03.11.2022 yildagi 642-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

Madaniy faoliyat sohasida tarmoqlarga oid badiiy kengashlar toʻgʻrisidagi namunaviy nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Madaniy faoliyat va madaniyat tashkilotlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, shuningdek, madaniyat tashkilotlarida jamoatchilik boshqaruvining samarali tizimini yanada rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Madaniy faoliyat va madaniyat tashkilotlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 13-moddasiga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tizimida madaniyat tashkilotlari boʻlgan davlat organlari va tashkilotlar, shuningdek madaniyat tashkilotlari tomonidan teatr, musiqa va konsert faoliyati, sirk sanʼati va tasviriy sanʼat, arxitektura va dizayn boʻyicha tarmoq badiiy kengashlari tashkil etilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarmoqlarga oid badiiy kengashlar maslahat organlari hisoblanishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarmoqlarga oid badiiy kengashlar tarkibiga, qoida tariqasida, taniqli ijodkorlar, madaniyat xodimlari, olimlar, mutaxassislar, madaniyat tashkilotlari assotsiatsiyalarining (uyushmalarining) vakillari kirishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Madaniy faoliyat sohasida tarmoqlarga oid badiiy kengashlar toʻgʻrisidagi namunaviy nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har bir davlat madaniyat tashkilotida yuridik shaxs boʻlmagan badiiy kengashlar faoliyatini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
badiiy kengashlarning asosiy vazifalari, huquq va majburiyatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
badiiy kengashlarning faoliyatini tashkil etish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
badiiy kengashlar tomonidan qaror qabul qilish va uning ijrosini tashkil etish tartibi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki, tizimida madaniyat tashkilotlari boʻlgan davlat organlari va tashkilotlarda tashkil etiladigan tarmoq badiiy kengashlari aʼzolariga ular tomonidan har chorak yakuni boʻyicha bajarilgan ishlar natijalariga koʻra davlat organlari va tashkilotlar rahbarlarining tegishli buyrugʻiga asosan ularning budjetdan tashqari jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 5 baravarigacha miqdorda gonorar toʻlab boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tizimida madaniyat tashkilotlari boʻlgan davlat organlari va tashkilotlar bilan birgalikda bir oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu qaror bilan tasdiqlangan namunaviy nizom asosida mazkur davlat organlari va tashkilotlarda, shuningdek madaniyat tashkilotlarida teatr, musiqa va konsert faoliyati, sirk sanʼati va tasviriy sanʼat, arxitektura va dizayn boʻyicha tarmoq badiiy kengashlarini tashkil etish, ularning nizomlari va tarkibini tasdiqlash choralarini koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — turizm va madaniy meros vaziri A.A. Abduxakimov hamda Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vaziri O.A. Nazarbekov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 3-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
642-son

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 3-noyabrdagi 642-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Madaniy faoliyat sohasida tarmoqlarga oid badiiy kengashlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NAMUNAVIY NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Namunaviy nizom madaniy faoliyat sohasida tarmoqlarga oid badiiy kengashlarning (keyingi oʻrinlarda — badiiy kengash) maqomi, asosiy vazifalari, huquqlari va majburiyatlari, shuningdek, faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tizimida madaniyat tashkilotlari boʻlgan davlat organlari va tashkilotlarda (keyingi oʻrinlarda — davlat organlari va tashkilotlar), shuningdek har bir madaniyat tashkilotlarida (keyingi oʻrinlarda — madaniyat tashkiloti) tegishli ravishda teatr, musiqa va konsert faoliyati, sirk sanʼati va tasviriy sanʼat, arxitektura va dizayn boʻyicha badiiy kengashlar tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat organlari va tashkilotlarda tashkil etiladigan badiiy kengash ularning madaniy faoliyat sohasini yanada rivojlantirish boʻyicha, madaniyat tashkilotlarida tashkil etiladigan badiiy kengash esa madaniyat tashkilotlari oldida turgan tashkiliy, ijodiy-ishlab chiqarish masalalari boʻyicha tegishli ekspertlik taklif, xulosa va tavsiyalarni beruvchi maslahat organi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Badiiy kengash oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Namunaviy nizomga hamda boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Badiiy kengashning nizomi va tarkibi tegishli davlat organi va tashkiloti rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, davlat teatrining badiiy kengashi toʻgʻrisidagi nizom va uning tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan tasdiqlanadi hamda kamida uch yilda bir marta yangilab turiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Badiiy kengash tarkibiga, qoida tariqasida, taniqli ijodkorlar, madaniyat xodimlari, olimlar, mutaxassislar, madaniyat tashkilotlari assotsiatsiyalarining (uyushmalarining) vakillari kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Badiiy kengashning asosiy vazifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Quyidagilar Badiiy kengashning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) davlat organlari va tashkilotlarning badiiy kengashlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
madaniy faoliyat sohasidagi ijodiy masalalarni oʻrganish va tahlil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
madaniy faoliyat sohasini rivojlantirish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
madaniyat tashkilotlarining ijodiy faoliyati samaradorligini oshirish va ularning repertuarlari shakllantirilishini muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijodkorlarni ragʻbatlantirish va davlat mukofotlariga tavsiya etish boʻyicha takliflar tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) madaniyat tashkilotlari badiiy kengashlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
madaniyat tashkilotlarining ijodiy faoliyatini muhokama qilish, ularni yaxshilash va sifatini oshirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
madaniyat tashkilotlari tomonidan yaratiladigan sanʼat asarlarining gʻoyaviy, maʼnaviy va badiiy saviyasini oshirish yuzasidan zarur tavsiyalar tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
madaniyat tashkilotlarining gastrol-konsert faoliyatini samarali tashkil etish boʻyicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
madaniyat tashkilotlari maʼmuriyati bilan birgalikda ularning ijodiy faoliyatini yaxshilash yuzasidan chora-tadbirlar belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli madaniyat tashkilotlari ijodiy xodimlarining malaka toifalarini koʻrib chiqish va ularni oʻzgartirish boʻyicha tavsiyalar tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishga qabul qilishga nomzod ijodiy xodimlarning ijodiy salohiyatini oʻrganib chiqish, muhokama qilish hamda ishga qabul qilish yoki qilmaslik yuzasidan madaniyat tashkiloti rahbariga xulosa berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkiliy, ijodiy-ishlab chiqarish masalalari boʻyicha tegishli taklif, tavsiya va xulosalar tayyorlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Badiiy kengashning huquqlari va majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Badiiy kengash oʻzining asosiy vazifalarini amalga oshirish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun zarur boʻlgan axborotni belgilangan tartibda tegishli ravishda davlat organlari va tashkilotlar hamda madaniyat tashkilotidan soʻrab olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari va tashkilotlar, madaniyat tashkilotining ish rejalari va repertuarlarini, gastrol-konsert faoliyatini muhokama qilishda ishtirok etish, ularni takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari va tashkilotlar rahbariga madaniyat tashkiloti faoliyatini takomillashtirish va uning xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish toʻgʻrisida takliflar kiritish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Badiiy kengash qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Badiiy kengash ushbu Namunaviy nizomda belgilangan asosiy vazifalar bajarilishini taʼminlashga majburdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Badiiy kengash qonunchilik hujjatlariga muvofiq oʻz zimmasiga boshqa majburiyatlarni ham olishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Badiiy kengash faoliyatini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Badiiy kengash, qoidaga koʻra, rais, rais oʻrinbosari, Badiiy kengash kotibi va aʼzolaridan iborat tarkibda shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Badiiy kengash 9 — 17 nafar aʼzodan iborat boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Badiiy kengash raisi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Badiiy kengash majlisi kun tartibini belgilaydi va uni chaqiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Badiiy kengash qarorlarini tasdiqlaydi va ular ijrosi nazorat qilinishini tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Badiiy kengashning yillik ish rejasini tasdiqlaydi, shuningdek, Badiiy kengashga uning ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotni taqdim etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Badiiy kengash aʼzolariga yuklangan vazifalar ijrosi boʻyicha ularning ishini muvofiqlashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Badiiy kengashning samarali faoliyatini taʼminlash uchun boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Badiiy kengash raisi va uning oʻrinbosari kengash aʼzolari orasidan birinchi tashkiliy majlisda saylanadilar. Badiiy kengash aʼzolari faoliyati muddatlari, Badiiy kengash raisi va uning oʻrinbosarini qayta saylash tartibi uning nizomida belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Badiiy kengash oʻz vakolatlarini madaniyat tashkiloti rahbariga berishga haqli emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Badiiy kengash raisi oʻrinbosari Badiiy kengash raisi yoʻqligida uning vazifasini bajaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Badiiy kengash aʼzolari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Badiiy kengash majlislarida koʻrib chiqiladigan masalalarni muhokama qilish va hal etishda ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
madaniyat tashkilotini rivojlantirishning dolzarb masalalari boʻyicha Badiiy kengash muhokamasiga takliflar kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Badiiy kengash tomonidan koʻrib chiqiladigan masalalar boʻyicha xulosalar taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Badiiy kengash aʼzolari majlisda shaxsan qatnashishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Badiiy kengash aʼzosi majlisda ishtirok etish imkoni boʻlmaganda majlis kun tartibi boʻyicha oʻz fikrini Badiiy kengashga yozma ravishda yuborish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Badiiy kengash oʻz ishini Badiiy kengash tomonidan tasdiqlangan rejalar asosida tashkil etadi va oʻz majlislarini zaruratga koʻra, biroq har chorakda kamida bir marta oʻtkazadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Badiiy kengash raisi Badiiy kengash aʼzolarining yozma iltimosnomalari asosida navbatdan tashqari majlislar chaqirishi mumkin. Badiiy kengash aʼzolarining iltimosnomasida navbatdan tashqari majlisni oʻtkazishning sabablari va asoslari bayon qilinishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Badiiy kengash majlisini Badiiy kengash raisi olib boradi, u boʻlmagan taqdirda — Badiiy kengash raisi oʻrinbosari olib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Badiiy kengashda uning aʼzolarining kamida uchdan ikki qismi hozir boʻlsa, u vakolatli hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Majlisni oʻtkazish uchun kvorum yoki rais va uning oʻrinbosari boʻlmaganda Badiiy kengash majlisini oʻtkazishning yangi sanasi eʼlon qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Badiiy kengash majlisida koʻrib chiqilayotgan masalalarning xususiyatiga bogʻliq ravishda davlat organlari va boshqa tashkilotlarning rahbarlari va mutaxassislari, madaniyat tashkiloti xodimlari, alohida soha mutaxassislari taklif etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Badiiy kengash kotibi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
barcha zarur hujjatlar Badiiy kengash majlisiga oʻz vaqtida tayyorlanishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
majlisni oʻtkazish muddati va joyini Badiiy kengash raisi bilan kelishadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kun tartibidagi masalalar boʻyicha Badiiy kengash majlislari oʻtkazilishini tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Badiiy kengash aʼzolarini va taklif etilgan shaxslarni majlis oʻtkaziladigan sana, kun tartibi loyihasi, vaqt va joy toʻgʻrisida xabardor qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Badiiy kengash qarorlari ijrosi monitoringini olib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Badiiy kengash bayonnomalarini rasmiylashtiradi va tasdiqlangan bayonnomalarni Badiiy kengash aʼzolariga va boshqa manfaatdor tashkilotlarga yuboradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Badiiy kengash hujjatlari saqlanishini, shuningdek, Badiiy kengashning faoliyati toʻgʻrisidagi axborot madaniyat tashkilotining veb-saytida joylashtirilishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Badiiy kengash tomonidan qarorlar qabul qilinishi va ularning ijrosini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Badiiy kengashning qarori majlisda ishtirok etayotgan Badiiy kengash aʼzolarining oddiy koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng boʻlib qolganda, Badiiy kengash raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Badiiy kengash qarorlari Badiiy kengash majlisining bayonnomasi bilan rasmiylashtiriladi. Badiiy kengash majlisining bayonnomasi Badiiy kengash raisi tomonidan tasdiqlanadi va bir hafta muddatda Badiiy kengash aʼzolariga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Badiiy kengash majlisi bayonnomasi rasmiylashtirilgan sanadan boshlab oʻn ish kuni mobaynida Badiiy kengashning kotibi uni tegishli ravishda davlat organlari va tashkilotlarga, madaniyat tashkilotiga yetkazilishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Badiiy kengash bayonnomasining asli va unga tahliliy materiallar tegishli ravishda davlat organlari va tashkilotlarda, madaniyat tashkilotida saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Badiiy kengash kotibi Badiiy kengash aʼzolari koʻmagida Badiiy kengash qarorlari bajarilishini muntazam ravishda oʻrganadi va koʻrib chiqadi, zarurat boʻlganda, Badiiy kengash raisiga tegishli takliflar kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Ushbu Namunaviy nizom qoʻllanilishi munosabati bilan yuzaga keladigan nizolar belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Ushbu Namunaviy nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.11.2022-y., 09/22/642/0991-son)