11.05.2022 yildagi PQ-240-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat boshqaruvi sohasida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni bartaraf etish mexanizmlarini takomillashtirish va ushbu sohada jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakatimizda davlat organlari va tashkilotlarining korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi faoliyatini takomillashtirish doirasida ularga yuklangan vazifa va funksiyalarni amalga oshirishda korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash tizimi izchil joriy etilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, Yangi Oʻzbekiston sharoitida korrupsiyaviy omillarni aniqlash, baholash va bartaraf etish jarayonida tegishli sohalarni raqamlashtirish va taʼsirchan jamoatchilik nazoratini yoʻlga qoʻyishga eʼtiborni yanada kuchaytirish zarurati vujudga kelmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat boshqaruvi sohasida korrupsiyaning oldini olish yuzasidan davlat organlari tomonidan oʻz funksiyalarini amalga oshirishda korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash va bartaraf etish tizimini yangi bosqichga olib chiqish maqsadida, shuningdek, 2022 — 2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasiga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 2022-yil 1-sentabrdan boshlab, quyidagilarni nazarda tutuvchi “E-Antikorrupsiya” loyihasi (keyingi oʻrinlarda — Loyiha) toʻliq ishga tushirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, shu jumladan ularning hududiy boʻlinmalari, davlat unitar korxonalari va muassasalari, davlat ulushi 50 foizdan yuqori tashkilotlarning (keyingi oʻrinlarda — davlat tashkilotlari) faoliyatida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni majburiy aniqlash va baholash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va baholash natijalari boʻyicha ushbu xavf-xatarlarni bartaraf etish choralarini tizimli ravishda koʻrish maqsadida “Korrupsiyaga moyil boʻlgan munosabatlar elektron reyestri”ni (keyingi oʻrinlarda — Reyestr) shakllantirish va yuritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korrupsiyaviy xavf-xatarlarni qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish, inson omilini qisqartirish va tegishli tartib-taomillar va funksiyalarni raqamlashtirish, shaffoflikni taʼminlash, jamoatchilik nazoratini yoʻlga qoʻyish orqali bartaraf etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Loyiha “E-Anticor.uz” elektron platformasida amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Reyestrni shakllantirish va yuritish Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) tomonidan amalga oshiriladi va Internet tarmogʻida ochiq eʼlon qilib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va baholash doirasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat tashkilotlari tomonidan ularga yuklangan har bir funksiya korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash yuzasidan Agentlik va Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan Korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash uslubiyotiga muvofiq tahlil qilib boriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat tashkilotlari tomonidan oʻziga yuklangan funksiyalar va ularni amalga oshirish mexanizmlari yuzasidan maʼlumotlar shakllantirilib, ochiq eʼlon qilib boriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eʼlon qilingan maʼlumotlar yuzasidan fuqarolarning takliflarini onlayn rejimda qabul qilish imkonini yaratgan holda ijtimoiy soʻrovlar va mustaqil ekspertlar ishtirokida muhokamalar oʻtkaziladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har bir funksiyaning korrupsiyaviy xavf-xatar darajasi “past”, “oʻrta” va “yuqori” oʻlchovlarida “E-Anticor.uz” elektron platformasida baholab boriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har bir funksiya boʻyicha aniqlangan korrupsiyaviy xavf-xatarlarning tavsifi va darajasi, ularni bartaraf etish boʻyicha choralarni oʻz ichiga oluvchi korrupsiyaviy xavf-xatarlar xaritasini tuzish amaliyoti yoʻlga qoʻyiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash natijalari boʻyicha tuziladigan korrupsiyaviy xavf-xatarlar xaritalari asosida Reyestr yuritilib, korrupsiyaviy xavf-xatarlarni bartaraf etish tadbirlarini bajarish holati “E-Anticor.uz” elektron platformasida eʼlon qilib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga koʻra:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat tashkiloti faoliyatida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni (yillik) baholash va korrupsiyaviy xavf-xatarlar xaritalarini Reyestrga kiritish har yili 1-martga qadar amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash davlat tashkilotlari tarkibiy boʻlinmalari rahbarlarini jalb qilgan holda korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari tomonidan tashkil etiladi. Bunda, korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari mavjud boʻlmagan davlat tashkilotlarida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash uchun ularning tarkibiy boʻlinmalari rahbarlaridan iborat ishchi guruhlar tashkil etilishi mumkin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korrupsiyaviy xavf-xatarlarni mustaqil baholash maqsadida davlat tashkilotining faoliyati ushbu tashkilot bilan kelishilgan holda mustaqil tashkilot tomonidan tashqi baholashdan oʻtkazilishi mumkin. Bunda, tegishli davlat tashkiloti faoliyatida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash qoniqarsiz amalga oshirilgan deb topilgan taqdirda, Agentlik koʻrsatmasiga asosan uning faoliyati tashqi baholashdan oʻtkazilishi shart;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat tashkilotlarining rahbarlari oʻzlariga yuklangan funksiyalarda korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholashni oʻz vaqtida va sifatli oʻtkazish uchun shaxsan javobgardir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi (T. Narbayeva) Agentlik (A. Burxanov) bilan birgalikda korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash yakunlariga koʻra quyidagi choralarni koʻrib borsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat tashkilotlari rahbarlarining korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash va bartaraf etish boʻyicha axborotlarini eshitish va natijasiga koʻra kamchiliklarga yoʻl qoʻygan mansabdor shaxslarga nisbatan tegishli javobgarlik choralarini koʻrish boʻyicha takliflar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat tashkilotlarining korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash va bartaraf etish borasidagi faoliyatini takomillashtirish, ushbu yoʻnalishda kamchiliklarning oldini olish boʻyicha koʻrsatmalar berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash va bartaraf etishda ijobiy natijalarga erishgan davlat tashkilotlarining tajribasini keng ommalashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Agentlik (A. Burxanov) Adliya vazirligi (R. Davletov) bilan birgalikda hamda xalqaro ekspertlarni jalb etgan holda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uch oy muddatda davlat tashkilotlari faoliyatida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va baholashning aniq mezon va usullarini nazarda tutuvchi uslubiyotni tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muntazam ravishda davlat tashkilotlarida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash uchun masʼul xodimlarning bilim va koʻnikmalarini oshirish boʻyicha oʻquv-trening va seminarlarni tashkil qilib borsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muntazam ravishda davlat tashkilotlariga korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirishda uslubiy yordam berib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Agentlik (A. Burxanov) Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Shermatov) bilan birgalikda hamda xalqaro tashkilotlarni jalb qilgan holda 2022-yil 1-avgustga qadar Loyihani samarali amalga oshirishni taʼminlash uchun “E-Anticor.uz” elektron platformasini takomillashtirish, shu jumladan ushbu platforma doirasida davlat tashkilotlari faoliyatida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash elektron tizimini yaratish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Agentlik va Adliya vazirligi tomonidan ayrim sohalar tahlildan oʻtkazilib, bir qator korrupsiyaviy xavf-xatarlar aniqlanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Korrupsiyaga moyil boʻlgan munosabatlarni bartaraf etish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar dasturi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Adliya vazirligi tizimida kadrlar bilan ishlash yoʻnalishidagi byurokratik toʻsiqlarga chek qoʻyish hamda korrupsiyaviy xavf-xatarlar va inson omilini qisqartirishga qaratilgan avtomatlashtirilgan tizim joriy etilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat boshqaruvi organlari kadrlar bilan ishlash yoʻnalishidagi byurokratik toʻsiqlarni, korrupsiyaviy xavf-xatarlar va inson omilini qisqartirishga qaratilgan avtomatlashtirilgan tizimni 2023-yil 1-yanvarga qadar quyidagi talablar asosida joriy etsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakant lavozimlarni eʼlon qilishdan tortib, tanlov oʻtkazish va ishga qabul qilish natijalari boʻyicha hujjatlarni rasmiylashtirishgacha boʻlgan jarayonlarni toʻliq elektron tarzda amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarkibiy tuzilma, shtatlar, lavozimlar va xodimlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni yagona elektron bazaga jamlagan holda axborotni toʻplash va unga ishlov berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kadrlarga oid ish yurituv hujjatlarini elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan holda faqat tizim orqali elektron shaklda qabul qilish va yuritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodimlarning ish faoliyati samaradorligini avtomatik baholash va ularni masofaviy oʻqitish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kadrlar boʻyicha maʼlumotlarning elektron arxivini yuritish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, davlat boshqaruvi organlari kadrlar bilan ishlash boʻyicha avtomatlashtirilgan tizimni joriy qilish boʻyicha sarf-xarajatlarni oʻzlarining budjetdan tashqari mablagʻlari hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Agentlik Bosh prokuratura Akademiyasi va Adliya vazirligi huzuridagi Yuristlar malakasini oshirish markazi bilan birgalikda hamda xalqaro tashkilotlarni jalb qilgan holda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida ilmiy, uslubiy va amaliy ishlanmalarni tarqatish, erishilgan yutuqlar va tajriba bilan almashish, davlat xizmatchilari va fuqarolarning ushbu boradagi bilimlarini oshirishda foydalanishga moʻljallangan yagona interaktiv maydoncha — “Korrupsiyaga qarshi kurashish virtual platformasi” loyihasini ishga tushirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, rivojlangan davlatlarning korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi tajribasini oʻrganish, masofaviy taʼlim berishning interaktiv modullarini ishlab chiqish, ilmiy tadqiqotlar uchun zarur adabiyotlar bazasini shakllantirish hamda mutaxassislar bilan onlayn anjumanlar oʻtkazish imkoniyatlarini yaratishga alohida eʼtibor qaratilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik (A. Burxanov), Bosh prokuratura (N. Yoʻldoshev) va Adliya vazirligi (R. Davletov) joriy yilning oktabr oyiga qadar “Korrupsiyaga qarshi kurashish virtual platformasi” loyihasining toʻliq ishga tushirilishini taʼminlash choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Davlat boshqaruvi sohasida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash ishlarini tashkil etish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Korrupsiyaning oldini olish, shu jumladan korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash ishlarini tashkil etish boʻyicha chora-tadbirlarning oʻz vaqtida, toʻliq va sifatli bajarilishini taʼminlashga masʼul etib davlat tashkilotlarining rahbarlari belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (A. Xadjayev) va Oʻzbekiston Milliy axborot agentligiga (A. Koʻchimov) ushbu qarorning mazmun-mohiyatini hamda davlat boshqaruvi sohasida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash va bartaraf etish natijalarini ommaviy axborot vositalari orqali keng yoritish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Agentlik (A. Burxanov) manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil etishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Agentlik direktori A.E. Burxanov belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qaror ijrosini nazorat qilish, ijro uchun masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi B.D. Islamov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 11-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-240-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-maydagi PQ-240-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Korrupsiyaga moyil boʻlgan munosabatlarni bartaraf etish boʻyicha kompleks
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
CHORA-TADBIRLAR DASTURI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Chora-tadbirlar nomlanishi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Masʼul ijrochilar

1.

Davlat xaridlari jarayonida tender, tanlov va boshqalarni oʻtkazishda manfaatlar toʻqnashuvi va korrupsiyaviy omilllarning mavjudligini aniqlashni raqamlashtirish. Jumladan, xarid jarayonlarida hujjatlar aylanishini avtomatlashtirish, “komplayens-nazorat” oʻtkazishni yoʻlga qoʻyish.

Tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar

2022-yil sentabr

Moliya vazirligi

(T. Ishmetov),

Qurilish vazirligi

(B. Zokirov),

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

(A. Burxanov)

2.

Budjet tashkilotlarida qurilish va montaj ishlarini amalga oshirish ustidan jamoatchilik nazoratini oʻrnatish maqsadida qurilish va montaj ishlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni ochiqlash va baholash mexanizmlarini joriy etish.

“Shaffof qurilish” milliy axborot tizimida fuqarolardan noqonuniy qurilish holatlari yuzasidan murojaatlarni onlayn qabul qilish imkonini yaratish.

Tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar

2022-yil avgust

Qurilish vazirligi

(B. Zokirov),

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

(A. Burxanov)

3.

Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, davlat korxonalari va ustav kapitalida davlat ulushi boʻlgan korxonalar balansidagi tovar-moddiy boyliklarni xatlovdan oʻtkazish hamda ularni tashkilot balansidan chiqarishning ochiq va shaffof elektron mexanizmini ishlab chiqish.

Tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar

2022-yil avgust

Moliya vazirligi

(T. Ishmetov),

Markaziy bank

(M. Nurmuratov),

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

(A. Burxanov)

4.

Oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun (kasbiy) ijodiy imtihonlarni hamda oliy taʼlim muassasalarini bitirishda yakuniy davlat attestatsiya sinovlarini topshirishda shaffoflikni taʼminlash va korrupsiyaviy xavf-xatarlarni bartaraf etish.

Tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar

2022-yil dekabr

Davlat test markazi

(M. Karimov),

Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi

(U. Tashkenbayev),

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

(A. Toshkulov),

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

(A. Burxanov)

5.

Oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun berilgan imtiyozlarni xatlovdan oʻtkazib, qayta koʻrib chiqqan holda yagona hujjatda ularning qatʼiy roʻyxatini shakllantirish hamda ushbu imtiyozlarni umumiy kvotaga kiritmaslik toʻgʻrisidagi qoidani belgilash.

Bunda:

oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun imtiyozlar berishni toʻliq raqamlashtirish va elektron platforma orqali amalga oshirilishini yoʻlga qoʻyish;

oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun imtiyozlar berishning shaffof tartibini belgilash.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2022-yil dekabr

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

(A. Toshkulov),

Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi

(U. Tashkenbayev),

Davlat test markazi

(M. Karimov),

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

(A. Burxanov),

Adliya vazirligi

(R. Davletov),

vazirlik va idoralar

6.

Oliy taʼlim muassasalarida talabalarni turar joy (yotoqxona) bilan taʼminlash va talabalarni joylashtirishning elektron tizimini joriy etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar va elektron tizim

2022-yil avgust

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

(A. Toshkulov),

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

(A. Burxanov)

7.

Oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻqishini koʻchirish va qayta tiklash (shu jumladan xorijiy OTMlardan) jarayonini raqamlashtirish, shuningdek, ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlimga hamda xorijiy OTMlar bilan hamkorlikdagi qoʻshma taʼlim dasturlariga qabul qilish va talabalar hisobini yuritishda shaffoflikni taʼminlash.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2022-yil avgust

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

(A. Toshkulov),

Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi

(U. Tashkenbayev),

Davlat test markazi

(M. Karimov),

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

(A. Burxanov)

8.

Korxona va tashkilotlar ishchi va xizmatchilariga davlat tasarrufidagi sanatoriy va boshqa dam olish maskanlariga yoʻllanma berish jarayonining ochiqligini taʼminlash.

Tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar

2022-yil avgust

Moliya vazirligi

(T. Ishmetov),

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

(A. Burxanov),

Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi

(Q. Rafikov)

9.

Budjet tashkilotlari va ustav kapitalida davlat ulushi boʻlgan korxona va tashkilotlarda sugʻurtalash jarayonlarining shaffofligini taʼminlash maqsadida ushbu jarayonlarni raqamlashtirish va raqobat muhitini shakllantirish.

Tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar

2022-yil avgust

Moliya vazirligi

(T. Ishmetov),

Adliya vazirligi

(R. Davletov),

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

(A. Burxanov)

10.

Jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan mahbuslar uchun davlat xizmatlari, shu jumladan notariat xizmatlarini elektron shaklda koʻrsatish imkoniyatlarini yaratish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2022-yil oktabr

Ichki ishlar vazirligi

(P. Bobojonov),

Adliya vazirligi

(R. Davletov)

11.

Qonunchilikda belgilangan mol-mulk va avtotransport vositalariga taqiq qoʻyish va undan chiqarishning elektron tartibini joriy etish hamda fuqarolarga taqiq mavjud yoki mavjud emasligini onlayn tekshirish imkoniyatini yaratish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2022-yil iyun

Adliya vazirligi

(R. Davletov),

Ichki ishlar vazirligi

(P. Bobojonov),

Markaziy bank

(M. Nurmuratov),

Kadastr agentligi

(F. Pulatov),

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

(A. Burxanov),

Moliya vazirligi

(T. Ishmetov),

vazirlik va idoralar

12.

Mavjud avtobekatlarni xatlovdan oʻtkazib, ular joylashgan yer uchastkalarining huquqiy maqomini aniqlashtirish, shuningdek, avtobekatlarda tadbirkorlik obyektlarini joylashtirishga ruxsat berishning shaffof elektron mexanizmlarini yaratish va ulardan foydalanishning aniq talablarini belgilash.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2022-yil sentabr

Transport vazirligi

(I. Mahkamov),

Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi

(A. Abduvaliyev),

Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi

(Sh. Shoraxmetov),

Adliya vazirligi

(R. Davletov),

Kadastr agentligi

(F. Pulatov),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

13.

Tashqi reklama obyektlarini joylashtirish bilan bogʻliq barcha munosabatlarni raqamlashtirish orqali inson omilini qisqartirish hamda onlayn auksion tartibiga qatʼiy rioya etgan holda jamoatchilik nazoratini kuchaytirish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2022-yil sentabr

Adliya vazirligi

(R. Davletov),

Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi

(Sh. Shoraxmetov),

Toshkent shahar hokimligi

(J. Artikxodjayev)

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-maydagi PQ-240-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat boshqaruvi sohasida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash ishlarini tashkil etish boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
CHORA-TADBIRLAR REJASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Chora-tadbirlar nomlanishi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Masʼul ijrochilar

I. Davlat boshqaruvi sohasida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va bartaraf etish samaradorligini oshirish

1.

Ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish uchun davlat buyurtmasini shakllantirishda korrupsiyaviy xavf-xatarlarni bartaraf etishga qaratilgan loyihalar tanlovini eʼlon qilish.

Amaliy chora-tadbirlar

2022-yil davomida

Innovatsion rivojlanish vazirligi

(I. Abduraxmonov),

Oliy Majlis huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi, manfaatdor vazirlik va idoralar

2.

Korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash tizimi doirasida xorijiy investorlar tomonidan investitsiya kiritish uchun toʻsqinlik qilayotgan korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va bartaraf etish boʻyicha takliflar tayyorlash.

Axborot-tahliliy materiallar va takliflar

2022-yil iyul

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

(L. Kudratov),

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

(A. Burxanov),

Adliya vazirligi

(R. Davletov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

3.

Korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash tizimini joriy etish orqali tadbirkorlik subyektlari tomonidan korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir qilinishiga sabab boʻluvchi omillarni oʻrganish va bartaraf etish boʻyicha takliflar tayyorlash.

Axborot-tahliliy materiallar va takliflar

2022-yil iyul

Biznes-ombudsman

(D. Kasimov),

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

(A. Burxanov),

Bosh prokuratura

(N. Yoʻldoshev),

Adliya vazirligi

(R. Davletov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

4.

Korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash tizimi doirasida ijtimoiy soʻrovlar oʻtkazgan holda tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga aralashganlik holatlarini, ularning faoliyatini cheklashga yoki toʻxtatishga sabab boʻlgan asossiz va noqonuniy harakatlar (harakatsizlik)ni oʻrganish.

Amaliy chora-tadbirlar

2022-yil oktabr

Biznes-ombudsman

(D. Kasimov),

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

(A. Burxanov),

Bosh prokuratura

(N. Yoʻldoshev),

Adliya vazirligi

(R. Davletov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

5.

Korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash tizimini joriy etish orqali davlat boshqaruvi sohasida manfaatlar toʻqnashuvini keltirib chiqaruvchi omillarni oʻr?anish va bartaraf etish boʻyicha takliflar tayyorlash.

Amaliy chora-tadbirlar

2022-yil avgust

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

(A. Burxanov),

Bosh prokuratura

(N. Yoʻldoshev),

Adliya vazirligi

(R. Davletov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

6.

Korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash tizimi doirasida respublikada 2021­-2022-yillarda sodir etilgan korrupsiyaga oid jinoyatchilikni tahlil qilish asosida ularga sabab boʻlgan omillarni aniqlash va bartaraf etish boʻyicha takliflar tayyorlash.

Axborot-tahliliy materiallar va takliflar

2022-yil dekabr

Bosh prokuratura

(N. Yoʻldoshev),

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

(A. Burxanov),

Ichki ishlar vazirligi

(P. Bobojonov),

Adliya vazirligi

(R. Davletov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

7.

Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi xalqaro hujjatlarni oʻrganish hamda zaruratga koʻra ularning normalarini milliy qonunchilikka implementatsiya qilish boʻyicha takliflar tayyorlash.

Axborot-tahliliy materiallar va takliflar

2022-yil sentabr

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

(A. Burxanov),

Adliya vazirligi

(R. Davletov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

8.

Ijtimoiy soʻrovlar, ijtimoiy va boshqa tadqiqotlar asosida korrupsiyaga qarshi kurashishga oid respublika miqyosida amalga oshirilgan ishlarning natijalari va taʼsirini baholash.

Axborot-tahliliy maʼlumot

2022-yil oktabr

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

(A. Burxanov),

Ijtimoiy fikr” markazi

(N. Raximova)

9.

Korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash tizimini joriy etish sohasidagi ilgʻor xorijiy tajribani oʻrganish maqsadida rivojlangan mamlakatlarga oʻquv-tanishuv safarlarini tashkil etish.

Amaliy chora-tadbirlar

2022-yil davomida

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

(A. Burxanov),

Adliya vazirligi

(R. Davletov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

II. Korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash tizimini shakllantirish

10.

Davlat tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi kurashish, shu jumladan korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash boʻyicha uslubiy qoʻllanmani tasdiqlash va davlat idoralariga tarqatish.

Amaliy chora-tadbirlar

2022-yil iyul

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

(A. Burxanov),

Adliya vazirligi

(R. Davletov)

11.

“E-Antikorrupsiya” loyihasining samarali amalga oshirilishini taʼminlash uchun “E-Anticor. uz” elektron platformasini takomillashtirish.

Amaliy chora-tadbirlar

2022-yil avgust

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

(A. Burxanov),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

(Sh. Shermatov),

Bosh prokuratura

(N. Yoʻldoshev)

12.

Davlat tashkilotlarining faoliyati ustidan nazorat olib borishda jamoatchilik ishtirokini kengayshtirish, shu jumladan korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha jamoatchilik nazoratini kuchaytirish.

Chora-tadbirlar rejasi

2022-yil iyun

Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha milliy kengash

(T. Narbayeva),

Oliy Majlis huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi,

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

(A. Burxanov),

Adliya vazirligi

(R. Davletov)

13.

Korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash va bartaraf etish boʻyicha ijobiy natijalarga erishgan davlat tashkilotining tajribasini ommalashtirish, ushbu sohada dolzarb muammolarni muhokama qilish boʻyicha konferensiya va anjumanlar oʻtkazish.

Amaliy chora-tadbirlar

2022-yil davomida

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

(A. Burxanov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

14.

Davlat tashkilotlarida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash uchun masʼul xodimlarning bilim va koʻnikmalarini oshirish boʻyicha oʻquv-trening va seminarlarni tashkil qilib borish.

Amaliy chora-tadbirlar

Muntazam ravishda

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

(A. Burxanov),

Bosh prokuratura

(N. Yoʻldoshev)

15.

Davlat tashkilotlariga korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirishda uslubiy yordam berib borish.

Amaliy-uslubiy chora-tadbirlar

Muntazam ravishda

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

(A. Burxanov)

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.05.2022-y., 07/22/240/0407-son)