02.11.2022 yildagi 633-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Madaniyat va sanʼat muassasalarini malakali mutaxassislar bilan taʼminlash va ularni davlat tomonidan tizimli qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Baxshichilik, anʼanaviy xonandalik, sozandalik va fortepiano ijrochilik yoʻnalishlarida yuqori malakali kadrlar tayyorlashni kengaytirish va tahsil olayotgan talabalarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash, shuningdek, 2022-yil 30-iyun — Yoshlar kuni munosabati bilan boʻlib oʻtgan uchrashuvlarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan tashabbuslarni amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev rahbarligida 30-iyun — Yoshlar kuni munosabati bilan boʻlib oʻtgan uchrashuvda berilgan topshiriqlarning 54-sonli bayoni 3-bandiga muvofiq, 2022/2023 oʻquv yilidan boshlab:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maqom xonandaligi, maqom cholgʻu ijrochiligi va baxshichilik yoʻnalishlariga yangi qabul qilingan talabalarning shartnoma toʻlovlari davlat tomonidan toʻliq qoplab berilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fortepiano ijrochilarini tayyorlash boʻyicha qabul kvotasini 3 baravarga koʻpaytirib, talabalarning kontrakt toʻlovlarini toʻliq qoplab berilishi belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilovaga muvofiq tasdiqlangan bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari roʻyxatiga kiritilgan Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tizimidagi oliy taʼlim muassasalarining kunduzgi taʼlim shaklida toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga yangi qabul qilingan birinchi bosqich talabalarining (keyingi oʻrinlarda — talabalarning) 2022/2023 oʻquv yili uchun toʻlov-kontrakt (stipendiyasiz) summasi 2022-yil 15-noyabrga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligiga Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar doirasida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kelgusi oʻquv yilidan boshlab esa 15-sentabrga qadar Madaniyat vazirligiga Davlat budjetidan ushbu maqsadlar uchun ajratilgan qoʻshimcha mablagʻlar hisobidan qoplanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabalarning toʻlov-kontrakt summasi uchun ajratiladigan mablagʻlar hajmi Madaniyat vazirligi tizimidagi oliy taʼlim muassasalariga budjet tizimi budjetlari xarajatlarining iqtisodiy tasnifi boʻyicha 48 21 190 “Boshqa xarajatlar” moddasida bir satrda rejalashtirilgan holda aks ettiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabalarning toʻlov-kontrakt summasi uchun ajratilgan mablagʻlar oliy taʼlim muassasalarining budjetdan tashqari (toʻlov-kontrakt) mablagʻlari boʻyicha shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga oʻtkaziladi hamda belgilangan tartibda sarflanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi uch kun muddatda toʻlov-kontrakt summasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan toʻlab beriladigan bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha oʻqishga yangi qabul qilingan talabalarning roʻyxatini shakllantirsin hamda toʻlov-kontrakt summalarini tegishli oliy taʼlim muassasalariga oʻtkazib berilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan kelishilgan holda haqiqiy ehtiyojdan kelib chiqib Oʻzbekiston davlat konservatoriyasiga “Fortepiano (organ)” bakalavriat taʼlim yoʻnalishi boʻyicha toʻlov-kontrakt asosidagi qabul parametrini 2023/2024 oʻquv yilidan boshlab uch baravargacha oshirgan holda tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari — turizm va madaniy meros vaziri A.A. Abduxakimov hamda Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vaziri O.A. Nazarbekov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 2-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
633-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-noyabrdagi 633-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Madaniyat vazirligi tizimidagi oliy taʼlim muassasalarining kunduzgi taʼlim shaklida toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga yangi qabul qilingan birinchi bosqich talabalarining toʻlov-kontrakt summasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan qoplab beriladigan bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Taʼlim yoʻnalishi shifri

Taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklari

1.

60112400

Professional taʼlim:

vokal sanʼati (anʼanaviy xonandalik)

cholgʻu ijrochiligi (anʼanaviy cholgʻular)

2.

60211400

Vokal sanʼati (anʼanaviy xonandalik)

3.

60211500

Cholgʻu ijrochiligi: (anʼanaviy cholgʻular)

4.

60211900

Baxshichilik va dostonchilik

5.

60211501

Fortepiano (organ)

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.11.2022-y., 09/22/633/0983-son)