Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining
buyrugʻi
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalariga qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2022-yil 31-oktabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2495-6]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-maydagi PQ-240-son “Davlat boshqaruvi sohasida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni bartaraf etish mexanizmlarini takomillashtirish va ushbu sohada jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq, buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2012-yil 29-dekabrdagi 174-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2495, 2013-yil 29-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 31-son, 414-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari quyidagi mazmundagi 781-band bilan toʻldirilsin:
“781. JIEMlarda saqlanayotgan mahkumlar elektron davlat xizmatlari, shu jumladan notariat xizmatlaridan foydalanishi uchun JIEM maʼmuriyati tomonidan alohida xona ajratiladi. Mazkur xona veb-kamera hamda Internet jahon axborot tarmogʻiga ulangan kompyuter texnikasi bilan jihozlanadi.”.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va Oliy sudi bilan kelishilgan.
3. Ushbu buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir P. BOBOJONOV
Toshkent sh.,
2022-yil 24-oktabr,
453-son
Kelishildi:
Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri N. XUSANOV
2022-yil 20-oktabr
Oliy sud raisi B. ISLAMOV
2022-yil 18-oktabr
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori N. YOʻLDOShEV
2022-yil 19-oktabr
Sogʻliqni saqlash vaziri B. MUSAYEV
2022-yil 24-oktabr
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.10.2022-y., 10/22/2495-6/0978-son)