilishida hamkorlikka koʻmaklashadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda
Qoʻshimcha hamkorlik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tomonlar ilgʻor tajribalarni, shu jumladan, oʻzlarining sogʻliqni saqlash chora-tadbirlarini almashadilar hamda kasalliklarni oldini olish va ularga qarshi javob choralarini koʻrishda aholini xabardor qilish va bilimini oshirishda hamkorlik qilishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tomonlar kasalliklarning oldini olish va ularga qarshi samarali javob choralarini koʻrish maqsadida, oʻzaro kelishuvga binoan, mazkur Bitimda belgilangandan tashqari zarur boʻlgan qoʻshimcha hamkorlikni, shu jumladan, kasalliklarni davolashni amalga oshirishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda
Texnik yordam va salohiyatni oshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tomonlar oʻz vakolatlari doirasida toʻgʻridan toʻgʻri yoki mintaqaviy hamkorlik mexanizmlari va (yoki) xalqaro yoki mintaqaviy tashkilotlar orqali sogʻliqni saqlash, shu jumladan, kasalliklarni oldini olish va ularga qarshi javob choralari koʻrish sohasida texnik yordam va salohiyatni oshirish boʻyicha hamkorlik qilishga intiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tomonlar, zarur hollarda, mazkur moddaning 1-bandiga muvofiq barcha darajalarda, shu jumladan, fuqarolik jamiyati va xususiy sektorda aloqalarni kuchaytirish hamda mintaqaviy hamkorlik mexanizmlari va (yoki) xalqaro yoki mintaqaviy tashkilotlar doirasida muvofiqlashtirishni kuchaytirish orqali texnik yordam va salohiyatni oshirish boʻyicha hamkorlik qilishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tomonlar mazkur moddaning 1-bandiga muvofiq texnik yordam va salohiyatni oshirish boʻyicha hamkorlikni amalga oshirishda, oʻzlarining milliy ehtiyojlari hamda huquqiy va siyosiy talablarini hisobga oladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur moddaning 1-bandiga muvofiq texnik yordam va salohiyatni oshirish boʻyicha hamkorlik shakllari quyidagilarni oʻz ichiga olishi mumkin, biroq ushbular bilan chegaralanmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) oʻzaro uchrashuvlar, anjumanlar, simpoziumlar, maʼruzalar, seminarlar, vebinarlar va boshqa tegishli tadbirlarni tashkillashtirish va ularda ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) ekspertlar almashinuvi hamda qoʻshma tadqiqot va loyihalar ishlab chiqilishini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(s) tegishli hujjatlar va axborot almashinuvi, shu jumladan, onlayn shakldagi muloqotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(d) sogʻliqni saqlash sohasida ayni shu kabi holatga duch kelgan biron bir davlat yoki uchinchi davlatlar uchun ixtisoslashgan taʼlim va tayyorlov dasturlari; va
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(e) hamkorlikning Tomonlar oʻzaro kelishishi mumkin boʻlgan boshqa har qanday shakllari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda
Samaradorlikni oshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Kasalliklarning oldini olish va ularga qarshi javob choralarini koʻrishda texnik yordam va salohiyatni oshirish Tomonlar oʻrtasidagi oʻzaro kelishuvga asosan samarali va oshkora usulda amaldagi dasturlarni takrorlamagan holda, lekin har bir davlatdagi aniq vaziyatga muvofiq ravishda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tomonlar mazkur moddaning 1-bandida belgilangan texnik yordam va salohiyatni oshirish masalalarini samarali amalga oshirish maqsadida, qabul qiluvchi davlatning texnik va siyosiy ehtiyojlarini baholash ishlarini olib borishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Texnik yordam va salohiyatni oshirish masalalari boʻyicha hamkorlikni olib borishda, Tomonlar amaldagi shartnomalar va oʻzlarining tegishli milliy qonunchiligi va qoidalariga muvofiq, intellektual mulk huquqlarini himoya qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-modda
Fuqarolar himoyasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Agar Xalqaro tibbiy-sanitariya qoidalariga asosan, xalqaro ahamiyatga ega boʻlgan sogʻliqni saqlash bilan bogʻliq favqulodda vaziyat Tomonlar hududlarida yoki yurisdiksiyasida sodir boʻlsa, Tomonlar mazkur Bitimga, jumladan, 4, 5, 7 va 8-moddalarga muvofiq, ular oʻz hududlarida boʻlib turgan boshqa Tomon fuqarolarining huquqlari, manfaatlari va qadr-qimmatini himoya qilishga intiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Konsullik munosabatlari toʻgʻrisidagi Vena konvensiyasiga, boshqa amaldagi shartnomalar va xalqaro odat huquqlariga muvofiq, xar bir Tomon boshqa Tomonning oʻz fuqarolarini himoya qilishi uchun konsullik faoliyatini olib borishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Kasalliklarning oldini olish va ularga qarshi javob choralarini koʻrishda bir Tomon boshqa Tomondan uning hududida boʻlib turgan yoki istiqomat qiluvchi fuqarolarining salomatligi va xavfsizligini himoya qilish uchun zarur boʻlgan maʼlumotlarni taqdim etishni soʻrashi mumkin. Bunday murojaatga asosan, boshqa Tomon tegishli axborotni imkon qadar toʻliq hajmda toʻplash va taqdim etishga intiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tomonlardan biri boshqa Tomonning hududida boʻlib turgan yoki istiqomat qilayotgan fuqarolariga kasalliklarning oldini olish va javob choralarini koʻrish maqsadida boshqa Tomon hududida zudlik bilan harakat qilishga yoki undan chiqib ketishga sharoit yaratilishi boʻyicha hamkorlik toʻgʻrisida murojaat qilishi mumkin. Boshqa Tomon bunday murojaatga binoan, imkon qadar toʻliq hamkorlikni taʼminlashga harakat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tomonlar mazkur moddaning 1-bandiga muvofiq oʻzlarining tegishli hududlaridagi mahalliy hukumatlari va xususiy sektorlari boshqa Tomon fuqarolarining huquqlari, manfaatlari va qadr-qimmatini himoya qilinishini taʼminlanishi uchun imkon qadar toʻliq harakat qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-modda
Maxfiy va shaxsiy axborotni himoya qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tomonlar mazkur Bitim, shu jumladan, 7, 10 va 12-moddalar doirasida hamkorlikni amalga oshirishda, oʻzlarining tegishli milliy qonunchiligi va qoidalariga muvofiq maxfiy hisoblangan maʼlumotlarni yoki ushbu turdagi boshqa maʼlumotlarni, shu jumladan shaxsiy maʼlumotlarni talab qilmaydilar va taqdim etmaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur moddaning 1-bandidan qatʼi nazar, Tomonlar oʻzlarining tegishli milliy qonunchiligi va qoidalariga koʻra maxfiy hisoblangan maʼlumotni, basharti bunday maʼlumot ushbu Bitimni amalga oshirishda samaradorlikka erishish uchun zarur boʻlgan taqdirda, faqat oʻzlarining milliy qonunchiligi va qoidalariga zid boʻlmasa, almashishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunday holda, maʼlumotni qabul qiluvchi Tomon, ularni tayinlangan agentlik va jismoniy shaxslardan tashqari, har qanday uchinchi tomonga oshkor qilmasligi, taqdim etmasligi yoki axborotdan foydalanishga yoʻl qoʻymasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tomonlar mazkur Bitimni amalga oshirish jarayonida shaxsiy maʼlumotlarni amaldagi shartnomalar va oʻzlarining milliy qonunchiligi va qoidalariga mos keladigan tarzda himoya qiladilar va kasalliklarni oldini olish va ularga qarshi javob choralarini koʻrishda oʻzboshimchalik bilan, hamda qonunga xilof ravishda shaxsiy hayotga aralashishga yoʻl qoʻyilmasligini kafolatlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-modda
Diplomatik va konsullik munosabatlari toʻgʻrisidagi xalqaro konvensiyalarga muvofiqlik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar kasalliklarning oldini olish va ularga qarshi javob choralarini koʻrishda Diplomatik aloqalar toʻgʻrisidagi Vena konvensiyasi, Konsullik munosabatlari toʻgʻrisidagi Vena konvensiyasi va tegishli xalqaro odat huquqiga rioya qiladilar va xalqaro hamjihatlikni hurmat qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-modda
Sogʻliqni saqlashning boshqa sohalaridagi hamkorlik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar, shuningdek, oʻzaro kelishuvga muvofiq, kasalliklarning oldini olish va ularga qarshi javob choralarini koʻrishdan tashqari, sogʻliqni saqlashning boshqa sohalarida ham hamkorlikni rivojlantirishga harakat qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16-modda
Amalga oshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tomonlar mazkur Bitimni samarali amalga oshirilishini taʼminlash maqsadida, har bir Tomonning tayinlangan vakillaridan tashkil topgan Sogʻliqni saqlash sohasidagi hamkorlik boʻyicha Qoʻshma qoʻmita (keyingi oʻrinlarda “Qoʻshma qoʻmita” deb ataladi) tuzadilar. Bitim doirasida tartibga solinadigan turli sohalarni samarali muhokama qilish maqsadida Qoʻshma qoʻmita tarkibiga Tomonlar sogʻliqni saqlash siyosatiga va tashqi ishlariga vakolatli organlarining vakillari kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Qoʻshma qoʻmitaning majlislari navbati bilan Tomonlar tarafidan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qoʻshma qoʻmitaning vazifalari quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) Tomonlar milliy qonunchiligi, qoidalari va siyosatiga koʻra hamkorlik yoʻnalishlarini aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) mazkur Bitimga rioya qilish va (yoki) uni amalga oshirish bilan bogʻliq har qanday masalani muhokama qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(s) mazkur Bitim doirasida qoʻshma dastur va loyihalarni aniqlash, qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(d) sogʻliqni saqlash sohasidagi hamkorlikka taalluqli normalarni, shu jumladan Xalqaro tibbiy-sanitariya qoidalarini samarali qoʻllash masalalarini muhokama qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(e) 7 va 8-moddalar, 9-moddaning 1-bandi hamda 10-modda ijrosini muhokama qilish va koʻrib chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(f) 9-moddaning 2-bandiga binoan hamkorlikning qoʻshimcha yoʻnalishlarini aniqlash va amalga oshirilishini muhokama qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) mazkur Bitimga oʻzgarishlar kiritish zarurligini yoki uni amalga oshirish uchun qoʻshimcha kelishuvlar imzolashni muhokama qilish; va
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(h) Tomonlar oʻzaro kelishib olishlari mumkin boʻlgan kun tartibining boshqa masalalarini muhokama qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur Bitimni amalga oshirish boʻyicha Tomonlar oʻzlarining vakolatli organlarini tayinlaydilar va bu toʻgʻrisida bir-birlarini xabardor qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur Bitimni samarali bajarilishini taʼminlash uchun, Tomonlar istalgan vaqtda bir-birlari bilan diplomatik kanallar orqali maslahatlashishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur Bitim doirasida muayyan tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha Tomonlar oʻzlarining tegishli tashkilotlari oʻrtasida kelishuvlar imzolashlari mumkin. Bunday kelishuvlar yoki sogʻliqni saqlash sohasidagi mavjud kelishuvlarga oʻzgartirish kiritish masalalari Qoʻshma qoʻmita tomonidan muhokama qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17-modda
Xarajatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Har bir Tomon mazkur Bitim doirasidagi hamkorlik bilan bogʻliq boʻlgan oʻz xarajatlarini oʻzlari qoplaydilar. Zarur hollarda, Tomonlar xarajatlarning aniq moliyaviy javobgarlik tafsilotlari koʻrsatib oʻtilgan qoʻshimcha kelishuvlar tuzishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur Bitim doirasida amalga oshiriladigan barcha harakatlar, har bir Tomonning moliyaviy resurslari mavjudligini hisobga olgan holda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18-modda
Nizolarni hal qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitimning talqin qilinish yoki amalga oshirishda yuzaga keladigan har qanday nizo Tomonlar oʻrtasida oʻzaro maslahatlashuv orqali tinch yoʻl bilan hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19-modda
Kuchga kirishi, amal qilish muddati, tugatilishi va oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Har bir Tomon mazkur Bitimning kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan oʻzining ichki davlat tartib-taomillari yakunlanganligi toʻgʻrisida boshqa Tomonni diplomatik kanallar orqali boshqa Tomonni xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitim soʻnggi xabarnoma olingan sanadan boshlab oʻttiz (30) kundan soʻng kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur Bitim besh (5) yil davomida amal qiladi va Tomonlardan biri mazkur Bitimning amal qilish muddati tugashidan kamida olti (6) oy oldin uni tugatish niyati toʻgʻrisida boshqa Tomonga yozma xabarnoma yubormagan taqdirda, u oʻz-oʻzidan navbatdagi besh (5) yillik muddatlarga uzayaveradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur Bitimga Tomonlarning oʻzaro yozma kelishuviga koʻra, oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin. Bunday oʻzgartirish va qoʻshimchalar mazkur Bitimning ajralmas qismi hisoblanadigan va mazkur moddaning 1-bandida nazarda tutilgan tartibda kuchga kiradigan alohida bayonnomalar orqali yoki Tomonlar kelishgan har qanday boshqa shaklda kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbuni tasdiqlagan holda, oʻzlarining tegishli hukumatlari tomonidan lozim darajada vakolatlangan quyida imzo chekuvchilar mazkur Bitimni imzoladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Seul shahrida 2021-yil 17-dekabrda ikki nusxada, oʻzbek, koreys va ingliz tillarida tuzildi, bunda barcha matnlar teng autentikdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talqin qilishda tafovutlar yuzaga kelgan taqdirda, ingliz tilidagi matn ustuvor hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(imzolar)