26.09.2022 yildagi 2511-IV-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari masalalari qoʻmitasining 2022-yil toʻqqiz oyidagi faoliyati toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari masalalari qoʻmitasining (bundan buyon matnda Qoʻmita deb yuritiladi) 2022-yil toʻqqiz oyidagi faoliyati yuzasidan axborotini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi taʼkidlaydiki, hisobot davrida Qoʻmita tomonidan qonun ijodkorligi faoliyati samaradorligini oshirishga, qonun loyihalarini tayyorlashda xalqaro tajribadan unumli foydalanishga, shuningdek axborot sohasidagi muhim masalalar yuzasidan taʼsirchan parlament nazoratini oʻrnatishga alohida eʼtibor qaratilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soʻnggi yillarda mamlakatimizda innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari sohalarida keng koʻlamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Qoʻmita masʼulligida ushbu islohotlarning huquqiy asoslarini takomillashtirishga qaratilgan 6 ta qonun loyihasi koʻrib chiqilib, shundan 5 tasi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi (bundan buyon matnda Qonunchilik palatasi deb yuritiladi) tomonidan qabul qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususan, “Pochta aloqasi toʻgʻrisida”gi, “Kiberxavfsizlik toʻgʻrisida”gi, “Elektron tijorat toʻgʻrisida”gi hamda “Elektron raqamli imzo toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari shular jumlasidandir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonun loyihalarini koʻrib chiqish hamda maromiga yetkazish maqsadida 45-marta ishchi guruh yigʻilishi oʻtkazilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻmita tomonidan qonun hujjatlarining ijrosi holatini, huquqni qoʻllash amaliyotini oʻrganish, qonunosti hujjatlarining qabul qilinishi yuzasidan monitoringni amalga oshirish, shuningdek davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari rahbarlarining axborotini eshitish, Qonunchilik palatasi va Qoʻmita qarorlarining ijrosini nazorat qilish boʻyicha 8 ta nazorat-tahlil tadbiri oʻtkazilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yilning toʻqqiz oyi davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan 213 ta murojaat Qoʻmita aʼzolari tomonidan belgilangan tartibda koʻrib chiqilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻmita faoliyati haqida keng jamoatchilikni oʻz vaqtida xabardor qilish, nazorat-tahlil tadbirlari yakunlari va Qoʻmita masʼulligida koʻrib chiqilayotgan qonun loyihalarining mohiyati va ahamiyatini aholi oʻrtasida tushuntirib borishga qaratilgan jami 36 ta tadbir tashkil etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisobot davrida Qoʻmita aʼzolari tomonidan ommaviy axborot vositalarida jami 4 317 marotaba chiqish tashkil etilgan. Shundan bosma ommaviy axborot vositalarida chop etilgan maqolalar 68 tani tashkil etgan, televideniyeda 117 ta, radio kanallarida 24 ta, Internet jahon axborot tarmogʻida 98 ta hamda ijtimoiy tarmoqlarda 4 010 ta chiqish qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻmita tomonidan amalga oshirilgan ishlar tahlili uning faoliyatida ayrim jihatlarga eʼtiborni yanada kuchaytirish lozimligini koʻrsatmoqda. Xususan, Qoʻmitaning innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari sohalariga oid qonun hujjatlarining joylardagi ijrosi taʼminlanishi ustidan taʼsirchan parlament va deputat nazoratini amalga oshirishga doir faoliyatini yanada kuchaytirish muhim ahamiyat kasb etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻz faoliyat yoʻnalishidan kelib chiqib, amaldagi qonun hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan asoslantirilgan takliflar tayyorlash va ularni qonunlarda aks ettirish boʻyicha tashabbus bilan chiqish borasidagi ishlarni samarali tashkil etish talab etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqorida bayon etilganlardan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari masalalari qoʻmitasining 2022-yil toʻqqiz oyidagi faoliyati toʻgʻrisidagi axboroti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari masalalari qoʻmitasiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻmita masʼulligida boʻlgan qonun loyihalarining jamoatchilik muhokamalarini tashkil etish hamda kelib tushgan takliflar va fikr-mulohazalarni qonun loyihalarini maromiga yetkazishda hisobga olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nazorat-tahlil tadbirlari doirasida qabul qilingan qarorlarning ijro etilishi holatini doimiy ravishda monitoring qilib borish va amaliyotda uchraydigan muammolarni bartaraf etish borasida mutasaddi vazirliklar, davlat qoʻmitalari hamda idoralar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar ustidan samarali parlament nazoratini olib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022 — 2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Inson qadrini ulugʻlash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturining Qoʻmita faoliyatiga taalluqli boʻlgan bandlarining ijro etilishi ustidan taʼsirchan parlament nazoratini kuchaytirish choralarini koʻrish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari A. Qodirov zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 26-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2511-IV-son