03.02.2022 yildagi SQ-464-IV-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2022 — 2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Inson qadrini ulugʻlash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi ijrosini taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlari haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning tashabbusi bilan ishlab chiqilgan “2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasi” asosida mamlakatimizda keng koʻlamli ishlar amalga oshirildi. Oʻtgan davr mobaynida 300 ga yaqin qonun, 4 mingdan ziyod Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari qabul qilindi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Amalga oshirilayotgan islohotlarning mantiqiy davomi sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022 — 2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi toʻgʻrisida”gi PF-60-sonli Farmoni bilan 2022 — 2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Inson qadrini ulugʻlash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi (keyingi oʻrinlarda — Davlat dasturi deb yuritiladi) tasdiqlandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur konseptual hujjat “Inson qadri uchun” degan ustuvor tamoyilni roʻyobga chiqarish maqsadida ishlab chiqilgan boʻlib, har bir fuqaroning tinch va xavfsiz hayot kechirishini, uning fundamental huquq va erkinliklarini taʼminlashga, munosib turmush sharoiti va zamonaviy infratuzilma tashkil etishga, malakali tibbiy xizmat koʻrsatishga, sifatli taʼlim, ijtimoiy himoya tizimi, sogʻlom ekologik muhit yaratishga qaratilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat dasturi 7 ta yoʻnalishda 398 ta banddan iborat boʻlib, unda rejalashtirilayotgan tadbirlarni moliyalashtirishga umumiy qiymati 55 trln soʻm va 11,7 mlrd AQSh dollari miqdoridagi mablagʻlar ajratilishi koʻzda tutilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat dasturining Inson qadrini yuksaltirish va erkin fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish orqali xalqparvar davlat barpo etish yoʻnalishidagi 12 ta maqsad va 45 ta aniq tadbir ijrosini taʼminlashga masʼul etib Oliy Majlis palatalari belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qolaversa, 2022 — 2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasida (keyingi oʻrinlarda — Taraqqiyot strategiyasi deb yuritiladi) hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan vazifalar doirasida tegishli hududiy dasturlarda belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan har chorak yakuni boʻyicha Bosh vazirning oʻrinbosarlari hamda vazirlik va idoralar rahbarlari Oliy Majlis palatalariga hisobot berishi tartibi oʻrnatildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taraqqiyot strategiyasini “Inson qadrini ulugʻlash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi ijrosini taʼminlash maqsadida “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 6-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Davlat dasturining Inson qadrini yuksaltirish va erkin fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish orqali xalqparvar davlat barpo etish yoʻnalishi ijrosini taʼminlash Oliy Majlis Senatining 2022-yildagi faoliyatida ustuvor vazifa sifatida belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2022 — 2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Inson qadrini ulugʻlash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi ijrosini taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlar rejasi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati qoʻmitalari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy Majlis Senati devoni tarkibiy boʻlinmalari bilan birgalikda chora-tadbirlar rejasida belgilangan vazifalarning oʻz vaqtida va sifatli ijro etilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har chorak yakuni boʻyicha hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlaridagi vazifalarning bajarilishi yuzasidan Bosh vazir oʻrinbosarlari hamda vazirlik va idoralar rahbarlari hisobotlariga puxta tayyorgarlik koʻrilishini taʼminlasin. Bunda ayniqsa hududlardagi masalalarning “Davlat — inson uchun” tamoyili asosida hal qilinishiga alohida eʼtibor qaratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ushbu Qaror ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi oʻrinbosari S. Safoyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 3-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SQ-464-IV-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2022-yil 3-fevraldagi SQ-464-IV-sonli Qaroriga

ILOVA

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2022 — 2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Inson qadrini ulugʻlash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi ijrosini taʼminlash boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ChORA-TADBIRLAR REJASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Ustuvor yoʻnalishlar, maqsadlar va vazifalar

Amalga oshirish mexanizmlari

Amalga oshirish shakli

Muddati

Masʼul ijrochilar

Senatdagi masʼul ijrochilar

I. INSON QADRINI YUKSALTIRISh VA ERKIN FUQAROLIK JAMIYATINI YANADA RIVOJLANTIRISh ORQALI XALQPARVAR DAVLAT BARPO ETISh

1-maqsad. Mahalla instituti faoliyatining samaradorligini oshirish, uni jamoatchilik boshqaruvi va nazoratining ta�nch boʻgʻiniga aylantirish

1.

Hududlarda ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal etishda mahallalarning vakolatlarini kengaytirish.

1. Mahallalar tomonidan hal qilinadigan ijtimoiy-iqtisodiy masalalarning roʻyxatini tuzish amaliyotini yoʻlga qoʻyish.

2. Mahallaning moliyaviy imkoniyatlarini kengaytirish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2022-yil iyun

Moliya vazirligi

T. Ishmetov,

Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi

R. Mamatov,

Axborot texnologiyalari vazirligi

Sh. Shermatov

Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi

E. Gadoyev

Davlat budjeti va hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalarini tahlil qilish boshqarmasi

H. Abduvoxidov

2.

Mahalladan turib barcha davlat organlariga murojaat qilish hamda ularning rahbarlari bilan muloqot qilish tizimini yaratish.

1. Aholining davlat organlari va tashkilotlariga murojaat qilish hamda ularning rahbarlari bilan videoaloqa orqali muloqotni bosqichma-bosqich tashkil etish.

Bunda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Xalq qabulxonalarining mahallalar bilan samarali aloqalarini yoʻlga qoʻyish.

2. Davlat va ijtimoiy xizmatlarni bevosita mahallada koʻrsatish amaliyotini yoʻlga qoʻyish.

3. Mahalla faoliyatida qogʻozbozlikni kamaytirish maqsadida taqdim etilishi lozim boʻlgan hisobotlar xatlovdan oʻtkazilib, keskin kamaytirish hamda ularning tugal roʻyxatini tasdiqlash, shuningdek, ularni toʻldirish va taqdim etish jarayonini toʻliq raqamlashtirish.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari

2022-yil sentyabr

Vazirlar Mahkamasi, Axborot texnologiyalari vazirligi

Sh. Shermatov,

Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi

R. Mamatov,

Adliya vazirligi

R. Davletov,

Davlat xizmatlari agentligi

(lavozim boʻyicha)

Axborot siyosati va davlat organlarida ochiqlikni taʼminlash masalalari qoʻmitasi

F. Boqiyev,

Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qoʻmitasi

M. Kadirxanova

4. “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida arizalarni elektron koʻrinishda onlayn rejimida 2023-yil yakuniga qadar 70 — 80 foiz qabul qilishni taʼminlash boʻyicha choral�rni koʻrish.

Amaliy chora-tadbirlar

2022-yil yakuniga qadar

Moliya vazirligi

T. Ishmetov,

Axborot texnologiyalari vazirligi

Sh. Shermatov,

Adliya vazirligi

R. Davletov

5. Mahalla orqali rasmiylashtiriladigan va olinadigan barcha turdagi ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordamni tayinlash boʻyicha hujjatlarni onlayn (elektron) tarzda taqdim etish tizimini joriy etish.

Tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar

2022-yil iyun

3.

Fuqarolarning oʻz mahallasi hayotidagi ishtirokini kuchaytirish hamda davlat organlari va mahallalar oʻrtasida toʻgʻridan toʻgʻri aloqalarni taʼminlash.

1. Mahallalarda aholi bilan ishlashga qaratilgan jarayonlarni raqamlashtirish orqali “Ijtimoiy mahalla” tizimini yaratish.

2. “Ijtimoiy mahalla” tizimi doirasida mahallalardagi shart-sharoitlar, infratuzilma va obyektlar ahvoli, qurilish va obodonlashtirish ishlarining borishi, ekologik vaziyat va boshqa masalalarni fuqarolar tomonidan virtual monitoring (mobil ilova, ijtimoiy tarmoqlar va h.k.) qilish amaliyotini joriy etish.

3. “Ijtimoiy mahalla” tizimi orqali mahallada ahvolni oʻrganish yuzasidan ijtimoiy soʻrovlar oʻtkazish amaliyotini yoʻlga qoʻyish.

4. Mahallalarning oʻz hududlarida joylashgan kommunal, bandlik, soliq, obodonlashtirish sohalari va taʼlim muassasalari bilan aloqalar samaradorligini qayta koʻrib chiqish.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari

2022-yil may

Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi

R. Mamatov,

Adliya vazirligi

R. Davletov,

Axborot texnologiyalari vazirligi

Sh. Shermatov

Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qoʻmitasi

M. Kadirxanova,

Axborot siyosati va davlat organlarida ochiqlikni taʼminlash masalalari qoʻmitasi

F. Boqiyev

4.

Mahallalarning jamoatchilik bilan aloqalarini kuchaytirish choralarini koʻrish.

Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligida ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlarda mahalla yuzasidan bildirilayotgan tanqidiy axborotlar bilan ishlash, shu jumladan koʻtarilayotgan muammolarni hal etishning samaradorligini oshirish boʻyicha kompleks choralar koʻrish, mutasaddi vazirlik va idoralar bilan oʻzaro axborot almashish tizimini takomillashtirish.

Tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar

2022-yil iyun

Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi

R. Mamatov,

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi

D. Saidjonov

Axborot siyosati va davlat organlarida ochiqlikni taʼminlash masalalari qoʻmitasi

F. Boqiyev,

Axborot xizmati

(lavozim boʻyicha)

5.

Hokim yordamchilari faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyishga koʻmaklashish.

Mahalla hududida, shu jumladan davlat-xususiy sheriklik asosida sport va madaniy inshootlar, ijodiy klublar, bandlikka koʻmaklashish va oʻqitish markazlari, tadbirkorlik obyektlari kabi infratuzilmani yaratishni nazarda tutuvchi hokim yordamchilari faoliyati samaradorligini yanada oshirishga qaratilgan namunaviy konsepsiyasini tasdiqlash.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2022-yil may

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi

I. Norqulov

Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi

E. Gadoyev,

Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi

B. Sayfullayev

6.

Mahallalarning “oʻsish nuqtalari” va ularda yashovchi aholining tadbirkorlik faoliyatidagi ixtisoslashuvidan kelib chiqib, ularda istiqomat qilib, faoliyat yurituvchi aholini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tizimini kuchaytirish.

1. Mahallada bir turdagi ixtisoslashuvda faoliyat yuritayotgan aholini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish.

2. Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha hokim yordamchilarining asosiy vazifalaridan biri sifatida yil davomida mahallani oʻrganish va tahlil qilish natijasida uni oʻrta va qisqa muddatda rivojlantirish boʻyicha “yoʻl xaritasi”ni ishlab chiqish amaliyotini yoʻlga qoʻyish.

Tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar

2022-yil avgust

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi

S. Xolxoʻjayev,

Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi

R. Mamatov,

Moliya vazirligi

T. Ishmetov,

Savdo-sanoat palatasi

A. Ikramov,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi

E. Gadoyev,

Davlat budjeti va hududlarni ijtimoiy iqtisodiy rivojlantirish masalalarini tahlil qilish boshqarmasi

X. Abduvoxidov

7.

Mahallalarning institutsional asoslarini takomillashtirish, mazkur tizim uchun yuqori malakali mutaxassislarni maqsadli tayyorlash.

1. Fuqarolarning kamida uchdan bir qismi tashabbusi bilan mahalla raisiga nisbatan ishonchsizlik bildirish tartibini joriy etish.

2. Mahallalar joylardagi vakillik organlari bilan doimiy aloqalarining huquqiy a�oslarini yaratish.

3. Mahalla tizimi uchun yuqori malakali mutaxassislarni maqsadli tayyorlash tizimini tashkil etish.

Qonun loyihasi

2022-yil aprel

Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi

R. Mamatov,

Adliya vazirligi

R. Davletov,

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

A. Toshqulov

Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasi

N. Umarov,

Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qoʻmitasi

M. Kadirxanova

Amaliy ch�ra-tadbirlar

2022-yil davomida

2-maqsad. Xalq deputatlari Kengashlarini hududlarda mavjud muammolarni hal qilishdagi asosiy boʻgʻinga aylantirish

8.

Xalq deputatlari Kengashlarida doimiy asosda faoliyat yurituvchi deputatlar korpusini shakllantirish hamda ularning vakolatlarini kengaytirish va aniq belgilash orqali hududiy ijro organlari faoliyati ustidan nazoratni kuchaytirish.

1. Tuman va shahar xalq deputatlari Kengashlarida ayrim deputatlarning doimiy asosda ishlashi tartibini joriy etish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2022-yil may

Oliy Majlis Senati senatorlari

(kelishuv asosida),

Adliya vazirligi

R. Davletov

Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasi

N. Umarov,

Mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga koʻmaklashuvchi komissiya

T. Madumarov,

Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari faoliyatiga koʻmaklashish, odam savdosi va majburiy mehnatni oldini olish masalalari boʻlimi

Q. Muqumov,

Yuridik boshqarma

A. Xodjaniyazov

2. Mahalliy kengashlar faoliyatining huquqiy asoslarini yanada takomillashtirishga qaratilgan “Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar kengashlari reglamenti toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish.

Qonun loyihasi

2022-yil iyul

3. Mahalliy Kengashlarning nazorat funksiyalarini kengaytirish, ularni tizimlashtirish maqsadida “Xalq deputatlari Kengashlari nazorati toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish.

Qonun loyihasi

2022-yil sentyabr

9.

Halq deputatlari Kengashlarining ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni hal qilishdagi vakolatlarini yanada kengaytirish.

1. Ichimlik va oqova suv, ichki yoʻllar va boshqa infratuzilma obyektlarini qurish, bandlik dasturlarini tasdiqlash kabi masalalarni tuman (shahar) xalq deputatlari Kengashlari vakolatiga oʻtkazish.

2. Hududlarda davlat taʼlim muassasalari, sogʻliqni saqlash obyektlarini qurish va taʼmirlashga ajratiladigan mablagʻlarni taqsimlash vakolatini viloyatlar va Toshkent shahar xalq deputatlari Kengashlariga oʻtkazish.

3. Hududlarni kompleks ijtimoiy rivojlantirishga masʼul boʻlgan davlat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish va tartibga solish tizimini qayta koʻrib chiqish.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari

2022-yil may

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi

A. Boboyev,

Moliya vazirligi

T. Ishmetov,

Uy-joy va kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi

N. Nazirov,

Transport vazirligi

A. Moʻminov,

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

E. Muhitdinov

Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi

E. Gadoyev,

Mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga koʻmaklashuvchi komissiya

T. Madumarov,

Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari faoliyatiga koʻmaklashish, odam savdosi va majburiy mehnatni oldini olish masalalari boʻlimi

Q. Muqumov

3-maqsad. Mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatining institutsional asoslarini zamon talablariga moslashtirish

10.

Mahalliy ijro hokimiyati organlarini demokratik tamoyillar asosida shakllantirishning huquqiy asoslarini yaratish.

1. Tuman va shahar hokimi lavozimiga nomzod ilgari surilishi tartibini qayta koʻrib chiqish.

2. Hokimlikka nomzod mahalliy Kengashda hududni rivojlantirish boʻyicha oʻz dasturini himoya qilib, lavozimga tasdiqlanishi tartibini joriy etish.

3. Mahallalarning joylardagi vakillik organlari bilan, mahalliy Kengashlarning Oliy Majlis Senati bilan, hokimliklarning vazirliklar va ularning hududiy boʻlinmalari bilan aloqalarini mustahkamlash.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2022-yil mart

Adliya vazirligi

R. Davletov,

Oliy Majlis Senati senatorlari

(kelishuv asosida),

Davlat boshqaruvi akademiyasi

A. Bekmurodov

Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasi

N. Umarov,

Mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga koʻmaklashuvchi komissiya

T. Madumarov,

Yuridik boshqarma

A. Xodjaniyazov

4. Hududlarda amalga oshiriladigan davlat organlarining vazifalari boʻyicha “vakolatlar reyestri”ni shakllantirish, takrorlanadigan 500 dan ortiq funksiyalarni maqbullashtirish.

5. Mahalliy hokimliklarning har bir vazifa ijrosi, shuningdek sarflanayotgan mablagʻlar yuzasidan jamoatchilik oldidagi hisobdorligini oshirish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2022-yil iyun

Adliya vazirligi

R. Davletov,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

11.

Eksperiment tariqasida 28 ta tuman va shaharda hududni rivojlantirish va muammolarni hal qilish boʻyicha hokimliklar vakolat va imkoniyatlarini kengaytirish.

1. Eksperiment amalg� oshiriladigan tuman va shaharlarni belgilash.

2. Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan oʻz tuman (shahar) hokimliklarining hamda hududiy ijro idoralarining shtat birligi va tuzilmalarini mahalliy Kengashlar bilan kelishilgan holda belgilash amaliyotini joriy qilish.

3. Hududni rivojlantirish va muammolarni hal qilishda hokimliklarga qoʻshimcha vakolat va imkoniyatlar yaratish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2022-yil may

Moliya vazirligi

T. Ishmetov,

Adliya vazirligi

R. Davletov

Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi

E. Gadoyev,

Davlat budjeti va hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalarini tahlil qilish boshqarmasi

H. Abduvoxidov

12.

Mahalliy Kengashlar hamda hokimlarning vakolatlarini aniq belgilashga oid qonuniy asoslarni yaratish orqali alohida qonunlarni qabul qilish.

1. Mahalliy Kengashlar hamda hokimlarning vakolatlarini aniq belgilash.

2. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining davlat boshqaruvi organlari hududiy boshqarmalari (boʻlinmalari) bilan oʻzaro munosabatlarining aniq mexanizmlarini belgilash.

3. Hokimliklar va mahalliy Kengashlar tomonidan qabul qilinadigan hujjatlar turlarini aniqlashtirish.

Qonun loyihalari

2022-yil dekabr

Adliya vazirligi

R. Davletov,

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi

M. Ubaydullayev,

Moliya vazirligi

T. Ishmetov

Mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga koʻmaklashuvchi komissiya

T. Madumarov,

Yuridik boshqarma

A. Xodjaniyazov,

Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari faoliyatiga koʻmaklashish, odam savdosi va majburiy mehnatni oldini olish masalalari boʻlimi

Q. Mukumov

13.

Mahalliy boshqaruv faoliyatiga axborot-texnologiyalarini keng joriy qilish.

1. Hududlar kesimida tizimlashtiriluvchi 40 dan ortiq sohalar boʻyicha maʼlumotlarni aniqlashtirish.

2. Ushbu maʼlumotlarni jamlovchi tahliliy geoportallarni ishga tushirish choralarini koʻrish.

Chora-tadbirlar

2022-yil oktyabr

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi

S. Xolxoʻjayev,

Statistika qoʻmitasi

B. Begalov

Axborot texnologiyalari vazirligi

Sh. Shermatov

Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi

E. Gadoyev

3. “Raqamli xalq deputatlari Kengashi” loyihasi doirasida mahalliy vakillik organlari faoliyatiga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish.

Bunda:

mahalliy Kengashlarning yigʻilishlarini oʻtkazishda ortiqcha sansalorliklarni bartaraf etish;

mahalliy K�ngashlar tomonidan hududiy ijro organlarini nazorat qilish doirasidagi hisobotlar,

qarorlar, soʻrovlar va boshqa hujjatlar hamda ularning bajarilishi haqidagi maʼlumotlarni eʼlon qilib borish amaliyotini joriy etish nazarda tutiladi.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2022-yil oktyabr

Oliy Majlis palatalari

(kelishuv asosida),

Axborot texnologiyalari vazirligi

Sh. Shermatov,

viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Axborot siyosati va davlat organlarida ochiqlikni taʼminlash masalalari qoʻmitasi

F. Boqiyev,

Mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga koʻmaklashuvchi komissiya

T. Madumarov,

Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari faoliyatiga koʻmaklashish, odam savdosi va majburiy mehnatni oldini olish masalalari boʻlimi

Q. Muqumov

4-maqsad. Davlat boshqaruvi organlari faoliyatini “fuqarolarga xizmat qilishga yoʻnaltirish” tamoyili asosida transformatsiya qilish

14.

Davlat boshqaruvi organlari faoliyati ustidan davlat nazoratini amalga oshirishda manfaatlar toʻqnashuvi vujudga kelishini bartaraf etish, mazkur jarayonga keng jamoatchilikni jalb qilish.

1. Barcha turdagi davlat nazoratini tizimlashtirish va ularni amalga oshirishning aniq mexanizm va tartib-taomillarini belgilash maqsadida “Davlat nazorati toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish.

Qonun loyihasi

2022-yil dekabr

Adliya vazirligi

R. Davletov,

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

A. Burxanov,

Bosh prokuratura

N. Yoʻldoshev

Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasi

N. Umarov,

Yuridik boshqarma

A. Xodjaniyazov

2. Davlat boshqaruvi organlari huzuridagi inspeksiyalar faoliyatida manfaatlar toʻqnashuvi vujudga kelishini bartaraf etish choralarini koʻrish.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihasi

2022-yil dekabr

15.

Davlat budjeti xarajatlari samaradorligini yanada oshirish va davlat moliyaviy nazorati organlari faoliyatini takomillashtirish.

1. Davlat moliyaviy nazorati organlari faoliyatini qayta koʻrib chiqish.

2. Budjet qonunchiligi buzilishining profilaktikasi va oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni belgilash.

3. Budjet tashkilotlaridagi ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlarning toʻgʻri hisoblanishi taʼminlashga qaratilgan axborot tizimlarini takomillashtirish.

4. Davlat budjeti hisobidan amalga oshirilayotgan qurilish obyektlarida bajarilayotgan ish hajmlari hamda belgilangan muddatlarda foydalanishga topshirilishi yuzasidan monitoringni amalga oshirish tizimini joriy etish.

5. Ichki audit xizmati xodimlarini malakasini oshirish va sertifikatlash tizimini yaratish.

6. Davlat xaridlari sohasidagi qonunbuzilish holatlarni oldini-olish choralarini koʻrish.

7. Davlat tomonidan subsidiya ajratishni muvofiqlashtirish hamda uning samaradorligini oshirish va uni takomillashtirib borish boʻyicha yagona davlat organini belgilash.

8. Aholi va tadbirkorlik subyektlariga subsidiya ajratishning yagona elektron platformasi orqali amalga oshirish tizimini joriy etish.

9. Ajratilgan subsidiya va ulardan erishilgan natijalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni ochiq eʼlon qilish tartibini belgilash.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihalari

2022-yil fevral

Moliya vazirligi

T. Ishmetov,

Hisob palatasi

B. Turabov

Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi

E. Gadoyev,

Davlat budjeti va hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalarini tahlil qilish boshqarmasi

H. Abduvoxidov

5-maqsad. Ixcham, professional, adolatli, yuqori natijadorlikka xizmat qiladigan davlat boshqaruvi tizimini joriy qilish

16.

Davlat boshqaruvi organlari rahbarlari tomonidan tashkiliy-huquqiy masalalarni oʻzlari mustaqil hal etishi va tashabbus koʻrsatishi uchun zarur sharoitlarni yaratish.

1. Vazirlik va idoralar shtat birliklari sonini Moliya vazirligi tomonidan belgilangan cheklov doirasida ularning rahbarlari tomonidan mustaqil belgilash, xodimlarga ish hajmi va samaradorligiga qarab maosh toʻlash tartibini joriy qilish.

2. Vazirlik va idoralar rahbarlari tomonidan mustaqil hal etiladigan tashkiliy-huquqiy masalalar doirasini belgilash.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihasi

2022-yil oktyabr

Moliya vazirligi

T. Ishmetov,

Adliya vazirligi

R. Davletov

Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi

E. Gadoyev,

Davlat budjeti va hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalarini tahlil qilish boshqarmasi

H. Abduvoxidov

17.

Davlat boshqaruvi organlarining hududiy masalalarni hal qilishdagi masʼuliyati va javobgarligini kuchaytirish hamda ularning strategik yoʻnalishlarini rejalashtirishga qaratilgan yangi tizim yaratish.

1. Barcha boʻgʻindagi davlat boshqaruvi organlarining bir yillik ish dasturini, shu jumladan jamoatchilik ishtirokida ishlab chiqish, ularning ijro holatini doimiy eʼlon qilib borish amaliyotini yoʻlga qoʻyish.

2. Davlat organlarida murojaatlarni tahlil qilish, ijtimoiy soʻrovlar va jamoatchilik muhokamalarini oʻtkazish natijalaridan kelib chiqib, hududlar (tuman, shahar, qishloq va mahalla) kesimida oʻz tuzilmalarining faoliyati boʻyicha ochiq dasturlar ishlab chiqish.

3. Davlat boshqaruvi organlari hududlar boʻyicha qabul qilingan dasturlar ijrosini taʼminlashga qaratilgan yagona nazorat tizimini yaratish.

4. Davlat boshqaruvi organlari tomonidan qabul qilinayotgan qarorlarning ijro etilishi jarayonini jamoatchilik tomonidan kuzatib borish tizimini yaratish.

5. Har bir tarmoq va hudud boʻyicha qabul qilingan dasturlar ijrosi yuzasidan rahbarlarning hisobot berish tizimini takomillashtirish.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari

2022-yil may

Vazirlar Mahkamasi,

Adliya vazirligi

R. Davletov,

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi

O. Xasanov,

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

A. Burxonov,

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi

A. Xodjayev,

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi

I. Norqulov

Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi

E. Gadoyev,

Axborot siyosati va davlat organlarida ochiqlikni taʼminlash masalalari qoʻmitasi

F. Boqiyev,

Mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga koʻmaklashuvchi komissiya

T. Madumarov

6. Muhim ijtimoiy-masalalar boʻyicha ochiq maʼlumotlarning doirasini yanada kengaytirish va mazkur maʼlumotlardan toʻsiqlarsiz foydalanishni taʼminlash.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari

2022-yil noyabr

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

A. Burxanov,

Adliya vazirligi

R. Davletov

18.

Vazirlik va idoralarda ish yuritish va maʼmuriy boshqaruv jarayonlari sifatini takomillashtirish.

Vazirlik va idoralar faoliyatiga sifat menejmenti tizimining xalqaro standartini (ISO: 9001) joriy qilish.

Bunda, ushbu tizimni 2022-yilning yakuniga qadar vazirlik va idoralarning 30 foizida joriy qilish.

Amaliy chora-tadbirlar

2022-yil yakuniga qadar

Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi

D. Sattorov,

vazirlik va idoralar

Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari qoʻmitasi

O. Iminov,

Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash boʻlimi

O. Izzatillayev

6-maqsad. Davlat boshqaruvi tizimida maʼmuriy apparatni ixchamlashtirish va ish jarayonlarini maqbullashtirish

19.

Ayrim davlat funksiyalarini xususiy sektorga oʻtkazish.

Xususiy sektorga oʻtkaziladigan va ularni jalb qilish mumkin boʻlgan ayrim davlat funksiyalarini oshirish.

Bunda:

ayrim sohalardagi davlat nazorati, shu jumladan yongin xavfsizligini taʼminlash, dori vositalarini sertifikatlashtirish kabi funksiyalarga xususiy sektor vakillarini jalb qilish;

xususiy sektorni jalb qilish samaradorligi yuqori boʻlgan sohalarni aniqlab, ayrim davlat funksiyalarini xususiy sektorga oʻtkazish nazarda tutiladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi

2022-yil dekabr

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi

I. Norqulov,

Adliya vazirligi

R. Davletov

Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasi

N. Umarov,

Yuridik boshqarma

A. Xodjaniyazov

20.

Davlat boshqaruvini nomarkazlashtirish ishlarini jadallashtirish.

1. Davlat boshqaruvini nomarkazlashtirish hisobiga mahalliy ijro hokimiyati organlari va hududiy davlat boshqaruvi organlarining joylarda masalalarni hal qilishdagi rolini oshirish.

3. Respublika davlat boshqaruvi organlarining funksiya va vakolatlarini hududiy davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlariga oʻtkazishning tartibini ishlab chiqish.

2. Hududlarni rivojlantirish boʻyicha vazifalarni hal qilishda barcha darajadagi davlat boshqaruvi organlari hududiy boshqarmalarining samarali ishini, shu jumladan raqamli texnologiyalarni joriy qilgan holda tashkil etish.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari

2022-yil dekabr

Adliya vazirligi

R. Davletov,

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi

I. Norqulov,

Axborot texnologiyalari vazirligi

Sh. Shermatov

Axborot siyosati va davlat organlarida ochiqlikni taʼminlash masalalari qoʻmitasi

F. Boqiyev,

Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasi

N. Umarov,

Yuridik boshqarma

A. Xodjaniyazov

7-maqsad. Mamlakatimizdagi islohotlarni izchil davom ettirishda Oliy Majlis palatalari va siyosiy partiyalar rolini yanada oshirish

21.

Oliy Majlisning qonunchilik tashabbusi huquqi subyektlari bilan oʻzaro hamkorligini yanada kuchaytirish.

1. Qonunchilik tashabbusi huquqi subyektlari sonini koʻpaytirish orqali qonunchilikdagi muammolarini vaqtida oldini olish tizimini yaratish.

2. Qonunchilik tashabbusi huquqi subyektlarining Oliy Majlisdagi doimiy vakili institutini amaldagi shtat birliklari doirasida taʼsis etish.

3. Doimiy vakillarning huquqiy maqomi, vakolat va majburiyatlarini qonunchilikda belgilash.

4. Budjetnomaning Hukumat tomonidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatiga kiritilishi muddatini qatʼiy belgilash. Bunda Budjet kodeksining tegishli moddasidan “qoida tariqasida” soʻzlarini chiqarishni nazarda tutish.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari

2022-yil noyabr

Oliy Majlis palatalari deputatlari va senatorlari

(kelishuv asosida),

Adliya vazirligi

R. Davletov

Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasi

N. Umarov,

Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi

E. Gadoyev,

Yuridik boshqarma

A. Xodjaniyazov

22.

Oliy Majlis p�latalarining mamlakatning ichki siyosatiga oid muhim vazifalarni hal etishdagi vakolatlarini kengaytirish ishlarini davom ettirish.

1. Davlat budjetini qabul qilish va uning ijrosi borishini nazorat qilish doirasida parlament tomonidan masʼul tashkilotlarga aniq strategik vazifalarni qoʻyish va ulardan natijaga qarab soʻrov qilish amaliyotini joriy qilish.

2. Hududlarni rivojlantirish va investitsiya dasturlarini ishlab chiqish va muhokama qilishda hududdan saylangan deputat va senatorlarning ishtirokini kuchaytirish.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari

2022-yil iyun

Oliy Majlis palatalari deputatlari va senatorlari

(kelishuv asosida)

Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi

E. Gadoyev,

Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasi

N. Umarov,

Yuridik boshqarma

A. Xodjaniyazov

23.

Qonun ijodkorligi va parlament nazoratini amalga oshirishning amaldagi mexanizmlari samaradorligini oshirish.

1. Qonun ijodkorligi va parlament nazorati jarayonlarida fuqarolarning ishtirokini taʼminlash orqali jamoatchilikning davlat boshqaruvidagi tashabbuskorligini oshirish.

2. Parlament nazoratini birgalikda amalga oshirish boʻyicha Oliy Majlis palatalari tomonidan kelishilgan holda qarorlar qabul qilish hamda ularning ijrosini joylarda mahalliy Kengashlar deputatlari bilan birgalikda taʼminlash amaliyotini joriy etish.

3. “Hukumat soati”ni oʻtkazish doirasida davlat boshqaruvi organi rahbariyatiga deputatlar tomonidan onlayn ravishda fuqarolardan kelib tushayotgan tizimli muammolar boʻyicha savollar berish tartibini joriy etish.

4. Oliy Majlis palatalari rasmiy veb-saytlarida parlament nazorati tadbirlarining yakunlari boʻyicha qabul qilingan qarorlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni joylashtirib borish amaliyotini yoʻlga qoʻyish.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari

2022-yil iyul

Oliy Majlis palatalari deputatlari va senatorlari

(kelishuv asosida)

Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasi

N. Umarov,

Axborot siyosati va davlat organlarida ochiqlikni taʼminlash masalalari qoʻmitasi

F. Boqiyev,

Yuridik boshqarma

A. Xodjaniyazov,

Axborot xizmati

(lavozim boʻyicha)

24.

Oliy Majlis palatalarining mahalliy Kengashlar bilan hamkorligini kuchaytirish.

1. Parlamentning mahalliy Kengashlar bilan hamkorlik qilish boʻyicha yillik “Yoʻl xaritasi”ni ishlab chiqish.

2. “Qonunchilik palatasi deputati — uning yordamchisi — mahalliy Kengash deputati” tizimi asosida qonun loyihalari boʻyicha fikr va takliflarni olish, amaliyotdagi muammolarni tahlil qilishning huquqiy asoslarini yaratish.

3. Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalari yigʻilishlarida, parlament nazorati tadbirlarida mahalliy Kengashlardagi partiya guruhlari vakillarining ishtirok etishi, ularning fikrlarini olish amaliyotini yoʻlga qoʻyish.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari

2022-yil iyun

Oliy Majlis palatalari deputatlari va senatorlari

(kelishuv asosida),

viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga koʻmaklashuvchi komissiya

T. Madumarov,

Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari faoliyatiga koʻmaklashish, odam savdosi va majburiy mehnatni oldini olish masalalari boʻlimi

Q. Muqumov

25.

Qabul qilingan qonunlarning soʻzsiz va toʻliq ijro etilishini taʼminlashda parlamentning ishtirokini kengaytirish.

1. Parlament palatalarida qonunlarning amaliyotdagi ijrosini doimiy monitoringni olib borishda, parlament huzuridagi maxsus tuzilmalar, shu jumladan Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti salohiyatidan keng foydalanish.

2. Oliy Majlis huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti faoliyatining samaradorligini oshirish. Bunda:

institut tomonidan deputat va senatorlarni qonunlarning ijrosi boʻyicha axborot-tahliliy taʼminlash amaliyotini kengaytirish;

institutni parlamentning istiqbolli reja va dasturlarini ishlab chiqadigan, turli takliflarni tahlil qiladigan va zarur tavsiya beradigan ilmiy markazga aylantirish nazarda tutilmoqda.

Tashkiliy-huquqiy choralar

2022-yil yakuniga kadar

Oliy Majlis palatalari deputatlari va senatorlari

(kelishuv asosida)

Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasi

N. Umarov,

Yuridik boshqarma

A. Xodjaniyazov

26.

“Elektron parlament” loyihasi doirasida deputatlarni oʻz saylovchilari bilan, senatorlarni hududlardagi fuqarolar bilan bevosita muloqotini yoʻlga qoʻyish, aholi bilan ochiq muloqotni amalga oshirish uchun raqamli platforma yaratish.

1. Parlament palatalari aʼzolarining saylovchilar bilan toʻgʻridan toʻgʻri muloqot olib borishi, saylovchilarni qiynayotgan muammolarni muhokama qilish va hal etishi jarayonini raqamlashtirish.

2. Deputatlarni oʻz saylovchilari bilan bogʻlash, ular bilan toʻgʻridan toʻgʻri muloqot qilish, fuqarolar parlamentda muhokama boʻlayotgan har bir masaladan xabardor boʻlishini taʼminlash, saylovchilar bilan “qayta aloqa” qilish imkoniyatlarini yanada kengaytirish.

3. Parlamentning hududlar bilan toʻgʻridan toʻgʻri, jumladan, masofaviy ishlash, shu jumladan, parlament tomonidan respublika boʻyicha murojaatlar bilan ishlash holati nazoratga olinish va hududiy ijro organlari rahbarlari hisobotini eshitish hamda uning natijasiga muvofiq, ularga nisbatan taʼsirchan choralar koʻrish amaliyotini joriy etish.

Tashkiliy-huquqiy choralar

2022-yil dekabr

Oliy Majlis deputatlari va senatorlari

(kelishuv asosida),

Axborot texnologiyalari vazirligi

Sh. Shermatov

Axborot siyosati va davlat organlarida ochiqlikni taʼminlash masalalari qoʻmitasi

F. Boqiyev,

Mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga koʻmaklashuvchi komissiya

T. Madumarov,

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari boʻlimi

(lavozim boʻyicha)

27.

Saylovchilar yagona elektron roʻyxati va Saylov jarayonlarini boshqarish axborot tizimini takomillashtirish.

1. Saylovchilar toʻgʻrisida aniq maʼlumotlarni Saylovchilar yagona elektron roʻyxati va Saylov jarayonlarini boshqarish axborot tizimiga kiritilishini hamda ulardagi maʼlumotlarni doimiy dolzarbligini taʼminlash maqsadida idoralararo maʼlumot almashish mexanizmlari va tartib-tamoyillarini takomillashtirish.

Vazirlar mahkamasi qarori loyihasi

2022-yil iyun

Markaziy saylov komissiyasi

(kelishuv asosida),

Axborot texnologiyalari vazirligi

Sh. Shermatov,

Ichki ishlar vazirligi

P. Bobojonov,

Kadastr agentligi

F. Umarov,

Davlat xizmatlari agentligi

(lavozim boʻyicha),

Moliya vazirligi

T. Ishmetov

Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasi

N. Umarov,

Yuridik boshqarma

A. Xodjaniyazov

2. Xalqaro tajribani oʻrgangan holda Saylovchilar yagona elektron roʻyxati va Saylov jarayonlarini boshqarish axborot tizimi samaradorligini oshirish maqsadida uni boshqarish tizimini markazlashtirish, bu borada Markaziy saylov komissiyasi vakolatlarini kengaytirish va tuzilmasini takomillashtirish.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi

2022-yil iyun

Markaziy saylov komissiyasi

(kelishuv asosida),

Axborot texnologiyalari vazirligi

Sh. Shermatov,

Ichki ishlar vazirligi

P. Bobojonov,

Kadastr agentligi

F. Umarov,

Davlat xizmatlari agentligi

(lavozim boʻyicha),

Moliya vazirligi

T. Ishmetov

Axborot siyosati va davlat organlarida ochiqlikni taʼminlash masalalari qoʻmitasi

F. Boqiyev

28.

Saylov tizimi nufuzini yanada oshirish.

1. Markaziy saylov komissiyasi faoliyatini takomillashtirish hamda samaradorligini oshirish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2022-yil iyun

Markaziy saylov komissiyasi

(kelishuv asosida),

Moliya vazirligi

T. Ishmetov

Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasi

N. Umarov,

Yuridik boshqarma

A. Xodjaniyazov

2. Saylov komissiyalar tizimini maqbullashtirish va markazlashgan saylov organlari tizimini shakllantirish, ularning professional tayyorgarligini taʼminlash.

Qonun loyihasi

2022-yil avgust

Markaziy saylov komissiyasi

(kelishuv asosida),

Adliya vazirligi

R. Davletov,

Moliya vazirligi

T. Ishmetov

8-maqsad. Norma ijodkorligi jarayonini modernizatsiya qilish, qonunchilik hujjatlarining qatʼiy ijrosini taʼminlash

29.

Ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solishning barqarorligini taʼminlash.

“Aqlli tartibga solish” modeli elementlarini qoʻllash doirasida qonunchilik hujjatlarining tartibga solish taʼsirini baholashni rivojlantirish va kengaytirish.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi

2022-yil sentyabr

Adliya vazirligi

R. Davletov,

Oliy Majlis palatalari deputatlari va senatorlari

(kelishuv asosida)

Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasi

N. Umarov,

Yuridik boshqarma

A. Xodjaniyazov

Oliy Majlis palatalari tomonidan qonun ijodkorligi boʻyicha milliy faoliyat dasturini qabul qilish.

Palatalarning qoʻshma qarori loyihasi

2022-yil sentyabr

Oliy Majlis palatalari deputatlari va senatorlari

(kelishuv asosida)

30.

Huquq tizimining raqobatbardoshligini oshirish va iqtisodiyotning yangi drayverlarini harakatga keltirish doirasida zamonaviy texnologiyalarga, masofaviy tadbirkorlik va raqamli faoliyatga boʻlgan talablarni qayta koʻrib chiqish.

Qonunchilik hujjatlarida zamonaviy texnologiyalarga, masofaviy, raqamli va boshqa zamonaviy shakllarda amalga oshirilayotgan faoliyatga toʻsqinlik qilayotgan talab va shartlarni qayta koʻrib chiqish va tegishli sohalarda faoliyatn� amalga oshirish uchun qulay huquqiy sharoitlarni yaratish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2022-yil iyul

Adliya vazirligi

R. Davletov,

Axborot texnologiyalari vazirligi

Sh. Shermatov,

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi

I. Norqulov,

Elektron texnologiyalarni rivojlantirish markazi

(kelishuv asosida)

Axborot siyosati va davlat organlarida ochiqlikni taʼminlash masalalari qoʻmitasi

F. Boqiyev

Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasi

N. Umarov,

Yuridik boshqarma

A. Xodjaniyazov

9-maqsad. “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish, elektron davlat xizmatlarining ulushini 100 foizga yetkazish hamda byurokratiyani bartaraf etish

31.

Elektron davlat xizmatlarining ulushini oshirish.

1. “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali davlat organlari hamda xususiy tijorat tashkilotlari oʻrtasida maʼlumot almashinuvini yoʻlga qoʻyish asosida byurokratik jarayonlarni qisqartirish.

2. Davlat xizmatlarini koʻrsatishda shaxsni identifikatsiya qilishning Mobile ID tizimini joriy qilish.

3. Shaxsga doir maʼlumotlarni himoyalanishini taʼminlaydigan ruxsat berish hamda xabardor qilish tizimini joriy etish.

4. Fuqarolarga muddatli, muayyan faktni tasdiqlovchi hujjatlarni berish va almashtirishni hamda kompozit davlat xizmatlarini ularning murojaatini kutmasdan turib taklif etish amaliyotini yoʻlga qoʻyish.

5. Keksa va nogironligi boʻlgan shaxslarga davlat xiz�atlarini koʻrsatishni soddalashtirish, ularga qulayliklar yaratish.

6. Davlat xizmatlarini raqamlashtirish va ularni bosqichma-bosqich xususiy sektorga oʻtkazish choralarini koʻrish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2022-yil oktyabr

Axborot texnologiyalari vazirligi

Sh. Shermatov,

Adliya vazirligi

R. Davletov,

Davlat xizmatlari agentligi

(lavozim boʻyicha),

Elektron texnologiyalarni rivojlantirish markazi

(kelishuv asosida)

Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasi

N. Umarov,

Axborot siyosati va davlat organlarida ochiqlikni taʼminlash masalalari qoʻmitasi

F. Boqiyev,

Yuridik boshqarma

A. Xodjaniyazov

32.

“Raqamli idora” loyihasi doirasida davlat organlarida aholi bilan hujjat almashish va ish yuritishning 90 foizdan ortigʻini raqamlashtirish orqali maʼmuriy tartib-taomillarni optimallashtirish va boshqaruv jarayonini avtomatlashtirish.

1. “Fuqarolar emas, hujjatlar harakatlanadi” tamoyili asosida davlat organlarida aholi bilan hujjat almashish va ish yuritishni elektron shaklga oʻtkazish boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish.

Amaliy chora-tadbirlar

2022-yil oktyabr

Axborot texnologiyalari vazirligi

Sh. Shermatov,

Adliya vazirligi

R. Davletov,

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi

O. Xasanov

Axborot siyosati va davlat organlarida ochiqlikni taʼminlash masalalari qoʻmitasi

F. Boqiyev

2. Davlat boshqaruvi organlari, shu jumladan ularning quyi boʻlinmalarining buxgalteriya, kadrlar bilan ishlash va devonxona kabi yoʻnalishlardagi ish faoliyatini raqamlashtirish ishlarini olib borish.

Chora-tadbirlar dasturi

2022-yil aprel

33.

“Fuqarolarning raqamli pasporti” loyihasini joriy qilish hisobiga aholidan muayyan faktlarni tasdiqlovchi hujjatlarni talab qilish amal�yotini bekor qilish.

1. Haydovchilik guvohnomasi, tugʻilganlik haqidagi guvohnoma, nikoh guvohnomasi, diplom olganlik kabi faktlarni tasdiqlovchi hujjatlarni tekshirishning yagona elektron tizimini yaratish.

2. Yagona elektron tizimining ishga tushirilishini va tegishli tashkilotlar bilan integratsiya qilinishini taʼminlash.

3. Davlat xizmatlaridan identifikatsiya ID karta orqali foydalanilganda, boshqa hujjatlarni talab qilmaslik amaliyotini yoʻlga qoʻyish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2022-yil iyul

Axborot texnologiyalari vazirligi

Sh. Shermatov,

Adliya vazirligi

R. Davletov,

Davlat xizmatlari agentligi

(lavozim boʻyicha),

Davlat personallashtirish markazi

U. Tashxodjayev,

Ichki ishlar vazirligi

P. Bobojonov,

Elektron texnologiyalarni rivojlantirish markazi

(kelishuv asosida)

Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi

K. Burxanov,

Axborot siyosati va davlat organlarida ochiqlikni taʼminlash masalalari qoʻmitasi

F. Boqiyev

10-maqsad. Davlat fuqarolik xizmati tizimini zamonaviy standartlar asosida tashkil etish

34.

Davlat xizmatida korrupsiya omillarini bartaraf etish, kadrlarni tanlov asosida ishga qabul qilish va ular faoliyati samaradorligini xolisona baholashning huquqiy asoslarini takomillashtirish.

1. Davlat fuqarolik xizmati tizimiga kiruvchi davlat organlari va tashkilotlarida xodimlarni ishga qabul qilishda ochiq mustaqil tanlov orqali saralab olishning yagona qoidalarini ishlab chiqish.

2. Davlat xizmatiga kirish va uni oʻtash, kadrlar zaxirasini shakllantirish, xodimlarni baholash bilan bogʻliq jarayonlarni raqamlashtirishni nazarda tutuvchi “Raqamli davlat xizmati” loyihasini amalga oshirish.

3. Davlat xizmatida sohalar kesimida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan korruitsiyaviy omillarni aniqlash va ularni bartaraf etish choralarini koʻrish.

4. Davlat xizmatchilari va davlat organlari faoliyatini eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlari (KPI) asosida baholash boʻyicha reyting tizimini joriy etish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2022-yil sentyabr

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi

O. Xasanov,

Adliya vazirligi

R. Davletov,

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

N. Xusan�v,

Axborot texnologiyalari vazirligi

Sh. Shermatov

Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasi

N. Umarov,

Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash boʻlimi

O. Izzatillayev

35.

Davlat xizmatchilarining kasbiy tayyorgarlik, moddiy va ijtimoiy taʼminot darajasini oshirish.

1. Barcha darajadagi rahbar kadrlar va xodimlarning “hayot davomida taʼlim olish” (Life Long Leaming) tamoyili asosida butun faoliyati davomida oʻzlariga zarur boʻlgan koʻnikmalarini rivojlantirib borishga qaratilgan malaka oshirish tizimining yagona qoidalarini belgilash.

2. Davlat fuqarolik xizmatchisining uzluksiz malakasini oshirish va kasbiy rivojlanishi — davlat fuqarolik xizmatini oʻtashning muhim sharti etib belgilash.

3. Davlat fuqarolik xizmatchilarining koʻnikmalarini oshirishda davlat buyurtmasini shakllantirish tizimini ishl�b chiqish.

4. Davlat fuqarolik xizmatchilarini oʻqitish, qayta tayyorlash va malakasini oshirishning interfaol shakllari, shuningdek ularning yangi bilim va koʻnikmalarni egallashi uchun barchaga ochiq boʻlgan elektron oʻquv dasturlari hamda platformalarni ishlab chiqish.

5. Davlat fuqarolik xizmatchilarining malakasini oshirish bilan shugʻullanuvchi davlat va nodavlat taʼlim muassasalarining reyestrini yuritish.

6. Vazirlik va idoralar huzuridagi malaka oshirish markazlarida davlat fuqarolik xizmatchilarini oʻqitish jarayonida umumiy ilmiy-uslubiy tizimni yoʻlga qoʻyish va monitoring qilish.

7. Davlat fuqarolik xizmatchilarining moddiy va ijtimoiy taʼminot darajasini oshirish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2022-yil oktyabr

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi

O. Xasanov,

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

N. Xusanov,

Moliya vazirligi

T. Ishmetov,

Davlat boshqaruvi akademiyasi

A. Bekmurodov

Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari qoʻmitasi

O. Iminov,

Yuridik boshqarma

A. Xodjaniyazov

36.

Rahbarlik lavozimlari uchun munosib nomzodlarni tayyorlash maqsadida Milliy kadrlar zaxirasini shakllantirish.

1. Respublika miqyosida zaxira kadrlarni saralash amaliyotini yoʻlga qoʻyish.

2. Zaxira kadrlarning bilim va koʻnikmalarini doimiy ravishda oshirib borish choralarini koʻrish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2022-yil sentyabr

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi

O. Xasanov,

Davlat boshqaruvi akademiyasi

A. Bekmurodov

Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari qoʻmitasi

O. Iminov

37.

Davlat organlarida ish vaqti va mehnat meʼyorlari boʻyicha talablarni qayta koʻrib chiqish va ularga rioya etilishi ustidan nazoratni kuchaytirish.

1. Davlat organlarida ish vaqti va mehnat meʼyorlari boʻyicha qonunchilikni qayta koʻrib chiqish va Xalqaro Mehnat Tashkiloti standartlari asosida takomillashtirish.

2. Davlat fuqarolik xizmatida xodimlarning mehnat huquqlarini himoya qilishga oid samarali mexanizmlarni ishlab chiqish.

3. Davlat fuqarolik xizmatida mehnat munosabatlaridagi huquqbuzarliklar uchun taʼsirchan choralarni belgilash.

4. Moslashuvchan ish rejimi va faoliyatni masofaviy tashkil etish mexanizmlarini belgilaydigan tartib ishlab chiqish.

5. Davlat fuqarolik xizmatida mehnatni muhofaza qilishda monitoring faoliyatini joriy etish.

6. Monitoring faoliyatida davlat organlari, xususan Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi va Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining vakolatlari hamda funksiyalarining aniq chegarasini belgilash.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2022-yil iyul

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi

O. Xasanov,

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

N. Xusanov,

Adliya vazirligi

R. Davletov

Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi

E. Gadoyev,

Yuridik boshqarma

A. Xodjaniyazov,

Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari faoliyatiga koʻmaklashish, odam savdosi va majburiy mehnatni oldini olish masalalari boʻlimi

Q. Muqumov

11-maqsad. Xalq bilan muloqotning mexanizmlarini takomillashtirish

38.

“Davlat xalqqa xizmat koʻrsatishi shart” gʻoyasini tatbiq etishni nazarda tutuvchi “Xalqchil davlat” milliy dasturini ishlab chiqish.

Ilgʻor xorijiy davlatlarning tajribasini inobatga olgan holda Dastur loyihasini ishlab chiqish.

Milliy dastur

2022-yil oktyabr

Inson huquqlari boʻyicha Milliy markaz

M. Tillaboyev,

Adliya vazirligi

R. Davletov,

manfaatdor vazirlik va idoralar

Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasi

N. Umarov,

Yuridik boshqarma

A. Xodjaniyazov

39.

Davlat organlari va tashkilotlariga kelib tushgan murojaatlarning Murojaatlar bilan ishlash yagona onlayn platformasida yuritilishini taʼminlash.

1. Murojaatlar bilan ishlash Yagona onlayn platformasi orqali davlat organlari va tashkilotlari hamda ularning quyi tashkilotlariga turli vositalar orqali toʻgʻridan toʻgʻri murojaat qilish, barcha kelib tushgan murojaatlarni yagona tizim doirasida roʻyxatga olish, koʻrib chiqish va natijasini nazorat qilish hamda markazlashgan holda “mahallabay” monitoring va tahlil qilish imkoniyatini taʼminlash.

2. Davlat organlari va tashkilotlarining rasmiy veb-saytlari orqali kelib tushgan murojaatlarning Murojaatlar bilan ishlash Yagona onlayn platformasida roʻyxatdan oʻtkazilishi tartibini joriy qilish.

Amaliy chora-tadbirlar

2022-yil oxiriga qadar

Axborot texnologiyalari vazirligi

Sh. Shermatov

Axborot siyosati va davlat organlarida ochiqlikni taʼminlash masalalari qoʻmitasi

F. Boqiyev,

Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash boʻlimi

B. Musayev

3. Murojaatlar bilan ishlash Yagona onlayn platformasini vazirlik va idoralarning murojaatlar bilan ishlash boʻyicha idoraviy tizimlari bilan bosqichma-bosqich integratsiyalash.

Amaliy chora-tadbirlar

2022-yil oxiriga qadar

40.

Murojaatlarning davlat organlari tomonidan koʻrib chiqilishi muddati va sifati ustidan “raqamli nazorat” oʻrnatish.

Murojaatlar bilan ishlash muddati buzilganda, avtomatik tarzda yuqori turuvchi instansiyani elektron xabardor qilish tartibini joriy etish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2022-yil dekabr

Axborot texnologiyalari vazirligi

Sh. Shermatov

Axborot siyosati va davlat organlarida ochiqlikni taʼminlash masalalari qoʻmitasi

F. Boqiyev,

Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash boʻlimi

B. Musayev

41.

Xalq qabulxonalarining huquqiy maqomini takomillashtirish.

Xalq qabulxonalari faoliyatining huquqiy asoslarini takomillashtirish va ularning davlat boshqaruvi tizimidagi maqomini mustahkamlash.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2022-yil noyabr

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari

(kelishuv asosida),

Adliya vazirligi

R. Davletov

Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasi

N. Umarov,

Yuridik boshqarma

A. Xodjaniyazov

12-maqsad. Taʼsirchan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish

42.

Jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning zamonaviy shakllarini joriy etish.

1. Hududiy, tarmoq va davlat dasturlari loyihalarini ochiq eʼlon qilib, keng jamoatchilik fikri asosida ishlab chiqish amaliyotini yoʻlga qoʻyish.

2. Ijtimoiy soha obyektlarini qurish, “Obod qishloq”, “Obod mahalla”, hududiy infratuzilma dasturlari doirasidagi loyihalar ochiq eʼlon qilinib, keng jamoatchilik fikri asosida ishlab chiqiladigan tizimni yaratish.

3. Davlat, jamiyat va mahalla hayotida faol ishtirok etgan fuqarolar tanlovini oʻtkazish va ularni ragʻbatlanti�ish tizimini joriy etish, shu jumladan, har yili tashabbusli budjetlashtirish jarayonida faol ishtirok etgan hamda tashabbus koʻrsatgan fuqarolarni mukofotlash tizimini joriy etish.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari

2022-yil oktyabr

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi

A. Boboyev,

Adliya vazirligi

R. Davletov,

Moliya vazirligi

T. Ishmetov

Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi

E. Gadoyev,

Axborot siyosati va davlat organlarida ochiqlikni taʼminlash masalalari qoʻmitasi

F. Boqiyev,

Davlat budjeti va hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalarini tahlil qilish boshqarmasi

H. Abduvoxidov

4. Jamoatchilik fikrini doimiy, professional va tizimli ravishda ilmiy tahlil qilib borish amaliyotini yoʻlga qoʻyish, ijtimoiy psixologiyani tadqiq etish boʻyicha zarur choralarni koʻrish.

5. “Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini oʻrganish markazi faoliyatini qayta koʻrib chiqib, Sotsiologiya va ijtimoiy psixologiya institutini tashkil etish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2022-yil aprel

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi

O. Xakimov,

Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti

E. Aripov,

“Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini oʻrganish markazi

N. Raximova

43.

Ayrim davlat funksiyalari amalga oshirish jarayoniga jamoatchilik nazorati subyektlarini keng jalb qilish.

1. Jamoaviy murojaatlar asosida yangi qurilgan va taʼmirlangan infratuzilma obyektlari sifatini tekshirish amaliyotini joriy etish.

2. Kambagʻallikni qisqartirish, yangi ish oʻrinlarini yaratish, ehtiyojmand aholini kasbga oʻrgatish kabi ijtimoiy foydali loyihalarni amalga oshirishni nodavlat notijorat tashkilotlarga ochiq tanlov asosida taqdim etish amaliyotini yoʻlga qoʻyish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2022-yil oktyabr

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi

A. Boboyev,

Adliya vazirligi

R. Davletov

Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi

E. Gadoyev

44.

Jamoatchilik nazoratining qonuniy asoslarini yanada mustahkamlash.

Jamoatchilik nazoratining samarali va taʼsirchan shakllarini, ularni amalga oshirish mexanizmlarini joriy etish maqsadida “Jamoatchilik nazorati toʻgʻrisida”gi qonunni qayta koʻrib chiqish.

Qonun loyihasi

2022-yil sentyabr

Adliya vazirligi

R. Davletov

Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasi

N. Umarov,

Yuridik boshqarma

A. Xodjaniyazov

45.

Ommaviy axborot vositalarining roli va jurnalistlarning kasbiy faoliyati himoyasini yanada kuchaytirish.

1. Fuqarolarni qiynayotgan muammolar hamda islohotlarning samaradorligini oʻrganishda ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik qilish tartibini joriy qilish.

2. Ommaviy axborot vositalarining faoliyatiga noqonuniy aralashganlik va toʻsqinlik qilganlik, shu jumladan mansabdor shaxslar tomonidan senzura oʻrnatish, tahririyat xodimlariga bosim va tazyiq oʻtkazish, materiallar va texnik vositalarni ulardan gʻayriqonuniy ravishda olib qoʻyish harakatlari sodir etilgani uchun javobgarlikni yanada kuchaytirish.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari

2022-yil aprel

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi

D. Saidjonov

Axborot siyosati va davlat organlarida ochiqlikni taʼminlash masalalari qoʻmitasi

F. Boqiyev,

Axborot xizmati

(lavozim boʻyicha),

Yuridik boshqarma

A. Xodjaniyazov

IV. ADOLATLI IJTIMOII SIYESAT YURITISh, INSON KAIITALINI RIVOJLANTIRISh

69-maqsad. Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash, ularning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini taʼminlash

46.

(253)

Xotin-qizlarni tizimli qoʻllab-quvvatlash borasidagi ishlarni yanada jadallashtirish.

1. 2022 — 2026-yillarda xotin-qizlarning mamlakat iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy hayotining barcha jabhalarida faolligini oshirish boʻyicha Milliy dastur hamda uni 2022-2023-yillarda amalga oshirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar rejasini tasdiqlash.

2. Xotin-qizlarning taʼlim olishiga qoʻshimcha shart-sharoitlarni yaratish, ilm-fan sohasida ayollarning oʻrnini yanada oshirish.

3. Xotin-qizlar oʻrtasida biznes koʻnikmalarini shakllantirish boʻyicha bepul oʻquv amaliy kurslarini tashkil etish, imtiyozli kreditlar va lizing ajratish, xotin-qizlarni ishga jalb qilgan holda kooperatsiya usulida tadbirkorlikni yoʻlga qoʻyish.

4. “Ayollar daftari”ga kiritilgan va jarrohlik amaliyotini oʻtkazish lozim boʻlgan xotin-qizlarning tibbiy muolaja xarajatlarini qoplab berish.

5. Oila institutini mustahkamlash borasidagi ishlarni tizimlashtirish va samaradorligini yanada oshirish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2022-yil mart

Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi

R. Mamatov

Moliya vazirligi

T. Ishmetov,

Iqtiso�iy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi

S. Xolxoʻjayev,

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

N. Xusanov,

Markaziy bank

A. Kamalov,

“Xalq banki” AT

Sh. Otaboyev,

“Mikrokredit-bank” ATB

O. Butayev,

“Agrobank” ATB

R. Mamatqulov,

Sogʻliqni saqlash vazirligi

B. Musayev,

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

A. Toshkulov,

Xalq taʼlimi vazirligi

B. Saidov,

Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi

Q. Rafikov

Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qoʻmitasi

M. Kadirxanova

VI. MILLIY MANFAATLARDAI KELIB ChIQQAN HOLDA UMUMBAShARIY MUAMMOLARGA YONDAShISh

83-maqsad. Davlat xizmatida halollik standartlarini joriy etish.

47.

(301)

Davlat xizmatida manfaatlar toʻqnashuvining oldini olish boʻyicha samarali mexanizmlarni yaratish, korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi faoliyatda ochiqlikni taʼminlash va jamoatchilik ishtirokini kengaytirish.

Davlat xizmatida manfaatlar toʻqnashuvi haqida xabar berish va uni hal etish tizimini joriy etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2022-yil avgust

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

A. Burxanov,

Adliya vazirligi

R. Davletov

Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasi

N. Umarov,

Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash boʻlimi

O. Izzatillayev

84-maqsad. Korruitsiyaga moyil soha va tarmoqlarni aniqlash, korrupsiyaviy omillarni bartaraf etish tizimining samaradorligini oshirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish.

48.

(302)

Korrupsiyaga qarshi kurashishga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish.

“E-antikorrupsiya” loyihasini amalga oshirish.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi

2022-yil aprel

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

A. Burxanov,

Adliya vazirligi

R. Davletov,

Axborot texnologiyalari vazirligi

O. Pekos

Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasi

N. Umarov,

Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash boʻlimi

O. Izzatillayev

49.

(303)

Korrupsiyaga qarshi kurashishda fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, jamoatchilik nazoratini olib borishni qoʻllab-quvvatlash.

Korrupsiyaga moyil sohalarning ochiqligi va shaffofligini taʼminlash va bunga keng jamoatchilikni jalb etish.

Amaliy chora-tadbirlar

2022-yil davomida

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

A. Burxanov

Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasi

N. Umarov,

Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash boʻlimi

O. Izzatillayev

50.

(304)

Korrupsiyaga qarshi kurashish amaliyotiga tizimli preventiv choralarni kuchaytirish.

Korrupsiyaning nafaqat oqibatlarini, balki sabablarini oldindan bartaraf etish boʻyicha taʼsirchan amaliy choralarni ishlab chiqish va amalga oshirish.

Amaliy chora-tadbirlar

2022-yil davomida

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

A. Burxanov,

Bosh prokuratura

B. Valiyev,

Adliya vazirligi

X. Meliyev,

Davlat xavfsizlik xizmati

(kelishuv asosida)

Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasi

N. Umarov,

Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash boʻlimi

O. Izzatillayev

51.

(305)

Aholi va davlat xizmatchilarining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi bilimlarini uzluksiz oshirish tizimini joriy qilish.

1. “Korrupsiyaga qarshi kurashish virtual akademiya”ni joriy etish orqali sohaga doir huquqiy bilim va ongni yuksaltirish boʻyicha keng qamrovli tizimini joriy qilish.

2. Davlat xizmatchilarini korrupsiyaga qarshi milliy sertifikatsiyalash tartibini tatbiq etish.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi

2022-yil may

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

U. Toʻxtasheva,

Bosh prokuratura

E. Kolenko

Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasi

N. Umarov,

Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash boʻlimi

O. Izzatillayev