01.11.2022 yildagi 628-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 02.11.2022 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

Gidroponika usulida chorva mollariga ozuqa yetishtirish uskunalarini xarid qilgan chorvachilik subyektlariga subsidiya ajratish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Chorvachilikni yanada rivojlantirish va chorva ozuqa bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 8-fevraldagi PQ-121-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Chorvachilikni yanada rivojlantirish va chorva ozuqa bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 8-fevraldagi PQ-121-son qaroriga muvofiq 2022-yil 1-yanvardan boshlab 2023-yil 31-dekabrga qadar gidroponika usulida chorva mollariga ozuqa yetishtirish uskunalarini xarid qilish xarajatining 20 foizi respublika budjeti hisobidan qoplab berilishi, bunda mazkur uskuna qiymatining 100 million soʻmdan oshmagan qismi qoplanishi belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Gidroponika usulida chorva mollariga ozuqa yetishtirish uskunalarini xarid qilgan chorvachilik subyektlariga subsidiya ajratish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chorvachilik subyektlariga gidroponika usulida ozuqa yetishtirish uskunasini xarid qilish xarajatlarining bir qismini qoplash uchun qaytarmaslik sharti bilan beriladigan moliyaviy yordam;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chorvachilik subyektlariga gidroponika usulida chorva mollariga ozuqa yetishtirish uskunalarini xarid qilish uchun subsidiya ajratishda talab etiladigan hujjatlar, ularni koʻrib chiqish hamda subsidiya ajratish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
subsidiya ajratishni rad etish asoslari va subsidiya ajratishni rad etish boʻyicha xulosa berish va u boʻyicha shikoyat qilish tartibi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Gidroponika usulida chorva mollariga ozuqa yetishtirish uskunalarini xarid qilgan chorvachilik subyektlariga subsidiya ajratish boʻyicha tuman (shahar) komissiyalarining namunaviy tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Quyidagilar gidroponika usulida chorva mollariga ozuqa yetishtirish uskunalarini xarid qilgan chorvachilik subyektlariga subsidiya ajratilishini samarali tashkil etishni taʼminlash boʻyicha tuman (shahar) komissiyalarining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
subsidiya oluvchining uskunalarini gidroponika usulida chorva mollariga ozuqa yetishtirish uchun moʻljallanganligi va belgilangan talablarga javob berishini oʻrganish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
subsidiya oluvchidan gidroponika usulida chorva mollariga ozuqa yetishtirish uskunalariga tegishli boʻlgan hujjatlarni soʻrab olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
subsidiya oluvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlar asosida oʻtkaziladigan oʻrganishlar orqali ishonchsiz va notoʻgʻri maʼlumotlar mavjudligi yoki maʼlumotlarni buzib koʻrsatish holatlarini aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gidroponika usulida chorva mollariga ozuqa yetishtirish uskunalarini xarid qilgan chorvachilik subyektlariga subsidiya ajratish yoki ajratishni rad etish boʻyicha xulosa berish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi Moliya vazirligi hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chorvachilik subyektlariga gidroponika usulida chorva mollariga ozuqa yetishtirish uskunalarini xarid qilish uchun subsidiya ajratish jarayonida my.vetgov.uz elektron axborot tizimi orqali maʼlumotlar almashinuvini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
my.vetgov.uz elektron axborot tizimi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga integratsiya qilinishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
subsidiya berish bilan bogʻliq davlat xizmatlari koʻrsatish Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali joriy etilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida davlat xizmatlari koʻrsatishning har bir bosqichida murojaatlarning koʻrib chiqilishini kuzatib borish tartibi joriy etilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari Sh.M. Gʻaniyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 1-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
628-son

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 1-noyabrdagi 628-son qaroriga
1-ILOVA

Gidroponika usulida chorva mollariga ozuqa yetishtirish uskunalarini xarid qilgan chorvachilik subyektlariga subsidiya ajratish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom gidroponika usulida chorva mollariga ozuqa yetishtirish uskunalarini xarid qilgan chorvachilik subyektlari uchun subsidiya berish tartibini belgilaydi hamda 2023-yil 31-dekabrga qadar amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
subsidiya — chorvachilik subyektlariga gidroponika usulida ozuqa yetishtirish texnologiyasini xarid qilish xarajatlarining bir qismini qoplash uchun qaytarmaslik sharti bilan beriladigan moliyaviy yordam;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
subsidiya oluvchi subyektlar — gidroponika usulida chorva mollariga ozuqa yetishtirish uskunalarini xarid qilgan chorvachilik subyektlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gidroponika — tuproqsiz sunʼiy muhitda oʻsimliklarni yetishtirish usuli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Subsidiya berish shartlari va rad etish asoslari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Gidroponika usulida chorva mollariga ozuqa yetishtirish uskunalarini xarid qilish xarajatining 20 foizi Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti hisobidan qoplab berilishi, bunda mazkur uskuna qiymatining 100 million soʻmdan oshmagan qismi qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Subsidiya berishni rad etish uchun quyidagilar asos boʻladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
subsidiya oluvchi subyekt tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda ishonchsiz va notoʻgʻri maʼlumotlar mavjudligi yoki maʼlumotlarni buzib koʻrsatish holatlari aniqlanganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur Nizomning 8-9-bandlarida belgilangan talablarga rioya etilmaganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu bandda qayd etilganidan tashqari boshqa holatlarda subsidiya oluvchi subyektga subsidiya ajratishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Subsidiya berish rad etilgan taqdirda, koʻrsatilgan kamchiliklar bartaraf etilgandan soʻng talabgor ushbu Nizomda belgilangan tartibda qayta ariza topshirish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Subsidiya oluvchi subyekt subsidiya ajratilishini rad etish boʻyicha xulosadan norozi boʻlgan taqdirda, belgilangan tartibda yuqori turuvchi tashkilotga yoki sudga shikoyat qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Subsidiya berish uchun talab etiladigan hujjatlar va ularni koʻrib chiqish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Subsidiya oluvchi subyektlar oʻz xoʻjaligida joriy qilgan gidroponika usulida ozuqa yetishtirish texnologiyasi uchun subsidiya olish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasining my.vetgov.uz elektron axborot tizimi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YAIDXGT) orqali hududiy “Chorvanasl” markazi tuman vakiliga (keyingi oʻrinlarda — Vakil) ariza bilan murojaat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gidroponika usulida ozuqa yetishtirish uskunalarini oʻrnatish boʻyicha shartnoma hamda hisobvaraq-faktura hujjatlari nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar uskunalar import qilingan boʻlsa, bojxona yuk deklaratsiyasi nusxasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taqdim etilgan hujjatlarning toʻliq va haqqoniyligi uchun subsidiya oluvchi subyektlar shaxsan javobgar hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Chorvachilik subyekti tomonidan joriy qilingan gidroponika usulida ozuqa yetishtirish texnologiyasiga subsidiya olish uchun ariza ushbu Nizomga l-ilovada keltirilgan namunaga muvofiq topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakil subsidiya berish bilan bogʻliq ariza va unga ilova qilingan hujjatlarni koʻrib chiqish uchun bir ish kunida gidroponika usulida chorva mollariga ozuqa yetishtirish uskunalarini xarid qilgan chorvachilik subyektlariga subsidiya ajratilishini samarali tashkil etishni taʼminlash boʻyicha tuman (shahar) komissiyalariga (keyingi oʻrinlarda — komissiya) taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Subsidiya oluvchi subyektlar tomonidan taqdim etilgan arizani koʻrib chiqish ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq sxema asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Komissiya subsidiya oluvchi subyektning arizasiga koʻra ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq Elektron hisobvaraq-fakturaga kiritiladigan jihozlarning barchasi oʻrnatilganiga ishonch hosil qilgan taqdirda, gidroponika usulida ozuqa yetishtirish uskunasi boʻyicha besh ish kunida ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq xulosa beradi hamda ushbu xulosani “my.vetgov.uz” sayti orqali elektron shaklda Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi “Oʻzbekchorvanasl” agentligiga (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Agentlik xulosa kelib tushgan sanadan boshlab bir ish kunida subsidiya ajratilishi yoki ajratilmasligi yuzasidan ariza beruvchiga my.vetgov.uz elektron axborot tizimi yoki YIDXP orqali javob xati yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Subsidiyani berish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Agentlik kalendar yil mobaynida subsidiya oluvchi subyektlardan tushgan arizalarga muvofiq umumlashtirilgan subsidiya mablagʻini moliyalashtirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga buyurtma taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Komissiya xulosasi ijobiy boʻlgan taqdirda, elektron shakldagi maʼlumotlar my.vetgov.uz elektron axborot tizimi orqali Agentlik tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligiga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bu toʻgʻrisida subsidiya oluvchi subyektga my.vetgov.uz elektron axborot tizimi yoki YIDXP orqali maʼlum qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligi xulosani olganidan soʻng bir ish kunida budjetdan tegishli subsidiya summasini subsidiya oluvchi subyektning bank hisobvaragʻiga oʻtkazadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi kelgusi yil uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarini shakllantirishda subsidiya oluvchi subyektlarga subsidiya berish uchun zarur mablagʻlarni hisobga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Subsidiya berish boʻyicha yuzaga keladigan kelishmovchiliklar tomonlar oʻrtasida muzokaralar oʻtkazish orqali hal qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kelishmovchiliklarni muzokaralar oʻtkazish orqali hal qilishning iloji boʻlmaganda, sud tartibida hal qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Subsidiya oluvchi subyektlarga beriladigan subsidiyaning yetkazilishi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi tomonidan nazorat qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Gidroponika usulida chorva mollariga ozuqa yetishtirish uskunalarini xarid qilgan chorvachilik subyektlariga subsidiya ajratish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizomga

Chorvachilik subyekti tomonidan joriy qilingan gidroponika usulida ozuqa yetishtirish texnologiyasiga subsidiya olish uchun ariza
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NAMUNASI

1.

Yuridik shaxsning toʻliq nomi:

2.

Joylashgan joyi:

(pochta manzili)

3.

STIR raqami:

4.

Bank rekvizitlari:

(bank boʻlimi nomi, MFO va hisobvaragʻi)

5.

Telefon raqami:

6.

Elektron pochta manzili:

7.

Gidroponika texnologiyasini qurib bergan yuridik shaxs nomi

8.

Gidroponika texnologiyasini qurib bergan yuridik shaxsning bank rekvizitlari (manzili)

9.

Gidroponika texnologiyasining bir kunlik quvvati, kg

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Gidroponika usulida chorva mollariga ozuqa yetishtirish uskunalarini xarid qilgan chorvachilik subyektlariga subsidiya ajratish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizomga
2-ILOVA

Subsidiya oluvchi subyektlar tomonidan taqdim etilgan arizani koʻrib chiqish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Subsidiya oluvchi subyekt

Talabgor subsidiya olish maqsadida Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasining my.vetgov.uz elektron axborot tizimi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP) orqali hududiy “Chorvanasl” markazi tuman vakiliga ariza bilan murojaat qiladi.

Gidroponika usulida ozuqa yetishtirish texnologiyasini joriy qilgandan soʻng

2-bosqich

“Chorvanasl” markazi tuman vakili

Subsidiya berish bilan bogʻliq ariza va unga ilova qilingan hujjatlarni koʻrib chiqish uchun komissiyaga taqdim etadi.

Bir ish kunida

3-bosqich

Komissiya

(subsidiya berish boʻyicha tuman (shahar) komissiyasi)

Komissiya subsidiya oluvchi subyektning arizasi va unga ilovaga qilingan hujjatlarni koʻrib chiqib, xulosa beradi hamda my.vetgov.uz elektron axborot tizimi orqali elektron shaklda “Oʻzbekchorvanasl” agentligiga taqdim etadi.

Besh ish kunida

4-bosqich

“Oʻzbekchorvanasl” agentligi

Komissiyaning xulosasiga asosan subsidiya oluvchi subyektga subsidiya berilishi yoki berilmasligi toʻgʻrisida my.vetgov.uz elektron axborot tizimi yoki YIDXP orqali javob xati yuboradi.

Bu toʻgʻrisida subsidiya oluvchi subyektga my.vetgov.uz tizimi yoki YIDXP orqali maʼlum qiladi.

Bir ish kunida

5-bosqich

“Oʻzbekchorvanasl” agentligi

Komissiya xulosasi ijobiy boʻlgan taqdirda, elektron shakldagi maʼlumotlarni my.vetgov.uz elektron axborot tizimi orqali Moliya vazirligi Gʻaznachiligiga yuboradi.

Bir ish kunida

6-bosqich

Moliya vazirligi Gʻaznachiligi

Moliya vazirligi Gʻaznachiligi xulosani olgandan soʻng subsidiya oluvchi subyektning bank hisobvaragʻiga belgilangan tartibda tegishli subsidiya summasini oʻtkazadi.

Bir ish kunida

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Gidroponika usulida chorva mollariga ozuqa yetishtirish uskunalarini xarid qilgan chorvachilik subyektlariga subsidiya ajratish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizomga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektron hisobvaraq-fakturaga kiritiladigan jihozlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI

T/r

Mahsulot nomi

Oʻlchov birligi

Mahsulot (xizmat)larning Yagona elektron milliy katalogi boʻyicha identifikatsiya kodi

1.

Koʻp qatlamli tuzilma (alyumin, nerjavika, otsenkovka)

2.

Sugʻorish uchun idish (TRUBA) (plastik idish)

3.

Avtomatika va tizim nazorati

4.

Suvni tozalash filtri

5.

Suv taʼminoti nasosi

6.

Sugʻorish uchun quvurlar

7.

Suv aeratori

8.

Suv ozonatori

9.

Suv isitkich TEN

10.

Havo tozalash filtri

11.

Ventilyatsiya tizimi

12.

Gidroponika yashil ozuqalarni yetishtirish uchun lotoklar (plastik, nerjavika, otsenkovka)

13.

Yorugʻlik manbalari

14.

Konditsioner

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Gidroponika usulida chorva mollariga ozuqa yetishtirish uskunalarini xarid qilgan chorvachilik subyektlariga subsidiya ajratish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizomga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

“TASDIQLAYMAN”

Tuman (shahar) hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari,

komissiya raisi _____________________

(imzo, muhr) (F.I.O.)

20___ yil “____” _____________

____________ tuman (shahri)da tuman (shahar)da gidroponika usulida chorva mollariga ozuqa yetishtirish uskunalarini xarid qilgan chorvachilik subyektlariga subsidiya ajratish boʻyicha tuman (shahar) komissiyasi ____________ (fermer xoʻjaligi, boshqa qishloq xoʻjaligi korxonasi nomi)ning 20____ yil ___________ dagi murojaatini joyida oʻrganib chiqdi va quyidagilarni aniqladi:

gidroponika usulida chorva mollariga ozuqa yetishtiruvchi ____________ (fermer xoʻjaligi, boshqa qishloq xoʻjaligi korxonasi nomi)ning 20___ yilda ____________ga gidroponika usulida ozuqa yetishtirish uskunalarini oʻrnatish boʻyicha jami qiymati ____________ soʻm boʻlgan shartnoma tuzgan;

20___ yilda _________ (fermer xoʻjaligi, boshqa qishloq xoʻjaligi korxonasi nomi) gidroponika usulida ozuqa yetishtirish uskunalarini oʻrnatib ishga tushirgan.

XULOSA:

gidroponika usulida chorva mollariga ozuqa yetishtiruvchi ____________ (fermer xoʻjaligi, boshqa qishloq xoʻjaligi korxonasi nomi)ga jami ____ soʻm miqdorida subsidiya toʻlash maqsadga muvofiq/muvofiq emas.

Tuman (shahar) veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi boshligʻi, komissiya raisi oʻrinbosari

imzo/muhr

tuman (shahar) agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi boshligʻi

imzo/muhr

tuman (shahar) moliya boʻlimi mudiri

imzo/muhr

hududiy “Chorvanasl” markazi tuman vakili, komissiya kotibi

imzo/muhr

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 1-noyabrdagi 628-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Gidroponika usulida chorva mollariga ozuqa yetishtirish uskunalarini xarid qilgan chorvachilik subyektlariga subsidiya ajratish boʻyicha tuman (shahar) komissiyalarining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NAMUNAVIY TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1.

Lavozimi boʻyicha

tuman (shahar) hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari, komissiya raisi

2.

Lavozimi boʻyicha

tuman (shahar) veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boʻlimi boshligʻi, komissiya raisi oʻrinbosari

3.

Lavozimi boʻyicha

tuman (shahar) agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi boshligʻi

4.

Lavozimi boʻyicha

tuman (shahar) moliya boʻlimi mudiri

5.

Lavozimi boʻyicha

hududiy “Chorvanasl” markazi tuman vakili, komissiya kotibi

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.11.2022-y., 09/22/628/0977-son; 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)